Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
ER
Eron-Turkiya: tahlil va xabarlar
https://t.me/erontahlili
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
21.97%
ERR (week)

Eron, Turkiya va ular atrofidagi yangiliklarni bizda kuzating.

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 190 results
Repost
113
O’z elim deb o’lganlarga o’lim yo’q,
Bosqinchiga tilin sotganlar o’lik.

💬Fikr va munosabatingizni izohlarda qoldiring.

#XavfsizlikMuammolari #Tahlil @StratFocusCA @StratFocusCA_LIVE
04/26/2025, 20:43
t.me/erontahlili/989
Hindiston va Xitoy chegarasida nimalar bo‘layapti: vaziyat tahlili

2020-yildan beri, Ladaxdagi bahsli Galvan vodiysida yuz bergan to‘qnashuvlardan so‘ng, Xitoy Hindiston bilan chegarada — haqiqiy nazorat chizig‘i (HNCh) bo‘ylab o‘z harbiy ishtirokini sezilarli darajada kuchaytirdi. Bu nimani anglatadi va tomonlar ehtimoliy to‘qnashuvlarga qanday tayyorlanmoqda? Quyidagi postda shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

Xitoy: kuchli infratuzilma va tezkor safarbarlik

Xitoy Ngari va Shigatse hududlarida 20–25 ming askar joylashtirgan, ularni artilleriya, havo hujumidan mudofaa tizimlari va kuchli logistika bilan ta’minlamoqda. Agar kerak bo‘lsa, zamonaviy yo‘llar va aerodromlar orqali Pekin bir necha kun ichida qo‘shimcha 50 ming askarni yetkazib bera oladi.

Xitoy Tingri, Yuytyan va Yorkendda tayanch punktlarini rivojlantirmoqda, asosiy bazalar esa Burang va Lxunzeda joylashgan. Bu katta aviabazalar emas, lekin ular harbiy logistika va harakatlanish uchun xizmat qiladi. Asosiy operatsiyalar Shigatse, Lxasa Gungar va Xo’ton kabi yirik bazalardan olib boriladi, u yerda qiruvchi va transport samolyotlari joylashtirilgan. Ba’zan uzoq masofali zarba beruvchi H-6K strategik bombardimonchi samolyotlari ham paydo bo‘lmoqda, lekin tog‘lik hududlarda ularning samaradorligi cheklangan.

Xitoy dronlar va radarlar orqali havo razvedkasi olib bormoqda hamda qisqa va uzoq masofali havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan HNCh bo‘ylab himoya tarmog‘i yaratgan. Xitoyning asosiy afzalligi — infratuzilmasi: G219 va G315 avtomobil yo‘llari va Golmud–Lxasa–Shigatse temir yo‘li harbiy kuchlarni tez safarbar qilish imkonini beradi. Tanklar, artilleriya va zaxiralar Ali, Rudok va Ngari Gunsa kabi HNChdan 200 km narida joylashgan bazalarda saqlanadi.

Hindiston: yaqinlik va balandlikka tayangan holda

Hindiston chegara hududlarida — Ladax, Sikkim va Arunachal-Pradeshda — 90–120 ming askar saqlamoqda. Xitoy yo‘llar va temir yo‘l infratuzilmasida ustun bo‘lsa-da, Hindiston askarlar soni va baland tog‘ sharoitiga moslashtirilgan aviatsiyasi bilan bu farqni qoplamoqda. Samolyotlar Leх va Nyoma aerodromlaridan uchadi, bazalar va zaxiralar esa HNChga atigi 50 km masofada joylashgan. Bu Hindistonga tezkor javob berish va qattiq iqlim sharoitlarida ham doimiy jangovar tayyorgarlikni saqlash imkonini beradi.

2020-yildan beri Hindiston yo‘llar va ko‘priklar qurilishini tezlashtirdi: 60 ta ko‘prik va 1400 km yangi yo‘llar, shu jumladan tunnellar va har qanday ob-havo sharoitida ishlaydigan marshrutlar qurildi. Hindiston harbiy bazalarini Xitoyga qaraganda chegaraga ancha yaqin joylashtirgani unga taktik ustunlik beradi.

Tomonlarning kuchli tomonlari:

Xitoy: infratuzilmada ustun (yo‘llar va temir yo‘llar), kuchlarni tez safarbar qila oladi. Havo mudofaasi va havo razvedkasi rivojlangan, lekin bazalar HNChdan uzoqroq bo‘lgani uchun javob tezligi sekinroq.

Hindiston: kuchlarni va aviatsiyani chegaraga yaqin saqlashi hamda baland tog‘ sharoitida tajribaga ega bo‘lishi bilan ustunlik qiladi. Yangi yo‘llar va ko‘priklar pozitsiyalarni kuchaytirdi, biroq umumiy logistika hali ham Xitoydan orqada.

Xulosa qilib aytganda, har ikki davlat ehtimoliy to‘qnashuvlarga tayyorgarlikni faol davom ettirmoqda, harbiy kuch va infratuzilmani mustahkamlamoqda. Xitoy tezlik va texnologiyaga tayanayotgan bo‘lsa, Hindiston yaqinlik va tog‘ sharoitidagi chidamlilikka suyanmoqda. Vaziyat tarang, hech kim yon bermoqchi emas. Kelgusida voqealarning rivojlanishi har ikki tomon harbiy tayyorgarlik va diplomatik muvozanatni qanday saqlab qolishiga bog‘liq bo‘ladi.

@erontahlili
04/26/2025, 07:28
t.me/erontahlili/988
Repost
366
04/25/2025, 19:24
t.me/erontahlili/987
Repost
323
Turkiy dunyoga qarshi global fitna

Jahongir Botirov, mustaqil ekspert

Turklarga qarshi yashirin reja

Shimolda Yoqutistondan janubda Turkmanistongacha, sharqda Uyg‘uristondan g’arbda Turkiyagacha bo’lgan keng hududlarni o’z ichiga olgan Turkiy dunyo bugun global fitna nishoniga aylangan. Buyuk davlatlar, yadroviy kuchlar va G‘arb hamda Sharqdagi “soyadagi elitalar” turkiy xalqlarning birlashishidan cho‘chimoqda. Chunki bu birlashuv dunyo xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan kuchli geosiyosiy blokni yuzaga keltiradi. Turkiylar tarixan Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi kuch bo‘lgan: Temuriylar, Usmoniylar saltanati, Boburiylar imperiyasi bunga yorqin misol. Aynan shu sabab global kuchlar bizni bo‘lib tashlashga, ma’naviy ruhimizni sindirishga va turkiy qudratning qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinmoqda.

Nega uyg‘urlar Xitoy tarkibida qolib ketdi?

Uyg‘urlar — butun dunyo turk xalqini qanday bo’g’ayotganining yaqqol namunasidir. Xitoy G‘arb va Rossiyaning roziligi bilan Shinjon (Sharqiy Turkiston)da assimilyatsiya va repressiya siyosatini olib bormoqda. Nega hech kim aralashmayapti? Chunki uyg‘urlar oddiy etnik guruh emas — ular Turkiy dunyoning muhim elementidir, ular Markaziy Osiyo bilan Xitoy o‘rtasidagi potentsial ko‘prik. Agar uyg‘urlar ozod bo‘lsa, bu boshqa turkiy xalqlarni ham mustaqillik uchun kurash boshlashga ilhomlantiradi. Global elitalar o‘zaro kelishib olgan: Xitoy uyg‘urlarni nazoratda ushlab turadi, G‘arb esa iqtisodiy manfaat evaziga bunga ko‘z yumadi. Bu tasodif emas — bu turkiylar yadrosini zaiflashtirishga qaratilgan rejalashtirilgan operatsiya. Shinjon — sinov maydonchasi, bu yerda dunyo turklariga qay darajada bosim o’tkazish mumkinligi sinab ko‘rilmoqda.

Agar Markaziy Osiyo davlatlari o‘zini islomiy davlat deb e’lon qilsa nima bo‘ladi?

Agar Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston o‘zini islomiy davlat deb e’lon qilsa, bu butun Turkiy dunyo uchun mafkuraviy va madaniy birlashuv sari qadam bo‘ladi. Islom — bu mintaqani birlashtiruvchi kuch. Shunday blok — katta resurslarga ega, strategik joylashgan, yadroviy salohiyati bor (masalan, Qozog‘iston sobiq SSSR texnologiyasiga ega) — G‘arb, Xitoy va Rossiyaning global hukmronligiga tahdid soladi. Ularning javobi keskin bo‘ladi: “terrorizmga qarshi kurash” yoki “demokratiyani himoya qilish” bahonasida mintaqa agressiyaga uchraydi. Sanksiyalar, “rangli inqiloblar”, sun’iy ekstremistik harakatlar yoki hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy urushlar yuzaga keladi. Ular Turkiy uyg‘onish markaziga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Markaziy Osiyoni beqaror xavfli zonaga aylantirishga tayyor.

Turklarga qarshi global fitnaning vositalari

Turkiy dunyo birlashishining oldini olish uchun dunyo elitalari quyidagi murakkab usullardan foydalanmoqda:

Birinchidan, ichki nizolarni qo‘zg‘atish. Turkiy davlatlar o‘rtasida til, din va madaniyat asosida mojarolar targ‘ib qilinadi. Masalan, suv resurslari va chegaraviy masalalar atayin keskinlashtirilmoqda.

Ikkinchidan, iqtisodiy qaramlik. Mintaqa davlatlari “Bir makon – bir yo‘l” kabi Xitoy loyihalari, YOII orqali Rossiya, va kreditlar, investitsiyalar orqali G‘arbga bog‘lab qo‘yilgan. Bu ularni mustaqil siyosat yuritishdan mahrum qiladi.

Uchinchidan, Islomiy o’ziga xoslikni bostirish. Islom turklar birligini ta’minlovchi kuch sifatida, atayin “ekstremizm” bilan bog‘lanadi. Islomga oid har qanday harakat repressiyaga uchraydi. Markaziy Osiyoda diniy guruhlarga bosim — bu katta siyosatning bir qismi.

To’rtinchidan, elitalarni boshqarish. Turkiy mamlakatlar yetakchilari pora yoki tahdid bilan global kuchlarga xizmat qilishga majbur qilinmoqda. Qarshilik qilganlar ag‘dariladi yoki sanksiyalarga uchraydi.

Beshinchidan, axborot urushi. Gollivud, Netflix va ijtimoiy tarmoqlar orqali turkiy madaniyat zaiflashtirilmoqda, tarix qayta yozilyapti. Usmoniylar imperiyasi, Oltin O‘rda va boshqa buyuk turkiy davlatlarning merosi xalq xotirasidan o‘chirib tashlanmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
04/25/2025, 10:32
t.me/erontahlili/985
Repost
346
Davomi

Turkiy dunyo nima qilishi kerak?

Turkiy dunyo o‘z kelajagi uchun hal qiluvchi kurash ostonasida turganini anglab yetishi kerak. Fitnaga qarshi turish uchun bizga quyidagilar zarur:

1. Birlashish. Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa davlatlarni birlashtiradigan iqtisodiy, harbiy va madaniy blok — turkiy alyans tuzish zarur. Turkiy davlatlar tashkiloti — bu faqat boshlanishi, u real kuchga aylanishi kerak.

2. Islomiy o’ziga xoslikni qayta tiklash. Islom nafaqat din, balki turkiylarni birlashtiruvchi madaniy koddir. Ekstremizm ayblovlariga qarshi qalqon bo‘ladigan mo‘tadil islomni rivojlantirish muhim. Aytish kerak, O’zbekiston hukumati bu yo’nalishda ancha faol bo’lib, Imom Moturidiy ta’limotini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.

3. Suverenitetni mustahkamlash. Turkiy davlatlar iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishi, ya’ni Xitoy, Rossiya va G‘arbga qaramlikni kamaytirishi lozim. Texnologiya, energetika va ta’limga investitsiya kiritish mintaqani yanada mustaqil qiladi.

4. Axborot frontini yaratish. Turklarga o‘z tarixini aytib beradigan, dushman targ‘ibotiga qarshi kurashadigan va yoshlarga ilhom beradigan ommaviy axborot platformalari kerak. Filmlar, seriallar va ijtimoiy tarmoqlar turkiy merosni ulug‘lashi kerak.

5. Uyg‘urlarni qo‘llab-quvvatlash. Uyg‘urlarni himoya qilish — turkiy dunyoning nafaqat axloqiy burchi, balki uyg‘onish sari tashlanadigan muhim qadami. Ularning ozodligini xalqaro maydonda talab qilish zarur.

Umuman olganda, Turklarga qarshi global fitna — bu “demokratiya” va “inson huquqlari” degan baland so‘zlar ortida yashiringan haqiqatdir. Uyg‘urlar, Markaziy Osiyo, Turkiya — biz hammamiz nishondamiz, chunki bizning birlashuvimiz mavjud global tartibotni o’zgartirishga qodir. Agar hozir harakat qilmasak, bizni bo‘lib tashlash, assimilyatsiya qilish va tarixdan yo‘qotish davom etadi. Lekin turk ruhi sinmaydi! Biz — buyuk imperiyalar merosxo‘rimiz. Endi yelkama-yelka turadigan vaqt keldi. Buyuk Turon — orzu emas, bu taqdir. Va bu taqdirni bizni yo‘q qilmoqchi bo‘lganlarning qo‘lidan tortib olishimiz kerak. Harakat qilish vaqti keldi!

Strategic Focus: Central Asia
04/25/2025, 10:32
t.me/erontahlili/986
Hindiston Pokistonga qarshi urush boshlaydimi?

Yaqinda Kashmirdagi terrorchilik hujumi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo’ldi, Janubiy Osiyo mintaqasi inqiroz yoqasida turibdi.

Hindiston ushbu hujumga javoban qattiq choralar ko‘rdi:

Birinchi, Nyu-Dehli 1960 yilda imzolangan Hind daryosi bo‘yicha suv taqsimotini tartibga soluvchi bitimni to‘xtatib qo‘ydi. Daryo manbai Hindiston hududida joylashgan bo‘lib, Pokistonning qishloq xo‘jaligi va ichimlik suvi unga bevosita bog‘liq. Shunday ekan, bu qaror Islomobod uchun qurg‘oqchilik va oziq-ovqat inqirozi xavfini tug‘diradi hamda ehtimoliy iqtisodiy blokada xavotirlarini kuchaytiradi.

Ikkinchi, Hindiston barcha pokistonlik fuqarolar, shuningdek, elchixona xodimlarini chiqarib yuborish (1 hafta muddat berildi) va chegarani to‘liq yopishi haqida e’lon qildi. Hind tomoni o’zining diplomatlarini tezkor tartibda qaytarmoqda. Bu ikki davlat o‘rtasidagi chegaradosh savdo va gumanitar aloqalarga jiddiy zarba bo‘lib, amalda ularni izolyatsiyalaydi.

Uchinchi, Hindiston mudofaa vaziri parlament a’zolari uchun yopiq brifing o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Fikrimizcha, bu ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorgarlik belgisi bo‘lishi mumkin.

Pokiston esa o‘z qurolli kuchlarini to‘liq jangovar shaylik holatiga keltirdi: ya’ni pokistonliklar Hindistonning har qanday harakatlariga javob berishga tayyorligini namoyish qilishmoqda. Har ikki davlat yadro qudratiga ega bo‘lganini hisobga olsak, bu harbiylashuv katta xavotir uyg‘otmoqda.

Mojaro Kashmir bo’yicha tarixiy ziddiyat, Hindistonda kuchayib borayotgan millatchilik kayfiyati va geosiyosiy omillar — xususan, Pokistonga Xitoy va Hindistonga AQSh tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak fonida yanada murakkablashmoqda.

Tahlillardan kelib chiqsak, quyidagilarni prognoz qilish mumkin: a) xalqaro bosim ostida diplomatik yechim; b) 2019 yilgi zarbalar kabi cheklangan harbiy harakatlar; yoki c) suv bitimining buzilishi tufayli yuzaga keladigan gumanitar va ekologik oqibatlarga ega uzoq muddatli inqiroz.

Tomonlarning o‘zini tiyishi va xalqaro hamjamiyatning faol aralashuvi bo‘lmasa, mintaqa fojiali oqibatlarga duch kelishi mumkin. Hozirgi vaziyat — so‘nggi yillardagi eng og’irlaridan biri bo‘lib, zudlik bilan e’tibor va harakat talab qiladi.

@erontahlili
04/23/2025, 19:36
t.me/erontahlili/984
Har bir mintaqada o‘yinning qoidalarini birinchi bo‘lib o‘zgartiradigan davlat bor (masalan, Janubiy Osiyoda Hindiston yoki Markaziy Osiyoda O‘zbekiston). Bunday “kamerton” davlatlar har yerda bor. Suriya bilan bog‘liq vaziyat shuni ko‘rsatdiki, Turkiya — bu o‘yinning mintaqadagi qoidalarini o‘zgartirayotgan davlat.

Anastasiya Lixachyova, HSE (Oliy iqtisodiyot maktabi) Jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti dekani

@erontahlili
04/23/2025, 18:42
t.me/erontahlili/983
Repost
451
Lavrovning til masalasidagi fikriga SFCA eskpertlarining munosabati:

S.Pinxasova: Lavrovga O‘zbekiston sobiq guberniya emas, mustaqil davlat ekanligini eslatish kerak. Yodgorliklardagi tillar haqidagi izohlar noo‘rin bosim va eski imperiya siyosatini o‘rnatishga urinishdek ko‘rinadi.

M.Imomov: Rossiya tashqi ishlar vazirining Samarqanddagi yozuv qaysi tilda bo‘lishi kerakligini ko‘rsatishi diplomatiya emas, bu qo’pollik va hurmatsizlik. O‘zbekiston hech kimga qaram emas - ayniqsa xotira va ramzlar masalasida.

K.Abdullayev: Lavrov sovet davri allaqachon tugaganini unutib qo‘ydi. O‘zbekistondagi yodgorliklardagi yozuvlarga bo‘lgan da’volar suverenitetga hurmatsizlik va Moskva yo‘q bo‘lgan joyda nazorat illyuziyasini saqlab qolish istagidir.

K.Ametov: Lavrovning Samarqanddagi yodgorlik yonida rus tilida yozuv yo‘qligi haqidagi bayonoti xotira haqida qayg‘urish emas. Ruslar ochiqchasiga O‘zbekistonga o‘z ramzlarini qanday bezatishni buyurishga urinyapti. Bunday xatti-harakatlarga suveren mamlakat bilan munosabatlarda o‘rin yo’q, biz buni eski imperiyaviy refleks sifatida baholasak bo’ladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/23/2025, 14:41
t.me/erontahlili/982
O’zbek tili haqida

@erontahlili
04/23/2025, 07:17
t.me/erontahlili/981
Repost
316
Bugun biz yetakchi davlatlarning tashqi siyosatining tarixiy-falsafiy asoslarini tahlil qilamiz. Ta’kidlash joiz, bizning tahlil kerakli hajmdan ko’ra qisqaroq bo’ladi, lekin baribir asosiy tushunchalarni yoritishga harakat qilamiz.

Bu mavzu nega muhim? Bu tahlil bizga davlatlar nima uchun aynan shunday harakat qilayotganini, ularning tashqi siyosat psixologiyasi nimaga asoslanganini tushunishga yordam beradi.

Tarixni tushunmasdan – bugungi siyosatni tushunib bo‘lmaydi.

Birinchi post - Rossiya.
Ikkinchi post - Turkiya.
Uchinchi post - Eron.
To’rtinchi post - Xitoy.
Beshinchi post - Isroil.

Strategic Focus: Central Asia
04/22/2025, 21:15
t.me/erontahlili/980
Tramp shohlar sulolasi vakilini Davlat departamentida Afg’oniston bo’yicha ma’sul lavozimga tayinladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Afg‘oniston shohining evarasi Meri Kabir-Seraj Bishopingni (Mary Kabir-Seraj Bishoping) AQSH davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda Khaama Press xabar bermoqda.

Bishoping AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha byurosi doirasida AQShning Afg‘onistonga nisbatan tashqi siyosatini muvofiqlashtiradi.

Ilgari AQShning Afg‘oniston bilan hamkorligini sobiq maxsus vakil Tomas Uest va afg‘on ayollari va qizlari huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus elchi bo‘lib ishlagan Rina Amiri ta’minlagan.

Meri Kabir-Seraj Bishoping 1823-yildan 1978-yilgacha Afg‘onistonni boshqargan Barakzay shohlar sulolasining avlodi bo‘lib, shoh Omonullaxon va Surayo Tarzining evarasi edi. Uning buvisi Latifa Kabir Seraj Afg‘onistonning birinchi ayol jurnalistlaridan biri edi.

Bishoping (erining familiyasi) Kaliforniyada tug‘ilib o‘sgan. Uning oilasi 1979-yilda Sovet Ittifoqi bosqinidan keyin siyosiy tahdidlar tufayli Afg‘onistonni tark etgan. Ota-onasi Yevropada ta’lim olishgan va keyinchalik Janubiy Kaliforniyada joylashishgan. Bishoping deyarli uch yil davomida Germaniyada inson huquqlari tashkilotlari va xalqaro nashrlarda ko‘ngilli bo‘lib ishlagan. U Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida siyosatshunoslik bo‘yicha bakalavr darajasini va Virjiniya universitetida huquq fanlari doktori darajasini oldi. Ingliz, fors, nemis tillarida erkin so‘zlasha oladi.

2021-yilda AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgandan so‘ng, Bishoping Davlat departamenti yuridik maslahatchisi ofisida ishlay boshladi. 2023-yilda u AQSH Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasida katta maslahatchisi lavozimida Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha tergovga rahbarlik qildi va mintaqaviy strategiya bo‘yicha maslahatlar berdi.

@erontahlili
04/22/2025, 17:48
t.me/erontahlili/979
Repost
341
⚡️Dunyoning eng nufuzli universitetlari O‘zbekiston yoshlari uchun o‘z eshiklarini ochmoqda – bu esa hali boshlanishi!

Do‘stlaringiz orasida dunyoning TOP universitetlariga qabul qilinganlar bormi?

@alisher_sadullaev
04/22/2025, 12:30
t.me/erontahlili/978
Eron Fors ko‘rfazida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarda ittifoqdoshlar topishi mumkin

Abdulboriy Oʻktamjonov kanalidan

Shanba kuni Eron va AQSH Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi bosqichini yakunladi va 26-aprelda Ummon davlatida yana uchrashishga kelishib oldi. Bu muzokaralar 2015-yilda Barak Obama ma’muriyati davrida o‘tkazilgan muzokaralardan tubdan farq qiladi: bugungi kunda Fors ko‘rfazi mamlakatlari ham bu jarayonda o‘z manfaatlariga ega bo‘lgani uchun endi bir chetda turmoqchi emas.

Birinchidan, yadroviy muzokaralar Falastin masalasini hal etishda arab davlatlari va Eronning sa’y-harakatlarini birlashtirishi mumkin. Eron tomonidan ehtimoliy kelishuvning shartlaridan biri — Falastin hududlarini bosib olishni to‘xtatish yoki "yadrosiz Yaqin Sharq" yaratish to‘g‘risidagi banddir. Arab dunyosi Isroilga nisbatan bunday bosimni qo‘llab-quvvatlaydi: Saudiya Arabistoni munosabatlarni normallashtirish sharti sifatida Falastin davlatini tashkil etishni talab qilmoqda, Misr va Iordaniya esa gʻazoliklarni ko‘chirishga qarshi ekanligini taʼkidlashdan toʻxtamayapti.

Ikkinchidan, Fors ko‘rfazi mamlakatlarining Eronga munosabati o‘zgarib bormoqda: forslarga endi dushman emas, balki koʻproq potensial ittifoqchi sifatida qaralmoqda. Isroilning G‘azo va Suriyadagi tajovuzkor harakatlari butun arab olamiga potensial xavf tug‘dirmoqda, chunki Eron zaiflashgan taqdirda, arab dunyosi Isroil bilan to‘qnashishi mumkin. Saudiya Arabistoni va Eronning 2023-yilda diplomatik aloqalarni tiklashi hamda kelajakda hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini namoyish etishi bejiz emas edi.

Mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi arab monarxiyalarining birortasiga ham foyda keltirmaydi. Masalan, Isroilning Eron yadro obyektlariga ehtimoliy hujumi Qatar, Quvayt va BAAdagi chuchuk suv ishlab chiqarish qurilmalarining ishini izdan chiqarishi va millionlab odamlarni suvsiz qoldirishi mumkin. Garchi Tehron xavfsizlik masalalarida qo‘shni davlatlar manfaatlarini hisobga olishga tayyorligini hali isbotlashi kerak bo‘lsa-da, Isroil tomonidan tahdid kuchayib borayotgan bir sharoitda arab-eron yaqinlashuvi har qachongidan ham yaqin boʻlib turipti.

@erontahlili
04/21/2025, 16:54
t.me/erontahlili/977
Papa Fransisk a’zo bo’lgan Iyezuitlar ordenining totalitar tuzumlarga qanday aloqasi bor?
 
20 asr qonxo‘r diktatorlaridan biri Stalin yoshligida iyezuitlarning usullariga asoslangan Tiflisdagi diniy seminariyada tahsil olgan. U dinni rad etgan bo‘lsa-da, bo‘lajak diktatorning xarakteri, fikrlashi va hokimiyatga yondashuvi aynan shu yerda shakllangan.  
 
Bundan tashqari, fashistik Germaniyaning eng mudhish tuzilmasi – SS asoschisi G.Gimmler katolik edi va u ham iyezuit maktabida ta’lim olgan. U SSni yaratganda Iso jamiyatiga taqlid qilib uni “qora oden” deb atagan. SSda o‘z qasamyodlari, maxfiy iyerarxiya tizimi va elitarlik hamda yopiqlik xususiyati bor edi.

Batafsil: https://t.me/westalliance/818
04/21/2025, 15:28
t.me/erontahlili/976
Repost
448
Investitsiya yoki biznes yuritish uchun tijorat obyekti kerakmi? 

Space Property bilan investitsiya kiritish yoki obyektingizni sotish mumkin.

Kompaniya 1000 m² dan boshlab zarur maʼlumotlarga ega obyektlarni to‘pladi:

– maydoni va xarakteristikasi;

– asosiy afzalliklari;

– biznes uchun mo‘ljali va salohiyati.

Telegram-kanalimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
https://t.me/space_property
04/21/2025, 13:27
t.me/erontahlili/975
Repost
427
Davomi

Xulosa qilib aytsak, Markaziy Osiyo davlatlari ShKTRni tan olish imkoniyatiga ega emas. Chunki: bu xalqaro huquqqa zid; ichki siyosiy barqarorlikka tahdid soladi; diplomatik muvozanatni buzadi; yirik davlatlar bilan aloqalarga putur yetkazadi.

Shu sababli, Turkiya bu masalada MO davlatlari bilan munosabatlarni ziddiyatga olib bormasdan, alternativ strategiyalar ishlab chiqishi zarur. MO davlatlari esa bu borada real siyosiy vaziyatni hisobga olib, ehtiyotkor pozitsiyada qolishga majbur.

21-asr — turkiy xalqlar uchun sinov davri. Bugun shakllanayotgan munosabatlar, keyingi asrning siyosiy arxitekturasini belgilab beradi. Bu esa har bir harakatda ehtiyotkorlik, uzoqni ko‘zlash va o‘zaro hurmatni talab qiladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/21/2025, 09:35
t.me/erontahlili/974
Repost
420
Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarining ShKTR bo‘yicha ikki xil pozitsiyasi

Jo’rabek Soqiyev, mustaqil ekspert

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) masalasi Markaziy Osiyo (MO) davlatlari bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda noqulaylik tug‘diruvchi siyosiy mavzu bo‘lib bormoqda. Bu vaziyatni to‘liq anglash uchun avvalo ShKTR tarixi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

ShKTR tarixi va xalqaro maqomi

ShKTR — Kipr orolining shimoliy qismida joylashgan, 1983-yil 15-noyabrda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan de-fakto davlatdir. U faqat Turkiya tomonidan tan olingan. Aslida, Kiprda yillar davomida yunonlar va turklar o‘rtasida etnik ziddiyatlar mavjud bo‘lgan. 1974-yilda Kiprda yunonlar Gretsiya bilan birlashish harakatini boshlaganida, Turkiya orolning shimoliy qismiga harbiy aralashuv qiladi. Natijada orol amalda ikki qismga bo‘linadi: janubda Kipr Respublikasi (yunonlar boshqaruvida), shimolda esa turklar boshqaruvida bo‘lgan hudud.

Bugungi kungacha xalqaro hamjamiyat ShKTRni Kipr Respublikasining ajralmas qismi sifatida ko‘radi. Shu sababli, ShKTRning diplomatik va iqtisodiy aloqalari nihoyatda cheklangan. Biroq Turkiya tomonidan ko‘rsatilayotgan siyosiy va iqtisodiy ko‘mak evaziga u de-fakto davlat sifatida o‘z mavjudligini saqlab kelmoqda.

Turkiya manfaatlari — geosiyosiy va geoiqtisodiy omillar

Turkiya uchun ShKTR nafaqat milliy o‘zlik, balki geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan ham muhimdir.

Energiya resurslari va iqtisodiy manfaatlar: So‘nggi yillarda Sharqiy O‘rta yer dengizi atrofida yirik tabiiy gaz zaxiralari topilgan. Turkiya bu boyliklarga ShKTR orqali ulush talab qilishga harakat qilmoqda. Bu nafaqat energiya resurslari, balki gaz quvurlari, tranzit yo‘llari va mintaqadagi energiya siyosatida ta’sir kuchi ortishiga xizmat qiladi.

Geosiyosiy va harbiy pozitsiya: Kipr oroli — Yevropa, Osiyo va Afrika chorrahasida joylashgani bois, strategik nuqtada joylashgan. Turkiya bu yerda harbiy mavjudlikni saqlab, mintaqadagi dengiz yo‘llari va xavfsizlik siyosatida faol rol o‘ynamoqda.

TDT doirasida ShKTRni tan olish harakati

Turkiya ShKTRni xalqaro miqyosda tan oldirishda o‘ziga yaqin bo‘lgan davlatlar — xususan, Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) a’zolariga tayanmoqda. So‘nggi yillarda ShKTR TDT yig‘ilishlariga kuzatuvchi maqomida taklif qilinmoqda. Rasmiy Anqara bu orqali ShKTRning xalqaro tan olinuvchanligini oshirishga harakat qilmoqda.

Biroq Markaziy Osiyo davlatlari bu borada sukut saqlamoqda. 2025-yilda Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitida bu masala aniq tilga olinib, ShKTRni tan olmaslikka qaratilgan qat’iy pozitsiya bildirilgan. Bu esa TDT ichida ma’lum darajada yoriqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Turkiya ichki ommaviy axborot vositalarida esa bu holat “Turkiyaga urilgan tarsaki” sifatida talqin qilindi.

MO davlatlarining ehtiyotkor pozitsiyasi — asosli sabablarga ega

MO davlatlari ShKTRni tan olishdan tiyilmoqda. Bunga bir nechta muhim sabablar mavjud:

1. Xalqaro huquqqa zid. BMT Xavfsizlik Kengashining 541 va 550-sonli rezolyutsiyalari ShKTR mustaqilligini noqonuniy deb e’tirof etadi. Tan olish — BMT prinsiplariga zid bo‘lish demakdir.

2. Suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyili. MO davlatlari (ayniqsa, Qozog‘iston, O‘zbekiston) o‘z hududiy yaxlitligini saqlashga katta e’tibor qaratadi. Ajralish harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ularga xavfli presedent sifatida ko‘rinadi.

3. Diplomatik muvozanat va neytrallik siyosati. MO davlatlari Turkiya bilan yaqinlikni saqlashga intiladi, biroq G‘arb, Rossiya, Xitoy kabi yirik geosiyosiy o‘yinchilar bilan munosabatlarga putur yetkazishni istamaydi. Shu sababli, ular “tan olmaslik, lekin betaraf turish” pozitsiyasini saqlamoqda.

4. Geosiyosiy bosim va iqtisodiy xavf. ShKTRni tan olish G‘arb davlatlarining bosimiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa sarmoya, savdo va xalqaro yordamlar yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
04/21/2025, 09:35
t.me/erontahlili/973
Eron Suriyaning yangi hokimiyatini tan oladi – Aroqchi

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakat Suriyaning hozirgi hukumatiga qarshi emasligi va kerak bo‘lsa inklyuziv hukumat tuzishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

@erontahlili
04/21/2025, 08:15
t.me/erontahlili/972
Repost
433
⚡️Kuzatuvchilarning maqola/postlari uchun qabul ochiq!

Agar sizda Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, geosiyosat yoki hozirgi iqtisodiy jarayonlar haqida fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa — biz ularni kanalda chiqarishga tayyormiz.

Strategic Focus: Central Asia kanalida chiqadigan maqolalar: 1) jonli va professional auditoriya e’tiborida bo‘ladi; 2) hamkor kanallarda (@erontahlili, @westalliance) tarqatilishi mumkin; 3) tahririy ko‘mak bilan sifatli ko‘rinishda chiqadi.

Maqola, tahliliy sharh yoki analitik postlaringizni bizga yuboring — fikringizni tinglaydigan platforma bor!

✉️ @sfca_admin

Strategic Focus: Central Asia
04/20/2025, 11:46
t.me/erontahlili/971
Vatikan va Eron yashirin ittifoqchi ekanligini bilasizmi?

Rim, 2025-yil 19-aprel. Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha Amerika–Eron muzokaralari Rimda o’tkazilayotgani hammaga oddiy tuyulishi mumkin, ammo bu yerda chuqur ma’no bor: Vatikan katoliklari har doimgidek sunniy rejimlar va Isroilning sionistik manfaatlariga qarshi Eronlik shialarga yon bosmoqda. Bu sir emas, balki yillar osha davom etib kelayotgan, lekin odatda tilga olinmaydigan fakt.

Katoliklar va shialar o‘rtasidagi aloqalar tarixi asrlarga borib taqaladi. Salib yurishlari davridayoq katolik cherkovi Yaqin Sharqda ittifoqchilar izlagan, va shialar, diniy ozchilik sifatida, ko‘pincha sunniy xalifaliklarga qarshi tabiiy hamkor sifatida qaralgan. Bundan tashqari, XVI asrda Rim papasi elchilari Safaviylar bilan Usmoniylarga qarshi ittifoq tuzishga harakat qilgan. Bugun ham bu an’ana yashab qolgan: Vatikan Eronda nafaqat Saudiya Arabistoni kabi sunniy monarxiyalarga nisbatan geosiyosiy muvozanatni, balki Falastindagi nasroniylarning ahvolini og‘irlashtirayotgan Isroilning sionistik siyosatini jilovlaydigan kuchni ko‘radi.

Nega katoliklar har doim shialarni qo‘llab-quvvatlaydi? G‘arbga qarshi ritorikasiga qaramay, Eron Livan, Suriya va o‘z hududidagi nasroniy jamoalarni himoya qiladi. Sunniy rejimlar esa ko‘pincha nasroniylar xavfsizligiga tahdid soladigan radikal oqimlarga yo‘l ochib bergan (masalan, Saudiya Arqbistoni). 2016-yilda Papa Fransisk va Eron prezidenti Ruhoniy o‘rtasidagi uchrashuv — bu qadimiy do‘stlikni tasdiqlovchi voqealardan biri, o‘shanda Vatikan Tehronni G‘arb bilan muloqot qilishi uchun “fotiha” berdi.

Rimdagi muzokaralarda AQSh Eronga bosim o‘tkazayotgan bir paytda, Vatikan odatdagidek sahna ortida vositachilik rolini bajarmoqda. Katoliklar shialarga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovini baland ovozda e’lon qilmaydi, ammo hamma biladi: bu o‘yinda katoliklar doimo Tehron tomonida — sunniy monarxiyalar va sionistik ambitsiyalarga qarshi. Bu tarixan shunday bo‘lgan, hozir ham shunday.

Nega bu haqida sukut saqlanadi? Yoki siz ham bu hammasi shunchaki “katta o‘yin”ning bir qismi deb hisoblaysizmi?

@erontahlili
04/19/2025, 14:00
t.me/erontahlili/970
Turkiyada “Turon mojarosi”

Anqarada siyosiy bo‘ron kuchaymoqda. Bunga Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitida Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan imzolangan deklaratsiya sabab bo‘ldi. Unda ushbu davlatlar BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Kipr Turkiya Respublikasi (ShKTR) tuzilishini qoralovchi rezolyutsiyalariga sodiqligini bildirgan.

Bu holatga nisbatan juda qattiq bayonot bilan IYI partiyasi deputati Turxon Chomez chiqdi. U Erdog‘an va sobiq bosh vazir Yildirimni (hozirda Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi) “sodir bo‘layotgan voqealar fonida xiyonatkorona sukut saqlayotganlikda” aybladi:

“Beshta Markaziy Osiyo davlati – Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Turkiyani bosqinchilikda ayblamoqda, siz esa jim turibsiz!”

Chomez, shuningdek, “turk birdamligi siyosatidagi ikkiyuzlamachilik”ni ham keskin tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Erdog‘an Qirg‘izistonga 62,3 million dollar qarzni kechmoqda, shu bilan birga millionlab turklar rekord inflyatsiya fonida arang kun kechirmoqda.

Ayni paytda Turkiya parlamenti va ommaviy axborot vositalarida turkiy respublikalar bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish talab qilinmoqda. Hatto ayrim deputatlar Anqaraga nisbatan “geosiyosiy xiyonat” haqida gapira boshlashdi.

Markaziy Osiyo davlatlari nega BMTning bu hujjatini qo’llab-quvvatladi: https://t.me/StratFocusCA/2516

@erontahlili
04/19/2025, 06:21
t.me/erontahlili/969
Eron va AQSh o‘rtasidagi bilvosita muloqotlar yana davom etmoqda. Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibiga ko‘ra, TIV rahbari Aroqchi boshchiligidagi Eron delegatsiyasi Italiyaga yo’l oldi. Bugun 19 aprel kuni Rimda Tehron - Vashington muzokaralarning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Bu holat shuni ko‘rsatadiki, tomonlar bevosita muzokaralardan hali yiroq bo‘lsa-da, aloqa kanallarini butunlay yopib qo‘ymagan. Muzokaralarning Rimda o‘tkazilishi esa G‘arbiy vositachilar ishtirok etayotganini anglatadi. Ehtimol, bu – yadro bitimiga qaytish yoki sanksiyalarni yumshatish yo‘lida navbatdagi urinishdir.

@erontahlili
04/19/2025, 06:13
t.me/erontahlili/968
⚡️🇮🇷🇸🇦Diplomatik manbalarga ko’ra, Eron Saudiya Arabistoniga o‘zining yadroviy dasturini yaratishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

@erontah
lili
04/17/2025, 19:04
t.me/erontahlili/967
So‘nggi bir oy ichida AQSH Yamandagi husiylar obyektlariga 990 marta hujum qildi, shundan 220 tasi oxirgi hafta davomida amalga oshirildi.

@erontahlili
04/17/2025, 18:32
t.me/erontahlili/966
TDT Modeli – Davlat rahbarlari sammiti

Toshkentda ilk bor Turkiy Davlatlar Tashkiloti formatida akademik simulyatsiya!

🗓 Sana: 26-aprel 2025
📍 Manzil: JIDU, Konferensiyalar zali
🏛 Tashkilotchi: Diplomatic Synergy
🧠 Loyiha asoschisi: Nodir Oblaqulov

TDT Modeli – bu nafaqat talabalarning diplomatik qobiliyatlarini rivojlantirish, balki “Turkiy hamjihatlik” mafkurasini yoshlar qalbiga singdirish imkoniyati hamdir.

Ishtirokchilar davlat rahbarlari rolida siyosat, iqtisod, xavfsizlik va energetika sohalarida muzokara olib boradilar. Sammit yakunida esa – “Toshkent Deklaratsiyasi – 2025” qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Siz ham kelajakdagi diplomat sifatida sahnaga chiqing!

Ro’yxatdan o’t
ish. (Arizalar topshirish muddati: 19 aprel)

@erontah
lili
04/17/2025, 13:34
t.me/erontahlili/965
Manbalarga ko’ra, 20–22 may kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning norasmiy sammiti Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) — xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston kiradi. Vengriya va Turkmaniston esa kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi. Tashkilot turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, fan, ta’lim, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish maqsadida tuzilgan.

@erontahlili
04/17/2025, 10:50
t.me/erontahlili/964
Investitsiya va turizm — najotmi yoki illyuziya?

O‘zbekiston iqtisodiyoti xorijiy sarmoya va sayyohlarga nega haddan tashqari tayanmasligi kerak? Daromad qayerga ketmoqda, xalq nima olmoqda, va qanday alternativ yo‘llar mavjud?

Batafsil: https://t.me/StratFocusCA/2534
04/16/2025, 15:42
t.me/erontahlili/963
Repost
658
Istanbul merining hibsga olinishi ortidan Turkiyada nima bo‘lyapti? - davomi
 
Nega aynan hozir?
 
Turkiya qiyin ahvolda: iqtisodiy barqarorlik yo‘q, inflyatsiya osmonga chiqdi, aholi esa narxlarning o‘sishidan norozi. Muxolifat, shu jumladan CHP, bu vaziyatni imkoniyat deb ko‘rib, muddatidan oldin saylovlarni talab qilmoqda. Ammo Erdog‘anning qo‘lida kuchli kartalar bor. Birinchidan, u G‘arb (ayniqsa, Yevropa) bu holatga aralashmaydi deb hisoblaydi, chunki Turkiya NATOning muhim ittifoqchisi. Ikkinchidan, yaqinda kurd yetakchilari bilan o‘tkazilgan muzokaralar, ular tinchlikka chaqirganlari bilan, uning pozitsiyasini mustahkamlamoqda.
 
Imamog‘luning hibsga olinishi CHPning ichki bo‘linishini ham kuchaytirdi. Partiya allaqachon 2023-yilgi yetakchilik almashinuvidan keyin bo‘linib ketgan, va hozir ichki kurash davom etmoqda. Korruptsiya va kurdlar bilan aloqadorlik bo‘yicha ayblovlar bu ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi. Erdog‘an esa raqiblarini zaiflashtirish uchun bunday vaziyatlardan mohirona foydalanmoqda.
 
Endi nima bo‘ladi?
 
Erdog‘an faqat hokimiyatda qolish bilan cheklanmoqchi emas — u o‘zidan keyin kuchli partiyani qoldirmoqchi. U AKP usiz parchalanib ketishidan xavotirda, chunki Turkiya tarixida bunday holatlar bo‘lgan. Shuning uchun u partiya tuzilmasini mustahkamlash va ta’sirini kuchaytirishga harakat qilmoqda.
 
Muxolifat uchun Imamog‘luning hibsga olinishi — bu chaqiriq. Ular birlashib yangi nomzodni ilgari surishga urinib ko‘rishlari mumkin, ammo ichki mojarolar bunga halal bermoqda. Agar iqtisodiy vaziyat yomonlashuvi davom etsa, ular uchun imkoniyat paydo bo‘ladi, lekin Erdog‘an tajribali siyosatchi, u ko‘plab inqirozlardan g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
 
Xulosa qilib aytganda, mamlakat burilish nuqtasida. Bir tomondan, Erdog‘an o‘z vektorini davom ettirmoqchi. Ikkinchi tomondan esa, muxolifat o‘zgarishlarni xohlaydi va xalqning noroziligidan foydalanishga urinmoqda. Siyosiy kurash tobora keskinlashmoqda, va Imamog‘luning hibsga olinishi — kelajak uchun kurashning bir epizodi, xolos.
 
Sizningcha, muxolifat Erdog‘anga qarshi tura oladimi? Fikringizni izohlarda yozing!

Strategic Focus: Central Asia
04/16/2025, 06:33
t.me/erontahlili/962
Repost
699
Istanbul merining hibsga olinishi ortidan Turkiyada nima bo‘lyapti?
 
Yaqinda Istanbul meri Ekrem Imamog‘luning hibsga olinishi Turkiyada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. U 2028-yilgi prezidentlik saylovlarining eng kuchli nomzodlaridan biri sifatida qaralgan edi. Mamlakat allaqachon og‘ir iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda, endi esa siyosiy taranglik ham kuchaymoqda. Muxolifatchi nega qamaldi va amaldagi hukumatning maqsadi nima?
 
Imamog‘lu bilan nima bo‘ldi?
 
Imamog‘lu jiddiy jinoyatlarda ayblanmoqda: korruptsiya, tenderlar bilan manipulyatsiya, terrorchilik tashkiloti (Kurd ishchilar partiyasi) bilan aloqalar va hatto jinoiy guruhga rahbarlik qilish. Bu ayblovlar ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi, ayniqsa, bu holatni prezident Erdo‘g‘anning kuchli raqibini saylov oldidan yo‘qotish urinishidek ko‘rayotganlar orasida.
 
Ammo gap faqat saylovda emas. Hibsga olinishi arafasida Istanbul universiteti Imamog‘luning diplomini bekor qildi. Konstitutsiyaga ko‘ra, prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun oliy ma’lumot bo‘lishi shart — bu esa uni avtomatik ravishda nomzodlik huquqidan mahrum qiladi. Bu esa, bu ish ancha murakkab siyosiy o‘yinning bir qismi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ehtimol, Erdog‘an nafaqat Imamog‘luni sahnadan olib tashlamoqchi, balki u a’zo bo‘lgan asosiy muxolifat partiyasi — Xalq Respublikachilar partiyasini (CHP) ham zaiflashtirish niyatida.
 
Erdog‘anga bu nima uchun kerak?
 
Erdog‘an 20 yildan ortiq hokimiyat tepasida va uning partiyasi (Adolat va Taraqqiyot partiyasi — AKP) mamlakatda katta ta’sirga ega. Biroq 2028-yilda uning prezidentlik muddati yakuniga yetadi va konstitutsiyaga ko‘ra, u qayta saylanolmaydi. Ammo u o‘yinni o‘zgartirmoqchi degan mish-mishlar yuribdi — masalan, 2027-yilda muddatidan oldin saylov o‘tkazish yoki konstitutsiyani qayta yozish orqali hokimiyatda qolmoqchi.
 
Imamog‘lu Erdog‘an uchun haqiqiy tahdid edi. U Istanbul merligi saylovida g‘alaba qozongan — bu AKP uchun og‘ir zarba bo‘lgan edi. Ularni siyosiy maydondan yo‘q qilish orqali Erdo‘g‘an nafaqat vaqt yutmoqda, balki butun Turkiya siyosatini qayta shakllantirmoqchi. Uning maqsadi — AKPni mamlakatning yagona yetakchi kuchiga aylantirish va islomning jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish. Bu har doim uning dasturida muhim jihat bo‘lib kelgan.

Strategic Focus: Central Asia
04/16/2025, 06:33
t.me/erontahlili/961
04/13/2025, 19:58
t.me/erontahlili/957
04/13/2025, 19:58
t.me/erontahlili/958
Afg’oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi va vazirlik bog’i (bu hududda faqat afg’on diplomatlari sayr qilishi mumkin).

@erontahlili
04/13/2025, 19:58
t.me/erontahlili/960
04/13/2025, 19:58
t.me/erontahlili/959
Turk Davlatlari Tashkilotida (TDT) ikki masala — Kipr muammosi va Yevropa Ittifoqi (YI) bilan munosabatlar bo‘yicha jiddiy bo‘linish yuzaga kelmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari Kiprning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlab, bu orqali Turkiya va Kipr turklarining manfaatlarini e’tibordan chetda qoldirishdi. Boshqa tomondan, Ozarbayjon hozirda amalda Turkiya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) bilan aloqalarni kuchaytirmoqda. Hatto bu tuzilmani rasman tan olish ehtimoli ham mavjud. Ozarbayjon Prezidenti Antaliya diplomatik forumida ShKTR Prezidenti bilan uchrashgani bunga misoldir.

YI bilan aloqalar borasida esa, Ozarbayjon bu tashkilot bilan munosabatlarda inqirozni boshdan kechirayotgan bir vaqtda, Markaziy Osiyo davlatlari aksincha, Yevropa bilan hamkorlikni faollashtirmoqda. Turkiya esa YI bilan aloqalarda hali-hanuz ko‘plab muammolarga duch kelmoqda.

Shu tarzda, TDT asta-sekin Arab Davlatlari Ligasi (ADL) yo‘lidan bormoqda — bu tashkilotda har bir davlatning o‘z manfaatlari bor va ular bir-biri bilan mos kelmaydi. ADL allaqachon siyosiy tomoshaga aylangan, TDT esa xuddi shu yo‘ldan ketmoqda.

Buning sababi shundaki, bu davlatlar hali ham o’zining mustaqil moliyaviy institutlariga, rivojlangan iqtisodiyot va bank sektoriga ega emas, zamonaviy texnologiyalarga kira olmaydi, sanoatda raqobatbardosh emas, xomashyo eksportiga qaram va rivojlangan davlatlarning xomashyo bazasiga aylangan.

Natijada, har bir davlat o‘z manfaatini boshqalarnikidan ustun qo‘yib, mustaqil yo‘ldan ketishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa yagona siyosiy platformaning shakllanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Aydin Alizoda, tarixchi (Ozarbayjon)

@erontahlili
04/12/2025, 14:37
t.me/erontahlili/956
Repost
477
04/12/2025, 14:24
t.me/erontahlili/954
Repost
477
Ikki mashhur prezident haqida ikki muhim kitob!

Istiqlolli xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Islomxon Gafarov tomonidan yozilgan ikki asar sizni XX asr siyosati olamiga olib kiradi:

1. “General Prezident Eyzenxauer” – Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi davrda dunyo taqdirini belgilagan amerikalik general va AQSH Prezidenti Duayt Eyzenxauerni yangi nigohda ochib beradi. Kitobda urush yillari, prezidentlik siyosati hamda o’tgan asrning 40–60-yillaridagi global siyosiy muhit yoritilgan.

2. “Jon Fitsjerald Kennedi” – AQSHning 35-prezidenti, tarixda yorqin iz qoldirgan Kennedining hayoti, oilasi, orzulari va murakkab siyosiy qarorlarini chuqur ochib beruvchi asar. Kitobda shuningdek o‘sha davrdagi tarixiy vaziyat va siyosiy jarayonlar keng ko‘lamda tahlil qilingan.

Har ikki kitob – XX asr liderlarini tushunish uchun muhim manba. Tavsiya qilamiz!

Grand Strategiya - xalqaro munosabatlar, geosiyosat va tahlil
04/12/2025, 14:24
t.me/erontahlili/955
Repost
1.1 k
04/08/2025, 14:05
t.me/erontahlili/953
Repost
742
⏸ Туркиянинг "TRT Belgesel" телеканалида намойиш этилган Соҳибқирон Амир Темурнинг тарихий зафари билан якунига етган "Анқара жанги" тафсилотларига бағишланган “Жангнинг бошланиши” ҳужжатли фильми. Матнни капитан Д. Рахмонов ўқиди, турк тилидан майор Х. Якубов таржимаси.

🛟 t.me/sarhad_uz
04/07/2025, 21:16
t.me/erontahlili/952
Repost
804
04/05/2025, 08:53
t.me/erontahlili/951
Xulosa qilib aytganda, Turkiya MİT Milliy Razvedka Akademiyasi nafaqat ta’lim loyihasi, balki mamlakat xavfsizligi sohasidagi intellektual va professional salohiyatini oshirishga qaratilgan strategik tashabbusdir. Talha Kose rahbarligida akademiya milliy tajribani global akademik standartlar bilan uyg‘unlashtirib, nazariya va amaliyot o‘rtasida sinergetika yaratish imkoniyatiga ega. Uning muvaffaqiyati Turkiya razvedkasini yangi sifat darajasiga olib chiqishda muhim omil bo‘ladi.

@erontahlili
04/05/2025, 07:21
t.me/erontahlili/950
Turkiya MİT Milliy Razvedka Akademiyasi: Turkiya razvedkasi va xavfsizligining yangi bosqichi
 
2024 yil 10 yanvar kuni Milliy Razvedka Tashkilotining (MİT) 97 yilligiga bag‘ishlangan tadbir doirasida MİT qoshidagi Milliy Razvedka Akademiyasi (MRA) rasman ochilishi e’lon qilingandi. Shubhasiz, bu turk razvedkasi va akademik infratuzilmasini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. MRA prezidenti etib Talha Kose tayinlandi.
 
Talha Kose kim?
 
Talha Kose nafaqat administrator, balki xalqaro munosabatlar, mojarolarni hal qilish va milliy o‘zlik masalalarini chuqur tushunadigan olimdir. U 2000-yil Boğaziçi universitetini siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha bakalavriatni tamomladi, 2002-yilda esa Sabanci universitetida mojarolarni tahlil qilish va hal qilish bo‘yicha magistr darajasini qo‘lga kiritadi. 2010-yilda Jorj Meyson universitetining Mojarolarni tahlili va ularni hal qilish institutida falsafa doktori unvonini (PhD) olgan Kose AQShning Jorj Meyson va Niderlandiyaning Maastricht Universitetlarida professor sifatida dars bergan.
 
U Istanbul Şehir va Ibn Haldun universitetlarini tashkil etish jarayonlarida ishtirok etib, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar kafedralarida rahbarlik qilgan. Bundan tashqari, SETA tahlil markazining Vashington, Bryussel va jamoatchilik bo‘limlarida direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan. Kose xalqaro munosabatlar, mojarolarni hal qilish, dunyo tartiboti, Turkiya siyosati, etnik va diniy o‘zlik hamda radikallashuv kabi mavzularda ko‘plab ilmiy nashrlar muallifi bo‘lib, ular turk, ingliz va arab tillarida chop etilgan.
 
Akademiyaning maqsadlari va missiyasi
 
Milliy Razvedka Akademiyasi Turkiya prezidenti Erdog‘anning 2023-yil 9-fevraldagi 32099-sonli “Rasmiy byulleten”da e’lon qilingan farmoni bilan tashkil etilgan. Akademiya oliy ta’lim muassasasi sifatida razvedka va milliy xavfsizlik sohasida magistraturadan keyingi ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va nashrlarni amalga oshirishni maqsad qiladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Ko‘p qutbli dunyoda raqobatbardosh muhitda jahon bilan hamkorlik qila oladigan malakali razvedka jamoasini shakllantirish;
 
- Turkiyaning o‘ziga xos ehtiyojlari va ustuvorliklariga mos tadqiqotlarni rivojlantirish;
 
- Turkiya va dunyodagi voqealarni kuzatishdan tashqariga chiqib, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi o‘zgarishlarni strategik tahlil qilishni mustahkamlash;
 
- Turkiyaning strategik ko‘rish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shish va xavfsizlik, razvedka va strategiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.
 
Akademiyaning tuzilmasi va faoliyati
 
MRA ta’lim va tadqiqot faoliyatini birlashtiradi. Akademiya doirasida mintaqaviy tadqiqotlar, razvedka va xavfsizlik tadqiqotlari markazlari hamda kiberxavfsizlik va elektron razvedka tadqiqotlari markazi ish boshladi. Ta’lim dasturlari razvedka, xavfsizlik, mintaqashunoslik, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi sohalarni qamrab oladi. Muammoga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyasi orqali talabalar tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
 
Tadqiqot faoliyati loyihalar, seminarlar, simpoziumlar va ilmiy nashrlar orqali amalga oshiriladi. 2025-yil 10–12-oktabr kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro razvedka tadqiqotlari kongressi” akademiyaning muhim tadbirlaridan biri bo‘ladi. Ushbu kongressda razvedka sohasidagi muammolar ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va muhandislik fanlari nuqtai nazaridan muhokama qilinadi.
 
Turkiya uchun ahamiyati
 
Jahon miqyosidagi beqarorlik, yangi tahdidlar va kuchlar muvozanatining o‘zgarishi sharoitida Turkiya XXI asr tahdidlariga moslashishi zarur. Mintaqaviy joylashuv mamlakat uchun kuchli razvedka tizimining muhimligini yanada oshiradi. MRA MİTning ko‘p yillik tajribasini ilmiy asosda tahlil qilib, Turkiyaning xalqaro maydondagi pozitsiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu nafaqat tezkor ishlar bilan cheklanib qolmay, balki uzoq muddatli strategik rejalashtirish uchun poydevor yaratishni anglatadi.

@erontahlili
04/05/2025, 07:21
t.me/erontahlili/949
Repost
618
Maqolangizni Strategic Focus: Central Asia kanalida chiqishini istasangiz, tahliliy materiallarni @sfca_admin ga yuboring.

SFCA - mazmunli fikrlar, aniq xulosalar
04/04/2025, 20:30
t.me/erontahlili/948
A. Qodirov: Samarqanddagi sammit Gʻarbning Markaziy Osiyoga boʻlgan qiziqishining oshganini ko‘rsatadi, biroq mintaqa yetakchilari bu masalaga ehtiyotkorona yondashmoqda – bu esa to‘g‘ri qaror. Mintaqa liderlari YI bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va Moskva hamda Pekin bilan barqaror aloqalarni saqlash oʻrtasida muvozanatni tutmoqda. Prezident Mirziyoyev tomonidan Euronewsga intervyusida ko‘tarilgan Afg‘oniston masalasi ham muhim signal – mintaqa YIni mintaqaviy barqarorlikda sherik sifatida ko‘rmoqda, biroq Brussel hozircha bu borada jiddiy mas’uliyat olishga tayyor ekanini ko‘rsatmayapti. Hamkorlik istiqbollari bor, ayniqsa energetika va raqamli bog‘liqlik sohalarida, lekin mintaqaning geosiyosiy sezuvchanligi hisobga olinmasa, ‘Samarqand deklaratsiyasi’ chiroyli, ammo navbatdagi oddiy hujjat boʻlib qolishi mumkin.

Batafsil: https://t.me/westalliance/798
04/03/2025, 17:05
t.me/erontahlili/947
Isroil Bosh vaziri Netanyaxuning ikki nafar matbuot kotibi Qatarning manfaatlarini himoya qilish evaziga pul olganlikda ayblanib hibsga olindi.

@erontahlili
03/31/2025, 11:27
t.me/erontahlili/945
🌙 Ramazon hayiti qutlug‘ bo‘lsin! Bu muborak bayram har bir yurakka xotirjamlik, har bir xonadonga fayz olib kelsin. Diniy bag‘rikenglik va barqarorlik abadiy bo‘lsin!

@erontahlil
i
03/30/2025, 06:06
t.me/erontahlili/944
Isroil va ozchiliklar ittifoqi: eski strategiyaning qaytishi
 
Bashar Asad rejimining ag‘darilishi ortidan Isroil Yaqin Sharqda eski, biroq xavfli strategiyani yana ishga tushirdi — diniy va etnik ozchilik guruhlar bilan ittifoq qurish. Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ochiqchasiga aytdi: “Isroil bu mintaqada har doim ozchilikda bo‘ladi, demak, boshqa ozchiliklar bilan birlashishimiz kerak.”
 
1950-yillarda David Ben-Gurion "periferiya doktrinasi"ni ishlab chiqdi. Maqsad: arab dunyosi tomonidan izolyatsiyaga tushib qolmaslik uchun arab bo‘lmagan mintaqaviy davlatlar — Turkiya, Eron, Efiopiya bilan ittifoq tuzish. 60-70-yillarda Isroil Iroqdagi kurdlar qo‘zg‘olonlarini faol qo‘llab-quvvatladi va Suriyadagi druzlarni dushman rejimlariga qarshi mumkin bo‘lgan bufer sifatida ko‘rdi. Ammo 1979-yilda Eron inqilobi, 1982-yildagi Livan urushi va Turkiyada siyosiy islomning kuchayishi bu strategiyani barbod qildi.
 
Bugun esa eski strategiya yana qayta tiklanmoqda. Isroil yangi Suriya hukumatining "Musulmon birodarlar" yoki Turkiya va Qatarning siyosiy islomiy lageriga qo‘shilishini xavf deb bilmoqda. Shuning uchun Isroil druzlar va kurdlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda. Netanyahu hatto druzlarni “bizning Isroil druzlarimizning birodarlari” deb atadi va ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Bu kontekstda Isroil Suriya janubida o‘ziga xayrixoh viloyat yaratishdan manfaatdor ekanini yashirmayapti - bu Golan, Xermon tog‘i va Livan bilan chegara ustidan nazoratni kuchaytiradi. Strategiya, shuningdek, Suriyani federallashtirishni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi - janubda druzlar, shimoli-sharqda kurdlar, ehtimol, qirg‘oq bo‘yida alohida alaviylar zonasi.
 
Isroil hozirda quyidagilarga erishmoqchi: Eron va Turkiya ta’sirini cheklash, mintaqada ko‘proq harakat erkinligi yaratish, Golan masalasida kuchli pozitsiyaga ega bo‘lish. Ammo tarix shuni ko‘rsatadiki, ozchiliklar bilan tuzilgan bunday ittifoqlar uzoq yashamaydi. Livandagi xristianlar va druzlar, Iroqda Saddamga qarshi chiqqan kurdlar — ularning barchasi oxir-oqibat yolg‘iz qoldirilgan.
 
Isroil mintaqani iloji boricha ajratishga qilishga harakat qilmoqda. Chunki arab dunyosi qanchalik birlashgan bo‘lsa, Isroil uchun xavf shunchalik katta. Ammo bu yondashuv mintaqada yangi ziddiyatlar, separatistik harakatlar va uzoq davom etuvchi beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkin. Strategiya vaqtincha foyda keltirishi mumkin, lekin uzoq muddatda — bu yana eski xatolarga qaytish bo‘lishi mumkin.

@erontahlili
03/28/2025, 12:07
t.me/erontahlili/943
Signal’dagi yozishmalar Trampning Yaqin Sharq siyosatini fosh qildi

Amerikada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan voqea yuz berdi: Signal ilovasidagi guruh chatidan AQShning Yaman husiylariga qarshi hujum rejalari sizib chiqdi. Bu yozishmalar Tramp ma’muriyatining Yaqin Sharqdagi siyosatini ochiq ko‘rsatib berdi — u yerda harbiy qarorlar pul, Isroil va Eron bilan bog‘liq masalalar bilan chambarchas bog‘liq ekan.

1. AQSh Yaqin Sharqda harakat qilib, evaziga pul talab qilmoqda.

Chatda aytilishicha, AQSh zarbalarni bepul qilmayapti. Trampning yaqin odamlaridan biri Yevropa va Misrdan kompensatsiya — ya’ni xarajatlar uchun tovon olish kerakligini aytgan. Gap shundaki, AQSh dengiz yo‘llaridagi muammolardan kamroq zarar ko‘rmoqda, asosiy zararni Yevropa va Misr tortmoqda. AQSh esa bu holatdan foyda ko‘rmoqchi.

2. Isroil bosimi sababli hujumlar tezlashtirilgan.

AQSh vitse-prezidenti zarbalarni kechiktirish kerak deb o‘ylagan, chunki u neft narxi oshishini va Saudiya Arabistoniga hujum bo‘lishi mumkinligini aytgan. Lekin boshqa rasmiylar Isroil birinchi bo‘lib hujum qilishi mumkin deb ogohlantirgan. Shu sababli, AQSh bu ishni o‘z vaqtida boshlab, nazoratni o‘z qo‘liga olishga qaror qilgan.

3. Asl maqsad — Eronni qo‘rqitish.

Yozishmalarda ochiq aytilgan: husiylar bahona, aslida bu zarbalar Eron uchun signal. Maqsad — dengiz yo‘llarini ochish va Eronni muzokaraga majbur qilish. Tramp shunchaki kuch bilan Eronni “ogohlantirmoqchi”. Biroq AQSH razvedkasi ogohlantiryapti: agar Eron bilan urush boshlansa, bu butun mintaqani xavf ostiga qo‘yadi.

Xulosa qilib aytganda, Trampning Yaqin Sharqdagi siyosati oddiy emas — u pul, kuch va qo‘rqitish orqali ish ko‘rayotganga o‘xshaydi. Signal’dagi yozishmalar shuni ko‘rsatadiki, bu qarorlar jiddiy muhokama emas, balki oddiy chatda yozilgan fikrlarga asoslangan. Bu esa butun dunyo uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

@erontahlili
03/28/2025, 07:10
t.me/erontahlili/942
🇺🇿Ba’zi Telegram kanallar xorijiy yangiliklar haqida yozganda, faqat shov-shuvli kontentni ulashishga urinadi. Nima bo‘ldi? Nega bo‘ldi? Sababi nima? — bu savollarga javob yo‘q. Muhimi — e’tibor tortish. Ayrim mavzular chuqur tahlil qilinadi, boshqalari esa shunchaki mish-mish darajasida qoladi. Aynan shu sababdan kuchli tahliliy materiallarni taqdim etadigan kanallar bazasini yaratdik. Qo’shiling, afsuslanmaysiz.

Barcha kanalga qo’shilish uchun havola: https://t.me/addlist/Q4l07Qc5U3Q2Mzhi
03/27/2025, 21:48
t.me/erontahlili/941
Turkiyaning Rossiya – Ukraina urushidagi roli
 
Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni global sahnadagi o‘z mustaqilligini sinovdan o‘tkazish maydoniga aylantirmoqda — u mohirona tarzda Moskva va G‘arb o‘rtasida muvozanat saqlamoqda. Anqara voqealarga shunchaki munosabat bildirmayapti - u mojarolar va diplomatiyada shakllangan ko‘p asrlik strategik manyovr an’analariga amal qilmoqda. Tarixan Rossiyaga qarama-qarshi bo‘lgan, XVI-XX asrlardagi urushlardan tortib, Stalinning bo‘g‘ozlarga da’volarigacha, Turkiya bugungi kunda bu tajribani ta’sir quroliga aylantirmoqda.
 
Uning mojaroga yondashuvini klassik deeskalatsiya sifatida baholash mumkin: Kiyevga qurol yetkazib berish Rossiya bilan iqtisodiy aloqalar bilan uyg‘unlashadi, Montryo konvensiyasi orqali bo‘g‘ozlarni nazorat qilish esa vositachilik roli orqali muvozanatlashadi. 2015-yilda Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi va 2016-yilda Erdo‘g‘anning uzr so‘rashi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Anqara qat’iy qadam tashlashga tayyorligini, ammo aloqalarni to‘liq buzmasligini ko‘rsatdi.
 
Turkiyaning maqsadlari aniq: Rossiyaning Qora dengizdagi hukmronligiga yo‘l qo‘ymaslik, Ukraina bilan hamkorlik orqali harbiy sanoatni kuchaytirish, Kavkaz va Markaziy Osiyo hisobiga energetikani diversifikatsiya qilish. Urush Anqara uchun NATO va Yevropa Ittifoqidagi mavqeini mustahkamlash, shuningdek, turkiy dunyodagi ta’sirini kengaytirish imkoniyati bo‘ldi. Ukrainaning NATOga a’zoligini qo‘llab-quvvatlash Rossiyani mintaqada abadiy cheklash uchun strategik qadamdir.
 
Turkiya shunchaki mojaro ishtirokchisi emas - u qoidalarni qayta yozib, mustaqil kuch bo‘la olishini isbotlayotgan o‘yinchi. Bu G‘arb uchun saboq: Anqarani chetga surib bo‘lmaydi, aks holda uning mustaqilligi Moskva uchun foydaga aylanadi.

@erontahlili
03/25/2025, 18:57
t.me/erontahlili/940
Erdog‘an — zamonaviy Turkiya siyosatining markaziy figurasi
 
Global turbulentik sharoitida Rajab Toyyib Erdog‘an Turkiya uchun eng kerakli yetakchi bo‘lib qolmoqda, u mamlakat barqarorligi va ta’sirini ta’minlamoqda. Uning roli uni Turkiyani XXI asr muammolaridan olib chiqishga qodir bo‘lgan asosiy omillar bilan belgilanadi.
 
Birinchidan, Erdog‘an buyuk davlatlar qarama-qarshiligi davrida Sharq va G‘arb o‘rtasida mohirona muvozanatni saqlamoqda. Rossiya va NATO o‘rtasidagi keskinlik fonida Turkiya ham alyansga a’zoligini saqlab qolmoqda, ham Moskva bilan pragmatik munosabatlar o‘rnatmoqda - S-400 sotib olishdan tortib energetika sohasidagi hamkorlikkacha ("Turk oqimi" gaz quvuri yiliga 15,75 mlrd. kub metr gaz tashiydi). Bu Anqaraga bir blokka to‘liq qaram bo‘lmasdan, mustaqil o‘yinchi bo‘lib qolish imkonini beryapti.
 
Ikkinchidan, Turkiyaning iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan Erdog‘anning strategik qarorlari bilan bog‘liq. Inflyatsiya va liraning kursining o‘zgarishiga qaramay, u Turkiyaning Qora dengiz yo‘llari ustidan nazoratini kuchaytiradigan "Istanbul" kanali (taxminiy qiymati - $15 mlrd.) kabi yirik infratuzilma loyihalarini ilgari surmoqda. Mamlakat eksporti 2002-yildagi $36 mlrddan 2024-yilda $262 mlrdgacha oshdi, bu esa uning global inqirozlar sharoitida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash qobiliyatini ko‘rsatadi.
 
Uchinchidan, Erdog‘an Turkiyaning mintaqadagi yetakchiligini mustahkamlamoqda. Uning Yaqin Sharq (Qatarni qo‘llab-quvvatlash, Suriyada vositachilik) va Markaziy Osiyodagi siyosati (O‘zbekiston bilan savdo 2023-yilda $3,5 mlrdga yetdi) Turkiyani Islom va Turkiy dunyo uchun jozibador markazga aylantirmoqda. Turkiyaning Bayraktar TB2 dronlari Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro vektorini o‘zgartirib (Ozarbayjonning g‘alabasi), mamlakatning harbiy qudratini tasdiqladi.
 
Nihoyat, Erdog‘an - milliy barqarorlik ramzi. 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinishdan tortib terrorchilik hujumlarigacha bo‘lgan beqarorlikning kuchayishi sharoitida u hokimiyatni mustahkamlab, Turkiyaning ichki barqarorligini ta’minladi, bu esa Yaqin Sharqdagi mavjud ziddiyatlar va AQSH-Xitoy o‘rtasidagi kelishmochiliklari fonida juda muhimdir.
 
Erdog‘an shunchaki yetakchi emas - u ambitsiya, pragmatizm va qat’iyatni birlashtirgan zamonaviy Turkiyaning me’moridir. Eski tartiblar barbod bo‘layotgan dunyoda uning rahbarligi Turkiyaning kuchli va mustaqil davlat sifatidagi mavqeini saqlab qolish uchun zarur bo‘lib qolmoqda.

@erontahlili
03/25/2025, 13:14
t.me/erontahlili/939
Repost
720
Turkiylar qaytmoqda!

Turk xalqlari — Qozog‘iston dashtlaridan to Oltoy tog‘larigacha, Volga sohillaridan to Anadolu platosigacha yoyilgan — bugun yangi davr pulsini sezmoqda. Bu shunchaki madaniy xotiraning uyg‘onishi emas — bu millionlab qalblarda yetilayotgan siyosiy renessansdir. Asrlar davomida tarixning olovida chiniqqan an’analar bugun ovozga ega bo‘lmoqda, va bu ovoz tobora balandroq yangramoqda. Bu ko‘tarilishga ramz bo‘la oladigan timsol — bu boshqird eposi “Ural-botir”dagi qahramon Homay bo‘lishi mumkin. Uning hikoyasi “Homay” qo‘shig‘ida mujassam topib, davrimiz metaforasiga aylanmoqda.

Qadimgi turkiy rivoyatlariga ko’ra, Homay — quyosh va osmon xudosi Samrauning qizi, zulmat va tartibsizlikka qarshi kurashdagi nur uchquni. Uning siymosi — bu nafaqat afsona, balki siyosiy arxetip: bu kuch — bu yo‘q qiluvchi emas, balki yaratuvchi kuch, bu saqlovchi va himoya qiluvchi kuchdir. Qo‘shiqdagi misralarda: “Tamyrzarym mineŋ horay / Janem dä qanym dä horay” (“Ildizlarim so‘raydi / Jonim va qonim so‘raydi”) — bugun turkiy xalqlar o‘zlariga berayotgan savol yangraydi: biz bu dunyoda kimmiz? Va javob aniq: biz — eslaydiganlarmiz, ovozga ega bo‘lish huquqini qaytarishga tayyor bo‘lganlarmiz.

Zamonaviy dunyo — bu superdavlatlar manfaatlari to‘qnashadigan maydon, bu yerda globallashuv o’zlik chegaralarini yo‘q qilishga urinmoqda. Ammo turk dunyosi bu xaosda yemirilib ketayotgani yo‘q. Aksincha, u o‘z kuchini anglay boshladi — madaniy, iqtisodiy va siyosiy kuchini. Mintaqada yetakchilikka intilayotgan Turkiyadan tortib, Sharq va G‘arb o‘rtasida ko‘prik barpo etayotgan Qozog‘istongacha; o‘z hududlarini himoya qilgan Ozarbayjondan tortib, islohotlar orqali yangi ufqlarni ochayotgan O‘zbekistongacha — hamma joyda uyg‘onish belgilari yaqqol sezilmoqda. Hatto Turkiy xalqlar aholining muhim qismini tashkil qilayotgan Rossiyada ham ularning ovozi tobora ko‘proq ijtimoiy diskursda yangramoqda.

“Homay” qo‘shig‘i — shunchaki musiqa emas, bu manifestdir. U bizga kuchimiz birlik va xotirada ekanligini eslatmoqda. Bugun turk dunyosi tanlov oldida turibdi: buyuk o‘tmishning parchalari bo‘lib qolishmi yoki yagona siyosiy va madaniy organizmga aylanishmi, global kun tartibiga ta’sir qodir bo‘lgan kuchga aylanishmi? Turkiy Davlatlar Tashkiloti bu yo‘nalishda allaqachon qadamlar qo‘ymoqda, biroq bu yetarli emas. Iroda kerak — xalqning irodasi, yetakchilarning irodasi, faol harakatga iroda.

Tarix bizga o‘rgatadi: turkiy xalqlar birlashganda, ular vaqt yo‘nalishini o‘zgartirgan. Hunlar imperiyasidan tortib Oltin O‘rda, Usmonli va Temuriylar ulug‘vorligidan to XX asrdagi mustaqillik uchun kurashgacha — biz har doim hisobga olinadigan kuch bo‘lganmiz. Bugun, axborot urushlari va iqtisodiy muammolar asrida, bu kuch yana qaytmoqda. Homay bizni o‘tmish janglariga emas, balki kelajak g‘alabalariga chorlamoqda — turk ruhi faqat dashtlarning aks-sadosi emas, balki jahon maydonida baland yangraydigan ovozga aylanishi kerak.

“Homay”ni tinglang - bu faqat qo‘shiq emas — bu uyg‘onishdir. Turk dunyosi ko‘tarilmoqda. Uning vaqti keldi.

Strategic Focus: Central Asia
03/24/2025, 19:53
t.me/erontahlili/938
Turkiy dunyo: Yevrosiyodagi yangi kuch markazi
 
M.Imomov, mustaqil tahlilchi
 
2024-yil fevral oyida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning turkiy dunyoni “oila” deb atagan chiqishi Turkiy davlatlar tashkilotining Yevrosiyo geosiyosatidagi o‘sib borayotgan o‘rnini aks ettiradi. Ikkinchi Qorabog‘ urushi va Ukrainadagi mojaro boshlanganidan keyin turkiy davlatlar — Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston — umumiy o‘zlik va strategik manfaatlarga tayangan holda hamkorlikni kuchaytirdilar. Hatto TDTda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Vengriya ham bu loyihani qo‘llab-quvvatlamoqda, uni Yevrointegratsiyaga muqobil deb ko‘rmoqda.
 
Turkiya uchun TDT — mintaqaviy ta’sirni oshirish vositasi, ayniqsa Rossiya yo‘nalishlari bilan raqobatlashayotgan O‘rta yo‘lak orqali. Bu holat Moskvada xavotir uyg‘otmoqda: ayrim tahlilchilar bu loyihani G‘arb va Turkiyaning Markaziy Osiyoda, litiy kabi boy resurslarga ega hududda Rossiya ta’sirini susaytirish harakati deb bilishadi. Biroq tarixchi A.Knyazev kabi boshqa ekspertlar turkiy integratsiyaga Rossiya, Xitoy va Eronni ham jalb qiluvchi inklyuziv yondashuvni taklif etishmoqda, chunki bu mamlakatlarda ham millionlab turkiy xalqlar yashaydi.
 
Eron nuqtayi nazaridan, TDT ikki tomonlama manzarani namoyon etadi. Bir tomondan, Turkiya va Ozarbayjonning Kavkazortidagi Eronga qarshi tiyib turuvchi omil sifatida kuchayishi kuchlar muvozanatini murakkablashtirishi mumkin. Boshqa tomondan, O‘rta koridor orqali iqtisodiy integratsiya va Markaziy Osiyoning turkiy mamlakatlari bilan hamkorlik Tehron uchun, agar u jarayonga qo‘shilish yo‘lini topsa, imkoniyatlar ochadi. Gap shundaki, TDT buyuk davlatlar quroliga aylanmasdan mustaqil o‘yinchiga aylana oladimi va bu mintaqaviy dinamikaga, jumladan, Eron bilan munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Turkiy dunyo nafaqat Yaqin Sharq, balki butun dunyoga ta’sir qiladi. Batafsil: https://t.me/StratFocusCA/2443

@erontahlili
03/24/2025, 14:22
t.me/erontahlili/937
Diplomatik manbalarga ko‘ra, yaqin kunlarda AQSh Yaman hududida cheklangan harbiy operatsiyani boshlashi rejalashtirilmoqda. Rasman bu operatsiya “xalqaro kemachilik xavfsizligini ta’minlash” va “Eron proksilarini neytrallash” bahonasida o’tkazilsada, ekspertlar doirasida asosiy maqsad — strategik ahamiyatga ega Bob ul-Mandeb bo‘g‘ozini nazorat qilish, mintaqaviy energetik-logistik arxitekturani qayta formatlash, deb baholanmoqda.

Yaman hozirda mintaqaviy beqarorlikning markaziy nuqtasiga aylangan. AQSh tomonidan uyushtiriladigan zarbalar husiylar harakatini jiddiy zaiflashtirishi mumkin, ammo bu Eronning keskin javobiga sabab bo‘ladi. Diplomatik doiralarda Tehron o‘zining Iroq, Livan va Suriyadagi tarmoqlarini faollashtirishga tayyor ekanligi haqidagi signallar kuzatilmoqda. Natijada, bu hududda murakkab konfrontatsion vaziyat vujudga kelishi mumkin.

Bu kontekstda quyidagi taxminlarni ilgari surish mumkin:

Birinchidan, Eron husiylarni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni oshiradi — bu AQSh va Saudiya Arabistoni uchun harbiy kampaniyani cho‘zib yuboradi.

Ikkinchidan, husiylar neft tashish yo‘llariga zarbalar sonini va geografiyasini kengaytiradi, bu esa global iqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi.

Uchinchidan, Eronga aloqador kuchlar AQShning Iroq va Suriyadagi bazalariga zarbalar yo‘llab, Vashingtonni yangi, uzoq davom etuvchi mojaroga tortadi.

Mazkur sharoitda Rossiya yoki Xitoyning vositachi pozitsiyasini egallash ehtimoli yuqori. Tehron va Vashington bilan barqaror aloqalarga ega bo‘lgan RF va XXR mintaqada keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvning oldini olishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin.

Bu borada ular bir qator tashabbuslarni taklif qilishi mumkin:
– Eron yadro dasturi bo‘yicha BRICS+ doirasida yangi maslahatlar bosqichini ishga tushirish;
– Rossiya/Xitoy – Eron harbiy kanallari va Rossiya/Xitoy – AQSh diplomatik treklari asosida “deeskalatsiya koridori” mexanizmini shakllantirish.

@erontahlili
03/24/2025, 12:52
t.me/erontahlili/936
⚡️ Istanbul meri Ekrem Imomog‘lu X’dagi sahifasida aholini ommaviy mitinglarga chiqishga chaqirdi.

@erontahlili
03/23/2025, 15:26
t.me/erontahlili/935
Oq uy Turkiyada kimni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi — Tramp ma’muriyati Erdo‘g‘anga tikkan. X platformasini nazorat qilayotgan Ilon Mask Anqaraga yon bosdi: norozilikka chaqirgan turk muxolifatchilarining akkauntlari bloklandi.

Anqara esa noroziliklarni bostirish ssenariysini barcha yo‘nalishda amalga oshirmoqda: 326 ta ijtimoiy tarmoq nazoratga olindi, 54 kishi hibsga olindi, jonli efirlar to‘xtatildi, OAVlarga bosim kuchaymoqda. Bularning bari Istanbul meri Ekrem Imomoglu bo‘yicha kutilayotgan sud qarori arafasida ro‘y bermoqda.

“Raqamli suverenitet” ritorikasi siyosiy tozalash vositasiga aylanmoqda.

@erontahlili
03/23/2025, 14:09
t.me/erontahlili/934
SFCA tahlilchilari o’rtaga qiziq savol tashlashdi. “Ozodlik Radiosi” va “Amerika Ovozi” o’rnini kim egallaydi? Biz bu murakkab savolga quyidagicha javob berishga harakat qildik:

Ko‘pchilik “Ozodlik Radiosi” va “Amerika Ovozi”ning yopilishi haqidagi yangiliklardan so‘ng G‘arb targ‘iboti nihoyat tugadi deb o‘yladi. Ammo global ta’sir arxitekturasi bilan tanishlar bilishadi: bunday tuzilmalar yo‘q bo‘lib ketmaydi — ular shakl o‘zgartiradi.

Bugungi “liberal axborot maktabi”ning demontaji — yakun emas, balki restart. Agar sovuq urush davrida asosiy maqsad Sovet Ittifoqini parchalash bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi o‘n yilliklarda efirda asosan LGBT, feminizm va boshqa ko‘pchilik xalqlarga begona qadriyatlar targ‘ib qilingan. Endi esa yangi bosqich boshlanmoqda — yanada keskin va xavfli.

“Progressistlar”ning o‘rnini endi millatchi-konservator jurnalistlar egallaydi. Ular rang-barang bayroqlarni targ‘ib qilmaydi. Ularning missiyasi boshqa - yangi “sivilizatsiyalar to‘qnashuvi”ga tayyorgarlik koʻrish. Axir dushman allaqachon belgilangan. Trampchi globalistlar elitasining kimdan nafratlanishi hech kimga sir emas — ular musulmonlar.

Bu bevosita islomga qarshi ritorika ko‘rinishida bo‘lmaydi. Aksincha, hammasi “radikalizmga qarshi kurash”, “dunyoviy qadriyatlarni himoya qilish”, “terrorizmga qarshi kurash” degan shiorlar ostida olib boriladi. Ammo aslida bu — yangi salib yurishining zamonaviy ko‘rinishi bo‘ladi.

Shuning uchun eski brendlarning yopilishidan xursand bo‘lishga shoshilmaylik. Masala nomda emas — mohiyatda. Tuzilma qoladi. Moliyalashtirish topiladi. Faqat endi efirda translar huquqlari emas, balki Islom dunyosi nishonga olingan xaritalar paydo bo‘ladi.

Musulmonlar — ideal nishon: ularning soni ko‘p, ular ko‘zga tashlanadi, ularning madaniyati G‘arbnikidan farq qiladi, 11 sentabrdan keyingi eski stereotiplar esa hanuzgacha yo‘qolmagan. “Ozodlik Radiosi” va “Amerika Ovozi”ning kun tartibini o‘zgartirib, trampchi-globalistlar nafaqat o‘z aholisini doimiy xavotirda ushlab turadi, balki musulmon jamoalari muhim rol o‘ynaydigan Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va hatto Rossiya mintaqalarini beqarorlashtirishi mumkin.

Mana shunday “reinkarnatsiya” biz uchun ancha xavfli. Chunki bu safar ular madaniy urush emas, balki sivilizatsiyaviy urushga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

@erontahlili
03/23/2025, 08:29
t.me/erontahlili/933
Repost
174
@erontahlili tomonidan @stratfocusca uchun maxsus

Eron atrofidagi vaziyat keskinlashmoqda. AQSH bosimni kuchaytiryapti: Yamandagi husiylarga ketma-ket zarbalar, Eron tankerlariga va Xitoy neftni qayta ishlovchi zavodiga nisbatan yangi sanksiyalar, hamda ultimatum — muzokaralar uchun ikki oylik muhlat. Bu fonda 12-mart kuni Trampning shaxsiy maktubi Tehronga yetkazildi. U Eronga yangi yadro bitimini taklif qilmoqda.

E’tiborlisi, 2019-yilda Oyatulloh Xomanaiy Tramp maktubini keskin rad etgandi. Bugun esa bu xat “ko‘rib chiqilmoqda”. “Amerikaliklar bizni proksi guruhlarga ega deb hisoblaydi, lekin bu – mustaqil xalq harakatlaridir.”, dedi Navro’z munosabati bilan qilgan chiqishida Xomanaiy. Biroq oldinroq Eron rasmiylari va Hizbulloh yetakchilari Tehrondan olingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamni ochiq tan olgan edi.

Valyuta bozori inqiroz ichida: 2019-yilda 1 AQSH dollari 130 000 riyolga teng edi, 2025-yil mart oyida esa 980 000 riyolga yetdi — bu 653% qadrsizlanish degani. Raqamlar iqtisodiy bosimning qanday chuqurlikka yetganini ko‘rsatadi. Tehron ayni vaqtda asosiy ittifoqchilarini yo‘qotmoqda: G‘azoda Eron tarafdori bo‘lgan komandirlar yo‘q qilinmoqda, Suriyadagi ta’sir kamaymoqda, Livandagi Hizbulloh bilan aloqalar zaiflashmoqda. Bu orada Isroil delegatsiyasi Vashingtonga tashrif buyurib, Pentagon bilan Eron bo‘yicha harbiy reja ustida muzokara olib bormoqda.

46 yillik islomiy tuzum tarixiy zaiflashish xavfi ostida. Shuning uchun Tehron ohangini yumshatmoqda. Biroq asosiy savol ochiq qolmoqda: Xomanaiy tirik qolish evaziga yadro dasturidan va “inqilob eksporti” strategiyasidan voz kechishga tayyormi?

Javoblarni izohlarda kutamiz.

Strategic Focus: Central Asia
03/23/2025, 07:19
t.me/erontahlili/932
Assalomu alaykum, aziz kuzatuvchi do’stlarimiz!

Qadimiy va navqiron bayram – Navro‘zi olam munosabati bilan barchangizni chin yurakdan tabriklaymiz! Ushbu muqaddas ayyom yurtimizga tinchlik, xonadonlarimizga fayz va baraka, qalblarimizga shodlik olib kelsin. Navro‘zning insonparvarlik ruhi va yasharish zavqi har birimizga yangi g‘ayrat va ijodiy kuch bag‘ishlasin. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlar va ulkan o‘zgarishlar bu bayramning bunyodkorlik mohiyati bilan uyg‘un bo‘lib, kelajagimizni yanada yorqin qilsin.

Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

@erontahlili
03/21/2025, 11:26
t.me/erontahlili/931
Bugun AQSh harbiy-havo kuchlarining Eron yo‘nalishidagi eng yirik razvedka faolligi qayd etildi.

Fransiya hukumati allaqachon o‘z fuqarolarini Eronni darhol tark etishga chaqirdi va buning uchun har qanday mavjud imkoniyatdan foydalanishni tavsiya qildi.

@erontahlili
03/20/2025, 19:50
t.me/erontahlili/930
03/20/2025, 19:50
t.me/erontahlili/929
Repost
293
O‘zbekistonning geosiyosiy ziddiyatlarda betaraflik siyosati

K.Ametov, mustaqil tadqiqotchi

O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘ziga xos betaraflik siyosati bilan ajralib turadi. Dunyodagi yirik davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, xususan, Rossiya-G‘arb yoki AQSh-Xitoy kabi geosiyosiy ziddiyatlarda O‘zbekiston mustaqil pozitsiyasini saqlab, tinchlikparvar yondashuvni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu siyosat nafaqat mamlakatning suverenitetini mustahkamlashga xizmat qilmoqda, balki mintaqada barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashda muhim omil sifatida ham ko‘rinmoqda.

O‘zbekistonning betaraflik siyosati bir nechta aniq faktlar bilan tasdiqlanadi. Masalan, 2022-yil fevralida Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganda, O‘zbekiston na Rossiya, na G‘arb tomonidan ochiq tarafkashlik qilmadi. Buning o‘rniga, mamlakat rasmiylari nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanligini bildirdi. O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sh.Asadov 2022-yil 26-fevraldagi bayonotida “O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim” deb ta’kidlagan. Bu pozitsiya O‘zbekistonning harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik va o‘z hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirmaslik kursiga sodiqligini yana bir bor isbotladi.

AQSh-Xitoy o‘rtasidagi raqobatda ham O‘zbekiston o‘zining mustaqil yondashuvini namoyish etmoqda. Masalan, Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusida faol ishtirok etgan O‘zbekiston 2023-yilda ushbu mamlakatdan 11 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qildi. Shu bilan birga, AQSh bilan ham strategik hamkorlikni rivojlantirib, 2024-yilda Amerika bilan savdo aylanmasini 773,3 million dollarga yetkazdi. Bu ikki yirik kuch o‘rtasidagi muvozanat O‘zbekistonning bir tomonga moyillik qilmay, o‘z milliy manfaatlariga asoslangan pragmatik siyosat yuritishini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonning betarafligi nafaqat so‘zda, balki amalda ham yaqqol ko‘rinadi. Mamlakat Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kabi tashkilotlarda ishtirok etsa-da, NATO yoki Rossiya boshchiligidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) kabi harbiy bloklarga qo‘shilishdan bosh tortadi. Bu siyosat O‘zbekistonning 1991-yilda mustaqillikka erishganidan beri davlat suverenitetini himoya qilishdagi asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning geosiyosiy ziddiyatlardagi betaraflik siyosati dunyodagi murakkab vaziyatlarda tinchlik va barqarorlikni targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Rossiya-G‘arb mojarosida diplomatik yechimni qo‘llab-quvvatlashi yoki AQSh-Xitoy raqobatida muvozanatli hamkorlikni rivojlantirishi – bularning barchasi O‘zbekistonning mustaqil va tinchlikparvar pozitsiyasining amaliy dalilidir. Bu yondashuv ham mamlakatning xalqaro obro‘sini oshiradi, ham Markaziy Osiyoda xavfsizlik muhitini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Strategic Focus: Central Asia
03/20/2025, 18:31
t.me/erontahlili/928
Rossiya va Eronning Janubiy Kavkazdagi strategik hamkorligi va o‘zaro qarama-qarshiliklar
                               
2025-yil 17-yanvarda Rossiya va Eron prezidentlari keng qamrovli strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu shartnoma ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va kelajakdagi rivojlanish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Putin ta’kidlaganidek, Moskva va Tehronning hamkorligi nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda talabga ega. Biroq, rahbarlarning optimizmiga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa Janubiy Kavkazda, bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda, chunki ularning manfaatlarida jiddiy farqlar mavjud.
 
Kelishmovchiliklarning asosiy nuqtalaridan biri Zangezur yo‘lagi — Ozarbayjonni Armaniston hududi orqali Naxichevan bilan bog‘laydigan loyiha. Putin 2024-yil avgustida Bokuga tashrifi chog‘ida Rossiya Ozarbayjon pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatgandi, bu esa Eronda keskin tanqidga sabab bo‘ldi. uchun Mazkur yo‘lakning Armaniston nazoratisiz qolishi Tehronda tahdid sifatida baholanadi, chunki bu sharoitda Eron qo‘shnilarining soni 15 dan 14 ga qisqartiradi va mintaqaga kirish imkoniyatini cheklanadi. Eron o‘z hududi orqali muqobil Aras yo‘lagini taklif qilmoqda, ammo Rossiya, boshqa loyihalarda, masalan, Rasht-Astara temir yo‘lida hamkorlik qilayotgan bo‘lsa-da, bu variantni qo‘llab-quvvatlamayapti. Buning sababi, 2020-yil Tog‘li-Qorabog‘dagi sulh bitimiga ko‘ra, Zangezur yo‘lagi Rossiya FXX (FSB nomi bilan ma’lum) nazorati ostida bo‘lib, Moskvaga ta’sir o‘tkazish imkonini beradi, Aras yo‘lagi esa bunday imkoniyatni taqdim etmaydi.
 
Eron-Armaniston temir yo‘l loyihasi (Marand-Noruz-Meghri-Yerevan) yana bir raqobat misolida ko‘rilmoqda, bu Eronning mintaqadagi iqtisodiy mavqeini mustahkamlashi mumkin edi, lekin Rossiyaning qarshiligiga duch keldi. 2038-yilgacha to‘liq Rossiya temir yo‘llariga tegishli Armaniston Janubiy Kavkaz temir yo‘li bu loyihani o‘z hukmronligiga tahdid deb biladi. 2015-yilda RJD rahbari uni "hech qayerga ochilgan deraza" deb atab, Moskvaning Armaniston transport oqimlari ustidan nazoratni yo‘qotishni istamasligini ta’kidladi.
 
Energetika sohasi ham raqobat maydoniga aylandi. 2004-yilda Eron va Armaniston o‘rtasida gazni elektr energiyasiga almashtirish bo‘yicha imzolangan kelishuv "Gazprom" aralashuvi bilan to‘xtatildi, u gaz quvurining diametrini qisqartirib, Eronning Gruziya va Yevropaga eksport imkoniyatlarini chekladi. 2006-yilda Armaniston gaz quvurining bir qismini "Gazprom"ga topshirishi Rossiyaning mintaqadagi energetik yo‘nalishlar ustidan nazoratini mustahkamladi.
 
Shunday qilib, NATOga qarshi turish va "Shimol-Janub" transport yo‘lagini rivojlantirish kabi umumiy maqsadlarga qaramay, Rossiya va Eronning Janubiy Kavkazdagi manfaatlari bir-biriga mos kelmaydi. Abxaziya, Janubiy Osetiya, Isroilning Ozarbayjon bilan harbiy hamkorligi, shuningdek, iqtisodiy va energetik loyihalarga yondashuvdagi farqlar chuqur qarama-qarshiliklarni ko‘rsatadi. Ushbu manfaatlar to‘qnashuvini hal qilmasdan, ularning mintaqadagi strategik hamkorligi savol ostida qoladi.

@erontahlili
03/20/2025, 12:24
t.me/erontahlili/927
Londondan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa rasmiylari 2025-yilda Qo‘shma kompleks harakatlar rejasi (QKHR yoki yadroviy bitim) muddati tugayotganini inobatga olgan holda, Eron bilan muzokaralarni qayta boshlash masalasini faol muhokama qilmoqda. Bu yondashuv AQShning qat’iy siyosati va harbiy keskinlik ehtimolining oshishi fonida yuzaga kelayotgan bo‘lib, diplomatik yechim izlashni dolzarb vazifaga aylantirmoqda.
 
Geosiyosiy holat: Tehron tanlov yoqasida
 
Yevropa yetakchilari 2025-yilda QKHR muddati tugashi bilan bog‘liq beqarorlik ortib borayotganidan xavotirda. Agar kelishuv kuchini yo‘qotsa, Eron o‘z yadro dasturini tezlashtirishga urinishi mumkin, bu esa Isroilning oldindan zarba berish ehtimolini oshiradi. So‘nggi voqealar – jumladan, Isroilning Eron havo mudofaa tizimlariga yo‘naltirilgan hujumlari va mintaqada Tehron ittifoqchilari, jumladan "Qarshilik o‘qi" a’zolari (Hamas, Hizbulloh) zaiflashgani – mamlakatning strategik pozitsiyasini jiddiy ravishda zaiflashtirdi.
 
Manbalarga ko‘ra, Eron rasmiy doiralarida yadroviy dasturining harbiylashtirilishi bo‘yicha keskin muhokamalar ketmoqda. Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy rasman dastur tinch maqsadlarda qolishini ta’kidlayotgan bo‘lsa-da, Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) mart oyidagi hisobotida Tehron boyitilgan uran zaxiralarini 50% ga oshirganini qayd etdi. Bundan tashqari, Eronning umumiy yadro boyitish zaxirasi QKHR tomonidan belgilangan limitdan 40 baravar yuqori ekani aytilmoqda.
 
Vashington pozitsiyasini keskinlashtirmoqda, Isroil bosimni kuchaytirmoqda
 
Trampning Oq Uyga qaytishi voqealar rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Prezidentlikning ilk haftalaridayoq u Eronga nisbatan “maksimal bosim” siyosatini qayta tikladi, sanksiyalarni yangiladi. Shu bilan birga, Isroil Vashingtondan Eron yadroviy obyektlariga bevosita zarbalar berishni qo‘llab-quvvatlashni talab qilmoqda. Bu esa mintaqada urush ehtimolini yanada oshiradi.
 
Bu sharoitda Tehron AQSh bilan bevosita muzokaralarga kirishishni "maksimal bosim" siyosatiga bo‘ysunish sifatida ko‘rmoqda. Ammo Eron urush boshlashni istamaydi – mamlakat iqtisodiy ahvoli og‘irligicha qolmoqda va unga eng zarur narsa – uzoq muddatli sanksiya yengilliklari, "snapback" mexanizmidan qochish va Isroil zarbalarining oldini olishdir.
 
Yevropaning roli: yangi kelishuv sari yo‘l bormi?
 
Ayni vaqtda Yevropa davlatlari o‘z an’anaviy vositachilik rolini tiklashga harakat qilmoqda. Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya (E3) rasmiylari 2024-yil noyabri va 2025-yil fevrali oralig‘ida Eron diplomatlari bilan uchta uchrashuv o‘tkazdi va yangi muzokaralar imkoniyatlarini muhokama qildi.
 
Manbalarning ta’kidlashicha, bu jarayonda Yevropa katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Tramp ma’muriyati e’tiborini asosan Rossiya va Ukrainadagi urushga qaratgan, Yevropa xavfsizlik tizimini qayta ko‘rib chiqmoqda va savdo urushlariga urg‘u bermoqda. Shu sababli, agar Yevropa Ittifoqi faol ishtirok etmasa, Eron bo‘yicha muzokaralar jarayoni to‘liq Moskva va Pekinning qo‘liga o‘tishi mumkin.
 
Keyingi hafta E3 va Eron o‘rtasida yangi muzokaralar bosqichi boshlanadi. Aytishlaricha, uzoq kutilgan kelishuvga erishish uchun quyidagilar amalga oshirilishi mumkin: 1) "snapback" muddati tugashidan oldin kelishuv tuzish uchun qat’iy vaqt jadvalini belgilanishi; 2) Eron uchun aniq imtiyozlar va xavfsizlik kafolatlarini shakllantirish; 3) muzokaralarga Isroil va Fors ko‘rfazi mamlakatlarini jalb qilinishi.
 
Agar yangi kelishuv bo‘lmasa, Yevropa yadroviy inqiroz yoki harbiy mojaroga olib boruvchi jarayonni nazorat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, yaqin oylar ichida Eron bilan diplomatik jarayon xalqaro kun tartibining eng muhim mavzularidan biriga aylanadi. 

@erontahlili
03/19/2025, 15:45
t.me/erontahlili/926
⚡️ Istanbul meri Ekrem Imamoglu hibsga olindi

Turkiya sudi Istanbul meri Ekrem Imamogluga nisbatan diplom bilan bog‘liq firibgarlik ayblovi bo‘yicha hibsga olish orderi chiqardi.

Imamoglu 2027-yilda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan muddatidan oldin prezidentlik saylovlarida Erdog‘anning asosiy raqibi sifatida ko‘riladi. Bu holat Turkiya ichki siyosatidagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirishi mumkin.

Turkiya maxsus xizmatlari Istanbul meri hibsga olinganidan so‘ng ommaviy tartibsizliklarning oldini olish maqsadida YouTube, Instagram, X va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga kirishni chekladi. Barcha namoyishlar rasman taqiqlangan.

Bu choralar hukumatning ichki siyosiy beqarorlik ehtimolini oldindan bartaraf etish strategiyasining bir qismi sifatida baholanishi mumkin. Shu bilan birga, bu voqea xalqaro hamjamiyatda Turkiyaning siyosiy muhiti va demokratiya tamoyillariga sodiqligi borasida jiddiy savollarni yuzaga keltirishi ehtimoli yuqori.

@erontahlili
03/19/2025, 08:53
t.me/erontahlili/925
G‘azo bombardimonlari: XAMASga qarshi haqiqiy kurash yoki Netanyaxuning siyosiy o‘yini?

G‘azoda harbiy harakatlarning qayta boshlanishi Isroilning harbiy strategiyasigina emas, balki Binyamin Netanyaxuning shaxsiy manfaatlari bilan ham bog‘liq. Tramp ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan G‘azo bombardimonlari XAMASga bosim o‘tkazish vositasi bo‘lishi mumkin, lekin ayni paytda Netanyaxuning hokimiyatni saqlab qolish uchun amalga oshirayotgan siyosiy harakatlarining bir qismidir. Isroil rasmiylariga ko‘ra, XAMAS kuchayib bormoqda va asirlar bo‘yicha muzokaralar natija bermagan. Biroq, oddiy fuqarolar orasida qurbonlar sonining oshishi va infratuzilmaning vayron bo‘lishi diplomatik jarayonni yanada murakkablashtirmoqda.

Ba’zi tahlilchilar Isroil to‘liq quruqlikdagi hujumni amalga oshirish niyatida emas, balki XAMASga bosim o‘tkazish maqsadida bombardimonlarni amalga oshirayotganini ta’kidlamoqda. Bu bosim “Uitkoff rejasi” deb nomlangan va u AQSh prezidenti vakili Stiv Uitkoff tomonidan ilgari surilgan rejaning doirasida olib borilmoqda. Reja shartlariga ko‘ra, XAMAS asirlarni bosqichma-bosqich ozod qiladi, ammo Isroil urushni rasman to‘xtatishga majbur bo‘lmaydi. XAMAS esa bu taklifni rad etib, urushning xalqaro darajada kafolatlangan tugatilishini talab qilmoqda. Isroil esa G‘azoda XAMAS boshqaruvining davom etishini istamaydi, biroq bir yildan beri muqobil boshqaruv variantlarini ham rad etib kelmoqda.

G‘azodagi keskinlik fonida Isroil ichkarisida ham siyosiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Radikal siyosatchi Itamar Ben-Gvirning hukumatga qaytishi Netanyaxuga Knessetda budjetni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan parlament ko‘pchiligini ta’minlaydi. Agar budjet tasdiqlanmasa, hukumat qulab tushishi va yangi saylovlar o‘tkazilishi kerak bo‘lardi. Biroq, bu siyosiy o‘yinlarning narxi juda katta: asirlarning oilalari hukumatni “siyosiy tirik qolish uchun odamlarning hayotini qurbon qilayotganlikda” ayblamoqda.

Bunga parallel ravishda Netanyaxu xavfsizlik tizimlarida tozalash ishlarini boshladi. U Shin-Bet (SHABAK) xavfsizlik xizmati rahbari Ronen Barni lavozimidan bo‘shatish niyatida ekanini e’lon qildi. Netanyaxu Barni unga nisbatan sadoqatsizlikda ayblamoqda, ammo Bar ayni vaqtda Netanyaxuning yaqin atrofidagilarni Qatardan pora olganlikda gumon qilinayotgan korrupsiya ishini tergov qilmoqda. Shuningdek, Netanyaxu Bosh prokuror Gali Baxarav-Miarani ham lavozimidan chetlatmoqchi, chunki aynan u Netanyaxu ustidan ochilgan korrupsiya ishiga rahbarlik qilmoqda. Bu harakatlar Netanyaxuning o‘z atrofini unga shaxsan sodiq odamlardan shakllantirishga urinayotganini ko‘rsatmoqda – bu uslub Donald Trampning “deep state”ga qarshi kurash taktikasini eslatadi.

Ammo bu strategiya qancha vaqt ishlashi mumkin? 2023-yilda Isroilda sud islohotlari bo‘yicha ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilib, hukumat sud tizimini o‘ziga bo‘ysundirish rejasidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Biroq, XAMASga qarshi urush norozilik harakatlarini susaytirdi, chunki Isroil jamiyati tashqi tahdid oldida birlashdi. Isroilliklar urushdan charchagan, yuz minglab zaxiradagi askarlar 200 kundan ortiq frontda qolmoqda, iqtisodiy qiyinchiliklar oshmoqda, asirlar bilan bog‘liq vaziyat esa hukumatga bo‘lgan ishonchni yanada pasaytirmoqda.

Ba’zi tahlilchilar fikricha, G‘azoga yangi hujumlar e’tiborni chalg‘itish va ichki noroziliklarni bostirishga qaratilgan. Netanyaxu yaxshi biladiki, urush davom etar ekan, fuqarolar ko‘chalarga chiqmaydi va norozilik harakati susayadi. Trampning qo‘llab-quvvatlashi bilan Netanyaxu o‘z hukumatini saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Netanyaxu hozircha milliy xavfsizlik va shaxsiy siyosiy omon qolish o‘rtasida nozik muvozanatni ushlab turmoqda. G‘azoga yangi hujumlar XAMASga bosim o‘tkazish, hukumat ichida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash va ommaviy noroziliklarning oldini olishga xizmat qilishi mumkin. Ammo uzoq muddatda bunday taktika Isroildagi ichki va xalqaro inqirozni yanada chuqurlashtirishi aniq.

@erontahlili
03/19/2025, 06:21
t.me/erontahlili/924
Repost
486
⚡️Jurnalist va bloger K.Altman xabar berishicha, ertaga Rossiyaning bosh ravvini Berl Lazar Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Maqsad - yahudiy jamoasi va XABAD harakatining kelajakdagi rivojlanishini muhokama qilish bilan bog‘liq.

Dastur doirasida yahudiy qabristoni, sinagoga va hatto shahar hokimi bilan uchrashuv rejalashtirilgan.

G’arbiy alyans
03/18/2025, 20:52
t.me/erontahlili/923
“Qrim Kaliforniyasi” va yangi tartibot: yahudiy elitalari geosiyosatni qanday boshqaryaptilar?

K.Akopyan, mustaqil tadqiqotchi

Dunyo miqyosidagi yirik voqealar ortida doim global elitalarning yashirin rejalari turadi. Ko‘pchilik “fitna nazariyalari” deb hisoblaydigan g‘oyalar aksariyat hollarda haqiqatga yaqin bo‘lib, puxta o‘ylangan strategiyalar asosida amalga oshiriladi. Shunday loyihalardan biri – “Qrim Kaliforniyasi”, ya’ni yahudiylarning muqobil davlati haqidagi g‘oya bugungi kunda yana kun tartibiga chiqmoqda.

Eski strategiyaning qaytishi

XX asr boshlaridayoq Amerika yahudiy moliyaviy elitalari va xalqaro tuzilmalar Qrimda mustaqil yahudiy davlati yaratish rejasini muhokama qilishgan. Bu loyiha dunyodagi boshqa hududlar bilan bir qatorda (Uganda, Surinam, Texas, Angola) o‘rganilgan, ammo Qrim eng qulay variant sifatida ko‘rilgan, chunki u strategik nuqtada joylashgan va Yevropa hamda Osiyo o‘rtasida muhim geografik ahamiyatga ega.

1920-yillarda “Joint” xalqaro yahudiy tashkiloti Sovet rahbariyatiga bu loyihani taklif qilgan va sovetlar bu orqali G‘arbdan yirik moliyaviy yordam olish mumkin bo‘lgan. Bolsheviklar bu taklifni muhokama qilishgan, lekin oxir-oqibat Stalin Qrim o‘rniga Birobidjanni tanlab (hozirgi vaqtda RFdagi Yahudiy avtonom viloyati markazi), loyihadan voz kechgan.

Biroq bu reja o‘sha davrning siyosiy sharoitlari sababli amalga oshmay qolgan bo‘lsa-da, hech qachon to‘liq yo‘q bo‘lib ketmagan.

Zamonaviy bosqich: Ukraina va Kavkaz – yangi maqsadmi?

SSSR parchalangach, “Qrim Kaliforniyasi” loyihasi yangilanib, yangi shaklda muhokama qilina boshladi. Ayniqsa, 1990-yillarda Qrimning Ukrainaga tegishli ekani mustahkamlangach, bu fitna nazariyasi yana ommalashdi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro avj olgani sari, G‘arb va Isroilning yashirin rejasi haqidagi gumonlar ham ko‘paydi.

2022-yilda Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin esa bu nazariya yanada kuchaydi. Ko‘pgina ommaviy axborot vositalarida G‘arb Ukrainaga yuzlab milliard dollar sarmoya yo‘naltirmoqda, lekin bu mablag‘lar qayerga ketayotgani noma’lum; Ukraina hukumati G‘arb elitalari va sionistlar bilan chuqur integratsiyalashgan; 2023-yilda HAMASning Isroilga hujumi boshlanganidan so‘ng, yahudiylarning yangi hudud izlayaptilar degan mish-mishlar tarqaldi.

Kavkaz hududida ham aniq belgilar sezila boshladi. Dog’istonda yahudiylarga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, ularning mohiyati Isroildan kelayotgan muhojirlar Kavkazni “egallash” niyatida ekani haqidagi gumonlar bilan bog‘liq. Maxachqaladagi aeroportga bosqin va yahudiy sayyohlar izlanishi ham aynan shu fitna nazariyalarining oqibatidir.

Keyingi bosqichda nima bo‘ladi?

Bu jarayon shuni ko‘rsatmoqdaki, “Qrim Kaliforniyasi” fitnasi nafaqat tarixiy o‘tmish, balki bugungi kunda ham geosiyosiy strategiyaning bir qismi bo‘lib qolmoqda. Isroil Yaqin Sharqdagi beqarorlik sababli inqiroz holatiga tushsa, Ukraina va Kavkaz yahudiy elitalarining yangi maqsadi bo‘lishi ehtimoli kuchaymoqda.

Ko‘pchilik bu da’volarni “fitna nazariyalari” deb atashi mumkin, lekin barcha faktlar bizga bu jarayon tasodifiy emasligini ko‘rsatmoqda. Agar bu strategiya to‘xtatilmasa, kelgusi yillarda mintaqa xaritasi tubdan o‘zgarishi mumkin.

@erontahlili
03/18/2025, 19:02
t.me/erontahlili/922
Davomi
 
Ichki qarama-qarshiliklar: nima koalitsiyani tugatadi?
 
Hozirda Ukrainadagi urush ushbu davlatlar o‘rtasidagi chuqur tafovutlarni yashirib kelmoqda. Biroq mojaro tugagach, bular yuzaga chiqishi muqarrar.
 
Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo ustidan nazorat uchun raqobat qilmoqda. Pekin bu hududda iqtisodiy ta’sirini kengaytirib, Moskva uchun an’anaviy bo‘lgan mintaqani asta-sekin egallab bormoqda, bu esa Kremlni bezovta qilmoqda. Xitoy esa Rossiya, Eron va Shimoliy Koreya bilan yaqinlashish ortidan "rogue state" (xo‘sh korilmaydigan davlat) sifatida tanilishni istamaydi. U sanksiyalangan davlatlar bloki bir qismi emas, balki global iqtisodiyot markazi bo‘lishni xohlaydi,.
 
Eronning Yaqin Sharqdagi ambitsiyalari ham Rossiya manfaatlariga har doim mos kelavermaydi. Moskva Anqara, Tehron va arab mamlakatlari bilan muvozanatni saqlashni istaydi, eronliklarning haddan tashqari qudratli bo‘lishi esa Kreml uchun noqulay. Shimoliy Koreya esa to‘liq Xitoyga qaram bo‘lib qolgan va Pekinning mintaqaviy siyosati o‘zgaradigan bo‘lsa, Moskva va Pхenyan o‘rtasidagi aloqa jiddiy zaiflashishi mumkin.
 
Umuman olganda, ushbu blokni mustahkam va monolit tuzilma sifatida emas, balki vaqtinchalik kelishuvlar to‘plami sifatida ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Ularni mohir diplomatik strategiya bilan osongina zaiflashtirish mumkin. Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya – ittifoqchilar emas, balki sharoit taqozosi bilan hamkorlik qilayotgan davlatlar xolos. Bu esa vaqtinchalik hodisadir.

@erontahlili
03/18/2025, 13:43
t.me/erontahlili/921
Mafkurasiz avtokratiya o‘qi: Nega Rossiya, Xitoy, Eron va KXDR yangi Varshava shartnomasini tuza olmaydi?
 
K.Ametov, mustaqil tadqiqotchi
 
Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreyani o‘z ichiga olgan, G‘arbga qarshi yo‘naltirilgan "avtokratiya o‘qi" shakllanayotgani haqidagi tezislar tobora ko‘proq tilga olinmoqda. Biroq, yorqin sarlavhalar ortida bu ittifoqning ichki zaifligi yashiringan. Varshava shartnomasi davlatlarni umumiy ideologiya va harbiy majburiyatlar asosida birlashgan bo‘lsa, bugungi blok — aksincha, faqat taktik manfaatlar va AQShga bo‘lgan umumiy nafrat asosida vujudga kelgan vaqtinchalik koalitsiyadir.
 
Yagona mafkuraning yo‘qligi: birlashuv o‘rniga zaiflik

Sovuq urush davrida SSSR va uning ittifoqchilari kommunistik mafkura bilan bog‘langan bo‘lib, bu ularga strategik birdamlik va uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlagan. Hozirgi "avtokratlar o‘qi" esa mutlaqo turli siyosiy tizimlarga ega davlatlardan iborat. Xitoy millatchilik, konfutsiychilik va marksizm-leninizm aralashmasiga asoslangan tizimga ega bo‘lib, qat’iy harbiy ittifoqlarga qo‘shilmagan holda dunyo yetakchisi bo‘lishga intilmoqda. Rossiya esa revanshist ambitsiyalarga ega bo‘lgan imperialistik davlat bo‘lib, harbiy mojarolarni global ta’sirini saqlab qolish vositasi sifatida ko‘radi. Eron – Yaqin Sharqda regional hukmronlik qilishga intilayotgan shia teokratiyasidir. Shimoliy Koreya esa izolyatsiyaga tushib qolgan merosiy rejim bo‘lib, uning asosiy maqsadi – tirik qolish.
 
Bunday qarashlarning keskin farqlanishi ushbu mamlakatlar o‘rtasida haqiqiy harbiy blok tuzilishiga to‘sqinlik qiladi. Hech biri yagona intizomga bo‘ysunishga yoki umumiy maqsadlarga erishishga tayyor emas.
 
Urush bog‘lovchi omil, ammo ittifoq negizi emas
 
Ukrainadagi mojarolar hamkorlikni kuchaytirdi. Xitoy Moskva uchun texnologiya yetkazib beruvchi hamda arzon energiya manbai bo‘lib qoldi. Eron Rossiyaga dronlar va ballistik raketalar yetkazib berdi, evaziga esa razvedka ma’lumotlari va harbiy samolyotlar oldi. Shimoliy Koreya esa Rossiyaga artilleriya va askarlarni yuborib, buning evaziga neft va texnologiyalar qo‘lga kiritdi.
 
Biroq bular strategik ittifoq belgilari emas, balki vaqtinchalik harbiy kooperatsiya namunalari xolos. Urush tugagach, ushbu aloqalar zaiflashishi kutilmoqda, chunki: a) Xitoy Yevropa bilan aloqalarni yaxshilashga intiladi va Rossiya tufayli G‘arb bilan keskinlikni oshirishni istamaydi; b) Rossiya Pekinga haddan tashqari bog‘lanib qolishni xohlamaydi va Yevropa bozoriga qaytish yo‘llarini izlaydi; c) Eron Moskvani doimiy ravishda subsidiyalashni davom ettirmaydi; d) Shimoliy Koreya Xitoyga qaram bo‘lib qolishda davom etadi va uning mintaqaviy manfaatlarini buzmaslikka harakat qiladi.

@erontahlili
03/18/2025, 13:42
t.me/erontahlili/920
Global axborot xaosi va feyklarning ommaviy targ’iboti zamonida bizning kanallar haqiqat tarafida bo’lishga yordam beradi:

Strategic Focus: Central Asia - Markaziy Osiyodagi (va boshqa mintaqalar) asosiy voqealar tahlili.

@erontahlili - Yaqin Sharqdagi zamonaviy xalqaro munosabatlar.

G’arbiy alyans - AQSh va Yevropa kun tartibidagi asosiy mavzular hamda trendlar.

Xorijiy OAV - chet tillardagi yetakchi nashrlar kanali.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE - jahondagi eng oxirgi va sara xabarlar.

Grand Strategiya - xalqaro munosabatlar, geosiyosat va tahlil.

@akromov_tahlili - siyosat, jamiyat va xalqaro munosabatlar bo’yicha Otabek Akromovning shaxsiy fikrlari.

🚀 Qo’shiling, afsuslanmaysiz! 🚀
03/18/2025, 11:33
t.me/erontahlili/919
Repost
387
Davomi
 
1979-yil Islom inqilobi: shia messianizmining eksporti
 
Oyatulloh Xumayniy boshchiligidagi Islom inqilobi Eron tashqi siyosatini tubdan o‘zgartirdi. Velayat-e faqih (diniy yetakchining hukmronligi) konsepsiyasiga asoslangan bu siyosat antiimperialistik messianizm ruhida edi. Falsafiy jihatdan, bu siyosat shialikdagi mustaz‘afin (mazlumlar)ning mustakbirin (zolimlar)ga qarshi kurashi konsepsiyasidan ilhomlangan edi. “Na G‘arb, na Sharq, faqat Islom Respublikasi” shiori Eronning mustaqil geopolitik strategiyasini aks ettirdi.
 
Eron tashqi siyosati shia harakatlarini qo‘llab-quvvatlash (Livandagi Hizbulloh, Yamandagi husiylar) hamda AQSh va Isroilga qarshilik ko‘rsatish vositasiga aylandi. Bu siyosat ishonchli ittifoqchilarning paydo bo‘lishiga, gibrid urushlarining kengayishiga va yadro dasturining milliy suverenitet ramzi sifatida shakllanishiga olib keldi.
 
Geosiyosiy pragmatizm va zamonaviy Eron
 
Bugungi Eron tashqi siyosati messianizm va pragmatizm uyg‘unligidan iborat. Uning Fors Ko‘rfazi, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq orasidagi geografik joylashuvi Tehronga tarixiy merosidan mintaqaviy ta’sir vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi. “Qarshilik o‘qi”ni (Suriya, Hizbulloh, HAMAS) qo‘llab-quvvatlash safaviylar an’anasini eslatsa, Rossiya va Xitoy bilan diplomatik munosabatlarni rivojlantirish qojarlarga xos pragmatizm bilan bog‘liq.
 
Eron bir qancha muammolar bilan yuzlashmoqda: xalqaro sanksiyalar, ichki ijtimoiy muammolar va Saudiya Arabistoni bilan raqobat. Shunga qaramay, uning tashqi siyosati xorijiy gegemoniyaga qarshi kurash tamoyiliga sodiq qolmoqda.
 
Xulosa qilib aytsak, Eron tashqi siyosatining tarixiy-falsafiy asoslari fors imperiyasi universalligi, shia messianizmi va antiimperialistik pragmatizm sintezidir. Pax Persica, safaviylar mafkurasi va Xumayniy inqilobiy mafkurasi orqali Eron o‘zini alternativ global tartibotning markazi sifatida shakllantirmoqda. Bu yo‘l idealizm va real siyosat o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda, Eron tashqi siyosatini o‘ziga xos va chuqur tarixiy ongga ega fenomen sifatida namoyon qilmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
03/17/2025, 12:09
t.me/erontahlili/918
Repost
238
Eron tashqi siyosatining tarixiy-falsafiy asoslari
 
Eronning tashqi siyosati tarixiy anʼanalar, falsafiy konsepsiyalar va diniy g‘oyalar uyg‘unligidan iborat bo‘lib, ming yillar davomida shakllangan. Qadimgi Fors imperiyasidan tortib, islomiy o‘rta asrlar, modernizatsiya davri va 1979-yil Islom Respublikasigacha bo‘lgan jarayonda Eron o‘zining strategiyasini shakllantirib kelgan. Bu strategiya mamlakatning ambitsiyalari, o‘zligini anglashi va geosiyosiy mavqeini aks ettiradi. Ushbu asoslarni tahlil qilish orqali tarixiy-falsafiy meros Tehronning xalqaro maydondagi harakatlarini qanday belgilab berishini tushunish mumkin.
 
Qadimgi Fors: birinchi imperiya va Pax Persica
 
Eron tashqi siyosatining tarixiy ildizlari Ahamoniylar imperiyasi (miloddan avvalgi VI–IV asrlar) davriga borib taqaladi. Bu imperiya Hindistondan Misrgacha cho‘zilgan birinchi global davlat bo‘lib, uning asosiy falsafasi Pax Persica — ya’ni, markazlashtirilgan hokimiyat hamda boshqa madaniyatlarga hurmat tashkil etgan. Shohlar shohi (shohinshoh) samoviy tartibotning kafili sifatida ko‘rilgan bo‘lib, bu zardushtiylikdagi ezgulik (Ahura Mazda) va yovuzlik (Ahriman) o‘rtasidagi kurash tushunchasi bilan bog‘liq edi.
 
Ahamoniylar tashqi siyosati moslashuvchan diplomatiya, harbiy kuch va ko‘p millatli imperiyani boshqarish tizimi (satrapliklar) orqali olib borilgan. Bu meros Eronning sivilizatsiya markazi sifatidagi mavqeini mustahkamladi va hozirgi kunda ham uning mintaqaviy yetakchilik da’volarida aks etmoqda.
 
Islomiy fath davri va shia identifikatsiyasi
 
VII asrda arablar istilosi natijasida islomni qabul qilgan Eron o‘z tashqi siyosatida musulmon qadriyatlarini fors an’analari bilan uyg‘unlashtirdi. Abbosiylar xalifaligi (VIII–XIII asrlar) davrida fors madaniyati va falsafasi  islom olamini boyitib, Eronga intellektual markaz sifatini berdi. Biroq, eng muhim burilish XVI asrda Safaviylar sulolasi davrida shialikning davlat dini sifatida qabul qilinishi bo‘ldi.
 
Shia falsafasi, xususan, imomat va Imom Mahdiy kelishini kutish g‘oyasi, Eron tashqi siyosatiga messianizm (Rossiya siyosatida ham kuzatiladi) tusini berdi. Safaviylar o‘zlarini sunniy Usmonlilar imperiyasiga qarshi shia e’tiqodining himoyachisi sifatida ko‘rishgan. Bu tashqi dushmanlarga qarshi kurash an’anasi keyinchalik Eronning inqilobiy mafkurasining asosi bo‘ldi.
 
Qojarlar sulolasi va pragmatik inqiroz
 
XIX asrda qojarlar davrida Eron tashqi siyosati Yevropa mustamlakachiligi (Rossiya va Britaniya) oldida zaiflashdi. Bu davrning falsafiy asosi imperatorlik ulug‘vorligi qoldiqlari va majburiy pragmatizmdan iborat edi. Hududiy yo‘qotishlar (masalan, 1828-yil Turkmanchoy shartnomasiga ko‘ra Kavkazning boy berilishi) va G‘arbga iqtisodiy qaramlik Eronning sivilizatsion markaz sifatidagi an’anaviy tushunchasini zaiflashtirdi. Shunga qaramay, mustaqillik va xorijiy ta’sirlarga qarshilik g‘oyasi asta-sekin shakllana boshladi va keyinchalik antiimperialistik ritorikaga aylandi.
 
Pahlaviylar va modernizatsiya: G‘arbiy vector
 
1925-yilda Pahlaviylar sulolasi hokimiyatga kelishi bilan Eron tashqi siyosati dunyoviy va modernizatsion tus oldi. Shoh Rezo va uning o‘g‘li Muhammad Rezo G‘arb bilan integratsiyalashuvni milliy g‘urur va taraqqiyot falsafasiga asosladilar. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Eron AQSh va Britaniyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi va ularning neft yetkazib beruvchisi hamda sovuq urushdagi hamkoriga aylandi.
 
Biroq, bu yo‘nalish ichki qarshilikni keltirib chiqardi, chunki u Eronga mustaqil sivilizatsiya sifatida qarash an’analariga zid kelardi. 1953-yilda Mosaddiqning AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan ag‘darilishi G‘arbni Eronning dushmani sifatida shakllangan tasavvurni kuchaytirdi va inqilob uchun zamin hozirladi.

Strategic Focus: Central Asia
03/17/2025, 12:09
t.me/erontahlili/917
Repost
387
Turkiya tashqi siyosatining tarixiy-falsafiy asoslari

Turkiyaning tashqi siyosati ko‘p asrlik tarix, falsafiy g‘oyalar va geosiyosiy realliklar ta’siri ostida shakllangan murakkab hodisadir. Uning asoslari Usmoniy o‘tmishga borib taqaladi, zamonaviy respublika shakllanishi davrida transformatsiyaga uchradi va XXI asrda evolyutsiyasini davom ettirmoqda. Bu dinamikani tushunish uchun asosiy tarixiy bosqichlar, falsafiy konsepsiyalar va ularning Turkiyaning tashqi siyosat strategiyasiga ta’sirini ko‘rib chiqish zarur.

Usmoniylar merosi: imperiya an’analari va universallik

Tarixiy jihatdan Turkiyaning tashqi siyosati ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali imperiya sifatida shakllangan Usmoniylar tajribasiga tayanadi. Usmoniylar imperiyasi o‘zini ham Vizantiya, ham Islomiy an’analar merosxo‘ri sifatida ko‘rgan, bu esa unga universal xarakter bergan. Ushbu siyosatning falsafiy asosi Pax Ottomana — ya’ni Usmoniylar dunyosi g‘oyasi bo‘lib, u Bolqonlardan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikagacha bo‘lgan keng hududlarda tartib va barqarorlikni ta’minlash maqsad qilgandi.

Usmoniylar imperiyasining tashqi siyosati kuch va diplomatiya muvozanatiga asoslangan edi. Bir tomondan, u harbiy qudrat va ekspansiyaga tayangan, ikkinchi tomondan, murakkab vasallik tizimi va savdo aloqalari orqali o‘z ta’sirini mustahkamlagan. «Chegarasiz davlat» g‘oyasi va ummat ul-mu’minin tushunchasi uyg‘unligi Turkiyaning tashqi dunyo bilan munosabatlarida o‘ziga xos model yaratdi. Bu model Turkiyani milliy davlat sifatida emas, balki sivilizatsiya markazi sifatida tasavvur qilishga imkon bergan. XXI asrda faol namoyon bo‘lgan «neousmoniylik» ritorikasida aynan shu imperiya mentalitetini ko’rsak bo’ladi.

Kemalizm (Otaturkchilik) va milliy davlatga o‘tish

Usmoniylar imperiyasining Birinchi jahon urushi natijasida qulashidan so‘ng va 1923 yilda Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida Turkiya Respublikasining tashkil etilishi bilan tashqi siyosat tubdan o‘zgardi. Otaturkchilik falsafasi sekulyarizm, millatchilik va modernizatsiya tamoyillariga asoslanib, imperial universallikni milliy davlat konsepsiyasi foydasiga inkor etdi. Otaturkning «Uyda tinchlik, dunyoda tinchlik» (Yurtta sulh, cihanda sulh) shiori aralashuvdan voz kechish va hududiy yaxlitlikni saqlashga qaratilgan tashqi siyosat asosiga aylandi.

Falsafiy jihatdan kemalizm turk kontekstiga moslashtirilgan Yevropa Ma’rifatparvarlik g‘oyalari asosida shakllangan. Bu davrdagi tashqi siyosat pragmatik bo‘lib, G‘arb dunyosi bilan integratsiyaga yo‘naltirilgan edi. Buning natijasi sifatida Turkiya 1952 yilda NATOga qo‘shildi va Yevropa bilan yaqinlashishga harakat qildi. Ammo bu Usmoniylik o‘tmishidan to‘liq uzilish emas edi: kuchli markazlashgan davlat va uning mintaqaviy yetakchilik roli haqidagi tushuncha saqlanib qoldi, faqat yangi milliy darajadagi shaklda.

Neousmoniylik va panturkizm: tarixiy missiyaning qayta tiklanishi

2002 yilda Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) hokimiyatga kelishi, ayniqsa Rajab Toyyib Erdog‘an rahbarligida Turkiyaning tashqi siyosati «neousmoniylik» deb atash mumkin bo‘lgan yangi bosqichga o‘tdi. Bu atama Turkiyani regional superdavlat sifatida qayta tiklashga urinishni anglatadi va Usmoniylar imperiyasi tarixiy merosiga tayanadi. Neousmoniylikning falsafiy asosi islomiy qadriyatlar, milliyatchilik va sobiq Usmoniylar hududlari uchun tarixiy mas’uliyat g‘oyalarining uyg‘unligidir.

Neousmoniylik «Strategik chuqurlik» konsepsiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uni Turkiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri va bosh vaziri Ahmet Davutoglu ishlab chiqqan. U «Strategik chuqurlik» (2001) kitobida Turkiya o‘zining geografik joylashuvi, tarixiy ta’siri va madaniy aloqalaridan foydalanib, ta’sir doirasini kengaytirishi kerakligini ta’kidlagan. Bu falsafa Yaqin Sharq, Kavkaz, Bolqon va Markaziy Osiyo ishlariga faol aralashishni nazarda tutib, kemalizmning aralashmaslik tamoyiliga zid keladi.

Strategic Focus: Central Asia
03/16/2025, 12:27
t.me/erontahlili/915
Repost
395
Davomi

Neousmoniylik bilan parallel ravishda panturkizm ham rivojlanmoqda — bu Turkiyaning turkiy xalqlarni o‘z bayrog‘i ostida birlashtirish g‘oyasidir. XIX asrga borib taqaluvchi bu tushuncha XX asr boshlarida rivojlangan va bugungi kunda Turkiyaning Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi orqali ifodalanmoqda. Panturkizm neousmoniylikni to‘ldirib, unga etnik element qo‘shmoqda.

Geosiyosiy pragmatizm va zamonaviy tahdidlar

Zamonaviy Turkiyaning tashqi siyosati tarixiy-falsafiy g‘oyalar va geosiyosiy realliklar asosida shakllangan pragmatik qarorlar uyg‘unligidan iborat. Turkiya G‘arb va Sharq o‘rtasida muvozanatni saqlashga intilib, NATO va AQSh bilan strategik hamkorlikni davom ettirar ekan, shu bilan birga Rossiya, Xitoy va musulmon dunyosi bilan ham aloqalarini rivojlantirmoqda. Bu «ko‘p vektorli» yondashuv, bir tomondan, Usmoniylar imperiyasining moslashuvchan diplomatiya an’analarini, boshqa tomondan, kemalizm pragmatizmni aks ettiradi.

Biroq, Turkiya bir qator siyosiy va geosiyosiy tahdidlarga duch kelmoqda. Mintaqaviy mojarolarga (Suriya, Liviya, Tog‘li Qorabog‘) aralashuvi va Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi ambitsiyalari qo‘shni davlatlar va G‘arb ittifoqchilari bilan keskinlikni kuchaytirgan. Asosiy falsafiy dilemma shundaki, Turkiya o‘zining imperiyaviy o‘tmishini global dunyodagi milliy davlat roli bilan qanday uyg‘unlashtira oladi?

Xulosa qilib aytganda, Turkiya tashqi siyosatining tarixiy-falsafiy asoslari Usmoniylar universalligi, kemalistik millatchilik va zamonaviy neousmoniylik hamda panturkizm konsepsiyalarining murakkab uyg‘unligidir. Ushbu g‘oyalar geosiyosiy ambitsiyalar bilan uyg‘unlashib, tarixiy xotiraga asoslangan holda, XXI asrning yangi chaqiriqlariga mos ravishda shakllanmoqda. Turkiya o‘z o‘rnini izlashda davom etmoqda, o‘tmish va kelajak, Sharq va G‘arb o‘rtasida muvozanatni topishga intilmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
03/16/2025, 12:27
t.me/erontahlili/916
Repost
289
Turkiya: Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muvozanat

M.Imomov, mustaqil tadqiqotchi

Turkiyaning shimoliy va janubiy chegaralaridagi geosiyosiy o‘zgarishlar Anqara uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ayni paytda murakkab sinovlarni ham yuzaga keltirmoqda. AQSh siyosatining o‘zgarishi, Saudiya Arabistonining kuchayishi va Yevropa xavfsizligining qayta shakllanishi fonida Turkiya ikki strategik yo‘nalish – Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasida muvozanatni topishga harakat qilmoqda.

Janubiy front: Suriya inqirozidan Saudlar tahdidigacha

Turkiya 2024-yil dekabrida Asad rejimi qulaganidan keyin Suriyada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Anqara tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Hay’at Tahrir ash-Shom guruhi Damashqni egallab, Turkiyaning mintaqadagi ta’sirini oshirishiga zamin yaratdi. Ichki kurd isyonchilari bilan sulhga erishilishi va Suriyaning vaqtinchalik hukumati hamda kurd separatistlari o‘rtasidagi kelishuv Turkiyaga vaziyatni barqarorlashtirish uchun imkoniyat taqdim etdi.

Biroq, Anqara mintaqada yetakchi o‘rinni egallash yo‘lida bir necha jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqda:

Birinchidan, Saudiya Arabistoni yangi qudrat sifatida – Vashingtonning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan Ar-Riyod Yaqin Sharq diplomatiyasida muhim o‘yinchiga aylanmoqda. AQSh, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilayotgan Saudiya Arabistoni Turkiyaning strategik ambitsiyalarini cheklab qo‘ymoqda.

Ikkinchidan, Eron omili – Tehron Suriyada o‘z ta’sirini yo‘qotganiga qaramay, mintaqaviy geosiyosatda hali ham muhim o‘rin tutadi. AQSh va Eron o‘rtasidagi iliq munosabatlarning paydo bo‘lishi Anqaraning Shomdagi rejalariga tahdid solishi mumkin.

Uchinchidan, Isroil bilan munosabatlar – Suriya islomiy kuchlar nazoratiga o‘tganidan so‘ng Isroil xavotirda. Turkiya Tel-Aviv bilan kelishuvga erishmas ekan, Anqaraning mintaqaviy ta’siri zaiflashishi mumkin.

Taxminlarga ko’ra, Turkiya Suriya kurdlarini Damashq nazorati ostidagi siyosiy tizimga integratsiya qilishga harakat qiladi, lekin bu jarayonda Eron va Saudiya Arabistoni bilan keskinlik saqlanib qoladi. Uzoq muddatda Anqara Ar-Riyod bilan kelishuvga erishishi mumkin, biroq bu ikki sunniy davlat o‘rtasidagi raqobat davom etadi.

Yevropa fronti: yangi imkoniyatlar

Turkiya Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni boshqarar ekan, Yevropada uning oldida yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Polsha Turkiya bilan hamkorlikka katta qiziqish bildirmoqda, ayniqsa, AQSh va Rossiya Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi fonida Varshava o‘z xavfsizlik strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Turkiyaning Yevropada o‘z mavqeini mustahkamlashiga bir nechta omillar hissa qo‘shmoqda:

1) NATOdagi yangi rol – NATO bosh kotibi Mark Rutte Yevropa Ittifoqi rahbarlarini Turkiya bilan aloqalarni yaxshilashga chaqirmoqda. Bu esa Anqaraning Yevropadagi ta’sirini oshirish imkoniyatini yaratishi mumkin.

2) Polsha-Turkiya yaqinlashuvi – an’anaviy ravishda Turkiya va Polsha Qora dengiz mintaqasida o‘z ta’sir doirasi uchun kurashib kelgan. Ammo AQShning Yevropadagi ishtiroki kamaygani sari Varshava yangi ittifoqchilar izlamoqda va bu borada Anqara asosiy nomzodlardan biri.

3) Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi muvozanat – Turkiya Rossiya bilan yaqin aloqalarini saqlab qolgan, ammo Yevropa bilan hamkorlikni chuqurlashtirish uchun Moskva bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishi mumkin.

Eskpertlar aytishicha, Turkiya Polsha va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlaydi, ammo Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya tomonidan ehtiyotkorlik bilan qarshi olinadi. Anqara Rossiya bilan hamkorlikni saqlab qolishga harakat qiladi, biroq Yevropaning bosimi kuchaysa, Turkiya asta-sekin Moskva bilan strategik masofani oshirishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Anqara murakkab tanlov qarshisida – Yevropa xavfsizlik tizimida o‘z o‘rnini mustahkamlash yoki Yaqin Sharqda dominant kuchga aylanish. Ehtimol, Turkiya keskin qaror qabul qilmasdan, ikkala frontda ham harakat qilishni davom ettiradi.

Strategic Focus: Central Asia
03/14/2025, 18:08
t.me/erontahlili/913
Repost
418
NATO va Rossiya, Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida muvozanatni saqlash Anqara uchun muhim bo‘lib qoladi. Ichki iqtisodiy muammolar va Erdog’anning reytingi pasayib borayotgani bu strategiyaga ta’sir qilishi mumkin. Ammo hozircha Turkiya global geosiyosiy o‘zgarishlardan maksimal darajada foyda olishga harakat qilmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
03/14/2025, 18:08
t.me/erontahlili/914
Assalomu aleykum, do’stlar! Sizlarni ushbu muhim so’rovnomadan o’tishga yana bir bor taklif qilamiz.
03/14/2025, 13:02
t.me/erontahlili/912
Repost
303
Hurmatli kuzatuvchi-do’stlar!

JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi so’rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz.

Maqsad - Xitoy Xalq Respublikasining “Bir makon bir yo’l” tashabbusining O’zbekistondagi rolini o’rganish.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdZ94QjmcIykFPP0ygvXydEaZR2T0ceS4IUjGaHpbUcIsiU_A/viewform?usp=dialog

Strategic Focus: Central Asia
03/13/2025, 13:30
t.me/erontahlili/911
Arablarning befoyda sammitlari: Qohiradagi yana bir muvaffaqiyatsizlik

M.Imomov, mustaqil tahlilchi

Yaqinda Qohirada o‘tgan Arab davlatlari ligasi sammiti ushbu formatning samarasizligini yana bir bor namoyon qildi. Rasman, yig‘ilish Trampning G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini muhokama qilish uchun chaqirilgan edi. Ammo aslida, arab yetakchilari bu sammitni faqat diplomatik o‘yin uchun ishlatib, hech qanday real qaror qabul qilmadilar.

Sammitning asosiy natijalari

1. Misr o‘z mavqeini mustahkamlashga urindi. Prezident Abdul-Fattoh as-Sisi G‘azoni tiklash va aholining ko‘chirilishini oldini olish bo‘yicha muqobil reja taqdim etdi. Ammo bu rejani hech kim haqqoniy qo‘llab-quvvatlamadi: Saudiya valiahdi Muhammad bin Salmon, BAA prezidenti Muhammad bin Zoid va Kuvayt amiri kabi ko‘plab yetakchilar sammitga kelmadi. Fikrimizcha, Arab davlatlari Trampni ranjitishni istamadi, chunki AQSh bilan aloqalar ular uchun strategik ahamiyatga ega.

2. Amaliy harakatlar o‘rniga siyosiy bayonotlar. Sammit ishtirokchilari ikki davlat tamoyili asosida G‘azo muammosini hal qilish tarafdori ekanliklarini ta’kidladilar, lekin aniq choralar taklif qilmadilar. Isroil va AQSh odatiy ravishda bu pozitsiyani rad etdilar.

3. Arab sammitlari: 90 yillik quruq gaplar. 1937 yildan buyon Arab davlatlari ligasi o‘nlab sammitlar o‘tkazgan, ammo ulardan hech biri real natija bermagan. Arab mamlakatlarining kollektiv harakatlardan bosh tortishi an’anaga aylangan: hatto 1956-yilda arab davlatlari Suvaysh inqirozini faqat AQSh va SSSR Buyuk Britaniya va Fransiyani chekinishga majburlaganidan keyin qoralagan. Arab davlatlarining yagona qat’iy sammiti 1990-yilda bo‘lib o‘tgan, unda ular Kuvaytni Iroq istilosidan ozod qilish uchun AQSh boshchiligidagi koalitsiyani qo‘llab-quvvatlagan.

Ushbu formatning ma’nosizligini tan olish vaqti keldi

Qohira sammiti yana bir bor eski tezisni isbotladi - arab yetakchilari real choralar ko‘rishga tayyor emas. Ularning muhim masalalar bo‘yicha yagona siyosat ishlab chiqishdagi sustligi arab sammitlarini haqiqiy muammolarni hal qilish o‘rniga, diplomatik o‘yinlar maydoniga aylantirdi.

Arab davlatlari haqiqatga ko‘z yumib, qiyin qarorlardan qochishda davom etar ekan, Falastin inqirozi va mintaqadagi beqarorlik yanada chuqurlashib boraveradi.

@erontahlili
03/12/2025, 19:14
t.me/erontahlili/910
Mashg’ulot bo’yicha tahlil:

https://t.me/StratFocusCA/2381
03/12/2025, 17:56
t.me/erontahlili/909
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/900
Eron, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi “Security Belt-2025” qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlaridan lavhalar.

@erontahlili
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/908
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/905
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/907
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/906
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/903
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/901
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/899
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/902
03/12/2025, 17:55
t.me/erontahlili/904
Repost
306
⚡️Yaqin Sharq siyosatining sahnasi ortida mintaqaviy kuchlar muvozanatini tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi jarayon tezlashmoqda. Diplomatik manbalarga ko‘ra, Turkiya, Misr va yangi Suriya hukumati o‘rtasida noformal, ammo tobora aniqroq tus olayotgan Isroilga qarshi blok shakllanmoqda.

Ushbu jarayonning asosiy tashabbuskori va homiysi – Turkiya, u yangi Suriya hukumati va harbiy guruhlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda. Misr esa hozircha neytral pozitsiyani saqlab turgan bo‘lsa-da, G‘azo sektori bilan bog‘liq keskinlik uni Suriyaga yaqinlashtirishi mumkin.

Alyans shakllanishiga turtki bo‘layotgan asosiy omillar orasida quyidagilar alohida ajralib turadi:

Birinchidan, Suriya siyosatining yangi vektori. Asad rejimining qulashidan keyin hokimiyatni egallagan Ahmad ash-Shara’a tobora Anqaraga moyillik bildirmoqda. Isroil rasmiylari uni “Al-Qoida mafkurasiga mansub terrorchi” deb atamoqda va uni alaviylarning ommaviy qirg‘inida ayblamoqda.

Ikkinchidan, Misrning harbiy faollashuvi. So‘nggi oylar ichida Misr harbiylarining Sinay yarim orolida soni sezilarli darajada oshdi. Rasmiy Qohira buni terrorizmga qarshi kurash bilan izohlasa-da, Isroil buni bevosita o‘z xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rmoqda. Hatto yangi harbiy bazalar qurilayotgani haqida ham taxminlar mavjud.

Uchinchidan, G‘azo sektori keskinlik manbai sifatida. Turkiya HAMASni faol qo‘llab-quvvatlamoqda, Misr esa 7-oktabrdan keyin G‘azo bilan chegarasini kuchaytirdi. Isroil G‘azo atrofidagi keskinlik Qohira va Damashqni yaqinlashtirishi mumkin deb hisoblaydi. Bu esa janubiy va shimoli-sharqiy chegaralarda yangi tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin.

To’rtinchidan, Turkiyaning strategik ambitsiyalari. Turkiya Eronning ta’sirini pasaytirish va Yaqin Sharqda o‘zining “Sunniy qarshilik o‘qi”ni yaratishga harakat qilmoqda. Isroil razvedkasi Suriya guruhlariga Turkiya tomonidan qurol yetkazib berilayotganini kuzatmoqda. Shu bilan birga, Anqara Ahmad al-Shara’ani faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Isroilning javobi: oldindan zarba va diplomatik bosim

So‘nggi haftalarda Isroil Suriyadagi strategik nishonlarga zarbalar berishni kuchaytirdi, qurol-yarog‘ omborlari va harbiy infratuzilmani yo‘q qildi.

Bundan tashqari, Isroilning AQSh va yirik xalqaro yahudiy tashkilotlari bilan diplomatiyasi faollashdi. Asosiy maqsad – Misr va Suriya hamkorligini oldini olish va Turkiyaga nisbatan bosimni oshirish.

Isroil rasmiylari hali alyans to‘liq shakllanmaganini, ammo uning yuzaga kelish ehtimoli ortib borayotganini ta’kidlashmoqda.

Agar “Turkiya – Suriya – Misr” o‘qi haqiqatga aylansa, bu Isroil uchun eng katta geosiyosiy tahdid bo‘ladi. Qohira bilan tinchlik shartnomasining buzilishi va Suriyadagi yangi xatarlar mintaqadagi kuch muvozanatini butunlay o‘zgartiradi.

Isroil razvedkasi 7-oktabr voqealarini o‘z vaqtida aniqlay olmagani sababli Netanyaxu yangi tahdidlarni izlamoqda, bu esa uni ushbu potentsial alyansga qarshi keskin choralar ko‘rishga majbur qilishi mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
03/12/2025, 16:12
t.me/erontahlili/898
Suriya kurdlarining g’alabasi: Yaqin Sharq geosiyosatidagi burilish nuqtasi?

M.Imomov, siyosiy ekspert

Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara’a va Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) qo‘mondoni Farhad Abdi Shirin (Mazlum Kobane nomi bilan tanilgan) o‘rtasida imzolangan kelishuv nafaqat siyosiy syurpriz, balki Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatining uzoq muddatli o‘zgarishini belgilab beruvchi muhim voqea bo‘ldi.

Ilgari Shara’a kurd tuzilmalarini inkor etib, ularning avtonomiyasini tan olishdan bosh tortgan va SDKni yangi Suriya armiyasiga alohida birlik sifatida qo‘shilishga majburlagan edi. Biroq, zo‘ravonlikning kuchayishi va mamlakatning parchalanish xavfi sabab, u murosaga borishga majbur bo‘ldi, natijada ushbu kelishuv, avvalo, kurdlar foydasiga hal bo‘ldi.

Kelishuvning asosiy jihatlari

Birinchi, kurdlarning siyosiy tan olinishi. Suriya tarixida birinchi marta rasmiy hujjatda “kurd jamoasi Suriyaning tub aholisi hisoblanadi” degan bayonot berildi. Bundan oldin esa minglab kurdlarga hatto fuqarolik hujjatlari ham berilmagan edi.

Ikkinchi, iqtisodiy integratsiya. Kelishuvga ko‘ra, shimoli-sharqiy Suriya hududidagi barcha fuqaro va harbiy tuzilmalar davlat institutlariga qo‘shiladi. Bu, jumladan, Qamishli aeroporti, neft konlari va gidroenergetika obyektlarini ham qamrab oladi.

Uchinchi, xavfsizlik va Turkiyani tiyib turish. Suriya hukumati Asad tarafdorlariga qarshi kurashda kurdlardan yordam olishi evaziga, SDKning qurolsizlantirilishidan voz kechdi. Shunday qilib Anqaraning “SDKni butunlay yo‘q qilish” talabi javobsiz qoldi.

Nima uchun Anqara va Shara’a o’z siyosatlarini o’zgartirdilar?

Shara’a og‘ir siyosiy vaziyatda qolgan. Alaviylarning ommaviy qirg‘ini, hukumatning nazoratni yo‘qotishi va iqtisodiy sanksiyalar uning hokimiyatini jiddiy xavf ostiga qo‘ydi. Kurdlar bilan kelishuv orqali u AQSh bilan muloqotni yo‘lga qo‘ydi – sanksiyalar yengillashtirilmasa, Suriya hech qanday iqtisodiy yordam ololmaydi.

Anqara esa Suriyada yangi urushining boshlanishidan xavotirda. Potensial mojaro minglab qochoqlarning Turkiyaga kelishiga va kurd harbiy tuzilmalarining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, Isroilning kurdlar bilan yaqinlashuvi Turkiyaning bu boradagi siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.

AQShning roli va istiqboldagi rejalar

Shimoli-sharqiy Suriyada AQSh qo‘shinlarining mavjudligi kurdlar uchun hayotiy ahamiyatga ega. Hozircha ular hech bo‘lmaganda yil oxirigacha, ya’ni kelishuvning to‘liq amalga oshirilishiga qadar qolishi kerak.

Turkiya esa o‘z navbatida Vashingtonni SDK bilan hamkorlikdan voz kechishga undashda davom etadi. Biroq hozircha Anqara, Damashq va kurdlar xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqda – jumladan, IShIDga qarshi kurash va Suriyadagi terrorchilarni repatriatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Umuman olganda, kurdlar va Suriya hukumati o‘rtasidagi kelishuv avvaliga imkonsiz tuyulgan edi. Ammo bugungi kelishuv Yaqin Sharqda yangi siyosiy reallikni yaratish imkoniyatini paydo qildi.

Agar kurdlar Iroq Kurdistonida bo‘lgani kabi Damashq bilan iqtisodiy va diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ya olsa, bu Yaqin Sharq siyosatidagi eng yirik burilish nuqtalaridan biriga aylanadi. Ammo bu jarayonda Anqara va G‘arbning o‘zgaruvchan manfaatlari asosiy tahdid bo‘lib qoladi.

@erontahlili
03/12/2025, 10:06
t.me/erontahlili/897
"Qarshilik o‘qi" inqiroz yoqasida: Iroq Tehronning nazoratidan chiqyaptimi?
 
A.Qodirov, mustaqil tadqiqotchi
 
Eronning Yaqin Sharqdagi ta’sir tizimi so‘nggi o‘n yillikdagi eng jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Tehron uzoq yillar davomida "Qarshilik o‘qi" deb atalgan mintaqaviy ittifoq tizimini shakllantirdi va Iroq, Suriya, Livan hamda Yamandagi ittifoqchilari orqali AQSh va Isroilga qarshi siyosat yuritdi. Biroq, so‘nggi voqealar bu tizimning yemirilayotganini ko‘rsatmoqda. Livan va Suriyada ta’sir kuchini yo‘qotgan Tehron endi Iroqning ham nazoratdan chiqishidan xavotirda.
 
Iroq – Eronning "pul mashinasi"
 
Iroqning Eron uchun geosiyosiy ahamiyatidan tashqari, Tehronning yashirin moliyaviy manbai ham hisoblanadi. Eron Iroq iqtisodiyotidan yillar davomida foydalanib kelgan, bu esa unga neft, byudjet mablag‘lari va noqonuniy savdodan foyda olish imkonini bergan.
 
Xususan, Iroq dunyodagi beshinchi yirik neft eksportchisi bo‘lib, sanksiyalarga tushmagan. Eron esa o‘z neftini Iroq bayrog‘i ostida sotish orqali xalqaro cheklovlarni chetlab o‘tmoqda. "Asoib Ahl al-Haq" va "Kataib Hizbulloh" kabi eronparast jangari guruhlar noqonuniy yo‘llar bilan neft qazib va davlat subsidiyalaridan foydalanib daromad qilmoqda.
 
Bundan tashqari, Iroq armiyasiga rasmiy kiritilgan, lekin aslida Tehronga bo‘ysunadigan Xalq harakati kuchlari (PMF) yiliga $3 milliard byudjet mablag‘ini oladi, ammo jangarilarning aksariyati Iroq hukumati emas, balki Eron manfaatlariga xizmat qiladi. Ayni vaqtda Eronning iqtisodiy tarmoqlari Iroq farmatsevtika, turizm, qurilish va aloqa sohalarida kuchli pozitsiyalarga ega.
 
Biroq, so‘nggi oylarda bu tuzum katta bosim ostida qoldi. AQShning siyosiy va iqtisodiy bosimi, shuningdek, Eronning ichki inqirozi Tehronni Iroqda qiyin vaziyatga tushirib qo‘ymoqda.
 
Bag‘dod Tehrondan qanday qilib uzoqlashmoqda?
 
Iroq bosh vaziri Muhammad Shia as-Sudani, eronparast siyosiy guruhlardan chiqib kelgan bo‘lsa-da, so‘nggi paytlarda AQSh bilan murosaga borish harakatlarini amalga oshirmoqda. 2025-yil yanvar oyida u bir qator muhim qarorlarni qabul qildi: 1) D.Trampga qarshi chiqarilgan hibs orderini bekor qildi, bu esa AQSh bilan diplomatik keskinlikni yumshatdi; 2) "Kataib Hizbulloh" tomonidan garovga olingan AQSh fuqarosi, Prinston tadqiqotchisi Elizabet Tsurkovni ozod qilishga rozi bo‘ldi; 3) Iroq kurdlari manfaatlariga mos bo‘lgan byudjet tuzatishlarini qo‘llab-quvvatladi (bu AQSh bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi).
Bu harakatlar Iroq hukumati Tehron ta’siridan chiqish yo‘lini qidirayotganidan darak beradi. Bundan tashqari, eronparast harbiy guruhlar 2024-yil dekabridan beri AQSh bazalariga hujumlarni to‘xtatdi, bu esa ularning Vashington bilan ochiq qarama-qarshilikdan qo‘rqayotganini anglatadi.
 
Iroq Eron bilan aloqalarni uzadimi?
 
Iroqning Eron bilan to‘liq “ajralishi” ehtimoli hali past bo‘lsa-da, Bag‘dod Tehrondan asta-sekin uzoqlashayotgani aniq sezilmoqda. Kelgusi jarayonlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar:
 
– 2025-yil oktabrda bo‘lib o‘tadigan Iroq parlament saylovlari – milliy manfaatlarni ustun qo‘yadigan partiyalarning g‘alaba qozonishi Iroqning Eron ta’siridan yanada uzoqlashishiga olib kelishi mumkin.
 
– AQShning faollashuvi – Vashington Iroqdagi eronparast siyosiy va iqtisodiy tarmoqlarga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin.
 
– Eron iqtisodiy inqirozi – 2024-2025-yillarda riyal kursining 62% ga tushishi va 32% inflyatsiya Tehronni moliyaviy jihatdan yanada zaiflashtirmoqda. Bu esa Eronning Iroqda o‘z ittifoqchilarini moliyalash imkoniyatlarini pasaytiradi.
 
Xulosa qilib aytganda, Vashington tushunib turibdiki, agar u Eronga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsa, Iroqdagi Tehron ta’sirini kamaytirishi kerak. Biroq, bu jarayonda harbiy harakatlar emas, balki iqtisodiy sanksiyalar, siyosiy bosim va diplomatik choralar muhim rol o‘ynaydi. Agar AQSh o‘z strategiyasini to‘g‘ri olib borsa, Iroq nafaqat Eron ta’siridan chiqadi, balki Yaqin Sharqdagi yangi geosiyosiy manzaraning asosiy ishtirokchilaridan biriga aylanadi.

@erontahlili
03/11/2025, 15:00
t.me/erontahlili/896
Repost
319
Maxsudov Sherdil (IXTI, JIDU) tomonidan tayyorlangan “Pokiston - Turkiya munosabatlari: o’zaro manfaat va hamkorlik istiqbollari” nomli maqola bilan tanishib chiqishingizni va izoh qoldirishingizni so’raymiz.

Grand Strategiya - xalqaro munosabatlar, geosiyosat va tahlil
03/11/2025, 12:35
t.me/erontahlili/895
Yangi Suriya va terrorchilik boshqaruv uslubi

M.Imomov, mustaqil tahlilchi

Suriya yana xaosga botmoqda, ammo bu safar “yangi hukumat” bayrog‘i ostida. Ko’pchilik uzoq vaqt davomida ko‘z yumgan HTSh terroristik guruhi Latakiya va Tartusda alaviylar va nasroniylarni ommaviy qirg‘in qilish orqali qonli etnik tozalashlarni amalga oshirdi. Endi esa haqiqat ochiq-oydin ko‘ringanida, G’arb davlatlari to‘satdan bu muammoni “payqadi” va genotsidga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida keskin bayonot berdi.

Ammo 1000 dan ortiq tinch aholining millati yoki dini tufayli otib tashlanganiga kim javob beradi? Suriya yangi hukumati bu fojiani tergov qilish uchun “mustaqil qo‘mita” tuzilishini e’lon qildi. Ammo ularning o‘zlarini o‘zlari tekshirishiga kim ishonadi? Bu shunchaki navbatdagi siyosiy tomosha emasmi?

Shubhasiz, HTSh va ularning homiylari allaqachon klassik ssenariyni amalga oshirdi: rejimni ag‘darish, noqulay elementlarni yo‘q qilish va “demokratik” boshqaruv illyuziyasini yaratish. Endi butun dunyo terrorchilarning kostyum kiyib, “adolat” haqida bayonot berishini kuzatishi kerak.

Ammo o‘zining birinchi kunidanoq qo‘llari minglab begunoh odamlarning qoniga botgan hukumatni haqiqiy davlat deb atash mumkinmi?

@erontahlili
03/09/2025, 18:40
t.me/erontahlili/894
Eron va Armaniston: yangi geosiyosiy voqelikdagi strategik hamkorlik - davomi

Trans-Kavkaz savdo tarmog‘i: Eron, Armaniston va Hindiston tashabbusi

Turkiya va Ozarbayjonning ta’siriga muqobil sifatida Eron, Armaniston va Hindiston “Fors ko‘rfazi – Qora dengiz transport yo‘lagi” loyihasini ilgari surmoqda. Bu tashabbus: a) Yevropa va Hindiston o‘rtasidagi savdo aloqalarini yaxshilaydi; b) Suvaysh kanalini chetlab o‘tuvchi muqobil yo‘lak yaratadi; c) Armanistonning tranzit mamlakat sifatidagi ahamiyatini oshiradi; va d) Eron uchun yangi bozorlarni ochadi va sanksiyalar ta’sirini kamaytiradi.

Agar loyiha amalga oshsa, bu Turkiya va Ozarbayjonning savdo tarmoqlarini cheklab, Armaniston va Eronga iqtisodiy imkoniyatlar yaratishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Eron va Armanistonni tarixiy, madaniy va iqtisodiy manfaatlar bog‘lab turadi. G‘arbning Armanistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgan bo‘lsa-da, Eron bu davlat bilan aloqalarini chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu hamkorlik Turkiya va Ozarbayjonning mintaqadagi ta’sirini muvozanatlash, YOII bilan savdo aloqalarini mustahkamlash va Yevropa bozorlariga chiqishni osonlashtirish imkonini beradi.

Eronning Janubiy Kavkazdagi roli faollashib borar ekan, Tehron Armanistonni o‘zining ishonchli hamkori sifatida saqlab qolishga harakat qiladi.

@erontahlili
03/09/2025, 18:16
t.me/erontahlili/893
Eron va Armaniston: yangi geosiyosiy voqelikdagi strategik hamkorlik

K.Ametov, mustaqil tahlilchi

So‘nggi geosiyosiy o‘zgarishlar fonida Eron va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanib bormoqda. Ikkala davlat iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda. AQSh yanvar oyida Armaniston bilan Strategik hamkorlik Xartiyasini imzolagan bo‘lsa-da, Tehron bu kelishuv uning Yerevan bilan munosabatlariga ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlamoqda.

Suriya prezidenti Bashar Asad rejimining qulashidan keyin Eron Yaqin Sharqdagi ta’sir doirasining zaiflashayotganini his qildi. Shu sababli, Tehron o‘zining tashqi siyosatida Shimoliy Kavkaz va Yevroosiyo yo‘nalishlariga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Eron va Armaniston munosabatlari yangi bosqichga o‘tmoqda, bu esa mintaqadagi kuchlar muvozanatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tarixiy bog‘liqlik va iqtisodiy manfaatlar

Armaniston va Eron o‘rtasidagi aloqalar 2500 yildan ortiq tarixga ega. Eron hukmdorlari qadimgi Armaniston bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirgan, Yerevan esa XIX asr boshigacha Qojarlar imperiyasining tarkibida bo‘lgan. Bugungi kunda ham Eron Armanistonning uchinchi yirik savdo hamkori bo‘lib, mamlakat xalqaro savdosining 30% aynan Erondan o‘tadi.

Tehronning Armanistondagi iqtisodiy faolligi oxirgi yillarda yanada ortdi. 2023 yilda ikki tomonlama savdo 43%ga o‘sdi, bu esa qo‘shma infratuzilma loyihalarining rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, Shimol-Janub avtomagistrali, chegaralarni modernizatsiya qilish va energetika infratuzilmasi bo‘yicha hamkorlik muhim o‘rin tutadi.

Bundan tashqari, Eronning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) qo‘shilishi mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarni yanada faollashtirishga xizmat qilishi mumkin. Eron parlamenti yaqinda YOII bilan erkin savdo hududi yaratish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi, bu esa mamlakat eksportini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda. Tehron YOII davlatlariga eksportini 10 milliard dollardan oshirishni maqsad qilgan.

Zangezur yo‘lagi: Armaniston va Eronning umumiy tahdidi

Armaniston va Eronning geosiyosiy manfaatlari ayniqsa Zangezur yo‘lagi bo‘yicha yaqinlashmoqda. Ushbu yo‘lakni ochish Armanistonni zaiflashtirishi va Eronga strategik zarba berishi mumkin.

Eron mazkur yo‘lak bo‘yicha qarshiligini quyidagilar bilan asoslantiradi:

1. Armanistonning suverenitetini himoya qilish – Eron tarixan Armanistonni qo‘llab-quvvatlab kelgan va uning mustaqilligi uchun xavf tug‘diruvchi harakatlarga qarshi chiqmoqda.

2. Energetika bozori ta’siri – Zangezur koridori orqali Ozarbayjon va Turkiya Yevropaga energiya resurslarini yetkazib bera oladi, bu esa Eronning gaz va neft eksportiga zarar yetkazadi.

3. G‘arb sanksiyalari bo‘yicha pozitsiya – Eron sanksiyalarni yumshatish bo‘yicha muzokaralarda o‘z pozitsiyasini yo‘qotishi mumkin.

4. Ozarbayjon fuqarolari ustidan tranzit nazoratini saqlab qolish – Hozirda Naxchivanga boradigan Ozarbayjon fuqarolari Erondan o‘tishga majbur, bu esa Tehronga bosim vositasini ta’minlaydi.

5. Panturkizm tahdidi – Zangezur yo‘lagi Turkiy davlatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlaydi, bu esa Eron tarkibidagi 16% ozarbayjonliklar orasida separatizm ruhining kuchayishiga olib kelishi mumkin.

6. Yaqin Sharqdagi yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish – Suriya va Livandagi ta’sirini yo‘qotayotgan Eron Janubiy Kavkazdagi mavqeini mustahkamlashga harakat qilmoqda.

Armaniston va Eron o‘zaro manfaatlari tufayli Zangezur yo‘lagi ochilishiga qat’iy qarshi chiqmoqda. Shu sababli, Tehron Yerevanga harbiy-texnik va iqtisodiy yordamni oshirishga tayyor.

@erontahlili
03/09/2025, 18:16
t.me/erontahlili/892
Eron oliy rahnamosi AQSh bilan yadro quroli bo‘yicha muzokaralarni rad etdi

Eron o‘z manfaatlariga erishish uchun “qo‘rqitish” taktikasidan foydalanadigan davlatlar bilan muzokara olib bormaydi, dedi mamlakat oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy. Uning ta’kidlashicha, bunday majburiy muzokaralar muammolarni hal etishga qaratilmagan, balki Islom Respublikasiga o‘z talablarini yuklashga urinishdir.

Xomanaiy ushbu bayonotni AQSh prezidenti Donald Tramp unga Eronning yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar boshlash taklifi bilan xat yo‘llagani haqida xabar berganidan so‘ng berdi. Ilgari bu borada ikki mamlakat o‘rtasida kelishuv mavjud bo‘lgan va u Barak Obama prezidentligi davrida imzolangan edi. Biroq, Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida ushbu kelishuvni bekor qilgan edi.

Xomanaiy o‘z bayonotida AQShni bevosita tilga olmagan, biroq “tajovuzkor davlatlar”ning qat’iyatiga ishora qilib, ularning faqatgina yadro muammosi bo‘yicha muzokara qilishni emas, balki bu mavzudan foydalanib, Eronning mudofaa qobiliyatini cheklash va izolyatsiyasini kuchaytirishni maqsad qilganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu davlatlar Eron rahbariyatidan raketalar parvoz masofasini qisqartirish, “ma’lum ishlarni qilmaslik, ayrim shaxslar bilan uchrashmaslik, ma’lum joylarga bormaslik va ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarmaslik”ni talab qilishi mumkin.

“Ularning haqiqiy maqsadi muzokaralar emas, balki hukmronlik va o‘z talablarini majburan singdirishdir. Eron bunga rozi bo’lmaydi”, — deya ta’kidladi Xomanaiy.

@erontahlili
03/09/2025, 13:44
t.me/erontahlili/891
8-Mart – Bahor va go‘zallik bayrami muborak bo‘lsin!

Aziz va mo‘’tabar ayollar!

Sizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Siz – bu dunyoning go‘zalligi, mehr-muhabbat va ilhom manbaisiz. Sizning mehribon qalbingiz, fidoyiligingiz va donoligingiz hayotimizni yanada mazmunli qiladi.

Bahor kabi go‘zal, quyosh kabi nurli, baxt va muhabbatga to‘la kunlar tilaymiz! Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan esa quvonch arimasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌷🎉

@erontahli
li
03/08/2025, 10:35
t.me/erontahlili/890
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria