Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
ST
Strategic Focus: Central Asia
https://t.me/stratfocusca
Channel age
Created
Language
Uzbek
43.16%
ER (week)
24.14%
ERR (week)

Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

✔️Ekspertlar fikri SFCA pozitsiyasini aks ettirmaydi.

✔️Mazmunli fikrlar, aniq xulosalar

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 317 results
Repost
1
88
Hindiston Pokistonga qarshi urush boshlaydimi?

Yaqinda Kashmirdagi terrorchilik hujumi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo’ldi, Janubiy Osiyo mintaqasi inqiroz yoqasida turibdi.

Hindiston ushbu hujumga javoban qattiq choralar ko‘rdi:

Birinchi, Nyu-Dehli 1960 yilda imzolangan Hind daryosi bo‘yicha suv taqsimotini tartibga soluvchi bitimni to‘xtatib qo‘ydi. Daryo manbai Hindiston hududida joylashgan bo‘lib, Pokistonning qishloq xo‘jaligi va ichimlik suvi unga bevosita bog‘liq. Shunday ekan, bu qaror Islomobod uchun qurg‘oqchilik va oziq-ovqat inqirozi xavfini tug‘diradi hamda ehtimoliy iqtisodiy blokada xavotirlarini kuchaytiradi.

Ikkinchi, Hindiston barcha pokistonlik fuqarolar, shuningdek, elchixona xodimlarini chiqarib yuborish (1 hafta muddat berildi) va chegarani to‘liq yopishi haqida e’lon qildi. Hind tomoni o’zining diplomatlarini tezkor tartibda qaytarmoqda. Bu ikki davlat o‘rtasidagi chegaradosh savdo va gumanitar aloqalarga jiddiy zarba bo‘lib, amalda ularni izolyatsiyalaydi.

Uchinchi, Hindiston mudofaa vaziri parlament a’zolari uchun yopiq brifing o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Fikrimizcha, bu ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorgarlik belgisi bo‘lishi mumkin.

Pokiston esa o‘z qurolli kuchlarini to‘liq jangovar shaylik holatiga keltirdi: ya’ni pokistonliklar Hindistonning har qanday harakatlariga javob berishga tayyorligini namoyish qilishmoqda. Har ikki davlat yadro qudratiga ega bo‘lganini hisobga olsak, bu harbiylashuv katta xavotir uyg‘otmoqda.

Mojaro Kashmir bo’yicha tarixiy ziddiyat, Hindistonda kuchayib borayotgan millatchilik kayfiyati va geosiyosiy omillar — xususan, Pokistonga Xitoy va Hindistonga AQSh tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak fonida yanada murakkablashmoqda.

Tahlillardan kelib chiqsak, quyidagilarni prognoz qilish mumkin: a) xalqaro bosim ostida diplomatik yechim; b) 2019 yilgi zarbalar kabi cheklangan harbiy harakatlar; yoki c) suv bitimining buzilishi tufayli yuzaga keladigan gumanitar va ekologik oqibatlarga ega uzoq muddatli inqiroz.

Tomonlarning o‘zini tiyishi va xalqaro hamjamiyatning faol aralashuvi bo‘lmasa, mintaqa fojiali oqibatlarga duch kelishi mumkin. Hozirgi vaziyat — so‘nggi yillardagi eng og’irlaridan biri bo‘lib, zudlik bilan e’tibor va harakat talab qiladi.

@erontahlili
04/25/2025, 08:38
t.me/stratfocusca/2596
Tramp va Putinning Ukraina bo‘yicha muzokaralari: umumiy manzara, tendensiyalar va prognoz

Tramp vositachiligidagi Rossiya va Ukraina muzokaralari — aniq g’olibsiz kechayotgan mojaro uchun yechim topishga urinish sifatida baholanmoqda. Rossiya a) o‘z chegaralarini xavfsiz saqlash; b) ehtimoliy dushman kuchlarning yaqinlashuvini to‘xtatish; va c) armiyasining qudratini isbotlashga intilmoqda. Ukraina uchun bu urush — hayot-mamot masalasi bo‘lib, uni Rossiyaning kuchayishidan xavotirda bo‘lgan ittifoqchilari qo‘llab-quvvatlamoqda. AQSH esa vositachi sifatida eskalatsiyani oldini olishni xohlaydi, lekin zaif ko‘rinishni ham istamaydi. Biroq muzokaralar o‘zaro ishonchsizlik, jangovar harakatlarning davom etishi va ichki siyosiy omillar tufayli murakkab kechmoqda.

Urushdagi aniq favoritning yo’qligi bugungi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Rossiya va Ukraina xalqaro nufuzini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Moskva muzokaralarni cho‘zmoqda: bu kuchlarni qayta taqsimlashga xizmat qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu Kiyevda va umuman G‘arbda yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida shubhalarni kuchaytirmoqda. AQSH esa vositachilikdan voz kechish yoki NATO orqali bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda. Harbiy va siyosiy xavf darajasi yuqori: Rossiya armiyasi kampaniya boshidagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin ichki muammolarga duch kelmoqda, AQSH va NATO esa Trampning savdo siyosati fonida bevosita aralashuvga siyosiy tayyor emas. Bu yerda asosiy omil — Trampning oldindan taxmin qilib bo’lmaydigan qarorlari. U Putinni noaniqlikda saqlab turibdi, bu esa Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytiradi, biroq hisob-kitob noto’g’ri ketsa, eskalatsiya xavfi oshishi aniq.

Tomonlarning strategik maqsadlari aniq: Rossiya xavfsizlik kafolatlari va nazorat ostidagi hududlardan voz kechmaslikni xohlaydi, Ukraina esa mustaqilligini himoya qilish va G‘arbdan yordam talab qilmoqda. Putin uchun urush bekorga ketmaganini ko‘rsatish muhim, Tramp esa xalqaro mag’lubiyatdan qochib, AQSH ichida pozitsiyasini mustahkamlashni istaydi. Biroq har ikkala tomonning zaif jihatlari bor: Rossiya armiyasi kutilgan natijani bermadi, G‘arb esa to‘liq to‘qnashuvga siyosiy va iqtisodiy tayyor emas.

Tahlilchilarga ko’ra, geosiyosiy manzara murosaga ishora qilmoqda. Rossiya ayrim hududlarni saqlab qoladi, Ukraina esa G‘arbdan iqtisodiy yordam oladi. Trampning noaniqligi Putinga nisbatan ustunlik beradi, chunki Rossiya ichki bosim va harbiy muvaffaqiyatsizliklar bilan cheklangan. Biroq bu hali muvaffaqiyat kafolati emas — jarayon cho‘zilishi ishonchsizlikni kuchaytirishi va keskinlikni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

Taxminlarga ko’ra, kelishuv ehtimoli yuqori, biroq u minimal bo‘ladi — shunday shaklda tuziladiki, har bir tomon o‘zini “g’olib” deb e’lon qila oladi. Ammo uzoq muddatli tinchlik hanuz mavhum, chunki asosiy qarama-qarshiliklar hal qilinmasdan qoladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/25/2025, 06:43
t.me/stratfocusca/2594
29
5
1.1 k
Ekspertlar aytishicha, agar Keshmir mintaqasidagi keskinlik qurolli to‘qnashuvga olib kelsa, Pokiston mag’lubiyatga uchraydi.

Bunga dalil sifatida 2025–2026-yillarda Hindiston va Pokistonning mudofaa budjetlari keltirilmoqda. Hindistonning harbiy budjeti 80 milliard dollarni tashkil etsa, Pokistonning harbiy budjeti atigi 8,19 milliard dollarni tashkil etadi.

Strategic Focus: Central Asia
04/24/2025, 16:56
t.me/stratfocusca/2593
21
13
1.5 k
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvidagi raisligi doirasida tashkil etildi. Tadbir ochilishida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaati o‘qib eshittirildi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari muloqoti mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shma yondashuvlar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuv davomida asosiy e’tibor mintaqa mamlakatlari xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar va xatarlarga baho berishning yagona yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni bartaraf etishda maxsus xizmatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm, noqonuniy narkotik va qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish, transmilliy jinoyatchilik, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohalaridagi dolzarb masalalarni hamda o‘zaro manfaatli boshqa hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Ushbu tadbir Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida maxsus xizmatlar rahbarlarining muntazam uchrashuvlariga asos soldi.

Manba: https://t.me/xavfsizlik_uz/1347
04/24/2025, 13:54
t.me/stratfocusca/2591
15
3
2.4 k
⚡️Hindiston Pokistonga qarshi urush boshlamoqchimi?

Batafsil: https://t.me/erontahlili/984
04/23/2025, 19:37
t.me/stratfocusca/2590
58
45
2.8 k
Lavrov lavozimidan ozod etiladimi?

Rossiya ekspertlari so‘nggi paytlarda 20 yildan ortiq Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelayotgan Sergey Lavrovning iste’foga chiqishi mumkinligi faol muhokama qilimoqda.

Rotatsiyaga turtki beruvchi asosiy omillar sifatida yosh (75 yosh) va lavozimda uzoq muddat ishlash ko‘rsatilgan. Ammo mish-mishlarning asosiy sababi Lavrovning ikkita qo‘pol xatosi edi: Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tanqid qilgani (bu Ostona bilan munosabatlarni murakkablashtirdi, va hattoki Putin uzr so’rab telefon qildi) va yahudiylarni natsistlar bilan qiyoslashi (xalqaro masshtabda rezonansga sabab bo‘lgan).

Bu xatolar ro’yxatiga endi Lavrovning Samarqandga tashrifi chog‘ida til masalasida aytgan provokatsion gapi ham qo‘shilsa kerak. Manbalarning ta’kidlashicha, katta ehtimol bilan Putin Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiya vazirining qilig‘i uchun uzr so‘rashga majbur bo‘ladi. Shubhasiz, telefon suhbati TIV rahbarining pozitsiyasiga yanada putur yetkazadi.

Taxminlarga ko’ra, Lavrov iste’foga chiqqan taqdirda, u RF Xavfsizlik kengashidagi faxriy lavozimni egallaydi. Tajribali diplomat Sergey Butin (TIV birinchi o’rinbosari) yoki G‘arb bilan muzokaralarda qattiqqo‘lligi bilan tanilgan Aleksandr Grushko (TIV o’rinbosari, G’arb bo’yicha kurator) vazir etib tayinlanishi mumkin. Ayni vaqtda, belgilangan yo‘nalishni davom ettirishga qodir bo‘lgan Prezident Administratsiyasidan kutilmagan nomzodning tayinlovi ehtimoli ham mavjud.

Strategic Focus: Central Asia
04/23/2025, 18:51
t.me/stratfocusca/2589
13
1
2.6 k
Investitsiya yoki biznes yuritish uchun tijorat obyekti kerakmi? 

Space Property bilan investitsiya kiritish yoki obyektingizni sotish mumkin.

Kompaniya 1000 m² dan boshlab zarur maʼlumotlarga ega obyektlarni to‘pladi:

– maydoni va xarakteristikasi;

– asosiy afzalliklari;

– biznes uchun mo‘ljali va salohiyati.

Telegram-kanalimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
https://t.me/space_property
04/23/2025, 16:07
t.me/stratfocusca/2587
68
40
3.1 k
Lavrovning til masalasidagi fikriga SFCA eskpertlarining munosabati:

S.Pinxasova: Lavrovga O‘zbekiston sobiq guberniya emas, mustaqil davlat ekanligini eslatish kerak. Yodgorliklardagi tillar haqidagi izohlar noo‘rin bosim va eski imperiya siyosatini o‘rnatishga urinishdek ko‘rinadi.

M.Imomov: Rossiya tashqi ishlar vazirining Samarqanddagi yozuv qaysi tilda bo‘lishi kerakligini ko‘rsatishi diplomatiya emas, bu qo’pollik va hurmatsizlik. O‘zbekiston hech kimga qaram emas - ayniqsa xotira va ramzlar masalasida.

K.Abdullayev: Lavrov sovet davri allaqachon tugaganini unutib qo‘ydi. O‘zbekistondagi yodgorliklardagi yozuvlarga bo‘lgan da’volar suverenitetga hurmatsizlik va Moskva yo‘q bo‘lgan joyda nazorat illyuziyasini saqlab qolish istagidir.

K.Ametov: Lavrovning Samarqanddagi yodgorlik yonida rus tilida yozuv yo‘qligi haqidagi bayonoti xotira haqida qayg‘urish emas. Ruslar ochiqchasiga O‘zbekistonga o‘z ramzlarini qanday bezatishni buyurishga urinyapti. Bunday xatti-harakatlarga suveren mamlakat bilan munosabatlarda o‘rin yo’q, biz buni eski imperiyaviy refleks sifatida baholasak bo’ladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/23/2025, 14:35
t.me/stratfocusca/2586
53
22
2.4 k
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga tashrifi chog‘ida "Motamsaro ona" yodgorligida yozuv rus tilida emas, ingliz tilida yozilganiga hayron bo‘lganini aytdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, umummilliy qayg‘u va ehtirom ramzi sifatida barpo etilgan. Ingliz tilidagi yozuv - bu nimanidir istisno qilishga urinish emas, balki hammaga tushunarli bo’lishi uchun tanlangan.

Rus tili va sovet jangchilari xotirasi O‘zbekistondagi o‘nlab yodgorliklar, muzeylar va qabrlarda saqlab qolingan, ularda rus tili o‘zbek tili bilan bir qatorda qo‘llaniladi.

Janob Lavrovning bayonoti, xususan, do‘stona mamlakatda norozilikni ommaviy namoyish etishni talab qilmaydigan masalani siyosiylashtirishga urinishdek ko‘rinadi. Ushbu remarka ohangi o’zaro hurmat asosidagi muloqot muhitiga yordam berishdan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi. O‘zbekiston sovet o‘tmishini takrorlamasdan, balki mustaqil zamonaviy o‘ziga xoslikni barpo etib, tarixiy xotirani qanday va qaysi tillarda saqlashni o‘zi belgilashga haqli.

Strategic Focus: Central Asia
04/23/2025, 13:56
t.me/stratfocusca/2585
Repost
18
8
1.9 k
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ O'zbekiston tashqi siyosati: chaqiriq va takliflar
📱 https://youtube.com/live/jmJNFyP88S0?feature=share
04/23/2025, 13:31
t.me/stratfocusca/2584
48
12
1.9 k
⚡️Rus uyi (Rossotrudnichestvo) xodimasi va O‘sh shahri hokimligi matbuot xizmati vakili yollanma askarlarni yollashda ayblanib, Qirg‘iziston maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olindi.

Strategic Focus: Central Asia
04/23/2025, 10:15
t.me/stratfocusca/2582
21
7
1.9 k
Markaziy Osiyo uchun xalqaro munosabatlarda kuch va manfaatlar muvozanatini saqlash zaruriyati – davomi
 
Rossiyaning boshqa hududlardagi ta’sirining yo’qolishi barobarida G’arb Markaziy Osiyodan ham uni siqib chiqarishga harakat qilmoqda. Vashington va Brussel ushbu hududlarni mustaqil davlatlar sifatida Rossiya ta’sirini tiyib turish vositasi sifatida ko’radi. Shuningdek hozirgi kunda o’tkazilayotgan ,,C5+1’’ diplomatik platformasi ham mintaqa davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilash uchun o’tkazib kelinmoqda.

Ayni vaqtda Markaziy Osiyoga Xitoy ham faol ravishda kirib kelmoqda. Mintaqadagi raqobatchilarining bandligidan foydalanib qolgan Xitoy Markaziy Osiyoda o’zining iqtisodiy lohihalarini amalga oshirmoqchi. Bu yerda biz kuch va manfaatlar munosabatlari o’rtasidagi farqni ko’rishimiz mumkin. Bizningcha kuchlar muvozanati asosan qarama-qarshi raqiblar o’rtasida amalga oshiriladigan jarayondir. Zero raqiblar bir-biri bilan kuch bilan raqobatlashishadi, shu bilan birgalikda ular o’rtasida manfaatlar to’qnashuvi ham vujudga keladi. Manfaatlar muvozanati esa kuchlar muvozanatidan torroq tushuncha hisoblanadi. Kuch va manfaatlar muvozanati faqat raqiblar o’rtasida yuzaga keladi, manfaatlar esa ittifoqchi davlatlar o’rtasida ham qarama-qarshilikka olib kelishi mumkin.
 
Aynan Markaziy Osiyo ittifoqchi bo’lgan Rossiya-Xitoy o’rtasida manfaatlar to’qnashuviga olib kelmoqda. Ular o’rtasida kuchlar to’qnashuvi yo’q lekin manfaatiy qarama-qarshilik mavjud. Har ikki davlat ham mintaqada o’z loyihalarini amalga oshirishni, ushbu hududni o’zining ta’sir doirasida tutib turishni xohlaydi. Buning natijasida esa Markaziy Osiyo davlatlarida manfaatlar muvozanatini saqlash zaruriyati paydo bo’lmoqda. Zero yuqoridagi davlatlardan biri biz uchun mintaqaviy xavfsizlik, ishchi kuchi eksporti uchun muhim bo’lsa, boshqasi esa iqtisodiy loyihalar uchun muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham mintaqa uchun ushbu ikki manfaatiy tomonlar o’rtasida manfaatlar muvozanatini saqlash juda muhimdir. Sababi kuch va manfaatlar muvozanatini saqlash Markaziy Osiyoning suverenitetiga va tashqi aloqalarda mustaqil siyosat yuritish imkonini beradi.
 
Xalqaro munosabatlarda har bir mintaqa yoki davlatning mustaqil tashqi  siyosat yuritishi uning o’zga davlatlar bilan muvozanatni saqlashiga bog’liq. Agar mintaqa bir tomonga yon bosadigan bo’lsa o’zining ba’zi manfaatlaridan voz kechishga, suverenitetidan to’liq foydalana olmay qolishiga olib kelishi mumkin. Shu kabi barcha davlatlar siyosiy doiralari uchun muhim bo’lgan ko’rsatgich davlatning tashqi siyosatini belgilab beradi.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda Markaziy Osiyo uchun xalqaro munosabatlarda  kuch va manfaatlar muvozanatini saqlash juda murakkab bo’lib qolmoqda. Sababi mintaqada o’z ta’siriga ega bo’lish uchun o’zaro raqobatlashayotgan tashqi kuchlar mavjud. Ulardan birlari demokratiya vainson huquqlari nomi bilan, ikkinchisi mintaqaviy xavfsizlik shiori bilan, yana boshqasi esa iqtisodiy hamkorlik bahonasi bilan mintaqada tobora ko’proq o’z manfaatlariga ega bo’lishga intilmoqda. Bunday sharoitda Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston uchun ko’p va teng vektorli tashqi siyosat muhim bo’lib qolmoqda. Zero tashqi kuchlar o’rtasidagi qarama-qarshilikka qaramay, bir tomonga yon bosmagan holatda mintaqaning o’z manfaatlari jihatidan harakat qilishi ushbu tashqi siyosatning asosiy mazmuni hisoblanadi.

Shu bilan birga, mintaqaning integratsiyalashuvi xalqaro munosabatlarda kuch va manfaatlar muvozanatini saqlashda eng muhim omil ekanligini unutmasligimiz lozim. Buning natijasida tashqi siyosatda mintaqaning umumiy va mushtarak  siyosiy qarashlari shakllanadi. Turkiy davlatlar integratsiyasi esa Markaziy Osiyoning integratsiyasi uchun asosiy tayanch sifatida ko’rilishi kerak. Ushbu omillar hisobga olingandagina  Markaziy Osiyo uchun tashqi kuchlar o’rtasida muvozanatni saqlash imkoniyati yuzaga keladi, deb aytish mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
04/23/2025, 09:47
t.me/stratfocusca/2580
20
10
1.6 k
Markaziy Osiyo uchun xalqaro munosabatlarda kuch va manfaatlar muvozanatini saqlash zaruriyati
 
Muhammadumarov Sarvar, O’zbekiston Milliy universiteti, Siyosatshunoshlik yo’nalishi 3-kurs talabasi
 
2022-yil Ukrainaga hujum va yangi siyosiy dilemma
 
Rossiyaning 2022-yilning 24-fevralida Ukraina hududiga bostirib kirishi Xalqaro munosabatlarda yangi siyosiy dilemmani vujudga keltirdi. Rossiyaning ushbu harakatini Markaziy Osiyo xususan, O’zbekiston chuqur xavotir bilan qarshi oldi.
 
Sababi bir paytlar Ittifoq tarkibida bo’lgan vahamkor davlatlarning bir-biriga bunday munosabati o’zaro ishonch tamoyilini yo’qqa chiqargan edi.
 
Rossiyaning bunday agressiv harakatiga qarshi G’arb davlatlari bir qancha sanksiyalarni e’lon qildilar. Ushbu urush natijasida Markaziy Osiyoning Rossiya uchun ahamiyati yanada oshdi deyish mumkin. Rossiya ushbu hududni sanksiyalarni chetlab o’tish va xalqaro maydonda o’zining ,,do’stlar’’i mavjud ekanligini ko’rsatib qo’yish uchun asosiy ittifoqchilar sifatida ko’rmoqda. Kollektiv G’arb esa Rossiyani kuchsizlantirish uchun uning ,,ittifoqchi’’larini tamomila undan uzoqlashtirishga qattiq kirishgan. Natijada Markaziy Osiyo bu ikki manfaatdor kuchlar o’rtasida ularning manfaatlari to’qnashgan mintaqaga aylandi.
 
Markaziy Osiyoning xalqaro munosabatlarda ikki tomon uchun ham manfaatlar kesishgan nuqtaga aylanishida o’ziga xos sabablar mavjud. Z.Bjezinskiy ta’kidlaganidek, Kollektiv G’arb  Rossiya ta’sirini Sharqiy Yevropa, Kavkazorti va Markaziy Osiyo hududlarida kamaytirishi kerak. Ushbu hududlardan Sharqiy Yevropa va Kavkazorti Rossiyaning ta’siridan chiqib ketdi deyish mumkin. Natijada faqat Markaziy Osiyo Rossiya uchun “so’ngi umid” bo’lib qolmoqda. Buning oqibatida mintaqa Kollektiv G’arb va Rossiya o’rtasida talash hududga aylandi.
 
Rossiyaning Sharqiy Yevropada ta’sirining yo’qolishi
 
2014-yil Qrim anneksiyasidan so’ng Rossiyaning ushbu mintaqa bilan aloqalariga putur yetdi. Ukraina bilan aloqalar deyarli uzildi va ushbu davlat Sobiq Ittifoqdagi davlatlarni bir-biri bilan bog’lab turadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkilotini tark etdi. 2022-yilgi bosqin esa vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Endigina yaxshilanayotgan munosabtlarga darz ketdi. Polsha kabi davlatlar Rossiyani o’ziga dushman sifatida ko’rib, uning agressiyasidan himoyalanish uchun NATO bilan harbiy mashg’ulotlarni kuchaytirmoqda va zo’r berib qurollana boshladi. Ushbu mintaqada Rossiya ta’sirini saqlab qola olgan yagona davlat Belorussiya bo’lib qolmoqda. Lekin o’z imkoniyatlariga erishish uchun ushbu davlat Rossiya uchun yetarli emas.
 
Kavkarortining qo’ldan ketishi
 
Kavkazortidagi vaziyat esa umuman o’zgacha.Mintaqadagi Ozarbayjon SSSR tarqalishi bilan G’arb bilan yaqinlasha boshladi. Shuning uchun ham Rossiyaning ushbu davlatdagi ta’siri allaqachon yo’qqa chiqqan deyish mumkin. 2008-yilda Rossiyaning Janubiy Osetiya va Abxaziyaga nisbatan tutgan siyosati Gruziya bilan munosabatlarni yomonlashtirdi. Ikki o’rtadagi konflikt Gruziyani ham Rossiyadan yuz o’girishiga olib keldi. Armaniston doimo Rossiyaning asosiy ittifoqchisi bo’lib kelgan va aynan Armaniston orqali Rossiya Kavkazorti mintaqasida ta’sirini saqlab kelmoqda edi. Lekin oxirgi Tog’li Qorabog’ urushi natijasida ikki tomonning munosabatlari yomonlashdi. Rossiyaning KXSHT a’zosi o’laroq bu urushda Armanistonga yordam bermaganligi Yereavanning Rossiyadan “arazlashi”ga olib keldi. Buning oqibatida Armaniston KXSHTdagi ishtirokini butunlay muzlatib qo’ydi. Bu kabi voqelar natijasida Rossiyaning Kavkazortidagi ta’siri yo’qqa chiqdi. Ushbu yo’qotishlardan so’ng Rossiya Markaziy Osiyoni qo’ldan chiqarmaslikka harakat qilamoqda.
 
Shu o’rinda Markaziy Osiyoning G’arbiy blokuchun ahamiyati oshishiga ham bir qancha sabablar mavjud. SSSR tarqatilganidan so’ng ushbu mintaqa unchalik muhim bo’lmagan hudud sifatida ko’rilgan bo’lsa, 2001-yilgi teraktlardan so’ng G’arb Markaziy Osiyoni  Afg’onistonga nisbatan harakatlarda asosiy hamkorlar sifatida ko’rdi. Xususan, Afg’onistondagi amaliyotlarda O’zbekistonning Xonobod aerodromidan ham foydalanildi.
04/23/2025, 09:47
t.me/stratfocusca/2578
Repost
60
17
1.5 k
O’zbek tili haqida

@erontahlili
04/23/2025, 09:04
t.me/stratfocusca/2577
22
24
3.1 k
⚡️ Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining O‘zbekistonga (25–26 aprel) va Qozog‘istonga (27 aprel) rasmiy tashrifi keyingi muddatga qoldirildi. Sababi – Rim Papasi Fransiskning vafoti. Tashrif va “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitining yangilangan sanalari keyinroq e’lon qilinadi.

Strategic Focus: Central Asia
04/23/2025, 07:24
t.me/stratfocusca/2576
15
9
2.0 k
Isroil tashqi siyosatining tarixiy-falsafiy asoslari - davomi

Geosiyosiy pragmatizm: bosim doktrinasi

Dushman davlatlar qurshovida joylashgan Isroil o‘zining harbiy kuchi va strategik ittifoqlari orqali raqiblarni jilovlash va mintaqaga o‘z shartlarini o‘tkazish siyosatini ishlab chiqdi.
“Temir devor” doktrinasi: Jabotinskiyning kuch orqali xavfsizlikni ta’minlash g‘oyasi kuchli armiya va taxminan 80–200 ta yadroviy kallakka ega bo‘lish orqali ro‘yobga chiqdi.

Iroqdagi Osirak reaktori (1981) yoki Suriyadagi yadroviy obyektning (2007) yo‘q qilinishi tahdidlar ro‘yobga chiqmasidan avval ularni bartaraf etishga tayyorlikni namoyish qiladi.
AQSh bilan ittifoq: Tashkil topgandan beri Isroil AQShning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchisiga aylangan bo‘lib, har yili taxminan 3,8 milliard dollarlik harbiy yordam oladi (2016–2026 yillardagi kelishuv asosida). Hozirga qadar 310 milliard dollar yordam qabul qilgan. Bu Isroilga texnologik ustunlikni saqlab turishga imkon beradi, xususan, “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi va 8200-harbiy kiber guruh kabi vositalar orqali.

Yashirin operatsiyalar. Mossad va Shin Bet butun dunyo bo‘ylab operatsiyalar olib boradi, jumladan, Eron olimlarining (masalan, 2020 yilda Moxsen Faxrizoda) yo‘q qilinishi orqali yadroviy tahdidning oldini olish va mintaqaviy hukmronlikni saqlashga qaratilgan tadbirlar.

Isroilning strategik maqsadi: mintaqada mutlaq hokimyatni o‘rnatish

Tinchlikka intilish niqobi ostida Isroil Yaqin Sharqda harbiy ustunlik, hududiy ekspansiya va diplomatik manipulyatsiyalar orqali to‘liq nazorat o‘rnatish maqsadini ko‘zlamoqda. Bu maqsad xavfsizlikka oid ritorikada yashiriladi, biroq qo‘shnilarni zaiflashtirish va butun mintaqani bo‘ysundirishga qaratilgan harakatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Falastinni bostirish. 2007 yildan beri G‘azo sektoriga nisbatan qo‘llanilayotgan blokada va “Mudofaa chegarasi” (2014) kabi harbiy operatsiyalar Falastin qarshilik kuchlarini yo‘q qilishga qaratilgan. Ko‘chmanchilikning kengaytirilishi va “ikki davlat” tamoyilidan voz kechilishi bahsli hududlarni to‘liq integratsiyalash niyatini anglatadi.

Raqobatchilarni zaiflashtirish. Isroil Eron bilan faol kurash olib bormoqda — sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi, kiberhujumlar uyushtiradi (masalan, Stuxnet virusi, 2010). Suriyada va Livanda Hizbulloh nishonlariga qarshi havo hujumlari (2011 yildan beri yuzlab) mintaqaviy raqiblarni yo‘q qilishga qaratilgan.

Ibrohim kelishuvlari (2020). BAA, Bahrayn va Marokash bilan munosabatlarni normallashtirish orqali Isroil Eronga qarshi koalitsiya shakllantirib, o‘z ta’sirini kuchaytirdi. Bu kelishuvlar Falastin masalasini chetlab o‘tgan holda, geosiyosiy hukmronlikni adolatli yechimdan ustun qo‘yishni namoyon qiladi.

Universallik – niqob sifatida

Isroil o‘zini demokratiya va texnologiya yetakchisi sifatida ko‘rsatib, G‘arbning qo‘lloviga erishmoqchi va ekspansionistik intilishlarini yashirmoqda. Bu gumanitar aksiyalar va global hamkorlik orqali “yumshoq kuch” instrumentlariga aylanadi.

Gumanitar missiyalar. Nepalda (2015) amalga oshirilgan qutqaruv amaliyotlari kabi tadbirlar Isroilga ijobiy imidj berib, G‘azo yoki G‘arbiy Sohildagi harbiy harakatlardan e’tiborni chalg‘itadi.

Texnologik yetakchilik. Isroil kiberxavfsizlik texnologiyalarini (masalan, NSO Group) eksport qilib, global ta’sirini mustahkamlamoqda. Biroq Pegasus kabi texnologiyalar siyosiy raqiblar ustidan nazoratni kuchaytirish uchun ishlatilmoqda.

BMTdagi targ‘ibot. 2000 yildan beri Isroil siyosatini qoralovchi 30 dan ortiq BMT rezolyutsiyasiga qaramay, davlat diplomatik va lobbistik mexanizmlarni (masalan, AQShdagi AIPAC) ishga solib, xalqaro bosimni kamaytirishga harakat qilmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
04/22/2025, 21:07
t.me/stratfocusca/2574
14
10
1.7 k
Isroil tashqi siyosatining tarixiy-falsafiy asoslari

1948 yil 14 may kuni davlat sifatida e’lon qilingan Isroilning tashqi siyosati – tarixiy tajriba, diniy an’analar, sionistik mafkura va geosiyosiy zaruriyatning murakkab sintezidir. Mazkur siyosat mamlakatning dushmanlar qurshovida joylashgan holatini va mintaqaviy hukmronlikka erishish yo‘lida strategik ittifoqlar, harbiy kuch va diplomatik manevrlar orqali harakat qilayotganligini aks ettiradi.

Tarixiy tajriba: travmadan kuch manbai sifatida foydalanish

Yahudiy xalqining tarixiy tajribasi – Milodiy 70 yildagi Quddus ibodatxonasining vayron qilinishi, asrlar davom etgan diasporaviy hayot va Xolokost – “qamal ostidagi qal’a”mentalitetini shakllantirdi. Bu tajriba har qanday tahdidning oldini olishga qaratilgan tajovuzkor siyosatni oqlash uchun ishlatiladi.

Xolokost – bosim vositasi sifatida: 1939–1945 yillardagi 6 million yahudiyning qirg‘ini milliy ongda “boshqa hech qachon” tamoyilini muhrladi. 1948 yildagi mustaqillik deklaratsiyasida yahudiy xalqini himoya qilish oliy ustuvorlik sifatida belgilangan bo‘lib, bu 2008–2009 yillardagi G‘azodagi “Quyma qo‘rg‘oshin” operatsiyasi yoki Hizbullah yetakchilarining yo‘q qilinishi kabi preventiv zarbalarni oqlaydi.

Diaspora va safarbarlik: 1950 yildagi Qaytish to‘g‘risidagi qonun orqali 2020 yilga kelib 3,3 million yahudiyning qaytishi ta’minlandi, bu esa harbiylashgan siyosatning demografik asosini mustahkamladi. Yevropa va arab davlatlaridagi ta’qiblar tajribasi tashqi dushman obrazi atrofida millatni birlashtirishga xizmat qilmoqda.

Sionizm: hududiy ekspansiyaning mafkuraviy asosi

XIX asrda paydo bo‘lgan sionizm Isroil davlatining vujudga kelishi va uning ta’sirini kengaytirishga intilishining falsafiy asosidir. Teodor Gertslning 1896 yildagi «Yahudiy davlati» asarida milliy o‘choq barpo etilishi targ‘ib qilinsa-da, sionizmning radikal talqinlari tarixiy Erets-Isroil (Buyuk Isroil) ustidan to‘liq nazoratni nazarda tutadi.

Siyosiy sionizm. 1917 yildagi Balfur deklaratsiyasi va 1947 yildagi BMTning 181-sonli rezolyutsiyasi Isroilning tashkil etilishini xalqaro jihatdan qonuniylashtirdi. Biroq David Ben-Gurion kabi sionist rahbarlar buni mintaqadagi hukmronlikka olib boruvchi birinchi qadam deb bildilar. 1948 va 1967 yillardagi urushlar natijasida G‘arbiy Sohil va Golan tepaliklarining bosib olinishi bu ekspansionist intilishlarni tasdiqlaydi.

Revizionist sionizm. Zeev Jabotinskiyning “Buyuk Isroil” g‘oyalari ko‘chmanchilar siyosatiga ilhom baxsh etdi. 2023 yilga kelib G‘arbiy Sohilda 700 mingga yaqin isroillik ko‘chmanchi yashaydi, bu esa Falastin davlatini tuzish istiqbollariga putur yetkazib, mojaroli hududlar ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Diniy-madaniy kontekst: Messiya g‘oyasi

Yahudiylik Isroil tashqi siyosatiga ilohiy ma’no yuklaydi, Tora zikr etgan yerlar ustidan da’volarni oqlaydi. Bu siyosatni tangrining irodasi sifatida tasvirlaydi.

Erets-Isroil – dogma sifatida. 1967 yilgi Olti kunlik urushdan keyin Sharqiy Quddusning anneksiya qilinishi va 1980 yildagi Quddus to‘g‘risidagi qonun orqali “abadiy poytaxt” deb e’lon qilinishi diniy asosga tayanadigan hududiy da’voning ifodasidir. AQSh bu qarorni 2017 yilda tan oldi, bu xalqaro miqyosdagi izolyatsiyani kuchaytirsa-da, ichki qat’iyatni mustahkamladi.

Diniy sionizm. 1970-yillarda shakllangan Gush Emunim harakati va uning izdoshlariga ko‘ra, yahudiy ko‘chmanchilik harakati Mashiax kelishini tezlashtiradi. Ular harbiy operatsiyalar va falastinlik qarshilikni bostirishni “muqaddas vazifa” sifatida ko‘radilar.

Strategic Focus: Central Asia
04/22/2025, 21:06
t.me/stratfocusca/2573
27
7
1.8 k
Ekspertlar hamjamiyati Donald Trampning 2025-yilda Oq uyga qaytishi bilan yaqqol namoyon bo‘layotgan AQSH tashqi siyosatidagi keskin burilishni faol muhokama qilmoqda. Agar ilgari AQSH Xitoy va Rossiya bilan keskin raqobatga e’tibor qaratgan bo‘lsa, endi, ko‘rinishidan, yo‘nalishni tubdan o‘zgartirish rejalashtirilmoqda - raqobatdan yashirin hamkorlikka o‘tish. Taxminlarga ko‘ra, maxfiy kelishuvlar yangi dunyo tartibotini shakllanishiga olib kelishi mumkin, bunda asosiy kuchlar dunyoni ta’sir zonalariga bo‘lib, kichik o‘yinchilarning, jumladan, bu jarayonning chekkasida qolgan musulmon mamlakatlarining manfaatlarini e’tiborsiz qoldiradi.
 
Yaqindagina 2017-2024-yillar oralig‘ida Vashington dunyoni buyuk davlatlar o‘rtasidagi kurash maydoni sifatida ko‘rgandi. Trampning 2017 yilgi Milliy xavfsizlik strategiyasi Xitoy va Rossiyani global tartibni o‘z foydasiga o‘zgartirishga intilayotgan tahdidlar deb atagan. Bayden ma’muriyati avtoritar rejimlarning demokratiya uchun xavfini ta’kidlab, bu siyosatni davom ettirdi. Savdo va texnologiyalardan tortib global sog‘liqni saqlashgacha - hamma sohalar jang maydoniga aylandi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi Amerika dunyo tartibotiga hujum sifatida, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlari esa AQShni Hind-Tinch okeani mintaqasidan siqib chiqarishga urinish sifatida talqin qilindi. Vashington ittifoqlarni faol ravishda mustahkamladi va Xitoyning texnologik taraqqiyotini sekinlashtirdi.
 
Biroq, ko‘rinib turibdiki, Tramp ikkinchi muddatida o‘yin qoidalarini o‘zgartirmoqda. Xususan, AQSh rahbariyati Xitoy va Rossiya bilan kurashish o‘rniga ularning yetakchilari bilan bitim tuzishga intilmoqda. Qayd etilishicha, Tramp Si bilan savdo va yadro quroli bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor va uning yetakchilik sifatlarini omma oldida olqishlamoqda. Rossiya bilan Tramp Putinni qo‘llab-quvvatlash va Kiyev manfaatlarini qurbon qilish orqali bo‘lsa ham Ukrainadagi urushni tezroq tugatmoqchi. Shu bilan birga, u Kanada va Yevropaga tariflar bilan tahdid qilish va hatto Grenlandiya va Panama kanaliga hududiy da’volar bilan ittifoqchilarga bosim o‘tkazmoqda.
 
Aksariyat tahlilchilar bunday burilish XIX asrdagi "Yevropa konserti"ni eslatishini aytishmoqda. O‘shanda buyuk davlatlar dunyoni birgalikda boshqarish haqida kelishib, kichik mamlakatlar manfaatlarini bostirgan. Aftidan, kuchli yetakchilar o‘z ta’sir doiralarini bo‘lishib, boshqalarni e’tiborsiz qoldiradigan zamonaviy muqobil dunyo tartibotini yaratishga urinishmoqda. Ba’zilarning fikricha, bunday kelishuvlar mojarolar xavfini vaqtincha kamaytirishi mumkin, masalan, qurollarni nazorat qilish bo‘yicha muzokaralar orqali. Biroq, prognozlarga ko‘ra, bunday yondashuv uzoq muddatda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Tarix shuni ko‘rsatadiki, bunday "konsertlar" raqobatning qayta tiklanishi tufayli barbod bo‘ladi, globallashuv esa dunyoni aniq ta’sir zonalariga bo‘lishga to‘sqinlik qiladi.
 
Biz yangi dunyo tartibotining shakllanish jarayonidan chetda qolish xavfi ostida bo‘lgan musulmon mamlakatlari, ayniqsa, turkiy davlatlar va Markaziy Osiyoning ahvoliga alohida e’tibor qaratmoqchimiz. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiya kabi davlatlar katta iqtisodiy va madaniy salohiyatga ega, ammo buyuk davlatlar dunyoni bo‘lib olishni boshlasa, ularning ovozi e’tiborsiz qolishi mumkin. Masalan, madaniy diplomatiya va ko‘p vektorli siyosat orqali mintaqaviy yetakchi sifatidagi rolini mustahkamlayotgan O‘zbekiston, agar Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo ustidan nazoratni kuchaytirsa, cheklovlarga duch kelishi mumkin. Yadro energetikasi va mintaqaviy ta’sirga ega bo‘lishga intilayotgan Turkiya ham global muzokaralardan chetda qolish xavfi ostida. Taxminlarga ko‘ra, musulmon davlatlari "kuchlilar klubi"ning e’tiborsizligiga qarshi turish uchun o‘z ittifoqlarini tuzish orqali mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish bilan javob berishi mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
04/22/2025, 13:40
t.me/stratfocusca/2572
Repost
21
10
1.4 k
⚡️Dunyoning eng nufuzli universitetlari O‘zbekiston yoshlari uchun o‘z eshiklarini ochmoqda – bu esa hali boshlanishi!

Do‘stlaringiz orasida dunyoning TOP universitetlariga qabul qilinganlar bormi?

@alisher_sadullaev
04/22/2025, 12:29
t.me/stratfocusca/2571
18
9
1.9 k
Davomi

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham Rossiya ta’sirining pasayish tendensiyasi kuchayib bormoqda.
 
O‘zbekiston Qozog‘iston kabi Xitoy va Turkiya bilan aloqalarni mustahkamlab, savdo va infratuzilmani rivojlantirmoqda. Toshkent Moskva bilan qarama-qarshilikdan qochib, Rossiya, Xitoy va G‘arb o‘rtasida muvozanatni saqlab, C5+1 formati orqali mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiryapti. Biroq, Xitoyga nisbatan iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi Xitoyga qarshi kayfiyatni keltirib chiqarishi mumkin (bunday kayfiyatlar allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda).
 
Qirg‘iziston Rossiyaga eng qaram davlat bo‘lib qolmoqda, sanksiyalarni chetlab o‘tishga faol yordam bermoqda, ammo Xitoy bilan aloqalarni kuchaytirmoqda. Bishkek cheklangan muqobil variantlar tufayli Moskvaga sodiqligini saqlab qoladi.
 
Turkmaniston betaraflikni saqlagan holda Xitoyga gaz eksportini oshirmoqda va Rossiyaning ta’sirini minimallashtirish orqali Kaspiy orqali Yevropaga yetkazib berishni o‘rganmoqda.
 
Migratsiya va mudofaa sohasida Rossiyaga bog‘liq bo‘lgan Tojikiston iqtisodiy ehtiyojlar tufayli Xitoy bilan aloqalarni chuqurlashtiradi, ammo turg‘unlik tahdidi sabab Moskva orbitasida qolish ehtimoli bor.
 
Umuman olganda, Markaziy Osiyo uchun Rossiya ta’sirining pasayishi Xitoy va qisman G‘arbning roli oshishi bilan davom etadi. Mintaqaviy integratsiya va ko‘p vektorlilik geosiyosiy notinchlik sharoitida barqarorlikning asosiy omillari bo‘ladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/22/2025, 10:46
t.me/stratfocusca/2570
14
11
1.9 k
Qozog’istonning Rossiyadan uzoqlashuvi va uning oqibatlari

K.Ametov, mustaqil ekspert
 
Global geosiyosiy o‘zgarishlar fonida Qozog‘iston Rossiyadan asta-sekin uzoqlashayotganini ko‘rsatmoqda, bu iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda namoyon bo‘lmoqda. Shubhasiz, bu jarayon ichki islohotlar, mustaqillikka intilish va tashqi omillar, jumladan, Moskvaning mintaqadagi ta’sirining zaiflashuvi bilan bog‘liq.
 
Qozog‘istonning Rossiyadan uzoqlashishining asosiy sabablari kompleks xarakterga ega.
 
Birinchidan, Qozog‘iston ko‘p vektorli tashqi siyosatga amal qilib, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlamoqda. Hamkorlarni diversifikatsiya qilishga intilish, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar va uning mintaqaviy ta’siri qisqarishi sharoitida Rossiyaga bog‘liqlikni kamaytiradi.
 
Ikkinchidan, iqtisodiy yo‘nalishlar o‘zgarishi muhim rol o‘ynaydi: Xitoy 2024-yilda Qozog‘iston bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi (Xitoy - $43,8 mlrd, Rossiya - $27,8 mlrd ), Rossiyani chetlab o‘tgan holda energiya tashuvchilarni eksport qilish uchun Transkaspiy yo‘lagi faol rivojlanmoqda, Yevropa Ittifoqi va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan investitsiyalar Rossiya kompaniyalarining energetika sektoridagi rolini pasaytirmoqda.
 
Uchinchidan, 2022-yil yanvar voqealaridan keyin boshlangan ichki siyosiy o‘zgarishlar Rossiyaparast elitalardan uzoqlashgan va qozoq o‘ziga xosligiga urg‘u bergan, shu jumladan rus tilidan foydalanishni kamaytirgan Prezident To‘qayevning pozitsiyasini kuchaytirdi. Bu, ayniqsa, rusiyzabon aholi huquqlarini himoya qilish masalasida Moskva bilan keskinlikni keltirib chiqardi.
 
To‘rtinchidan, Ukrainadagi urush va u bilan bog‘liq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning kuchayishi Qozog‘istonni ehtiyotkor pozitsiyani egallashga majbur qildi: Ostona Qrim anneksiyasi va Donbassning o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarini tan olmadi, hududiy yaxlitlik ustuvorligini ta’kidlab, ikkilamchi sanksiyalardan qochish uchun parallel import sxemalarida ishtirok etishni kamaytirmoqda.
 
Nihoyat, "Bir makon - bir yo‘l" tashabbusi orqali Xitoy ta’sirining kuchayishi Qozog‘istonni Yevroosiyoning infratuzilma markaziga aylantiradi, bu esa Rossiyaning asosiy hamkor sifatidagi rolini pasaytiradi va mintaqada tashqi kuchlar raqobatini kuchaytiradi.
 
Bu jarayonning Qozog‘iston uchun oqibatlari ko‘p qirrali. Iqtisodiy jihatdan mamlakat Xitoy va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlash, muqobil yo‘nalishlar orqali eksportning o‘sishi va investitsiyaviy jozibadorlikning oshishidan foyda ko‘rmoqda, biroq Rossiya bozorining qisqarishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga cheklovlar (masalan, Rosselxoznadzorning 2024-yil oktyabr oyidagi ba’zi taqiqlari) xavfiga duch kelmoqda.
 
Siyosiy jihatdan Qozog‘iston suverenitet va mintaqaviy ta’sirini mustahkamlamoqda, ammo Rossiya bilan, ayniqsa rusiyzabon aholi masalalari bo‘yicha keskinlik kuchayishi xavfi ostida. Derusifikatsiya bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar ruslarning chiqib ketishiga (ularning soni 1991-yildan beri allaqachon 1,5 baravar kamaygan) va shimoliy mintaqalarda millatlararo munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
 
Geosiyosiy jihatdan Qozog‘istonga G‘arb yoki NATO bilan yaqinlashgan taqdirda Rossiya bosimi,  aksincha, Ostona Moskvani qisman qo‘llab-quvvatlashda davom etsa, ikkilamchi sanksiyalar xavfi tahdid solmoqda.

Fikr va munosabatingizni izohlarda qoldiring.

Strategic Focus: Central Asia
04/22/2025, 10:36
t.me/stratfocusca/2567
85
10
2.2 k
Turkiyada nafaqat turk seriallarini, balki oilaviy qadriyatlarni zaiflashtiruvchi barcha ko‘rsatuvlarni taqiqlash taklifi ilgari surildi.

“SAADET” partiyasi yetakchisi Mahmut Arikan bunday kontent an’analarga tahdid soladi, deb hisoblab, to‘liq taqiqqa chaqirmoqda.

O‘zbekistonda ham televideniyeni tartibga solish kerak — seriallar va ko‘rsatuvlar tobora ko‘proq savollar uyg‘otmoqda: buzuqlik, fahsh va madaniyatimizga qarshi g’oyalarni targ’ib qilish oddiy holga aylanib qolgan.

Fikr va munosabatingizni izohlarda qoldiring.

Strategic Focus: Central Asia
04/22/2025, 07:04
t.me/stratfocusca/2566
19
2
2.5 k
G’arbiy alyans - AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil kanaliga qo’shiling.
04/21/2025, 16:41
t.me/stratfocusca/2565
23
9
2.5 k
Papa Fransisk a’zo bo’lgan Iyezuitlar ordenining totalitar tuzumlarga qanday aloqasi bor?
 
20 asr qonxo‘r diktatorlaridan biri Stalin yoshligida iyezuitlarning usullariga asoslangan Tiflisdagi diniy seminariyada tahsil olgan. U dinni rad etgan bo‘lsa-da, bo‘lajak diktatorning xarakteri, fikrlashi va hokimiyatga yondashuvi aynan shu yerda shakllangan.  
 
Bundan tashqari, fashistik Germaniyaning eng mudhish tuzilmasi – SS asoschisi G.Gimmler katolik edi va u ham iyezuit maktabida ta’lim olgan. U SSni yaratganda Iso jamiyatiga taqlid qilib uni “qora oden” deb atagan. SSda o‘z qasamyodlari, maxfiy iyerarxiya tizimi va elitarlik hamda yopiqlik xususiyati bor edi.

Batafsil: https://t.me/westalliance/818
04/21/2025, 16:09
t.me/stratfocusca/2564
14
4
2.8 k
Investitsiya yoki biznes yuritish uchun tijorat obyekti kerakmi? 

Space Property bilan investitsiya kiritish yoki obyektingizni sotish mumkin.

Kompaniya 1000 m² dan boshlab zarur maʼlumotlarga ega obyektlarni to‘pladi:

– maydoni va xarakteristikasi;

– asosiy afzalliklari;

– biznes uchun mo‘ljali va salohiyati.

Telegram-kanalimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
https://t.me/space_property
04/21/2025, 13:10
t.me/stratfocusca/2563
19
39
22 k
Davomi

Xulosa qilib aytsak, Markaziy Osiyo davlatlari ShKTRni tan olish imkoniyatiga ega emas. Chunki: bu xalqaro huquqqa zid; ichki siyosiy barqarorlikka tahdid soladi; diplomatik muvozanatni buzadi; yirik davlatlar bilan aloqalarga putur yetkazadi.

Shu sababli, Turkiya bu masalada MO davlatlari bilan munosabatlarni ziddiyatga olib bormasdan, alternativ strategiyalar ishlab chiqishi zarur. MO davlatlari esa bu borada real siyosiy vaziyatni hisobga olib, ehtiyotkor pozitsiyada qolishga majbur.

21-asr — turkiy xalqlar uchun sinov davri. Bugun shakllanayotgan munosabatlar, keyingi asrning siyosiy arxitekturasini belgilab beradi. Bu esa har bir harakatda ehtiyotkorlik, uzoqni ko‘zlash va o‘zaro hurmatni talab qiladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/21/2025, 09:35
t.me/stratfocusca/2562
16
43
21 k
Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarining ShKTR bo‘yicha ikki xil pozitsiyasi

Jo’rabek Soqiyev, mustaqil ekspert

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) masalasi Markaziy Osiyo (MO) davlatlari bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda noqulaylik tug‘diruvchi siyosiy mavzu bo‘lib bormoqda. Bu vaziyatni to‘liq anglash uchun avvalo ShKTR tarixi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

ShKTR tarixi va xalqaro maqomi

ShKTR — Kipr orolining shimoliy qismida joylashgan, 1983-yil 15-noyabrda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan de-fakto davlatdir. U faqat Turkiya tomonidan tan olingan. Aslida, Kiprda yillar davomida yunonlar va turklar o‘rtasida etnik ziddiyatlar mavjud bo‘lgan. 1974-yilda Kiprda yunonlar Gretsiya bilan birlashish harakatini boshlaganida, Turkiya orolning shimoliy qismiga harbiy aralashuv qiladi. Natijada orol amalda ikki qismga bo‘linadi: janubda Kipr Respublikasi (yunonlar boshqaruvida), shimolda esa turklar boshqaruvida bo‘lgan hudud.

Bugungi kungacha xalqaro hamjamiyat ShKTRni Kipr Respublikasining ajralmas qismi sifatida ko‘radi. Shu sababli, ShKTRning diplomatik va iqtisodiy aloqalari nihoyatda cheklangan. Biroq Turkiya tomonidan ko‘rsatilayotgan siyosiy va iqtisodiy ko‘mak evaziga u de-fakto davlat sifatida o‘z mavjudligini saqlab kelmoqda.

Turkiya manfaatlari — geosiyosiy va geoiqtisodiy omillar

Turkiya uchun ShKTR nafaqat milliy o‘zlik, balki geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan ham muhimdir.

Energiya resurslari va iqtisodiy manfaatlar: So‘nggi yillarda Sharqiy O‘rta yer dengizi atrofida yirik tabiiy gaz zaxiralari topilgan. Turkiya bu boyliklarga ShKTR orqali ulush talab qilishga harakat qilmoqda. Bu nafaqat energiya resurslari, balki gaz quvurlari, tranzit yo‘llari va mintaqadagi energiya siyosatida ta’sir kuchi ortishiga xizmat qiladi.

Geosiyosiy va harbiy pozitsiya: Kipr oroli — Yevropa, Osiyo va Afrika chorrahasida joylashgani bois, strategik nuqtada joylashgan. Turkiya bu yerda harbiy mavjudlikni saqlab, mintaqadagi dengiz yo‘llari va xavfsizlik siyosatida faol rol o‘ynamoqda.

TDT doirasida ShKTRni tan olish harakati

Turkiya ShKTRni xalqaro miqyosda tan oldirishda o‘ziga yaqin bo‘lgan davlatlar — xususan, Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) a’zolariga tayanmoqda. So‘nggi yillarda ShKTR TDT yig‘ilishlariga kuzatuvchi maqomida taklif qilinmoqda. Rasmiy Anqara bu orqali ShKTRning xalqaro tan olinuvchanligini oshirishga harakat qilmoqda.

Biroq Markaziy Osiyo davlatlari bu borada sukut saqlamoqda. 2025-yilda Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitida bu masala aniq tilga olinib, ShKTRni tan olmaslikka qaratilgan qat’iy pozitsiya bildirilgan. Bu esa TDT ichida ma’lum darajada yoriqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Turkiya ichki ommaviy axborot vositalarida esa bu holat “Turkiyaga urilgan tarsaki” sifatida talqin qilindi.

MO davlatlarining ehtiyotkor pozitsiyasi — asosli sabablarga ega

MO davlatlari ShKTRni tan olishdan tiyilmoqda. Bunga bir nechta muhim sabablar mavjud:

1. Xalqaro huquqqa zid. BMT Xavfsizlik Kengashining 541 va 550-sonli rezolyutsiyalari ShKTR mustaqilligini noqonuniy deb e’tirof etadi. Tan olish — BMT prinsiplariga zid bo‘lish demakdir.

2. Suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyili. MO davlatlari (ayniqsa, Qozog‘iston, O‘zbekiston) o‘z hududiy yaxlitligini saqlashga katta e’tibor qaratadi. Ajralish harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ularga xavfli presedent sifatida ko‘rinadi.

3. Diplomatik muvozanat va neytrallik siyosati. MO davlatlari Turkiya bilan yaqinlikni saqlashga intiladi, biroq G‘arb, Rossiya, Xitoy kabi yirik geosiyosiy o‘yinchilar bilan munosabatlarga putur yetkazishni istamaydi. Shu sababli, ular “tan olmaslik, lekin betaraf turish” pozitsiyasini saqlamoqda.

4. Geosiyosiy bosim va iqtisodiy xavf. ShKTRni tan olish G‘arb davlatlarining bosimiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa sarmoya, savdo va xalqaro yordamlar yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
04/21/2025, 09:34
t.me/stratfocusca/2561
Repost
56
8
1.7 k
O‘zbekistonlik harbiylar Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida 1-o‘rinni oldi

Mudofaa vazirligi terma jamoasi VIII Xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida rekord natija qayd etgan. Unda jami 14 ta davlat — O‘zbekiston, Bahrayn, Saudiya Arabistoni (4 ta jamoa), AQSH, Marokash, Xitoy, Iordaniya, Iroq, Turkiya, Maldiv orollari, Shri Lanka, Belarus, Qozog‘iston va Qatardan 17 ta xalqaro jamoa va Pokistonning 14 ta jamoasi bellashdi (umumiy 31 ta jamoa).

Ikkinchi o‘rinni Xitoy, uchinchi o‘rinni Bahrayn jamoasi olgan.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
04/21/2025, 07:19
t.me/stratfocusca/2556
Repost
8
1.9 k
04/21/2025, 07:19
t.me/stratfocusca/2558
Repost
1
04/21/2025, 07:19
t.me/stratfocusca/2559
Repost
8
1.9 k
04/21/2025, 07:19
t.me/stratfocusca/2557
Repost
21
3
1.7 k
Kiyev rus-amerika kelishuviga qarshi

Ukraina Prezident Ofisi rahbari Andrey Yermakning Britaniya razvedkasi va Germaniyaning yangi kansleri Merts bilan erishgan kelishuvlari Kiyevning oldindan harakat qilish strategiyasiga jiddiy o‘tganini ko‘rsatmoqda. Yozda 300 ta uzoq masofali Taurus raketalari va yangi havo mudofaasi tizimlari yetkazilishi rejalashtirilgan. Ukraina o‘z mudofaa salohiyatini tezkor ravishda mustahkamlashga harakat qilmoqda, aniqrog’i Puyin va Trampning Saudiya Arabistonidagi sammitidan oldin.

Manbalarga ko‘ra, Kiyevda Moskva va Vashington o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot “qaytmas nuqta”ga aylanishi mumkinligini anglab yetishgan. Ukraina nafaqat qurol olishga, balki ushbu sammitni “buzish” uchun harbiy amaliyotlar o‘tkazishga ham shoshilmoqda — Kiyev xalqaro arxitekturani o‘z ishtirokisiz shakllanishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Xulosa qilib aytganda, Kiyev London va Berlin bilan aloqalarni kuchaytirib, kafillarni izlamoqda va murosaga emas, balki eskalasiyaga tayanmoqda. Ukraina bu tenglamada qolishni xohlaydi — hatto AQSH o‘yinni tark etmoqchi bo‘lsa ham.

G’arbiy alyans
04/20/2025, 15:33
t.me/stratfocusca/2555
14
14
2.3 k
⚡️Kuzatuvchilarning maqola/postlari uchun qabul ochiq!

Agar sizda Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, geosiyosat yoki hozirgi iqtisodiy jarayonlar haqida fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa — biz ularni kanalda chiqarishga tayyormiz.

Strategic Focus: Central Asia kanalida chiqadigan maqolalar: 1) jonli va professional auditoriya e’tiborida bo‘ladi; 2) hamkor kanallarda (@erontahlili, @westalliance) tarqatilishi mumkin; 3) tahririy ko‘mak bilan sifatli ko‘rinishda chiqadi.

Maqola, tahliliy sharh yoki analitik postlaringizni bizga yuboring — fikringizni tinglaydigan platforma bor!

✉️ @sfca_admin

Strategic Focus: Central Asia
04/20/2025, 11:46
t.me/stratfocusca/2554
14
6
1.7 k
Davomi

Inqilobning oqibatlari keng qamrovli bo‘ldi. Eron uchun bu shariat asosida boshqaruv, ayollar huquqlarining cheklanishi, muxolifatga qarshi repressiyalar (ayrim manbalarga ko‘ra, ilk 5 yilda 9000 dan ortiq odam qatl qilingan) va xalqaro izolyatsiyaga olib keldi. 1980–1988 yillarda Eron-Iroq urushi esa izolyatsiyani yanada kuchaytirdi. Fransiya esa inqilobdan siyosiy yoki iqtisodiy foyda ko‘rmadi: Xumaynining G‘arbga qarshi ritorikasi va AQSh elchixonasining bosib olinishi Parij va Tehron o‘rtasidagi aloqalarni murakkablashtirdi.

Inqilob siyosiy islomning o‘sishiga turtki berdi, radikal harakatlarni ilhomlantirdi va shia-sunniy qarama-qarshiligini keskinlashtirdi, bu esa Saudiya Arabistonining mintaqaviy yetakchiligini shubha ostiga qo‘ydi. O‘sha davrda boshlangan Eron va AQSh o‘rtasidagi tanglik esa hanuz global siyosatga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Parijning inqilob “buyurtmachisi” sifatida talqin qilinishi murakkab tarixiy jarayonlarni soddalashtirib yuboradi. Fransiya Xumayniyga boshpana bergan, ammo bu inqilobni tashkillashtirish degani emas. Geosiyosiy manfaatlar va AQSh bilan raqobat Xumayniy mavqeining mustahkamlanishiga bilvosita ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, biroq inqilobning asosiy sabablari ichki omillar edi: shoh rejimidan norozilik, repressiyalar, G‘arbona modernizatsiya va iqtisodiy tengsizlik.

Islom inqilobi tarixi shuni ko‘rsatadiki, tashqi o‘yinchilar voqealarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq undan keyingi jarayonlarni to‘liq nazorat qila olmaydilar.

Strategic Focus: Central Asia
04/20/2025, 09:38
t.me/stratfocusca/2553
16
7
1.6 k
Erondagi Islom inqilobi buyurtmachisi Parij bo‘lganmi? Faktlar, sabablar, natijalar va oqibatlar.

A.Abdulazizov, mustaqil ekspert

1979-yilgi Eron Islom inqilobining “buyurtmachisi” sifatida Parij yoki umuman Fransiyani ko‘rsatish masalasi hali ham taxminlar va geosiyosiy ssenariylar doirasida muhokama qilinmoqda. Akademik doiralarda bunday nazariyani tasdiqlovchi aniq dalillar yo‘q, biroq bu masala Yaqin Sharqdagi G‘arb davlatlarining roli kontekstida muhim tahliliy mavzulardan biridir.

1978-yilda Eron shialarining yetakchisi — oyatulloh Ruhulloh Xumayni Iroqda surgunlikda bo‘lganidan so‘ng, Fransiyaning Parij yaqinidagi Nofl-le-Shato qishlog‘iga joylashdi. 1978-yil oktabrdan 1979-yil fevraligacha u bu yerda siyosiy boshpana ostida yashadi. Fransuz hukumati Xumaynining shohga qarshi faoliyatiga to‘sqinlik qilmadi: u erkin ravishda xalqaro matbuot bilan aloqada bo‘ldi, audiomurojaatlar yozdi va ularni Eron aholisi orasida tarqatdi. Hatto, 1979-yil 1-fevral kuni Xumaynini Tehronga olib kelgan samolyot xavfsizligini ta’minlash uchun Fransiya rasmiy kafolat so‘ragan.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Nofl-le-Shatoda AQSh Davlat departamenti vakillari va Xumayni o‘rtasida maxfiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan. Bu uchrashuvlarda kommunistlar tomonidan hokimiyatni egallab olish ehtimoli va yangi tuzumning G‘arbga nisbatan siyosati muhokama qilingan. Fransiya, NATO a’zosi sifatida, ushbu aloqalardan xabardor bo‘lgan bo‘lishi yoki Xumayniga imkon yaratish orqali bu jarayonga bilvosita hissa qo‘shgan bo‘lishi mumkin. Biroq inqilobni bevosita uyushtirishda Fransiyaning faol ishtirok etganini ko‘rsatuvchi aniq dalillar yo‘q.

1970-yillarda Fransiya Yaqin Sharqda AQSh va Britaniyaga raqib sifatida o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilgan. Shoh Muhammad Rezo Pahlaviy davridagi Eron — AQShning muhim ittifoqchisi bo‘lib, bu holat Parijni qoniqtirmagan bo‘lishi mumkin. Fransiyaning Eron bilan neft va atom sohasida hamkorlik shartnomalari mavjud edi. Rejim o‘zgarishi bu shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish imkonini ochgan bo‘lishi mumkin. Ammo Xumayniga boshpana berilishi — Fransiyaning siyosiy muhojirlarni himoya qilishga doir tamoyillaridan kelib chiqqan, deb qaraladi.

Agar Fransiya bu jarayonga bilvosita qiziqqan bo‘lsa, bu geosiyosiy raqobat, AQSh ta’sirini cheklash va iqtisodiy manfaatlar bilan izohlanishi mumkin. Fransiyaning tarixiy jihatdan inqilobiy harakatlarga nisbatan iliq munosabati bor edi. Ammo Xumaynining teokratik g‘oyalari Parijning sekulyar qadriyatlariga zid edi. Shunday ekan, eng real ssenariy — bu pragmatik neytrallik: Fransiya aralashmadi, biroq to‘sqinlik ham qilmadi.

1979-yil 16-yanvarda shoh mamlakatni tark etdi va 1-aprel kuni referendum orqali Eron Islom Respublikasi e’lon qilindi. Xumayni oliy rahbar sifatida teokratik tizimni joriy etdi. Parijdagi faoliyati uning xalqaro miqyosdagi obro‘sini oshirdi va Eron ichida harakatni muvofiqlashtirish imkonini berdi. Biroq bu holat Fransiyaning inqilobni “zakaz qilganini” isbotlamaydi — u faqat inqilob uchun qulay muhit yaratgan, xolos.

Strategic Focus: Central Asia
04/20/2025, 09:37
t.me/stratfocusca/2552
18
12
1.5 k
“Dovud koridori” va Usmoniylar imperiyasi 2.0: Yaqin Sharqdagi yangi geostrategik to‘qnashuv

K.Ametov, mustaqil ekspert

Isroilning “Buyuk Isroil” loyihasi nafaqat siyosiy yoki harbiy, balki mafkuraviy asosga ega bo‘lgan milliy strategiyadir. Mazkur tashabbus mamlakat ichidagi ikki asosiy sivilizatsion guruh — sekulyar xavfsizlikparastlar va mistik-messianistik doiralar tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanmoqda. Birinchi guruh uchun bu — chegaralarni xavfsiz tarzda kengaytirish vositasi bo‘lsa, ikkinchisi uchun — “Mashiah” kelishiga tayyorgarlik va “bashariyatning yakuniy jangiga” tayyorgarlikdir.

Isroilning strategik manzarasi o‘zgarmoqda: shimoliy xavfsizlik chizig‘i Golan tepaliklaridan Suriyaning Dera, Suveyda va Kunaytra viloyatlarigacha kengaytirilmoqda. Bu — Damashq atrofida Isroil bufer zonasining paydo bo‘lishini anglatadi.

Bu kontekstda “Dovud koridori” loyihasi — Isroilning Suriya janubidan Deyr-az-Zor mintaqasigacha cho‘ziluvchi strategik yo‘lakni shakllantirish rejasidir. Loyiha bir necha strategik vazifani hal qiladi:

1. Eron va “qarshilik o‘qi”ni Suriya va Livan orqali Isroilga yaqinlashishdan to‘sadi.

2. Shimolda keng bufer hudud yaratadi va Golan tepaliklari ustidan doimiy nazoratni kafolatlaydi.

3. Kurd ittifoqchilarini mustahkamlaydi, ular esa turk va boshqa harbiy guruhlar bilan dushmanlikda.

4. Isroilni neft masalasida o‘z-o‘zini ta’minlaydigan davlatga aylantiradi, bu esa uni Ozarbayjon, Arab dunyosi, Turkiya, Qizil dengiz va Suvaysh kanali trassalaridan mustaqil qiladi.

5. Iordaniyani Suriyadan kirib kelayotgan harbiylar ta’siridan himoya qiladi.

Ammo bu loyihaning asosi — kurd omili — Turkiya uchun qizil chiziq hisoblanadi. Aynan shu yerda Isroilning shia-sunniy tahdidini bartaraf qiluvchi geostrategiyasi Turkiya yetakchiligidagi potensial sunniy ittifoqqa yangi hayot baxsh etishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, Eronga asoslangan “qarshilik o‘qi” o‘rniga Turkiya rahbarligidagi “sunniy front” vujudga keladi.

Turkiya va Isroil bugungi kunda hamkorlik qilayotgani (Ozarbayjon orqali neft-savdo va qurol texnologiyalari almashinuvi) vaziyatning murakkabligini ko‘rsatadi. XX asrning 30-yillaridagi SSSR va Germaniya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik qanday urush bilan yakun topganini esga olsak, bugungi yaqin hamkorlik ertaga geosiyosiy to‘qnashuvga aylanishi ehtimoldan xoli emas.

Xulosa qilib aytganda, Yaqin Sharqda ilk bor “Buyuk Isroil” konsepsiyasi bilan “Usmoniy imperiyasi 2.0” loyihasi strategik kesishuvga kelmoqda. “Dovud koridori” — bu shunchaki harbiy loyiha emas. Bu — yangi geopolitik arxitektura va aynan shu nuqtada Isroil o’z kelajagi uchun Eron emas, Turkiya bilan yuzma-yuz keladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/19/2025, 19:02
t.me/stratfocusca/2550
Repost
20
17
1.4 k
Vatikan va Eron yashirin ittifoqchi ekanligini bilasizmi?

Rim, 2025-yil 19-aprel. Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha Amerika–Eron muzokaralari Rimda o’tkazilayotgani hammaga oddiy tuyulishi mumkin, ammo bu yerda chuqur ma’no bor: Vatikan katoliklari har doimgidek sunniy rejimlar va Isroilning sionistik manfaatlariga qarshi Eronlik shialarga yon bosmoqda. Bu sir emas, balki yillar osha davom etib kelayotgan, lekin odatda tilga olinmaydigan fakt.

Katoliklar va shialar o‘rtasidagi aloqalar tarixi asrlarga borib taqaladi. Salib yurishlari davridayoq katolik cherkovi Yaqin Sharqda ittifoqchilar izlagan, va shialar, diniy ozchilik sifatida, ko‘pincha sunniy xalifaliklarga qarshi tabiiy hamkor sifatida qaralgan. Bundan tashqari, XVI asrda Rim papasi elchilari Safaviylar bilan Usmoniylarga qarshi ittifoq tuzishga harakat qilgan. Bugun ham bu an’ana yashab qolgan: Vatikan Eronda nafaqat Saudiya Arabistoni kabi sunniy monarxiyalarga nisbatan geosiyosiy muvozanatni, balki Falastindagi nasroniylarning ahvolini og‘irlashtirayotgan Isroilning sionistik siyosatini jilovlaydigan kuchni ko‘radi.

Nega katoliklar har doim shialarni qo‘llab-quvvatlaydi? G‘arbga qarshi ritorikasiga qaramay, Eron Livan, Suriya va o‘z hududidagi nasroniy jamoalarni himoya qiladi. Sunniy rejimlar esa ko‘pincha nasroniylar xavfsizligiga tahdid soladigan radikal oqimlarga yo‘l ochib bergan (masalan, Saudiya Arqbistoni). 2016-yilda Papa Fransisk va Eron prezidenti Ruhoniy o‘rtasidagi uchrashuv — bu qadimiy do‘stlikni tasdiqlovchi voqealardan biri, o‘shanda Vatikan Tehronni G‘arb bilan muloqot qilishi uchun “fotiha” berdi.

Rimdagi muzokaralarda AQSh Eronga bosim o‘tkazayotgan bir paytda, Vatikan odatdagidek sahna ortida vositachilik rolini bajarmoqda. Katoliklar shialarga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovini baland ovozda e’lon qilmaydi, ammo hamma biladi: bu o‘yinda katoliklar doimo Tehron tomonida — sunniy monarxiyalar va sionistik ambitsiyalarga qarshi. Bu tarixan shunday bo‘lgan, hozir ham shunday.

Nega bu haqida sukut saqlanadi? Yoki siz ham bu hammasi shunchaki “katta o‘yin”ning bir qismi deb hisoblaysizmi?

@erontahlili
04/19/2025, 17:01
t.me/stratfocusca/2549
10
3
1.8 k
Investitsiya yoki biznes yuritish uchun tijorat obyekti kerakmi? 

Space Property bilan investitsiya kiritish yoki obyektingizni sotish mumkin.

Kompaniya 1000 m² dan boshlab zarur maʼlumotlarga ega obyektlarni to‘pladi:

– maydoni va xarakteristikasi;

– asosiy afzalliklari;

– biznes uchun mo‘ljali va salohiyati.

Telegram-kanalimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
https://t.me/space_property
04/19/2025, 14:00
t.me/stratfocusca/2548
11
5
1.6 k
Davomi

Shu tariqa, Yevropa va Buyuk Britaniya muhim tanlov yoqasiga kelib qoldi. Yevropa geoiqtisodiy zarbani o‘zining subyektivligi va yetakchiligini mustahkamlash uchun imkoniyat sifatida ishlatishi mumkin, biroq buning uchun ichki qarama-qarshiliklarni yengish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va yangi reallik haqida ochiq gapirish zarur.

Buyuk Britaniya esa tanlashga majbur: muvozanat saqlashga urinishni davom ettirishmi yoki Yevropa bilan yanada yaqin va pragmatik yaqinlashuv uning uzoq muddatli manfaatlariga mos kelishini tan olishmi.

Strategic Focus: Central Asia
04/19/2025, 08:38
t.me/stratfocusca/2546
15
5
1.6 k
Yevropa AQShning o’rnini egallay oladimi?

M.Bobojonov, mustaqil tadqiqotchi

Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan global iqtisodiy tizim chuqur o‘zgarish davrini boshdan kechirmoqda. AQSh — ushbu tizimning an’anaviy yetakchisi — tobora ko‘proq global muvofiqlashtiruvchi rolidan voz kechayotganini ko‘rsatmoqda, ayniqsa Donald Trampning hokimiyatga qaytishi fonida. Shu sharoitda asosiy savol yuzaga chiqmoqda: Yevropa mustaqil tarzda xalqaro huquq, institutlar va barqarorlikni saqlash tashabbusini qo‘lga olishi mumkinmi?

Ekspertlar fikricha, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya — AQShning global iqtisodiy arxitekturasining kafili sifatidagi o‘rnini egallashga qodir yagona subyektlardir. Yevropa Ittifoqi dunyo YaIMining 18%ni tashkil qiladi, xalqaro miqyosda muhim o‘rin tutuvchi ikkinchi zaxira valyutaga — yevroga ega (20%), kuchli institutlar va xalqaro hamkorlik tarmoqlari bilan ajralib turadi. Biroq, birgalikda harakat qilish uchun zarur bo‘lgan siyosiy iroda hanuz zaif: a) yevrozona va unga kirmagan davlatlar o‘rtasidagi tafovutlar; b) Xitoyga nisbatan turlicha yondashuv; c) AQSh sanksiyalariga bo‘lgan turli darajadagi sezuvchanlik — bularning barchasi oldinga harakatni sekinlashtirmoqda.

Buyuk Britaniya esa, Yevropa Ittifoqidan tashqarida qolgan holda, uchta kuch markazi — Yevropa, AQSh va Xitoy o‘rtasida muvozanat saqlashga urinmoqda. Starmer hukumati, parlamentdagi ko‘pchiligiga qaramay, populistik Reform UK partiyasi fonida elektoratni yo‘qotishdan cho‘chib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Shu bois Londonning strategiyasi — tanlov qilish emas, balki uchala tomon bilan iloji boricha yaxshi aloqalarni saqlab qolish. Ammo bu “ko‘pvektorli” yondashuv tobora barqarorlikdan uzoqlashyapti. Ayniqsa savdo sohasida Yevropa Ittifoqi bu siyosatni tobora shubha bilan qarshi olmoqda — Britaniya AQSh tariflariga nisbatan simmetrik choralar ko‘rmasdan, Brussel va Vashingtondan imtiyozlar kutmoqda.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqida tizimli islohotlar uchun sharoitlar shakllanmoqda: YI prezidenti Ursula fon der Lyayen va yangi hukumatlar (xususan Germaniyada) deregulatsiya, birgalikdagi mudofaa va sanoat investitsiyalari kun tartibini ilgari surmoqda. Germaniya allaqachon infratuzilma uchun 500 milliard yevrolik jamg‘arma yaratish, shuningdek, harbiy xarajatlarni qarz cheklovlaridan chiqarib tashlash qarorini qabul qildi. Yevropa Ittifoqi yagona moliya bozorini yaratish, sun’iy intellekt, kosmik soha va avtomobilsozlikdagi raqobatbardoshlikni kuchaytirish yo‘lida harakat qilmoqda — aynan shu sohalarda u AQSh va Xitoydan ortda qolmoqda.

Biroq shunga qaramay, Yevropa ochiqchasiga transatlantik ittifoqqa sodiqligini namoyon etishda davom etmoqda. Hatto Tramp ma’muriyatining qadriyatlar, xavfsizlik va savdo borasidagi qarama-qarshi pozitsiyalariga qaramay, biror yevropalik lider Vashingtonni ochiq tanqid qilmayapti. Bu ikkiyuzlamachi yondashuv qo‘rquv bilan izohlanadi: Yevropa elitasi AQSh bilan ochiq uzilish xavfli ekanini tushunadi, biroq allaqachon o‘ziga xos mustaqil kurs bo‘yicha ichki ssenariylar ustida ishlashni boshlagan.

Yevropa Ittifoqi uchun eng jiddiy xatarlardan biri — Rossiyaga tegishli Yevropadagi muzlatilgan aktivlarni musodara qilish ehtimoli. Bunday harakat yevroning zaxira valyuta sifatidagi obro‘siga jiddiy zarba bo‘ladi. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash muhim, ammo bu yevropaliklar huquqiy tizimi va moliyaviy barqarorligiga bo‘lgan ishonch evaziga bo‘lmasligi kerak.

Buyuk Britaniya esa, o‘z navbatida, izolyatsiyaga tushib qolish xavfi ostida. “Hamma bilan yaxshi bo‘lish” siyosati oqibatida London na Yevropa bilan barqaror aloqalar, na AQSh bilan ishonchli bitimga erishishi mumkin. Eng yomoni, bunday ikki tomonlama o‘yin barcha hamkorlar nazarida ishonchsizlik uyg‘otishi mumkin. Brussel hozirda Londonni Yevropa xavfsizligi va mudofaasiga qisman jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, biroq buning uchun Britaniyadan aniq pozitsiya va ikkiyoqlamalilikdan voz kechish talab qilinmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
04/19/2025, 08:37
t.me/stratfocusca/2545
14
5
1.7 k
Xabarlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Ukraina Prezidentining Ofisi rahbari Andrey Yermakka ultimatum qo‘ydi: agar yaqin kunlarda vaqtinchalik sulh boshlanmasa, AQSh harbiy yordamni to‘liq to‘xtatadi va Ukrainaga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha auditni boshlaydi.

Davlat kotibi Rubio Yermak bilan qisqa, ammo, ehtimol, qat’iy suhbat o‘tkazdi. Shundan so‘ng, Kiyev pozitsiyasini o‘zgartirib, kelasi haftada Londonda masalani muhokama qilishga rozilik bildirdi.

Bu nimani anglatadi:

Birinchidan, AQSh cho‘zilib ketgan urushdan charchagan va mojaro ustidan “pauza” olishni istamoqda.

Ikkinchidan, moliyaviy yordam Kiyevga bosim vositasiga aylanyapti.

Uchinchidan, asosiy qarorlar endi Kiyevda emas, G’arb poytaxtlarida (asosan London) qabul qilinmoqda.

Taxminlarga ko’ra, agar Kiyev vaqtinchalik sulh variantidan voz kechsa, harbiy bosim faqat kuchayadi. Bunday holatda Zelenskiy: a) chaqiruv yoshini 19–20 yoshgacha tushiradi; b) ayollar mobilizatsiyasi kengayadi; c) armiyaning jangovar salohiyatini yana bir yilga cho‘zishga urinadi.

Fikrimizcha, katta ehtimol bilan “pauza” umuman bo‘lmasligi mumkin, urush esa davom etadi.

Strategic Focus: Central Asia
04/18/2025, 20:38
t.me/stratfocusca/2544
Repost
16
5
1.6 k
Manbalarga ko‘ra, 17 aprel kuni AQSh Parijda urushni yakunlash bo‘yicha bir qator takliflarni taqdim etdi. Asosiy g‘oya — Rossiya nazorati ostida qolgan hududlarni tan olish evaziga o‘t ochishni to‘xtatish.

Nima muhokama qilinmoqda:
— Rossiya hozir nazorat qilayotgan hududlar Kremlning o’zida qoladi;
— Ukrainani NATOga qabul qilish masalasi umuman ko‘rib chiqilmaydi — hozircha muzlatiladi;
— Kelishuv bo‘lsa, G‘arb Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlaydi va muzlatilgan aktivlarni qisman qaytaradi;
— Tinchlikparvar kuchlar bo‘lishi mumkin, faqat BMT sha’feligida;
— Har ikki tomon o‘zaro da’volardan, jumladan reparatsiyalardan voz kechadi;
— Ukraina chegaraga 50 km dan yaqin joyda yirik harbiy kuchlar joylashtira olmaydi — faqat chegara qo’shinlari.

Diplomatik ma’lumotlariga ko‘ra, Putin amalda nazorat qilayotgan hududlardan (Xerson, Zaporojye, Donetsk va Luganskning bir qismlari) boshqa barcha da’volardan voz kechishga tayyor. Biroq Kreml uchun eng muhimi — ushbu hududlar, kamida Qrim, ko‘pi bilan esa nazorat ostidagi barcha hududlar Rossiya tarkibida rasmiy tan olinishi kerak.

Agar Kiyev bu shartlarni qabul qilmasa, Vashington “o‘yindan chiqadi” — keyin esa bu Yevropa uchun jiddiy bosh og‘rig‘iga aylanadi.

Shu bilan birga, Zelenskiy Vashington takliflariga qat’iyan qarshi.

G’arbiy alyans
04/18/2025, 20:17
t.me/stratfocusca/2543
20
6
1.9 k
Istanbulda yuzaga kelgani norozilik namoyishlar ortida Isroil va Rossiya turgan bo‘lishi mumkin.

Istanbulda yuzaga kelgan siyosiy taranglik Turkiyaning Suriyadagi pozitsiyasi muttasil kuchayib borayotgani, bu esa Isroilga xavf tug‘dirayotgani hamda Erdog‘anning Putin bilan bo‘lgan telefon muloqotida Qrimni Ukrainaga qaytarish masalasini ko‘targani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

So‘ngi voqealar fonida Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Ahmad Al-Shara Suriyada vaziyatni nazoratga olib, davlatni barqarorlashtirgani Isroil uchun bevosita diniy, xavfsizlik, harbiy jihatdan katta xavf va Katta Isroil loyihasining amalga oshirilishini chippakka chiqarishi mumkin.

Putin bilan muloqotda Erdog‘an Turkiya uchun muhim va Rossiya nazoratiga o‘tishi Turkiya uchun xavfli bo‘lgan Qrimni Ukraina nazoratiga qaytarilishini so‘ragani tabiiyki Rossiyaga yoqimsiz bo‘lgani aniq. Bundan tashqari, Suriyadagi oxirgi voqealar fonida Rossiya o‘zining Yaqin Sharqdagi strategik obyekti bo‘lgan Tartus va Latakiyadagi harbiy bazalaridan ham ayrildi.

Mazkur voqealar fonida Isroil Suriyadagi vaziyatni beqarorlashtirish va o‘zining Katta Isroil loyihasiga zamin yaratishda davom etish uchun,
Rossiya esa Turkiyani Qrim pozitsiyasida “hovuridan” tushirish va Yaqin Sharqdagi muhim strategik ob’ekti bo‘lgan Tartus va Latakiyadagi harbiy bazalarini qaytarib olish maqsadida o‘zaro kelishib Istanbul sobiq meri Akrom Imom o‘g‘lini yashirincha qo‘llab Istanbuldagi noroziliklarni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin, chunki avvaldan Rossiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lib kelayotgan alaviy generallarining ham davlat to‘ntarishiga urinishi ham bejizga emas.

P.S. Erdog‘an o‘z chiqishlarining birida ushbu norozilik namoyishlari chet eldan qo‘llab-quvvatlanayotganini, Akrom Imomog’li rasmiy Ankara bilan kelishuvga erishgan kurdlarni atayin qayta qo’zg’ayotganini ta’kidladi.

K.Rahimov, mustaqil ekspert

Strategic Focus: Central Asia
04/18/2025, 13:51
t.me/stratfocusca/2542
Repost
19
18
1.2 k
TDT Modeli – Davlat rahbarlari sammiti

Toshkentda ilk bor Turkiy Davlatlar Tashkiloti formatida akademik simulyatsiya!

🗓 Sana: 26-aprel 2025
📍 Manzil: JIDU, Konferensiyalar zali
🏛 Tashkilotchi: Diplomatic Synergy
🧠 Loyiha asoschisi: Nodir Oblaqulov

TDT Modeli – bu nafaqat talabalarning diplomatik qobiliyatlarini rivojlantirish, balki “Turkiy hamjihatlik” mafkurasini yoshlar qalbiga singdirish imkoniyati hamdir.

Ishtirokchilar davlat rahbarlari rolida siyosat, iqtisod, xavfsizlik va energetika sohalarida muzokara olib boradilar. Sammit yakunida esa – “Toshkent Deklaratsiyasi – 2025” qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Siz ham kelajakdagi diplomat sifatida sahnaga chiqing!

Ro’yxatdan o’tish. (Arizalar topshirish muddati: 19 aprel)

@erontahlili
04/17/2025, 13:37
t.me/stratfocusca/2541
Repost
31
10
1.3 k
Manbalarga ko’ra, 20–22 may kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning norasmiy sammiti Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) — xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston kiradi. Vengriya va Turkmaniston esa kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi. Tashkilot turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, fan, ta’lim, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish maqsadida tuzilgan.

@erontahlili
04/17/2025, 10:50
t.me/stratfocusca/2540
8
9
1.8 k
AQShning yangi bojlari jahon iqtisodiyoti va biznesga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? – davomi
 
AQShda ishlab chiqarish nima bo‘ladi?
 
Tariflar import tovarlarning qimmatlashishi bois amerikalik ishlab chiqaruvchilarga yordam berishi kerak edi. Ammo amalda hammasi murakkabroq. AQShdagi ko‘plab kompaniyalar po‘lat, alyuminiy yoki mikrochiplar kabi import qilinadigan materiallarga bog‘liq. Tariflar tufayli bu materiallar qimmatlashadi, demak, ishlab chiqarish xarajatlari oshadi.
 
Ishlab chiqarishni faqat Amerika materiallaridan foydalanish uchun qayta qurish uzoq va qimmatga tushadi. Bundan tashqari, AQShda malakali ishchilar yetishmaydi, ularsiz yangi zavodlar to‘liq quvvat bilan ishlay olmaydi. Agar kompaniyalar ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshlasalar ham, bu tovarlar narxining oshishiga va inflyatsiyaga olib kelishi mumkin.
 
Banklar va investitsiyalar ham zarar ko‘rmoqda
 
Banklar 2025-yilda iqtisodiyot o‘sishini va kompaniyalar ko‘proq kredit olishini kutgan edi. Ammo tariflar bilan bog‘liq noaniqlik tufayli biznes ehtiyotkor bo‘lib qoldi. Kompaniyalar yangi zavodlar qurish yoki uskunalar sotib olishni kechiktiradi, bu esa kreditlarga bo‘lgan talabni kamaytiradi. Agar ba’zi tarmoqlar tariflar tufayli pul yo‘qota boshlasa, banklar to‘lovlarni kechiktirishi mumkin.
 
Ayniqsa, mahalliy kompaniyalarga qaram bo‘lgan kichik hududiy banklarga qiyin. Agar biznes sarmoya kiritishdan qo‘rqsa, bu umuman iqtisodiyotning rivojlanishini sekinlashtiradi.
 
Umuman olganda, tariflar muammolarni hal qilishdan ko‘ra ko‘proq qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Ular narxlarning oshishiga, talabning pasayishiga va hatto iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun AQSH o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishi mumkin. Masalan, boshqa mamlakatlar bilan savdo muzokaralariga qaytish yoki biznes uchun imtiyozlar joriy etish mumkin. Shuningdek, ishchilar yetishmasligi muammosini hal qilish va global ta’minot zanjirlarini barqarorlashtirish yo‘llarini izlash kerak.
 
Agar AQSH yolg‘iz harakat qilishda davom etsa, bu dollarni jahon valyutasi sifatida zaiflashtirishi mumkin. Boshqa mamlakatlar muqobil variantlarni izlay boshlaydi, bu esa Amerika biznesining hayotini yanada qiyinlashtiradi. Bunday bo‘lmasligi uchun boshqa davlatlar bilan ko‘proq hamkorlik qilish kerak.

Strategic Focus: Central Asia
04/16/2025, 18:01
t.me/stratfocusca/2538
6
8
1.5 k
AQShning yangi bojlari jahon iqtisodiyoti va biznesga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
 
Maftuna Abdullayeva, mustaqil tadqiqotchi
 
Yaqinda AQSH ko‘plab mamlakatlar va sohalarga ta’sir ko‘rsatgan yangi bojlarni (tarif) joriy qildi. Bu global ta’minot zanjirlari, logistika va hatto sug‘urtada tartibsizlikni keltirib chiqardi. Tariflar qachongacha davom etishi va qanday ishlashini hech kim aniq bilmaydi, ammo hozirning o‘zidayoq ular butun dunyo bo‘ylab biznes uchun muammolarni keltirib chiqarmoqda. Keling, nima bo‘layotganini oddiy so‘zlar bilan ko‘rib chiqaylik.
 
Jahon savdosi va yuklarni yetkazib berishdagi muammolar
 
Yangi tariflar AQShdagi portlar va omborlarning normal ishlashiga xalaqit bermoqda. Amazon va Walmart kabi yirik kompaniyalar bojxonada yuklarni rasmiylashtirishni to‘xtatib qo‘yishmoqda, chunki ular qancha to‘lashlari kerakligini tushunmayaptilar. Shu sababli omborlar to‘lib, mahsulotlar yetkazib berish kechikmoqda. Eng yirik tashuvchilardan biri bo‘lgan Maersk kompaniyasi bu jahon iqtisodiyotini sekinlashtirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
 
Ko‘pgina kompaniyalar tariflar joriy etilishidan oldin ulgurish uchun 2024-yil oxirida zaxira tovarlarini sotib olishni boshlagandilar. Natijada, tashish uchun mo‘ljallangan konteynerlarga talab keskin oshdi. Ammo endi, tariflar amal qila boshlagach, tovarlarga bo‘lgan talab pasayishi mumkin, chunki ular qimmatlashadi. Bu esa endi marshrutlarni rejalashtirish va zaxiralarni boshqarishni bilmaydigan transport kompaniyalariga ziyon yetkazishi aniq.
 
Logistika va ta’minot zanjirlari zarba ostida
 
Tariflar nafaqat AQShga, balki butun dunyoga ta’sir qildi. Logistika kompaniyalari yo‘nalishlarni o‘zgartirishga va yangi yetkazib beruvchilarni izlashga majbur bo‘lmoqda. Ba’zilar tovarlarni Xitoy yoki Meksikadan emas, balki boshqa mamlakatlardan sotib olishni boshladilar, ammo tariflar ularga ham ta’sir qilganligi ma’lum bo‘ldi. Bu chalkashlikni keltirib chiqaradi: kompaniyalar o‘z xarajatlari va ta’minotini rejalashtira olmayaptilar.
 
Xarajatlarni kamaytirish uchun ba’zi firmalar ishlab chiqarishni turli mamlakatlar o‘rtasida taqsimlashga yoki tovarlarni AQShda to‘plashga harakat qiladilar. Ammo bu qimmat va qiyin, ayniqsa, ortiqcha puli yoki resurslari bo‘lmagan kichik kompaniyalar uchun. Natijada, butun logistika qimmatroq va samarasizroq bo‘lmoqda.
 
Sug‘urta kompaniyalari ham sarosimada
 
Tariflar sug‘urta kompaniyalari uchun ham muammo tug‘dirmoqda. Yuklarni yetkazib berishdagi kechikishlar biznes foydani yo‘qotishini anglatadi va sug‘urtalovchilar buni qoplashlari kerak. Agar tovarlar yo‘lda shikastlansa yoki yo‘qolsa, yangi bojlar tufayli ularni almashtirish qimmatlashadi. Bundan tashqari, agar boshqa davlatlar javob tarifini joriy qilishni boshlasa, bu yetkazib berishlarni o‘z vaqtida to‘lay olmaydigan kompaniyalarning qarzga botishiga olib kelishi mumkin.
 
Sug‘urta kompaniyalari allaqachon zararlarning o‘sishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va o‘z xizmatlari narxini oshirmoqda. Bu shuni anglatadiki, biznes nafaqat tovarlar uchun, balki sug‘urta uchun ham ko‘proq pul to‘lashi kerak bo‘ladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/16/2025, 18:01
t.me/stratfocusca/2537
20
9
1.5 k
O‘z kuchingga tayan! - davomi

Muqobil rivojlanish yo‘nalishlari

Agar investitsiyalar va turizm kerakli ta’sir bermasa, e’tiborni nimaga qaratish kerak? O‘zbekiston uchun eng mantiqli yo‘l — ichki resurslar va strategik tarmoqlarni davlat nazorati ostida rivojlantirish.

Sanoat va resurslarni qayta ishlash: Xomashyoni eksport qilish (paxta, gaz, oltin) o‘rniga yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar — to‘qimachilik, kimyo sanoati, metallurgiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarur. Bu ish o‘rinlarini yaratadi va soliqlarni oshiradi.

Qishloq xo‘jaligi: Meva, sabzavot, yong‘oq kabi mahsulotlarni eksport qilishga qaratilgan modernizatsiya qishloq xo‘jaligini barqaror daromad manbaiga aylantiradi.

Ta’lim va texnologiyalar: Inson kapitali va IT-sohasiga investitsiya uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, yoshlarga mamlakatda ish topish imkonini beradi, ularni chetga ketishdan saqlaydi.

Ushbu sohalarda davlat nazorati foydani mamlakat ichida saqlashga yordam beradi, uni chet elga chiqib ketishdan saqlaydi.

Demografik xavf va iqtisodiy vaziyat

Nihoyat, demografik omilni ham inobatga olish kerak. Aholi soni, avvalgi tizim davrida qabul qilingan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralariga ko‘ra, barqaror o‘sishni boshlagan edi. O‘sha davrda odamlar iqtisodiy/siyosiy cheklovlarga qaramay, ijtimoiy barqarorlik va davlat yordami borligiga ishongan holda farzandli bo‘lishda davom etgan. Ammo sarmoya va turizm kabi ishonchsiz tashqi omillarga tayanish tufayli iqtisodiy vaziyat yomonlashsa, bu demografik o‘sishni to‘xtatishi mumkin. Yosh oilalar ertangi kunga ishonmay farzand ko‘rmaslikni tanlashi mumkin. Aholisining qariyb 60% 30 yoshdan kichik bo‘lgan davlat uchun bu kelajakdagi iqtisodiy salohiyatga zarba bo‘ladi.

Xulosa qilib aytsak, chetdan kelayotgan illyuzion umidlar o‘rniga O‘zbekiston strategik sohalarda davlat nazoratini mustahkamlashi va ichki salohiyatni rivojlantirishi kerak. Faqat shundagina barqaror o‘sishga erishish, demografik yuksalishni saqlab qolish va xorijlik “do‘stlar” uchun emas, balki xalq uchun xizmat qiladigan iqtisodiyotni qurish mumkin bo‘ladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/16/2025, 15:40
t.me/stratfocusca/2535
20
11
1.5 k
O‘z kuchingga tayan!

M.Imomov, mustaqil tadqiqotchi

Investitsiyalar va turizm ko‘pincha O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari sifatida ko‘riladi. Biroq, bu yo‘nalishlar mamlakat iqtisodiyoti uchun, ayniqsa uzoq muddatda, kutilgan natijani bermasligi mumkin. Keling, nega xorijiy investorlar va turizmga tayanish aldamchi umid bo‘lishi mumkinligini va davlat nega mustaqil rivojlanishga e’tibor qaratishi lozimligini tahlil qilamiz.

Investitsiyalar: davlat budjeti uchun daromad illyuziyasi

Xorijiy sarmoyalar ko‘pincha O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun najot sifatida talqin qilinadi, ammo haqiqat shundaki, ular davlat budjetiga sezilarli daromad keltirmaydi. Masalan, mamlakatga kelayotgan investorlar odatda faqat cheklangan miqdorda soliq to‘laydi — shartli ravishda 20–30% atrofida (aniq raqamlar imtiyozlar va kelishuvlarga bog‘liq, masalan, O‘zbekistonda kapitalni jalb qilish uchun ko‘plab soliq yengilliklari qo‘llaniladi). Shu bilan birga, foydaning asosiy qismi — ko‘pincha 70–80% — chet el kompaniyalariga qaytadi yoki mamlakatdan olib chiqiladi. Bu esa shuni anglatadiki, milliy iqtisodiyot o‘zi nazorat qilgan taqdirda olishi mumkin bo‘lgan daromadning faqat ozgina qismini oladi.

Davlat budjeti esa — ijtimoiy dasturlar, infratuzilma va ta’limni moliyalashtiruvchi manba sifatida — yetarlicha mablag‘ ololmaydi. O‘z resurslarini mustahkamlash o‘rniga, O‘zbekiston xorijiy korporatsiyalar boyish maydonchasiga aylanish xavfi ostida. Tarix shuni ko‘rsatadiki, xorijiy kapitalga qat’iy nazoratsiz tayangan mamlakatlar ko‘pincha qarz domiga tushadi yoki iqtisodiy mustaqilligini yo‘qotadi. Shu bois, xorijiy “do‘stlar”dan kelayotgan “fantastik investitsiyalar” o‘rniga O‘zbekiston ichki salohiyatini — davlat korxonalari, mahalliy biznes va texnologik innovatsiyalarni — rivojlantirishi lozim. 37 milliondan ortiq aholiga va boy tabiiy resurslarga (gaz, oltin va boshqalar) ega bo‘lgan yosh davlat uchun iqtisodiyot ustidan davlat nazorati begonalarga ishonishdan ko’ra ancha samarali bo‘lishi mumkin.

Turizm: xayoliy iqtisodiy najot

Turizm ham O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun mo‘jizaviy yechim bo‘la olmaydi. Keling, Hindiston va Tailand kabi yirik turistik mamlakatlar tajribasiga nazar solamiz.

Hindiston. 2019-yilda, pandemiyadan oldin, Hindistonga 10,9 million xorijiy sayyoh kelgan, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 9,2 millionga tiklandi. Ichki turizm ham katta — yilda 2 milliarddan ortiq safar. Shunga qaramay, Hindistonda qashshoqlik darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda: 12–15% aholisi (175–200 million kishi) kambag‘allik chegarasidan pastda yashaydi (Jahon bankiga ko‘ra, kuniga - $3,65). Turizm daromad keltiradi, biroq bu daromadlar teng taqsimlanmaydi — asosan xususiy qo‘llarda va yirik shaharlarda to‘planadi. Qishloq hududlari va kambag‘al aholi esa foyda ko‘rmaydi.

Tailand. Bu mamlakat turizmda yetakchi hisoblanadi. 2019-yilda Tailandga 39,8 million sayyoh kelgan, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 32 millionni tashkil etdi. Turizm daromadi YAIMning 11–12% atrofida. Ammo mamlakatda qashshoqlik darajasi hanuz mavjud: 6,8% aholisi (4,7 million kishi) milliy mezonlarga ko‘ra qashshoqlikda yashaydi, qishloqlarda esa bu ko‘rsatkich yanada yuqori. Turizm ish o‘rinlari yaratadi, biroq ular ko‘pincha past haq to‘lanadigan va mavsumiy bo‘ladi, tizimli tengsizlik muammosini hal qilmaydi.

O‘zbekiston. 2024-yilda mamlakatni 10,4 million sayyoh (asosan ichki va mintaqaviy turizm. Ya’ni, chegarani 1 odam 100 marta ham kesib o’tsa, 100 kishi sifatida hisoblanadi) ziyorat qildi. Hatto turistlar soni oshgan taqdirda ham, bu sohadagi daromad kambag‘allik darajasini (2024-yil ma’lumotiga ko‘ra 8,9%) sezilarli darajada kamaytirmaydi yoki hayot sifatini tubdan oshirmaydi. Mablag‘lar asosan xususiy operatorlar qo‘liga tushadi, davlat budjeti esa — ta’lim, sog‘liqni saqlash yoki sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan resurslardan mahrum bo‘ladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/16/2025, 15:39
t.me/stratfocusca/2534
19
53
2.4 k
Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qildi!

Qadimiy yozma manbalar, ziyorat turizmi, muzeyshunoslik, kutubxonachilik va multimedia sohalarida malakali mutaxassislar uchun ajoyib imkoniyat!

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: saralash va suhbat.

Rezyume yuborish uchun: @Islommarkazi_bot

Bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil: https://cisc.uz/ky/vacancies/

Strategic Focus: Central Asia
04/15/2025, 13:58
t.me/stratfocusca/2533
10
7
1.8 k
Istanbul merining hibsga olinishi ortidan Turkiyada nima bo‘lyapti? - davomi
 
Nega aynan hozir?
 
Turkiya qiyin ahvolda: iqtisodiy barqarorlik yo‘q, inflyatsiya osmonga chiqdi, aholi esa narxlarning o‘sishidan norozi. Muxolifat, shu jumladan CHP, bu vaziyatni imkoniyat deb ko‘rib, muddatidan oldin saylovlarni talab qilmoqda. Ammo Erdog‘anning qo‘lida kuchli kartalar bor. Birinchidan, u G‘arb (ayniqsa, Yevropa) bu holatga aralashmaydi deb hisoblaydi, chunki Turkiya NATOning muhim ittifoqchisi. Ikkinchidan, yaqinda kurd yetakchilari bilan o‘tkazilgan muzokaralar, ular tinchlikka chaqirganlari bilan, uning pozitsiyasini mustahkamlamoqda.
 
Imamog‘luning hibsga olinishi CHPning ichki bo‘linishini ham kuchaytirdi. Partiya allaqachon 2023-yilgi yetakchilik almashinuvidan keyin bo‘linib ketgan, va hozir ichki kurash davom etmoqda. Korruptsiya va kurdlar bilan aloqadorlik bo‘yicha ayblovlar bu ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi. Erdog‘an esa raqiblarini zaiflashtirish uchun bunday vaziyatlardan mohirona foydalanmoqda.
 
Endi nima bo‘ladi?
 
Erdog‘an faqat hokimiyatda qolish bilan cheklanmoqchi emas — u o‘zidan keyin kuchli partiyani qoldirmoqchi. U AKP usiz parchalanib ketishidan xavotirda, chunki Turkiya tarixida bunday holatlar bo‘lgan. Shuning uchun u partiya tuzilmasini mustahkamlash va ta’sirini kuchaytirishga harakat qilmoqda.
 
Muxolifat uchun Imamog‘luning hibsga olinishi — bu chaqiriq. Ular birlashib yangi nomzodni ilgari surishga urinib ko‘rishlari mumkin, ammo ichki mojarolar bunga halal bermoqda. Agar iqtisodiy vaziyat yomonlashuvi davom etsa, ular uchun imkoniyat paydo bo‘ladi, lekin Erdog‘an tajribali siyosatchi, u ko‘plab inqirozlardan g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
 
Xulosa qilib aytganda, mamlakat burilish nuqtasida. Bir tomondan, Erdog‘an o‘z vektorini davom ettirmoqchi. Ikkinchi tomondan esa, muxolifat o‘zgarishlarni xohlaydi va xalqning noroziligidan foydalanishga urinmoqda. Siyosiy kurash tobora keskinlashmoqda, va Imamog‘luning hibsga olinishi — kelajak uchun kurashning bir epizodi, xolos.
 
Sizningcha, muxolifat Erdog‘anga qarshi tura oladimi? Fikringizni izohlarda yozing!

Strategic Focus: Central Asia
04/15/2025, 13:40
t.me/stratfocusca/2532
23
8
1.7 k
Istanbul merining hibsga olinishi ortidan Turkiyada nima bo‘lyapti?
 
Yaqinda Istanbul meri Ekrem Imamog‘luning hibsga olinishi Turkiyada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. U 2028-yilgi prezidentlik saylovlarining eng kuchli nomzodlaridan biri sifatida qaralgan edi. Mamlakat allaqachon og‘ir iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda, endi esa siyosiy taranglik ham kuchaymoqda. Muxolifatchi nega qamaldi va amaldagi hukumatning maqsadi nima?
 
Imamog‘lu bilan nima bo‘ldi?
 
Imamog‘lu jiddiy jinoyatlarda ayblanmoqda: korruptsiya, tenderlar bilan manipulyatsiya, terrorchilik tashkiloti (Kurd ishchilar partiyasi) bilan aloqalar va hatto jinoiy guruhga rahbarlik qilish. Bu ayblovlar ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi, ayniqsa, bu holatni prezident Erdo‘g‘anning kuchli raqibini saylov oldidan yo‘qotish urinishidek ko‘rayotganlar orasida.
 
Ammo gap faqat saylovda emas. Hibsga olinishi arafasida Istanbul universiteti Imamog‘luning diplomini bekor qildi. Konstitutsiyaga ko‘ra, prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun oliy ma’lumot bo‘lishi shart — bu esa uni avtomatik ravishda nomzodlik huquqidan mahrum qiladi. Bu esa, bu ish ancha murakkab siyosiy o‘yinning bir qismi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ehtimol, Erdog‘an nafaqat Imamog‘luni sahnadan olib tashlamoqchi, balki u a’zo bo‘lgan asosiy muxolifat partiyasi — Xalq Respublikachilar partiyasini (CHP) ham zaiflashtirish niyatida.
 
Erdog‘anga bu nima uchun kerak?
 
Erdog‘an 20 yildan ortiq hokimiyat tepasida va uning partiyasi (Adolat va Taraqqiyot partiyasi — AKP) mamlakatda katta ta’sirga ega. Biroq 2028-yilda uning prezidentlik muddati yakuniga yetadi va konstitutsiyaga ko‘ra, u qayta saylanolmaydi. Ammo u o‘yinni o‘zgartirmoqchi degan mish-mishlar yuribdi — masalan, 2027-yilda muddatidan oldin saylov o‘tkazish yoki konstitutsiyani qayta yozish orqali hokimiyatda qolmoqchi.
 
Imamog‘lu Erdog‘an uchun haqiqiy tahdid edi. U Istanbul merligi saylovida g‘alaba qozongan — bu AKP uchun og‘ir zarba bo‘lgan edi. Ularni siyosiy maydondan yo‘q qilish orqali Erdo‘g‘an nafaqat vaqt yutmoqda, balki butun Turkiya siyosatini qayta shakllantirmoqchi. Uning maqsadi — AKPni mamlakatning yagona yetakchi kuchiga aylantirish va islomning jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish. Bu har doim uning dasturida muhim jihat bo‘lib kelgan.

Strategic Focus: Central Asia
04/15/2025, 13:39
t.me/stratfocusca/2531
42
20
1.7 k
Talaba murojaati: ta’lim eksportimi yoki mafkura importi?

Xorijiy OAVlarda O‘zbekistonlik talabadan olingan murojaat e’lon qilindi. Unga ko‘ra, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya Davlat Neft va Gaz Universitetining Toshkent filialida Ukraina–Rossiya urushi bo‘yicha bir tomonlama targ‘ibot olib borilmoqda.

Bu holat ikki muhim savolni kun tartibiga olib chiqadi:

1. Xorijiy filiallarda ideologik neytrallik masalasi: Akademik muhitda siyosiy pozitsiyalarni targ‘ib qilish o‘rniga, talabalarga mustaqil fikrlash imkonini berish kerak emasmi?

2. Ta’lim — geosiyosiy qurolga aylanyaptimi? Rossiya oliygohlari O‘zbekistonda faollashar ekan, ular bilan birga muayyan mafkura modelining ham kirib kelishi xavfi mavjud.

Fikrimizcha, O‘zbekistonning oliy ta’lim makonida xorijiy hamkorlik siyosiy neytrallik, akademik erkinlik va talabalarning huquqlariga hurmat tamoyillariga asoslanishi kerak.

Strategic Focus: Central Asia
04/14/2025, 10:19
t.me/stratfocusca/2530
Repost
7
1.6 k
04/13/2025, 20:10
t.me/stratfocusca/2529
Repost
7
1.6 k
04/13/2025, 20:10
t.me/stratfocusca/2528
Repost
42
7
1.6 k
Afg’oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi va vazirlik bog’i (bu hududda faqat afg’on diplomatlari sayr qilishi mumkin).

@erontahlili
04/13/2025, 20:10
t.me/stratfocusca/2526
Repost
7
1.6 k
04/13/2025, 20:10
t.me/stratfocusca/2527
18
24
1.7 k
Quyida Rustam Aziziyning (Tojikiston) “Vatan” jurnalida chiqqan “Diniy radikalizm: an’analar inqirozimi yoki yoki yangi reallik?” nomli maqolasidan parchani keltiramiz. Fikr va munosabatingizni izohlarda qoldiring.

Yolg’on qoliplar

Radikallashuvga qarshi turishning tub muammolaridan biri shundan iboratki, tahlilchilar va kuch ishlatadigan tuzilmalar ko‘pincha barqaror, lekin real manzarani ko‘rishga to‘siqlik qiluvchi yolg‘on qoliplar asiriga aylanadi.

Keng yoyilgan uydirmalardan biri radikallar haqida ular savodsiz, jamiyatdan uzilib qolgan kimsalar, degan tasavvurdur. Omma ongida tipik ekstremist obrazi o‘rnashib qolgan: soqol, kalta ishton, ko‘z-ko‘z qilinadigan diniy fe’l-atvor. Aslida esa, radikallashganlarning sezilarli qismi tashqi tomondan ajralib turmaydigan, ta’lim ko‘rgan yoshlar, talabalar, o‘rta sinf vakillaridir.

Yana bir uydirma — diniy ta’limning past darajasi radikallashuvning sababi, degan fikrdir. Gap ta’lim darajasida emas, ta’lim qanday yo‘nalishda olingani, qanday talqinlar qabul qilinganidadir. Diniy ta’lim darajasi ko‘tarilsa, muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, deb hisoblash xatodir. Muqobil qarashlar, tanqidiy anglash va keng diniy diskurs taklif etilmasa, ilohiyotning chuqur o‘rganilishi ham radikallashuvning oldini ololmaydi.

Radikallashuv, asosan, xorijdagi mehnat muhojirlari orasida ro‘y beradi, degan nuqtai nazar ham keng tarqalgan. Ammo tadqiqotlar, garchi muhojirlar shunday tahdid ostida ekaniga qaramay, ular orasida radikallashuv darajasi yuqori emasligini ko‘rsatmoqda.

Me’yoriy-huquqiy mexanizmlar mavjud bo‘lishiga qaramay, dunyoviy qadriyatlar targ‘iboti ekstremizmga qarshi turish tizimining zaif halqasi bo‘lib qolmoqda. “Dunyoviylik” shunchaki quruq bayonot xarakterida tilga olinadi. Muammo shundaki, ijtimoiy ongda “dunyoviylik” atamasi ko‘pincha salbiy ruhda, “ma’naviyatsizlik” yoki ateizm sifatida idrok etiladi. Dunyoviy tamoyillar faqat bayon etilib qolmay, ta’limiy va ijtimoiy jarayonlarda faol ravishda uyg‘unlashtirilishi ham kerak.

Dunyoviylik barqaror jamiyatni shakllantirishda tub asos bo‘lishi mumkin, negaki u diniy erkinlik va fuqarolik o’zligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydi. Ammo bugun uning salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanilmayapti, bu esa ekstremizmga mafkuraviy qarshilik ko‘rsatishda bo‘shliqlarni yuzaga keltirmoqda. Dunyoviy tamoyillar ijtimoiy safarbarlik vositasiga aylanib, radikal g‘oyalarni istisno qiluvchi fuqarolik o’zligining muqobil modellarini shakllantirishi hamda ekstremistik mafkuralarga chidamli muhit yaratishi lozim.

Strategic Focus: Central Asia
04/12/2025, 19:40
t.me/stratfocusca/2524
Repost
12
1.4 k
04/12/2025, 14:24
t.me/stratfocusca/2523
Repost
20
12
1.4 k
Ikki mashhur prezident haqida ikki muhim kitob!

Istiqlolli xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Islomxon Gafarov tomonidan yozilgan ikki asar sizni XX asr siyosati olamiga olib kiradi:

1. “General Prezident Eyzenxauer” – Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi davrda dunyo taqdirini belgilagan amerikalik general va AQSH Prezidenti Duayt Eyzenxauerni yangi nigohda ochib beradi. Kitobda urush yillari, prezidentlik siyosati hamda o’tgan asrning 40–60-yillaridagi global siyosiy muhit yoritilgan.

2. “Jon Fitsjerald Kennedi” – AQSHning 35-prezidenti, tarixda yorqin iz qoldirgan Kennedining hayoti, oilasi, orzulari va murakkab siyosiy qarorlarini chuqur ochib beruvchi asar. Kitobda shuningdek o‘sha davrdagi tarixiy vaziyat va siyosiy jarayonlar keng ko‘lamda tahlil qilingan.

Har ikki kitob – XX asr liderlarini tushunish uchun muhim manba. Tavsiya qilamiz!

Grand Strategiya - xalqaro munosabatlar, geosiyosat va tahlil
04/12/2025, 14:24
t.me/stratfocusca/2522
Repost
1
04/12/2025, 14:22
t.me/stratfocusca/2521
Repost
1
1
Ikki mashhur prezident haqida ikki muhim kitob!

Istiqlolli xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Islomxon G’afarov tomonidan yozilgan ikki asar sizni XX asr siyosati olamiga olib kiradi:

1. “General Prezident Eyzenxauer” – Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi davrda dunyo taqdirini belgilagan amerikalik general va AQSH Prezidenti Duayt Eyzenxauerni yangi nigohda ochib beradi. Kitobda urush yillari, prezidentlik siyosati hamda o’tgan asrning 40–60-yillaridagi global siyosiy muhit yoritilgan.

2. “Jon Fitsjerald Kennedi” – AQSHning 35-prezidenti, tarixda yorqin iz qoldirgan Kennedining hayoti, oilasi, orzulari va murakkab siyosiy qarorlarini chuqur ochib beruvchi asar. Kitobda shuningdek o‘sha davrdagi tarixiy vaziyat va siyosiy jarayonlar keng ko‘lamda tahlil qilingan.

Har ikki kitob – XX asr liderlarini tushunish uchun muhim manba. Tavsiya qilamiz!

Grand Strategiya - xalqaro munosabatlar, geosiyosat va tahlil
04/12/2025, 14:22
t.me/stratfocusca/2520
Repost
1
04/12/2025, 14:21
t.me/stratfocusca/2519
Repost
1
1
Ikki mashhur prezident haqida ikki muhim kitob!

Istiqlolli xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Islomxon G’afarov tomonidan yozilgan ikki asar sizni XX asr siyosati olamiga olib kiradi:

1. “General Prezident Eyzenxauer” – Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi davrda dunyo taqdirini belgilagan amerikalik general va AQSH Prezidenti Duayt Eyzenxauerni yangi nigohda ochib beradi. Kitobda urush yillari, prezidentlik siyosati hamda o’tgan asrning 40–60-yillaridagi global siyosiy muhit yoritilgan.

2. “Jon Fitsjerald Kennedi” – AQSHning 35-prezidenti, tarixda yorqin iz qoldirgan Kennedining hayoti, oilasi, orzulari va murakkab siyosiy qarorlarini chuqur ochib beruvchi asar. Kitobda shuningdek o‘sha davrdagi tarixiy vaziyat va siyosiy jarayonlar keng ko‘lamda tahlil qilingan.

Har ikki kitob – XX asr liderlarini tushunish uchun muhim manba. Tavsiya qilamiz!

Grand Strategiya - xalqaro munosabatlar, geosiyosat va tahlil
04/12/2025, 14:21
t.me/stratfocusca/2518
34
25
1.7 k
Turk OAVlari Yevroittifoq–Markaziy Osiyo sammitidan so‘ng mintaqani xiyonatda ayblamoqda

Yaqinda bo‘lib o‘tgan YI–Markaziy Osiyo sammiti Turkiyaning ayrim OAVlarida keskin tanqidga sabab bo‘ldi. Jumladan, Cumhuriyet va Birgün nashrlari Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonni Anqaraga xiyonat qilishda aybladi. Sabab — ushbu davlatlar Yevropa Ittifoqi tomonidan taklif qilingan 12 milliard yevrolik investitsiyalar evaziga Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan olmaslik majburiyatini olgan deklaratsiyani imzolaganidir. Turk jurnalistlari bu qarorni Erdog’anning “diplomatik mag‘lubiyati” va “birodar aloqalarni iqtisodiy foyda evaziga sotish” deb baholadi. Ammo bu qarorning ortida nima yotibdi? Bu haqiqatan ham xiyonatmi?

Markaziy Osiyo davlatlarining motivlari: pragmatizm va manfaatlar muvozanati

Markaziy Osiyo davlatlarining sammitdagi qarorlari aniq va asosli sabablar bilan izohlanadi. Ularni xiyonat deb atash qiyin. Asosiy motivlar quyidagilardan iborat:

1. Iqtisodiy manfaatlar. YI Markaziy Osiyo uchun infratuzilma, “yashil energetika”, raqamli aloqalar va Xitoy–YI yo‘nalishidagi O’rta yo‘lak (Central Corridor) orqali savdo yo‘llarini rivojlantirish uchun 12 milliard yevro miqdorida investitsiya va’da qildi. Modernizatsiyaga intilayotgan va global bozorlarga chiqishni istayotgan mintaqa uchun bu — ulkan imkoniyat. Iqtisodiy o‘sish va infratuzilmani rivojlantirish mafkuraviy sadoqatdan ustun qo‘yilmoqda.

2. Geosiyosiy muvozanat.
ShKTRni tan olmaslik nafaqat YIga qaratilgan qadam, balki Rossiya va Xitoy kabi boshqa yirik o‘yinchilarga ham signaldir. Mintaqa davlatlari Turk Davlatlari Tashkiloti doirasida Turkiya ta’sir doirasiga to‘liq kirishni istamayotganini ko‘rsatmoqda. Bu esa Moskva/Pekin kabi yirik hamkorlar bilan mustaqil va moslashuvchan aloqalarni saqlab qolish uchun muhimdir.

3. Xalqaro huquq. ShKTR faqat Turkiya tomonidan tan olingan, Kipr Respublikasi esa xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan va YI a’zosi hisoblanadi. Tan olinmagan hududni qo‘llab-quvvatlash Markaziy Osiyo davlatlarining global institutlarga integratsiyasi va xalqaro huquqiy mavqeiga zarar yetkazishi mumkin. Tan olingan normalarni qo‘llab-quvvatlash — bu dunyo miqyosida o‘z o‘rnini mustahkamlashga intilayotgan davlatlar uchun pragmatik yo‘ldir.

Demak, Markaziy Osiyo davlatlari Anqaraga “xoinlik qilish” emas, balki o‘z milliy manfaatlarini himoya qilish asosida harakat qilgan. Tarixiy va madaniy aloqalarga qaramay, Turkiya YI tashabbuslari bilan raqobatlasha oladigan iqtisodiy yoki siyosiy takliflar bera olmadi.

Umuman olganda, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonning Kiprni tan olish qarori — bu turk birdamligiga xiyonat emas, balki iqtisodiy va geosiyosiy foydani afzal ko‘rgan pragmatik tanlovdir. Markaziy Osiyo milliy manfaatlar va barqarorlik Anqara ilgari surayotgan ideologik shiorlardan ustun turishini namoyon qilmoqda. Turkiya uchun bu achchiq saboq: iqtisodiy qudrat va diplomatik moslashuvchanliksiz turkiy dunyo yetakchiligiga da’vo qilish mavhumligicha qoladi. Yaqin yillarda Markaziy Osiyoning YI bilan yanada yaqinlashuvi va mintaqaning ko‘p yo‘nalishli siyosatini davom ettirishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin, bu esa Turkiyaning xalqaro maydondagi pozitsiyasini yanada murakkablashtiradi.

Sizningcha, Markaziy Osiyo davlatlari nima sababdan xalqaro huquq normalariga rioya qilishga intiladilar?

Strategic Focus: Central Asia
04/12/2025, 14:08
t.me/stratfocusca/2516
61
19
1.4 k
Turkiya Davlatlar Tashkiloti haqida

Aydin Ali-zoda, tarixchi (Ozarbayjon)

Men ko‘plab turkiy davlatlar fuqarolari va hukumatlarining TDТ (Turkiy Davlatlar Tashkiloti) borasidagi optimizmiga qo’shilmayman. Bu boradagi mening fikrlarim oddiy. TDT faqatgina Yevropani arzon resurslar bilan ta’minlash va Xitoy bilan bog’lash maqsadida tashkil etilgan. Ya’ni, Xitoydan Yevropagacha bo‘lgan makon faqat energiya resurslari va tovarlar aylanishi uchun mo‘ljallangan. Savol tug‘iladi: turkiy davlatlar bundan nima oladi? Ularda ishlab chiqarish bo‘ladimi? Ular jahon texnologiyalarining ilg‘or saflarida bo‘ladimi? Ular o‘zining ilg‘or iqtisodiyotiga ega bo‘ladimi? Javob oddiy – yo‘q. Chunki aslida turkiy davlatlar bir tomondan butunlay nafaqat protestant, balki katolik G‘arbga ham to‘liq qaram bo‘lib qoladi, ikkinchi tomondan esa konfutsiyaviy-buddiy Sharqqa. Chunki ilg‘or texnologiyalar, ishlab chiqarish, bank va iqtisodiy sohalar aynan o‘sha hududlarda bo‘ladi. Demak, turkiy davlatlar G‘arb va Sharqning yarim mustamlakalaridan ortiq narsa bo‘la olmaydi. Hech qanday mustaqil siyosat ham bo‘lmaydi. Axir qanday qilib turkiy davlatlar siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lishi mumkin, agar ular faqatgina rivojlangan davlatlarning xomashyo va transport manbasi bo‘lib qolsa?

Aytgancha, aynan mana shunday rolni Rossiya rad etmoqda – shuning uchun u G‘arb bilan ziddiyatda va Xitoy bilan murakkab munosabatlarga ega. Shu sababli, Rossiyaning o‘rnini turkiy davlatlar egallamoqda – ular bu roldan norozi emas. Aslida bu, rivojlangan davlatlarning yarim mustamlakasi, hatto kelajakda to‘liq mustamlakasi bo‘lishga rozi bo‘lish demakdir.

Agar turkiy davlatlar ishlab chiqarish quvvatlarini, iqtisodiyot, fan va texnologik sohalarni o‘zlariga ko‘chirishga qat’iy harakat qilganida, shubhasiz, bu boshqa masala bo’lardi. Agar ular yuqoridagilarni o‘z hududlarida rivojlantirishga intilganida, dunyoda real o‘yinchiga aylanishni maqsad qilganida. Ammo hozirda hatto shunday loyihalar ham yo‘q. Gap faqat G‘arb va Sharq manfaatlariga xizmat qilish haqida bormoqda.

Qisqasi, TDТ – bu aslida Arab davlatlari ligasining bir ko‘rinishi. U yerda ham ko‘p yillardan beri vaziyat xuddi shunday – faqat G‘arb manfaatlariga xizmat qilish. Arab davlatlari to‘liq sharmandali holatda. Aynan shunday rol TDТga ham berilgan. Demak, bu tashkilot tarkibida hech qanday turklarning buyukligi bo‘lmaydi. Xonlar, xoqonliklar, og‘uzlar, qipchoqlar, chig‘atoylarni qayta tiklanishi haqida unuting. Hech qanday Usmoniylar yoki G‘aznaviylar imperiyasi – 2 bo‘lmaydi. Bo‘ladigani – men yozgan vaziyat.

Strategic Focus: Central Asia
04/09/2025, 06:21
t.me/stratfocusca/2514
Repost
16
3
1.5 k
Eron Tashqi ishlar vaziri 12 aprel kuni Ummonda Tehron va Vashington o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini e'lon qildi

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralar aynan shu kunga belgilanganini ma'lum qilgandi.

"Eron va AQSh shanba kuni Ummonda yuqori darajadagi bilvosita muzokaralar o‘tkazadi. Bu bir vaqtning o‘zida ham imkoniyat, ham sinovdir. To‘p hozir Amerika tomonda", — deb yozdi Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Reuters agentligining yozishicha, Eron muzokaralarning aynan Ummonda o‘tkazilishini talab qilgan, bu yerda Tehron va Vashington vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashmaydi, balki Ummon rasmiylari orqali muloqot olib boriladi.

Muzokaralar qanday formatda o‘tishi hozircha noma'lum, biroq asosiy masala Eronning yadro dasturi bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur diplomatik harakatlar AQShning Eronni urish rejasi haqidagi mish-mishlar va Eron armiyasining jangovar shay holatga keltirilgani fonida amalga oshirilmoqda.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
04/08/2025, 14:48
t.me/stratfocusca/2513
Repost
21
4
1.5 k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqidan:

✅ O‘zbekiston har qanday ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat diplomatiya va tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etishning qat’iy tarafdori;

✅ Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha boshlangan muzokaralar jarayoni o‘zining ijobiy natijasini beradi

✅ Falastin – Isroil nizosining yagona va adolatli yechimi “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir;

✅ Afg‘onistonning xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

https://t.me/bakhtiyor_saidov/2564
04/07/2025, 15:44
t.me/stratfocusca/2512
17
9
1.6 k
O‘zbekistonning istiqbolli geosiyosiy hamkorlari: Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi munosabatlari

JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi Akmaljon Abduraxmonovning maqolasi bilan tanishib chiqishingizni va izohlarda o’z fikringizni qoldirishingizni so’raymiz.


Strategic Focus: Central Asia
04/06/2025, 09:56
t.me/stratfocusca/2511
Repost
15
5
1.4 k
Anqara Isroil bilan to‘qnashuvni xohlamaydi – Turkiya Tashqi ishlar vaziri

Hoqon Fidan bu haqda Reuters agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Biz Suriyada Isroil bilan to‘qnashuvni istamaymiz, chunki Suriya suriyaliklarniki. Suriya na Turkiyaniki, na Isroilniki. Biz suriyaliklar nomidan gapira olmaymiz. Mamlakat xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni aynan suriyaliklarning o‘zi hal qilishi kerak. Agar ular muayyan davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lishsa bu ularning ichki ishi. Agar ular isroilliklar bilan kelishuvga erishmoqchi bo‘lishsa bu ham ularning huquqi", – deya ta'kidladi Turkiya TIV rahbari.

Fidan, shuningdek, Isroilning Suriyadagi harakatlari nafaqat ushbu mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotganini, balki butun mintaqa barqarorligi uchun ham xavfli ekanini ta'kidladi.

"Afsuski, Isroil Suriyaning yangi hukumati o‘zini IShID va boshqa terrorchilik guruhlari tahdidlaridan himoya qilish uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni birma-bir yo‘q qilmoqda. Aslini olganda, Isroil Suriyada qilgan ishlar faqatgina Suriya xavfsizligiga tahdid solmasdan, balki kelajakda butun Yaqin Sharq mintaqasida beqarorlik yuzaga kelishiga yo‘l ham ochmoqda. Menimcha, bu Isroilning mintaqadagi kelajagi uchun foydali emas", – deya fikr bildirdi Hoqon Fidan.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
04/05/2025, 08:53
t.me/stratfocusca/2509
Repost
5
3
1.2 k
Xulosa qilib aytganda, Turkiya MİT Milliy Razvedka Akademiyasi nafaqat ta’lim loyihasi, balki mamlakat xavfsizligi sohasidagi intellektual va professional salohiyatini oshirishga qaratilgan strategik tashabbusdir. Talha Kose rahbarligida akademiya milliy tajribani global akademik standartlar bilan uyg‘unlashtirib, nazariya va amaliyot o‘rtasida sinergetika yaratish imkoniyatiga ega. Uning muvaffaqiyati Turkiya razvedkasini yangi sifat darajasiga olib chiqishda muhim omil bo‘ladi.

@erontahlili
04/05/2025, 08:46
t.me/stratfocusca/2508
Repost
10
6
1.2 k
Turkiya MİT Milliy Razvedka Akademiyasi: Turkiya razvedkasi va xavfsizligining yangi bosqichi
 
2024 yil 10 yanvar kuni Milliy Razvedka Tashkilotining (MİT) 97 yilligiga bag‘ishlangan tadbir doirasida MİT qoshidagi Milliy Razvedka Akademiyasi (MRA) rasman ochilishi e’lon qilingandi. Shubhasiz, bu turk razvedkasi va akademik infratuzilmasini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. MRA prezidenti etib Talha Kose tayinlandi.
 
Talha Kose kim?
 
Talha Kose nafaqat administrator, balki xalqaro munosabatlar, mojarolarni hal qilish va milliy o‘zlik masalalarini chuqur tushunadigan olimdir. U 2000-yil Boğaziçi universitetini siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha bakalavriatni tamomladi, 2002-yilda esa Sabanci universitetida mojarolarni tahlil qilish va hal qilish bo‘yicha magistr darajasini qo‘lga kiritadi. 2010-yilda Jorj Meyson universitetining Mojarolarni tahlili va ularni hal qilish institutida falsafa doktori unvonini (PhD) olgan Kose AQShning Jorj Meyson va Niderlandiyaning Maastricht Universitetlarida professor sifatida dars bergan.
 
U Istanbul Şehir va Ibn Haldun universitetlarini tashkil etish jarayonlarida ishtirok etib, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar kafedralarida rahbarlik qilgan. Bundan tashqari, SETA tahlil markazining Vashington, Bryussel va jamoatchilik bo‘limlarida direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan. Kose xalqaro munosabatlar, mojarolarni hal qilish, dunyo tartiboti, Turkiya siyosati, etnik va diniy o‘zlik hamda radikallashuv kabi mavzularda ko‘plab ilmiy nashrlar muallifi bo‘lib, ular turk, ingliz va arab tillarida chop etilgan.
 
Akademiyaning maqsadlari va missiyasi
 
Milliy Razvedka Akademiyasi Turkiya prezidenti Erdog‘anning 2023-yil 9-fevraldagi 32099-sonli “Rasmiy byulleten”da e’lon qilingan farmoni bilan tashkil etilgan. Akademiya oliy ta’lim muassasasi sifatida razvedka va milliy xavfsizlik sohasida magistraturadan keyingi ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va nashrlarni amalga oshirishni maqsad qiladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Ko‘p qutbli dunyoda raqobatbardosh muhitda jahon bilan hamkorlik qila oladigan malakali razvedka jamoasini shakllantirish;
 
- Turkiyaning o‘ziga xos ehtiyojlari va ustuvorliklariga mos tadqiqotlarni rivojlantirish;
 
- Turkiya va dunyodagi voqealarni kuzatishdan tashqariga chiqib, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi o‘zgarishlarni strategik tahlil qilishni mustahkamlash;
 
- Turkiyaning strategik ko‘rish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shish va xavfsizlik, razvedka va strategiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.
 
Akademiyaning tuzilmasi va faoliyati
 
MRA ta’lim va tadqiqot faoliyatini birlashtiradi. Akademiya doirasida mintaqaviy tadqiqotlar, razvedka va xavfsizlik tadqiqotlari markazlari hamda kiberxavfsizlik va elektron razvedka tadqiqotlari markazi ish boshladi. Ta’lim dasturlari razvedka, xavfsizlik, mintaqashunoslik, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi sohalarni qamrab oladi. Muammoga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyasi orqali talabalar tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
 
Tadqiqot faoliyati loyihalar, seminarlar, simpoziumlar va ilmiy nashrlar orqali amalga oshiriladi. 2025-yil 10–12-oktabr kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro razvedka tadqiqotlari kongressi” akademiyaning muhim tadbirlaridan biri bo‘ladi. Ushbu kongressda razvedka sohasidagi muammolar ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va muhandislik fanlari nuqtai nazaridan muhokama qilinadi.
 
Turkiya uchun ahamiyati
 
Jahon miqyosidagi beqarorlik, yangi tahdidlar va kuchlar muvozanatining o‘zgarishi sharoitida Turkiya XXI asr tahdidlariga moslashishi zarur. Mintaqaviy joylashuv mamlakat uchun kuchli razvedka tizimining muhimligini yanada oshiradi. MRA MİTning ko‘p yillik tajribasini ilmiy asosda tahlil qilib, Turkiyaning xalqaro maydondagi pozitsiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu nafaqat tezkor ishlar bilan cheklanib qolmay, balki uzoq muddatli strategik rejalashtirish uchun poydevor yaratishni anglatadi.

@erontahlili
04/05/2025, 08:46
t.me/stratfocusca/2507
16
10
1.9 k
Maqolangizni Strategic Focus: Central Asia kanalida chiqishini istasangiz, tahliliy materiallarni @sfca_admin ga yuboring.

SFCA - mazmunli fikrlar, aniq xulosalar
04/04/2025, 20:30
t.me/stratfocusca/2506
17
3
1.3 k
Xulosa qilib aytsak, Rossiyaning tajovuzkor siyosati davom etar ekan, ko‘p vektorli doktrinani “balanslash” yo‘nalishida yangilash ikkala davlat suverenitetini mustahkamlash uchun zarur. Aks holda, Astana ham, Toshkent ham Belarus yo‘lidan borishi mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
04/04/2025, 20:24
t.me/stratfocusca/2504
24
6
1.4 k
Qozog‘iston va O‘zbekistonning Rossiya oldidagi tanlovi — ko‘p vektorli doktrinani qayta ko‘rib chiqish zarurati

S.Pinxasova, mustaqil tahlilchi

Qozog‘iston va O‘zbekiston, Markaziy Osiyoning ikki muhim davlati sifatida, o‘zlarining tashqi siyosatlarida ko‘p vektorli yondashuvga tayangan holda suverenitetlarini saqlab kelmoqdalar. Qozog‘iston bu siyosatni rasman “ko‘p vektorli doktrina” deb atasa, O‘zbekiston ham Rossiya, Xitoy va G‘arb davlatlari bilan muvozanatli munosabatlarni rivojlantirish orqali o‘z mustaqilligini himoya qilishga harakat qilmoqda. Bu strategiya asosan “hedjing” (xavfni kamaytirish) tamoyiliga asoslanadi, ammo Rossiyaning so‘nggi geosiyosiy harakatlari, xususan Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi va Belarusni “vassal davlat”ga aylantirishi ikkala davlat uchun ham jiddiy savollar tug‘dirmoqda. Ekspertlar Qozog‘istonning ko‘p vektorli doktrinasini yangilash zarurligini ta’kidlamoqdalar va bu fikr O‘zbekiston uchun ham dolzarbdir.

Qozog‘iston singari O‘zbekiston ham geografik jihatdan Rossiyaga yaqin joylashganligi sababli xavf ostida. Qozog‘iston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) a’zosi bo‘lib, Rossiya bu tashkilot orqali kelajakda urush kengaygan taqdirda Astana ustidan bosim o‘tkazishi mumkin. O‘zbekiston esa KXShTdan 2012-yilda chiqqan bo‘lsada, Rossiya bilan iqtisodiy va harbiy aloqalari saqlanib qolgan. Masalan, O‘zbekiston Rossiyadan qurol-yarog‘ importiga tayansa-da, Prezident Mirziyoyev davrida G‘arb va Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishga harakat qilmoqda. Rossiyaning Ukrainadagi urushi Qozog‘istonning neft va gaz eksportiga ta’sir qilgani kabi, O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham zarba bermoqda — migrantlar oqimi va Rossiya bozoridagi o‘zgarishlar bunga misol.

Rossiyaning Belarusni 2030-yilga qadar “absorbtsiya” qilish rejalari va “Rossiya dunyosi” chegarasiz degan ideologiyasi Qozog‘iston bilan birga O‘zbekiston uchun ham ogohlantirishdir. Toshkentda Kremlning supranatsional davlat qurish niyatlari e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Shu bilan birga, O‘zbekiston o‘zini rasmiy tarzda “o‘rta kuch” deb hisoblamasa ham, so‘nggi yillarda mintaqaviy lider sifatida obro‘ orttirgan. Biroq, Rossiyaning yashirin tahdidlari va iqtisodiy bosimlari Toshkent uchun ham xavfli bo‘lib qolmoqda.

Ekspertlar bu kontektsda quyidagilarni taxmin qilmoqda:

1. Rossiyaning tajovuzkor siyosati va yadroviy tahdidlari tinchlikka xizmat qilmasligini ko‘rsatmoqda.

2. Kremlning supranatsional rejasi Qozog‘iston bilan birga O‘zbekiston suverenitetiga ham tahdid soladi.

3. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘z imkoniyatlarini real baholashi zarur — ular global miqyosda katta o‘yinchi emas (mintaqa darajasida ikkala davlat ham jiddiy mavqega ega).

4. Rossiyaning tahdidlari jiddiy qabul qilinishi lozim.

Qozog‘iston Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalariga rioya qilish, qurol importini diversifikatsiya qilish va Ukrainaga yordamni oshirish kabi qadamlarni ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lsa, O‘zbekiston ham shunga o‘xshash choralar ko‘rishi mumkin. Masalan, Toshkent Turkiya va Xitoydan qurol importini kengaytirishi, Rossiyaga iqtisodiy bog‘liqlikni kamaytirishi va Ukrainaga gumanitar yordamni oshirishi mumkin. Qozog‘iston KXShTdan chiqishni muhokama qilishi mumkin bo‘lganidek, O‘zbekiston betaraflik siyosatini yanada mustahkamlashi mumkin.

Biroq, har ikki davlat ham ehtiyotkorlikni afzal ko‘rishi mumkin. Qozog‘istonda 2022-yilning “Qonli yanvar” voqealari hukumatni repressiyalarga undagan bo‘lsa, O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda ichki barqarorlikka tahdid soluvchi ba’zi noqulay vaziyatlar Toshkentni ogohlikka chorlamoqda. Ikkala davlat rahbariyati Rossiyadagi hukumat almashinuvini kutish va iqtisodiy barqarorlikni saqlashni ma’qul ko‘rishi mumkin. Ammo bu “hedjing” strategiyasi Rossiya status-kvo saqlasa ishlaydi — bu esa hozirgi sharoitda xato taxmin bo‘lib tuyulmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
04/04/2025, 20:24
t.me/stratfocusca/2503
9
2
1.5 k
Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqining Samarqanddagi sammitiga SFCA ekspertlarining munosabati

Batafsil: https://t.me/westalliance/798
04/03/2025, 16:51
t.me/stratfocusca/2502
13
13
1.6 k
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Samarqanddagi sammitdan nimani kutishmoqda? - davomi

Hamkorlik istiqbollari

Global Gateway va iqtisodiy salohiyat. YIning Global Gateway tashabbusi Xitoyning “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusiga qarshi loyiha sifatida qaralib, biroq moliyaviy ko‘lam va loyihalarning amaliy darajasi hanuz sust. 10 mlrd yevro katta raqam bo‘lsa-da, mutaxassislar, xususan Temur Umarov (Carnegie Russia Eurasia Center), bu YIning mintaqadagi jiddiyligini isbotlash uchun yetarli emasligini taʼkidlaydi. Xitoy allaqachon mintaqaning eng yirik savdo hamkoriga aylangan (2024-yilda 94,8 mlrd dollar), Rossiya esa energetika va infratuzilma orqali ta’sirini saqlab qolmoqda.

Strategik sheriklik. “Samarqand deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi ramziy qadam boʻlishi mumkin, biroq uni amaliyotga tatbiq qilish mexanizmlari muhimdir. Yevropa investitsiya bankining Toshkentdagi ofisi ochilishi, yil oxirigacha O‘zbekistonda investitsiya forumini o‘tkazish rejalari – ijobiy signal, lekin hali ham ko‘lam jihatdan cheklangan.

Geosiyosiy to‘siqlar. Rossiya va Xitoyning mintaqadagi ta’siri katta to‘siq bo‘lib qolmoqda. Mintaqa rahbarlari, jumladan, YI bilan kengaytirilgan sheriklik kelishuvini imzolagan Qozog‘iston ham, global xavf-xatarlarga, xususan Ukraina urushi va AQSh siyosatidagi beqarorlikka e’tibor qaratmoqda.

Resurs salohiyati. Noyob yer resurslari – eng istiqbolli yo‘nalish. Qozog‘iston va O‘zbekiston YI bilan tegishli memorandumlar imzolagan, biroq bu sohada Xitoy va Rossiya bilan raqobat mavjud. Xitoy Qirg‘iziston va Tojikistonda ko‘pchilik litsenziyalarni nazorat qiladi, Rossiya esa uran bozorida ustun. Yevropa kompaniyalari uchun sarmoya muhitining sustligi va xalqaro standartlarning yo‘qligi muammo bo‘lib qolmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Samarqanddagi YI–Markaziy Osiyo sammiti YI uchun bu – Rossiya va Xitoyga muqobil sifatida mintaqada o‘z o‘rnini mustahkamlash imkoniyat. Markaziy Osiyo uchun esa – texnologiyalar, bozorlar va global yordamga chiqish yo‘lidir. Biroq mintaqaning ko‘p vektorlilik siyosatini hisobga olmasdan va amaliy loyihalarni tezlashtirmasdan turib, sammitdagi bayonotlar qog‘ozda qolib ketishi mumkin. Yaqqol natija faqat aniq loyihalar va o‘zaro manfaatli tashabbuslar orqali yuzaga chiqadi.

Strategic Focus: Central Asia
04/03/2025, 16:01
t.me/stratfocusca/2501
12
9
1.4 k
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Samarqanddagi sammitdan nimani kutishmoqda?

S.Pinxasova, mustaqil ekspert

3–4-aprel kunlari Samarqandda oʻtkazilayotgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari sammiti – mintaqaning besh davlati rahbarlari va YI rahbariyatini birinchi bor bir joyda to‘plagan tarixiy darajadagi uchrashuvdir. Prezident Mirziyoyev bu tadbirni “tarixiy imkoniyat” deb atagan holda, u ikki mintaqa oʻrtasidagi strategik hamkorlikka poydevor bo‘lishi mumkinligini taʼkidlamoqda. Biroq geosiyosiy muhit va tomonlar o‘rtasidagi ustuvorliklar farqi sababli sammit natijalari va istiqbollari hanuz noaniq qolmoqda.

Yevropa Ittifoqi uchun Samarqand sammiti – Rossiyaning 2022-yildan boshlab Ukrainaga qarshi urushi ortidan strategik ahamiyat kasb etgan Markaziy Osiyoda oʻz taʼsirini kuchaytirish imkonidir. Bu kontekstda quyidagilarni bosh maqsadlar qatoriga kiritsak boʻladi:

1. Muqobil xomashyo manbalariga chiqish. YI “yashil o‘tish” va texnologik taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan litiy, kobalt, uran kabi resurslarni Markaziy Osiyodan, ayniqsa Qozog‘iston va O‘zbekistondan olishni istaydi. Bu, ayniqsa, Xitoyga qaramlikni kamaytirish niyatida muhim.

2. Energetika va transport diversifikatsiyasi. YI uchun Rossiyani chetlab o‘tuvchi Transkaspiy transport yo‘lagi (Markaziy koridor) muhim ahamiyatga ega. Global Gateway tashabbusi doirasida bu yo‘lga 10 mlrd yevro ajratilishi rejalashtirilgan.

3. Sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurash. YI Markaziy Osiyodan Rossiyaga sanksiyaga tushgan mahsulotlar re-eksportining oldini olishga intilmoqda.

4. Qadriyatlarni ilgari surish. Demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlari masalalari kun tartibida qolmoqda, biroq ular amaliyotda mintaqaning pragmatik yondashuvlariga to‘qnash kelmoqda.

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston uchun bu sammit – tashqi siyosatda koʻp vektorlilikni mustahkamlash va Rossiya hamda Xitoyga qaramlikni kamaytirish imkonidir. Asosiy maqsadlar haqida gapirganda quyidagilarni keltirish mumkin:

Birinchidan, iqtisodiy taraqqiyot va sarmoya jalb etish. YI bilan savdo hajmi so‘nggi yillarda 54 mlrd yevroga yetgan. Sammit doirasida energetika va infratuzilma sohalariga kiritiladigan investitsiyalar katta qiziqish uyg‘otmoqda. O‘zbekiston YIdan JSTga aʼzo boʻlish jarayonida yordam kutmoqda.

Ikkinchidan, yashil energetika. Xususan, O‘zbekiston 2030-yilga borib “yashil energiya” ulushini 54% ga yetkazishni maqsad qilgan. Bu boradagi YI bilan hamkorlik dolzarb bo‘ladi.

Uchinchidan, mintaqaviy xavfsizlik. Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy masalalarda, ayniqsa O‘zbekistonning faol rolini inobatga olsak, YIning yordami muhim.

To‘rtinchidan, ko‘p vektorlilik siyosati. Mintaqa rahbarlari, xususan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Gʻarb bilan ehtiyotkorona hamkorlik qilish tarafdori, chunki Rossiya va Xitoy bilan munosabatlar izdan chiqmasligi kerak.

Strategic Focus: Central Asia
04/03/2025, 16:00
t.me/stratfocusca/2500
11
12
1.6 k
Afg‘oniston – Barqarorlik va rivojlanish uchun strategik imkoniyat
 
K. Ametov, mustaqil tahlilchi

Prezident Mirziyoyevning Afg‘onistonga oid fikrlari O‘zbekistonning janubiy qo‘shnisiga pragmatik va uzoq muddatli yondashuvini yaqqol ko‘rsatmoqda. Ko‘p davlatlar Afg‘oniston bilan aloqadan qochayotgan bir paytda, O‘zbekiston bu mamlakatni mintaqaviy va xalqaro jarayonlarga jalb qilishga intilmoqda.
 
Afgoniston bo‘yicha gapirganda intervyudan quyidagi tendensiyalar kuzatilmoqda:
 
Birinchi, barqarorlashuv jarayoni. Hozirgi Afg‘on rahbariyati vaziyatni barqarorlashtirib, infratuzilma va ko‘knor maydonlarini qisqartirishga e’tibor qaratmoqda (BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘knor yetishtirish 95% ga kamaydi).
 
Ikkinchi, iqtisodiy integratsiya. Afg‘onistonni Transafg‘on transport yo‘laklari kabi loyihalar orqali global bozorga ulash rejalashtirilmoqda.
 
Uchinchi, ta’lim va rivojlanish: O‘zbekiston Afg‘onistonga ta’lim sohasida yordam berishni birinchi vazifa sifatida ko‘rmoqda.
 
Umuman olganda, O‘zbekistonning Afg‘onistonga yondashuvi nafaqat mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, balki uni barqaror rivojlanish yo‘liga olib chiqish imkonini beradi. Prezidentning ta’kidlashicha, Afg‘onistonni inqirozdan chiqarish va xalqaro iqtisodiy jarayonlarga jalb qilish Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda yanada samarali bo‘ladi. Bu siyosat Afg‘onistonni nafaqat muammo manbai sifatida emas, balki strategik imkoniyat sifatida ko‘rishga undaydi. O‘zbekistonning bu tashabbusi mintaqada tinchlik va farovonlikka xizmat qiluvchi ijobiy o‘zgarishlarni boshlab bermoqda.

Strategic Focus: Central Asia
04/01/2025, 20:05
t.me/stratfocusca/2498
9
9
1.2 k
Iqlim masalalari – Markaziy Osiyo va Yevropaning umumiy mas’uliyati
 
S. Pinxasova, siyosiy ekspert
 
Prezident Mirziyoyev intervyusida iqlim o‘zgarishi global xatar sifatida e’tirof etilib, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikda “yashil” kun tartibi muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi. Samarqand sammitida “yashil” rivojlanish konsepsiyasi taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu mintaqaning iqlim mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qadamdir.
 
Bu borada intervyudagi quyidagi faktlarni alohida ta’kidlash joiz: a) O‘zbekiston 5 yilda qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54% ga yetkazishni reja qilmoqda, bu esa issiqxona gazlari chiqindisini 16 million tonnaga qisqartiradi; b) “YI – Markaziy Osiyo yashil sherikligi” dasturi orqali energiya, ekotizimlar va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha loyihalar moliyalashtiriladi; c) “Markaziy Osiyoning yashil belbog‘i” loyihasi Orolbo‘yi kabi hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga xizmat qilmoqda.
 
Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishiga eng sezgir mintaqalardan biri sifatida o‘z mas’uliyatini anglab, Yevropa bilan birgalikda uzoq muddatli yechimlar ishlab chiqmoqda. Prezidentning “yashil” energetika va suv tejashga urg‘u berishi global uglerod qisqartirish jarayoniga mintaqaning faol hissa qo‘shishini ko‘rsatadi. “Yashil” universitetning ochilishi va raqamli monitoring tashabbuslari esa ekologik ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim qadamdir. Bu hamkorlik nafaqat iqlim xavfini kamaytiradi, balki mintaqaning barqaror kelajagini ta’minlaydi.

Strategic Focus: Central Asia
04/01/2025, 20:04
t.me/stratfocusca/2497
8
9
986
Yevropa bilan aloqalar – Strategik sheriklikning yangi bosqichi
 
A. Fayzullozoda, mustaqil tahlilchi
 
Prezident Mirziyoyevning intervyusi Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning yangi sifat darajasiga ko‘tarilayotganini aniq ko‘rsatmoqda. O‘ttiz yillik hamkorlik tajribasiga asoslangan bu aloqalar iqtisodiyot, investitsiya, xavfsizlik va raqamli transformatsiyani qamrab olgan keng doirada rivojlanmoqda. Samarqand sammiti esa ushbu jarayonning muhim burilish nuqtasi sifatida ko‘rilmoqda.
 
Intervyuning tahlili orqali quyidagi trendlarni aniqlasak bo‘ladi:
 
1. Iqtisodiy integratsiyaning o‘sishi: Oxirgi yetti yilda Markaziy Osiyo va YI o‘rtasidagi savdo aylanmasi to‘rt barobarga oshib, 54 milliard yevroga yetdi. O‘zbekistonda Yevropa kapitali ishtirokidagi 1000 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
 
2. Strategik sheriklikning kengayishi: O‘zbekiston Italiya va Fransiya bilan strategik sheriklik, Germaniya bilan esa mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu Yevropa yetakchilarining Markaziy Osiyoga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.
 
3. Transport-logistika imkoniyatlari: Transkaspiy yo‘lagi kabi loyihalar YI “Global darvoza” strategiyasi bilan uyg‘unlashmoqda, bu esa Markaziy Osiyoni global iqtisodiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylantirmoqda.
 
Markaziy Osiyo va YI o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat iqtisodiy manfaatlar, balki umumiy barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qilmoqda. Prezidentning ta’kidlashicha, bu ikki tomonlama harakat bo‘lib, har ikki tomon uchun ham foydali natijalar beradi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar – “yagona darcha” tizimi, valyuta bozorining liberallashuvi – Yevropa biznesini jalb qilishda muhim qadam bo‘ldi. Samarqand sammiti ushbu aloqalarni yanada mustahkamlab, mintaqani Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylantiradi.

Strategic Focus: Central Asia
04/01/2025, 20:02
t.me/stratfocusca/2496
14
8
934
“Samarqand ruhi” – Xalqaro hamkorlikning yangi ramzi
 
M. Imomov, mustaqil ekspert
 
Samarqanddagi «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» sammiti nafaqat mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash uchun platforma, balki global hamkorlikning yangi ramzi sifatida “Samarqand ruhi”ni dunyoga tanitmoqda. Prezident Mirziyoyevning intervyusida ta’kidlanishicha, Samarqand tarixan savdo, ilm va diplomatiya markazi sifatida turli madaniyatlar va xalqlarni birlashtirgan. Bugungi kunda bu shahar o‘zining o‘tmishdagi ulug‘vorligini qayta tiklab, Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi muloqot maydoniga aylanmoqda.
 
Mening diqqatimni suhbatdagi 2 asosiy jihat tortdi:
 
Birinchidan, Samarqandning olti asrdan ortiq vaqt avval Amir Temur davrida Yevropa bilan aloqalar o‘rnatgan markaz sifatidagi roli bugungi diplomatiyada aks etmoqda. Bu trend global miqyosda tarixiy ildizlarga asoslangan hamkorlikning muhimligini ko‘rsatadi.
 
Ikkinchidan, “Samarqand ruhi” degan tushuncha dunyoni yaxlit va bo‘linmas sifatida ko‘rish falsafasini ilgari surib, xalqaro hamkorlikning yangi formatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
 
Xulosa qilib aytganda, Samarqandning sammitga mezbonlik qilishi tasodif emas – bu shahar o‘zining boy tarixi va madaniy merosi bilan zamonaviy dunyoda tinchlik, hamkorlik va o‘zaro hurmat ramziga aylanmoqda. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Samarqanddan turib dunyoga qaralganda, bo‘linish emas, balki birlashish ko‘zga tashlanadi. Bu ijobiy tasavvur global inqirozlar davrida mintaqalar o‘rtasidagi ko‘proq aloqa va ishonchga xizmat qiladi. “Samarqand ruhi” nafaqat Markaziy Osiyo uchun, balki butun dunyo uchun ilhom manbai bo‘lishi mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
04/01/2025, 20:02
t.me/stratfocusca/2495
16
5
1.1 k
Shavkat Mirziyoyev: Mintaqamiz taraqqiyoti yo‘lida tarixiy imkoniyatlar mavjud.

Yevropaning nufuzli Euronews nashrida O‘zbekiston Prezidentining eksklyuziv intervyusi e’lon qilindi.

Unda Davlatimiz rahbari ilk marta Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo–Yevropa Ittifoqi” ning tarixiy ahamiyati, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ijobiy dinamik o‘zgarishlar va mintaqaga qiziqishning ortib borishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tgan.

Shulardan ayrimlari:
1. Tarixiy nuqtai nazardan Samarqanddan dunyo bo‘lingan emas, yaxlit, bir butun deb qaraladi. Bu o‘ziga xos hodisa – “Samarqand ruhi”ning mazmun-mohiyati bo‘lib, uning asosida xalqaro hamkorlikning tubdan yangi formati barpo etilmoqda.

2. Markaziy Osiyo endi tarixning bir chekkasida emas, balki o‘zining strategik kun tartibini shakllantirayotgan jadal rivojlanayotgan mintaqaga aylanmoqda.

3. Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo va sarmoyaviy aloqalarni izchil rivojlantirmoqda. Oxirgi yetti yilda Markaziy Osiyo davlatlari bilan YeI o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi to‘rt barobarga oshib, 54 milliard yevroni tashkil qildi. Yevropa tadbirkorlarining O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari bilan savdo va sarmoyaviy hamkorlik imkoniyatlariga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rishdan mamnunmiz. Mintaqada kuzatilayotgan ijobiy jarayonlar Markaziy Osiyoga qiziqishni ortirib, mintaqani Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasidagi asosiy yo‘nalishlarning geosiyosiy muhim chorrahasida joylashgan jahon qudrati va yetakchi davlatlarining muhim hamkoriga aylantirmoqda. Bu ochiq muloqotni davom ettirish, barcha manfaatdor tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beruvchi “CA Plus” formatlarida o‘z ifodasini topdi.

4. O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan yondashuvi doimo pragmatik va strategik jihatdan uzoq muddatga yo‘naltirilgan. Bugungi sharoitda Afg‘onistonga paydo bo‘layotgan strategik imkoniyatlar nuqtai nazaridan qarash kerak. Afg‘onistonni global iqtisodiy jarayonlarga, jumladan, uning hududida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali integratsiyalashuvi juda muhim.

Shu nuqtai nazardan, biz Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Afg‘onistonga nafaqat hozirgi inqirozlarni yengib o‘tishga, balki uzoq muddatli istiqbolda rivojlanishga yordam beradigan ijobiy kun tartibi va tashabbuslarni birgalikda ilgari surish uchun hamkorlik qilishga tayyormiz. Bu bosqichdagi asosiy vazifa, bizningcha, Afg‘onistonga ta’lim sohasida yordam berishni davom ettirishdan iborat. Ishonchim komilki, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni qayta tiklash Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining umumiy manfaatlariga mos keladi.

Suhrob Bo’ronov
04/01/2025, 19:37
t.me/stratfocusca/2494
15
12
1.4 k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqanddagi «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti oldidan «Euronews»ga bergan intervyusidagi asosiy tezislar – 3 qism
 
– O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan yondashuvi har doim pragmatik va uzoq muddatli strategik tamoyillarga asoslanib kelgan. Biz hech qachon qo‘shnimizdan yuz o‘girmaganmiz, u bilan aloqalarni uzmaganmiz. Biz qo‘shni davlatlar, jumladan, uning yaqin va eng muhim hamkori sifatida O‘zbekiston bilan konstruktiv hamkorlik qilmasdan Afg‘onistonni rivojlantirish imkonsiz, degan fikrga doim ishonib kelganmiz.
 
– Afg‘onistonga nisbatan olib borayotgan siyosatimizni qo‘llab-quvvatlamaganlarning ko‘pchiligi bugun uning to‘g‘riligi, muqobili yo‘qligiga tan olishga majbur bo‘lishmoqda.
 
– Hozirgi rahbariyat Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga, o‘z resurslarini aeroportlar, ichki temir yo‘l tarmoqlari, suv-energetika infratuzilmasini rivojlantirishga va ko‘knor maydonlarini qisqartirishga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi.
 
– Bugungi sharoitda biz Afg‘onistonga strategik imkoniyatlar nuqtayi nazaridan qarash zarur deb bilamiz. Ushbu mamlakatni xalqaro iqtisodiy jarayonlarga jalb etish, xususan, uning hududida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish juda muhim.
– Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va mamlakatni tiklash Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlarining umumiy manfaatlariga javob beradi.
 
– Bo‘lajak sammit haqiqatan ham tarixiy ahamiyat kasb etadi, chunki birinchi marta Markaziy Osiyoning beshta mamlakati va Yevropa Ittifoqi yetakchilari bir joyda to‘planadi.
 
– Bu sammit Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yangi sahifa bo‘lishini kutamiz. Siyosiy muloqot yanada chuqurlashadi, hamkorligimizga yanada tizimli tus beradigan, uni uzoq muddatli maqsadlarga yo‘naltiradigan yangi mexanizmlar ishlab chiqiladi, deb umid qilamiz. Mintaqalararo hamkorlik, ayniqsa, iqtisodiyot, savdo, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilish sammit kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘ladi.
 
– Samarqand deklaratsiyasining imzolanishi sammitning asosiy natijalaridan biri bo‘lishi kerak. Bu hujjat tomonlarning strategik sheriklik o‘rnatishga bo‘lgan umumiy intilishini aks ettiradi.
 
– Ko‘plab savollarga sammit yakunida javob topiladi. Biroq hozirdan aytish mumkinki, bu uchrashuv Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasida barqaror, o‘zaro manfaatli sheriklikni barpo etish yo‘lidagi muhim qadamga aylanadi. Bu sheriklik umumiy manfaatlar, ishonch va birgalikdagi taraqqiyotga intilishga asoslangan bo‘ladi.
 
– Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yevropalik hamkorlarimizga murojaat qilmoqchiman:
 
Markaziy Osiyo muloqot va hamkorlikni kengaytirishga ochiq. Biz barqaror rivojlanish va xalqlarimizning farovonligini oshirishga xizmat qiladigan, o‘zaro manfaat va ishonchga asoslangan konstruktiv hamkorlik tarafdorimiz.
 
Biz Yevropa Ittifoqining mintaqa ochiqligini ta’minlash, uning ravnaqi va subyektligini mustahkamlashga qaratilgan intilishlarimizni qo‘llab-quvvatlayotganini yuksak qadrlaymiz. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoni barqaror va jadal rivojlanayotgan, barcha manfaatdor tomonlar bilan ochiq va teng huquqli sheriklikka tayyor bo‘lgan mintaqaga aylantirishdek maqsadimizda biz bilan hamfikr ekani juda muhimdir.
 
Bo‘lajak sammit munosabatlarimizda muhim bosqich bo‘ladi. Samarqanddagi uchrashuv natijalari hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbollar ochishiga ishonamiz.

Strategic Focus: Central Asia
04/01/2025, 18:43
t.me/stratfocusca/2493
15
12
1.3 k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqanddagi «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti oldidan «Euronews»ga bergan intervyusidagi asosiy tezislar - 2 qism

– Markaziy Osiyo endi tarixning chetida emas, balki o‘z strategik kun tartibini shakllantirayotgan, jadal rivojlanayotgan mintaqaga aylanmoqda.

– Siyosiy iroda, yuqori darajadagi o‘zaro ishonch va qo‘shma iqtisodiy tashabbuslar mintaqada barqaror rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
 
– Markaziy Osiyo beshligining Maslahat uchrashuvlari doirasida O‘zbekistonning raisligi davrida biz quyidagi uchta ustuvor yo‘nalishga alohida e’tibor qaratamiz: mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash.
 
– Mintaqamizni nafaqat barqaror, balki gullab-yashnayotgan hududga aylantirish uchun oldimizda tarixiy imkoniyat turibdi. Ishonch bilan ayta olamanki, biz bu salohiyatni birgalikda ro‘yobga chiqarishga qodirmiz.

– Xalqaro munosabatlar tizimining chuqur transformatsiyasiga guvoh bo‘lyapmiz. Yevropa Ittifoqi bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik o‘zaro munosabatlarimizning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

Strategic Focus: Central Asia
04/01/2025, 18:43
t.me/stratfocusca/2492
21
14
1.4 k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqanddagi «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti oldidan «Euronews»ga bergan intervyusidagi asosiy tezislar
 
– Mintaqalarimizni chuqur tarixiy ildizlar, bir-biriga mos manfaatlar va yaqin sheriklikka obyektiv intilish bog‘lab turadi.
 
– Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning qariyb o‘ttiz yillik samarali tajribaga asoslangan aniq kun tartibini shakllantirganmiz.
 
– Bizning Yevropa Ittifoqi bilan sherikligimiz – bu ikki tomonlama harakat, undan ikkala tomon ham manfaat ko‘rishi lozim.
 
– «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» formati – noyob hamkorlik platformasi bo‘lib, o‘lcham va institutsional qamrov jihatidan unga o‘xshashi mavjud emas.
 
– Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik iqtisodiyot va investitsiyadan tortib barqaror rivojlanish, xavfsizlik va raqamli transformatsiyagacha bo‘lgan sohalarning keng majmuasini qamrab oladi hamda uzoq muddatli strategik ustuvor yo‘nalishlarga asoslanadi.
 
– O‘zbekiston Italiya va Fransiya bilan strategik sheriklik o‘rnatdi. Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari esa mintaqaviy strategik sheriklarga aylandi.
 
– Oxirgi yetti yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarining YI bilan savdo aylanmasi to‘rt barobar oshib, 54 milliard yevroni tashkil etdi.
 
– 2024 yilda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,4 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 5,2 foizga ko‘pdir. Mamlakatimizda Yevropa kapitali ishtirokidagi 1 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, investitsiya loyihalari hajmi esa 30 milliard yevroga yetgan.
 
– Biz Yevropa Ittifoqining “Global darvoza” strategiyasini mintaqadagi asosiy transport loyihalari bilan uyg‘unlashtirishni, Transkaspiy transport yo‘lagini ilgari surish bo‘yicha “Harakatlar rejasi”ni birgalikda ishlab chiqishni taklif etamiz.
 
– Qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish uchun muhim institutsional platforma sifatida Toza energetika bo‘yicha Markaziy Osiyo – YI sherikligini tashkil etish mumkin.
 
– Yaqin besh yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirganmiz. Bu issiqxona gazlari chiqishini qariyb 16 million tonnaga qisqartirish imkonini beradi va O‘zbekiston Parij kelishuvi doirasida issiqxona gazlari chiqindisini 35 foizga kamaytirish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishiga imkon beradi.
 
– Mintaqamizda kuzatilayotgan ijobiy jarayonlar tufayli Markaziy Osiyo qudratli va yetakchi davlatlarning Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni bog‘lovchi yo‘llar tutashgan geosiyosiy chorrahadagi ishonchli hamkoriga aylantirmoqda.
 
– Samarqand sammitida Yevropa Ittifoqi va mintaqamiz davlatlari o‘rtasida strategik sheriklik yo‘lga qo‘yilishi mintaqalararo hamkorlik va o‘zaro bog‘liqlikning rivojlanishida yangi yo‘nalishlar ochadi.
 
 – Samarqand yana zamonamizning asosiy muammolarini muhokama qilishi mumkin bo‘lgan muloqot maydoniga aylanmoqda. Tarixan shakllangan tushunchaga ko‘ra, Samarqanddan turib qaralganda, dunyo tarqoq emas, balki yaxlit va bo‘linmas bo‘lib ko‘rinadi. “Samarqand ruhi” degan noyob fenomenning mazmuni ham asli shunda mujassam bo‘lib, u xalqaro hamkorlikning prinsipial jihatdan yangi formatini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
 
– Markaziy Osiyo O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo tubdan o‘zgardi, yangi qiyofa kasb etdi — konstruktiv muloqot, ishonch va har tomonlama hamkorlik maydoniga aylandi. Bu esa mamlakatlarimiz yetakchilarining umumiy siyosiy irodasi tufayli amalga oshdi. Bugun biz bu jarayonning ortga qaytmasligi haqida ishonch bilan ayta olamiz.
 
– Markaziy Osiyo global transport zanjirlarining muhim bo‘g‘iniga aylanmoqda. Biz Transkaspiy va Transafg‘on transport yo‘laklarini faol rivojlantiryapmiz — bu mamlakatlarimizning jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Strategic Focus: Central Asia
04/01/2025, 18:43
t.me/stratfocusca/2490
28
12
1.6 k
Davlat chegarasiga oid masalaning hal etilishi, ayniqsa, bu boradagi vaqt tanlovi tahsinga loyiq. Momentum juda yaxshi ishlatildi. Hamma Tramp nima tvit qilayotganini va uning Signalgeit ochib berganidek, unchalik aqlli bo‘lmagan yordamchilarining gap-so‘zlarini kuzatayotgan, Kreml esa Ukrainadagi urushdan chiqolmay, Tramp ularnikimi yoki yana bir marta aldandilarmi, deb bosh qotirayotgan bir vaqtda (Putinning o‘zi aytganidek, ularni shuncha marta aldashdi, endi yana bir marta aldansa portlash bilan tugashi mumkin), xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tibori Ukraina frontiga qaratilgan paytda — qisqasi, hech kim bizga qarab turgani yo‘q bir paytda — Bishkek va Dushanbe kelishib oldi.

Masala to‘liq hal bo‘ldi deyish erta. Oldinda demarkatsiya bor, u bir necha yilga cho‘zilishi mumkin. Ikki respublikada hokimiyat tranzitidan keyin nima bo‘lishini ham hech kim bilmaysiz. Lekin hech bo‘lmaganda barqaror bir asos yaratildi — kim hokimiyatga kelishidan qat’i nazar, uni buzish oson bo‘lmaydi.

Hududiy nizolar doimo sekin portlaydigan minadir. Qachon va qaysi tomon uni populistik kayfiyatlarni quvvatlash uchun ishlatib yuborishi noma’lum. Qachon tashqi kuchlar bunday ideal bosim vositasini ishga solishini ham oldindan aytib bo‘lmaydi. Bizning mamlakatlar tashqi omillar haqida doim gapiradi (ba’zida haqli ravishda, ba’zida — o‘z harakatsizligini oqlash uchun). Ammo bu omillarning ta’sirini kamaytirish uchun (butunlay yo‘qotib bo‘lmaydi) biz o‘zimiz hal qilinmayotgan muammolarni yechishimiz kerak. Ehtimol, bu — suverenitetni mustahkamlashning eng asosiy sharti.

Bishkek va Dushanbe katta ishni amalga oshirdi. Ular orasidagi chegara — yaqin yillarda haqiqiy harbiy to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan hudud — mintaqa ichidagi so‘nggi yirik hududiy muammo edi. Bonus sifatida bugungi Xo‘janddagi uch tomonlama uchrashuvni aytish mumkin.

“Do‘stlik” stelalari va “abadiy birodarlik” qasamyodlarini bir chetga surib, shuni ta’kidlash kerakki: butun beshlik emas, balki faqat 2-3 davlatni qamrab olgan kichik formatdagi uchrashuvlar — yaxshi belgidir. Yodingizda bo‘lsa, bunga o‘xshagan uchrashuv ilgari ham bo‘lgan: Toshkent, Dushanbe va Ashxobodning suv masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi. Bunday formatlar davom etishi kerak — ular beshlik doirasidagi muloqotlar uchun asos bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyodagi davlatlar orasidagi ikki tomonlama munosabatlarni “mayda” muammolar to’xtatmasa, mintaqani yaxlit bir butun sifatida tasavvur qilish jarayoni tezlashadi.

E’tiborga molik yana bir holat — Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi norasmiy uchrashuv. Kichik formatdagi sammitlar oldidan mintaqaviy jarayonlarda yetakchilik qilayotgan (hatto norasmiy bo‘lsa ham) liderlar o‘rtasidagi aloqalar muhim. Bu liderlar o‘rtasidagi rashk, raqobat va ambitsiyalarni kamaytiradi — bu esa ilgari mintaqaviy hamkorlikni to‘xtatib qo‘ygan omillar edi.

Agar kelajakda bunday muloqotlar Markaziy Osiyo siyosatida o‘zaro vakolat taqsimoti shakliga kirsa (ayniqsa Qozog‘iston nihoyat butunlay Markaziy Osiyoga qaytib, Yevroosiyo bo‘ylab sayr qilishni bas qilsa), bu beshlik doirasidagi hamkorlik uchun kuchli turtki bo‘ladi.

Yuriy Sarukhanian
03/31/2025, 18:01
t.me/stratfocusca/2487
20
12
1.5 k
SFCA ekspertlarining Xo’janddagi sammit bo’yicha fikrlari:

Mexroj Imomov: Xo‘janddagi sammit mintaqada birlashish jarayonini yanada jadallashtiradi, shuning uchun 31 mart kunini Markaziy Osiyo birligi kuni deb e‘lon qilish ramziy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lardi.

Sonya Pinxasova: Xo‘janddagi sammit Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi siyosiy ishonch va hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi, bu shubhasiz, mintaqaviy barqarorlikka xizmat qiladi.

Sofiya Zakirova: Sammitda ko‘tarilgan masalalar, xususan, iqtisodiy integratsiya va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflar, Markaziy Osiyo davlatlarining global sahnadagi rolini oshirishga yordam beradi.

Kenes Ametov: Xo’jand sammiti Markaziy Osiyo yetakchilarining o‘zaro muloqotda yangi siyosiy madaniyatni shakllantirishga intilishini ko‘rsatdi, bu esa mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

Po‘lat Alimjanov: Xo‘janddagi uchrashuv transport va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirishga ulkan zamin yaratib, Markaziy Osiyo iqtisodiyotini global bozorga yaqinlashtiradi.

Karim Abdullayev: Sammitda Markaziy Osiyo davlatlarining geosiyosiy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladigan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbollari ochildi.

Karina Akopyan: Uch tomonlama sammit Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochdi, mintaqaning xalqaro obro‘sini oshirdi.

Anvar Qodirov: Xo‘janddagi sammit mintaqada siyosiy barqarorlik va o‘zaro manfaatli sheriklikni ta’minlashda muhim platformaga aylanib, kelajakda integratsiyani chuqurlashtirishga imkon beradi.

Strategic Focus: Central Asia
03/31/2025, 17:14
t.me/stratfocusca/2485
27
4
1.5 k
Farg‘ona vodiysiga kiruvchi davlatlar o‘rtasidagi uch tomonlama sammit mintaqa kun tartibini to‘ldiradi va boyitadi, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining besh tomonlama sammitining amaliy foydasi va salohiyatini namoyon etdi. Ushbu uchrashuvning kelajak uchun muhim asosi shundaki, ko‘p yillar davomida axborot makonida Farg‘ona vodiysining buguni va kelajagiga doir bir qator salbiy tasavvurlar va taxminlar shakllantirilgan edi. Sammitning bunday formatda o‘tkazilgani Farg‘ona vodiysi hamjamiyatlarining kelajakdagi rivojlanishiga doir ko‘plab stereotipik qarashlarni yo‘q qilishga va ularning dolzarbligini pasaytirishga xizmat qiladi.

Sherali Rizoyon
03/31/2025, 16:01
t.me/stratfocusca/2484
38
7
2.0 k
Darhaqiqat, chegara muammolari tashqi aralashuvisiz hal etilgani Markaziy Osiyo kelajagidagi birdamlik va do‘stlik ramzi sifatida tarix sahifalariga muhrlanadi. Shak-shubhasiz, buni O‘zbekiston diplomatiyasining katta yutug‘i, deb aytsak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Suhrob Bo’ronov
03/31/2025, 15:45
t.me/stratfocusca/2483
27
7
1.7 k
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlarining Xo‘jand shahrida o‘tgan uchrashuvini qanday baholash mumkin?

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari chegara tutash nuqtasi bo‘yicha tarixiy uch tomonlama bitim imzolagan Xo‘jand sammitini mintaqaviy hamkorlik va Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholash mumkin.

“Abadiy do‘stlik to‘g‘risida”gi Xo‘jand deklaratsiyasining imzolanishi va “Do‘stlik” majmuasining ochilishi tinch-totuv yashash va chegaradosh hududlarni rivojlantirish istagi ramzidir.

Sammitda mintaqa davlatlarining yanada integratsiyalashuviga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy, transport va madaniy hamkorlikning asosiy masalalari ham ko‘rib chiqildi. Chegarani kesib o‘tish bo‘yicha kelishuv imzolangani, “Datka-Sug‘d” elektr uzatish liniyasi kabi infratuzilma loyihalari ishga tushirilishi hamkorlikning amaliy afzalliklarini ko‘rsatadi.

Ekspertlarning qayd etishicha, sammit Farg‘ona vodiyasi haqidagi stereotiplarni yo‘q qilishga yordam beradi va xavfsizlik, ekologiya va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Shu tariqa, mazkur tadbirni mamlakatlar o‘rtasidagi ishonch va hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muvaffaqiyatli qadam, deyish mumkin.

Muxtor Nazirov
03/31/2025, 15:43
t.me/stratfocusca/2481
7
1.7 k
03/31/2025, 13:26
t.me/stratfocusca/2480
7
1.8 k
03/31/2025, 13:26
t.me/stratfocusca/2479
25
7
1.6 k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Do‘stlik stelasini tantanali ravishda ochdilar.

Strategic Focus: Central Asia
03/31/2025, 13:26
t.me/stratfocusca/2477
7
1.7 k
03/31/2025, 13:26
t.me/stratfocusca/2478
54
19
2.0 k
🇺🇿🇹🇯🇰🇬O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston “Abadiy do‘stlik to‘g‘risida”gi Xo‘jand deklaratsiyasini imzoladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Tojikiston ittifoqdosh davlatlarga aylandi.

Strategic Focus: Central Asia
03/31/2025, 12:03
t.me/stratfocusca/2476
24
18
1.8 k
31-mart Xo‘jand uchrashuvi: Farg‘ona vodiysidagi chegara muammolarining yechimi
 
Bugun Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yetakchilari Xo‘jandda tarixda birinchi marta uch tomonlama formatda uchrashmoqdalar. Sammitning asosiy maqsadi uzoq yillar davomida, ayniqsa, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida keskinlik manbai bo‘lib kelgan chegara nizolarini hal qilish bo‘lib, unda Farg‘ona vodiysida davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanadi.
 
Bundan tashqari, yetakchilar qo‘shma iqtisodiy, madaniy va infratuzilmaviy loyihalar istiqbollarini muhokama qilishi mintaqaviy integratsiya masalasi naqadar muhimligini aks etadi. Sammitning Navro‘z bayrami fonida o‘tkazilishi Markaziy Osiyo xalqlari birdamligi va yaxshi qo‘shnichiligiga ramziy urg‘u beradi.
 
Siyosiy jihatdan sammit mojarolar xavfini kamaytirish va murosaga tayyorlikni namoyish etish orqali mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi. Mediator va iqtisodiy yetakchi vazifasini bajargan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirdi. Iqtisodiy jihatdan chegara masalalarini hal qilish transchegaraviy savdo va qo‘shma transport yo‘laklari kabi infratuzilma loyihalariga yo‘l ochadi.
 
Taxminlarimizga ko’ra, Xitoy va G‘arb yuqori ehtimol bilan Xo‘janddagi sammitni ijobiy qabul qiladi: Pekin "Bir makon – bir yo‘l" doirasida, G‘arb esa mintaqaning tashqi kuchlarga qarshi suvereniteti mustahkamlanishidan manfaatdor. Rossiya Markaziy Osiyoning birlashuvi fonida o’z ta’sirining pasayishidan xavotirda bo’lsa-da, ammo uzoq muddatda janubiy chegaralardagi xavfsizlikdan foyda ko‘radi.

Fikr va munosabatingizni izohlarda qoldiring.

Strategic Focus: Central Asia
03/31/2025, 12:00
t.me/stratfocusca/2475
30
10
1.3 k
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Muqaddas hayit kunlari qalblarga mehr, jamiyatimizga birdamlik, mintaqamizga baraka va taraqqiyot olib kelsin. Bugungi tinch osmonimiz ostidagi har bir ezgu niyat Yaratganning marhamatiga muyassar bo‘lsin! Yurtimiz doimo osoyishta, mintaqamiz esa do‘stlik va hamjihatlik markazi bo‘lib yashnasin!

Strategic Focus: Central Asia
03/30/2025, 06:13
t.me/stratfocusca/2473
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria