Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
27.8%
ERR (week)

✒️Diplomatiya. Xalqaro munosabatlar. Siyosat. Tarix. Qarashlar.

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 114 results
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
38
Nega xristianlarda Papa saylanadi va uning vazifasi nima?

"Papa" (lotincha papa — "ota" degani) — katolik cherkovining eng oliy diniy rahbari.

Xristianlikda, ayniqsa katolik anʼanalarida, Avliyo Pyotr (Iso Masihning havoriylaridan biri) birinchi papa hisoblanadi. Rivoyatga ko‘ra, Iso Masih Pyotrga cherkovning "kalitlari"ni bergan va uni butun cherkov ustidan yetakchi qilib tayinlagan. Yana bir rivoyatga ko‘ra, Iso Masih uni alohida ajratib, "Sen toshsan, va Men o‘z jamoat uyimni shu tosh ustiga quraman" degan (Matto 16:18).

Shundan boshlab, Rim yepiskopi (yaʼni Rim shahridagi cherkov boshlig‘i) avloddan-avlodga Pyotrning o‘rinbosari sifatida qabul qilingan.

Papa saylanishi shuni bildiradiki:

Cherkovni boshqaradigan shaxs avliyo Pyotrning vazifasini davom ettiradi;

Papa — diniy yagona rahbar sifatida butun katolik dunyosining birligini taʼminlaydi;

Saylov orqali belgilash esa shuni ko‘rsatadiki;

U xudoning irodasi va ruhoniylar jamoasining roziligi bilan tanlanadi deb ishoniladi.

Papa qanday saylanadi?

Papa vafot etganda yoki isteʼfoga chiqqanda, Kardinal degan yuqori martabali ruhoniylar Vatikan shahrida yig‘ilib, konklav (yopiq yig‘ilish) o‘tkazadilar.

Ular maxfiy ovoz berish orqali yangi papani tanlaydilar.

Har bir ovoz berishdan so‘ng natija maxfiy qog‘ozda yoziladi.

Saylov natijasi aniqlanmaguncha, maxsus pechdan qora tutun chiqadi (bu: "hali saylanmadi" degani). Papa saylanganidan so‘ng esa oq tutun chiqadi.

Papa nima ish qiladi? Vazifalari:

1. Diniy rahbarlik — butun katolik dunyosiga din, eʼtiqod va axloqiy yo‘nalish beradi.

2. Cherkov qonunlarini belgilash — zarur bo‘lsa, eʼtiqod qoidalarini aniqlab beradi yoki yangilaydi.

3. Butun dunyo katoliklarini birlashtirish — urush, zulm, notinchlikka qarshi tinchlik va adolat chaqiriqlari bilan chiqadi.

4. Vaqtinchalik siyosiy taʼsir — Vatikan mustaqil davlat bo‘lgani uchun, Papa davlat rahbari ham hisoblanadi (diplomatik aloqalar o‘rnatadi).

5. Ruhoniylarni tayinlash — yangi kardinal va episkoplarni tayinlaydi.

6. Qadriyatlar himoyachisi — inson huquqlari, tinchlik, ijtimoiy adolat, kambag‘allarga yordam kabi masalalarda so‘z yuritadi.

Qiziqarli fakt:

Vatikan — dunyodagi eng kichik mustaqil davlat (maydoni atigi 44 gektar!), uning rahbari — Papa.

Papa faqat erkaklardan tanlanadi va odatda kardinal bo‘lishi kerak.

Har bir yangi saylangan Papa o‘ziga yangi ism tanlaydi (masalan, kuni kecha vafot etgan Papa: Fransisk).

https://t.me/Political_Insight
04/27/2025, 10:30
t.me/political_insight/2974
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
42
#ChoyxonaGurungidan

— Hindiston bilan Pokiston yana urishyaptimikan? Nima boʻpti oʻzi, hech tinchimidikanda bular.

— Xa urishyapti, Hindiston boshladi provokatsiya qilib, Pokiston jim oʻtirovdi.

— Hindistonga tashamaslik kerak, 1.5 mlrd ular, vapshe dahshat armiyasi borakan. Pokistonni archib qoʻyadi. Uni ustiga Bobur asos solgan Hindistonga, biz u tarap boʻlishimiz kerak.

— Mejdu prochim, xorami Modini musulmonlarga qanday munosabatda boʻlayotganini koʻryapsami, shu iplos keganidan beri musulmonlarga kun yoʻq etta. Keyin, gapinga otvet, Boburdi merosxoʻrlarimiz deb pokistonliklar aytadi, hindlarmas.

— Boʻldi qilishee. Ekovi ham oldinga non koʻtarib kemeydi, meni yonimdi opsan deb. Boshqa narsalar haqida gapir undan koʻra.

— Iii xa, eshitdilaringmi Dubayda katta pichoqbozlik boʻpti-a? Endi oʻzbeklarga viza bermidigan boʻlishyaptikan.

— Men senlarga nima dedim, oʻzimizdi gapdan gaplashek.

— Anovi radar ishlayaptimikan, perekryostkadagi?

— Xa urishdi boshlapti, kecha dadam 90da tushipti.

* Choyxona ayrim “kruglar” xuddi “Shum bola” filmidagi “Hojibobi” va uning gumashtalariga oʻxshab yigʻilib olib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalar bahs qilinadigan joy. Hamma oʻzicha ekspert yoki qunduz amaki😁

https://t.me/Political_Insigh
t
04/26/2025, 12:37
t.me/political_insight/2973
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
Repost
20
Пайғамбар алайҳиссалом сафар қилмоқчи бўлсалар, Мадинада охири кирадиган уйлари қизлари Фотиманики бўлар ва сафардан қайтсалар, кирадиган биринчи уйлари ҳам Фотиманики бўларди.

Қизларнинг кўнгли нозик, шу сабаб отасига меҳрибон бўлади. Бундай кўнгил эгаларининг ҳаққини биринчи адо қилинг!

@MubashshirAhmad
04/26/2025, 10:34
t.me/political_insight/2972
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
52
Nima uchun aynan postsovet mamlakatlarida mafiya olami va koʻcha hayotga qiziqish katta

Sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarida (ayniqsa Rossiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Gruziya, Armaniston) mafiya yoki jinoyat olamini romantizatsiya qilish holati ko‘proq uchraydi. Bu esa bir necha tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘liq. Masalan:

Tarixiy omillar

Sovet davridagi repressiyalar: Ko‘p odamlar davlatni zulm sifatida ko‘rgan, shu sabab jinoyatchilar yoki "vor v zakone" kabi shaxslar tizimga qarshi "qahramon" sifatida ko‘rilgan.

Jinoyatchilarning qahramonlashuvi: 1990-yillar – Sovet Ittifoqi parchalangach – jinoyat va korrupsiya kuchaygan. Bu davrda odamlar kuchli bo‘lish, tirik qolish uchun mafiya strukturalariga yoki jinoyatchilarga koʻproq suyanishgan.

Madaniyat va ommaviy axborot vositalari

Film va seriallarda (masalan, Brat, Bumer, Vor, Brigada, Shaytanat) jinoyatchilar odatda prinsipial, g‘amxo‘r, o‘z "kodeksiga" sodiq tarzda tasvirlanadi. Bu oʻz navbatida ularni romantik qahramon sifatida ko‘rsatadi.

Musiqada (rep, shanson, estrada) ham ko‘pincha jinoyat olami, "zonaning qonunlari", "do‘stlik va xiyonat" kabi mavzular kuylanadi.

Ijtimoiy va iqtisodiy omillar

Adolatsizlik hissi: Davlat tizimining zaifligi, korrupsiya, tengsizlik – bu holatlar jamiyatda qonuniy yo‘l bilan muvaffaqiyatga erishish imkonsiz degan tushunchani uyg‘otadi. Natijada odamlar jinoyatchilarning "mustaqil", "kuchli", "qo‘rqmas" hayot tarzini idealizatsiya qiladi.

Qashshoqlik va ishsizlik: Ayniqsa 90-yillarda, yoshlar uchun jinoyat olami ko‘pincha pul topishning yagona yo‘li sifatida ko‘rilgan.

Qiyos: Yevropada nima uchun bunday holat kam uchraydi?

Yevropada demokratik institutlar va qonun ustuvorligi nisbatan barqaror bo‘lgani sababli jinoyatchilar odatda ijtimoiy “chetda qolgan” yoki salbiy obrazda tasvirlanadi.

Odamlar jinoyatchilikdan ko‘ra biznesmenlar, olimlar yoki san’atkorlarni ko‘proq ideallashtirishadi.

https://t.me/Political_Insight
04/25/2025, 14:05
t.me/political_insight/2970
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
Repost
44
"Хусусийлаштириш илғор халқаро амалиётга мувофиқ ва рақобатли савдолар орқали амалга оширилиши керак"

Халқаро валюта жамғармаси миссияси ўзбек расмийлари билан маслаҳатлашувлари якунлари бўйича якуний баёнотини эълон қилган. Баёнотдаги эътиборли хулоса ва тавсиялар:

Корхоналар фойдаси ва жисмоний шахслар даромадидан олинадиган солиқларни ислоҳ қилиш, даромадга қараб солиқ имтиёзларини қисқартириш, самарасиз божхона имтиёзларини бекор қилиш ва янгиларини тақдим этишдан воз кечиш;

Давлат қарзини бошқариш стратегиясини такомиллаштирилган ҳисобот ва эълон қилиш орқали шаффофликни ошириш;

ДХШ билан боғлиқ бўлиши мумкин бўлган харажатларни бюджетга киритиш, ДХШ лойиҳаларини давлат инвестицияларини бошқаришнинг кенг қамровли тизимига сингдириш ҳамда маблағларни ўзлаштириш бўйича реал имкониятларни ҳисобга олган ҳолда ДХШ учун йиллик чегарани камайтириш;

Олтин нархи ўзгаришининг давлат харажатларига таъсирини минималлаштиришга интилиш;

Валюта курси ўзгаришининг кенг доирасига босқичма-босқич ўтиш;

Шаффоф тартиб-қоидалар, инвесторлар ҳуқуқларининг қонуний кафолатлари ва активларни сотишдаги рақобат билан хусусийлаштиришни жадаллаштириш;

Тизимли аҳамиятга эга банкларни ихтисослаштирилган давлат банклари сифатида сақлаб қолиш бўйича жорий режаларни амалга оширмаслик;

корпоратив қарздорларга хорижий валютада кредит бериш, расмий даромадга эга бўлмаган жисмоний шахслар ва тўловга лаёқатсизлик ёки ликвидлик хавфи юқори бўлган корпорацияларга кредит бериш билан боғлиқ рискларни бартараф этиш;

Имтиёзли ва йўналтирилган кредитлашдан воз кечиш;

Амалдорлар даромадларини декларациялаш қонунини қабул қилишни тезлаштириш.
04/25/2025, 07:31
t.me/political_insight/2969
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
60
Xalqaro valyuta fondi Oʻzbekistonga ogohlantirish bilan chiqipti

Xalqaro valyuta fondi O‘zbekistonga davlat banklarini xususiylashtirishni tezlashtirishni va budjet uchun xavflarni ko‘rsatib, “tizimli ahamiyatga ega banklarni” saqlab qolish g‘oyasidan voz kechishni tavsiya qilipti. Shuningdek, mikrokreditlashning o‘sishi, imtiyozli va direktiv kreditlashdan voz kechish zarurligini ham qayd etib oʻtgan.

Batafsil

https://t.me/Political_Insight
04/24/2025, 18:13
t.me/political_insight/2967
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
71
Mustamlakachilik butun rus hukumatini allaqachon zaharlab boʻlgan

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykali oldida gulchambar qoʻyish paytida “Inglizlar sizlarga qanday kelib qoldi, nimaga rus tilida yozuv yoʻq” deb oʻdagʻaylab ketishi — haqiqiy bezbetlik.

Bularni ayniqsa Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan kooperatsiyasi (Xitoyga gʻiring deyolmaydi masalan) qattiq tashvishga solyapti. Bunga misol qilib esa, uning “Rossiya Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi taʼsiri kuchayishiga qarshi” degan gapini keltirish mumkin.

Bilaman, hukumatning Rossiyaga eʼtiroz bildirgani yuragi betlamaydi. Lekin, hech boʻlmasa xalqning oʻzi bir boʻlib, bunday shotirlarga oʻz oʻrnini koʻrsatib qoʻyishi kerak.

Ps: Yana bir fikr, haykal yonidagi yozuvda oʻzbek va ingliz tili tanlanib, juda zoʻr ish qilingan. Sababi, dunyo tili — ingliz tili, rus tili emas.

https://t.me/Political_Insight
04/23/2025, 17:50
t.me/political_insight/2965
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
58
🇨🇳🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga tahdidmi?

So‘nggi ikki o‘n yillikda Xitoy Markaziy Osiyoda eng faol geoiqtisodiy o‘yinchilardan biriga aylandi. Uning sarmoyalari, kreditlari va infratuzilmaviy loyihalari mintaqaning ko‘rinishini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Ammo bu jarayon fonida bir savol kun tartibida turipti: Xitoy mintaqa uchun xavfmi yoki imkoniyat?

Sarmoya va qarzlar: Iqtisodiy imkoniyatmi yoki qaramlikning boshlanishimi?

Tojikiston tashqi qarzining qariyb 40% Xitoyga to‘g‘ri keladi (2023-yil ma’lumotiga ko‘ra).

Qirg‘iziston ham Xitoy Eksimbankidan $1.7 mlrd qarzdor — bu ham umumiy tashqi qarzning katta qismini tashkil etadi.

Oʻzbekistonning Xitoydan tashqi qarzi 3.8 mlrd dollarga teng.

Qozogʻistonniki esa, 9.2 mlrd dollar (mamlakat YaiMsining 3.5 foizi).

“Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasida Qozog‘iston 55 dan ortiq loyihada Xitoy bilan hamkorlik qilmoqda, ularning umumiy qiymati $27 mlrddan oshadi.

Misol:
Tojikiston 2011-yilda o‘zining 1 ming km² hududini Xitoyga qarz evaziga bergani haqida xabarlar chiqqan. Bu mintaqaviy xavotirlar sabablaridan biridir.

Geosiyosiy oʻyin: Rossiya, G‘arb va Xitoy o‘rtasidagi tortishuv

Xitoy Rossiyani iqtisodiy jihatdan ortda qoldirmoqda. 2022-yil yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkori – aynan Xitoy bo‘ldi (Rossiyani ortda qoldirib). Lekin, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan soʻng, avvalgi holatga qaytildi.

AQSH va Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni faollashtirishga urinyapti, lekin ularning ta’siri iqtisodiy jihatdan Xitoynikiga yetmaydi. Biroq yaqinda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo-YI sammitida 12 mlrdlik shartnomalar imzolandi.


Geosiyosiy xavf: Mintaqadagi “muvozanat” buzilishi yangi iqtisodiy va siyosiy qaramlik shakllariga olib kelishi mumkin.

Madaniy ekspansiya va demografik xavotir

Xitoy kompaniyalari olib kirayotgan ishchi kuchi mahalliy ish o‘rinlarini bosib olayotgani haqida Qirg‘iziston va Qozog‘istonda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan va oʻtyapti.

Xitoy tili va madaniyatini targ‘ib qiluvchi Konfutsiy institutlari soni Markaziy Osiyoda ko‘paymoqda. Bu esa “yumshoq kuch” vositasida ta’sirni oshirish strategiyasidir.

Shinjon uygʻurlar masalasi

Xitoy hukumati Sinzyan (Sharqiy Turkiston)da uyg‘ur musulmonlarga nisbatan repressiv siyosat olib bormoqda. Bu holat diniy eʼtiqod kuchli bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi orasida norozilik uyg‘otmoqda.

Rasmiy hukumatlar esa, bu borada ehtiyotkor bayonotlar bilan cheklanmoqda, chunki bunda Xitoy bilan iqtisodiy manfaatlar xavf ostida qolishi ehtimoli bor.

Xulosa: Muvozanatli siyosat zarur

Xitoy — mintaqa uchun nafaqat sarmoya manbai, balki xavf ham. U ochiq tajovuzkorlik emas, balki iqtisodiy va madaniy yo‘llar bilan ta’sirni chuqurlashtirmoqda. Bunga esa “yumshoq” tahdid sifatida qaralishi kerak. Markaziy Osiyo mamlakatlari bu ta’sirga tushib qolmaslik uchun:

Ko‘p tomonlama diplomatiya olib borishi (G‘arb, Turkiya, Koreya va boshqalar bilan aloqalarni kuchaytirish),

Ichki ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi,

Xitoy bilan shaffof va tenglikka asoslangan kelishuvlarga intilishi zarur.

https://t.me/Politic
al_Insight
04/22/2025, 12:46
t.me/political_insight/2962
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
59
Eron Fors ko‘rfazida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarda ittifoqdoshlar topishi mumkin

Shanba kuni Eron va AQSH Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi bosqichini yakunladi va 26-aprelda Ummon davlatida yana uchrashishga kelishib oldi. Bu muzokaralar 2015-yilda Barak Obama ma’muriyati davrida o‘tkazilgan muzokaralardan tubdan farq qiladi: bugungi kunda Fors ko‘rfazi mamlakatlari ham bu jarayonda o‘z manfaatlariga ega bo‘lgani uchun endi bir chetda turmoqchi emas.

Birinchidan, yadroviy muzokaralar Falastin masalasini hal etishda arab davlatlari va Eronning sa’y-harakatlarini birlashtirishi mumkin. Eron tomonidan ehtimoliy kelishuvning shartlaridan biri — Falastin hududlarini bosib olishni to‘xtatish yoki "yadrosiz Yaqin Sharq" yaratish to‘g‘risidagi banddir. Arab dunyosi Isroilga nisbatan bunday bosimni qo‘llab-quvvatlaydi: Saudiya Arabistoni munosabatlarni normallashtirish sharti sifatida Falastin davlatini tashkil etishni talab qilmoqda, Misr va Iordaniya esa gʻazoliklarni ko‘chirishga qarshi ekanligini taʼkidlashdan toʻxtamayapti.

Ikkinchidan, Fors ko‘rfazi mamlakatlarining Eronga munosabati o‘zgarib bormoqda: forslarga endi dushman emas, balki koʻproq potensial ittifoqchi sifatida qaralmoqda. Isroilning G‘azo va Suriyadagi tajovuzkor harakatlari butun arab olamiga potensial xavf tug‘dirmoqda, chunki Eron zaiflashgan taqdirda, arab dunyosi Isroil bilan to‘qnashishi mumkin. Saudiya Arabistoni va Eronning 2023-yilda diplomatik aloqalarni tiklashi hamda kelajakda hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini namoyish etishi bejiz emas edi.

Mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi arab monarxiyalarining birortasiga ham foyda keltirmaydi. Masalan, Isroilning Eron yadro obyektlariga ehtimoliy hujumi Qatar, Quvayt va BAAdagi chuchuk suv ishlab chiqarish qurilmalarining ishini izdan chiqarishi va millionlab odamlarni suvsiz qoldirishi mumkin. Garchi Tehron xavfsizlik masalalarida qo‘shni davlatlar manfaatlarini hisobga olishga tayyorligini hali isbotlashi kerak bo‘lsa-da, Isroil tomonidan tahdid kuchayib borayotgan bir sharoitda arab-eron yaqinlashuvi har qachongidan ham yaqin boʻlib turipti.

https://t.me/Political_Insight
04/21/2025, 16:33
t.me/political_insight/2961
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
Repost
35
Баъзи ўзбек кино ё роликларида муслима аёлни уйида, эри олдида ҳам ҳижобда ўтирадиган қилиб тасвирлашлари жуда ҳам ғашимга тегади. Чунки ҳижоб аёлнинг номаҳрам бегоналардан тўсилиши учун вожиб холос. Маҳрамларга нисбатан аврат масаласи бошқача.

Бу мусулмончиликни яхши тушунмаслик ёки муслималарни камситиш (бефаҳм кўрсатиш) сабабидан қилинади.

@MubashshirAhmad
04/21/2025, 05:26
t.me/political_insight/2960
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
58
Bunday finalni koʻrmagan edim, gap yoʻq yigitlarga. 9 kishi qolib, boʻlib ham raqib maydonida ishonchli gʻalaba qozonish oʻzi emas. Oʻzbek xarakteri koʻrsatildi bugun. Chempionlik barchaga muborak boʻlsin!
👊⭐️🎉

https://t.me/Political_Insig
ht
04/20/2025, 20:17
t.me/political_insight/2959
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
52
Xalqni yanada kambagʻallashtiradigan ishlar, har xil taʼqiqlar-u cheklovlar, oshirilgan notarif bojlarni koʻrib, Oʻzbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga umuman kirmoqchi emas deb oʻylab qolaman. Chunki, ushbu tashkilotga kirish uchun — bozor mexanizmlarini isloh qilish, boj toʻlovlarini kamaytirish yoki olib tashlash, mamlakat bozorini tashqi dunyo uchun ochish kerak boʻladi.

Buning oʻrniga esa, gʻirt bemaʼni, yangi va yangi cheklovlar kiritilyapti. JST esa albatta bunday holatda bizni qabul qilmaydi. Bu degani, mamlakatda mahsulotlar arzonchiligi boʻlmaydi, xalq yanada kambagʻallashaveradi, tor doiradagi shaxslar foyda olaveradi. Afsus, ming afsus.

https://t.me/Political_Insight
04/20/2025, 10:14
t.me/political_insight/2957
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
42
Rubio va Uolts Eron yadroviy obyektlariga zarba berish tarafdori

AQSH davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Mayk Uolts Eron obyektlariga zarba berish tarafdori ekanligi oydinlashyapti.

Masalan, bu haqda The Washington Post gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar beryapti. Gazetaga ko‘ra, davlat rahbari Donald Trampning atrofida Eronga nisbatan siyosat borasida tortishuvlar ketyapti. Yaʼni, bir tomon urush, bir tomon muzokaralar kerak deydi.

Ayni paytda Amerika prezidenti esa Tehron bilan diplomatik maydonda o‘zaro aloqalarni davom ettirishni istaydi. Biroq Tramp qanday natijaga erishmoqchi ekani va uni qancha vaqt kutishga tayyorligi noma’lumligicha qolyapti.

Shu bilan birga, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens va markaziy razvedka boshqarmasi direktori Tulsi Gabbard Yaqin Sharqda yangi ehtimoliy mojaro boshlanishiga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lyapti, yaʼni ular urush tarafdori emas. Har xolda hozircha shunday.

Umumiy qilib aytganda, Eron masalasida Tramp qirgʻiylarga ham, amerikalik telejurnalist Taker Karlson kabi diplomatik yondashuv tarafdorlariga ham quloq solyapti. Ammo baribir, albatta bir yechimga keladi. Shaxsiy fikrimcha, bu yechim — diplomatiya boʻladi.

https://t.me/Political_Insight
04/19/2025, 16:40
t.me/political_insight/2956
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
31
04/18/2025, 06:50
t.me/political_insight/2955
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
55
🇮🇷🇺🇸🇮🇱NYT: AQSH Isroilning may oyida Eronga zarba berish rejasini qo‘llab-quvvatlamadi

The New York Times gazetasi ma’lumotlariga
ko‘ra, Isroil AQSHning boʻlajak hujumni tayyorlashda faol ishtirok etishiga va yahudiy davlatini Eronning ehtimoliy javob hujumidan himoya qilishiga ishonchi komil edi.

Ushbu hujum orqali esa Tehronning yadro qurolini ishlab chiqish borasidagi sa’y-harakatlarini kamida bir yilga to‘xtatish rejalashtirilgan edi.

Biroq, Tramp Eron bilan kelishmovchiliklarni diplomatik yo‘l bilan hal qilish yo‘lini tanladi hamda bir necha kun avval Isroilni — AQSH Islom respublikasiga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlamasligi haqida xabardor qilgan.

https://t.me/Political_I
nsight
04/17/2025, 13:21
t.me/political_insight/2954
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
42
🇺🇸🇨🇳AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi: Dunyo iqtisodiyoti va aholisiga ta’siri

So‘nggi yillarda dunyo iqtisodiyotida eng dolzarb mavzulardan biri – bu AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi bo‘lib kelmoqda. Ushbu ikki yirik iqtisodiy gigant o‘rtasidagi tariflar, cheklovlar va javob choralaridan iborat iqtisodiy qarama-qarshilik nafaqat ularning o‘z ichki bozoriga, balki butun global iqtisodiy tizimga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

Savdo urushining sabablari

Savdo urushi asosan quyidagi sabablar bilan yuzaga keladi:
•AQShning Xitoyga nisbatan savdo balansidagi salbiy farq;
•Intellektual mulk huquqlari va texnologiyalar ustidan nazorat;
•Xitoyning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kompaniyalari orqali ichki va tashqi bozorlarda ustunlikka erishish strategiyasi;
•Geosiyosiy raqobatning kuchayishi;


AQSh hukumatining Xitoy mahsulotlariga tariflar qo‘yishi va Xitoyning bunga nisbatan javob choralari savdo urushining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Bu esa butun dunyo iqtisodiyotida silkinishlarga olib keldi va kelmoqda.

Dunyo iqtisodiyotiga ta’siri

1. Iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi

Savdo urushi global savdo hajmini kamaytiradi. Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotlariga ko‘ra, bunday urushlar global iqtisodiy o‘sishni 0.5 foizgacha pasaytirishi mumkin. Ayniqsa, eksportga tayanadigan rivojlanayotgan davlatlar bundan jiddiy zarar ko‘radi.

2. Taminot zanjirlarining buzilishi

Ko‘plab transmilliy kompaniyalar ishlab chiqarish va komponent yetkazib berishda Xitoyga tayanadi. Savdo urushi sababli ko‘plab korxonalar Xitoydan boshqa davlatlarga ko‘chishga majbur bo‘ldi, bu esa ishlab chiqarish tannarxining oshishiga, texnik uzilishlarga va yetkazib berish kechikishlariga olib keldi.

3. Narxlar va inflyatsiya

Tariflar import mahsulotlar narxining oshishiga olib keladi. Bu boʻlsa iste’molchilar uchun inflyatsiyani oshiradi. AQShda, masalan, elektronika, kiyim-kechak va oziq-ovqat narxlarida oshish kuzatiladi. Bu holat aholining xarid qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

4. Valyuta kurslaridagi beqarorlik

Savdo urushi global moliya bozorlarida valyuta kurslariga bosim o‘tkazadi. AQSh dollari va Xitoy yuani o‘rtasidagi kurs o‘zgaruvchan bo‘lib qolib, bu boshqa davlatlarning eksport-import operatsiyalarini rejalashtirishini qiyinlashtiradi.

Bevosita insonlarga ta’siri

1. Ishsizlik xavfi

Eksportga yo‘naltirilgan sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish kamayib, ish o‘rinlari qisqaradi. Savdo urushidan zarar ko‘rgan kompaniyalar yirik qisqartirishlarni amalga oshirishga majbur bo‘lishadi.

2. Iste’molchilarga bosim

Mahsulotlar narxining oshishi va mavjud assortimentning kamayishi oddiy fuqarolar uchun moliyaviy bosimni oshiradi. Bu, ayniqsa, past daromadli qatlamlar uchun sezilarli bo‘ladi.

3. Noaniqlik va ruhiy bosim

Iqtisodiy noaniqlik aholining kelajakdagi rejalariga, masalan, uy-joy olish, ta’limga sarmoya kiritish yoki tadbirkorlikni boshlashga salbiy ta’sir qiladi. Natijada, umumiy iqtisodiy faollik pasayadi.

Yangi iqtisodiy yo‘nalishlar va strategiyalar

Savdo urushi ayrim davlatlar uchun yangi imkoniyatlarni ham yaratаdi. Masalan:

Vyetnam, Kambodja, Hindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar Xitoydan ko‘chib ketgan ishlab chiqarish tarmoqlarini o‘ziga jalb qilishi mumkin.

Rivojlangan davlatlar o‘z ishlab chiqarish sektorlarini qayta tiklashga harakat qila boshlaydi.

Xalqaro savdoda yangi bloklar – masalan, RCEP (Regional Comprehensive Economic Partnership) kabi ittifoqlar paydo bo‘lаdi.

Xulosa

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi – bu faqat ikki davlatning muammosi emas. Bu, butun dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yaratadi. Savdo urushi ko‘plab noaniqliklar, iqtisodiy zararlar va ijtimoiy bosimlarga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, bu global iqtisodiyotda yangi yo‘nalishlar, diversifikatsiya hamda strategik qayta tartibni keltirib chiqaradi. Yana shuni ham aytish mumkinki, koʻplab yirik urushlar aynan mana shunday cheklovchi choralar ortidan yuz bergan.

https://t.me/Political_Ins
ight
04/17/2025, 08:24
t.me/political_insight/2953
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
46
04/15/2025, 19:21
t.me/political_insight/2951
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
46
Newsweek nashriga koʻra, dunyo mana shunday tartibga AQSh, Xitoy va Rossiya oʻrtasida 3 ta taʼsir doiralarga boʻlinishi mumkin ekan. Koʻrish mumkinki, Markaziy Osiyo Rossiya taʼsiri ostida deb belgilangan. Agar Rossiya Ukrainani yeb yuborsa, bu rostdan ham amalga oshadi.

🔴 Qizil rang — Rossiya taʼsir doirasi
🔵 Koʻk rang — AQSh
🟡 Sariq — Xitoy .

Belgilanmagan qitʼalar uchun tez orada asosan AQSh va Xitoy oʻrtasida kurash boshlanadi. Nashrga koʻra, Rossiya Xitoyga yanada qaram boʻlib qolishi mumkin ekan.

https://t.me/Political_Insi
ght
04/14/2025, 10:19
t.me/political_insight/2950
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
55
Bugun kuch-quvvating boʻlishi mumkin. Lekin, unutma, vaqt hamma narsadan kuchlidir!

Mehrob.uz kanalidan olindi

https://t.me/Political_Insight
04/14/2025, 08:11
t.me/political_insight/2947
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
50
🇺🇸 Trampning tariflaridan yana bir maqsad shu ekan: boshqa davlatlar bilan savdodagi saldoni yo‘q qilish. Ya’ni, masalan, Vyetnam AQShga 100 mlrd dollarlik narsa sotsa, AQShdan 20 mlrd dollarlik narsa import qiladi. Orada ko‘ryapsiz 80 mlrd tafovut bor (buni Xitoyga nisbatan ham ishlatsa bo‘ladi). Tramp esa “bizni boshqalar 50 yildan beri talab kelyapti” deb shuni aytyapti. Bu holatni esa u mana shunday bojlari orqali "to‘g‘rilamoqchi".

Ammo aslini olganda, buni talash deb bo‘lmaydi. Chunki AQSHga tegishli juda ko‘plab mahsulotlar o‘zida chiqmaydi, aksincha Xitoy va Vyetnam kabi rivojlanayotgan va ishchi kuchi arzon boʻlgan davlatlarda ishlab chiqariladi. Ushbu davlatlar aholisi esa, amerikaliklar bilan solishtirganda karrasiga kam pul oladi. Shundan xulosa qilish mumkinki, ushbu davlatlar AQSH uchun tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib beryapti (masalan, iPhone, Tesla, Macbook, HP, Dell Xitoyda teriladi). AQSH esa, ulardan milliardlab foyda olib keladi.

https://t.me/Political_Insig
ht
04/13/2025, 16:22
t.me/political_insight/2946
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
62
⚡️ Dunyodagi oʻz davlatiga ega boʻlmagan katta xalqlar:

1. Kurdlar — 38 mln
2. Sikhlar — 20 mln
3. Basklar — 17,5 mln
4. Loʻlilar — 10 mln
5. Falastinliklar — 9,6 mln
6. Katalonlar — 9 mln
7. Tibetlklar — 5,4 mln
8. Uygʻurlar — 12 mln (norasmiy manbalarga koʻra, 35 mlngacha)

Maʼlumot uchun, dunyodagi oʻz davlatiga ega eng kichik xalq — san-marinoliklardir. San-Marino — Yevropada joylashgan boʻlib, atigi taxminan 33 ming aholiga ega mustaqil davlat.

Ps: Yuqorida sanab oʻtilgan xalqlar aholisi plyus-minus shuncha.

https://t.me/Political_Insight
04/13/2025, 09:21
t.me/political_insight/2945
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
51
Eron — oʻz yadro dasturi boʻyicha AQSh bilan Ummon davlatida muzokaralarni qaytadan boshladi. Bunga esa bir qancha jiddiy sabab hamda asoslar mavjud. Eron hozir har qachongidan ham qiyin ahvolda: iqtisodiyot murakkab holda, energetika inqirozi, ichki noroziliklar, geosiyosiy quvvat darz ketgan, proksilarni qoʻllash imkonsiz va boshqa muammolar. Eng qizigʻi va muhimi, Oliy rahbar yadro qurolini yaratmaslik haqida fatvo bergan.

Shaxsiy fikrimcha, Eron bekorga yadro qurolini yaratmaydi, chunki yadro dasturi AQSh bilan muzokaralar uchun asos boʻladi. Yaʼni, shu orqali mislsiz kiritilgan sanskiyalarni yechish maqsad qilingan. Isroil esa ham Eron yadro dasturini yoʻq qilmoqchi ham Eronni qiyin ahvolda qoldirib, iloji boʻlsa u yerdagi rejimni qulatmoqchi. Albatta, AQSh pinjida.

Ammo, Eronda yadro qurolining boʻlishi — rejim saqlanib qolinishining yagona garovi (ehtimol, muzokaralar ish bermasa, bomba ham yaratilar). Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani, Iroqning majruhlantirilgani va Shimoliy Koreyaga AQSHning “duxi” yetmayotgani hisobga olinsa, bu yanada oydinlashadi.

https://t.me/Political_Insight
04/12/2025, 18:59
t.me/political_insight/2944
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
69
12-aprel — insoniyat tarixida ilk kosmik parvoz amalga oshirilgan kun!

1961-yil 12-aprel kuni Sovet Ittifoqi fazogiri Yuriy Alekseyevich Gagarin insoniyat tarixida birinchi bo‘lib koinotga parvoz qilgan. U "Vostok-1" kosmik kemasida Yer atrofini bir marotaba aylanib chiqqan. Ushbu parvoz jami 1 soat 48 daqiqa davom etgan va raketaning maksimal tezligi 27,400 km/soatga yetgan. Parvoz shu darajada maxfiy boʻlganki, u haqida faqat davlat rahbari Xrushyov va bir nechta Politbyuro aʼzolari bilgan xolos.

Gagarinning parvozi Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromidan amalga oshirilgan. Uning parvoz boshida aytgan mashhur so‘zi — "Поехали!" ("Ketdik!") — keyinchalik butun dunyoga tarqalgan va zamonaviy kosmik davrning boshlanishini belgilab bergan.

Ps: Menimcha, kosmonavt boʻlishni orzu qilmagan oʻgʻil bola topilmasa kerak.

https://t.me/Political_Insight
04/12/2025, 04:13
t.me/political_insight/2942
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
47
Tramp bilan keyingi 4 yilda insoniyat umuman zerikmaydi, lekin anchagina boshi ogʻriydi. Bu odam siyosat va iqtisodiyotni ham shou qilib yubordi. Faqat, atrofida haqiqiy gollivud vakillari yoʻqlik qilyapti xolos.

Bu ahmoqona siyosatdan koʻzlangan yagona maqsad — doim trendda yurish va hokimiyatda uzoqroq qolish, eng kamida keyingi 4 yillikni mustahkamlab qoʻyish. Qanday deysizmi, oddiy: boj siyosatini olib tashlashni soʻrovchilarning, birinchi navbatda, yirik biznesmenlar, korporatsiyalar, puldor odamlar va shu kabi boshqa taʼsiri kuchli odamlarning oʻziga nisbatan sodiqligiga erishish hamda saylovlarda bundan foydalanish. Ammo asosiy savol bitta, bu nayrang Amerikada ishlarmikan?

https://t.me/Political_Insight
04/10/2025, 21:05
t.me/political_insight/2940
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
65
Yevropa Ittifoqi Tramp joriy qilgan bojlarga qarshi javob tariqasida oʻzi ham bojlar joriy qilishini maʼlum qildi

Hozircha YI bojlari 25% boʻlishi aytilmoqda va ular tuxum va goʻshtdan boshlab hojatxona qogʻozigacha tatbiq etiladi. Biroz kulgiliku, lekin ayni haqiqat. Bu degani, ikkinchi tomon ham boʻsh kelmaydi.

Ps: Bojlardan ayrim tor doiradagilardan tashqari hech kim yutmaydi (AQShda bu qanday boʻladi bilmadim), faqat oddiy insonlar hamda biznes zarar koʻradi.

https://t.me/Political_Insight
04/08/2025, 12:59
t.me/political_insight/2939
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
40
Netanyahu AQShga tashrifi chog‘ida Trampni Turkiyaga bosim o‘tkazish zarurligiga ishontirishga harakat qiladi, deya ta’kidlaydi Isroil bosh vaziri idorasi. Sionistlar Turkiyadan Suriyada harbiy ishtirokni kuchaytirish va taʼsir doirasini kengaytirish g‘oyasidan voz kechishni talab qilyapti.

“Yediot axronot” ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Isroil Suriyani ta’sir zonalariga bo‘lish g‘oyasini ilgari surmoqda: biri, sharqiy zona AQSH nazorati ostida qolsa, ikkinchisi, qirg‘oqbo‘yi Rossiyaga o‘tishi kerak. Turkiya shimoldagi protektorati bilan cheklanishi kerak. Isroil esa Suriyaning janubi-sharqiy qismini o‘z “qanoti ostiga oladi”.

Bu tashabbus Isroil TIV rahbarining mintaqaviy xavfsizlik manfaatlari yo‘lida Suriyani federallashtirish haqidagi chaqiriqlariga to‘liq mos keladi. Yaʼni, Isroil de-fakto mustaqil Suriya davlati boʻlishiga tish tirnogʻi bilan qarshi.

Isroil jiddiy ravishda Suriyada barqaror saylangan hukumat hokimiyat tepasiga kelmaguncha bo‘linish bo‘yicha kelishuv zarur deb hisoblaydi. Shundoq ham zaif bo‘lgan joriy tranzitni hisobga olgan holda aytish mumkinki, bunday reja amalga oshirilgan taqdirda ham Suriyaning uzoq yillar davomida parchalanishi ehtimolini saqlab qoladi.

https://t.me/Political_Insight
04/08/2025, 07:09
t.me/political_insight/2938
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
Yuqoridagi bayonotda koʻrish mumkinki, Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqining Ukraina boʻyicha pozitsiyasi bir xil. Yaʼni ikki tomon ham Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qiladi. Bu aslida yakuniy qoʻshma deklaratsiyada eng qiyin va til topishish murakkab nuqta boʻldi. Koʻrinib turibdiki, Oʻzbekiston ohista tarzda Ukrainaning yonini olmoqda (2022-yil martda ham shunday bayonot berilgan edi).

https://t.me/Political_Insight
04/06/2025, 17:41
t.me/political_insight/2936
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
47
Bir qator AQSh senatorlari Trampning savdo urushi fonida bojlar ustidan hokimiyatni qaytarib olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etipti.

Donald Trampning kechagi bojlar boʻyicha eʼloni, jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba beradi va bundan amerikaliklarning oʻzlari ham bir xilda zarar koʻradi. Bunga jim qarab turib boʻlmasligini anglagan ayrim demokrat senatorlar esa Kongressning bojlar ustidan vakolatining bir qismini Prezidentdan qaytarib olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqipti.

Batafsil: https://www.theguardian.com/us-news/2025/apr/03/senators-bipartisan-bill-trump-tariffs
04/04/2025, 14:02
t.me/political_insight/2935
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
42
Bugun Netanyahu rasmiy tashrif bilan Vengriyaga kelibdi va uni mamlakat bosh vaziri Orbanning oʻzi kutib olgan. Rahbarning boshqa bir rahbarni aeroportning oʻzida kutib olishi koʻp narsani anglatadi.

Endi eng qizigʻi, Vengriya Rim statusini imzolagan davlat, yaʼni Netanyahuga chiqarilgan order boʻyicha uni hibsga olishi kerak edi. Lekin Viktor Orban Vengriya ushbu kelishuvdan chiqishini eʼlon qilgan. Yana ham tushunarliroq qilib aytsa, oʻzining xalqaro majburiyatiga tupurib, Netanyahuni qamamagan. Orbanning qanday tovlamachi ekanligini oldin yozgan edim.

Vengriyaning bu qiligʻidan keyin, uni bemalol, oʻylab oʻtirmasdan Turkiy tilli davlatlar tashkilotidan chiqarib yuborsa boʻladi.

https://t.me/Political_Insight
04/03/2025, 17:12
t.me/political_insight/2934
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
42
📝Activist tahallusi bilan tanilgan doʻstimiz yaxshi mavzuni koʻtarib chiqipti. Mavzu jiddiy: oʻzbek tili haqida, aniqrogʻi Oʻzbekistonda boʻla turib va ishlab turib, mahalliy aholiga bepisandlik qilgan holda oʻzbek tilida xizmat koʻrsatmaslik. Buni boʻlsa, koʻplab yomon tomonlari bor.

Yaqinda shunga oʻxshash masalada Yaponamama degan brendga yozgandim va ular buni toʻgʻri qabul qilishib, oʻzbek tiliga ancha urgʻu berishni boshlashdi. Umid qilamanki, borib-borib oʻzbek tilini asosiy til qilishadi.

Umumiy xulosa qilib aytganda, mahalliy aholining tili, madaniyati, urf-odatlari va boshqa qadriyatlari bilan hisoblashmagan brendlarni boykot qilish lozim.

Yana bir muhim jihat, oʻz ona tilisidan uyalib, rus tilida gaplashadiganlar (oʻqish yoki jiddiy zarurat yuzasidan boʻlsa istisno) ham doʻppini yechib, bir chuqurroq mushohada qilishsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Qultabiat boʻlishni yigʻishtirish kerak.

https://t.me/Political_Insigh
t
04/03/2025, 11:36
t.me/political_insight/2933
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
48
Yevropa Ittifoqi komissari (YI rahbari) Ursula Fon Der Lyayen Oʻzbekistonga keldi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad — “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” sammitida qatnashish.

Bu, Yevropa Ittifoqi tashkilotining eng yuqori martabali shaxsining Oʻzbekistonga birinchi tashrifi.

Tektonik ravishda oʻzgarib borayotgan xalqaro munosabatlar sharoitida ushbu tashrifni Oʻzbekistonga boʻlayotgan eʼtibor deb tushunsa boʻladi. Yaʼni, hamma takliflar beryapti.

https://t.me/Political_Insight
04/02/2025, 18:58
t.me/political_insight/2932
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
47
#aforizm

“Armiya — diplomatlarning xatosini toʻgʻrilash uchun insonlarning yagona maqsadda bir joyga toʻplanadigan joyidir.”

Josefus Deniels (1862-1948) amerikalik diplomat, harbiy-dengiz kuchlari vaziri

https://t.me/Political_Insight
04/02/2025, 18:07
t.me/political_insight/2931
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
52
🇹🇷🇮🇱Turkiya Suriyada mustahkamlanib bormoqda

Turkiya armiyasi Suriyaning eng yirik "Tiyas" aviabazasiga (T-4) kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, u bir vaqtlar Rossiya kuchlari tomonidan ishlatilgan. Bunday qadamlar Suriya o‘tish davri hukumati bilan ikki tomonlama mudofaa pakti bo‘yicha maslahatlashuvlar yakunida kelishilgan.

Anqara T-4’ga o‘zi ishlab chiqargan HİSAR zenit-raketa majmualarini joylashtirmoqchi, deya ta’kidlaydi The Middle East Eye manbalari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, parallel ravishda Turkiya u yerda jangovar dronlarni joylashtirishni hamda zarba berish imkoniyatlarini oshirishni maqsad qilmoqda.

Turkiya bazasi mintaqa ustidan havo nazoratini o‘rnatishga va Isroil aviatsiyasining operativ hududini toraytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi, deydi The Middle East Eye suhbatdoshlari.

Kuni kecha Isroil armiyasi Suriya osmonida erkin harakat qilish huquqini himoya qilish uchun T-4ga zarba bergani hisobga olinsa, turk kuchlarining bu hududda joylashishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Turkiya-Isroil" to‘qnashuvga olib kelishi mumkinligini taxmin qilish mumkin.

https://t.me/Political_Ins
ight
04/02/2025, 12:12
t.me/political_insight/2930
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
63
Isroilda yana bir siyosiy mojaro

Oxirgi kunlarda Isroilda Netanyahu hukumati bilan bogʻliq yana bir siyosiy mojaro avj oldi: Bosh prokuratura bir qancha yuqori lavozimli amaldorlarni Qatar lobbichiligini yoyish boʻyicha (moliyaviy sxemalar orqali) qamoqqa olib, sudga tortgan. Ayblanuvchilar — Netanyahuning bosh maslahatchilari Jonatan Urix va Eli Feldshteynlar ekan.

Netanyahuning harakatlariga qaralsa, yuqoridagi sud ishida jon bor, chunki birinchidan, u kecha 31-mart kuni sudda guvoh sifatida qatnashib, barcha ayblovlarni rad qilgan. Eng qizigʻi esa, Netanyahu hukumati sud ishini ochgan Bosh prokuror Gali Miaraniga ishonchsizlik votumi eʼlon qilib, prokurorni ishdan olishga kirishgan.

Ushbu ishni olib borayotgan Shin-Bet rahbari (Isroil ichki xavfsizlik va kontrrazvedka) Ronen Bar ham Netanyahu tomonidan ishdan olingan, ammo Oliy sud bu qarorni toʻxtatish uchun buyruq bergan. Bu tomondan, “koʻr koʻrni qorongʻuda topipti” deganlaridek, Netanyahu Trampga ham oʻxshab ketadi.

Xulosa qilib aytganda, Netanyahu imkon boricha ishni bosdi-bosdi qilishga harakat qilyapti va qiladi. Chunki, bu ish u va uning hamtovoqlari turgan kemani yaxshigina chayqatyapti. Ehtimol, uning oʻzi impichment boʻlib, ishdan olinar.

https://t.me/Political_Insight
04/01/2025, 08:43
t.me/political_insight/2929
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
AQSh va Eron oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashib boryapti

Eron yerosti obyektlaridagi raketalarini yuqori shaylik holatiga keltiripti. Bu, kecha Donald Trampning Tehron Amerika tomoni bilan keng qamrovli kelishuvdan voz kechgan taqdirda Eron infratuzilmasini intensiv bombardimon qilishni boshlashi haqidagi tahdidiga javoban sodir bo‘ldi.

Agar ish ochiq qarama-qarshilikkacha yetib borsa, Eron raketalari Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy pozitsiyalariga yo‘naltiriladi. Ammo yaqinda The Telegraph manbalari ta’kidlaganidek, mintaqadan tashqaridagi obyektlar ham kombinatsiyalangan zarbaga uchrashi mumkin. Masalan, ular orasida Diyego-Garsiya orolidagi Amerika-Britaniya bazasi ham bor ekan.

U yerda AQSH so‘nggi kunlarda Eron rahbariyatini qo‘rqitish uchun o‘zining strategik bombardimonchi samolyotlarini joylashtirgan.

https://t.me/Political_Insight
03/31/2025, 11:28
t.me/political_insight/2928
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
97
AQSh davlat kotibi Rubio: Kerak boʻlsa Erondagi rejimni ham tugata olamiz

Agar Eron yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, Tramp ma’muriyati hokimiyatni o‘zgartirish yo‘lini tutishi mumkin. Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio bayonot berdi. “Agar prezident choralar ko‘rishimiz va Eronning yadroviy salohiyati paydo bo‘lishining oldini olishimiz kerakligi haqida qaror qabul qilsa, bizda buni amalga oshirish, ehtimol, rejimga qarshi chiqish imkoniyati ham bor,” - dedi u.

Bordi-yu diplomatiya ish bermasa, Eronga oid hujjatlar to‘liq Pentagon ixtiyoriga topshiriladi, deya qo‘shimcha qildi Rubio.

Tizim darz ketishi va iqtisodiy muammolar hamda AQShning yangi sanksiyalari yomgʻiriga bardosh bera olmaslik haqidagi xavotirlar Eron isteblishmenti ichida ham bor. Reuters’ning Eron hukumatiga yaqin manbalari aytishicha, Tehronda 2022-2023-yillardagi kabi koʻrinishda norozilik namoyishlarining qayta boshlanish xavfi hisobga olinyapti. Aftidan, shuning uchun ham “Hijob qonuni” qayta koʻrib chiqilmoqda.

“Hozir mamlakat porox bochkasiga o‘xshaydi va keyingi iqtisodiy keskinlik uni portlatadigan uchqun bo‘lishi mumkin,” - deydi ular.

Reuters suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Eron rasmiylari uchun bu AQSH bilan pragmatik savdolashish uchun asos bo‘lishi mumkin. Ehtimol, Islom Respublikasining neft sektorini nolga tushirish va Eron rialini qulatishga qaratilgan AQShning yangi sanksiyalar siyosati mualliflari aynan shunga intilishmoqda.

https://t.me/Political_Insight
03/22/2025, 12:07
t.me/political_insight/2925
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
🟡Statistikaga ko‘ra, G‘azo sektorida kuniga 136 nafar bola halok bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatkich boshqa hududlardagi parallel ravishda sodir bo‘layotgan mojarolardagi ko‘rsatkichlardan o‘nlab barobar yuqoridir. Bu shunchaki, dahshat. Ogʻriqni yanada chuqurroq his qilish uchun: tasavvur qiling, Oʻzbekistonda bir kunda shuncha bola oʻlsa.

2023-yil noyabr oyiga kelib, G‘azo sektorida 30 kun ichida 4100 nafar bola halok bo‘lgan, toʻgʻrirogʻi oʻldirilgan. Taqqoslash uchun, Suriyada qonxoʻr Bashar Asad davrida 11 yil mobaynida 12000 bola, Afg‘onistonda esa AQSH bosqinining 12 yilida 8099 bola halok bo‘lgan.

Faqatgina mana shu ma’lumotning o‘zigina Isroilning natsistlar Germaniyasi, Rodeziya, bir paytlar irqchilik tizimida boʻlgan JAR va boshqa mustamlakachi hamda terroristik rejimlar singari halokatga mahkumligini ko‘rsatib turibdi.

Ps: Oʻldirilgan ayol-qizlar mavzusi alohida masala.

https://t.me/Political_Insigh
t
03/21/2025, 15:19
t.me/political_insight/2921
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
40
Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini himoya qilishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari endi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorni tasdiqladi.

“Diplomatik xizmat a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan diplomatlar va davlat xizmatchilari taqdirlanadi. Ko‘krak nishonidan tashqari, laureatlarga kichik miqdordagi bir martalik mukofot puli ham berilar ekan.

https://t.me/Political_Insight
03/20/2025, 21:14
t.me/political_insight/2916
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
43
Nima uchun koʻproq badiiy adabiyot oʻqib turish kerak? Keling, sabablarini birma-bir koʻrib chiqamiz:

1. Tasavvurni kengaytiradi – Yozuvchilar yaratgan olamlar, qahramonlar va voqealar orqali inson oʻz tasavvurini boyitadi va dunyoga yangi nigoh bilan qaraydi.

2. Hissiy intellektni rivojlantiradi – Asarlardagi qahramonlar hayotiga kirib borish orqali inson ichidagi hamdardlik, muhabbat, tushunish va boshqa insoniy hissiyotlar rivojlanadi.

3. Soʻz boyligini oshiradi – Yangi soʻzlar, iboralar va uslublarni oʻrganish nutqni boyitadi va ifoda qilish qobiliyatini yaxshilaydi.

4. Tahlil qilish va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi – Murakkab syujetlar va obrazlar orqali inson voqealarni chuqur tahlil qilishga oʻrganadi.

5. Ruhiy dam olish imkonini beradi – Badiiy kitob oʻqish stressni kamaytiradi va insonni hayot tashvishlaridan chalgʻitib, ruhiy hotirjamlik beradi hamda dardini yengillashtiradi.

6. Hayotiy tajriba beradi – Kitoblar orqali inson oʻz tajribasida uchramagan voqealar bilan tanishib, ulardan saboq olishi mumkin.

7. Yozish malakasini oshiradi – Yaxshi asarlar oʻqish natijasida insonning yozish qobiliyati ham shakllanadi va rivojlanadi.

Ps: Bir olim inson oʻzbek xalqi kerak boʻlsa har yili “Oʻtgan kunlar”ni oʻqishi kerak deb aytgan edi. Chunki, bu asar inson bilan birga ulgʻayadi, yaʼni yoshingiz oʻtgani va oʻqiganingiz sari uning mohiyatini chuqurroq anglay boshlaysiz.

https://t.me/Political_Insight
03/20/2025, 09:07
t.me/political_insight/2914
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
23
Bola, ayol, kasal, nogiron demasdan ularni ayamay oʻldirayotgan xaromdan boʻlgan sionist yahudlarga Allohim oʻzing oʻlimni orzu qiladigan darajaga musibat va balolar bergin va jahannamning eng qariga tiqqin. Shu Ramazon haqqi-hurmati sendan shuni soʻrayman.

Dunyoga oʻch va oʻzining birodarlari qolib, oʻrs bilan ukrainlarni yarashtirish uchun keti yirtilgudek boʻlib harakat qilayotgan qoʻrqoq va xoin musulmon davlatlari rahbarlaridan hech qanday umid yoʻq. Yolgʻiz umid oʻzingdan, Parvardigoro.

Ps: Gʻazodan kelayotgan videolar va xabarlarga guvoh boʻlsangiz, siz ham shunday, kerak bundan ham keskin fikrlarni bildirasiz.

https://t.me/Political_Insight
03/19/2025, 20:46
t.me/political_insight/2913
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
52
Vatan bizniki, hammamizniki, faqat tor doiradagi kishilarniki emas.

Vatanni sevish boʻyicha Gʻazo bugun butun dunyoga oʻrnak boʻlyapti. Hech narsaga qaramasdan, falastinliklar vatanimizdan ketmaymiz deyapti.

Hamid Akaning fikrlari ayniqsa “surish kerak” deydigan insonlarni yaxshigina tuzlaydigan gap boʻlipti.

https://t.me/Political_Insight
03/19/2025, 20:24
t.me/political_insight/2912
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
Repost
44
Ғазода яна қатлиом бошланди. Биз энди исломий миллатлар эмас, ягона ислом уммати бўлишимиз керак! Душман устимизга бирлашиб ёпирилиб келаётган бир пайтда, чегаралар, миллатлар ва тиллар деган тўсиқларни унутиб, бирдам ислом умматига айланишимиз керак.

Қаерда "Ла илаҳа иллаллоҳ" деган мусулмон бўлса, у бизнинг ватандошимиз ва у ер ватанимиз бўлиши лозим! Унинг ва ватанининг ҳимояси бизнинг бурчимиз ва вазифамиз бўлмоғи даркор!

Булар муваққат ва баландпарвоз сўзлар эмас, балки Қуръонимизни бизга хитобидир:

"Мўминлар ҳеч шак-шубҳасиз, оға-инилардир".
("Ҳужурот" сураси, 10-оят).

"Барчангиз Аллоҳнинг арқонини маҳкам тутинг ва бўлиниб кетманг".

("Оли-Имрон" сураси, 103-оят).

"Ўзаро низо қилманг, у ҳолда тушкунликка учрайсиз ва куч-қувватингиз кетади. Ва сабр қилинг. Албатта, Аллоҳ сабр қилгувчилар биландир.

("Анфол" сураси, 46-оят).

@MubashshirAhmad
03/19/2025, 03:15
t.me/political_insight/2911
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
62
🇺🇸🇾🇪Donald Tramp boshlagan Yaman husiylariga qarshi keng ko‘lamli operatsiya aslida 2024-yildagi muvaffaqiyatsiz oʻtgan AQSH-Britaniya operatsiyasini — Yaman harakatining Arabiston yarim oroli yaqinidan o‘tuvchi xalqaro dengiz kemalariga hujum qilish qobiliyatini yo‘qotishga urinishdir.

Bunda murakkablik shundaki, husiylarga tegishli obyektlar geografik xususiyatlar tufayli yaxshigina yashiringan. Aynan shu nuqtada joylashgan shimoliy Saada viloyatida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, husiylar harakatining yetakchisi Abdul Malik al-Husiy qaror topgan. Bu hudud murakkab tog‘li landshaftga ega, bu esa ushbu joyda har qanday harbiy operatsiyani qiyinlashtiradi.

AQSH operatsiyasining quruqlikdagi qismi (agar bunday reja bor bo‘lsa) faqatgina ikki homiy — Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan boshqa Yaman kuchlari (katta ehtimol bilan sunniylar) orqali amalga oshirilishi mumkin. Biroq, bu ikkala arab davlatlari allaqachon husiylar bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan va navbatdagi mojaroda ishtirok etishni umuman xohlamaydi.

Qizig‘i, operatsiyadan oldin AQSH davlat kotibi Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov bilan bog‘lanib, unga zarbalar haqida xabar bergan. Aftidan, bu Vashington Yaman hisobiga Yaqin Sharq yo‘nalishida Moskva bilan mavzular sonini kengaytirishga tayyorligi borasida imo-ishora.

https://t.me/Political_Ins
ight
03/16/2025, 17:27
t.me/political_insight/2908
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
53
Davlatlar oʻrtasidagi strategik sheriklik darajasi nimani anglatadi?

Strategik sheriklik shartnomasi – bu ikki yoki undan ortiq davlat o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash maqsadida tuziladigan kelishuv. Bu shartnoma odatda quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

1. Siyosiy hamkorlik – Davlatlar o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlash uchun strategik masalalar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan harakat qilishga kelishib oladi.

2. Iqtisodiy hamkorlik – Savdo va investitsiyalar hajmini oshirish, infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda energetika, sanoat va boshqa sohalarda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

3. Mudofaa va xavfsizlik – Terrorizmga qarshi kurash, harbiy-texnik hamkorlik va hududiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

4. Madaniy va ilmiy hamkorlik – Ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va madaniy almashinuvlarni rivojlantirish orqali davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

5. Texnologik hamkorlik – Innovatsiyalar, sun’iy intellekt, energetika va boshqa yuqori texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi.

Strategik sheriklik shunchaki oddiy diplomatik aloqalardan farqli o‘laroq, chuqur integratsiya va uzoq muddatli manfaatlarni ko‘zlaydi. U ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

🇺🇿🇫🇷Maʼlumot uchun, kuni kecha Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

https://t.me/Political_Ins
ight
03/14/2025, 10:05
t.me/political_insight/2907
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
50
Post biroz uzunroq boʻldi, lekin foʻydali maʼlumotlar olasiz. Yaqinlaringiz bilan ham ulashib qoʻysangiz xursand boʻlamiz.

https://t.me/Political_Insight
03/11/2025, 17:57
t.me/political_insight/2906
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
24
🚫Atom bombasi yadroviy zanjirli reaksiya tamoyiliga asoslangan bo‘lib, uning ishlashi fundamental fizika qonunlariga tayanadi. Uning ishlash mexanizmini va zararli ta’sirini tushunish uchun avvalo atom yadrosining qanday bo‘linishi va energiya qanday ajralib chiqishini bilish muhim.

---

⚠️ Atom bombasining ishlash prinsipi

1. Yadro bo‘linish reaksiyasi (fission bombasi)

Atom bombasining asosiy ishlash mexanizmi og‘ir atom yadrolarining bo‘linishiga asoslanadi. Asosan Uran-235 yoki Plutoniy-239 izotoplari ishlatiladi. Bo‘linish reaksiyasi quyidagi bosqichlarda sodir bo‘ladi:

1. Neytron boshlang‘ich urishi – Atom bombasi ichida neytron manbai bo‘lib, u uran yoki plutoniy yadrosiga neytron yuboradi.


2. Zanjirli reaksiya – Neytron urilishi natijasida atom yadrosi bo‘linib, o‘z navbatida yangi neytronlar hosil qiladi. Bu neytronlar boshqa yadro atomlariga urilib, zanjirli reaksiya boshlaydi.


3. Ulkan energiya ajralishi – Har bir yadro bo‘linishi natijasida E = mc² formulasi bo‘yicha ulkan energiya ajralib chiqadi. Ushbu energiya bir necha millisekund ichida portlash shaklida chiqib, gigant issiqlik va zarba to‘lqinini hosil qiladi.

Misol sifatida:

Oddiy kimyoviy portlovchi (TNT) molekulalar orasidagi bog‘larni uzish orqali energiya chiqaradi.

Atom bombasi esa atomning o‘zini parchalash orqali ulkan energiya hosil qiladi.

⚠️ 2. Yadro sintez reaksiyasi (fusion bombasi, vodorod bombasi)

Fission bombasi bilan solishtirganda, vodorod bombasi yanada kuchliroq bo‘lib, u yadro sintezi prinsipiga asoslangan. Bunda:

1. Deuteriy va tritiy yadrolari ultrayuqori harorat (millionlab daraja) ostida birlashadi.

2. Yangi geliy yadrosi hosil bo‘ladi, va juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi.

3. Bu jarayon Quyosh va yulduzlar ichida sodir bo‘ladigan reaksiya bilan bir xil.

❗️Vodorod bombasi odatda fission bombasi bilan faollashtiriladi, ya’ni avval kichik yadro bo‘linish portlashi sodir bo‘ladi, keyin esa yadro sintez reaksiyasi boshlanadi. Bu uni millionlab tonna TNT ekvivalentidagi qudratli qurolga aylantiradi.

---

Atom bombasining zararli ta’sirlari

🔴Atom bombasi portlashi bir necha asosiy halokatli omillar orqali atrof-muhitga ta’sir qiladi:

1. Zarba to‘lqini va portlash energiyasi

Portlash vaqtida hosil bo‘ladigan yuqori bosimli to‘lqinlar soniyalar ichida hamma narsani yo‘q qiladi:

Markazdagi bosim atmosferadagi odatiy bosimdan millionlab barobar yuqori bo‘ladi.

Portlash epitsentridan uzoqlashgan sari bosim kamayadi, lekin katta vayronagarchiliklar keltirib chiqaraveradi

Shahar binolari, infratuzilma, transport va boshqa inshootlar shok to‘lqini ta’sirida yo‘q bo‘ladi.

🔥2. Issiqlik nurlanishi va termal zararlanishlar

Atom portlashi ultrayorug‘ nurlanish hosil qiladi:

Issiqlik harorati millionlab darajaga yetib, quyosh yuzasi haroratidan ham issiq bo‘ladi.

Portlash markaziga yaqin joydagi har qanday obyekt bir zumda bug‘lanadi.

Yuzlab kilometr radiusda issiqlik nurlari odam terisini kuydirib, yirik yong‘inlarni keltirib chiqaradi.

Misol: Xirosimadagi portlash natijasida ko‘plab odamlarning tanasida portlashning yorug‘ nurlari tushgan joylarda soya izi qolgan.

🚩3. Radiatsion nurlanish va ionlashgan zarralar

Atom bombasi portlagan paytda gamma nurlari, neytronlar va beta zarrachalar chiqariladi. Ularning ta’siri:

Inson hujayralarini zararlaydi, genetik mutatsiyalarga sabab bo‘ladi.

O‘tkir radiatsiya kasalligi (qusish, diareya, soch to‘kilishi, ichki organlar ishdan chiqishi) yuzaga keladi.

Uzoq muddatda saraton va genetik kasalliklarni keltirib chiqaradi.

⚡️4. Radioaktiv toshqin (Fallout)

Portlashdan keyin atmosfera yuqori qismiga radioaktiv chang va qoldiqlar ko‘tariladi. Bu moddalar vaqt o‘tishi bilan yerga tushib:

Tuproq va suvni radioaktiv qiladi.

Uzoq muddatli o‘lim va kasalliklarga sabab bo‘ladi.

Keyingi avlodlarda mutatsiyalar va tug‘ma nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin.

➡️5. Elektromagnit impuls (EMP)

Atom portlashi kuchli elektromagnit impuls hosil qiladi.

Elektr tarmoqlari, sun’iy yo‘ldoshlar va elektron qurilmalar ishdan chiqadi.

https://t.me/Political_Ins
ight
03/11/2025, 17:56
t.me/political_insight/2904
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
23
Shuningdek, zamonaviy infratuzilmani falaj holatga keltiradi.

---

⚠️ Atom bombasining tarixiy oqibatlari

1. Xirosima va Nagasaki (1945)

Ikkinchi jahon urushi oxirida AQSh tomonidan:

Xirosimaga “Little Boy” (Uran-235 bombasi) tashlangan va 140 000 odam vafot etgan.

Nagasakiga “Fat Man” (Plutoniy-239 bombasi) tashlangan va 70 000 odam o‘lgan. Hozirgi ayrim yadro bombalari esa bulardan bir necha oʻn, balki yuz baravargacha kuchli va halokatni tasavvur qilavering.

Buning ustiga, ko‘plab insonlar radiatsiya ta’sirida yillar davomida og‘ir kasalliklarga duch kelgan.

🕐 2. Sovuq urush va yadroviy qurollanish poygasi

Xirosima va Nagasaki bombalari kichik qurollar edi. Bugungi kunda:

Zamonaviy vodorod bombalari bir necha megatonna TNT ekvivalentida portlash kuchiga ega.

Yadro qurollari insoniyatni butunlay yo‘q qilish salohiyatiga ega.

---

📌 Xulosa: Nega atom bombasi oʻta darajada xavfli?

1. Uning halokatli energiyasini oddiy portlovchi moddalar bilan solishtirib bo‘lmaydi.

2. Radiatsiya va radioaktiv moddalar uzoq yillar davomida insoniyatga zarar yetkazadi.

3. Yadroviy urush nafaqat portlash oqibatlari, balki iqlim o‘zgarishiga ham sabab bo‘lishi mumkin (yadro qishi konsepsiyasi).

Bugungi kunda yadroviy qurollarni kamaytirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar mavjud, ammo yadro qurollari baribir insoniyatga eng katta tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda.

https://t.me/Political_Insig
ht
03/11/2025, 17:56
t.me/political_insight/2905
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
31
⚠️Atom bombasi qanday ishlashi va qanday zararli oqibatlar keltirib chiqarishini bilasizmi?

Yoshligimdan ilm-fanga qiziqqanim uchun bu narsa menga ham juda qiziq boʻlgan. Fizika va kimyo fanidagi tanishlarimdan atom energiyasi haqida koʻp soʻrar edim. Shunchalik koʻp soʻrardimki, ular “kulimsirab, nima, siz bomba yasamoqchimisiz” deb qoʻyar edi.

Agar bu mavzu sizga ham qiziq boʻlsa, reaksiyalardan bervorsangiz, u haqida ilmiyroq post joylaymiz.

https://t.me/Political_Insight
03/11/2025, 10:20
t.me/political_insight/2903
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
03/10/2025, 16:08
t.me/political_insight/2898
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
03/10/2025, 16:08
t.me/political_insight/2900
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
03/10/2025, 16:08
t.me/political_insight/2897
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
03/10/2025, 16:08
t.me/political_insight/2899
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
🇵🇸 Gʻazodagi iftor va taroveh.

Haqiqiy bukilmas iroda va mustahkam iymon. Boshqa soʻz yoʻq.

https://t.me/Political_Insig
ht
03/10/2025, 16:08
t.me/political_insight/2902
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
03/10/2025, 16:08
t.me/political_insight/2901
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
59
Kecha futbolda bir qiziq holat boʻldi

🇧🇷Braziliyalik futbolchi Endrik (Realda oʻynaydi) 8-mart Xalqaro ayollar kuni munosabati bilan syurpriz qilaman degan niyatda Instagram sahifasiga post joylab, sevgilisi Gabriela Miranda degan qizni belgilayman deb, oʻrniga termadagi jamoadoshi va Arsenal futbolchisi Gabriel Martinellini belgilab qoʻyibdi. 😁

Martinellining oʻzi esa bunga shunday izoh qoldirgan: "Sen fenomenal doʻstsan, lekin menimcha, notoʻgʻri odamni belgilab qoʻydingov".

Ps: Ana surpriz-u mana surpriz, ana kir yuvadigʻon moshina-yu ana dilibizor.

https://t.me/Political_Insi
ght
03/09/2025, 13:50
t.me/political_insight/2896
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
59
03/09/2025, 13:50
t.me/political_insight/2895
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
36
❗️🇮🇷🇺🇸Homanaiy: Eron AQSH bilan muzokaralar olib bormaydi

"Ba’zi insofsiz hukumatlar muammolarni hal qilish uchun emas, balki o‘z hukmlarini oʻtkazish uchun muzokaralar olib bormoqda," - dedi Islom respublikasining oliy rahbari oyatulloh Ali Homanaiy.

Rahbar Eron rasmiylari bilan uchrashuvda AQSH prezidenti Donald Trampning Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish taklifi bilan yo‘llagan maktubiga javoban ushbu fikrlarni qoʻshib oʻtdi: "Eron Islom Respublikasi, shubhasiz, ularning umidlarini oqlamaydi va ular bilan muzokaralarga kirishmaydi".

Homanaiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning ikki tomonlama standartlardan foydalanishi "sivilizatsiya uchun sharmandalik"dan boshqa narsa emas.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasining jinoyatlarini oqlab boʻlmaganidek, hozirda isroilliklarning G‘azo sektoridagi jinoyatlarini ham inkor etib, oqlab boʻlmaydi.

https://t.me/Political_Ins
ight
03/09/2025, 12:40
t.me/political_insight/2894
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
51
Tramp nega bunday ahmoqona qarorlar qabul qilyapti, nega kutilmagan yurishlar qilyapti deb rosa oʻylanib, oxiri tushunib yetdimki, Tramp bularning barchasini doimo hammaning ogʻzida boʻlish uchun qilyapti. Chunki, uning kasbi shu, yaʼni shoumen, teleyulduz, reytingchi. Eng qizigʻi, u maqsadiga yetyapti ham – har kuni, kerak boʻlsa har soat u haqida qandaydir yangiliklar chiqadi va tabiiyki, u yana muhokamalar markazida.

Xususan, Tramp olib borayotgan savdo urushi haqida ham shunday deyish mumkin. Bir qarasa, boj kiritadi, bir qarasa bojlarni olib tashlaydi, bir qarasa bosim qiladi, bir qarasa maqtab qoʻyadi. Xullas, bir martalik, oʻzgaruvchan va uzviy boʻlmagan siyosat olib boryapti.

Shuning uchun, Tramp qilayotgan ishlardan mantiq izlash kerak emas, chunki mantiqning oʻzi yoʻq.

https://t.me/Political_Insight
03/09/2025, 03:54
t.me/political_insight/2893
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
63
Let me be VERY clear — under NO circumstances will Iran be allowed to have nuclear weapons. If you even THINK about moving forward, there will be consequences like you've never seen before. The U.S. military is the strongest in the world, and we WILL act if necessary. Your economy is already in shambles because of our sanctions — keep pushing, and it will only get worse. But, if you want to do the right thing for your people, come to the table, and we’ll talk about a REAL deal — one that actually works. Your choice. Don’t make the wrong one!"

*Taxminan mana shunday xabar yoʻllagan boʻlsa kerak, yaʼni oʻz uslubida 😁

https://t.me/Political_Insigh
t
03/08/2025, 13:38
t.me/political_insight/2891
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
52
🇺🇸🇮🇷Tramp Eron oliy rahbari Ali Homanaiyga maktub yo‘llaganini ma’lum qilibdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Eron bilan uning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv tuzishni afzal ko‘radi.

Hozircha kelishuv qanday tuziladi va shartlari qanday boʻlishi nomaʼlum.

https://t.me/Political_Ins
ight
03/07/2025, 15:35
t.me/political_insight/2888
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
53
🇺🇸🇵🇸Netanyahu hukumati AQSH HAMAS bilan tarixda birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga (amerikalik asirlarni ozod qilish boʻyicha) kirishganidan juda g‘azablangan ko‘rinadi. Manbalarga ko‘ra, Isroil hukumati muzokaralar haqida oldindan xabardor ham qilinmagan.

Ehtimol, Amerika-HAMAS muzokaralari haqidagi ma’lumotlarning sizib chiqishi ushbu muzokaralar jarayonini to‘xtatib qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan Isroilning sa’y-harakatlari natijasi. Eng qizigʻi, maʼlumotlar sizib chiqishidan so‘ng, HAMAS bilan AQSHning konsultatsiyalari, tushunarli sabablarga ko‘ra, to‘xtab qolgan.

Trampning tashabbuskorligi har doim ham uning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchisi manfaatlariga mos kelavermaydi.

Fikrimcha, hali toʻliq HAMASning ishonchini yoʻqotmagan Tramp oʻzi yeng shimarib ishga kirishgan. Chunki oraga Netanyahu tiqilsa, asirlarni qutqarish choʻzilib ketadi, ehtimol amalga oshmaydigan ham.

https://t.me/Political_Ins
ight
03/07/2025, 12:51
t.me/political_insight/2887
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
55
🧠 “Brain rot”, yaʼni “miya chirishi” degan gapni eshitganmisiz?

Uni keltirib chiqaradigan sabablar esa, betayin, bachkana va ahloqsiz videolar, qisqa rilslar hamda arzon dofamin beradigan boshqa narsalar boʻlarkan. Bunday kontentlar xotira pasayishi, depressiya, apatiya, hayotga qiziqishning yoʻqolishi, diqqatni jamlay olmaslik, muhim hamda strategik qarorlar qabul qilish va inson uchun muhim boʻlgan boshqa qobiliyatlarning susayishiga, pirovardida esa umuman yoʻqolib ketishiga olib kelarkan.

Agar ruhan va jismonan sogʻlom boʻlay desangiz, bunday narsalarni umuman koʻrmang.

https://t.me/Political_Insigh
t
03/07/2025, 12:22
t.me/political_insight/2886
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
68
Trampning qilayotgan ishlarini koʻrib, uning Rossiya tomonidan yollangan josusligi toʻgʻrimikan deb oʻylab qoladi odam.

Tramp AQSHning obroʻsini shu darajada tushiryaptiki, “Make America Great Again” iborasini xato tanlagan koʻrinadi. Aslida bu shiorni endi keyingi saylovlarda demokratlar bemalol qoʻllasa boʻlarkan. Chunki rostdan ham Trampdan keyin Amerikani yana “buyuk” qilish kerak boʻladi.

Bu odam, ehtimol yaxshi biznesmen boʻlishi mumkin, lekin yomon siyosatchi ekanligi aniq.

Uning ahmoqona iqtisodiy qarorlari ham aks taʼsir berishni boshladi.

https://t.me/Political_Insight
03/05/2025, 15:45
t.me/political_insight/2883
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
71
Zelenskiyni qahramon qilgan doʻstlarimas, dushmanlari boʻldi va boʻlyapti

Bir qator jinnicha gaplar ortidan kuchli koʻrinib qolyapti bu odam. Boshida Ukrainadan qochdi degan ruslar edi. Zelenskiy qochmadi va Kiyevda turib video eʼlon qildi, hamma vau devordi. Yaqinda taslim boʻladi deb gap tarqatishgandi, men qurol olaman deb javob qaytardi va yana obroʻsi oshdi. Front chegarasiga bordi, obroʻsi oshdi. Ungacha oʻris bu qamalib oʻtiripti, u hech qayoqqa chiqmayapti degandi, u esa front chizigʻigacha bordi. Vaholanki, bu paytda va hozir ham Kremlda oʻtirgan qariya front yoniga umuman yaqinlashmadi. Bundan tashqari, Zelenskiyni narkoman deyishgandi, narkomancha harakat qilmadi va buning isboti topilmadi.

Tagi yoʻq, boʻlar boʻlmas gaplarni gapirishib, oxirida oʻzlariga yer chizib, bitta odamni katta qahramonga aylantirishdi qoʻyishdi. Kechagi Tramp bilan boʻlgan dahanaki jangda ham Zelenskiy kuchli koʻrinib qoldi, chunki Tramp bilan Vens gʻirt telba odamlar ekan. Ulardan diplomatiyani hidi umuman kelmadi. Telba(lar)ni oldida esa hamma donishmand koʻrinsa kerak.

https://t.me/Political_Insight
03/02/2025, 12:12
t.me/political_insight/2880
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
58
⚡️Arab tilini oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun bepul darslar

Barcha darslar arab tilini oʻqitish boʻyicha 4 yillik tajribaga ega va C1 darajadagi ustoz tomonidan oʻtiladi. Mashgʻulotlar kuni kecha harflardan, yaʼni noldan boshlanibdi. Bemalol kirib qatnashishingiz mumkin. Ushbu tilga qiziquvchi tanishlaringizga ham yuborib qoʻying.

Ustozni shaxsan taniyman, oliygohda bitta yoʻnalish boʻyicha tahsil olganmiz, eʼtiqodli va isteʼdodli inson. Xullas, holis va samimiy tavsiya, albatta foydalaning.

Link: https://t.me/AshrafAliy
03/01/2025, 15:25
t.me/political_insight/2879
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
54
🇺🇿Kirib kelgan ulugʻ Ramazon oyi barchangizga muborak boʻlsin qadrdonlar. Bu oyda qilinadigan barcha xayrli amallaringizni Alloh qabul qilsin va cheksiz savoblar bilan siylasin.

Bayram muborak!

https://t.me/Political_Insig
ht
03/01/2025, 03:58
t.me/political_insight/2877
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
93
🇹🇷🇮🇱🇨🇾 Isroil Bosh vaziri Suriyadagi yangi maqsadlarni eʼlon qilganidan ikki kun oʻtib, yahudiy tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari oldida chiqish qildi va "faqat federal Suriya barqaror Suriya boʻlishi mumkinligini" taʼkidlabdi.

Bu shuni anglatadiki, Isroilning Suriya teatridagi harbiy kampaniyasi juda aniq siyosiy loyiha uchun yana oʻsha lobbichilik bilan chambarchas bogʻliq boʻladi: federallashtirish loyihasi.

Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda o‘tish davri ma’muriyati maqomini tan olish zarurligi to‘g‘risida konsensus paydo bo‘layotganini hisobga olsak, xalqaro hamjamiyat Isroilning bunday g‘oyalarini qanchalik qabul qiladi, degan savol tug‘iladi.

Saar Isroilning yevropalik hamkorlari bilan suhbatlashgan va bu doirada u ilgari surayotgan narrativlarga qoʻshiladigan asosiy davlatlar - hech qanday neo-usmonli replikani qabul qilmaydigan Gretsiya va Kipr boʻladi.

Aytgancha, shu oylarda Damashqdan sanksiyalarni olib tashlashga aynan Gretsiya va Kipr to‘sqinlik qilgan. Ular "suriyalik nasroniylar himoyaga ega bo‘lishi va Erdo‘g‘on suriyaliklarga Turkiya shartlari asosida dengiz chegaralarini belgilash bo‘yicha kelishuvni qabul qildirmasligiga aniq kafolatlar" berishni talab qilishgan.

Agar Gretsiya va Kiprning Isroil bilan kuchli sherikligi hisobga olinsa, juda aniq anti-turk klubi paydo boʻladi, bu esa nisbatan zaif jamoalarni himoya qilish bahonasini yangi Suriya muammosini hal qiluvchi yondashuvlardan biriga aylantiradi. Yaʼni, shu orqali Suriyadagi vaziyatni chayqash richagi uchun harakat boshlanadi.

https://t.me/Political_I
nsight
02/26/2025, 14:42
t.me/political_insight/2872
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
50
⚡️️Suriya poytaxti Damashq va Deraa viloyatiga bugun tunda ommaviy zarbalar berildi. Suriya Isroilning bufer hududga bostirib kirishini qoralab, uni Suriya hududidan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirganidan bir necha soat o‘tib, bosqinchi samolyotlar Suriya shaharlarini bombardimon qila boshladi.

Hujumlar bilan bir vaqtda Damashq va Suriyaning bir qancha viloyatlarida bosqinchilarning tajovuzi va janubga bostirib kirishiga qarshi, shuningdek, Netanyahuning bayonotlariga norozilik belgisi sifatida tunda yirik namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

https://t.me/Political_Insight
02/26/2025, 10:04
t.me/political_insight/2871
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
50
02/26/2025, 10:04
t.me/political_insight/2869
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
50
02/26/2025, 10:04
t.me/political_insight/2870
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
38
Misr o‘ziga boʻladigan risklarga qaramay, G‘azo boʻyicha rejasini ilgari surmoqda

Qohira iloji boricha ko‘proq arab davlatlari rahbarlarini kelgusi haftada bo‘lib o‘tadigan Arab Davlatlari Ligasi tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etishga ishontirish uchun kuluar diplomatiya yordamida faol ishlamoqda, deyiladi manbalarda. Tashkilotning 22 a’zosining qo‘llab-quvvatlovi AQSH prezidenti Donald Trampning G‘azo bo‘yicha rejasiga qarshi turishga yordam beradi.

Misr anklavga milliy xavfsizlikning bir qismi sifatida qaraydi va Iordaniya bilan birgalikda 2,3 million aholining hududdan ko‘chirilishiga qat’iyan qarshi.

Biroq, Trampning rejalariga qarshi chiqqan Misr o‘z tashqi siyosatining markaziy masalalarida Vashingtonning qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotish xavfi ostida. Qohira Efiopiya bilan Nil suvini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha uzoq vaqtdan beri ziddiyatda, shuningdek, Sudandagi fuqarolar urushi va Liviyadagi tartibsizliklar tufayli ham xavf ostida qolyapti.

https://t.me/Political_Insight
02/26/2025, 07:13
t.me/political_insight/2868
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
51
Pol Pot: Osiyo Gitleri yohud Kambodjani boshini yegan qonxoʻr diktator

Pol Pot (asl ismi Salot Sar) 1925-yilda Kambodjada buddist rohiblar xonadonida tug‘ilgan. U yoshligida Fransiyaga tahsil olish uchun ketgan, lekin oʻqishdan haydalgan. Shundan soʻng, u yerdagi kommunistik mafkuradan ta’sirlangan va kommunizm “otalari” asarlaridan qattiq ruhlangan. 1950-yillarda Kambodjaga qaytib kelib, radikal soʻl harakatlarga qo‘shiladi va asta-sekin hokimiyat sari ildamlaydi.

Qizil Kxmerlar va hokimiyatga kelishi

1975-yilda Pol Pot yetakchiligidagi Qizil Kxmerlar Kambodja poytaxti Pnompenni egalladi va mamlakatda mutlaq nazoratni qo‘lga kiritdi. Ungacha esa mamlakatda amerikaparast hukumat qaror topgan va fuqarolik urushlari xalqni jonidan oʻtib ketgan edi. U Kambodjani agrar kommunistik jamiyatga aylantirishni maqsad qildi. Barcha shaharliklarni qishloqlarga haydab yubordi, ta’lim, tibbiyot va diniy faoliyatni taqiqladi, pulni bekor qildi. Uning siyosati butun mamlakatni yoppasiga lagerga aylantirdi va hamma qishloqda guruch yetishtirishga majbur qilindi. Aytish mumkinki, kambodjaliklar “yomgʻirdan qochib doʻlga tutilishgandi”.

Genotsid va dahshatli siyosati

Pol Potning rejimi 1975-1979 yillarda Demyon Kampucheya nomi bilan tanilgan va ushbu davrda Kambodja aholisi misli ko‘rilmagan qirg‘inga uchradi. Uning diktaturasida:

Sobiq hukumat vakillari, ziyolilar, shifokorlar, o‘qituvchilar va hatto oddiy ko‘zoynak taqqan odamlar dushman sifatida qatl etildi.

Millionlab odamlar qishloq xo‘jalik kollektivlashtirish dasturida ocharchilikdan halok bo‘ldi.

Toul Sleng kabi qamoqxonalarda odamlar shafqatsiz qiynoqlarga solindi va oʻldirib yubordi.


Bu yillar ichida 1,5 milliondan 2 milliongacha kambodjalik qatl qilindi yoki ochlik va kasalliklardan qirilib ketdi. Bu – Kambodja aholisining deyarli chorak qismi degani.

Hokimiyatdan ag‘darilishi va qochishi

1979-yilda Pol Pot Vyetnamga bostirib kirishga qaror qiladi, lekin Xo Shin Min boshchiligidagi Vyetnam qarshi hujumga oʻtishga muvaffaq boʻladi va uning rejimi qulaydi. Pol Pot va uning tarafdorlari Tailand chegarasiga qochib ketdi va partizan urushini davom ettirishga harakat qildi. U 1997-yilda o‘z odamlarining xiyonatiga uchrab, hibsga olindi va 1998-yilda noma’lum sharoitda vafot etdi.

Merosi va tarixiy baho

Pol Pot va Qizil Kxmerlar rejimi nafaqat Kambodja, balki insoniyat tarixidagi eng dahshatli davrlardan biri hisoblanadi. Ular mamlakatni butunlay qashshoqlikka, vayronagarchilik va genotsidga olib keldi. Bugungi Kambodja hali ham ushbu fojeaning izlarini o‘zida his qilmoqda.

Pol Potning siyosati totalitar boshqaruvning eng yomon namunalaridan biri sifatida tarixda qolgan. Uning qilmishlari insoniyatga qarshi jinoyat deb baholangan bo‘lsa-da, u xalqaro tribunal oldida javob bermagan.

https://t.me/Political_Insight
02/25/2025, 12:26
t.me/political_insight/2867
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
44
02/24/2025, 16:11
t.me/political_insight/2866
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
43
Bugun 3 kunda hal qilamiz deb boshlangan urushga 3 yil boʻldi.

24.02.2022.

https://t.me/Political_Insight
02/24/2025, 11:57
t.me/political_insight/2864
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
47
Isroilning Suriyaning janubiy hududlarida Damashqdagi o‘tish davri hukumati kuchlaridan holi bo‘lgan, yaʼni ular boʻlmagan hududni shakllantirish bilan ochiq tahdidi - bu stavkalarning jiddiy ko‘tarilishidir. Asad rejimi qulaganidan beri Isroil Suriya janubidagi ayrim hududlarda harbiy ishtirokini kuchaytirdi, ammo endi yuzsizlarcha u yerda qolish sabablarini aytishga qaror qildi.

Asosiy talablar - Suriya janubini demilitarizatsiya qilish va mahalliy druzlar jamoasiga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish emish. Shu bilan birga, Netanyahu maksimalistlarcha yangi Suriya armiyasining Damashq janubida mustahkamlanishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytmoqda.

Umuman olganda, bu so‘nggi paytlarda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar omma oldida e’lon qilgan yo‘nalishning amaliy ifodasidir. Uning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi "mazlum etnik va diniy ozchiliklar" Isroilning "tabiiy ittifoqchilari" bo‘lib, Isroil tomoni ularning huquqlari uchun kurashishi kerak.

Janubliklarning o‘zlari bunday “g‘amxo‘rlikka” qanchalik tayyor ekanliklarini baholash qiyin. Jamoa yetakchilari bugun Suriyaning Deraa, Suvayda va Kuneytra viloyatlarida norozilik namoyishlari boshlanganini e’lon qildi. Bu esa sionistlar hech kimni, xususan, endi oyoqqa turayotgan Suriyani ham tinch qoʻymasligini bildiradi.

Ps: Oʻlaksaxoʻr hech qachon oʻzi ov qilmaydi, aksincha majruhlangan yoki quvvatsiz boʻlgan yemishga tashna boʻladi. Hozir, Suriya majruhlangan holda va rivojlanish sari sekin asta qadam qoʻymoqda, oʻlaksaxoʻr Isroil esa oʻz rolida.

https://t.me/Political_Insight
02/24/2025, 08:36
t.me/political_insight/2862
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
50
Trampning bosimi, yordamlarning qisqarishi, yer osti va usti boyliklari borasidagi potensial kelishuvlar va nihoyat bugungi Ukraina Tashqi ishlar vazirining “Prezident urushni shu yil toʻxtatish vazifasini qoʻydi” degan bayotiga koʻra, urush yaqin 2 yoki 3 oyda, ehtimol yaqin kunlarda tugaydi deb oʻylayman.

“Event tahlil” shunga qarab ketyapti.

https://t.me/Political_Insight
02/23/2025, 19:31
t.me/political_insight/2861
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
38
Donald Trampning Ukrainani tanqid qilishi va Rossiyaga nisbatan yumshoqroq pozitsiyada turishi bir necha sabablar bilan bog‘liq:

1. Geosiyosiy manfaatlar – Tramp avvaldan AQShning Ukrainaga ko‘p miqdorda moliyaviy va harbiy yordam berishiga qarshi chiqib kelgan. U, asosan, bu mablag‘larni AQSh ichkarisida ishlatish lozimligini ta’kidlaydi.


2. Rossiya bilan yaqin munosabatlar – Birinchi Prezidentlik davrida ham Tramp Rossiya bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga harakat qilgan. Ammo, uning Putinga nisbatan iliqroq munosabatda bo‘lishi AQSh siyosiy doiralarida tanqidlarga sabab bo‘lgan. Bu safar esa vaziyat boshqacha, chunki vakillar palatasi ham kongress ham respublikachilar qoʻlida.


3. Ukraina bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar – Tramp 2019-yilda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lgan mashhur telefon suhbati sabab impichment jarayoniga duch kelgan edi. Shundan beri u Ukrainani tanqid qilishga moyil bo‘lib kelmoqda. Ehtimol, aynan shu uning Ukrainaga nafrati sababi boʻlsa kerak.


4. Saylov strategiyasi – Tramp 2024-yilgi prezidentlik saylovlariga qattiq tayyorlandi va Rossiyaga nisbatan yumshoqroq yondashishi konservativ saylovchilar uchun maʼqul keldi. U, ayniqsa, Ukrainaga yordam berishga qarshi bo‘lgan amerikalik saylovchilarning ovozini olishga erishdi. Tramp biznes odam va geosiyosiy savdoni ham oʻzining prizmasidan koʻradi. Yaʼni, maksimal bosim – maksimal foyda olishga intiladi.


5. NATO va xalqaro majburiyatlarga shubha – Tramp NATOga va AQShning xalqaro majburiyatlariga tanqidiy qaraydi. U Ukrainani NATO uchun ortiqcha yuk deb hisoblaydi va Yevropaning o‘z xavfsizligini mustaqil ta’minlashini istaydi.


Shu sababli, Tramp Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq masalada AQShning an’anaviy pozitsiyasidan farqli yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu uning shaxsiy manfaatlari, saylov strategiyasi va global siyosatga bo‘lgan qarashlari bilan bog‘liq.

https://t.me/Political_Insight
02/23/2025, 18:20
t.me/political_insight/2859
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
Repost
57
Ассалому алейкум,

Янги йил ва бошқа байрам ва тантаналарда уйларимизни ясатиш ўзига хос анъанага айланиб улгурган.
Ўйлайманки, Рамазон ойини тантана қилиш учун уйларимизга байрамона тус бериш ҳам анъанага айланишга жуда ҳам муносиб.
Муқаддас Рамазон ойи қандай гўзал бўлса, унга муносиб тараддуд кўриш ҳам гўзалдир.
02/22/2025, 14:43
t.me/political_insight/2858
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
62
Arab yetakchilari Trampning G‘azo bo‘yicha rejasiga muqobil variantlarni muhokama qilmoqda

Saudiya Arabistoni juma kuni AQSH prezidenti Donald Trampning G‘azo sektorini “qayta tikash” rejasiga muqobil variantlarni taqdim etish uchun arab yetakchilarining norasmiy uchrashuvini o‘tkazdi. Koʻrfaz tashkiloti a’zolari, shuningdek, Iordaniya va Misr Qohiraning falastinliklarni evakuatsiya qilmasdan anklavni qayta tiklashni nazarda tutuvchi taklifiga e’tibor qaratdi.

Qayd etilishicha, Misr rejasi G‘azoni vaqtinchalik turar joylar bilan birga “xavfsiz hududlar”ga bo‘lishni nazarda tutadi, u yerda esa falastinliklar anklavning doimiy infratuzilmasi tiklanguncha yashab turadi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, anklavni qayta qurish va nazorat qilish uchun mustaqil Falastin agentligini tashkil etish 50 milliard dollarga tushishi mumkin.

https://t.me/Political_Insight
02/22/2025, 07:21
t.me/political_insight/2857
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
99
Yarim kechasigacha futbol koʻrishning oqibati...

https://t.me/Political_Insight
02/20/2025, 10:03
t.me/political_insight/2856
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
46
02/19/2025, 18:54
t.me/political_insight/2855
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
46
Ovoz berganlarning koʻpchiligi Quvayt variantini tanlapti. Aslida esa, Kuvayt boʻladi, yaʼni K harfi bilan yoziladi.

Universitetda arab tilini oʻrgangan paytimda ustozlarimiz ham Kuvayt deb oʻrgatishgan, chunki barcha arab tili darsliklarida shunday berilgan. Ushbu davlatning nomi prezidentning kechagi tashrifi arafasida oʻrtaga chiqdi va prezident saytida ham Kuvayt deb yozilgan.

Vikipediyada ham xuddi shunday. Va eng asosiysi, ushbu davlat aholisi ham Kuvayt deydi, Quvayt emas.

https://t.me/Political_Insight
02/19/2025, 07:53
t.me/political_insight/2854
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
45
02/18/2025, 14:24
t.me/political_insight/2853
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
51
🇸🇦 Saudiya Arabistoni Rossiya-Amerika muzokaralarini qabul qilishga tayyorlanmoqda

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Saudiya Arabistoniga yetib bordi va u yerda Rossiya rasmiylari bilan seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralar arafasida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashuv o‘tkazar ekan. Moskva tomonidan boʻlajak muzokaralarda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Yuriy Yushakov ishtirok etadi. Ushbu uchrashuvda katta ehtimol bilan Ukraina taqdiri hal etiladi.

E’tiborlisi, Ar-Riyod nafaqat muzokaralar uchun maydon taqdim etmoqchi, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri vositachi ham bo‘lmoqchi. Ukraina tomoni bo‘lajak uchrashuvga taklif qilinmagan, biroq ayni vaqtda BAAda tashrif bilan bo‘lib turgan prezident Zelenskiy keyinroq Saudiya Arabistoniga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Menimcha, Saudiya Arabistoniga Gʻazo masalasi umuman qiziq emas, agar qiziq boʻlganida muzokaralarga qoʻshilardi yoki boshchilik qilardi. Bu ishni esa Qatar oʻz zimmasiga oldi va amalda bajardi. Saudiyaga kelsak, Gʻazo ular uchun savdolashish vositasi xolos.

https://t.me/Political_Insig
ht
02/17/2025, 19:30
t.me/political_insight/2852
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
1
Kechagi oʻyinda Real Madrid futbolchisi Jud Bellingemni (ingliz futbolchisi) maydondan chetlatgan hakam Xose Luis Munuera instagramida ingliz tilini oʻrgatuvchi kanallarga obuna boʻlibdi. Munuera ingliz tilini oʻrganmoqchi shekilli. Aftidan, kecha Bellingem rosa inglizchalab soʻkingan koʻrinadi. 😁

Mana, til oʻrganishga yana bitta motivatsiya. Siz ham vaqtida til oʻrganmasangiz, sizga soʻkinishsa ham bilmay turaverasiz.

https://t.me/Political_Insigh
t
02/16/2025, 19:28
t.me/political_insight/2851
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
Repost
62
#BIZGATOZAHAVOKERAK
02/15/2025, 16:39
t.me/political_insight/2847
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
56
🇺🇸🇮🇱🇮🇷NYT: Eron yadro qurolini yaratishni tezlashtirish yoʻllarini qidirmoqda

The New York
Times manbalariga ko‘ra, bunday xulosa prezident Bayden ma’muriyatining so‘nggi oylarida Amerika razvedkasidan olgan ma’lumotlariga asoslanadi.

AQSh razvedka agentliklariga koʻra, eronlik "harbiy muhandislar va olimlar yadro yoqilgʻisi zahiralarini bir yil yoki undan koʻproq muddat ichida emas, balki bir necha oy ichida haqiqiy qurolga aylantirish imkonini beradigan yoʻlni izlamoqda".

Nashr taʼkidlaganidek, bu masala Trampning seshanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

https://t.me/Political_I
nsight
02/15/2025, 12:21
t.me/political_insight/2846
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
66
⚡️AQSh Kongressining 145 aʼzosi va amerikalik 350 nafar yahudiy ravvin Trampning falastinliklarni koʻchirish boʻyicha rejasiga qarshilik bildirib, unga xat yoʻllashibdi.

https://t.me/Political_Insight
02/14/2025, 18:18
t.me/political_insight/2845
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
44
Xalqaro munosabatlar va siyosatda ingliz tilidan olingan “deep state” degan tushuncha bor. Bu ibora rus tiliga toʻgʻridan-toʻgʻri – “глубинное государство” deb tarjima qilingan.

Bu iboraning oʻzbek tiliga tarjimasi boʻyicha noaniqliklar bor edi. Bunga siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov “soyadagi kuchlar”, “yashirin davlat”, “koʻrinmas boshqaruv” degan yaxshi variantlarni beribdi.

Aslida ham tarjima yoʻnalishida boshqa tildagi hamma soʻzlarni ham oʻzbek tiliga toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilib boʻlmaydi, chunki tilimiz biroz nozik. Avval, bunday soʻzning maʼnosini ochiqlab, keyin maʼnoviy jihatdan tarjima qilish kerak boʻladi.

https://t.me/Political_Insight
02/14/2025, 12:43
t.me/political_insight/2844
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
48
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.
Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,
Kelmadi jonimgʻa hech oromi jondin yaxshiligʻ.
Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshiligʻ?
Bori elga yaxshilig' qilgʻilki, mundin yaxshi yo‘q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ!
Yaxshiligʻ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshiligʻ?

https://t.me/Political_Insight
02/14/2025, 11:58
t.me/political_insight/2843
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
51
🆕 AQSh Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga nisbatan sanksiya qoʻllabdi. Sanksiya nimalarni koʻzda tutishini aniqlay olmadim.

Esingizda boʻlsa, Karim Xon Ukrainaga bostirib kirgani uchun Putinni va Gʻazodagi qirgʻini uchun Netanyahuni hibsga olish boʻyicha order bergan edi.

Kuchlilar nima qilsa qilsin, lekin tarix Karim Xonning jasoratli va vijdonli ekanligini hech qachon unutmaydi. Unga qanday bosimlar va oʻlim tahdidlari boʻlmadi deysiz, lekin u adolat uchun chiqadi va butun dunyo, xususan kelajak avlod oldida oʻz yuzini yorugʻ qildi.

https://t.me/Political_Insigh
t
02/14/2025, 05:38
t.me/political_insight/2841
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
69
🇷🇺🇺🇸Putin va Tramp oʻrtasidagi uchrashuv Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishini aytdi. Kecha chorshanba kuni ikki prezident Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini tasdiqlagan edi.

Saudiya Arabistoni va BAA sammit oʻtkaziladigan asosiy joylar sifatida koʻrilgan boʻlsa, bu safar Ar-Riyodning diplomatik qoʻli baland keldi. Xabar berishlaricha, yetakchilar uchrashuvida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ham ishtirok etadi va tabiiyki, Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar ham muhokama qilinsa kerak, ayniqsa Trampning jinnicha gaplari va rejalari.

Sammit sanasi esa hali belgilanmadi.

https://t.me/Political_Ins
ight
02/13/2025, 03:53
t.me/political_insight/2840
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
89
“Inqiroz ostonasidagi xalqning qahramonlari hamma vaqt bir xil boʻladi - sportchi, xonanda va aktyor.”

Ser Jon Glubb

https://t.me/Political_Insight
02/12/2025, 15:43
t.me/political_insight/2838
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
99
Misrdagi hukumat uning hududiga Gʻazo sektoridan falastinliklarni koʻchirish boʻyicha reja AQSh va Isroil tomonidan qabul qilinsa, davlat toʻntarishidan qoʻrqyapti, deya xabar berdi The Middle East Eye (MEE).

Qohira parda ortidagi muzokaralarda Trampning noaniq muddatga deportatsiya qilish g‘oyasiga muqobil variantlarni lobbi qilmoqda.

Bularga Gʻazoni bosqichma-bosqich, maqsadli rekonstruksiya qilish va falastinliklarni anklav ichida koʻchirish kiradi. Yana biri unchalik yoqimli boʻlmagani - migratsiya shlyuzlarining qisman ochilishi va hech qanday ortiqcha shovqin-suronsiz falastinliklarning maʼlum bir qismini qabul qilish.

Qohiraning qo‘rquvi o‘rinli. Isroil va HAMAS oʻrtasidagi urush mahalliy Misr iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi. Damashqdagi hokimiyatning oʻzgarishi esa Qohiraga "marsh" uyushtirishga uringan Misrdan boʻlgan baʼzi suriyalik jangarilarni juda ilhomlantirdi.

https://t.me/Political_Insight
02/10/2025, 19:11
t.me/political_insight/2837
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
57
Niderlandiya kabi Eron ham lolalar yurti sanaladi

Islom Respublikasida lola gulining koʻplab navlari yetishtiriladi. Shuningdek, har yili aprel oyida ayniqsa poytaxt Tehronda lolalar festivali oʻtkazilar ekan.

https://t.me/Political_Insight
02/09/2025, 18:13
t.me/political_insight/2836
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
57
02/09/2025, 18:13
t.me/political_insight/2835
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
57
02/09/2025, 18:13
t.me/political_insight/2834
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
02/08/2025, 06:18
t.me/political_insight/2832
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
49
Insoniyat tarixidagi eng katta qirgʻinlardan biri

🇷🇼 Ruanda genotsidi — 1994-yilda sodir bo'lgan insoniyat tarixidagi eng fojiali sahifaslardan biridir. 1994-yil apreldan to iyulgacha bo‘lgan 100 kun davomida mamlakatda salkam 1 million odam, asosan, tutsi etnik guruhi vakillari, shuningdek, zo‘ravonliklarni to‘xtatishga uringan mo‘tadil hutular halok bo‘ldi. Ushbu genotsid 20-asr tarixidagi eng yirik va eng qonli qirgʻinlardan biriga aylandi.

Genotsidning sabablari

Tutsi va xutu etnik guruhlari o'rtasidagi ziddiyat Ruanda mustamlaka qilingan davrdan boshlangan uzoq tarixga ega. Belgiya hukmronligi davrida tutsilar mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida imtiyozlarga ega bo'ladi, bu esa xutular orasida norozilikni keltirib chiqaradi. 1962-yilda Ruanda mustaqillikka erishgach, hokimiyat hutular qo'liga o'tdi va tutsilar dushman sifatida qabul qilina boshladi. Bu, esa navbatida yillar davomida keskinlik va zo'ravonlikni keltirib chiqardi.

1990-yillar boshida, asosan, tutsi qochqinlaridan tashkil topgan transmilliy armiya – Ruanda Ozodlik fronti (RPF) xutu rejimiga qarshi qurolli kurash boshlaganida vaziyat keskinlashdi. 1993-yilda tinchlik bitimi tuzilganiga qaramay, siyosiy vaziyat beqarorligicha qoldi.

Genotsidning boshlanishi

Genotsid 1994-yilning 6-aprelida Hutu vakili bo‘lgan prezident Juvenial Xabyarimanani olib ketayotgan samolyot otishma natijasida urib tushirilgandan so‘ng boshlangan. Bu harakat esa ommaviy zo'ravonlikni boshlash uchun bahona sifatida ishlatilgan. Radikal hutu elementlari tutsilarni, shuningdek, zo'ravonlikka qarshi bo'lgan xutularni muntazam ravishda yo'q qilishni boshladi.

Zo'ravonlikning ko'lami

Genotsid taxminan uch oy davom etdi, bu deyarli 1 millionga yaqin odamlar oʻldirilgan. Bundan, eng ko‘p – tinch aholi jabr ko‘rdi: ayollar, bolalar va qariyalar. Zo'ravonlik juda shafqatsiz edi - odamlar pichoqlar, chopqilar, qiynoqlar bilan o'ldirilgan, shuningdek zo'rlangan. Ba'zi hollarda qo'shnilarini o'ldirish uchun chopqilar bilan qurollangan tinch aholi guruhlaridan foydalanilgan.

Jahon reaksiyasi

Xalqaro hamjamiyat, jumladan, BMT zo‘ravonlikning oldini olish yoki to‘xtatish uchun yetarlicha harakat qilmaydi. Kanadalik general Romeo Daller boshchiligidagi BMTning Ruandadagi missiyasi (UNAMIR) yetarlicha tayyorgarlik ko'rmagan va kuch ishlatish vakolatiga ega emas edi. Natijada mamlakatda tinchlikparvar kuchlar bo‘lishiga qaramay, qirg‘in to‘xtovsiz davom etdi.

Genotsidning tugashi va oqibatlari

Genotsid 1994-yil iyul oyida Pol Kagame boshchiligidagi RPF armiyasi poytaxt Kigali ustidan nazoratni o'z qo'liga olgani va radikal Xutu rejimini ag'dargani bilan yakunlandi. Shundan so‘ng, asosan eski tuzum tarafdorlari bo‘lgan millionlab qochqinlar mamlakatni tark etishi bilan gumanitar falokat boshlandi.

Genotsidning oqibatlari Ruanda uchun halokatli boʻldi. Mamlakat vayron bo'ldi, iqtisodiyoti va infratuzilmasi izdan chiqdi, jamiyat bilan aloqalar katta zarar ko'rdi. Biroq, hukumatning sa'y-harakatlari va xalqaro yordam tufayli Ruanda asta-sekin iqtisodiyotini tikladi va ijtimoiy barqarorlikni yaxshilab bordi.

Xalqaro sud

Genotsiddan so'ng, genotsid paytida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uchun Ruanda bo'yicha Xalqaro jinoiy sud (ICTR) tashkil etildi. Sud ko'plab sud jarayonlarini o'tkazdi, ular davomida esa ko'plab muhim shaxslar, jumladan, yuqori martabali amaldorlar, harbiy ofitserlar va ekstremistik guruhlar rahbarlariga hukmlar oʻqilgan.

Ruanda genotsidi – etnik nafratning halokatli oqibatlari va favqulodda vaziyatlarda xalqaro institutlarning samarasizligi haqida dahshatli eslatma bo'lib qoldi.

https://t.me/Political_Insig
ht
02/07/2025, 18:18
t.me/political_insight/2831
PO
Uktamdjanov
183 subscribers
Repost
40
"Ўлимимдан икки ой ўтиб ўғлим уйланди.
Олти ой ўтиб, қизим туғилган кунини нишонлади.
Бир йил кечиб хотиним бошқага турмушга чиқиб кетди.
Лекин вафотимга ўн йил бўляпти-ки, онам ҳали-ҳануз йиғлайди".

@MubashshirAhmad
02/07/2025, 08:39
t.me/political_insight/2829
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria