Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
7.18%
ERR (week)

Fan haqida osh kelgunicha Adminni qulog'iga aytiladigan gaplar uchun : @fanchilar_bir_minutga_bot

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 52 results
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
126
#kosa_tagida_nimkosa
#choice

Chinovniklar mantig'i

Tanlov — insonning erkinligining timsolidir. Biz har doim tanlovga ega bo‘lishni xohlaymiz, buning uchun kurashamiz. Har bir avlod ko‘proq imkoniyatlar, kengroq erkinlik orzusida yashagan. Ammo paradoks shundaki — tanlov inson miyasi uchun bosimdir.

Amerikalik psixolog Barri Shvarts o‘zining “Tanlov paradoksi” nomli kitobida yozishicha, tanlovlar soni ortgani sayin insonlar stress, shubha va afsuslanishni boshdan kechiradi. Ayniqsa, maksimalistlar (mukammal tanlov izlovchilar) ko‘plab variantlar ichida psixologik charchoqqa uchraydi. Aksincha, tanlov cheklangan holatlarda insonlar ko‘proq qoniqish va baxt his etadi. Muallif hayotni osonlashtiruvchi omil - avtomatlashtirishni tavsiya etadi. Bugungi kunda ko‘plab muvaffaqiyatli insonlar har kuni bir xil kiyim kiyishadi. Steve Jobs, Mark Zuckerberg yoki Barack Obama kabi rahbarlar kundalik kichik qarorlarni avtomatlashtirish orqali onglarini muhim strategik masalalarga qaratgan. Chunki har bir qaror — bu energiya sarfi, va haddan ortiq tanlov esa “qaror charchoqligi” (decision fatigue) ni keltirib chiqaradi.

Kiyim, nonushta, tushlik, hatto internetdagi kontent tanlovlari — bularning barchasida avtomatlashtirilgan yondashuv bizni ortiqcha charchashdan, ikkilanishdan va vaqt isrofidan saqlaydi. Turmushda oddiy narsalarni avtomatlashtirish orqali biz o‘z kuch-g‘ayratimizni muhim qarorlar, ijodiy ishlanmalar yoki shaxsiy rivojlanishga yo‘naltira olamiz.

Menimcha, hukumat kabinetidagi xalqparvar kishilar ham bu kitobni mutolaa qilishgan. Shu bois tanlov mas'uliyatidan qutilib, osonroq va baxtliroq yashashimiz uchun qayg'urib, chora-tadbirlar ishlab chiqishmoqda. Press F🫡

@Fan_choyxonas
i
04/25/2025, 11:09
t.me/fan_choyxonasi/285
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
520
04/23/2025, 15:48
t.me/fan_choyxonasi/284
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
433
#Nobel

Tinchlikparvar☺️

2011-yilda Belarusiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlanadi. Ularni to'xtatish uchun turli choralar ko'rilarkan, Lukashenko jamoat joylarida qarsak chalishni taqiqlab qo'yadi. Qaror ijrosi fonida bir qo'li yo'q Konstantin ayblanib, $200 jarimaga tortildi 😕😕😕

Keyinroq 2013-yilda Lukashenko va Belarus politsiyasiga Tinchlik bo'yicha ShNobel mukofoti topshiriladi.

@Fan_choyxon
asi
04/18/2025, 15:31
t.me/fan_choyxonasi/282
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
192
04/17/2025, 07:48
t.me/fan_choyxonasi/281
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
1.2 k
Devorlar ortida rivojlanish bo'lmaydi.

Ko'pincha erkin bozor g'oyasiga qarshi bo'lganlar iqtisodiy tarixni titkilab, Yevropa, Yaponiya va hatto AQSh ham rivojlanishining asosiy bosqichida amyoba kabi o'ralib olgan proteksionistik mamlakatlar bo'lganini iddao qilishadi.

Haqiqatan ham, Fuqarolar urushidan to 1-jahon urushigacha AQSh tariflar bo'yicha yaqqol outlier edi (o'rtacha 40-50% atrofida). Taqqoslash uchun, bu davrda Britaniyada savdo erkinlasha boshlagan, dastlab 30% dan, 1900-yilga kelib qator tovarlar uchun hatto 0% ga tushgan. Germaniya va Fransiyada esa 5-15% gacha pasaytirilgan. Shunga qaramay AQSh iqtisodiyoti juda tez ko'tarilgan va dunyodagi yetakchi iqtisodiyotga aylangan.

Bir qator iqtisodchilar, masalan, Kevin O'rurke o'sha davrda uchun tariflar va iqtisodiy o'sish orasida ijobiy korrelatsiyani aniqladi. Biroq, korrelatsiya hali sabab-oqibat bog'liqligi anglatmaydi. Axir, muzqaymoq savdosi o'sishi akula qurbonlarini oshirmaydiku (Bu haqda keyinroq).

Duglas Fisher bu savolga javob izladi. Uning ayrim tushuntirishlari quyidagicha:

1. Yuqori o'sish sur'atlari keng ichki bozor (mustamlakalar hisobiga), arzon ishchi kuchi, ulkan resurs zaxirasi sabab yuzaga kelgan.

2. AQSh keysida yuqori immigratsiya, huquqiy tizim va institutlar rivojlanishning drayverlari edi.

Shuningdek, u bir savolni o'rtaga qo'yadi - tariflar bo'lmaganda hammasi qanday bo'lardi ? Afsuski bizning to'plamda n=1. Ya'ni biz randomized test o'tkaza olmaymiz. Tarixni simulyatsiya qilish yoki shunchaki alternativ tarix bizda mavjud emas. Biroq boshqa tomondan yondashish mumkin. Masalan, ta'riflar bilan himoyalangan sohalar himoyalanmaganidan tezroq o'sganmi ?

Klein and Meissner 1870-1900-yillar oralig'idagi ma'lumotlarni o'rgandi. Agar tariflar rivojlanishning "sirli massalig'i" bo'lganida himoyalangan sohalar yuqori samaradorlikka ega bo'lishi kerak, biroq natijalar buning mutlaq aksini ko'rsatgan. Yuqori tariflar mehnat unumdorligini pasaytirgan. Albatta kichik istisnoli holatlar mavjud, mualliflarni ularni infant-industriyalar nazariyasi bilan izohlashadi. Biroq bir nechta korxonalar minglab o'rtacha orasida deyarli yo'q bo'lib ketadi va umumiy kartinada zararli ta'sir namoyon bo'ladi.

Xulosa o'rnida, samaradorlik doimo resurs optimizatsiyasi bilan birga keladi. Optimizatsiya - to'g'ri taqsimot hosilasi. Globalizm bu jarayonni maksimumga ko'targan. Devorlar ushbu jarayonni venadagi tromblar kabi bo'g'adi, xolos.

@Fan_choyxonasi
04/10/2025, 21:07
t.me/fan_choyxonasi/278
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
214
#bio
#direwolf

O'tmish reinkarnatsiyasi

Amerikaning Colossal Biosciences kompaniyasi olimlari 10 ming yil avval yo‘q bo‘lib ketgan oq bo‘rilarni genetik usulda qayta yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ular qadimiy DNK namunalarini surrogat ona itlariga joylashtirdilar. Hozirda 3 ta bo'ri Romul, Rem va Khaleesi hayotga qaytarilgan.

Oq bo'rilar qirilib ketgach, turli afsonalarga aylangan. Suratda Jorj Martin asari asosida ishlangan "Taxtlar o'yini" seriali epizodi va oq bo'ri ko'targan Martinning o'zi.

Loyihaning asosiy maqsadi — yo‘qolib ketgan turlarni tiklash, biologik xilma-xillikni saqlash, va ekologik muvozanatni saqlashdir. Kompaniya 2028-yilgacha yungli sichqonlardan foydalanib, mamontlarni ham qaytarishmoqchi.

Fan uchun yana bir katta qadam.

@Fan_choyxonasi
04/09/2025, 12:30
t.me/fan_choyxonasi/277
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
228
#social

Haqiqat faqat ziyolilar cho’ntagida emas.
- yoxud insonning paradoksal tabiati

Bugun biz tortishadigan aksariyat mavzular fanda javobini topib bo'lgan. Xalqaro savdo, yer shakli, global isish, xususiy mulk samaradorligi - bular allaqachon fan bir to'xtamga kelgan masalalardir, biroq biz hamon bu mavzularda bahslashamiz.

Bir qator olimlar (Kahan, peters...) insonlardagi bilimlar ularning ishonchlariga zid kelib qolsa, ular qanday harakat qilishini o'rganishgan. Ular qatnashchilarga shunday savol berishgan. Tasavvur qiling, terisi zararlangan insonlar 2 guruhga ajralgan. Bir guruhga davolanish uchun krem berilgan, boshqa guruh hech qanday vositalardan foydalanmagan. Natijalar quyidagicha edi:

Krem olganlar - 220 ta ijobiy, 70 ta salbiy (3/1)
Krem olmaganlar - 100 ta ijobiy, 20 ta salbiy (5/1)

Savol shunday: Kremdan foydalanish joizmi?

Absolut raqamlarda krem olganlar ko'proq tuzalgandek, biroq to'g'ri hisob-kitob qilinsa, krem olgan har 4 kishidan birining ahvoli yomonlashadi, krem qabul qilmasa har 5 dan 1 holatda. Demak krem olmaslik maqbulroq. Sodda matematika. Shubhasizki, yuqoridagi holatda, matematik bilimi yuqori bo'lgan kishilar to'g'ri javob topish ehtimoli yuqoriroq bo'ladi.

Keyin, tadqiqotchilar biroz o'zgaritirish kiritishdi (Aytgancha, tajriba AQSh da o'tkazilgan). Ular xuddi shu misolni, nisbatni saqlagan holda, faqatgina kremni qurolga, guruhdagi bemorlarni shahardagi jinoyatlarga almashtirishgan. Bilasiz, qurol saqlash AQShda siyosiy kun tartibidagi masala. Qizig'i shundaki, krem bilan bo'lgani kabi bu yerda ham shunchaki sodda matematik amallarni bajarish yetarli bo'lsa-da, odamlar o'z ishonchlariga ko'ra yo'l tutgan. Ya'ni odamlar matematik bilimidan ko'ra, avvalgi ishonchiga (demokrat yoki respublikachi) asoslanib qaror qilgan.

Eng yomoni ilmiy darajasi/matematik qobiliyati oshishi bilan bu holat battar yomonlashib borgan. Eng yuqori intellektli insonlarda bias (tarafkashlik) yuqoriroq bo'lib, ular o'z qobig'iga, dastlabki ishonchlariga shunchalik qattiq yopishib olishgan va bu o'rtacha IQ li odamdan ham yomonroq natija qilishiga olib kelgan, o'rta bilimli, o'rganuvchi, qiziquvchi insonlar esa yaxshiroq ball to'plagan.

Tadqiqot ahamiyati shundaki, insonlar o'z e'tiqodlariga mos haqiqatlarni qabul qilib, qolganini rad etadi. Bu natijadan savdoda va muzokaralarda foydalanish mumkin. Ammo tadqiqot beradigan yana bir muhim urg'u - mamlakat taqdirini texnokratlarga yoki bir hovuch ziyoliga topshirib qo'yish doim ham muammolarni hal qilmaydi, balki kuchaytirishi ham mumkin.

@Fan_choyxonasi
04/07/2025, 22:28
t.me/fan_choyxonasi/276
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
79
Meritokratiya haqida.

Hozir dunyoda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri, menimcha, tengsizlikning ortib borishi va 'ijtimoiy lift'larning yo‘qolib borayotgani bolib turibti. Umuman olganda, bu fikrda jon bor, lekin uni ilgari suruvchilar ko‘pincha ayrim muhim omillarni chetda qoldirishadi:

1) So‘lchilarga ko‘ra, biz eng "adolatsiz", kapitalizm “zulmatidagi” davrda yashayapmiz. Bu esa haqiqatdan juda yiroq. Nisbiy qaralganda, insoniyat hech qachon bugungidek farovon hayot kechirmagan: ochlik deyarli yo‘q, deyarli hamma o‘qishni biladi, tibbiyot esa ilgari insoniyatning yarmini o‘ldirib kelgan kasalliklarni yengdi. To‘g‘ri, hali hamon muammolar ko‘p, lekin zamon obyektiv baholansa, insoniyat hech qachon hozirgidek oson hayot kechirmagan.

2) Boshqa fikrga ko‘ra, tengsizlik ataylab elita tomonidan “uyushtiriladi”. Va erkin bozor tizimi boylarning boyishiga, kambag‘allarning yanada kambag‘allashishiga olib keladi. Bu ham xato fikr, chunki haqiqiy erkin bozor sharoitida ijtimoiy o‘sish imkoniyati davlat uchun hal qiluvchi omilga aylanadi. Chunki dunyo bozorida raqobatdosh bo'lish uchun eng muhim mezon — meritokratiya.

Meritokratiya bor davlatlarda muammolarga yechim haqiqiy mutaxassislardan keladi, korruptsiya orqali vakolatga ega bo‘lgan malakasiz (incompetent) shaxslardan emas. Agar mamlakat boyliklari va sanoati asosan davlat qo‘lida bo‘lsa, markazdan nepotistik boshqaruvni o‘rnatish osonlashadi va natijada tengsizlik yanada kuchayadi.

Shuning uchun “mulk taqsimoti” g‘oyasi juda ham destruktiv, bu o‘zi yomon bo‘lib turgan holatni yanada yomonlashtiradi.

Haqiqiy yechim: institutlarning shaffoflashishi, markazlashgan tizimdan uzoqlashish, bozor erkinligi va jamiyatda qobiliyatga qarab mukofotlash — Meritokratiya

@req404
04/06/2025, 22:13
t.me/fan_choyxonasi/275
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
255
Odamga baliq bersangiz u bir kun qorni toʻq yashaydi

Odamga baliq tutishni oʻrgatib qoʻysangiz u ancha kun qorni toʻq yashaydi

Odamga baliq tutishni oʻrgatib vaqt sirtmogʻiga tashlab qoʻysangiz u har kuni bir xil baliqni yeb entropiya tormozlanguncha qorni toʻq yashaydi

Odamga baliq tutishni oʻrgatib entropiyani ham tekis ketadigan qilib qoʻysangiz entalpiya sifatidagi bitta baliqdan boshqa baliq tutmaydi. Yaʼni tutmasdan koʻpaytiraman keyin yeyman degani foydasi yoʻq

Odamga baliq tutishni oʻrgatib qoʻysangiz fluktuatsiya-dissipatsiya nazariyasiga koʻra baliq tortilishish vaqti qisqarsa u bir yoʻla yesa boʻladigan boʻlib chiqadi

Odamga baliq tutishni oʻrgatsangiz, baliq suv muhitiga kovalent bogʻlangan boʻlsa kvant fizikadagi kvazi Fermi darajasi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar siz yarimta baliq tutib olasiz. Suvda qolgan yarimta baliq kinetik energiyasi suvning ichki energiyasidan katta boʻlsa u yana butun baliqqa aylanishi mumkin

@Intellektual_yumor 👈
04/06/2025, 12:34
t.me/fan_choyxonasi/273
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
164
Adabiyot Facebook atomdan kuchli

Axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlar jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ular fikr almashish, axborot tarqatish va muloqot qilish uchun muhim vosita bo‘lsa-da, shu bilan birga, misinformatsiya va hate=speech tarqalishi uchun ham qulay maydondir. Facebook kabi platformalar algoritmlari tobora ko'proq auditoriyani jalb qilish uchunga yo‘naltirilgan bo‘lib, ko‘pincha eng provokatsion va keskin postlar ommalashib ketadi.

Myanmarda 53 million kishi istiqomat qiladi, shulardan 22 millioni Facebookda faol. Myanma dunyoning etnik jihatdan eng xilma-xil davlatlaridan biri bo‘lib, 130 dan ortiq rasmiy millat vakillarini o‘z ichiga oladi. Tabiiyki, tomonlar o'rtasida konfliktlar yuzaga keladi.

2012-yil iyun oyida hukumat vakillaridan biri Facebook sahifasida quyidagi postni e’lon qiladi:

"Rohingya terrorchilar (musulmonlarni nazarda tutib) bilan to'lib bormoqda. Harbiylarimiz ularni butunlay yo‘q qilishga bel bog‘lagan! Ishonamanki, biz allaqachon buni bajaramiz."

Bu post butun mamlakat bo‘ylab musulmonlarga qarshi nafratni avj oldirdi. Facebook esa zo‘ravonlik propagandasining asosiy markaziga aylandi.

2014-yildayoq huquq faollari va xalqaro tashkilotlar Facebook’ga murojaat qilib, platformada rohingyaliklarga qarshi nafrat qo‘zg‘atuvchi postlar keskin ortib borayotganini ta’kidlagandi. Ammo kompaniya bu shikoyatlarni uzoq vaqt davomida e’tiborsiz qoldirdi. Faqatgina platforma Myanmada butunlay bloklanish xavfiga duch kelganidan so‘ng, Facebook rahbariyati favqulodda harakatga tushdi.

Biroq juda kech bo‘lgandi. Minglab rohingyaliklar o‘ldirildi, yuz minglab odamlar esa uy-joylaridan quvilib, qochqinlik hayotiga majbur bo‘ldi. Facebookning biznes modeli foydalanuvchilarning e’tiborini maksimal darajada jalb qilishga asoslangan bo‘lgani sababli, aynan kuchli hissiyot uyg‘otuvchi postlar va turli da’vatlar platformaning algoritmlari tomonidan ommalashtirilgan edi.

Myanmadagi fojiadan keyin Facebook xulosa chiqarmadi. 2020-yilda Hindistonda shu jarayon qayta takrorlandi. Facebook rahbariyati hind siyosatchisi Raja Singxni platformadan olib tashlashga chaqiriqlarga qaramay, bunga rozi bo‘lmadi. Singx musulmon muhojirlarni o‘qqa tutishga chaqirar va masjidlarni vayron qilishni targ‘ib qilardi. O‘sha yili Dehlida musulmonlarga qarshi zo‘ravonliklar avj oldi, natijada 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

2018-yilda esa Shri-Lankada ham shunga o‘xshash holat yuz berdi. Turli vayronkor postlar urchib, musulmonlarga qarshi hujumlar boshlandi.

Bu kabi holatlar ijtimoiy tarmoqlarning qanchalik xavfli qurolga aylanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Texnologik platformalar regulatsion tartiblarsiz katta externaliyalarni keltirib chiqaradi.

@Fan_choyxonasi
04/03/2025, 14:01
t.me/fan_choyxonasi/272
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
190
#tavsiya

Butun dunyoda bo'layotgan globallashuv jarayonlari xalqlar orasidagi farqlarni minimallashtirmoqda. Bu fenomenning qator ijobiy hislatlari bo'lishi mumkin, biroq milliy identika, an'analar, urf-odatlar ham xavf ostida qoladi.

Shuni hisobga olib, bir guruh tarixchi yoshlar qadriyatlarni qayta tiklash va o'zlikni anglash uchun kamtarona faoliyatini boshlabdi. Choyxonadan to'g'ri o'tib boro'rasila.

Kuzatish uchun https://t.me/milliynium

@Fan_choyxonasi
04/03/2025, 08:29
t.me/fan_choyxonasi/271
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
670
04/02/2025, 21:52
t.me/fan_choyxonasi/267
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
670
04/02/2025, 21:52
t.me/fan_choyxonasi/264
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
670
04/02/2025, 21:52
t.me/fan_choyxonasi/266
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
670
04/02/2025, 21:52
t.me/fan_choyxonasi/269
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
670
04/02/2025, 21:52
t.me/fan_choyxonasi/265
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
670
04/02/2025, 21:52
t.me/fan_choyxonasi/263
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
670
#AI
#trend

Yana ikki

Oramizda Otabek yo'q, lekin doim ikkinchi o'rin (kumush) nasib qilmoqda. Jamoa bilan bu holatni hazillashib, "Yana ikki" deb qo'yamiz.

Yuqorida jamoaning turli tasviriy janrdagi ko'rinishlari. Faqat Ghibli bilan chegaralanmay boshqa versiyalarni sinab ko'rdik.

Yana qanday janrni qo'llash mumkin, fikringizni yozib qoldiring.

P.S. Kimdir o'rtada chopilib qoldi )

@Fan_choyxonasi
04/02/2025, 21:52
t.me/fan_choyxonasi/270
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
670
04/02/2025, 21:52
t.me/fan_choyxonasi/268
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
299
Ёлғизлик бу - якка ўзинг бир хонада ўтириш эмас. Ёлғизлик бу - жамиятнинг сенга бўлган эҳтиёжларидан ва сенинг жамиятга бўлган эҳтиёжларингдан кесилишдир.

Агар ушбу ёлғизлик сенга боғлиқ бўлмаган холда вужудга келса - азоблайди, беҳаловат бўласан ва типирчилаб "жамиятга" мени қабул қилинглар дейсан ва тирқишлар излайсан.

Агар юқорида таърифи келтирилган ёлғизликни ўзинг бошқарсанг, яъни муносабатлар муҳимлигига қараб, қайта тиклаш имконини сақлаган холда - кесиб, ёлғиз қола билсанг - бу ёлғизлик қадриятга айланади.

Ёлғизликдан кучли бўлиб чиқиш - муҳим!

@Hamid_Sodiq
03/31/2025, 20:28
t.me/fan_choyxonasi/262
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
237
#Art
#chess

Siz ham Napoleonni yenga olasiz

San'at inson tasavvuri bilan kengayib boraveradi. Asarlarni yaratishda turli xo'jalik buyumlari, toshlar, yog'och, elektr, qum va boshqa narsalar ishlatilishi mumkin. Shuningdek, shaxmat ham.

Aleksandr Petrov (1794–1867) Rossiya shaxmat maktabining asoschilaridan biri bo‘lib, Petrov himoyasi (1.e4 e5 2.Kf3 Kf6) bilan tanilgan. U shaxmat kompozitsiyalarida ham ijod qilib, tarixiy voqealarni shaxmat taxtasida aks ettirishga uringan.

Quyidagi partiya 1812-yilgi Napoleonning Rossiyadagi yurishlari ( Patriotic War of 1812) ni ifoda etadi. Napoleon dastlab muvaffaqiyatli yurishlar bilan g'alaba qozona boradi, biroq noqulay ob-havo va boshqa faktorlar sabab Moskva ostonasidan chekinishga majbur bo'ladi. Urushda Aleksandr I ning otliq kazak qo'shinlari katta ustunlik olib keladi.

Shaxmat kompozitsiyasida ham Qora qirol (Napoleon) Moskva (b1) dan chekinishni boshlaydi va oq otlar (rus kazaklari) uni qadam-baqadam quvib, oxir-oqibat Parij (h8) da 'mot' qiladi. Uzun oq diagonal - Berezina daryosi bo'lib, fransuzlarning katta yo'qotishlari aynan shu yerda yuz beradi

Garchi partiya tarixiy reallikni mutlaq aks ettirmasada, u o'ziga xos san'at durdonasidir. Hozirgi kunda Etnografiya muzeyida saqlanmoqda.

Siz ham Napoleonni yutishingiz mumkin - link

@Fan_choyxonasi
03/30/2025, 17:44
t.me/fan_choyxonasi/261
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
165
Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!
03/30/2025, 07:08
t.me/fan_choyxonasi/260
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
159
03/29/2025, 08:12
t.me/fan_choyxonasi/259
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
148
To‘qnashuvlar va Din: Ramazon Siyosiy Faollikka Qanday Ta’sir Qiladi?

Ramazon oyi butun musulmon dunyosida ro‘za, ibodat va ijtimoiy marosimlar bilan o‘tadigan muqaddas davr hisoblanadi. Biroq, mening so‘nggi tadqiqotim shuni ko‘rsatdiki, bu oy nafaqat diniy va ijtimoiy hayotga, balki siyosiy va qurolli mojarolarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 1989–2023 yillar oralig‘ida 100 dan ortiq mamlakatlari ma’lumotlarini tahlil qilgan holda, Ramazonda qurolli to‘qnashuvlar musulmon ko‘pchilik davlatlarda 3–7% ga ko‘payishi, fuqarolar norozilik namoyishlari esa deyarli 10% ga kamayishi aniqlandi. Bu o‘zgarishlar diniy motivatsiyalar, tarixiy namunalar va ijtimoiy dinamika bilan bog‘liq.

Qurolli to‘qnashuvlarning ko‘payishida uchta asosiy omil hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Birinchidan, Islom tarixidagi muhim janglar (masalan, Badr jangi va Makka fathi) Ramazonda sodir bo‘lganligi radikal diniy guruhlar uchun “ilohiy chaqiriq” sifatida xizmat qilishi mumkin. Ikkinchidan, Islom shariatiga ko‘ra, jangchilar Ramazonda ro‘zadan tutmaslik imkoniyatidan foydalanib, jismoniy zaifliksiz hujum qilish imkoniyatiga ega. Uchinchidan, qurolli guruhlarni Sun'iy Salohiyat (SS) orqali uch toifaga ajratganimda (radikal diniy, diniy-mo‘tadil va dunyoviy), faqat radikal diniy guruhlarning Ramazonda faolligi sezilarli darajada oshganini topdim. Diniy-mo‘tadil va dunyoviy guruhlarning harakatlari bu oyda o‘zgarishsiz ekanligini aniqladim.

To‘qnashuvlarni kim boshlaganini aniqlash uchun Sun’iy Salohiyat (SS) va Tabiiy Tilni Qayta Ishlash (Natural Language Processing - NLP) texnologiyalaridan foydalandim. 100,000 ga yaqin voqea tavsiflarini tahlil qilib, har bir hodisani “hukumat” yoki “qurolli guruh” boshlaganligini aniqlab chiqdim. Masalan, matnda “hukumat kuchlari qishloqqa bostirib kirib, ikki jangchini yaraladi” yozilgan bo‘lsa, hujum va hodisa hukumat hisobiga yozilardi. Natijada, Ramazonda radikal diniy guruhlar tomonidan boshlangan to‘qnashuvlar keskin ko‘paygani, hukumatlar esa odatdagi faollik darajasini saqlaganligi aniqladim.


Norozilik namoyishlarining kamayishi esa Ramazonning ijtimoiy-ruhiy ta’siri bilan izohlanadi. ~50,000 musulmon bilan o‘tkazilgan so‘rovnomalar shuni ko‘rsatdiki, odamlar bu oyda ibodatga ko‘proq vaqt ajratadi va siyosiy faolligi esa kamayadi. Bundan tashqari, ro‘za tutishning jismoniy charchog‘i siyosiy faollikni kamaytiradi. Masalan, och qolgan odamning ko‘chada namoyishda qatnashish qobiliyati pasayadi.

Bu tadqiqot nega muhim?

Bu tadqiqot natijalari tinchlik tashabbuslari va siyosiy monitoring uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Radikal guruhlar Ramazon oldidan faollashishi mumkinligi sababli, xalqaro tashkilotlar va hukumatlar bu davrda tinchlik kelishuvlarini yana ham jadallashtirishi kerak. Shuningdek, noroziliklar kamaygan paytda hukumatlar fuqarolarning roziligisiz qarorlar qabul qilmasligi uchun fuqarolik jamiyati Ramazonda faollashishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, Ramazon nafaqat ruhiy tiklanish, balki jamiyatning siyosiy qiyofasini o‘zgartiradigan kuchli omildir. Radikal guruhlar tarix va diniy motivatsiyalarni suiiste’mol qilsa, oddiy fuqarolar ruhiy o'sish izlaydi. Bu natijalarni tushunish zamonaviy dunyoda mo‘tadillik va barqarorlikni mustahkamlash uchun muhimdir.

Ishchi maqolada batafsil ma'lumot topishingiz mumkin.

@musofir_iqtisodchi
03/29/2025, 08:12
t.me/fan_choyxonasi/258
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
350
#marketing

Uzbek sila ?

So‘nggi vaqtlarda Wizz Air atrofida etnik kamsitish holatlari yuzaga kelgandi. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchi samolyotga qo‘yilmaganligi haqidagi xabarlar tarqalib, kompaniyaning obro‘siga putur yetkazdi.

Marketing tarafdan, bunday paytda eng muhim strategiya – bu tezkor javob va muammoga ochiq munosabat. Wizz Air brand recovery menejmenti ijtimoiy tarmoqlarda izohlar berish orqali vaziyatni yumshatishga ham harakat qilmoqda. Shunindek, Abu Dabida o‘zbek styuardessalarini ishga olish bo‘yicha kampaniya boshladi. (Topshiringlar)

Balki yaqin kunlarda maxsus chegirmAlar va yutuqlar ham e'lon qilar. Har qalay bu tizim azaldan shunday ishlaydi.

Muhim tomoni shundaki, o'zbek segmenti global miqyosda marketing rejalarida inobatga olinmoqda.

P.S. Agar havo yo'llarimiz ochiq bozor bo'lganida, signallar aniqroq ishlar va imkoniyatlar bundan ham ko'proq bo'lardi.

@Fan_choyxonasi
03/25/2025, 12:29
t.me/fan_choyxonasi/257
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
422
#mem

Samimiy tilaklar turkumidan...

P.S. O'z variantlaringni yozib ketila

@Fan_choyxonasi
03/21/2025, 21:54
t.me/fan_choyxonasi/256
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
224
#mem

Iqtisodcha sevgi :)

@Fan_choyxonasi
03/21/2025, 21:41
t.me/fan_choyxonasi/255
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
202
Jurnalning yangi soni chiqdi. Oʻqing, fiklaringizni yozing va doʻstlaringiz bilan ulashing.

“Martin Eden” — iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan jurnal bo‘lib, erkin bozor, shaffof boshqaruv va mantiqiy tahlil tamoyillariga asoslanadi. Tafakkur va g‘oyalar olamidagi muhim asarlarning tarjimalari hamda mustaqil tadqiqotlar orqali ilmiy va falsafiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi degan umiddaman.


Jurnalni oʻqib, undagi maqola va tarjima asarlar toʻgʻrisidagi fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozishingiz mumkin. Agar loyiha davom etishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, quyidagi link orqali donat qiling va jurnal ijodkorlarini qoʻllab quvvatlang!

https://tirikchilik.uz/martineden
_______________________
@economist_Martin
03/20/2025, 22:16
t.me/fan_choyxonasi/253
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
470
#booklist

Kanal faoliyatini boshlaganiga 1 yildan oshibdi. Shu muddat davomida Fanchilar tomonidan o'qilgan va tavsiya etilgan (ilmiy) kitoblar ro'yxati :

1. Principles of Micro - G.Mankiw.
2. Macroeconomics - David Colander.
3. Omma psixologiyasi - Gustav Lebon
4. Magnit, jismlar va magnit yer - Uilyam Gilbert
5. Katta o'yin - Piter Hopkirk
6. Guerilla marketing - J. Conrad Levinson
7. Sapiens - Y.N. Harari
8. Unstoppable us - Y.N. Harari
9. The Economics of Discrimination - H. Becker
10. Why nations fail - Acemoglu, Robinson
11. Good to great - J. Collins
12. Marketing Metaphoria - Gerald Zaltman
13. Economics for the Common Good - J. Tirole
14. Patriarxiyaning 10 ming yilligi - Alice Evans (monografiya)
15. Power and Progress - Acemoglu, Simon
16. Black swan - Nassim Taleb
17. Prosperity paradox - Clayton Christensen
18. Scroogenomics - Joel Valdfogel
19. Rise and Fall of sacred cats - D. Engels

@Fan_choyxonasi
03/15/2025, 08:37
t.me/fan_choyxonasi/252
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
242
#math
#piday

π kuni

pi - aylananing uzunligini uning diametri nisbatidir. pi - fandagi eng mashhur irratsional konstanta. Pi va uning tarixi haqida yozmoqchi emasman, buni matematiklar mendan yaxshiroq tushunadi. Qiziqadiganlar uchun - 1 , 2 , veritasium.

Futbol olamida oltin to'p uchun kurash qanchalik shiddatli bo'lsa, fanda ham uzoq yillik muammoga yechim berish favqulodda olamshumul sanaladi. Pi bizga ancha vaqt ana shunday bellashuv zavqini berdi. Yillar davomida uning aniqroq qiymatini topishga urinishlar bo'lgan, hatto hozir ham ayrim havaskorlar qandaydir yechimlar topishganini iddao qiishadi. Akademik Shavkat Abdullayevich, ana shunday qiziqarli urinishlarni aytib berdi. Bir to'quvchi ham pi = 22/7 ekanini , shu nisbatda qalpoq tikilsa, mukammal chiqishini isbot sifatida olib kelgan ekan😁

Pi irratsional ekani ma'lum bo'lgach, uning dastlabki verguldan keyingi tartibini yodlash bo'yicha xotira musobaqalari avj olgan. Hatto ilk millionta raqamlari yozilgan kitob ham chiqarildi, faqat pi uchun. Shu bois fanda uning mavqei o'zgacha. Xalqaro matematiklar birlashmasi (IMU) har yili 14-martni π kuni deb e'lon qilgan.

Kanalda matematiklar bormi-yo'qmi bilmayman, biroq fan ixlosmandlari yi'gilganiga ishonchim komil. Shu bois, hamma fanchilarni pi kuni bilan tabriklayman.

P.S. Shuningdek, 22-iyul ham (22/7) norasmiy pi kuni hisoblanadi

@Fan_choyxonas
i
03/14/2025, 07:52
t.me/fan_choyxonasi/251
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
131
👍NEWS

🎁Ramazon sovg'asini kutib oling🎁

🔋 Zakovatga doir YANGİ 45 ta kanal🤔

✈️Darajangiz qanday bo'lishidan qattiy nazar o'zingizga mos kanal topishingiz aniq💯

Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna b
o'lish
03/11/2025, 16:03
t.me/fan_choyxonasi/250
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
351
Hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirliklarida yashaganim uchun boʻlsa kerak, shu mavzu haqida bir oz oʻylab qoldim. Amirliklar aholisining 90 foizdan ortigʻi – kelgindilar. Oʻzbekiston esa xorijliklarga deyarli vaqtincha yashash huquqini bermaydi (amalda deyarli imkonsiz), Amirliklar esa buni osonlikcha taqdim etadi. Shu bois, Amirliklardagi aksar biznes egalari, kutilganidek, chet elliklar; mahalliy aholining asosiy qismi esa ko‘proq davlat idoralarida faoliyat yuritadi.

Dunyoning har turli burchagidan kelgan odamlar oʻz biznesi va tijoratini rivojlantirib, Amirliklarni boyitishga hissa qoʻshib kelishyapti. Ular orasida eng koʻp migrantlar Janubiy Osiyodan – masalan, Hindiston, Bangladesh, Pokistondan. Baʼzan tijoriy muassasalarda oʻz tillarida ham yozishmalarini koʻrish mumkin. Masalan, doʻkon peshlavhasida arabcha va hindcha, yoki koʻpincha arabcha va inglizcha kombinatsiyasi. Doʻkonga yoki korxonaga kirsangiz, oʻsha yerda arabcha bilmaydigan odam bo‘lishi hech gap emas (qaysi turdagi biznes yoki ishlab chiqarish ekaniga bogʻliq). Xitoy tilida yozuvlar ham uchrab turadi. Masalan, bir safar o‘zbek oshxonasiga kirganimda menyu rus va ingliz tillarida edi, arabcha versiyasi koʻzga tashlanmadi (balki bordir, lekin men koʻrgan paytda faqat shu ikki tilda edi). Shahar koʻchalarida har bir millat, irq va din vakillari hech qanday cheklovsiz, oddiy tijoriy faoliyatda qatnashayotganini koʻrasiz. Koreyscha taomxonada ham, Efiopcha taomxonada ham boʻldim – ikkisida ham asosan oʻsha millatning vakillari ishlaydi, oʻsha millat vakillari ovqatlanadi, mahalliylar deyarli uchramaydi. Qarasangiz, hammasi mamnun, tinch va farovon.

Singapur va AQSh kabi rivojlangan boshqa davlatlarda ham chet ellik biznesmenlar, ishchilar va mehnat muhojirlari yaxshi qabul qilinadi. Oʻzbekistondagi ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim mulohazalarni koʻrib esa, rosti, buni ruslarning oʻzbeklarga qilgan ayrim kamsitishlariga oʻxshatib yubordim. Masalan, biz ham xitoylik yoki hindistonlik ishchilar va tadbirkorlarga qarshi xuddi oʻzimizga nisbatan qilinadigan munosabatni qilayotgan emasmizmi? Rossiyada oʻzbeklar uy-joyni ijaraga olish yoki sotib olishda diskriminatsiyaga uchrayotgani, “faqat slavyanlarga” kabi eʼlonlar borligi aniq. Shunga oʻxshash chaqiriqlarni men yurtimizdagi ijtimoiy tarmoqlarda ham koʻrdim: “chet ellik, masalan, xitoyliklarga mol sotmang, ijaraga bermang,” kabi. Bunday xatti-harakat nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki axloqiy jihatdan ham xunuk ish.

Bu diskriminatsiyaga undayotganlarning mantiqini tushunmayman. Nimadan qoʻrqishyapti, nima asosga tayanyapti oʻzi? Xitoyning tashqi siyosatini tanqid qilishga ehtiyoj bordir – bu yerda ham Uygʻurlar bilan bogʻliq juda ayanchli masalalar haqida bir necha bor yozganman. Albatta, bu hukumat darajasida qilingan yomon ishlar. Ammo xitoylik tadbirkorlar yoki ishchilar Oʻzbekistonga kelishidan tahdid koʻrayotganlar, menimcha, Oʻzbekiston xavfsizligi haqida jiddiy o‘ylamayapti. Mamlakat qanchalik qoloq va kambagʻal boʻlsa, uni bosib olish shunchalik oson. Xitoy oʻzi ham oʻrta asrlardan keyin yopiqlik siyosatini yuritib, portlarini yopganidan keyin, ancha kichik Yevropa davlatlari tezda uni bosib olishga muvaffaq boʻlgan. Agar vatan kelajagi va uning xavfsizligi haqida qaygʻursak, birinchi navbatda iqtisodiy va texnologik qoloqlik ustida ishlashimiz kerak. Qoloqlikning sabablarini aniqlab, ularga barham berish yoʻllarini izlashingiz lozim. Xitoy ham Maoning oʻlimidan soʻng dunyoga yuz tutdi; har tarafdan tijoratchilar kelib, uni rivojlantirishdi.
03/11/2025, 00:28
t.me/fan_choyxonasi/249
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
276
#climate

Bugungi kunda iqlim o'zgarishining bevosita va bilvosita ta'sirlari sezilarli bo'lmoqda. Tadqiqotlarda hatto bolalar tishlarining qiyshayishi va og'iz bo'shlig'i o'zgarishiga ham iqlimiy faktorlar ta'sir qilayotgan ekan. Quyidagi maqolada mavzuga qisqacha to'xtaldik.

https://telegra.ph/Atmosfera-havosi-ifloslanishi-va-uning-inson-salomatligiga-tasiri-03-06

@Fan_choyxonasi
03/07/2025, 07:10
t.me/fan_choyxonasi/247
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
230
Bugun sizga turli yoʻnalishdagi foydali kanallarni tavsiya qilaman.

@nota_bene1 - shunchaki yaxshi kanal

@Uzbekchilik17 - Asosan kayfiyatni ko‘taruvchi kontent

@blogdilshoda - Xalqaro va O'zbekistondagi grantlarni yutmoqchilar uchun maxsus kanal

@Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar

@engengeng888 - eng zo'r ma'lumotlar - hammasi faqat obunachilar uchun

@Azizbekh17mem - Ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu orqali olib chiqiladi

@Kinovat - Kino olami haqida barchasi

@sharqshunos_tarixchi -
Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi

@bilimdon_zakovatchi - Yangi faktlar, savollar, zakovat haqida va xullas ideal kanal

@legal_mind — sarkazm, yumor va xalq tushunadigan tilda huquqiy fikrlar

@economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida

@santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida

@korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida

@therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda

@ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar

@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami

@Fan_choyxonasi - Fan haqida, osh kelgunicha

@req404 - Sun’iy intellekt, startaplar, iqtisodiyot va biroz falsafa

Barcha kanallarni bitta havolaga toʻpladik, u orqali istalganiga yoki barchasiga obuna boʻlishingiz mumkin.

Marhamat havolaga!
03/05/2025, 18:01
t.me/fan_choyxonasi/246
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
175
Trumpning Ukraina toʻgʻrisida pozitsiyasi 2 minut ichida)

Manbaa
03/01/2025, 21:57
t.me/fan_choyxonasi/245
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
998
#history
#cats

Mushuklar, vabo, demokratiya va Papa

Insoniyat tarixidagi eng daxshatli ofatlardan biri bo‘lgan Qora O‘lat XIV asr Yevropasida mislsiz talafotlar keltirib chiqardi. Bu vabo 1347 – 1351-yillar davomida butun Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga tarqalib, ba’zi tarixiy manbalarga ko‘ra, ushbu hududlardagi aholining qariyb yarmini hayotdan olib ketgan. O‘latning keng tarqalishiga asosan kalamushlarda uchraydigan burga hasharotlari sabab bo‘lgan. Burgalar kalamushlardan odamlarga o‘tib, kasallikni yuqtirishgan. O‘sha davrning gavjum va sanitariya sharoiti og‘ir bo‘lgan shaharlarida kasallik juda tez tarqalgan. Ayniqsa, o‘latning ilk tarqalish o‘choqlaridan biri bo‘lgan Italiya port shaharlarida bu muammo yanada keskin tus olgan. Savdo kemalari orqali kasallik Yevropa bo‘ylab yoyilgan va o‘lat aholining katta qismini qirib tashlagan.

Biroq ushbu vaboning mislsiz halokatga aylanishida, balki, oldindan kutilmagan yana bir omil – mushuklarning qirilishi ham muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. XIII asrning birinchi yarmida Rim Papasi Gregoriy IX bir qator imperator va yepiskoplarga Vox in Rama nomli xat jo’natadi. Xatda Germaniya hududlarida satanizm urchigani va unga qarshi kurashish uchun salib yurishlarini boshlash joiz ekani aytiladi. Tarixchi Donald Engels yozishicha, bu qonun mushuklar (ayniqsa, qoralari) shaytonning malaylari ekanini iddao qilgan va ularga qarshi urush ochgan. Mushuklarni o‘z diniy rituallarida ishlatgan ayrim sektalar bu vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Odamlar esa ularni ommaviy ravishda o‘ldirishni boshlagan.

Birinchi marta Yevropaga XI asrda kirib kelgan vabo u qadar katta talafot yetkazmagan edi. Chunki o‘sha paytda mushuklar tabiiy ravishda kasallik tarqatuvchi asosiy vosita – kalamushlarni nazorat qilib turgan edi. Biroq Vox in Rama tufayli XIV asrga kelib Yevropada mushuklar soni keskin kamayib ketdi. Bu esa kalamushlar sonining keskin ortishiga olib keldi. Natijada, o‘lat burgalari ko‘payishi va kasallikni tez tarqatishi uchun ideal sharoit paydo bo'ldi

Qora O‘latning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari ham mislsiz darajada ulkan bo‘ldi. Millionlab odamlarning o‘limi Yevropadagi demografik tuzilishga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘lat nafaqat jismoniy, balki ma’naviy va diniy inqirozni ham keltirib chiqardi. Odamlar cherkov va diniy yetakchilarning duolari ularni kasallikdan saqlay olmaganini ko‘rib, diniy e’tiqodlariga shubha bilan qaray boshlashdi. Bu esa keyinchalik Protestantlik harakatlarining kuchayishiga va Yevropada cherkov hokimiyatining zaiflashishiga olib keldi. Shu bilan birga, Qora O‘lat ijtimoiy tuzumga ham jiddiy zarba berdi. Acemog'lu va Robinson yozishicha, ko'plab odamlarning o’limi mamlakatlarda ishchi kuchi tanqisligini keltirib chiqardi. Angliyada omon qolgan dehqonlar ko'proq savdolashish huquqiga ega bo'lib, ish haqini oshirishni talab qila boshladilar. Mehnat bozori yanada inklyuziv bo'ldi. Feodal tizim zaiflashdi, bu esa Yevropada yollanma mehnat tizimining rivojlanishiga olib keldi. Bu esa o'rta asrlar yevropasida demokratiya debochasi bo'lib ro'l o'ynadi.

Albatta, vaboning bu qadar keng tarqalishiga boshqa muhim sabablar ham mavjud edi. Lekin agar mushuklarning tabiiy populyatsiyasi saqlanib qolganida, ehtimol kalamushlar soni bunday keskin ko‘paymagan va o‘latning halokatli oqibatlari kuchsizlanib, demokratik tizim shakllanmangan bo’lishi mumkin edi.

Papaning ahmoqligi bizni farovonroq yashashimizga sabab bo'ldi.

Osonroq tushunish uchun - link

P.S. Boshqa versiyalar ko'ra, xatda mushuklar shaytoniy deyilmagan. Kembrijdan topilgan mushuk suyaklari tahlilida, ular terisi va go‘shti uchun so‘yilgani aniqlangan. O‘sha davrda katolik diniy matnlari mushuk boqishiga ruxsat bergan. Ommaviy mushuklarni o'ldirish ularning kasallik tarqatishi haqidagi fikrdan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.

@Fan_choyxonasi
02/24/2025, 01:06
t.me/fan_choyxonasi/244
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
439
Baxt irratsionallikdami ?

Ikkinchi qism

Iqtisodchi Joel Valdfogel 1993-yilda "Yangi yil xarajati" nomli maqolasida va "Skrujonomiks" kitobida sovg'a berishning iqtisodiy samarasizligini ta'kidlagan. Unga ko'ra, sovg'a berish paytida sarflangan mablag'ning bir qismi bekor ketadi, chunki oluvchi o'ziga kamroq kerak bo'lgan narsani oladi. Sovg'adan olinadigan naflilik (foydalilik) unga sarflangan qiymatdan kichik bo'ladi. Hisob-kitoblarga ko'ra, ushbu yo'qotish sovg'a qiymatining 10%idan 33% gacha bo'lishi mumkin. AQSHda o'sha paytda (1992-yil) sovg'a berish xarajatlari yiliga o'rtacha 40 milliard dollarni tashkil etganini hisobga olsak, o'rtacha yo'qotish 4-13 milliard dollarga teng bo'ladi. Shunga qaramay, odamlar ko'pincha pul berish o'rniga, shaxsiy e'tibor va ramziy ma'noga ega bo'lgan sovg'alarni afzal ko'rishadi. Iqtisodchilar bunday isrofgarchilikni o‘lik yo‘qotish (deadweight loss) deb atashadi.

Shundan kelib chiqib, biz baxt samaradorlik mantiqiga zid deyishimiz mumkinmi ?

Eng mazmunli insoniy tuyg'ular — sevgi, g'amxo'rlik, ijtimoiylik, saxiylik — odatda aniq o'lchab bo'lmaydigan o'zgaruvchilardir (variables). Sovg'a oldi-berdisida, yaqinlarga g'amxo'rlik qilganda, do'stlar bilan ter to'kib ishlaganda biz faqat tashqi natijalarni emas, balki emotsional yutuqlarni ham hisobga olishimiz kerak. Sovg'a oluvchilar uchun nafaqat sovg'aning o'zi, balki unga berilgan e'tibor, vaqt, mehr ham tarozida rol o'ynaydi. pul - bu qiymatning asosiy ko'rinishi, ammo yagona ko'rinish emas. Sovg‘a berilganda faqat sovg‘aning narxi emas, balki uning ramziy ma’nosi, hissiy qiymati va signal effekti ham muhim rol o‘ynaydi.

Harvard professori Gregori Mankiv o'z hayotiy tajribasidan kelib chiqib, yaqin insoniga sovg'a o'rniga pul berish yaxshi g'oya emasligini ta'kidlaydi. Sovg‘a signal vazifasini bajaradi. Masalan, yigit o‘z sevgilisi uchun sovg‘a tanlayotganda, u unga muhim axborotni yetkazishi mumkin: "Men seni chin dildan sevamanmi?" Agar u vaqt va kuch sarflab, yaxshi sovg‘a tanlasa, bu uning sevgisini ko‘rsatadigan muhim signal bo‘ladi. Oddiy pul berish esa bunday signal effekti yaratolmaydi.

Xuddi shunday, biz do'stimiz uchun hasharga boramiz, chunki u birdamlik va tegishlilik (belonging) hissini beradi. Hashardan nafaqat fizik foyda, balki hissiy birlik ham tuyamiz.

Onamiz kasal bo'lganda, barcha ishimizni tashlab uning yonida bo'lishga urinamiz. Bunday paytda onamiz bilan o'tkaziladigan har daqiqa qadri cheksiz karrasiga oshadi (qaysidir ma'noda bozor qonuni kabi). U bilan birga bo'lish xotirjamlik, iliqlik va taskin beradi. Bu iqtisodiy emas, balki ijtimoiy va hissiy kapital bilan bog‘liq qarordir.

Demak, inson hayotidagi eng qimmatli narsalarni an'anaviy qiymatlar bilan o'lchab bo'lmaydi. Sovg‘alar, g‘amxo‘rlik, insoniy munosabatlar ham ma’lum bir qiymatga ega, lekin bu qiymat pulda emas, balki hissiy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Eng iliq tuyg‘ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiymati mavjud emas. Ehtimol, aynan shu narsa ularni qadrli qilar 🙂

@Fan_choyxonas
i
02/16/2025, 08:30
t.me/fan_choyxonasi/242
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
144
#Economy
#Kechikkan_post

Baxt irratsionallikdami ?

Birinchi qism

Valentin kuni — bu sovg'alar, mehr-muhabbat va quvonch ulashish vaqti. Ammo bu mehr-muhabbat almashinuvi ortida inson baxtining iqtisodiy jihatdan qiziqarli bir paradoksi yotadi. Avvalo, tushunib olish uchun bir qator qarorlarni ko'rib chiqsak. Keling, bunday shartli qarorlarni "baxtli paradoks😊" lar deb ataylik.

Iqtisodiy nuqtai nazardan, biz qiyosiy ustunlik tamoyilini yaxshi bilamiz - har bir kishi o'zi eng yaxshi bajara oladigan ish bilan shug'ullanishi kerak, boshqa vazifalarni esa o'sha sohada ixtisoslashganlarga topshirish lozim. Bu tamoyil jamiyatlarni qashshoqlikdan farovonlikka olib chiqadi. Ammo biz doim bunday manfaatli formuladan foydalanavermaymiz. Yaqin insonimiz kasal bo'lib qolsa, ratsional iqtisodiyot ko'pincha insoniy instinktga yo'l beradi. Biz ularni o'zimiz parvarish qilishni tanlaymiz, garchi bu ishni mutaxassislarga topshirib, o'z ish faoliyatimizni davom ettirish iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo'lsa ham. Obyektiv ravishda, agar professional parvarishchilar bu ishni yaxshiroq bajarsa va biz o'z sohamizda iqtisodiyotga ko'proq hissa qo'shishda davom etsak, jamiyat samaraliroq ishlardi. Ammo biz bunday tanlov qilmaymiz. Buning o'rniga, biz samaradorlikni chetga surib, g'amxo'rlikni tanlaymiz.

Xuddi shu narsa jamoaviy mehnatga ham tegishli. O‘zbek madaniyatida hashar an’anasi bor, yaqin odamlar yig‘ilib, yo‘llar quradi, jamoat joylarini tozalaydi yoki biror yaqin insonining uyida xizmatda bo‘ladi. Ammo agar siz iqtisodchidan bu haqida so‘rasangiz, u aniq har bir kishi o‘z ishida davom etishi kerakligini, bu vazifalarni bajarish uchun eng kamida ishsizlar yoki mutaxassislar yollanishi ratsionalroq degan fikrni bildiradi.

Masalan, men hashar o‘rniga o‘z faoliyatimni davom ettirsam va ishlab topgan pulim evaziga hasharda qatnashish uchun odam yollasam, bu ancha foydali bo‘ladi. Aytaylik, men dasturchiman va bir kunda 100 dollar topaman. Hasharda ishlashi mumkin bo‘lgan usta 20 dollarga ishlaydi. Demak, men bir kun hasharga borish o‘rniga ishlashni tanlasam, o‘rnimga besh kishini yollashim mumkin. Agar, mening kunlik maoshim ustaniki bilan bir xil bo'lganda ham, usta mutaxassis bo‘lgani uchun men bajargan ishdan ko‘ra sifatliroq natijaga erishadi. Shunday qilib, natija kattaroq bo‘ladi. Agar mening o‘z ishimda qolib, uni davom ettirishdan oladigan iqtisodiy foydamni ham hisobga olsak, jamiyat uchun umumiy foyda yanada ortadi.

Ko'pchiligimiz yoshlikda buva yoki xolamiz bergan ko'rimsiz jemperni olganmiz. Hammaning uyida o'ziga xos "dejurniy" tug'ilgan kun sovg'asi ham turadi. Odatda, erkaklar uchun ko'ylak, ayollar uchun ro'mol bo'ladi. Kimgadir shoshilinch sovg'a berish kerak bo'lganda u beriladi. Biroq oluvchi ham undan foydalanmaydi, keyinroq kimgadir berib yuboradi va shu zaylda bu sovg'a qarindoshlar ichida aylanaveradi.

Albatta buning sodda izohi bor : Sovg'a berishning muhim xususiyati shundaki, tanlovni yakuniy iste'molchi amalga oshirmaydi. Shu bois ular oluvchilarning xohishlariga mos kelmaydi. Biz sovg'a berayotgan insonimiz haqida to'la ma'lumotga ega emasmiz. Ushbu axborot farqi sabab, sovg'a berayotgan insonimiz sovg'ani asl narxidan pastroqqa baholashi mumkin.

Sovg‘a bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotish faqat uning kutilgan qiymatga mos kelmasligidan iborat emas. Bundan tashqari, sovg'a tanlashga vaqt sarflash, uni almashtirish yoki qaytarish bilan bog‘liq stress, sovg'a oluvchining hafsalasi pir bo‘lishi kabi hissiy yo‘qotishlar ham mavjud. Ba’zan esa bu insonlar orasida qora mushuk o'rmalashiga ham sabab bo'ladi. Garchi ushbu stress, tushkunlik, noqulayliklarni aniq o‘lchash qiyin bo'lsa ham, aslida ular real xarajatlardir.

Davomi bor »

@Fan_choyxonas
i
02/16/2025, 00:45
t.me/fan_choyxonasi/241
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
226
“Martin Eden” — iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan jurnal bo‘lib, erkin bozor, shaffof boshqaruv va mantiqiy tahlil tamoyillariga asoslanadi. Tafakkur va g‘oyalar olamidagi muhim asarlarning tarjimalari hamda mustaqil tadqiqotlar orqali ilmiy va falsafiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi degan umiddaman.


Jurnalni oʻqib, undagi maqola va tarjima asarlar toʻgʻrisidagi fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozishingiz mumkin. Agar loyiha davom etishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, quyidagi link orqali donat qiling va jurnal ijodkorlarini qoʻllab quvvatlang!

https://tirikchilik.uz/martineden
_______________________
@economist_Martin

P.S. O'zbekistondagi 1-iqtisodiy jurnal. Bir-biridan qiziq xabarlar berib boriladi. O'tkazib yubormaslik uchun kanalga o'tib obuna bo'ling.

P.S.S. Jurnalni ma'nan yoki so'm bilan qo'llab-quvvatlashinglar mumkin )
02/14/2025, 14:53
t.me/fan_choyxonasi/240
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
312
🧠Aql geni mavjudmi? Bolaning aqlini onaning genlari belgilaydimi?

🧬Menga genetik sifatida ko‘p keladigan savol. Yosh ota-onalar, genlarga qiziquvchilar bu narsani tez-tez so‘rab turishadi. Keling bu savolning javobini olish uchun ixlosli tabibga ilmiy tadqiqotlarga yuzlanamiz.

👨‍🔬Aql va tafakkurning irsiyat va genlarga bog‘liqligini o‘rgangan eng katta tadqiqot deyarli 300 ming kishini o‘z ichiga olgan va eng nufuzli jurnallardan bo‘lgan Nature Genetics da chop etilgan. Unda tadqiqotchilar aql genini qidirishgan. Bu genning odam DNK sida qayerda joylashganini, tanada qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lishini o‘rganishgan.

🧐Eng qizig‘i ular inson aql va tafakkurini belgilab beruvchi 1 emas balki 939 genni topishgan. Bu genlar turli funksiyalarga javob bergan. Miya rivojlanishi, miyadagi hujayralar bir-biriga ulanishi, neyronlar harakati va hk. Bu nimani anglatadi - bu aql birgina emas juda ko‘p genlar va faktorlarga bog‘liqligini bildiradi.

🙍‍♀️Aql faqat onadan o‘tishiga sabab qilib ayollarda X xromosomasining ikkitaligi aytiladi. Lekin do‘stlar, hujayralarda bu xromosomaning faqat bittasi ishlaydi. Ammo ayolning homiladorlikda to‘g‘ri ovqatlanishi, homiladorlikdagi kechinmalari, ijtimoiy holati bola aqliga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ona bechora homiladorlikda stressdan boshi chiqmasa, kerakli miqdorda oqsil va nutrientlarni yemasa, oilada nizo va kelishmovchiliklar tinmasa barcha aql genlari ishlasa ham bolaning o‘ta yuqori intellekt sohibi bo‘lishini kutish qiyin.

👩‍🎓Yana eng muhim jihatlardan bu onaning ta’lim darajasi. Tadqiqotlar onaning sifatli oliy ta’lim olgan bo‘lishi va farzandning yuqori intellekti o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘rsatgan.

💭Va albatta juda mashhur bo‘lgan naqlni keltiraman. “Agar sen erkakka ta’lim bersang sen birgina shaxsga ta’lim beribsan, agar sen ayolga ta’lim bersang demak sen millatga ta’lim beribsan”. Chalamulla, johillik manbai bo‘lgan tolibonga alangali salomimni yetkazib qo‘yarsiz

🔬Bu postni genetika va irsiyatga qiziquvchi do'stingizga yuborib qo'ying


t.me/r
esearch1uz
02/12/2025, 20:16
t.me/fan_choyxonasi/238
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
236
#marketing
#Chatgpt

Chatgpt ning Superbowldagi kreativ reklamasi. Qizig'i, video insonlar tomonidan yaratilgan, ozroq Sora ishlatilgan. Bu, menimcha, AI insonlarga raqib emas, yordamchi ekanini ko'rsatish uchun bo'lsa kerak.

Rolik reklamasi uchun 14 million dollar sarflanibdi (3 ta deepseek puli).

Arzirdimi ? Nima deysiz ?

@Fan_choyxonasi
02/10/2025, 21:38
t.me/fan_choyxonasi/237
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
236
02/09/2025, 15:50
t.me/fan_choyxonasi/236
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
164
#economy
#market_and_value

Qiymat qadri

Yuqorida eng kambag'al 20 ta davlatning jon boshiga daromadlari keltirilgan (1960 va 2015-yillar statistikasi). Ko'rib turganingdek, ushbu davlatlar aholisi kambag'allashgan.

Har yili xayriya tashkilotlari ushbu mamlakat aholisiga pul, oziq-ovqat, turli insonparvarlik yordamlari tarqatadi, moddiy rag'bat ko'rsatadi, maktablar, yo'llar quradi. Garchi insonlarni bu kabi resurslar bilan ta'minlash yaxshi niyatlar bilan amalga oshirilsa-da, ular faqat vaqtinchalik chora-tadbirlardir va barqaror yechim bo'lmaydi. Berilgan pullar tugaydi, quduqlar, yo'llar qarovsiz holatga kelib qoladi.

Boisi, muammoning sabablari bilan emas, oqibatlari (simptom) bilan kurashish foydasizdir. Kambag'allikning asosiy simptomlari - resurslarning yetishmasligi. Aksariyat kambag'allik qisqartirish dasturlari ushbu simptomlar bilan kurashishga harakat qilishadi. Ammo kambag'allik - oqibat, asl sabab esa bozorlar mavjud emasligi, ya'ni qiymat yaratilmasligidir.

1-qism

@Fan_choyxonasi
02/09/2025, 15:16
t.me/fan_choyxonasi/235
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
226
🔥36 ta Zakovat Kanali – Bitta Joyda!🔥

❤️Siz har kuni yangi ma’lumot o‘rganishni yoqtirasizmi? Qiziqarli faktlar, mantiqiy jumboqlar va ilmiy kashfiyotlarni kuzatishni istaysizmi

🏆Endi bu ma’lumotlarni uzoq izlashga hojat yo‘q! Biz zakovat, mantiq va ilm olishga ixtisoslashgan eng yaxshi 40 ta Telegram kanalini bir joyga jamladik. 🚀

🟠 Har kuni miyani charxlashni istaydiganlar
🔵 Qiziqarli ma’lumotlar izlaydigan bilimdonlar
🔴 Zakovat musobaqalarida qatnashuvchilar
🟡 IQ va mantiqiy fikrlashni rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun

👩‍🚀 Zakovat – bu faqat o‘yin emas, bu hayot tarzi!

Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obu
na bo'lish
02/06/2025, 17:02
t.me/fan_choyxonasi/234
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
317
#social
#tv

Televizor - shayton quti

1950-yillarda AQShda jinoyatchilik ko‘rsatkichlari o‘sa boshladi. 1960-yilga kelib, jinoyatchilik darajasi 50% ga oshgan bo'lsa, 1970-yilga kelib to‘rt baravar ko‘paydi. Biroq, nega ?

Bu savolga aniq javob berish qiyin. Bir nechta faktorlarni ajratib ko'rsatish mumkin. Jinoyatchilikning o‘sishiga ta’sir qilgan asosiy omillardan biri aynan jinoyatga qarshi kurash tizimi edi. 1960-yillarda har jinoyatga nisbatan hibsga olish darajasi keskin tushib ketdi. Nafaqat politsiya jinoyatchilarni kamroq ushlay boshladi, balki sudlar ham ularni qamoqqa tashlashni kamaytirdi. 1970-yilga kelib, jinoyatchilar o‘rtacha 10 yil oldingiga nisbatan 60% kamroq vaqtni qamoqda o‘tkazardi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jazo darajasining kamayishi 1960-yillardagi jinoyatchilikning taxminan 30% ga oshishiga sabab bo‘lgan.

Ikkinchi muhim omil – tug‘ilishning ko‘payishi. 1960-1980 yillar oralig‘ida 15-24 yosh oralig‘idagi aholining ulushi deyarli 40% ga oshdi. Jinoyat sodir etishga qodir bo'lgan aholining katta qismi - yoshlar hisoblanadi. Biroq, demografik o‘zgarishlar umumiy jinoyatchilik o‘sishining atigi 10% ini tushuntira oladi. Demak yuqoridagi omillar kartinani to'la ifodalab berolmaydi.

Ko‘plab kriminologlar bu masalada hanuz bir to‘xtamga kelmagan. Ammo ehtimol, javob hammamizning ko‘z o‘ngimizda bo‘lgan – televizor.

Ko‘pchilik zo‘ravonlik aks etgan teleko‘rsatuvlar odamlarni shafqatsiz qiladi deb hisoblaydi, ammo statistik ma’lumotlar bu fikrni tasdiqlamaydi. Biroq, bu yerda gap umuman boshqa narsa haqida ketmoqda. Tadqiqotchilar shuni aniqlashdi: bolaligida televizor ko‘rgan bolalar katta bo‘lgach, jinoyatchilikka moyilroq bo‘ladi.

Buni tekshirish qiyin, chunki oddiygina "ko‘p televizor ko‘rgan bolalar va ko‘rmaganlar" ni taqqoslash yetarli emas. Chunki televizor ko‘rgan bolalar boshqa jihatlardan ham farq qilishi mumkin. Ammo tadqiqotchilar turli shaharlarda televizor paydo bo‘lishi va jinoyatchilik o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topganlar.

AQShda televideniye turli joylarga turli vaqtlarda kelgan. Masalan, ba’zi shaharlar televizor signalini 1940-yillarda olishni boshlagan, boshqalar esa faqat 1950-yillarning o‘rtalarida televideniyega ega bo‘lgan. Qiziq tomoni shundaki, 1970-yillarga kelib, televizorni erta qabul qilgan shaharlarda jinoyatchilik darajasi ancha yuqori bo‘lib chiqqan.

Bolalikda har bir qo‘shimcha yil televizor ko‘rgan odamlar voyage yetganda mulkiy jinoyat sodir etish ehtimoli 4% ga, zo‘ravonlik sodir etish ehtimoli esa 2% ga oshgani kuzatilgan. Umuman olganda, televizorning ta’siri 1960-yillardagi mulkiy jinoyatlar darajasini 50% ga, zo‘ravon jinoyatlar darajasini esa 25% ga oshirgan.

Nega televizor bunday ta’sir ko‘rsatdi? Televizorga eng ko'p ta'sirchan qatlam aynan 0-4 yosh oralig‘ida bo'lgan bolalar. Bunday yoshdagi bolalar odatda zo‘ravon filmlarni ko‘rmaydi. Shuning uchun muammo kontentda emas edi.

Ehtimol, televizor ko‘rgan bolalar ijtimoiylashish ko‘nikmalarini to‘liq shakllantira olmagandir. Balki televizor orqali boy va kambag‘allar o‘rtasidagi farq aniqroq sezilib, bolalarda xohlagan narsasiga har qanday yo‘l bilan ega bo‘lish istagi paydo bo‘lgandir. Balki muammo bolalarda emas, balki ularning ota-onalarida bo‘lib, ular farzandlariga e’tibor berish o‘rniga televizor ko‘rishni afzal bilgandir.

Javob aniq emas, biroq xulosa shuki, tvga sarflanadigan vaqt va jinoyatchilik ehtimoli o'rtasida kichik aloqa bor.

@Fan_choyxonasi
02/06/2025, 10:16
t.me/fan_choyxonasi/233
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
289
Sug'ur kuni haqida (Phil, get the hell out of here )

Har yili 2-fevral kuni Aqshning Pensilvaniya shtatida " Sug'ur kuni " nishonlanadi. Marosimda Fil ismli sug'ur (groundhug) ning harakatlari bahorning erta - kechligi Filning harakatlariga qarab baholanadi. Agar kun bulutli bo'lsa sug'ur o'z soyasini ko'rmaydi, inini bemalol tark etadi. Bu qish yaqinda tugashini bildiradi va bahor erta keladi. Aksincha, kun quyoshli bo'lsa, sug'ur o'z soyasini ko'radi va iniga berkinadi. Bu esa qish yana 6 hafta davom etishini bildiradi.

So'nggi 10 yil ichidagi o'rganishlar shuni ko'rsatdiki, Filning prognozlari 30% gacha o'zini oqlagan. Lekin meteorologlar ko'proq e'tiborni qushlarga qaratish kerak ekanligini va ularda potensial yuqoriligini ta'kidlashyapti.

Misol sifatida olti qanotli chayqovchi qushlar bo'ron yaqinlashayotganini juda yaxshi sezadi. 2014 - yilda Tenessi tog'larida qushlarni kuzatgan tadqiqotchilar, ular 84 ta tornado hosil bo'lishidan avvalroq, doimiy migratsiya davriga nisbatan 2 hafta oldinroq o'z uylarini tark etganini aniqlashgan. Tadqiqotchilarning qarashlariga ko'ra, bo'ron natijasida hosil bo'ladigan infratovushni ular tezroq payqashi mumkin.Insonlar 20 Hz'dan past chastotali tovushlarni eshita olishmaydi, qushlarda esa bu qobiliyat yaxshi rivolangan. Shuningdek, tadqiqotchilar may va iyun oylarida qushlarning ko'payish davri va bo'ronli mavsumlar o'rtasida kuchli korrelyatsiyani aniqlashgan.

@modern_geophysics
02/03/2025, 04:10
t.me/fan_choyxonasi/232
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
163
01/31/2025, 18:56
t.me/fan_choyxonasi/231
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
144
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🔺Ilmga chanqoq insonlar diqqatiga💬

📣Ilmiy bilimlaringizni kengaytirishni xohlaysizmi?🧠
🔝 Eng qiziquvchan va bilimga chanqoq odamlar uchun maxsus kanallar jildi!👑
‼️Ilmiy kanallar to‘plamini siz bilan bo‘lishaman.🪐Ilmiy kanallarni bir joyga jamladim!✅🪐


⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️


Kanallarga qo'shilish: https://t.me/addlist/CCkha8jj4eAwYjdi
01/31/2025, 05:44
t.me/fan_choyxonasi/230
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
118
🚨 SHOSHILINCH: Andijondagi Alisher Navoiy bog‘ini saqlab qolaylik! 🚨


Do‘stlar, Andijonning naq markazida, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i o‘rniga "Andijon city" biznes markazini qurmoqchi ekanlar. Bu barcha shahar aholisiga tegishli bo‘lgan 10,7 gektar yashil hududdir. Daraxtlar o‘rnida 18 qavatli 19 ta baland bino va 28 qavatli 7 ta osmono‘par bino qurishmoqchi.


Atrofi allaqachon to‘silgan. Ular bizni jim turib, unutib yuboramiz deb o‘ylashyapti. Lekin biz unutmaymiz.


❗️ Shaharda shundoq ham istirohat bog‘lari yetishmaydi. Shahar aholisining roziligisiz bu hududni yo‘q qilish - Andijon aholisi manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zid.


📢 Biz nimani talab qilamiz:


Qurilishni darhol to‘xtatishni.

Alisher Navoiy bog‘ini hozirgi holatida saqlab qolishni.
Ishbilarmonlik markazi qurilishini boshqa joyga ko‘chirishni.
Biz allaqachon petition.gov.uz saytida ariza topshirganmiz, ammo byurokratiya uni cho‘zib yuborishi mumkin. Shuning uchun Avaaz’dagi arizaga imzo qo‘yishingizni so‘raymiz - bu bizning ovozimiz eshitilishi uchun imkoniyat.

Arizaga imzo qo‘ying va bog‘ni saqlab qolishga hissa qo‘shing! Bu xabarni do‘stlaringiz orasida tarqating, toki safimiz kengaysin. Kech bo‘lmasidan oldin tezkor harakat qilish nihoyatda muhim!







🚨 СРОЧНО: Спасём парк Алишера Навои в Андижане! 🚨

Друзья, в самом центре Андижана, на месте парка культуры и отдыха имени Алишера Навои, собираются построить бизнес-центр "Andijon city". Это 10,7 гектаров зелёной зоны, которая принадлежит всем жителям города. На месте деревьев и тропинок хотят возвести 19 высоток по 18 этажей и 7 небоскрёбов по 28 этажей.

Ограждение уже установлено. Они надеются, что мы промолчим и забудем. Но мы не забудем.

❗️ В городе и так катастрофически не хватает парков. Уничтожение этой территории без согласия горожан – это прямое нарушение интересов жителей Андижана.

📢 Что мы требуем:
- Немедленно приостановить строительство.
- Сохранить парк Алишера Навои в его нынешнем виде.
- Перенести строительство делового центра в другое место.

Мы уже подали петицию на сайте petition.gov.uz, но бюрократия может её затянуть. Поэтому просим подписать петицию на Avaaz – это наш шанс быть услышанными.

Подпишите петицию и помогите спасти парк! Распространите этот пост среди друзей, чтобы нас стало больше. Важно действовать быстро, пока не стало поздно!


#BogniSaqlabQolamiz #Andijon #Urbanizm #ShaharInsonlarUchun
01/29/2025, 09:29
t.me/fan_choyxonasi/229
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
Repost
255
To’rlarga faqat kichik baliqlar tushdi.

2018-yilda joriy etilgan Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti (GDPR) dunyodagi eng to‘liq ma’lumotlarni himoya qilish qonunlaridan biri hisoblanadi. Ushbu reglament shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishni maqsad qilgan bo‘lsa-da, uning qat’iy talablarini bajarish startaplar uchun qiyin bo‘lishi mumkin. 2021-yilda Yevropa Parlamentining Tadqiqot Xizmati (EPRS) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda YIdagi startaplarning 88 foizi GDPR talablariga rioya qilishni katta muammo deb hisoblagan. Bunday talablarni bajarish yillik xarajatlari o‘rtacha €50,000 dan €100,000 gacha bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ushbu reglamentga rioya qilmaslik uchun joriy qilingan jazo — global yillik aylanmaning 4% yoki €20 milliongacha bo‘lgan jarimalar — startaplar orasida noaniqlik muhitini yaratmoqda. 2022-yilda Yevropa Ma’lumotlarni Himoya Kengashi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, startaplarning 60 foizi GDPR talablarini murakkabligi sababli tasodifiy ravishda buzishdan xavotirda.

Moliyaviy shaffoflikni oshirish va iste’molchilarni himoya qilish uchun ishlab chiqilgan YIning moliyaviy me’yorlari, jumladan Moliyaviy Instrumentlar Bozoriga Yo‘riqnoma (MiFID II) va To‘lov Xizmatlari Bo‘yicha Yo‘riqnoma (PSD2) startaplar uchun jiddiy to‘siqlar yaratishi mumkin. Yevropa Banki Idorasi (EBA)ning 2023-yilgi hisobotida startaplarning 70 foizi PSD2 bo‘yicha litsenziya va muvofiqlik talablarini bajarish tufayli mahsulotlarni ishga tushirishda kechikishlarga duch kelgani ko‘rsatilgan.

MiFID II, shuningdek, hisobot berish va shaffoflik bo‘yicha qat’iy talablar innovatsiyalarni cheklayotganini ko‘rsatmoqda. 2022-yilda Yevropa Fintech Assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda fintech startaplarning 65 foizi yillik byudjetlarining 20 foizidan ortig‘ini moliyaviy me’yorlarga rioya qilish uchun sarflashi qayd etilgan.

Ishchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan YI mehnat qonunlari startaplar uchun ham qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatishning yuqori qiymati, shuningdek, ish vaqti va sharoitlariga oid qat’iy talablar startaplarning bozor o‘zgarishlariga tez moslashishini qiyinlashtiradi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD)ning 2023-yildagi hisobotida YIda xodimni ishdan bo‘shatishning o‘rtacha qiymati €15,000 ni tashkil etishi, AQSh kabi mintaqalarga nisbatan ancha yuqori ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek, 48 soatlik haftalik ish vaqtini cheklovchi YI Ish vaqti bo‘yicha Yo‘riqnoma startaplarning moslashuvchan ish tartibini joriy etishiga to‘sqinlik qilmoqda. 2022-yilda Startup Europe Partnership (SEP) tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda startaplarning 55 foizi mehnat me’yorlarini operatsiyalarni kengaytirish uchun to‘siq sifatida baholagan.

YI soliq siyosati, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va korporativ soliqlar ham startaplarga ta’sir ko‘rsatadi. Soliq me’yorlarining murakkabligi va ularga rioya qilishning yuqori xarajatlari startaplarning asosiy biznes faoliyatidan resurslarni chalg‘itadi. 2023-yilda Yevropa Hisob Palatasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda YIdagi KXKlar soliq talablariga rioya qilish uchun yiliga o‘rtacha €4,000 sarflashi aniqlangan.

Masalan, YIdagi korporativ soliq stavkalari Vengriyada 9% dan Portugaliyada 31% gacha o‘zgaradi. Bu esa, bir nechta davlatlarda faoliyat yuritayotgan startaplar uchun murakkabliklarni keltirib chiqaradi. 2022-yilda Eurofound tomonidan chop etilgan hisobotda YIdagi transchegaraviy operatsiyalarni amalga oshirayotgan startaplarning 40 foizi soliq rejimlarining turli xil bo‘lishi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgani qayd etilgan.

Gap shundaki bunday qo’yilgan cheklovlardan dengizning faqatgina kichik baliqlari uchun ayanchlidir, sababi Apple, Tesla, Amazon, Meta va Google uchun bu cheklovlarni bajarish hech ham muammo bo’lmaydi. Xullas yozgim keb qoludi mazza qilib yozdim.

Bunday regulyator asnonsida qanday yangiliklardan qolib ketgani va bozorni boy bergani haqida mana bu yerda.
Grafik esa bonusga.
01/28/2025, 08:41
t.me/fan_choyxonasi/227
FA
Fan choyxonasi
877 subscribers
162
01/27/2025, 16:06
t.me/fan_choyxonasi/226
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria