Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
3.19%
ER (week)
8.52%
ERR (week)

Nurali Qahramon Karimov kanali:

☘️Fikrlar;

🦠G‘oyalar;

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 160 results
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
38
8
505
#asardan_parcha

Aslida, shuhrat – sharmandalikning bir turi, isnodsiz turi.

©Erkin A'zam
04/25/2025, 16:05
t.me/santuagaraoflibrary/3205
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
38
3
877
#tungi_mutolaa@santuagaraoflibrary
04/24/2025, 21:00
t.me/santuagaraoflibrary/3204
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
20
6
919
​​#review #ru

🌹《Бесчестье》🔞
🌙Дж. М. Кутзее (J.M.Coetzee)

Ba’zida kitoblar yurakka so‘z bilan emas, sukunat bilan kiradi. Ularning har bir sahifasi sassiz, lekin zamin ostidan esayotgan sovuq shamoldek, asta-sekin o‘ylashga, ichkariga qarashga undaydi. J.M. Coetzeening Disgrace asari ham shunday romanlardan biri. Uni o‘qir ekansiz, siz nafaqat bir insonning hayoti, balki butun bir jamiyat, butun bir davr bilan yuzma-yuz turasiz.

Bu asar voqealar bilan emas, holatlar bilan yodda qoladi. U sizni hayotdagi sharmandalik haqida o‘ylashga majbur qiladi — faqat ijtimoiy emas, balki shaxsiy, ichki sharmandalik haqida. Inson o‘zining xatolari, zaifliklari, axloqiy tanlovlari bilan qanday yashaydi? U jamiyat oldida emas, o‘z vijdoni oldida qanday javob beradi? Coetzee bu savollarga aniq javob bermaydi. U sukut saqlaydi. Asarning eng og‘riqli joylari ham aynan shu sukutda yashiringan. Aynan ana shu sukut sizning o‘z javoblaringizni yuzaga chiqarmog‘i lozim.

Roman zamonaviy Janubiy Afrikada, og‘riqli o‘zgarishlar davrida yozilgan. Ammo undagi iztirob, ayb va o‘zini yo‘qotish motivlari ko‘lami keng — millatga, irqga, davrga bog‘liq emas. Bu romanni o‘qigach, odam o‘zini go‘yo tirgaksiz zamin ustida turgandek his qiladi. Har qanday ustunlik, har qanday bilim, hatto adolat tuyg‘usi ham, bir lahzada shubha ostida qolishi mumkin.

Coetzeening til uslubi — quruq, jo‘n va hatto sovuqdek tuyulishi mumkin. Lekin aynan shu “his-tuyg‘usiz” ohangga boy romanni o‘qir ekansiz, yuragingizdagi yara jarangdor og‘riqqa to‘yinishi tabiiy. Asarda faryod yo‘q, lekin har bir jimlik — bir olam iztirob. Bu roman — ayblov emas, oqlov ham emas, tabiiy. Bu — anglov hisi.

Disgrace — insonning qulashi emas, sukut ichida sekin asta parchalanishi. Uni o‘qigach, siz shunchaki kitobni yopmaysiz. Siz undan chiqib keta olmaysiz. U sizda qoladi — savollar bo‘lib, jimlik bo‘lib, yuragingizning orqa fonida jaranglaydigan satrlari bo‘lib.

Spoyler bo‘lmasin deb umumta‘riflar ila revyuni yakunlasamda, asarda ko‘tarilgan mavzu xususida o‘zbek kitobxoni ham yozg‘irib o‘qiydigan dolzarb davrda yashayotganimizni ta'kidlab o‘tmoqni jozi deb bildim. Iloji bo‘lsa, albatta, asarni mutolaa qilishingizni qattiq tavsiya qilaman.

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
04/24/2025, 20:00
t.me/santuagaraoflibrary/3203
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
54
7
815
#asardan_parcha

Ular* bizni xudolar kabi hurmat qilishadi, biz esa ularga buyumdek munosabatda boʻlamiz.

*Ayollar

©J. M. Coetzee,《Badnomlik》
04/20/2025, 18:30
t.me/santuagaraoflibrary/3202
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
39
5
840
#asardan_parcha

Odam yomonlashib borayotgan narsalarga ham ko‘nikar ekan.

©J. M. Coetzee,《Badnomlik》
04/20/2025, 16:00
t.me/santuagaraoflibrary/3201
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
69
2
1.7 k
#tungi_mutolaa@santuagaraoflibrary
04/18/2025, 21:27
t.me/santuagaraoflibrary/3200
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
7
835
04/15/2025, 19:00
t.me/santuagaraoflibrary/3198
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
6
822
04/15/2025, 19:00
t.me/santuagaraoflibrary/3196
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
5
822
04/15/2025, 19:00
t.me/santuagaraoflibrary/3194
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
6
819
04/15/2025, 19:00
t.me/santuagaraoflibrary/3195
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
5
987
04/15/2025, 19:00
t.me/santuagaraoflibrary/3199
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
5
824
04/15/2025, 19:00
t.me/santuagaraoflibrary/3197
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
37
5
825
#sovğa

Aprelda kitob olmay, biroz dam olay desam, Iftixorbooks (Qamar orqali), Muhammad va Ilyos'dan sovg‘alar kelib qoldi. Hobbsga bir qop semirib tursam, bu tarafdan GoT ikki karra semirtirdi🤰

🍀Tashakkurlar🫰🏻
04/15/2025, 19:00
t.me/santuagaraoflibrary/3192
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
5
823
04/15/2025, 19:00
t.me/santuagaraoflibrary/3193
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
Repost
28
5
824
Zabarjad Media нашриёти Ўзбекистон Фанлар академияси ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институтининг фольклор бўлими билан ҳамкорликда «Ўзбек халқ оғзаки ижоди» рукнида фольклор намуналаридан иборат 15 жилдли китобни нашрдан чиқарди (реклама).

https://www.gazeta.uz/uz/2025/04/15/zabarjad-media/
04/15/2025, 09:45
t.me/santuagaraoflibrary/3191
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
26
4
800
#tarjima

Zuluslarning odatiga ko‘ra, kuyov qaynonasidan uyalishi va har qanday holatda ham undan qochishi kerak. Agar kuyov qaynonasi bo‘lgan kulbaga qadam qo‘ysa va ular tasodifan uchrashib qolishsa, ulardan biri chetga o‘tadi, masalan, erkak qalqonini yuziga tutadi, bu vaqt ayol butaning orqasiga yashirinadi. Agar vaziyat yugurish va yashirinish uchun mos bo‘lmasa, hamda ayolning yuzini yopadigan narsasi yo‘q bo‘lsa, qaynona odatni bajarish uchun boshiga kamida bir dasta o‘t taqib oladi. Ikkisi o‘rtasidagi muloqot uchinchi shaxs orqali amalga oshadi yoki o‘rtada biron bir to‘siq bo‘lsa, ular uzoqdan baqirib bir-birlari bilan gaplashishlari mumkin, lekin ular bir-birlarini ismlarini ayta olmaydilar.

Nil daryosi hududida yashovchi negr qabilasidan bo‘lgan basog‘lar orasida kuyov qaynonasi bilan faqat uyning boshqa xonasida bo‘lsa va unga ko‘rinmasagina gaplashishi mumkin. Bundan tashqari, bu irq insestdan shu qadar jirkanadiki, hatto uy hayvonlari ham bu ishni qilishsa jazosiz qolishmaydi.

Barcha kuzatuvchilar yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlardan qochishning maqsadi va ma’nosini qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan himoya qilish choralari sifatida talqin qilgan bo‘lsalar, qaynona bilan kuyov munosabatlariga taalluqli taqiqlar turlicha talqin qilingan. Nima uchun bu irqlar erkakning ona bo‘lish uchun yoshi katta bo‘lgan keksa ayolga nisbatan vasvasaga tushishidan bunday katta qo‘rquvni namoyon qilishi tushunarsiz edi.

Xuddi shu e’tiroz Fisonning kontseptsiyasiga qarshi ham ko‘tarildi, u ba’zi nikoh sinflari tizimlaridagi bo‘shliqni ko‘rsatdi, chunki ular kuyov va uning qaynonasi o‘rtasidagi nikohni nazariy jihatdan imkonsiz deb hisoblaydi. Shuning uchun ham Fison bu imkoniyatga qarshi maxsus ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligini taklif beradi.

Ser J.Lubbock, o‘zining “The Origin of Civilization” (Sivilizatsiyaning kelib chiqishi) kitobida qaynonaning kuyovga nisbatan xatti-harakatlarini o‘tmishdagi qizlarga uylanish uchun o‘g‘irlash holati(“qo‘lga olish yo‘li bilan turmush qurish”) bilan izohlaydi. “O‘g‘irlab ketish vaqtida ota-onalar haqiqatdan dahshatga tushishgan bo‘lsa kerak. Nikohning bu shaklidan faqat ramzlar qolganda, ota-onalarning qo‘rquvi ham ramziy ma’noga ega edi va bu odat uning kelib chiqishi unutilganidan keyin ham yashashda davom etdi”. Crawley bu tushuntirishga urinish kuzatilgan faktlarning tafsilotlariga mos kelmasligini ko‘rsatishda qiynalmaydi.

E.B.Taylorning fikricha, qaynonaning kuyovga nisbatan munosabati oilaning kuyovni “chopish”idan boshqa narsa emas. Erkak begona sifatida qaraladi va bu holat birinchi farzand tug‘ilgunga qadar davom etadi. Birinchi bola bilan taqiq yo‘qolmagan holatlardan tashqari, Taylorning ushbu bayonoti an’ana nima uchun kuyov va qaynona o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratishini, ya’ni e’tibordan chetda qolganligini aniqlay olmagani uchun tanqid qilindi. Gender omili va qochish qoidalarida ifodalanganligi sababli diniy jirkanchlik deyarli hisobga olinmaydi.

Zululik bir ayoldan taqiq sababini so‘rashganida, shunday nazokat bilan javob bergandi: “O‘z xotinining sut emgan siynalarini erkak ko‘rishi odatiy ish emas har holda”.

©Zigmund Freyd, "Totem va tabu"
04/13/2025, 20:01
t.me/santuagaraoflibrary/3190
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
39
10
886
#etimologiya_darslari

Koshg‘ariyni o‘qiy turib, sizlar bilan ham bo‘lishishim kerak bo‘lgan bir qancha ma'lumotlar bor ekanligiga ko‘zim tushdi:

🤩Rus tilidan o‘zlashgan deb qabul qilingan утюк so‘zini, hozirga qadar turkiylardan o‘rislar o‘t+yuk, ya'ni olovni yuk sifatida bosish orqali mato va kiyimlarni tekislovchi asbob, shaklida o‘g‘irlashgan deb o‘ylovchilar ko‘p. Lekin aslida bu so‘zning asosi sof turkiycha ûtti (ÿtÿk) fe'lidan olingan bo‘lib, ûtti - kuydirmoq degan ma'noni anglatadi. Demak o‘tyuk so‘zining asl etimologik ildizi, kuydirmoq degan ma'noni bildiradi, o‘t va yukni emas.

🤩Yana bir qiziq etimologik ildizga ega so‘z - qaysar. Ko‘pchilik bu so‘z Yuliy Sezar nomi unvon sifatida Qaysar, Ksar, Kayzer shakllarida qolganidan xabardor. Sezar o‘z navbatida o‘jar, ya'ni qaysar bo‘lganligi ham bor gap. Lekin nega aynan ismini Sezar qo‘yishgan?! Gap shundaki, onasi jajji hukmdorni dunyoga keltirish onida hushidan ketadi, ba'zi manbalarda esa bola chala ekanligi ma'lum bo‘ladi, shundan so‘ng doyalar ona qornini caesar qilishga majbur bo‘lishadi, ya'ni kesishga. Shunday qilib lotincha kesilgan fe'li qaysar so‘ziga asrlar davomida evrilib bizgacha yetib kelgan.
04/12/2025, 20:00
t.me/santuagaraoflibrary/3189
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
4
1.0 k
04/11/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3183
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
5
1.0 k
04/11/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3188
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
5
1.0 k
04/11/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3187
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
4
1.0 k
04/11/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3185
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
4
988
04/11/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3182
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
4
996
04/11/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3184
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
4
1.0 k
04/11/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3186
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
4
985
04/11/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3181
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
45
6
988
#xarid #sovğa

Nayson* oyining ilk xaridlari, ichida bebaho bir tuhfa ham bor🍀

P.s: *nayson-aprel
04/11/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3180
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
63
16
1.2 k
#sharmandalik

Hozir bir nomini ham aytishga arzimaydigan bir "nashriyot", muqovani yana dabdala qilib, unga bildirilgan xolis fikrni o‘chirib, bloklab yuborishdi. Yana bu kishimlar erkinlik, demokratiya haqida kitoblar chiqararmish)

P.s: palid
04/08/2025, 16:17
t.me/santuagaraoflibrary/3179
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
28
10
750
​​#nazm

🤩LOLALAR

Adiblar xiyoboni qoq markazida,
Ochilibdi qiyg‘os, alvon lolalar,
Go‘zal sahn, uzun yo‘laklar aro,
Yig‘layotir lek, qadim soyalar.

Sekin bordim (eman ostiga),
Boqardi atrofga ulug‘ shuaro.
Izdihom ovozi, qasdma-qasdiga,
Qulog‘im marzanida chalar piano.

Kuladi yosh-yalang, suykalar tinmay,
Nadomat balqadi shoir bastiga,
Shahvati qo‘zg‘almay, maniyi kelmay,
Nomusin saqlolmas ko‘ngil astiga.

Dedi uzun bo‘yli, ko‘rkam bir adib:
- Qara, biz ekkan nihollar unibdi, oxir.
Hamsuhbati dedi, javoban kulib:
- Behbudiy aytgan johillik, aylabdi zohir!

Xandon qotdi, kitob tutgan shaxs:
- Gulaxlarga ishongandik, axir millatni?!
G‘ulom tarafdorlari boshlab ketdi bahs:
- Kim birlashtirgan edi asli elatni?

Tala-to‘p chunonam chiqdi avjiga,
Eng muqaddas balbal jildi o‘rnidan.
Kahkashonni tutib yakka savjiga,
So‘z qotdi, gumbazli ko‘hna so‘ridan.

- Eh lodon, tamizsiz, betamkin avlod,
Ekkan nihollaring soxta emasmi?
Unib chiqqandirlar boshqa tuproqdan,
O‘z yurtini endi vatan demasmi?!

Bilib qo‘y, aylama, kuchanma, zo‘rma,
O‘zing ek urug‘dan, tayyorga ko‘nma,
Qoningni quysang ham, unmas-ku axir,
Soxta lolalarga jim qarab turma.

*tizimlar soxta,
g‘oyalar soxta,
uslub-u
andoza,
fikrlar soxta,
soxta bo‘lsa mayli, hatto ruhiyat,
lek afsus
yerdagi gullar ham soxta...

©Nurali Qahramon
04/06/2025, 23:30
t.me/santuagaraoflibrary/3177
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
49
6
915
#asardan_parcha

Chunki ayolning go‘zalligi faqat uning o‘ziga tegishli emas. Bu uning dunyoga keltirgan ne'matlarining bir qismidir. U buni baham ko'rishga majbur!

©Дж. М. Кутзее, 《Бесчестье》
04/06/2025, 16:02
t.me/santuagaraoflibrary/3176
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
2
921
04/05/2025, 17:05
t.me/santuagaraoflibrary/3171
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
2
923
04/05/2025, 17:05
t.me/santuagaraoflibrary/3172
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
2
915
04/05/2025, 17:05
t.me/santuagaraoflibrary/3170
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
2
922
04/05/2025, 17:05
t.me/santuagaraoflibrary/3173
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
2
931
04/05/2025, 17:05
t.me/santuagaraoflibrary/3174
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
58
2
909
#imagery

📍O'zbekiston Milliy Akademik drama teatri

📖KALIGULA: Absurd dramasi II
04/05/2025, 17:05
t.me/santuagaraoflibrary/3168
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
2
914
04/05/2025, 17:05
t.me/santuagaraoflibrary/3169
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
3
927
04/05/2025, 17:05
t.me/santuagaraoflibrary/3175
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
Repost
15
7
597
💞💞💞

Katta elmiz(mi), deya boshlangan ishimiz yalpi harakatga aylanib borayotgandek... Ustoz Yo‘ldosh Eshbekka yordam berishga ko‘pchilik shoshilmoqda, tanish-notanishlar qo‘ldan kelgancha ko‘maklashmoqda.

O‘zbekistondagi 🚩🚩 nashriyot – “Akademnashr” doimgidek xayrli tashabbus bilan chiqdi. Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi bilan chop etilgan “Turk she’riyati antologiyasi”ning sotuvidan tushgan mablag‘ to‘lig‘icha tarjimonga beriladigan bo‘ldi.

📗 Kitobda Yunus Emro, Mehmed Akif Erso‘y, Yahyo Kamol Bayotli, Oshiq Vaysal Shotiro‘g‘li, Shukufa Nihol Bashar, Ali Mumtoz Oro‘lot kabi turk xalqining taniqli shoirlari ijodi bilan tanishishingiz mumkin.

Kitob: Turk she’riyati antologiyasi
Tarjimon: Yo‘ldosh Eshbek
Nashriyot: Akademnashr
Narx: 😇😅 😇😇😇 so‘m.

Shoshiling, kitobdan 690 dona qolgan.

Kitobni sotib olish uchun quyidagi kartalardan biriga pul o‘tkazib, chekini ushbu botga yuboring.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)
👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)
👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

🚀 Toshkent shahri bo‘ylab va viloyatlarga yetkazib berish xizmati bor.

🗣️ Men qozondagi toshlarning sholg‘omga aylanishiga chin dilimdan, qattiq ishonaman. Buning uchun qattiq istash, ojiz ko‘zdan yosh chiqishi kerak. © Yo‘ldosh Eshbek
04/03/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3159
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
41
1
702
#savol

Shunday bo‘lsa ham siz hurmat qilib, vaqt ajratib meni kuzatasizmi, siz uchun ham alohida vaqt ajratishga qaror qildim. Kanaldagi qay turdagi postlar sizga ko‘proq yoqadi. Nega kanalni kuzatasiz o‘zi, yana nimalar yozilishini, joylanishini istaysiz, bu men uchun ham qiziq, o‘qib bo‘lgach, izohlar qismiga o‘z fikringizni zikr etib o‘tasiz degan umiddaman)

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
04/01/2025, 19:37
t.me/santuagaraoflibrary/3155
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
48
5
706
​​#nega

Bookbloger bo‘ldim?

Gapni daqiyunusdan boshlaydigan bo‘lsak, oltinchi sinfligimda bir ustozim tanlov uchun annotatsiya yozishimiz kerakligini aytdi. U paytlar tanlovlarni oldi bizning sinf edi, qayerdan bo‘lmasin annotatsiya yozishni o‘rganishga harakat boshladim, oxiri bu g‘alati nom kitoblarni kirish qismiga yoziladigan asarning qisqa mazmuni ekanligini anglab, doimo o‘qigan kitoblarimga revyu yozib bordim, bir necha qalin daftarlarni to‘ldirib yubordim, kitoblarim boshqa kitoblarga aralashib ketmasligi uchun muhr yasatirib, revyularimni oxiriga tasdiqlash belgisi sifatida ham ishlatdim. Lekin sakkizinchi sinflarga kelib, oliygohga tayyorlanish zaruriyati sababli kitob o‘qishga vaqt topsam ham, revyu yozishga juda erinardim. O‘n birinchi sinfligimda shaxsiy internetga ulanuvchi telefonlik bo‘ldim, ayni damda shu telefonda yozayapman, shu orqali sekin-sekin bookbloglarga ko‘zim tushdi.

Asosan g‘arb bookbloglarini kuzatardim, ulardagi qimmatbaho kitoblarni qayerdan olish mumkinligini uzoq o‘ylardim. Bir kuni kitobookniga nomi ostida o‘zbek bookblogeriga ko‘zim tushdi, darrov obuna bo‘ldim, uzoq vaqt kuzatib yurdim, o‘zim o‘qigan asarlardan iqtiboslarni joylab, u kishini ham belgilab borardim. Keyinchalik o‘zbek bookblogerlar avlodining oltin davri, ikkinchi to‘lqiniga duch keldim, afsus birinchi to‘lqin vakillari men bookblogerlikni boshlaganimda deyarli barchasi o‘z faoliyatlarini yakunlashgan edi. Keyin o‘zimga savol berdim, nega endi yo‘q. O‘z blogimni ochdim va o‘qigan asarlarimga revyular joylab bordim. Bir yil o‘tar-o‘tmas bookblogerlar jamiyatiga qo‘shildim, bir-biridan a'lo kitobxon do‘stlar ortirdim va blog kelajagi haqida o‘ylashdan ko‘ra, ko‘proq o‘zim sevgan asarlarni o‘qishni yoqtirishimni yashirmay qo‘ya qolay)

Biroq meni ham bookbloger o‘laroq nima qilayapsan, singari balandparvoz savollar cho‘lg‘ab turadi. Shunda o‘zimga, o‘qiyapman deb javob beraman. Men shunchaki kitobni o‘qiyman va u haqida o‘zimning bir zamonlar annotatsiya daftarlarimga yozganim singari, qisqa fikrlarimni bitib boraman. Lekin minglab kuzatuvchilar hurmati, kitob nima haqidaligi, uning bosma, tarjima, tahrir sifatlariga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘ldim. Ba'zan ba'zi nashriyotlarni ochiqdan-ochiq boykot qildim, ba'zan yuziga "rasvosiz" deb qo‘ya qoldim. Ba'zilariga yutuqlarini ham, kamchiliklarini ham boricha aytdim. Umid qilamanki oxirigacha shunday bo‘lib qoladi. Muhimi bookbloger degan nom ila, sizning qarshingizda siz vaqt sarflashga arzimaydigan kitobni, asa'asa-yu dabdabalar ila ikkiyuzlamachilik qilib maqtamasam bo‘ldi.

Oxirgi paytlar yana bookblogerlar sha'niga orqavarotdan loy chaplashni boshlashibdi. Yozgan matnlarimiz bir pulga qimmat emish. Yana ba'zi o‘zini avliyo deb bilguvchi, lekin nomini kitobxonlar ham bilmaydigan, kitobni daftar bosmasidan ham rasvo chiqaradigan nashriyot deb bo‘lmaydigan "nashriyotlar", biz sizga kitob jo‘natamiz, o‘rniga blogingizga qo‘yib maqtab berasiz, qabilida ish qilishga o‘tishibdi. Ma'zur tutasiz. Bookbloger mutlaq ilmiy matn - taqriz yozish ma'suliyatini gardaniga olmagan. U shu kabi murakkab narsalarni soddalashtirib, kerak bo‘lsa jimjimador bo‘yoqlar ila bezab kitobxonlar qalbida o‘zi o‘qigan kitobga nisbatan kichkinagina uchqun hosil qila olsa ham, bu dunyoga kelib qilgan eng yaxshi ishidan biri ham aynan shu bo‘ladi. O‘ldim-kuydim tayinsiz nashriyotlarni kitobini esa, ochig‘i, kibr deb qabul qilsangiz ham, shaxsan men kutubxonamga qo‘yishga or qilaman. Yillar davomida bazo‘rg‘a yig‘gan nodir kolleksiyamni oldida qiyshayib turadigan kitoblar ortiqcha.

Bookblogerlarni kuzatasizmi, marhamat, bemalol, lekin ulardan kutuvingizni ne, shuni aniqlab oling. Blogdagi obunchilar soni muhim emas. To‘g‘ri ko‘pi ozdan yaxshi, lekin bu bookblog sababli faqat sizlarni emas, dunyo-dunyo kitobxon do‘stlarimni topdim, o‘zbek adabiy muhitining bugungi darg‘alari bilan yonma-yon o‘tirib kitob taqdimotlarida ishtirok etdim, noshirlar, shoirlar, yozuvchilar, tarjimonlar, xullas kam bo‘lganim yo‘q.
04/01/2025, 19:25
t.me/santuagaraoflibrary/3154
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
26
3
772
#sovğa

Hamsun ijodi bilan, uning "Pan" nomli asari orqali tanishganman, keyinchalik Jahon adabiyoti jurnalining 2011-yil, 8-9-10-sonlarida mazkur romanining Qodir Mirmuhammedov tomonidan o‘ris tilidan ona lisonimizga evrilgan shakliga ko‘z yugurtirgandim. Huzur nashriyoti kitobni qayta tarjima qilibdi, mutarjim kitobxonlarga notanish Dilnoza Kamolzoda ekan. Qaysi tildan tarjima ekanligi yozilmagan, menimcha asliyatdan emas. Lekin kitob sifati yaxshi, ancha qoniqarli, yelim hidini aytmaganda. Aprelda YAA ham boshqa bir variantini nashr etishni rejalashtirishayotganini xabar berishgandi, lekin ularning bosma sifatiga kafolat bera olmayman. Xullas sifatli bosma desangiz Huzur bor, sifatli tarjima desangiz Qodir bo‘va, lekin ikkisini jam qilgan Jahon adabiyotini topish muammo)

Barchaga yoqimli mutolaa🫰🏼
04/01/2025, 08:36
t.me/santuagaraoflibrary/3153
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
32
1
786
#oytusi

Bu oy asosan, qizil muqovali kitoblarni o‘qibman❤️

Dastavval Jes bilan Terbitiya olamiga qayta sayohat qildik, keyin esa Alpomishning Boychiborini egallab Kashal eli tomon yo‘l oldik, Sharqiy dengiz amazonkalar proza daryosiga cho‘milib, samolyotda qaytishda anomaliya hodisasiga duch keldik, so‘ngra qadim qora tuproqlar uzra quldorlik zanjirini ovozlari ostida Anif she'riyatidan bahramand bo‘lib ta'qibga duchor bo‘ldik, hamda Nilufar ila shakarguftorlikdan so‘ng Salim bilan qalbimiz ming parcha bo‘lgach Zolya bilan qadim ko‘mir shahtalariga yo‘l oldik va nihoyat yo‘lni, oyni yakunini, kapalakka evrilish ila yakunladik)
03/31/2025, 19:31
t.me/santuagaraoflibrary/3152
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
26
6
716
​​#review

🌙"Hamal"
😀Emil Zolya

"Qashshoqlik va ochlik bilan tug‘ilgan odam, ochlik va qashshoqlik ichida o‘ladi. Chunki bu dunyoda kambag‘al odamning yo‘li doim toshloq va qorong‘i."

Zolyaning Hamal romani fransuz naturalizmining eng yorqin namunalaridan biri bo‘lib, u nafaqat badiiy asar, balki jamiyatning tub qatlamlarini ochib beruvchi hujjatli asar hamdir. Romanning nomi – Germinal – fransuz respublikasi taqvimidagi bir oy nomi bo‘lib, u bahorni, uyg‘onishni, o‘sishni ifodalaydi. Ammo Zolyaning bunday nom tanlashi bejiz emas: u bu yerda inqilobiy harakatni, konchilarning zulmga qarshi isyonini nazarda tutadi. Bu inqilob ham bahor kabi kelmog‘i muqarrar, ammo bu gal moychechaklar yam-yashil maysazorlardan emas, qonga belangan ko‘mir changlaridan unib chiqadi.

Rasmiy tarix sahnalaridan uzoqda qolgan, lekin sanoat inqilobining asosiy kuchi bo‘lgan konchilar Zolya asarining asosiy qahramonlaridir. Asar bosh qahramoni Etven Lantye ishsizlikdan qochib, konchilar yashaydigan qishloqqa keladi va ularning og‘ir hayoti bilan tanishadi. Bu odamlar kun kechirish uchun yer kavlab, yoritilmagan tunnel ichida o‘z hayotlarini xatarga qo‘yardilar. Harakatga kelgan mashinalar shovqini, yorug‘likdan mahrum yer osti tunellari, umidsiz hayot tarzi va og‘ir mehnat – bularning barchasi kapitalistik ekspluatatsiyaning ramzidir.

Zolyaning tasvirlash uslubi shafqatsiz va shu bilan birga juda aniq. U realistik bo‘yoqlarni ishlatib, bizni qahramonlar qatori yer ostiga tushiradi, ko‘mir changini his qilamiz, tomoqlarimizni ko‘mir changi qoplaydi, yo‘talganimizda chiquvchi balg‘amlar ham qora tusga kiradi, charchoq va ochlik bizga ham singib ketadi. Bu uslub naturalizmdan o‘z o‘rnini olgan bo‘lib, odamni o‘rab turgan muhit uning taqdirini qanday o‘zgartirishini ko‘rsatib beradi. Zolya hayotni shunday tasvirlaydiki, u na qahramonlarini, na o‘quvchini ortga chekinishga majbur qiladi.

Romanning eng asosiy savollaridan biri shuki, inson qanchalar bardoshli bo‘lishi mumkin? Bir qarashda oddiy mehnatkash bo‘lib ko‘ringan konchilar aslida ulkan fojianing ichida yashashadi. Ularning hayoti juda oddiy: tong otishidan to kun botishigacha ishlab, ochlik, qashshoqlik va o‘lim yoqasida hayot kechirishadi. Ammo zulmga mudom chidaydigan odamlarning ichiga kun kelib g‘azab ham sig‘may ketadi. Konchilar isyoni faqat ochlik natijasi emas – bu tizimli zulmga qarshi norozilik.

Ushbu isyondan o‘rganish mumkin bo‘lgan asosiy dars – bu ijtimoiy adolat va ekspluatatsiyaga qarshi kurash masalasi. Bugungi dunyoda ham mehnatkashlarning sharoitlari turlicha bo‘lsa-da, iqtisodiy va sinfiy tengsizlik hali ham yo‘qolgan emas. Hamal bizga shuni eslatadi: zulmga qarshi kurash – bu nafaqat shaxsiy erkinlik uchun, balki kelajak avlodlar uchun ham zarur.

Zolyaning yozish uslubi jurnalistik aniq tasvirlar bilan birga hayotiy dialoglarga boy. Uning qahramonlari stereotiplarga asoslangan emas, har biri individual va taqdirlari o‘ziga xos. Ammo, eng muhimi, roman yakunida muallif bizga umid qoldiradi – shafqatsiz zulm davom etishi mumkin, lekin bir kun kelib, Germinal, ya’ni yangilanish, uyg‘onish albatta sodir bo‘ladi. O‘qishga arziydigan, o‘ylantiradigan va eng muhimi, insoniyatning mehnat tarixi haqida chuqur mushohada yuritishga undaydigan roman. O‘zbek o‘qirmani ellik yildur bu romandan uzilgan, balki yaqin orada qayta chop etilib qolar)

Hurmat va ehtirom ila, S.N.K
03/30/2025, 20:05
t.me/santuagaraoflibrary/3151
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
747
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3146
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
761
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3150
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
747
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3144
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
746
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3147
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
747
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3145
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
751
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3143
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
758
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3149
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
753
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3148
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
729
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3142
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
23
1
735
#al

📚Hamal uchun maxsus❤️
03/30/2025, 17:00
t.me/santuagaraoflibrary/3141
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
28
1
761
#asardan_parcha

Yuragimni isitadigan birgina narsa bor, biz bu burjualarni supurib tashlaymiz, degan fikr.

©Emil Zolya, "Hamal"
03/30/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3140
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
19
4
739
​​#review #en

🌃Midnight's Children (Yarim tun farzandlari)🔞
👁Salman Rushdie

Hayotimizdagi eng muhim narsalar, ko‘pincha, biz yo‘q bo‘lgan paytda sodir bo‘ladi.

Salmon Rushdiyning 1981-yilda chop etilgan Midnight’s Children romani zamonaviy adabiyotning eng ta’sirli va murakkab asarlaridan biri hisoblanadi. Bu asar nafaqat Hindiston mustaqillik tarixi bilan chambarchas bog‘liq murakkab epik hikoya, balki til va uslub jihatidan ham beqiyos tajriba hisoblanadi. Rushdiyning hikoyachilik san’ati, o‘tkir metaforalari va postmodernist yondashuvi bu romanni o‘z davrining adabiy yuksak cho‘qqilaridan biriga aylantiradi.

Roman markazida 15-avgust, 1947-yil – Hindiston mustaqillikka erishgan kechada tug‘ilgan Salim Sinay turadi. U va mustaqillik kechasida dunyoga kelgan boshqa bolalar g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega bo‘lib, ular millat taqdirini o‘z hayotlari orqali aks ettiradi. Bu yerda Rushdiyning kuchli metonimiyasi namoyon bo‘ladi: Salimning shaxsiy hayoti Hindistonning tarixiy jarayonlari bilan qiyoslanadi va o‘zaro bog‘liq holda tasvirlanadi. Asarning eng e’tiborga molik jihati ham shundaki, tarix va shaxsiyat o‘rtasidagi bu bog‘liqlik o‘quvchini hayratga soladigan darajada juda daqiq, hafif va maftunkor qilib yoritilgan.

Rushdiyning tili murakkab, lekin shu bilan birga betakror ham. U Hindistonning ko‘p tilli, madaniy rang-barangligini aks ettirish uchun ingliz tilini o‘zgacha talqin qilgan – hindcha va urducha ifodalar, shevalar va ohanglar roman matniga singdirilgan. Bu uslub o‘qirmanni faqat hikoya ichiga tortibgina qolmay, balki Hindistonning ovozi, ohangi va jazibasi bilan bevosita tanishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Rushdiyning metaforalari va ironiya bilan yo‘g‘rilgan jumlalari roman matnini yanada kuchli va unutilmas qilgan.

Salimning ichki monologlari, retrospektiv hikoyalari va ko‘p qavatli narrativ struktura o‘quvchidan e’tibor va sabr talab qiladi. Biroq, agar o‘quvchi bu murakkab dunyoga kirib borsa, Midnight’s Children uning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Rushdiyning tarixni badiiy talqin qilishdagi mahorati shunchalik yuksakki, real voqealar fusunkor realizm bilan qorishib ketgan holda, yangi bir tarixiy haqiqatni dunyoga keltiradi.

Midnight’s Children – bu shunchaki roman emas, balki adabiyot san’atining yuksak namunasi. U tarix, shaxsiyat, til va milliy o‘zlik haqida o‘ylashga majbur qiladigan, aqlni charxlaydigan asar. Rushdiyning kuchli metonimiyalari, o‘ziga xos uslubi va tarixiy tasvirining poetikligi uni zamonaviy adabiyotning eng muhim asarlaridan biriga aylantirgan. Ushbu romanni o‘qish – bu nafaqat Hindiston tarixiga sayohat, balki adabiyotning cheksiz imkoniyatlarini, har bir yozuvchining o‘z olami, bizni tilda aytganda, alohida gulbog‘chalari borligiga yaqqol dalildir.

Rushdiy o‘zbek kitobxoniga begona bo‘lishi kerak bo‘lmagan begona yozuvchidir. Umid qilib qolamizki, o‘zbek o‘qirmanlari ham o‘z tillarida Rushdiy janobi oliylarining kitoblarini o‘qish baxtiga musharraf bo‘lishadi. Barchaga yoqimli mutolaa tilab...

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/29/2025, 20:00
t.me/santuagaraoflibrary/3139
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
7
757
03/29/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3135
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
8
794
03/29/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3137
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
27
7
757
#al #iqtibos

- Men mendan oldin bo‘lgan barcha narsalarning, ko‘rganlarimning, qilganlarimning va menga qilinganlarning yig‘indisiman.

- Haqiqat – bu nuqtai nazar masalasi; o‘tmishdan qanchalik uzoqlashsang, u shunchalik aniq va ishonarli ko‘rinadi.

- Bizga xiyonat qilganlari emas, balki unutganlari ko‘proq.

©Salmon Rushdiy
03/29/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3134
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
7
788
03/29/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3138
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
7
788
03/29/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3136
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
26
5
782
​​#review

🤩"Oyimtilla"
📖Zulfiya Qurolboy qizi

Jamiyatning e'tibor markazida bo‘lish, mansabga o‘tirish, tanilish ayollar uchun voz kechib bo‘lmaydigan ehtiyojga aylangan.

Yunonlarning bir qahramoni bor, Klitaymnestra. U oddiy yunon malikasi edi, erini sevardi, farzandlariga esa mehribon. Lekin kunlardan bir kun Agamemnon Troya urushiga ketganida, barchasi o‘zgarib ketadi. Urushda g‘alaba qozonish uchun Agamemnon qizi Ifigeniyani qurbon qiladi. Bu gunohni esa Klitamnestra kechira olmaydi.

Mehr-muhabbat o‘rnini nafrat egallaydi. Yillar o‘tib, Agamemnon uyiga g‘olib sifatida qaytadi. Klitamnestra esa allaqachon qasos olishga qaror qilgan edi. U Agamemnonni o‘ldirdi. Hokimiyatni qo‘lga olib, shafqatsiz hukmdorga aylanadi. Endi uning uchun eng muhim narsa – obro‘ va taxt bo‘lib qoladi. Odamlar undan qo‘rqishardi, uning hukmronligi ostida shahar sakinat ichra muqim edi doim.

Ammo zulm abadiy davom etmaydi. O‘g‘li Orest onasining qilmishlarini kechira olmadi. Klitamnestrani o‘ldirdi. Shu bilan bir paytlar mehribon ona bo‘lgan ayolning hayoti fojia bilan yakunlanadi. Bu hikoyaga bizga oddiy, sodda, balki go‘r ayol zotini zolimga aylanishiga sabab bo‘lgan voqeotning batafsil tafsifidir.

Oyimtilla ham Klitamnestraga o‘xshaydi. Uni hayot juda ko‘p bor sinaydi, shaxmat taxtasidagi oddiy sipoh-oq piyodani, mansabparast, bemehr qora qirolichaga aylantiradi. Lekin shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Bizning jamiyatda ayollar mansab pillapoyasidan ko‘tarilishi uchun doim "suyuq" yo‘llardan foydalanishlari kerakmi?

Asar jamiyatimizdagi aynan shu kamchilikni ochiqlaydi. Ya'ni ayollar egallashi mumkin bo‘lgan yuqori lavozimlar mavjud emasligini, mavjudlariga ham erishishning qat'iy yo‘l-yo‘riqlari mavjud bo‘lmaganligi sababli, kursilarning ko‘pchiligi undan balandroq kursilarning ikkinchi yo uchinchi hasmilarga tegishli bo‘lib borayotganligini...

Asar tilini juda shirin deb ham bo‘lmaydi, lekin maromida, silliq ketadigan president saryog‘idek. Yana uslub novelakashlarniki singari. Lekin g‘oya Erkin A'zamga tegishli bo‘lganligi uchun vaqt sarflab o‘qidim va afsuslanganim yo‘q. Faqat yakunda muallifning biroz oqsagani sezildi, tub burilishni talab qilish noo‘rin, albatta, biroq biz jahannamda emasmizki, umidlarni eshik ostonasida qoldirsak) Barchaga yoqimli mutolaa tilab...

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/28/2025, 21:15
t.me/santuagaraoflibrary/3133
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
3
720
03/27/2025, 12:30
t.me/santuagaraoflibrary/3129
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
3
717
03/27/2025, 12:30
t.me/santuagaraoflibrary/3131
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
3
718
03/27/2025, 12:30
t.me/santuagaraoflibrary/3127
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
3
720
03/27/2025, 12:30
t.me/santuagaraoflibrary/3128
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
47
3
722
#al

Nega endi asarlar Ghibli stilida bo‘lmasligi kerak)
03/27/2025, 12:30
t.me/santuagaraoflibrary/3126
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
3
720
03/27/2025, 12:30
t.me/santuagaraoflibrary/3132
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
3
719
03/27/2025, 12:30
t.me/santuagaraoflibrary/3130
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
14
2
969
03/26/2025, 21:45
t.me/santuagaraoflibrary/3125
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
59
10
698
#asardan_parcha

Ayollar ovqatga o‘xshaydi. Uyda o‘tirsang ko‘chaning ovqatini ko‘ngling tusaydi. Ko‘chada yurganingda uydagini ko‘proq o‘ylaysan...

©Zulfiya Qurolboy qizi, "Oyimtilla"
03/25/2025, 16:00
t.me/santuagaraoflibrary/3124
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
17
1
647
​​#review #ru

🖤"Гомер навсегда" (Barhayot Omirus)
🪶Laslo Krasnaxorkai

...jinnilik zulmatda saqlanadigan savoldir, unga javob bor, lek bu javobni faqat soqov karga aytishi mumkin.

Kitobni o‘qishni boshlaganimda "Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin" asari yodimga tushdi. Bu ikki asarni bog‘lab turuvchi bir umumiylik bor ekanligi aniq, u ham bo‘lsa postmodernizm ruhi. Molinaridan farqli ravishda Krasnoxorkai o‘z asarida borliq haqiqatlar o‘laroq inson qarshisiga ko‘zguni yunonistonlik ulug‘ Omirus (Gomer)ning arxitepik yo‘li orqali tutadi.

Joys o‘tgan asrda o‘zining "Uliss"i orqali Gomerning Odisseyasini qayta yozgan edi go‘yo. Mazkur asarda esa nafaqat Odissey, balki Illiada voqeotlari ham jamlanadi, kishi ongida bugungi dunyo va moziy o‘rtasida ko‘rinmas ruhiy ko‘prik quriladi va bir nafasda o‘qiluvchi, lekin mutolaa so‘ng o‘qirman tafakkurini o‘z mafkurasi bandisiga aylantiruvchi asar qalqib chiqadi.

Asarda ma'lum bir syujet va qahramon tizmasi mavjud emas. Faqatgina biz o‘zligidan, shaxsiyatidan, yoinki jamiki narsalardan qochayotgan bir kasni hamrohi bo‘la olamiz xolos. Yozuvchi Krasnaxorkai ushbu asarida ong oqimining eng yuqori darajasi - surunkali toshqindan foydlanib yozgan. Bu esa asar mohiyatini istalgan qoliplarga tushishini, har bir kitobxon bilan o‘ziga xos aloqa o‘rnatishini ta'minlaydi.

Asarda suratlar va kitobni o‘qishda davomida sizga hamroh bo‘luvchi kuylar ham mavjud. Yangilik kashf qilishni yoqtiruvchi, murakkab uslub va tarixiy mujodalalarga qizuquvchilar uchun ayni bop asar. Barchaga o‘qishni tavsiya qilib...

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/24/2025, 10:00
t.me/santuagaraoflibrary/3123
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
32
3
743
#tarjima #qiziq

Chet tilida kitob o‘qish asli bir murakkab jarayon, miya odatdagidan ko‘ra bir necha barobar ko‘p ishlaydi. Tilni mukammal bilib, o‘sha tilda fikrlay olish qobiliyati mavjud bo‘lsa muammo yo‘q, bir til qutisini yopib qo‘yib, ikkinchisida bemalol mutolaa qilsa bo‘ladi. Lekin tarjima qilish sindromiga chalingan bo‘lsangiz, miya tinimsiz bu so‘zni qaysi biri qo‘llansa asarga mos tushar ekan deb to‘xtovsiz o‘ylayveradi. Kecha "Гомер навсегда" asari mutolaasida ham shu hol takrorlandi.

Eng ko‘p o‘ylantirgani nom bo‘ldi. Buni shunchaki "Gomer abadiy" deb qo‘ysa ham bo‘lar, ammo miyam tarjima jarayonida avvalo mumtoz davr lisonlaridan ko‘p foydalanadi. Shuning uchun ham kecha abadiylikni bildiruvchi fors tilidagi "jovidon" va arab tilidagi Gomerni "Humayrus" variantlarini tanladim: "Jovidon Humayrus". Juda jimjimador, shu bilan muhtasham chiqdi. Lekin nega Humayrus, Gomer emas deb o‘zim ham o‘ylab qoldim.

Gomer asli yunon tilida Ὅμηρος - Omiros shaklida talaffuz qilinadi, lotin tilida ham deyarli shunday. Bu nom arab tiliga Humayrus va Humirus shaklida o‘tgan, inglizlarga esa Homer ko‘rinishida. Ruslar doimgidek H ni G shaklida talaffuz qilib Gomer deb atashadi. Muallif nomining asliyatiga murojaat qilgan holda eng to‘g‘ri va hurmat bildirilgan tarjima - "Barhayot Omiros" bo‘lar ekan, shu desangizlar)

Siz asar nomini qanday tarjima qilgan bo‘lardingiz?
03/24/2025, 08:01
t.me/santuagaraoflibrary/3122
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
54
950
#kayfiyat
03/23/2025, 18:25
t.me/santuagaraoflibrary/3121
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
28
3
968
#asardan_parcha

...u esa kamtarona, porso hayot kechiradi va e’tiqod haqidagi bahslarga aralashmaydi, hech qachon hech qanday munozaraga qo‘shilmaydi, binobarin uning qalbi biror bir mujadalaga aralashmaganidan quvonchga limo-lim to‘la...

©"Jovidon Humayrus", Laslo Krasnaxorkai
03/23/2025, 16:00
t.me/santuagaraoflibrary/3120
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
35
56
2.3 k
#yangilik

Endi o‘zbek tilida ham "Goodreads" va "1000kitap" singari platforma mavjud. Ushbu Bookblog dasturi orqali kitobxonlar taqrizlarni omma bilan bo‘lishishlari, asarlardan iqtiboslar keltirishlari, erkin ijod namunalarini joylab borishlari, hamda kitob javonida o‘qigan, o‘qiydigan va o‘qiyotgan kitoblarini belgilab borishlari mumkin. Ushbu blokning sinov jarayonida bir qator bookblogerlar bilan birga ishtirok etdim, maqtasa arzigulik, quyida esa loyiha haqida ma'lumotlar berilgan:

Bookblog - kitobxonlar uchun mo‘ljallangan maxsus ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.
Bookblog jamoasi bir necha yillardan beri ushbu loyiha ustida ishlab kelmoqda. Loyihaning rivojlanishi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
2022-yil - Bookblog jamoasi tomonidan loyihaning g‘oyasi shakllantirilib dastlabki sinov versiyasi kitobxonlarga taqdim etildi.
2023-yil - Kitobxonlar tomonidan berilgan takliflar asosida dastlabki sinov versiyani takomillashtirib, ikkinchi sinov versiyasi foydalanishga taqdim etildi.
2024-yil - Bookblog foydalanuvchilarining tajribasi asosida uchinchi sinov versiyasi ishlab chiqildi. Oldingi versiyalardagi xatoliklar tuzatildi.
2025-yil - Nihoyat, Bookblog sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, foydalanuvchilar tajribasi asosida rivojlanib, bugungi kunda foydalanish uchun barchaga ochiq holda taqdim etildi. Biz doimiy ravishda o‘z an'analarimizga sodiq qolgan holda Bookblog foydalanuvchilarining tajribasi asosida rivojlanib boramiz. Kitobxonlar uchun qulay muhit yaratish - bu bizning missiyamiz. Missiyamizga doimo sodiq qolamiz. Bookblog ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri sifatida ko‘radi. Buning uchun ijodkorlar o‘z ijodlarini o‘quvchilariga taqdim etib borishlari uchun alohida 《Ijod》nomli bo‘lim mavjud.

Apple foydalanuvchilari uchun link:
https://apps.apple.com/us/app/bookblog/id6742847339

Android foydalanuvchilari uchun link: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.bookblog.uz.bookblog

Sinab ko‘rgach, o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang)
03/23/2025, 13:00
t.me/santuagaraoflibrary/3119
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
30
7
1.3 k
​​#review #aks

😀"Oqdan qizilga"
😀Anif


Shoira Anifning “Oqdan qizilga” asari insoniyatning ichki kechinmalari, ruhiy o‘zgarishlari va hayotning oq-qora haqiqatlari haqida yozilgan teran asarlardan biri. Bu kitob faqat voqealar yig‘indisi emas, balki inson ruhiyatining har bir rangi qanday paydo bo‘lishi, qanday yo‘qolishi va qanday yangidan tug‘ilishi haqida hikoya qiladi.

Asarning nomi o‘zidayoq chuqur falsafiy ma’noga ega. "Oq" – beg‘uborlik, orzular, poklik ramzi bo‘lsa, "qizil" – ehtiros, iztirob, hayotning shafqatsiz haqiqatlari va insonni shakllantiruvchi sinovlarni anglatadi. Kitobda qahramonning, shoir o‘zligining ruhiy va hissiy o‘zgarishlari aynan shu ranglar orqali ochib beriladi.

Anifning tili ohangdor, obrazlarga boy va poetik. She’riy ohang har bir satrga singib ketgan, ayrim joylarda esa ong oqimi hikoyatlar orasidan she’riy jumlalar sizib chiqadi. Kitobdagi voqealar o‘zaro chirmashib ketgan iplar misol, har bir she'r yangi haqiqatni kashf etadi.

“Oqdan qizilga” – bu shunchaki she'riy to‘plam emas, bu – inson ruhining ranglarini izlash jarayoni. Ba’zan oq bo‘lib yashashning iloji yo‘qligi, qizilning esa inson taqdiriga muhr bosishi haqida o‘ylab qolasiz. Asar shaxsiy iztiroblar va jamiyat bilan bo‘ladigan kurashlarni mahorat bilan tasvirlaydi.

Agar siz poetik hikoyalarga, falsafiy tafakkurga va nozik ruhiy kechinmalarga boy she'rlarni yoqtirsangiz, “Oqdan qizilga” siz uchun yozilgan. Ushbu kitobni o‘qish jarayonida ba’zan o‘z fikrlaringizni qayta ko‘rib chiqishga, o‘zingizning “oq” va “qizil” nuqtalaringizni izlashga majbur bo‘lasiz. Bu asar – so‘zlar orqali chizilgan surat... va bu suratni har bir o‘quvchi o‘zicha tushunadi, o‘zicha his qiladi. Barchaga yoqimli mutolaa tilab...

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/22/2025, 21:31
t.me/santuagaraoflibrary/3118
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
31
7
943
#asardan_parcha

Ey, muallaq odam
senga suyandim
qulamaysanmi?
ruhim ko‘p og‘irmas
ko‘tarasanmi?

©Anif, "Oqdan qizilga"
03/22/2025, 16:00
t.me/santuagaraoflibrary/3117
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
28
2
1.1 k
03/22/2025, 12:05
t.me/santuagaraoflibrary/3114
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
2
1.1 k
03/22/2025, 12:05
t.me/santuagaraoflibrary/3115
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
2
1.1 k
#xarid

🌚Bahor oyi mutolasi uchun "uzkiy krug"imiz bilan tanlagan kitoblarimiz keldi, navro‘zga tuhfadek bo‘ldi go‘yo. Bahor faslida qaysi asarlarini o‘qishni, kimlarni kashf qilishni rejalashtirayapsiz?!
03/22/2025, 12:05
t.me/santuagaraoflibrary/3116
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
22
6
837
​​#review #en🇺🇲

🤩"Beloved"🔞
👵🏿Toni Morrison

Erkak kishi la’nati bolta emas-ku, axir. Kunning har daqiqasini chopib, kesib, maydalab yurishga majbur emas. Voqeotlar unga ham ta’sir qiladi. Ba’zi narsalarni chopib tashlay olmaydi, chunki ular ichkarida, qalbida bo‘ladi.
Qullik haqida ilk tasavvurlarim "Izaura" nomli serialni ko‘rib shakllangan edi. O‘shanda shakar plantatsiyalarida kecha-yu kunduz ter to‘kib, yana qo‘shimchasiga kaltak ham yeydigan irsiy koddoshlarimiz hayoti menga juda achinarli ko‘ringandi. Keyinchalik sevimli kitobim "Shamollarda qolgam hislarim"da ham shunga o‘xshash kichik sahnalarga duch keldim. Lekin uning salmog‘i "Izaura"chalik emas edi. Mana bugun esa, Toni Morrison qalamiga mansub "Beloved" asarini o‘qib tugatar ekanman, bu hissiyotlarni qayta tuymoqlikka majbur bo‘ldim.

Mazkur kitob faqatgina badiiy asar emas, balki Amerika tarixining og‘riqli sahifalarini ochib beruvchi guvohnoma hamdir. Beloved – 1987-yilda nashr etilgan va Toni Morrisonga Pulitser mukofotini olib kelgan roman hisoblanadi. Hikoya qochqin qul Sethe va uning oilasi atrofida qurilgan bo‘lib, ular ozodlik uchun yetarlicha badal to‘lashgan. Sethe va Beloved o‘rtasidagi munosabatlar esa romandagi eng og‘riqli va murakkab masalalardan biridir.

Morrison bizga qullik tizimining inson ruhiga qanday chuqur ta’sir qilganini, qanday qilib ota-onalarni farzandlaridan, odamlarni o‘z insoniyligidan mahrum qilganini ko‘rsatadi. Sethening hayoti qullik davridan so‘ng ham bu yomon xotiralardan qutula olmaydi. Ona bo‘lish, farzandni himoya qilish va uni zolim dunyodan asrash uchun o‘z jonini qurbon qilishga tayyorlik romanning eng muhim nuqtalaridan biri. Sethening qarori axloqiy jihatdan juda murakkab, shu bois o‘quvchi uni to‘liq tushunishga qiynaladi.

Beloved nafaqat metaforik, balki so‘zma-so‘z ma’noda ham moziyning bizdan yiroq emasligini ko‘rsatadi. Qizining ruhi o‘lik emas, u tirik va Sethening qalbida ham, uyida ham yashashda davom etadi. Bu orqali Morrison qullikning izlari faqat tarix darsliklarida qolmaganini, balki insonlarning ongida abadiy muhrlanib qolganini ham ifodalaydi.

Morrisonning tili esa juda chuqur, she’riy va o‘ziga xos. U voqealarni aniq vaqt tartibida emas, balki xotiralar, tushlar va ong oqimi orqali tasvirlaydi. Ba’zan jumlalari og‘ir, tushunish qiyin, lekin aynan shu uslub asarning ta’sirini yanada oshiradi. Masalan, Babby'ga nisbatan uch oyoqlik it, choyshab gullariga qizil qon dog‘i va tabiatni tasvirlashda mox atirgullarni metaforik usulda qo‘llashi, asarga o‘zgacha jilo baxsh etadi.

Agar siz tarix, psixologiya, psixotahlil, realistik va falsafiy adabiyotlarga qiziqsangiz, bu kitob aynan siz uchun! Ammo Beloved yengil kitob emas – u odamni sinaydi, qiynaydi va uzoq o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun ham uni o‘qishga, avvalo, inson ruhiyati tayyor bo‘lmog‘i darkor. Barchaga yoqimli mutolaa tilab...

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/17/2025, 21:35
t.me/santuagaraoflibrary/3113
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
40
9
957
#asardan_parcha

O‘zingni ozod qilish boshqa, ozod bo‘lgan o‘ziligingga egalik qilish boshqa narsa edi.

©Toni Morrison, "Beloved"
03/17/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3112
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
71
28
1.2 k
​​#tanqid

ASAXIY VA'DABOZ(MI)?!

Bundan yetti yil oldin, Asaxiy ilk kitobi "1984" romanini 120 ta imloviy xato bilan chiqargan edi. Lekin gap xatolarda emas, ular kitob ichiga uzrnoma solib, xatolarni qayta takrorlamaslikka va'da berishganida. Shundan buyon nashr etilgan kitoblarda bu darajada ko‘p xatolar ko‘zga tashlanmayotgan edi. Lekin taassuflar bo‘lsinki, kecha o‘qigan "Anomaliya" kitobim mutolaa jarayonini qon qildi. Sabablari:

🤩I. YOZUVCHIGA HURMATSIZLIK
Asarda yozuvchi Hervé Le Tellierning anomaliyasi Viktør ham bor. Qizig‘i Viktør ismi, o bilan emas ø bilan yozilishi kerak, tarjimada esa faqat bir joyda shunday qilingan, qolgan joylarda ø o‘rniga o turibdi. Bu esa ochiqdan-ochiq muallifga hurmatsizlik, chunki yozuvchi asar ichida ham o emas, ø bo‘lishini istashini yozgan va asl matn ham ø shaklda berilgan.

🤩II. MATN ISHORATLARI KESILGAN
1) Romanning uch qismining nomi Raymond Queneau she'rlaridan ilhomlanib olingan, lekin bu haqida kitobda izoh berilmagan;
2) 11-sahifaning pastdan uchinchi satrida Uilyam Bleykning "Go‘dak nolasi" she'riga ishora bor, lekin bu ham izohlanmagan;
3) 25-betda "Qizil bog‘ich" so‘zida ham ishora bor, bu belgi Gonkur mukofoti olgan kitoblarga shunday belgi qo‘yilishi va u kitob ko‘p sotilishini bildiradi;
4) 199-betning yuqori uch satrida Georges Perec'ga muhim ishora bor, lekin bu ham nega ishora qilingani izohlanmagan;
5) 305-betning o‘ninchi satrida esa Mallarmé she'riga ishora ham, izoh mavjud emas.
6) Asar mohiyatini ochuvchi 375-betdagi Halo Kalvinoning romaniga ham ishora mavjud emas, voholanki asl matnda bular bor edi.

🤩III. SENZURA BO‘LGAN QISMLAR
70-betdagi "qanjiq va g‘ar" hamda, 130-betdagi "moyaklarimni yebsan" so‘zlarini senzura bo‘lishini tushunsa bo‘ladi, lekin:
1) 38-betdagi Hausmann kvartirasi;
2) 70-betdagi aroq emas, Amerikaning Budweiser pivosi;
3) 92-betdagi NALCO'ni maktab deb berilishi;
4) 97-betdagi Uburege'ning besabab qirqilgani;
5) 104-betdagi "Leakage theory";
6) 220-betdagi POTUS'ni;
7) 296-betda kiprlik shoir Stepanos Stephanides'ning she'rini;
8) 298-betda SDECE'ni;
9) 313-betdagi 10 satr gap va
10) 314-betda Jack Finneyning "Body Suatchers" asarini nega qirqishganini hamon tushunmayapman.

🤩IV. IZOHTALAB QISMLAR
14-betda Anmas, 27-betda Goncharov va Gurevich, 36-betda Menilmontan, 41-betda Pleyada, 79-betdagi "affirmative action", 94-betdagi Elektra, 110-betdagi Feldovskiy, 124-betdagi Deep Thought, 126-betdagi turbulentlik, 137-betdagi Neru, 147-betdagi ANB, 164-betdagi "Dr. Strangelove", 203-betdagi Romeo va Julyetta parchasi qaysi qismdan olinganligi (I, 94-bet), 208-betdagi Injil parcha (10,16. Y), 259-betdagi Kamyuni gapiga havola, 308-betdagi Koelet so‘zlariga (I,1,7,9), 342-va 345-betdagi diniy parchalarga, 356-betdagi Nitshe gapi qaysi asardanligi va 376-betdagi Mikki Spilley izohtalab, asl matnda va boshqa nashrlarda izohlangan bo‘lsa-da, izohlanmagan, qayerdagi FQB, espresso va angardan ko‘ra bular izohga muhtoj edi. Yana eng muhim 317-betdagi ikki marta Gonkur mukofoti olib o‘z joniga qasd qilgan Romen Gari haqida bir satr ham izoh berilmagan, uni o‘qigan kitobxon Garini Isoni shogirdi deb o‘ylaydi.

🤩V. IMLO XATOLARI
Imlodagi kamchiliklar asosan bo‘g‘in ko‘chirishga oid. Asaxiy vakili buni sahifalovchini aybi dedi. (5, 7, 24, 25, 40, 51, 53, 58, 72, 73, 90, 96, 97, 104, 138, 147, 193, 210, 220, 240, 249, 254, 292 va 296-betlarda)

Xulosa shuki: asar tahriri, tashihi va mushatalabi juda yomon. O‘z-o‘zidan ikki savol tug‘iladi:

❓️ASAR ASLIYATDAN TARJIMA QILINMAGANMI? va TAHRIRIYAT NEGA ASARNI SINCHIKLAB KO‘ZDAN KECHIRMAGAN?

Agar bularning ikkisi ham rost bo‘lsa Asaxiyning burdi to‘kilgan shu, boshqa so‘zim ham gapim ham yo‘q. Tanqidga asosli javob kutib qolamiz.

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/14/2025, 11:45
t.me/santuagaraoflibrary/3111
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
28
4
926
#mutolaa

“You are your best thing.”

©"Beloved"
03/13/2025, 22:45
t.me/santuagaraoflibrary/3110
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
20
5
892
​​#review

✈️"Anomaliya"
🇲🇫Erve Le Tellye

Umuman, tarjima ham ijod. Tarjimonlarni to‘laqonli yozuvchilar desa ham bo‘laveradi.

Anomaliya – ilmiy-fantastika, sirli triller va falsafiy roman janrlarini o‘zida mujassam qilgan noyob asar. 2020-yilda Gonkur mukofotiga sazovor bo‘lgan bu roman o‘quvchini inson tabiati, identiklik va haqiqat mohiyati haqida o‘ylashga majbur qiladi.

Qizig‘i Gonkur mukofoti mashhur bo‘lsa ham muallifga hech qanday moddiy yordam bermaydi, balki muallifning shu mukofotga loyiq ko‘rilgan asarini keng qamrovda nashr ettilishiga yordam beradi. Masalan, "Anomaliya" Gonkurni olguncha 10 ming nusxada chiqqan, keyin esa 800 ming nusxadan ziyod bosmada nashr etiladi, bu esa uni ommalashuviga sabab bo‘ladi.

Asarga to‘xtalsak syujetning markazida tasodifiy bog‘langan bir guruh insonlar turadi. Ularning har biri turli kasb egasi, turfa xil sharoit va muammolar bilan yashaydi. Ammo ularni yagona bir g‘ayritabiiy hodisa bog‘lab turadi, bu esa ularning hayotini tubdan o‘zgartiradi. Asar davomida bu hodisaning qanday oqibatlarga olib kelishi asta-sekin ochiladi.

Le Tellye murakkab, lekin o‘qish oson bo‘lgan uslubda yozadi. Bu esa asar va kitobxon o‘rtasida mustahkam arqon vazifasini o‘taydi. U har bir qahramonni chuqur psixologik jihatdan o‘rganadi, ilm-fan, din, axloq va metafizikaga oid savollarni ilgari suradi. Roman "Black Mirror" seriali yoki "Filipp Dik" asarlari bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan zamonaviy muammolarni o‘zida aks ettiradi.

Kitobdan ko‘p narsa kutish kerak emas, aytish joiz bo‘lsa Den Braun asarlariga o‘xshash, sirli syujetlar, ilmiy-falsafiy g‘oyalar va chuqur insoniy dramalar... agar shunday uslubni yoqtirsangiz Anomaliya sizni hayratda qoldirishi aniq. Menga tarjima va nashr sifati ham juda manzur bo‘ldi, lekin tahrir, tashih va mustahalab mutlaqo qoniqarsiz, bu haqida kelgusida to‘xtalamiz. Barchaga yoqimli mutolaa tilab...

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/13/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3109
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
39
7
959
#asardan_parcha

"Inson hayoti – bu yozib bo‘lmaydigan roman, chunki uning har bir sahifada yangi burilish paydo bo‘lishi turgan gap."

©Erve Le Tellye, "Anomaliya"
03/13/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3108
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
27
4
649
​​#nazm #tarjima

GO‘DAK NOLASI

Volidam yig‘ladi, padarim birla,
Xavfli dunyoda tug‘ildim nogoh.
Ojiz, belibos, yuksak tovush-la,
Abr ichra yashirin shaytondek e-voh.

Depsindim otamning otash qo‘lida,
Mayin ipak o‘ramdan qutulmoqqa shay,
Charchadim - xorib va juda toldim,
Tanladim oxir, onam siynasin arang.

©Uilyam Bleyk

P.s: bir nashriyot chiqargan kitobda shu she'rni qirqib tashlashibdi, qiziqib tarjima qilvordim)
03/11/2025, 16:01
t.me/santuagaraoflibrary/3107
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
23
9
814
​​#review

💌"Havo"
📖Gulnoz Mo‘minova

Qahramonlar
Ajdahoning boshi qolib
Dumi bilan kurashga chiqar

Gulnoz Mo‘minovani ko‘pchilik singari "Aytib bo‘lmaydigan qo‘shiq" she'ri orqali taniganman. Tabiiyki, birgina she'rdan xulosa qilib bu shoira haqiqiy tipik sharq ayoli, xafif va mustar bo‘lsa kerak degan xayollarga borganman. Bugun ilk bor she'r to‘plamlari "Havo"ni o‘qib angladim-ku, doimgidek birinchi tasavvur aldamchi bo‘larkan...

Gulnoz Mo‘minova tasavvurimdagi sharq ayoli paradigmalarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Endi u hayotdan noliydigan, eri va farzandlarini fido qiladigan ona emas, balki yetuk idrok sohibi, zakovatli daqiq shaxs sifatida gavdalandi. Shoira ijodida tilga olgan quyuq metaforalar va oq she'r bilan uyg‘unlikka kirishgan ichki olam garmoniyasi o‘qirmanni butkul hayratga soladi. Unga ayol shaxsiyatining aksini tutadi go‘yo...

Har davrning o‘z Borxesi bo‘ladi deyishardi. Men adabiyotimizning nasr gulbog‘idan bu kashfiyotni xo‘b izlabman, asli haqiqiy Borxes nazm chamanida allaqachon qiyg‘os ochilgan ekan. Mo‘minovaning Borxes bilan birlashtiruvchi tugun - qadim asotir va miflarni tubdan his qilish, his qilingan narsani his qilmoqni istagan kitobxonga uzatish va unga bu hisni mutlaq anglatish qobiliyatidir.

Shoira ijodida yana ikki ko‘zga tashlanuvchi unsur bor: birinchisi - sariq rang, ikkinchisi esa chala homila. Sariq rang ko‘pincha do‘stlik, qalin aloqalarni ifodalab kelsa-da, aslida u hazarlanishning eng pokdomon ko‘rinishidir. Chala, tushirilgan, tushgan va shakllanmay qolgan homilalar ham, nafaqat shoirning ichki olami, jamiyat, shaxs va aytish joiz bo‘lsa ulug‘ davlatimiz uchun ham tutilgan ko‘zgudir.

Nafsilamr Gulnoz Mo‘minova yetuk iste'dod, Yaratgan tomonidan kam hollarda bandalariga armug‘on etiluvchi iqtidor sohibasi, bu qobiliyat o‘rganilmaydi, yoinki shakllantirib bo‘lmaydi. Xulosa o‘rnida aytmoq joizki, XXI asr o‘zbek va hatto Sharq she'riyati ham bu ijodkor bilan hisoblashmog‘i darkor, kitobxon esa mutolaa qilmog‘i. Barchaga yoqimli mutolaa tilab...

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/10/2025, 21:31
t.me/santuagaraoflibrary/3106
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
18
807
​​#nazm #asardan_parcha

QACHONDIR

Jannatdan quvilgan
Hazrati Odamning ko‘ksida edim.

Poklik istardi tiynatim,
Men ilk gunoh izmida edim.

Oshiq Suvning taslimligida,
Ma'shuq Olov raqsida edim.

Rangin toshlar sukutida, goh
Par-par qushlar bahsida edim.

Gohi Malak oniyligida,
Goho Iblis nuqsida edim.

Mitti dalli - parvonalarning
Qalb rangli ko‘zida edim.

Ko‘klamga yashil purkagan
Ko‘k ajdarning bo‘g‘zida edim.

Sen qayda eding, bilmayman,
Shudringdagi gul aksida edim...

©Gulnoz Mo‘minova
03/10/2025, 16:00
t.me/santuagaraoflibrary/3105
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
41
8
688
#ğoya

Mana nima uchun umumiy birlikni tashkil etuvchi qahramonlarni ulug‘lamoqni to‘xtatish kerak. Nega Qaldirg‘ochoyim menga yoqqan, chunki unga o‘xshash qahramon boshqa asarlarda juda kam uchraydi, yo‘q hisobi. O‘tkan kunlar'da Otabek va Kumushning siyqasi chiqib ketgan, butun dunyo adabiyotlarida bor, lekin Zaynab yo‘q, Ikki eshik orasi'da Zebo bilan Kimsan ham deyarli barcha urush haqida yozilgan asarlarda bor, lekin Bashor opa yo‘q, Ufq'dagi Jannat xola va Ikromjon ham son mingta, lekin Nizomjon yo‘q va h.k...

Yozuvchi, asarini yaxshi chiqsin deb, xalqqa manzur bo‘lsin deb va ba'zida oliptagarchilikdan o‘zi bilmagan holda mavjud personajlarni qayta yaratib qo‘yadi. Chunki u o‘qigan, o‘rgangan asarlarida deyarli Kembel aytgan bir xil monomif ishlaydi. Lekin asarni to‘ldirish uchun u hayotida mavjud, asl qahramonlarni qo‘shadi va shular haqiqiy qahramon asli.

Biz o‘qishimiz kerak bo‘lgan, yozishimiz kerak bo‘lgan mavzular bu. O‘tgan asrda Nazar Eshonqulning Qultoy haqida hikoyasi chiqqan edi, mana bu haqiqiy mo‘jiza, lekin bizning mutassib adabiy olamimizni uni to‘g‘ri baholay olmadi, qabul qilolmadi, tushunmadi. Bu esa bizning fojiamiz.

Biz yo‘qlikka yuz tutganimiz sayin, kunbotar Jokerni, Kruellani, Kirkani qahramonga aylantirishdi. Har bir tirik shaxsning o‘z haqiqati bor ekanligini isbotlashdi. Ammo biz hamon Qimmatning nega qimmatiyligini anglolmaganmiz. Ultontozni tushunmadik, Zaynab kechinmalarini his qilmadik, Miryoqubni oldinga intiltiruvchi sabab ne ekanligini topa olmadik.

Yaqinda Baxtiniso tanloviga bir guruh yosh ijodkorlar hikoyalar jo‘natishgan edi. Ichi to‘la ijtimoiylashgan mavzu, qizlarning to‘y, ota-ona va o‘zliklari bog‘liq muammolari. Patriarxat jamiyat ularni bir qolipga solib qo‘yganining yaqqol dalili. Mana sizlarga, yoshlar, shuncha mavzu, shuncha tayyor qahramon, nega bu haqida bunday yozding deya olisharmidi, ularni his qila olsangiz, bugungi zamon o‘quvchisiga ham his qildirishingiz kerak.

Yozuvchi, qachonki, o‘zigacha bo‘lgan nasriy qolip va kishanlarni parchalay olsa, monomifga qul emas, balki monomifni o‘ziga tobe qilsa, takroriy qahramonlarni qayta yaratmasa, asl-haqiqiy personajlarni yaratsagina bugungi davrda yozuvchi bo‘lib qola oladi. Alpomish dostonini o‘qib chiqargan xulosa va sizga berar tavsiyalarim shu...

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/07/2025, 22:10
t.me/santuagaraoflibrary/3104
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
25
9
735
​​#tahlil

ALPOMISH & ODISSEY

Alpomish va Odissey dostonini o‘qigan kitobxonda tabiiy ravishda savollar tug‘iladi. Nega bu dostonlar o‘xshash? Bu ko‘chirmachilikmi? Yoki shunchaki syujetlar omuxtalashuvi?... kabi. Bu savollarga javob topish uchun chuqur izlanishlar olib borish darkor. Shukrki, bizgacha bu mavzuni tahlil va talqin qilganlar bisyor. Shuning uchun bugungi tahlilimizda Bartold, Viktor Jirmunskiy va Saida Xolmirzayevalar tadqiqotlariga tayanamiz.

Dastavval, aytib o‘tmoq joizki, Alpomish syujetiga o‘xshash 100 lab asarlar bor, ulardan o‘n nafari esa bu syujetga juda ham o‘xshash. Tadqiqotchilar bular ichidan to‘rtta asarni alohida ajratib, ta'kidlab o‘tishadi. Bular, avvalo Odissey, Ota Qo‘rqut kitobidagi "Bamsi Beyrek", yapon xalq qahramonlik hikoyasi Yurivaka, hamda buddaviylik sutrasi bo‘lmish "Yaxshi va yomon shahzoda haqidagi ertak".

Bulardagi umumiyliklarni ajratsak:
○Farzandsizlik;
○Ilohiy kuchlarning aralashuvi;
○Qahramonlikka otlanish va uxlab qolish;
○Mahalliy shaxsning yordami;
○Begona yurt malikasining sevgisi;
○Xabarchi qushlar "Alpomish", hamda "Yaxshi va yomon shahzoda haqida ertak"lar o‘rtasidagi uyg‘unliklar;

●Qahramon rafiqasini turmush qurishga majburlash;
●Tashqi ko‘rinishning o‘zgarishi va qaytganda qahramonni hech kim tanimasligi;
●Keksa xizmatkorning yordami;
●Qahramonni maxsus belgi orqali tanish;
●Qahramonning otasiz ulg‘aygan o‘g‘li tanishi,
●Hayvonlar tomonidan tanilish;
●Maxsus kamonga ip tortish, nishonni cho‘qlash;
●Dushmanni o‘ldirish va qayta shon-shuhratga erishish Alpomish va Odissey dostonlari o‘rtasidagi o‘xshashliklar.

Yana:
Alpomish - Odissey,
Oybarchin - Penelopa,
Surxayil - Kalipso,
Tovka - Kirka,
Kayqubod - Hermes,
Yodgor - Telemax'ga hayot izlari va taqdirlarining juda ham o‘xshashligi.

Bundan kelib chiqadiki "Alpomish" yunonlarning Odisseyi va hindlarning ertagi asosida yaratilgan oddiy bir ko‘chirma asar xolos. Bu haqida tadqiqotchilar Alpomish eng ertasi bilan V asrga oidligini aytishgan, Odissey esa mil.avv.VI asr va budist sutrasi mil.avv.III asrga oid bo‘ladi. Nazariyaga ko‘ra, O‘rta Osiyo magistral yo‘l sababli Sharq va G‘arbni bog‘lagan, hamda bu yurtga kelib-ketgan sayohlar o‘zlari bilan xalqlarining mashhur ertaklarini ham olib kelishgan. Natijada arab xalqida "Ming bir kecha" ertaklari shakllangani singari, bizda ham Alpomish dostoni yaralgan. Qo‘shimchasiga Aleksandr bizga yurish qilib kelganda allaqachon Gomer mashhur va Makedonskiy Axilning fanati ham edi.

Lekin bir dalilgina bu taxminlarni parchalab tashlashi mumkin. Bu ham bizning beqiyos til va an'analarimiz. Ya'ni Alpomish yaratilgani da'vo qilingan V asrdan oldin mavjud bo‘lgan so‘z va an'analar dostonda mavjud. Bu esa doston yoshini bir yarim ming yilga qaritadi. Natijada Alpomish boshqa xalqlardan emas, balki boshqa xalqlar bizdan o‘z yozma manbalarini o‘g‘irlashgani ma'lum bo‘ladi. Faqat bu xususida to‘liq ilmiy ish amalga oshirilmagan va tasdiqlanmagan. Biroq ishonchim komilki, kun kelib Alpomishni chuqur tahlil qilgan holda uning asl mohiyati va kelib chiqishini aniqlaydigan tadqiqotchilar oramizdan, albatta chiqadi.

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/07/2025, 21:45
t.me/santuagaraoflibrary/3103
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
58
2
835
#xabar

Ertaga Alpomish dostoni qanday qilib Gomerning Odisseyidan o‘g‘irlanganligi haqida tahlil chiqadi)
03/06/2025, 21:30
t.me/santuagaraoflibrary/3102
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
5
480
#tavsiya

Bugun sizga turli yoʻnalishdagi foydali
kanallarni tavsiya qilaman.

@nota_bene1 - shunchaki yaxshi kanal

@Uzbekchilik17 - Asosan kayfiyatni ko‘taruvchi kontent

@blogdilshoda - Xalqaro va O'zbekistondagi grantlarni yutmoqchilar uchun maxsus kanal

@Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar

@engengeng888 - eng zo'r ma'lumotlar - hammasi faqat obunachilar uchun

@Azizbekh17mem - Ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu orqali olib chiqiladi

@Kinovat - Kino olami haqida barchasi

@sharqshunos_tarixchi -
Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi

@bilimdon_zakovatchi - Yangi faktlar, savollar, zakovat haqida va xullas ideal kanal

@legal_mind — sarkazm, yumor va xalq tushunadigan tilda huquqiy fikrlar

@economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida

@santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida

@korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida

@therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda

@ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar

@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami

@Fan_choyxonasi - Fan haqida, osh kelgunicha

@req404 - Sun’iy intellekt, startaplar, iqtisodiyot va biroz falsafa

Barcha kanallarni bitta havolaga toʻpladik, u orqali istalganiga yoki barchasiga obuna boʻlishingiz mumkin.

Marhamat havolaga!
03/05/2025, 21:10
t.me/santuagaraoflibrary/3101
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
21
801
​​#review #folklor

🪽"Alpomish"

Alpomish – o‘zbek xal qahramoni, uning obrazi milliy o‘zlik, vatanparvarlik va matonat timsoli sifatida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ushbu doston shunchaki afsonaviy rivoyat emas, balki xalq ruhiyatining ifodasi, ma’naviy merosimizning muhim qismi hamdir.

Alpomishning yo‘li an’anaviy qahramonlik yo‘liga mos keladi: chaqiriq, sinovlar, g‘alaba va qaytish. U boy xonadon farzandi bo‘lishiga qaramay, taqdirining burilish nuqtasi – yoriga bo‘lgan sadoqat tufayli safarga otlanadi. Alpomish yetti yil asirlikda qolsada, ekin o‘zligidan voz kechmaydi. Bu – qahramonning ruhiy poklanish jarayoni bo‘lib, u xalq himoyachisi sifatida kamolga yetishini ko‘rsatadi.

Alpomishning obrazi bugungi o‘zbek o‘g‘loniga nisbatan ancha ideallashtirilgan. U milliy qadriyatlarning eng oliy ko‘rinishi sifatida tasvirlanadi: sabrli, sadoqatli, yuksak axloqiy mezonlarga ega. Hozirgi yoshlar esa texnologiyalar va globalizm ta’sirida o‘z yo‘lini topishga harakat qilmoqda. Ular ham sinovlardan o‘tishadi, lekin bu sinovlar ko‘proq ijtimoiy va axloqiy jihatdan shakllangandir. Alpomish jismonan qudratli qahramon, zamonaviy yoshlar uchun esa ruhiy bardoshlilik va tafakkur kuchi muhim ahamiyat kasb etadi.

Qaldirg‘ochoyim dostonning asosiy qahramonlaridan biri bo‘lmasada, Alpomishning yo‘lchi mayog‘i va singlisi sifatida gavdalanadi, hamda donishmand va sabrli qiz sifatida tasvirlanadi. U qizlik go‘zalligi va mardlik uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan. Alpomish o‘n to‘rt yoshida qay yo‘lni tanlashni bilmay turganida, kuchli bir tepkiga ehtiyoj sezadi va bu vazifani Qaldirg‘ochoyim bajaradi. Shu o‘rinda dushman taraf vakili bo‘lishiga qaramay, Qorajon ham, dostonda shunday muhim o‘ringa ega.

"Alpomish" dostonida qahramonlik yo‘li, milliy qadriyatlar, sadoqat va adolat muhim o‘rin tutadi. Bu asar bugungi kun yoshlariga ham ta’sir ko‘rsatadigan, ularni o‘z ildizlarini unutmaslikka undaydigan kuchga ega. Alpomishni ikkilanmasdan o‘zbek xalqining superman'i desa bo‘ladi. Uning obrazi bugungi zamonda yangicha shaklda yashayotgan bo‘lsa ham, uning asosiy g‘oyalari hamon dolzarbdir. Barchaga yoqimli mutolaa tilab...

Hurmat va ehtirom ila S.N.K
03/05/2025, 20:00
t.me/santuagaraoflibrary/3100
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
1.0 k
03/04/2025, 17:30
t.me/santuagaraoflibrary/3099
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
1.0 k
03/04/2025, 17:30
t.me/santuagaraoflibrary/3098
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
1.0 k
03/04/2025, 17:30
t.me/santuagaraoflibrary/3095
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
20
1
992
#rasm

Warrior Alpamys. Kazakh heroic epic in prose retelling Akseleu Seydimbekova. Illustrator Eugeny Sidorkin 1981.
03/04/2025, 17:30
t.me/santuagaraoflibrary/3092
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
1.0 k
03/04/2025, 17:30
t.me/santuagaraoflibrary/3097
SA
Santuagara (21+)
3 733 subscribers
1
995
03/04/2025, 17:30
t.me/santuagaraoflibrary/3096
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria