Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
SH
𝙌𝙤𝙗𝙞𝙡𝙟𝙤𝙣 𝙎𝙝𝙚𝙧𝙢𝙖𝙩𝙤𝙫
https://t.me/shermatovqobiljon
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
26.94%
ERR (week)

𝗔𝘀𝘀𝗮𝗹𝗼𝗺𝘂 𝗮𝗹𝗮𝘆𝗸𝘂𝗺! Bolalar yozuvchisi, shoiri, "Ilhom" davlat mukofoti sohibi, 2022-yilning yil kitobi (𝗕𝘂𝘃𝗮𝗺𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗼𝘀𝗵𝗾𝗼𝘇𝗼𝗻𝗶𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗺𝗮𝗺𝗹𝗮𝗸𝗮𝘁) muallifi Qobiljon Shermatovning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 48 results
⭐️Anons
27.04.2025

Kitob – eng buyuk kashfiyot, eskirmaydigan xazina uning mutolaasi ongu tafakkuringizga qanot, qalbingizga nur, ezgu ishlarga rag‘bat berajak. Oilalardan boshlangan kitobxonlik muhiti O‘zbekistonning kitobsevarlar yurti degan ezgu maqomini yanada mustahkamlashiga zamin bo‘ladi.

Yangi kitob taqdimoti, bolalar adabiyotining yutuqlari, farzandlarimizni kitob o‘qishga jalb qilish haqida! Yosh yozuvchi, shoir va kitobsevar Qobiljon Shermatov bilan bo‘lgan muloqotni albatta ko‘ring! Ziyo olamiga chorlaymiz sizni! O'tkazib yubormang!

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻𝐼𝑛𝑠𝑡�𝑔𝑟𝑎𝑚|��𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook

@ShermatovQobiljon
04/26/2025, 17:13
t.me/shermatovqobiljon/1025
"Hayrli kun"da mehmon boʻldik.

Fargʻona telekanalida, yakshanba kuni efirga uzatiladi Xudo xohlasa.

@ShermatovQobiljon
04/25/2025, 14:42
t.me/shermatovqobiljon/1024
...“Улуғбек Попкорн сайёрасида” эса саргузашт жанридаги ёрқин бадиий асар сифатида эътироф этиляпти.

– Буюк олим болалигида ҳам дўстларидан ажралиб турадиган зеҳн ва тафаккурга эга, ҳалол бола бўлган. Шу хислатларини очиб беришга ҳаракат қилдим, – дейди болалар ёзувчиси. –Китобхонлар ҳафталиги –ёзувчилар, китобхонлар байрами. У бардавом бўлишини истаймиз.

Муҳаммаджон Обидов, Элёр Олимов(видео, сурат), ЎзА мухбирлари

Toʻliq: https://uza.uz/uz/posts/mirzo-ulugbek-ozga-sayyorada-video_712548

Koʻrsatuvni Youtube da tomosha qilish uchun: https://youtu.be/-KbwkzO4nQE?si=sGdBox8fk_wtA1rT


@ShermatovQobiljon
04/24/2025, 18:28
t.me/shermatovqobiljon/1023
"Ulugʻbek "Popkorn" sayyorasida" kitobi xalqaro taqdimotda aylanib ketdi...

Kitobxonlik haftaligining uchinchi kuni viloyat kutubxonasida "Ulugʻbek "Popkorn" sayyorasida" kitobining katta taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Ijodiy kechada harbiylar, oʻquvchilar, ijodkorlar, kutubxonachilar va shu kabi turli qatlam vakillari ishtirok etdilar.
  Meni xursand qilgan yana bir narsa, taqdimotda qoʻshni Qirgʻizistonning jurnalistlardan iborat delegatsiyasi ham qatnashib, kitob haqida maroq bilan tinglaganlari boʻldi.

Toʻliq:https://t.me/fargona_akm/15804?single

@ShermatovQobiljon
04/23/2025, 10:34
t.me/shermatovqobiljon/1022
#Kitobxonlik_haftaligi

Kitobxonlik haftaligi doirasida Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida bolalar yozuvchisi Qobiljon Shermatovning kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Adabiyot ixlosmandlarini, kitobsevarlarni mazkur kitob taqdimotiga taklif etamiz.

Kitobni seving, kitob bizni birlashtiradi!

📍Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
🗓23-aprel
🕘10:00
04/22/2025, 15:17
t.me/shermatovqobiljon/1019
Kitobxonlik haftaligining birinchi kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida ijodimizga bagʻishlangan ijodiy kecha tashkillandi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talablari bilan oʻtgan uchrashuv chuqur va tahliliy savol javoblarga boy boʻldi.

Toʻliq: https://t.me/natlibuz/16263?single

@ShermatovQobiljon
04/22/2025, 05:45
t.me/shermatovqobiljon/1018
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidamiz. "Ulugʻbek "Popkorn" sayyorasida" kitobining taqdimoti boshlanish arafasida.

@ShermatovQobiljon
04/21/2025, 07:26
t.me/shermatovqobiljon/1017
Kitobxonlardan yozuvchiga

Oʻzim qatori "Buvamning oshqozonidagi mamlakat"ning davomini koʻpchilik kutmoqda ekan.

@ShermatovQobiljon
04/19/2025, 11:01
t.me/shermatovqobiljon/1015
Oʻxshash tabassumlar...

Bu tabassum — kitobni oʻqigan bolaning tabassumi. Uning qoʻlida — asar qahramoni Bahodirning tabassumi.
U xuddi Bahodir boʻlib sarguzashtlarni oʻz boshidan kechirgandek! Hammasiga oʻzi guvoh boʻlgandek.

Kitob oʻqigan inson kitobda yashaydi doʻstlar!

@ShermatovQobiljon
04/16/2025, 09:27
t.me/shermatovqobiljon/1013
Bolalar uchun tavsiya etiladigan eng yaxshi adabiyotlar

📚Ko‘pchilik ota-onalar farzandlariga yoshiga mos kitob tanlashda qiynaladi. Shu sababli, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan mutaxassislar ishtirokida 7-10, 11-14 va 15-18 yoshli bolalar uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

Ro‘yxatdan jahon va o‘zbek adabiyotining bolalarga mo‘ljallangan eng sara asarlari o‘rin olgan. Ushbu adabiyotlarni kitob do‘konlari va “Mutolaa” ilovasida elektron va audio formatda topish mumkin.

Farzandingizga munosib kitob tanlash vaqti keldi!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
04/12/2025, 20:02
t.me/shermatovqobiljon/1011
Bugun Fargʻona shahrida joylashgan "Rahimov School" xususiy maktabida ijodiy uchrashuv oʻtkazdik.

Haqiqiy kitobxonlar qurshovida 10 yoshga yoshardim-ov!

Oʻquvchilar asarni oʻqib, dekabr oyidan beri bu uchrashuvni kutishayotgan ekan. Ana, kitobxon maktab!

Bolalar bilan dildan suhbat qurishimiz uchun mehnati singan maktabning ona-tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Abdurahimova Mashrabxon Mahmudovnaga katta rahmat aytaman!

Kitobxon maktablarimiz koʻpayaversin!

@ShermatovQobiljon
04/11/2025, 15:15
t.me/shermatovqobiljon/1008
Xushxabar.

Koʻpchilik soʻrayotgan "Ulugʻbek "Popkorn" sayyorasida" nomli qissamizga eskiz chizish jarayoni yakuniga yetibdi. Endi kitob rang berilish arafasida.
(Juda serrasm kitob boʻlibdi. Qiziq boʻlsin uchun ayrimlarini koʻrsatishga qaror qildik.)

Xudo xohlasa, may oyining oxirlarida chiqar ekan.

@ShermatovQobiljon
04/09/2025, 18:23
t.me/shermatovqobiljon/1003
Qashqadaryolik kitobxon bolalar "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" haqida

2-aprel Xalqaro bolalar kitoblari kunida qashqadaryolik 200 ga yaqin kitobxonlar bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdik.
Rosti bu uchrashuvga tuman-shaharlarda qilingan katta tayyorgarlikdan behad mamnun boʻldim.
Endi "Qashqadaryo" deyilsa, koʻz oldimga kitobni sevadigan, yozuvchini hayajon bilan tinglaydigan bolalar kelaveradi.
Bir viloyatda birgina inson kitobxonlikka qancha hizmat qila olishini viloyat bolalar kutubxonasi rahbari Nargiza opa Mahmudova misolida koʻrsa boʻladi.
Tinib-tinchimas, jonkuyar ustozga katta rahmat aytaman.

📻Yuqoridagi audioda ustoz va bolalar uchrashuvdan olgan taassurotlari haqida viloyat radiosiga gapirib beribdilar.

@ShermatovQobiljo
n
04/07/2025, 12:16
t.me/shermatovqobiljon/999
✉️ Yozuvchiga maktub (#)

Xarid: t.me/akademsavdo | +998994331677

📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

� @akademnashr
04/04/2025, 08:48
t.me/shermatovqobiljon/998
14 YOSHGACHA BOʻLGAN BOLALAR UCHUN, AFSUSKI, FILMLAR SURATGA OLINMAYAPTI

("Yoshlar ovozi" gazetasining 2-aprel, 13-sonidan.)

...Hozirgi kunda ham o‘zbek bolalar adabiyotida ekranlashtirilmagan mana shunday asarlar yetarlicha.
Jumladan:
“Buvamning oshqozonidagi mamlakat” – Qobiljon Shermatovning asari takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Muallif o‘z asari bilan bolalarni kreativ o‘ylashga o‘rgatadi deyish mumkin. Asarni o‘qish orqali yosh o‘quvchining yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlari boyiydi.
Bu asarlar kino qilinadigan bo‘lsa, kinodan bolalar o‘z qahramonlarini topishlari aniq. Jahon adabiyotidagi asarlarni esa milliy qadriyatlarga tayangan holda xalqchil qilib ekranlashtirilsa, nur ustiga nur bo‘lar edi.
Bunday kinolar jamiyatda kinosevarlarning ko‘payishiga olib keladi. Yaxshi kino uzoq masofaga yetib bora oladi, uzoq yillar davomida saqlanib, tomoshabinlar uchun xizmat qila oladi.

Muhammadali QAHHOROV,
O‘zbekiston davlat san’at va
madaniyat instituti talabasi.

@ShermatovQobiljon
04/02/2025, 10:36
t.me/shermatovqobiljon/996
Sunʼiy intellekt tasvir yaratdi

"Yozuvchidan dunyo bolalariga bir ogʻiz soʻz"

"Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asaridan.

🎙Oʻqidi: Sanjar Sirojiddin

(Oʻqituvchi va kutubxonachilar ham foydalanishlari mumkin)

@ShermatovQobiljo
n
04/01/2025, 15:11
t.me/shermatovqobiljon/995
Hayit muborak!

Agar imkonim boʻlsa, butun dunyo bolalariga ushbu hayitlikni tarqatgan boʻlar edim...

@ShermatovQobiljon
03/30/2025, 07:38
t.me/shermatovqobiljon/994
Oltmishvoy oʻz yurtida ocharchilik boshlangandan soʻng u ham urushga borishni xohlaydi, ammo kichikligi sabab harbiy qoʻshinga olinmaydi. Oʻz  kuchiga ishonib,  Samavor-samanni yani  ajdahoni yasaydi. Onasining buyumlaridan  shohona ritsarlik  kiyimini oʻylab topadi. Bir kungina maktabga bormaganligi sababli  "T" harfini oʻrgana olmay qoladi. Sayohatlari davomida bu qiyinchilik uni taqib etadi. Masalan: taxtadagi "Talonchi" qishlogʻini "Falonchi" deb oʻqib qoʻyib, yalovbardorlari oldida izza boʻladi. Qishloqlardagi  isrofgarchiliklar, to'ydagi va tandir ichidagi sayohatlari kitobxonga judayam qiziq.
  Yozovondan chiqqan birinchi  ritsar   Tolqonbotirning oʻzgacha  qonun-qoidalari ham bor. Menga yoqqan qoidasi  imzo chekishi boʻldi. (U imzoni paqirini biroz koʻtarib, qumga tuflash bilan rasmiylashtiradi)
Tolqonbotir aslida ulardan emas bugungi kunimizdagi bizning kamchiliklarimiz ustidan kuladi goʻyo.
Sizga bunday asarlarni bolalarga taqdim qilayotganingiz uchun tashakkur aytaman!

Hurmat bilan,
Shukrullo Adhamov.
Erkin Vohidov  nomidagi   ijod maktabi oʻquvchisi.

@ShermatovQobiljon
03/28/2025, 16:04
t.me/shermatovqobiljon/993
Yozuvchiga maktub

Assalomu alaykum, hurmatli yozuvchi. Men sizning qalamingizga mansub boʻlgan "Tolqonbotir" nomli yumaristik (yengil kulgu orqali katta muommoni yoritish usuli) qissangizni oʻqib, hozirgi kundagi muammolarimizni angladim.
03/28/2025, 16:03
t.me/shermatovqobiljon/991
Hozirda "Mutolaa" ilovasida uchta kitobimiz oʻqilmoqda.

@ShermatovQobiljon
03/19/2025, 08:19
t.me/shermatovqobiljon/986
TILAGIM

Jaholatni bir urib
Tolqon qilsin bolalar.
...Kitoblarim oʻziga
Qalqon qilsin bolalar!

✍️ Qobiljon Shermatov

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati boʻlimi
Telegra
m | Facebook | Instagram
03/14/2025, 16:17
t.me/shermatovqobiljon/983
Yosh yozuvchi Qobiljon Shermatovning “Buvamning oshqozonidagi mamlakat” asari to‘plamlarimizdagi o‘zbek tilidagi eng ommabop bolalar kitoblaridan biridir.

Bahodir va Baxtiyor kutilmaganda kichrayib, kosib boboning oshqozoniga tushib qolishadi. Bu ularning odatiy hayotini o‘zgartirib yuboradi: yigitchalar yangi dunyoni o‘rganishga ravona bo‘lishadi. Bu yerda hammasi boshqacha, bizga tanish qonunlar amal qilmaydi, uyga qaytish uchun bolalar zukkolik va muloqot qobiliyatlarini mashq qilishlariga to‘g‘ri keladi. Ular maktabga borishadi, o‘zlarini turli kasblarda sinab ko‘rishadi — duradgorning qo‘lida ishlashadi, non yopishni o‘rganishadi, xatolardan saboq olib, jasurroq bo‘lishadi. Ushbu kitob tevarak olamga sinchiklab nazar solinsa, u o‘ylaganimizdan qiziqroq bo‘lishi mumkinligi haqidadir. Hikoya Farg‘ona vodiysi aholisiga xos askiya va nozik o‘xshatmalarga boy.

Qobiljon Shermatov biz muallif mutolaasini o‘tkazgan yozuvchilardan biriga aylandi.

Respublika bolalar kutubxonasi

@ShermatovQobiljon
02/25/2025, 12:44
t.me/shermatovqobiljon/981
"Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — gap oshqozon haqida emas!

Qobiljon Shermatov yosh bo'lishiga qaramay, bolalar adabiyoti yo'nalishida juda samarali ijod qilib kelmoqda. U kishining asarlari tili ravon, sodda, bolalar uchun tushunarli, o'ziga xos shiraga ega bo'lishi bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.

Yozuvchining "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asari ham zohiran bir insonning ichida kechgan voqealarni bayon qilgani bilan, aslida, jajji o'quvchilarni halollik, to'g'rilik, rostgo'ylikka undaydi.

Bahodir va Baxtiyor ismli ikki bola maktabdan kelib, chanqab ketganidan muzlatkichdan sharbatga o'xshash ichimlik olib ichishadi. Lekin bu ichimlik akasining tajriba uchun tayyorlagan suyuqligi bo'lib, u kichraytiruvchi xususiyatga ega edi. Shunday qilib, ikki bolakay ko'z ilg'amas darajada kichrayib, buvasining oshqozoniga tushib ketdi.

U yerda dastlab Oshqozon shahrida bo'lishdi. Maktabda ko'chirgani uchun ko'zi ojiz bo'lib, yolg'on gapirgani uchun tili soqov bo'lib, ko'p sinovlarni boshdan kechirishdi. So'ngra Yurak shahriga yo'l olishdi. Bu yerdagi sarguzashtlar ham o'ziga xos bo'ldi...

▪️ Kitob 2022-yilda “Bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlangan eng yaxshi kitob” deb topilgan;
▪️ Asarning bir nechta bobi maktab darsligiga kiritilgan;
▪️ “Yosh kitobxon” tanlovida o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar qatoridan o‘rin egallagan.

Ushbu havola orqali kitobdan qisqacha o'qib ko'rishingiz, mundarijasi bilan tanishishingiz hamda xarid qilish uchun bog'lanishingiz mumkin.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
02/20/2025, 07:11
t.me/shermatovqobiljon/979
Kitobimiz – Prezident qoʻlida!

Davlatimiz rahbari kechagi yigʻilishda Amir Temurning bolalik shaxsiyatini ochib beruvchi kitobimizni eʼtirof etdi va qoʻllab-quvvatladi.

@ShermatovQobiljon
02/15/2025, 11:02
t.me/shermatovqobiljon/978
Amir Temur hamda Ulugʻbekning bolalik shaxsiyatini ochib berish bizning zimmamizga tushgan!

@ShermatovQobiljon
02/11/2025, 06:17
t.me/shermatovqobiljon/977
Xushxabar!

"Buvamning oshqozonidagi mamlakat" – 3-nashr!

@ShermatovQobiljon
02/09/2025, 19:02
t.me/shermatovqobiljon/975
Endilikda asarlarimiz "Korzinka" savdo markazlarida ham sotilmoqda.

@ShermatovQobiljon
02/05/2025, 19:29
t.me/shermatovqobiljon/974
"Buvamning oshqozonidagi mamlakat 2" haqida:

BOLAJONLAR, ENDI 4 QALBGA SAYOHATGA TAYYOR TURING!

Asarning 2-qismida kitobxonlar kutilmagan voqealarga guvoh boʻlishadi.
Avvalgi qismda bolalar 2 ta insonning ichki olamiga tushishgan boʻlishsa, romanning davomida endi ular 4 ta qalbga sayohat qilishadi. Har biri alohida, har biri boshqacha olam! Har birida kitobxonlar uchun manaviy foydalar toʻla!
Ulardan bittasi – endi bolalar ayollarimizning ham qalbiga, ichki dunyosiga sayohat qilishadi. Menimcha bu hammaga, ayniqsa qizlarimizga ham qiziq. Sababi qizlar qalbida nima voqealar boʻlishiga qiziqmagan inson boʻlmasa kerak.
Oxirgi xabarlarga koʻra, asar nashriyotga judayam maʼqul kelibdi.
Eee xullas, oʻzimniyam tezroq oʻqigim kelyapti! Men ham nashrni endi sizlar bilan birga kutaman!

@ShermatovQobiljon
01/29/2025, 08:29
t.me/shermatovqobiljon/970
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria