Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
FA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi (rasmiy)
https://t.me/fargona_y_u
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
23.52%
ERR (week)

Ушбу расмий канал орқали сиз Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Фарғона вилоят бўлимининг фаолияти, танловлар, эълонлар, адабий жараёнга оид янгиликлар билан танишиб борасиз. Мурожаат учун: https://t.me/asadbek_gulshanzoda_001

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
​​26-aprel — Muhammad Yusuf tug'ilgan kun!!!

📖 "Ona Tilim"

Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,
Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.
Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bagʻri – dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim…
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar.
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim – tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen boʻlmasang nima bizga silliq sheʼrlar,
Bu dunyoda tili yoʻqda, dil yoʻq derlar.
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning toʻridagi soʻlmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Choʻlponlaru Abdullolar,
Sening qaytgan kuning mening mavlud yilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

✍️ Muhammad Yusuf


🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/26/2025, 12:21
t.me/fargona_y_u/9289 Link
MUTOLAA

Bu kitob meni uzoq o‘qidi,
Ishonmasdan,
Qayta-qayta o‘qidi.
To‘xtab-to‘xtab,
boshqa ishga chalg‘imay,
Sinchiklab o‘qidi.

Keyin sekin chetga qo‘yib,
Yig‘lab yubordi…

Xurshid Davron

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/25/2025, 14:31
t.me/fargona_y_u/9288 Link
#Hamkorlik

"Farg‘ona" telekanali tomonidan viloyat axborot-kutubxona markazida "Mikrofon muallifda" nomli loyihamizning navbatdagi suratga olish ishlari amalga oshirildi.

Loyiha mehmonlari: Inobat Rizayeva, Dildora Asadullo qizi, Javohir Osmon.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/25/2025, 14:09
t.me/fargona_y_u/9287 Link
#Kitobxonlik_haftaligi

USTOZ IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

📚 Yozyovon tuman axborot-kutubxona markazida taniqli, ustoz ijodkorlar Zuhra Aliyeva, Xadicha Karimova hamda O‘ktamxon Soliyeva bilan ijodiy uchrashuv uyushtirildi.

✔️Uchrashuv shoira va jurnalist ustozlarning ijod namunalari, fikr-mulohazalari va mitti kitobxonlar ijrosidagi badiiy dastur bilan mazmunli va maroqli o‘tdi.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/25/2025, 12:43
t.me/fargona_y_u/9284 Link
#Ijodiy_hamkorlik

ADABIY DO‘STLIK—ABADIY DO‘STLIK

📚Qirg‘izistonning Laylak tumanida farg‘onalik ijodkorlar ishtiroki bilan o‘tgan "O‘rikzor poуeziya kuni" xalqaro festivalidan fotolavhalar.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/25/2025, 12:05
t.me/fargona_y_u/9277 Link
#Kitobxonlik_haftaligi

Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida
“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida viloyatimizdagi ijod peshqadamlari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/25/2025, 11:07
t.me/fargona_y_u/9268 Link
#Kitobxonlik_haftaligi
#Ijodiy_uchrashuv

✅ Ixtisoslashlashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Alisher Navoiy asarlariga bag‘ishlangan ijodiy uchraushv o‘tkazildi.

📌Unda Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva, taniqli shoir va tarjimon A’zam Ismoil, yozuvchi Gulchehra Asronova ishtirok etdilar.

📚Hazrat Navoiy ijodi asosida tayyorlangan badiiy kompozisiyalar bilan boyitilgan ijodiy uchrashuvda daho shoirning g‘azallari hamda bag‘ishlov she’rlar yangradi, bu nodir xazinaning yosh avlod kamolotida tutgan beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi.Tadbirdan so‘ng ijodkorlar tuman axborot kutubxona markazida bo‘lib, maskan jamoasi bilan muloqot qildilar.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegra
m | Facebook | Instagram
04/24/2025, 13:46
t.me/fargona_y_u/9257 Link
#uchrashuv
#Kitobxonlik_haftaligi

Oltiariq tumani axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida  "She’riyat va qo‘shiq ichida yashayotgan shoirlar” mavzisida оltiariqlik O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shuhrat Ahmedov va Akramjon Azizovlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar shoirlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va ularning sheʼrlaridan namunalar o‘qishdi.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/24/2025, 12:33
t.me/fargona_y_u/9248 Link
#Бизда_туғилган_кун!
#Bizda_tug'ilgan_kun!

📆 Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Asadullo Solih tavallud topgan kun❗️

APREL
(Yarmi hazil, yarmi chin)

Olam baxsh etar chiroy,
Barchasidan goʻzal oy.

Tugʻilgandir buyuklar,
Elim suygan suyuklar.

Amir Temur, Qodiriy...
Sanayversam koʻpdir-ey.

Ular emas shugina,
Roʻyxatda bor kamina.

✍️ Asadulloh SOLIH

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/24/2025, 10:54
t.me/fargona_y_u/9239 Link
#Diydor_kuni

Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limida "Bahor" mushoirasi bo'lib o'tdi.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/23/2025, 17:53
t.me/fargona_y_u/9238 Link
#Kitobxonlik_haftaligi
#Taqdimot

✅ "Kitobxonlik haftaligi"ning uchinchi kuni Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat Axborot kutubxona markazida iste’dodli bolalar yozuvchisi Qobiljon Shermatovning "Ulug‘bek "Popkorn" sayyorasida" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📌 Tadbirda harbiylar, o‘quvchilar, ijodkorlar, kutubxona xodimlari va keng kitobxonlar ommasi, shuningdek qirg‘izistonlik jurnalistlar delegatsiyasi ishtirok etdi.

📚Taqdimotda yosh ijodkorning zamonaviy bolalar adabiyotiga yangi davr g‘oyalarni olib kirgan asari haqida fikr yuritildi, qizg‘in-savol javoblar bo‘ldi.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegra
m | Facebook | Instagram
04/23/2025, 17:10
t.me/fargona_y_u/9237 Link
#Kitobxonlik_haftaligi
#Ijodiy_uchrashuv

✅ Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida taniqli shoir, adib va tarjimon A’zam Ismoil bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

📚Uchrashuvda shoirning nafaqat she’rlari, balki kitobxonlik va uning ijtimoiy ahamiyati haqidagi fikr-mullohazalari barchaning e’tiborini tortdi. Ijodiy muloqot qizg‘in savol-javoblar bilan davom etdi va barchada unutilmas taassurot qoldirdi.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/23/2025, 15:36
t.me/fargona_y_u/9234 Link
#Kitobxonlik_haftaligi
#Ijodiy_uchrashuv

📚Viloyatimizda “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

✅Ixtisoslashlashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”doirasida “Adabiyot gulshani” mavzusida ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

📌Unda Farg‘ona Davlat universiteti professori, shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Siddiq Mo‘min o‘z nutqi va she’rlari bilan ishtirok etdi va kitobxonlar bilan qizg‘in muloqot o‘tkazdi.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegra
m | Facebook | Instagram
04/23/2025, 15:27
t.me/fargona_y_u/9229 Link
KITOB
Yo zamon o'zgardi, yoki odamlar,
Ko'krakning yurakdan tonganin ko'rdim.
Bu shoir qalbimni o'rtadi g'amlar,
Kitobning tandirda yonganin ko'rdim.
Bir onda tandirga aylandi ko'ksim,
Dilsizlar dilimni qonga bo'yadi.
Qarayman, hattoki eng yaqin do'stim,
Shoir, qalay, deya kulib qo'yadi.
Bu lahza kitobim taftida pishgan
Kulchaga boqdimu zorlanib ketdim.
Tushlardan ayrildim, ayrildim hushdan,
Shoirman, deyishga orlanib ketdim.
Yo zamon o'zgardi, yoki odamlar,
O'zgarib qolganman va yoki o'zim.
O'zimning she'rimni o'layin agar,
O'qimay qo'yganman hattoki o'zim.
Mana, odamlarga o'xshayman deya,
Ko'kragimni qorga bosib yuribman.
Axir, men kim uchun ming azob yeya,
Axir, men kim uchun yozib yuribman?
Ko'nglim yo'l boshladi, yurdim izma-iz,
Hayotning baland-past yo'llari bilan.
Bir kun ko'zim tushdi, ko'zi ojiz qiz
Kitob o'qir edi qo'llari bilan.

✍️ Iftixor Xonxo‘jayev

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
Telegram
| Facebook | Instagram
04/22/2025, 18:00
t.me/fargona_y_u/9220 Link
FARGʻONADA — YANGI LOYIHA❗️

✍️Nasr yo‘nalishida qalam tebratayotgan farg‘onalik ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi “QISQA HIKOYALAR TANLOVI”ni e’lon qiladi.

📝 Ijodiy ishlarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tayinlangan hakamlar hay’ati ko‘rib chiqadi va baholaydi.

🏆 Tanlovda 1-2-3-o‘rin hamda 2 ta rag‘batlantiriluvchi o‘rinlar aniqlanadi.

💰 Tanlovni tashkillashga jami 20 million so‘m ajratiladi. Eng yaxshi hikoyalar nasriy to‘plam holida nashr etiladi.

Talablar:
🔻Asar hajmi 2 sahifadan ortmasligi (Word dasturi, Times New Roman 14 o‘lchamda);
🔻 Asar oxirgi uch yil ichida yozilganligi;
🔻 Har bir muallif uchtadan hikoya taqdim etishi;
🔻 Ishtirokchining yoshi 18 dan yuqori bo‘lishi shart.

📥 Hikoyalar +998 94 499 54 86 (@infoo_admin) telegram raqamiga 1-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

✍️ Gʻayrat qiling, ahli qalam!

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi
T
elegram | Facebook | Instagram
04/22/2025, 17:01
t.me/fargona_y_u/9219 Link
#Zomin_2025
#Mintaqaviy_bosqich

VODIYNING IJODKOR YOSHLARI SARALANDI

🔰Iste’dodli yoshlarning "Zomin seminari" bu yil ham yuzlab yoshlarni musobaqa maydonida jamladi.

Farida Afro‘z, Zulfiya Mo‘minova, Shahodat Isaxonova, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Saidjalol Saidmurodov, Masihullov Madaminov kabi o‘zbek adabiyotining peshqadam vakillari hakamlik qilgan mintaqaviy bosqich iste’dodlargi kashf etish shukuhi ila yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Andijon, Namangan va Farg‘ona yoshlarining qizg‘in o‘tgan ijodiy bellashuvi natijasida uch viloyat yoshlaridan nizomdagi yo‘nalishlarning har biriga bir nafardan ishtirokchi Zominga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mintaqaviy bosqichda qatnashgan barcha yigit-qizlarga maxsus sertifikat hamda kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Ijodini ustozlar nazaridan o‘tkazgan yoshlarning eng iqtidorlilari endi an’anaviy seminarning respublika bosqichiga yo‘l oladilar.

Omad yor bo‘lsin, aziz yoshlar!

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegr
am | Facebook | Instagram
04/21/2025, 16:20
t.me/fargona_y_u/9208 Link
#Zomin_2025
#Mintaqaviy_bosqich

"Zomin seminari"ning mintaqaviy bosqichida Andijon, Namangon va Farg'ona viloyatlari yosh ijodkorlari faol qatnashib, o'zbek adabiyotining taniqli vakillari bo'lmish Farida Afro‘z, Zulfiya Mo‘minova, Shahodat Isaxonova, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Saidjalol Saidmurodov va Masihulloh Madaminovning ijodiiy tajribalari bilan tanishib, yangi ko'nikmalar oldilar.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegra
m | Facebook | Instagram
04/21/2025, 14:52
t.me/fargona_y_u/9199 Link
#Zomin_2025
#Mintaqaviy_bosqich
#Yangi_a’zolar_qabul_qilindi

📍Joriy yildagi "Zomin seminari"ning mintaqaviy bosqichi Farg‘onaga beqiyos fayz va shukuh olib kirdi. Taniqli so‘z ustalari, olim va tajimonlardan iborat poytaxtlik mehmonlar bilan uchrashuv adabiyot ixlosmandlariga olam-olam zavq ulashgan bo‘lsa, mintaqaviy bosqichning tantanali ochilish marosimi Yozuvchilar uyushmasi safiga yangi a’zolarning qo‘shilishi bilan barchaga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonovning tabrik so‘zi bilan boshlangan ochilish marosimida Namangandan yetti, viloyatimizdan besh nafar ahli qalamning a’zolik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi. Farg‘onalik taniqli ijodkorlardan Tolibjon Ro‘ziboyev, Adham Mirsaid, Akramjon Azizov, Moʻtabar Gʻulomova, Ilhom Omon a’zolik guvohnomasini qo‘lga oldilar.

Ushbu sharaf muborak, aziz ijodkorlar! 💐💐💐

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Tel
egram | Facebook | Instagram
04/21/2025, 11:02
t.me/fargona_y_u/9189 Link
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria