Ovqatlanishga doir farzandingizga o‘rgatish uchun 30 odob
Ovqatlanishga tayyorgarlik
1. Ovqatdan oldin qo‘l yuvish.
2. Taomni va ichimlikni “Bismillah” bilan boshlash.
3. Yaxshi ko‘rgan taomi bo‘lsa ham boshqalarni unutmaslik.
4. Ovqatni bekorga hidlamaslik.
5. Kattalar boshlab berishini kutish.
Ovqatlanishdagi odoblar
6. O‘ng qo‘l bilan yeyish.
7. O‘tirib ovqatlanish.
8. O‘z oldidan yeyish.
9. Ko‘pchilik bilan birga ovqatlanish.
10. Taomni shoshilmay, mayda luqma qilib yeyish.
11. Oshqozonni uch qismga bo‘lgan holda ovqatlanish: ichimlik, ovqat, havoga.
12. Og‘izda ovqat bilan gapirmaslik.
13. Ovqatni yutganda suhbatlashib turish.
14. Boshqalarning og‘ziga qaramaslik.
15. Ovqatni ehtiyotkorlik bilan olish, to‘kib-sochib yubormaslik.
16. Ovqatning sara joylarini terib yemaslik, ko‘pchilik uchun keltirilgan narsada boshqalarning ham rioyasini qilish.
17. Isrof qilmaslik.
18. Ovqatga puflamaslik.
19. Taomni yomonlamaslik.
20. Boshqalar yegan narsani gapirmaslik.
21. Telefon, TV ko‘rib ovqatlanishga odatlanmaslik.
22. Ovqatlanayotganda chapillash kabi yoqimsiz ovozlar chiqarmaslik, nojo‘ya xatti-harakatlar qilmaslik.
23. Ovqatlanish paytida o‘ynab o‘tirmaslik.
24. Ovqatlanish joyini toza saqlash.
Ichimlik ichish odoblari
25. Ichimlikni uchga bo‘lib ichish.
26. Ichimlikni ham o‘tirgan holda ichish.
27. Ichimlikni maxsus idishga quyib ichish — choynak yoki baklajkaning o‘zidan ko‘tarib ichmaslik.
Ovqatlanishdan keyingi odoblar
28. Non ushoqlari, ovqat qoldiqlarini terib yeyish.
29. Ovqatlangandan keyin maxsus duoni aytish.
30. Oshpaz yoki ovqatni tayyorlagan kishiga rahmat aytish.
Gʻiyosiddin Yusuf
#tarbiya
Kirill |
Lotin