Asar vaqtni to‘ldirishni istagan odam haqidami? Jang qilayotgan odam haqidami? U o‘zi haqida so‘ylay turib, meni absurdga allergiyam boriydi, oxiri shu allergiyani deb o‘zimni blenderdan qayta qayta o‘tkazib kokteyl qip ichmoqchiman demoqchimi?
Yo‘q, negadir mening miyam ham muallifnikiga o‘xshab suyulib-suyulib bir to‘xtamga keldi:
hech narsa. Gap hech narsa haqida. Hech narsani hech narsa bilan to‘ldirish, hech narsadan hislanmaslik, hech kimga xiyonat qilmaslik, hech kimdan og‘rinmaslik, hech kimni sevmaslik, hech yashay olmaslik, hech icha olmaslik, hech bu holdan, bu kayfiyatdan o‘sa olmaslik haqida.
Ammo yana savol, xo‘sh bundan qanday chiqish mumkin? Yo‘q, bundan chiqib bo‘lmaydi, Dengiz tentak aytdiku, bundan tashqaridagi odam ichkariga kiradi, ammo chiqish yo‘li yo‘q. Faqat jinnixonadan morgga o‘tsa bo‘ladi. (
#)
©️ Alisher Fayzullayev
Xarid: t.me/akademsavdo
📘 @akademnashr