"Zakovat" bahsi kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlandi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi hamda Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi hamkorligida yosh kutubxonachilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Dastavval ishtirokchilarga bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi nishonlanishi munosabati bilan kasaba uyushmalari tarixi va bosib o‘tgan shonli yo‘li haqida maʼlumot berildi.
Kutubxonachilar bilim maydonida kuch sinashar ekan, intellektual o‘yin qizg‘in muhitda davom etib nafaqat javoblar, balki tezkor fikr, jamoaviy hamjihatlik va zukkolik sinovdan o‘tkazildi.
Savollar sermazmun, raqobat shiddatli, ammo ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan chanqoqligi bundan-da kuchli edi!
Har bir jamoa zafar uchun astoydil kurash olib bordi.Yakunda g‘olib va faol jamoalar munosib taqdirlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Facebook |
Telegram |
Sayt