Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
PS
Lingvist Iroda Azimova
https://t.me/psixolingvist
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

Til va til ta'limiga oid turli masalalar

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 61 results
748
"Yomg‘ir hidi kelar, tentirar shamol"

Xuddi shu taʼrifga tushadigan havo bo‘lyapti.
Kimning esida, qaysi sheʼrdan?

@psixolingvist
04/18/2025, 18:39
t.me/psixolingvist/558
1.1 k
#bola_nutqi

Hozirgina guvoh bo‘lgan holatim. Suv bo‘yida ona-bola sayr qilib yurgandi. Bola taxminan 4-5 yosh. Yonlaridan ikkita it o‘tib ketdi. Bolaning reaksiyasi: vay, ha, ****(biiip)
Itlarni onasidan so‘kdi.
Itlar hech narsa qilmagan edi, shunchaki o‘tib ketayoytgan edi.

Bolaning bu reaksiyasiga atrofdagilar kuldi. Go‘yoki, ha, bola yoshiga mos bo‘lmagan reaksiya qildi.

Chunki... bola kattalarning itga nisbatan aynan shunaqa reaksiyasini ko‘rgan. Boshqa reaksiya bo‘lmagan. Va tabiiy ravishda bu vaziyatda o‘zimni shunaqa tutishim kerak, deb qabul qilgan.

Bolani tarbiyalash uchun odam avval o‘zini tarbiyalashi kerak degan gap shu qadar asosliki...

@psixolingvist
04/18/2025, 12:10
t.me/psixolingvist/557
1.4 k
Hozir universitet jurnallaridan biriga yuborilgan maqolani ko‘rib chiqdim...
Maqola ingliz tilida. Maqolaning oxirida "Sunʼiy intellekt bu masalada yordam berishi mumkin, biroq hissiyotlarni to‘la anglamagani uchun to‘la tahlil qila olmaydi" degan gap turibdi.

O‘zi boshidan ham sal shubham bor ediyu, yaxshi gumonda bo‘lay deb oxirigacha ko‘rib chiquvdim...

Balki urfdan orqada qolayotgandirman, balki o‘ta konservativdirman, lekin shu paytgacha birorta tahlil u yoqda tursin, hatto qisqacha mazmunni chiqarib olishga ham sunʼiy intellektdan foydalanmadim. Ammo tan olaman, nimadir texnik ishlarda ishlatsa, samara bersa kerak.
Biroq endi to‘liq maqolani yozdirish... uyat emasmi...

@psixolingvist
04/14/2025, 14:28
t.me/psixolingvist/556
548
#onlayn_kurs

Bir oz avval ilmiy tadqiqot bo‘yicha onlayn kursning o‘tgan galgisida o‘qigan doktorant singlimizdan quyidagi xabarni oldim:
"Hozir adabiyotlar oʻqiyapman. Yozishni boshlayman deb darslarni qaytadan eshitib, konspekt qilib yozib olayotgandim. Siz bergan bilimlar haqiqatdan noyob, topilmas.

Siz psixolingvistika sohasini oʻrganish boʻyicha 4 yoʻnalishga boʻlgansiz. Lekin men bunaqa qilib adabiyotlarni sharhlagan olimlarni deyarli uchratmayapman. Hamma shu xronologik tarzda tasniflagan. Har bir gapiz tillaga teng. Chunki endi shu jarayonlarni boshimdan oʻtkazayapman.

1-2-3-4-darslarni slaydini tashlagan ekansiz. Qolgan darslarning slaydi yoʻq ekan. Mabodo tashlab bera olmaysizmi? Oʻzimga tashlab bersangiz ham mayli. Vaqtida konspekt qilmaganman. Hechdan koʻra kech boʻlsa ham qilvolay."

Xabardagi maqtovlarga yuz foiz qo‘shilmasam-da, kimningdir tajribasida shunday taassurot hosil qilganim qoniqish beradi, Allohga shukr.

Kursning navbatdagisi bugun boshlanadi. o‘tgan safar ham kurs boshlanib bo‘lgandan keyin 4-5 kishi bitta, ikkita mashg‘ulot o‘tib bo‘lgandan keyin qo‘shildi. Tugagandan keyin ham so‘raganlar bo‘ldi. Kimdir xabarsiz qolgan bo‘lsa, deb eslatib qo‘yyapman. Shu sohaga qiziqishi borlarga xabarni yuborib qo‘ysangiz, mamnun bo‘laman.
Kursning to‘lovini bo‘lib amalga oshirish imkoni beriladi. Faqat shu bir oy ichida, ya’ni darslar tugaguncha to‘lash kerak bo‘ladi.
Bugun birinchi dars 19:30da boshlanadi.

@psxiolingvist
04/14/2025, 06:45
t.me/psixolingvist/555
1.4 k
Gap ohangi psixolingvistik birlik sifatida

Nutqning eng muhim tarkibiy qismi bu ohang, yaʼni gap davomida ovozning ko‘tarilib tushib yaxlit kompozitsiya hosil qilishidir. Bu maslani quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin.

Xalqimiz eʼtiqod qiladigan din ona tilimizda emasligi sabab dinimizning muqaddas kitobini tilni bilmay turib o‘qishni o‘rganishga kirishamiz. O‘qish qoidalari yaxshi o‘zlashtirilgan holatda ham, eshitmay turib o‘qishdan eshitib o‘qish samaraliroq ekanini hamma bilsa kerak.
Nima uchun?

Biz nutq yaratayotganimizda eng birinchi hal qilinishi lozim bo‘lgan masala gap ohangidir. Chunki o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi aynan ohangga qarab taqsimlanadi.
O‘zimiz tushunadigan tilda matn o‘qiganimizda biz gapning boshida kelgan so‘zdan, gapning taxminiy uzunligiyu, oxiridagi tinish belgisidan ohang qanaqa bo‘lishini tez chiqarib olamiz va qiynalmay o‘qiymiz.

Endi harfini taniydigan biroq so‘z maʼnolarini bilmaydigan tilimizda matn o‘qisak, miya avval ohangni hal qilishi kerak bo‘lgani uchun so‘zlarni o‘qiy olsa-da tormozlanaveradi. Bu o‘qish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiradi. So‘zlarning soniga qarab o‘pkadagi havoni taqsimlab bo‘lmaydi. Nega? Chunki gapda doim mantiqiy urg‘u bor, u esa qolgan so‘zlarga nisbatan kuchliroq talaffuz qilishni talab qiladi.

Demak, maʼnosini bilmaydigan tilda matn o‘qir ekanmiz, avval o‘sha matnni tilni bilgan, tajribali odam o‘qiganini eshitib olishimiz ishimizni ancha osonlashtiradi, yaʼni bu qanaqa so‘z ekan, bu gap darak gapmi, so‘roq gapmi, mantiqiy urg‘u qaysi so‘zda ekan kabi savollarga javob qidirib ohangni rejalashtirishga besamar urinib qiynalayotgan miyamizga tayyor ohang qolipini taqdim etadi.
Tayyor ohang qolipiga keyin harflarni o‘qib joylab chiqish ancha oson kechadi.

@psixolingvist
04/12/2025, 14:50
t.me/psixolingvist/554
845
Saharlab bir ko‘rsatuvga ko‘zim tushib qoldi. "Sahifa" ekan nomi. O‘zbek kinolarini tanqidiy tahlil qilgan ekan.
Ko‘rsatuvda "Mahallada duv-duv gap", "Suyunchi", "Tangalik bolalar", "Abdullajon", "Temir xotin", "Otamdan qolgan dalalar" filmlari tilga olingan.
Mavzu davlat mafkurasiga qarab targ‘ibot (propaganda) ning o‘zgarishi filmlarda aks etishiga bag‘ishlangan.
Har bir kino bo‘yicha taassurotlarimni esladim. "Mahallada duv-duv gap" oilaviy sevib tomosha qilinadian kino edi.
"Temir xotin" birinchi spektakl sifatida mashhur bo‘lgandi. Maktabning o‘rta sinfida edim shekilli spektakl televideniyeda namoyish etilganda. Taassurotimni eslasam, spektaklning kulguli joylari uchun ko‘rganman. Bola edim, hayot tarzimizni tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmam yo‘q edi. Aynan o‘sha asarning g‘oyasi ochiladigan dialog qismi yoqmas edi. Yuragim siqilardi. Bu nima bilan bog‘liq - ungacha bunaqa achchiq haqiqatni ayta olgan boshqa asarni ko‘rmaganim bilan bog‘liq edi.
Yana ham aniqroq ifodalasam, tanqidiy tahlilni ifoda etadigan til materiali miyamga taqdim qilinmagan. U miyam uchun yangi va, baxtga qarshi, yagona material bo‘lgan.

Ko‘rsatuv menga yoqdi. Yigirma bir minutlik ko‘rsatuv tahliliy fikrlash, kinoasarlarining ramziyligini tushunish uchun yaxshi material bo‘lgan.

@psixolingvist
04/12/2025, 06:03
t.me/psixolingvist/553
1.6 k
#onlayn_kurs

Talablarga binoan tilshunoslik va til ta'limi bo‘yicha ilmiy tadqiqot qilish onlayn kursining aprel oyi uchun qabul ochildi.

Kurs narxi 1 200 000 so‘m.

Kurs jami 8 ta darsdan iborat bo‘ladi. Har bir dars 60 minut davom etadi. Savollar va munozaralarga qarab undan ko‘proq ham bo‘lishi mumkin.

Haftasiga 2ta dars dushanba va payshanba kunlari soat 19:30da telegramda ochiladigan alohida guruhda videochat formatida bo‘ladi.

Darslar yozib olinadi va kursning telegram guruhiga qo‘yiladi. Tinglovchi ushbu darslarni kurs tugagach yana ikki oy davomida qayta ko‘rib mustahkamlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Darslar 14-aprel kuni boshlanadi.

Kurs dasturi:

1.Ilmiy maqola o‘zi nima? Ilmiy tafakkur.
2.Ilmiy maqola uchun mavzu tanlash.
3.Adabiyotlarni o‘rganish: adabiyotlarni saralash, obzor qilish.
4.Ilmiy masala qo‘yish (research question)
5.Ilmiy tadqiqot uchun metod tanlash.
6.Ilmiy tadqiqot natijalari tahlili va talqini
7.Ilmiy tadqiqotdan xulosa chiqarish
8.Ilmiy maqolani chop qilish: konferensiyalar va ilmiy jurnallar.

Kursga ro‘yxatdan o‘tish muddati 13-aprel 17:00ga qadar

Kursda o‘qishni istaganlar shu post ostiga izoh qoldirishi mumkin.

P. S. Kanal o‘quvchilari ichida neyrolingvistika kursini so‘raganlar ham bor edi. Inshaalloh, u may oyida bo‘lib o‘tadi.

@psixolingvist
04/07/2025, 16:09
t.me/psixolingvist/552
1.9 k
AQSH universiteti yozgi maktabidagi tajribam menga mutaxassis sifatida qadrlanish qanaqa bo‘lishini o‘rgatgan.
1. Birinchi yig‘ilishda yozgi maktab direktori "Yozgi taʼtilingizni bizga bag‘ishlaganingiz uchun sizlardan minnatdormiz" deb gap boshlagan.
Bizning bahonamizda AQSHday mamlakatga kelding, rahmat de, demagan yaʼni.
2. Men o‘qitadigan guruhda avvalboshida uchta talaba bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lishiga qaramay, ikkitasi darslar boshlanishi arafasida fikridan qaytgani hisobiga bitta talaba qolgani haqidagi maʼlumotni direktor menga yetkazar ekan, buning shartnomamizga hech qanday taʼsiri bo‘lmasa-da, bitta talabaga dars o‘tish tabiiy ravishda o‘qituvchi darsda ko‘proq ishlashiga olib kelgani uchun, uzr so‘ragan.
3. Topshirgan sillabusda bir rasmiy mazmundagi band qolib ketganini aytishdan oldin, men ular bilan ishlashga rozilik bildirganimga minnatdorchilik bildirib, undan keyin, shu band bo‘lishi kerak edi, qo‘shib qo‘ysang shuni deb xat yozgan direktor. Undan tashqari sillabus taʼlim jarayonida o‘zgarishi hisobga olingan. O‘zgarish kiritilgan sillabus ham dastur oxirida rahbariyatga topshirilgan.
4. Bir tadbir aynan o‘qituvchilarga yuklama ortib ketmasligi uchun bekor qilingan.
5. Direktor ikki marta darsimni kuzatishga kirgan bo‘lsa, ikkalasida ham faqat maqtagan.
Mana shu ayniqsa, men uchun noodatiy bo‘lgan. Chunki bizda birov dars kuzatishga kirarkan, undan albatta, kamchilik topish kerak degan aqida bor bizda. Ha, menimcha bu aqida darajasida. Metodikaga oid ingliz tilidagi bir adabiyotda dars kuzatish o‘qituvchilarning o‘zaro hamkorligi, bir-biridan o‘rganishi uchun zarur degan yondashuvni ko‘rganimda men uchun kashfiyotday bo‘lganini eslayman.
6. Milliy ovqat pishirish darsimizda menga halol go‘sht kerak bo‘lgani uchun direktorimiz o‘z avtomobilida universitetdan bir muncha uzoq do‘konga borib shaxsan o‘zi obkelgan.
7. Oxirgi yig‘ilishimizda shaharda turk-ozarbayjon oshxonasi ochilayotgani haqida gap bo‘lganida direktor "Ana, keyingi yil ham kelishinglarga yangi sabab. Hoziroq kelasi yil uchun shartnomaga qo‘l qo‘yib keta qolinglar" deb hazillashgandi. Garchi bu hazil edi, biroq mutaxassis qadrlanayotganini ko‘rsatgan hazil edi.

Boshqa juda ko‘p tafsilotlar bor, men ayrimlarini keltirdim, xolos. Asosiysi, butun dastur davomida o‘qituvchi sifatida qadrli ekanimni his qilib, ko‘tarinki kayfiyatda ishlaganman.

Nimaga alohida tafsilotlarni yozdim? Chunki umumiy yondashuv ana shunday tafsilotlardan shakllanadi. Men jamiyatimizda aynan shu masalada kamchilik bor deb o‘ylayman. Mutaxassis qadrlanmaydigan holatga juda ko‘p va qayta-qayta duch kelganman. Bu mulohazalar balki shu haqida bir oz mulohaza yuritishga undar degan o‘yda yozib qo‘yyapman.

@psixolingvist
04/07/2025, 07:57
t.me/psixolingvist/551
13 k
Yozish til ko‘nikmalari ichida eng oxiri shakllanadi (yozish deganda matn yaratishni nazarda tutyapman). Shu fakt uning qolgan til ko‘nikmalariga nisbatan qiyinligining birinchi sababi deyish mumkin. Undan tashqari, matn bu tizimga solingan fikr-mulohazadir. Insonda tizimli fikrlash ko‘nikmasi bo‘lmas ekan, matn yaratish ilojsiz. Bizdagi ilmiy yoki ilmiy-ommabop matnlar borasidagi mavjud inqirozni fikrlash yetarlicha rag‘batlantirilmaydigan ta’lim mazmuni bilan izohlash mumkin. Afsuski, bu kamchilik barcha bosqichdagi ta’limda ko‘zga tashlanadi. Fikrlash eslab qolsihga nisbatan ko‘proq energiya talab qiladigan jarayon. Qandaydir mavzuda agar matn yaratish qiyinlik qilayotgan bo‘lsa, bilingki, bu sizning qobiliyatsiz ekaningizni emas, o‘zingizni o‘sha matnni yaratish uchun yetarlicha tajriba bilan ta’minlash uchun mehnat qilishga dangasalik qilayotganingizni bildiradi. Yozishdan avval hamisha o‘qish keladi. Yozishning poydevori o‘qish. Xuddi gapira olish uchun eshitish zarurligi kabi. Yozishda mahoratga erishish uchun harakatni avval ko‘p o‘qishdan boshlash kerak. Ammo shu bilan birga yozishni mashq qilmasdan faqat o‘qishning o‘zi bilan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Yozishda qiyinchilikni HAMMA boshidan o‘tkazgan. Faqat mehnat va o‘sha mashaqqatga sabr qilish bilan yozish mahoratiga erishish mumkin.
Yozishdagi eng muhim jihat - tahrirdir. Afsuski, bizda hech bir ta’lim bosqichida bu nazarda tutilmaydi. o‘quvchidan insho 45 minutlik dars davomida yozdirib olinadi, men o‘qigan ta’lim dasturlarining birortasida matn yaratishni o‘rgatish bo‘lmagan, na o‘rta va na oliy ta’limda. Hatto eng mahoratli ijodkorlar ham bitta o‘tirishda boshidan oxirigacha tahrirsiz matn yozMAydi.
Tahrir matn yaratishning asosiy va muhim qismi ekanligini anglash yozishdagi psixologik to‘siqni yengishga yordam beradi. Aksariyatimizda shunday holat bo‘ladi: yozgan gapimiz o‘zimizga yoqmaydi, aynan shu bizni yozishdan to‘xtatadi. Matn - muloqotning yaxlit birligi. Shuni tushunarkanmiz, o‘zimizga yoqmagan gaplarimizni ham yozib matnni oxiriga yetkazib olsak, keyin uning xohlagan joyini tahrir qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Yozilmagan narsani esa tahrir qilib bo‘lmaydi.

@psixolingvist
04/04/2025, 08:19
t.me/psixolingvist/550
1.4 k
#tavsiya

Bugungi kunda psixologlar ko‘payib ketgan. Ammo orasida haqiqiy psixologlar kam. Sizga shaxsan tanigan mutaxassisimni tavsiya qilmoqchiman. Lekin tanishligimiz mutaxassis sifatida bo‘lmagan, Habiba Hamdam bilan 2011-yili Germaniyada o‘qiyotgan paytim musofirdagi vatandoshlar sifatida tanishganmiz, Alloh rozi bo‘lsin, menga ko‘p yordam berganlar.
Habibaxonni shu vaqtgacha aqlli, bilimli, samimiy inson sifatida bilib qadrlagan bo‘lsam, yaqindan beri instagramdagi yangi dunyo sahifasidagi pedagogik psixologiya borasida berib borayotan maʼlumotlari, tahlillaridan yetuk mutaxassis sifatida tanib boryapman deya olaman.
Ko‘ring, kuzating, bizdagi anʼanaviy tarbiya ilmiy jihatdan tahlil qilinib, yaxshi tavsiyalar berilgan.

@psixolingvist
04/02/2025, 10:26
t.me/psixolingvist/549
1.2 k
Assalomu alaykum. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Har qanday og‘riq, har qanday tashvish va hattoki baxt bilan sinalayotganda ham Allohni doim yonida his qilishni tilayman. Qolgani beqaror, qolgani o‘tkinchi...

@psixolingvist
03/30/2025, 06:30
t.me/psixolingvist/548
Repost
766
Oxirgi postimga juda ko‘p munosabat bildirildi, qarab turmaymiz, yordam berishga shaymiz, degan izohlar yozildi. Elning daldasi umid bag‘ishlab, ulug‘ ayyom kunlari yana bir post qo‘yishga qaror qildim.

Yo‘ldosh Eshbek xalqimizni milliy ozodlikka boshlagan shoirlardan biri. Shunday shaxsning xor-u zorlikda yashashiga tomoshabinlik qilish bizga yarashmaydi. Eng yomoni, bu ahvol surunkali ravishda davom etmoqda. Shoir sovet davridayoq ta’qibga uchragan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ham ro‘shnolik ko‘rmagan, 10-15 yilcha uy qamog‘ida saqlangan. Bu, tabiiyki, oilani uch-quyruqsiz muammolar zanjiriga giriftor qilgan. Ko‘pchilik ziyolilar vaziyatni oldindan yaxshi biladi (sabablarini ham), imkon qadar ko‘mak berib keladi.

Yo‘ldosh Eshbek “Yig‘layotgan qiz” timsolida butun dunyodagi barcha ezilgan mazlumlarga, hayotda ko‘p aldangan soddadillarga hamdard, hasratdosh bo‘ldi. Ne tongki, o‘zining ham qismati “yig‘layotgan qiz”ga aylanib ketdi.

Bu dunyo aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo aslida yig‘layotgan qiz!

Biror yillar ilgari borganimda Yo‘ldosh Eshbek sobiq yotoqxonaning bir bo‘lmasida yashardi, har holda. Keyin oshxonaga ko‘chib chiqibdi. Oilaviy sharoit shuni taqozo qilgan. Kamida besh jon tiqilib kun kechirmoqda: ota, ona, o‘g‘il, qiz, nabira… Ustiga ustak, shoirni xastaliklar qiynayapti: qand kasali bor, ko‘z ko‘rmay qolgan, o‘t azob beradi… Shu holida ham ijoddan to‘xtagani yo‘q. Og‘riqlar orasida she’rlar bitadi, ulug‘ ulamolarimizdan tarjimalar qiladi (aytib turib yozdirsa kerak).

Avvalgi postim ijtimoy tarmoqda keng tarqalib, yaxshi odamlar amaliy yordam taklifi bilan chiqdi, manzilini surishtirgan ham ko‘p bo‘ldi. Menimcha, hamma uyiga borib, bezovta qilmagani durust. Xijolatli... Do‘stlar bilan kengashib, eng to‘g‘ri yo‘l plastik kartaga ko‘mak yig‘ish deb o‘yladik. Shoirning o‘zi bu haqda eshitishni ham istamadi. Shuning uchun shaxsiy karta ma’lumotlarimni e’lon qilyapman.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)

👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Olganing – birovniki, berganing – o‘zingniki, deganlar. Katta elmiz, bir g‘ishtdan qo‘yib, osmono‘par minorlar tiklaganmiz. Millatim deb yashagan shoirini millatimiz yolg‘iz qo‘ymasligiga ishonaman. Imkoningiz boricha yordam qilsangiz quvonaman, imkoningiz bo‘lmasa tushunaman. Postning ko‘proq odamga yetib borishiga hissa qo‘shing �

🗄Farrux Jabb
orbek
03/28/2025, 20:25
t.me/psixolingvist/547
782
#xotira

Bugun daho shoir Rauf Parfi vafot etgan kun.


Jo‘n, jaydari, anʼanaviy sheʼrlarda katta bo‘lgan sheʼrxon sifatida o‘smirligimda Rauf Parfini u qadar tushunmaganman.
Uchinchi kursligimda sheʼr mashqlarimni ko‘rgan unversitetdagi domlamiz Rahimjon Rahmat "Rauf Parfini ko‘p o‘qirkansiz-a?!" degandan keyin jiddiy qiziqib, ijodlari bilan yaxshiroq tanishganman.

To‘rtinchi kursligimizda domlamiz Sanjar Sodiq kurs ishi uchun mavzu berganlarida atay Rauf Parfini tanlaganman. Topshiriq mavzularini har doim o‘zim o‘rganishni istagan narsalarga qarab olardim. Kurs ishini yozish uchun Rauf Parfining hamma to‘plamlari, uning ijodi haqida yozilgan hamma adabiy-tanqidiy maqolalarni o‘qib chiqqanman.
Sanjar Sodiq domla kurs ishi strukturasini o‘z maʼruzalarinikiday bo‘lishini talab qilgandilar. Unga ko‘ra "adib ijodining cho‘qqisi", "adib ijodining botish pallasi" alohida yoritilishi kerak edi. Shuning ikkinchi bandi mening ishimda bo‘lmagan. Maʼruza qilganimda izohlaganman: shoirning ijod namunalaridan botish pallasiga misol bo‘ladiganini men topa olmadim, shuning uchun, domla, bunisini o‘zingizga qoldiraman, deganimda, domla "o‘zim ham bilmasam, nima qilay, bolam?" deb hazilga burgandilar.
Maʼruzaning oxirida o‘sha yili "Sirli olam" gazetasida nashr qilingan "Munojot" sheʼrini o‘qib bergandim. Domla "Bu sheʼr Rauf Parfining ijodi hali ham cho‘qqida ekanini ko‘rsatyapti" degan edilar.

Rauf Parfi zamonaviy o‘zbek sheʼriyatining dahosi. Har bir satrida aqlingizni hayron qoldiradigan tafakkur bor.

Munojot sheʼrini ulashyapman. Alloh adibni rahmatiga olsin.

@psixolingvist
03/28/2025, 11:58
t.me/psixolingvist/546
1.0 k
Ertalab facebookda ko‘rgandim shu postni. Yig‘ladim. Millatning adiblari bunaqa xor bo‘lmasligi kerak...
03/28/2025, 08:10
t.me/psixolingvist/545
Repost
796
Bugun turkiy dunyoning katta shoirlaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, sobiq yotoqxonaning oshxonasida (бывший общежитиенинг кухнясида) yashayotgan Yoʻldosh Eshbekni yoʻqladik.

Koʻzlari koʻrmay qolibdi. Yostiqday kitobni koʻrsatib, yarmigacha tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi, deb oʻkindi. Yangi sheʼrlarini ham qogʻozga tushirishga qiynalyapti ekan.

Turnakoʻz buloq qaynab yigʻlashi haqida sheʼr oʻqib berdi. Oʻzi yarmini olib chin dunyoga ketishi, yarmini esa yolgʻon dunyoga qoldirishi haqidagi sheʼri...

Nima deyishga ham hayronman. Boringlar, xabar olinglar, desammi. Davolataylik, chogʻroq uy olib beraylik, desammi. Oʻzbek katta el...mikan?
03/28/2025, 08:07
t.me/psixolingvist/544
Repost
796
03/28/2025, 08:07
t.me/psixolingvist/543
Repost
796
03/28/2025, 08:07
t.me/psixolingvist/542
Repost
860
Hurmatli do‘stlar,

Sizni, Illinoys universiteti doktoranti, do’stimiz, Ikromjon Tuhtasunov tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot doirasidagi so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadqiqot O‘zbekistondagi mahalliy rivojlanish dasturlariga oid fuqarolar fikri va tajribasini o‘rganishga qaratilgan.

So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ishtirokingiz evaziga siz $4.50 miqdoridagi mukofot yutib olish imkonini beruvchi qur’ada qatnashishingiz mumkin.

Agar ishtirok etishga rozilik bildirsangiz, so‘rovnomani quyidagi havola orqali boshlashingiz mumkin:
🔗 https://illinois.qualtrics.com/jfe/form/SV_0lmIRsVFBaaECNw

Oldindan rahmat! Sizning ishtirokingiz ushbu ilmiy tadqiqot uchun juda muhim.
03/27/2025, 14:01
t.me/psixolingvist/541
Repost
965
Kitobimni o'qish uchun so‘rab olishgandi. Bergim kelmasa ham yo‘q deyolmay bergandim. Keyin ishlar bilan bo‘lib chalg‘ib, so‘rash ham esimdan chiqibdi, yodimga tushganda birovdan so‘rattirgandim, anchadan keyin qo'limga tegdi. Kitobim judayam-judayam yomon holatda - muqovasidan rostmana qo‘porilgan, kleylangan, ozgina yopishqoq tasma ham yopishtirilgan, bitta sahifasiga mumsimon narsa yopishgan.
Yomon bo‘lib ketdim. Tirnog‘ingiz ko‘chsa qanday bo'lasiz? Kitobning ahvolini ko‘rib men shunday bo'ldim.

Nima uchun buni yozyapman?
- xafaligimni bo‘lishgim kelganidan;
- kitobni omonatga olib unga beparvo bo‘lish, uni barbod qilish kitob egasini qanchalik ranjitishini bildirish uchun. Bu - omonatga xiyonatning bir turi;
- agar kitobni olganingizdek (!) qaytarolmasangiz, onlayn/oflayn kutubxonalarni sinab ko'ring yoki o‘zingiz sotib olguningizcha kutish yaxshiroqligini aytish uchun;
- endi kitobni avaylab o‘qiydiganlarga ham ishonolmasligimni bildirish uchun;

Yangisini topish muammo emas-ku, deysizmi? Shunday-kuya, kitob menga ko‘p yillik (!) qadrdon, men uchun ko'p aziz insonning hadyasi edi.

@qqizingiz_yozdi
03/27/2025, 09:57
t.me/psixolingvist/540
Repost
1.6 k
#yangichapedtexnologoya
Yana bir gap: so'nggi yillarda yangi pedtexnolgiya, yangicha o'qitish degan gaplar urfga kirdi.

O'qituvchilar pedtexnolgiya desa, "baliq skeleti", "yelpig'ich" kabi nomli binnimalarni, savolni stikerga yozib doskaga yopishtirish kabi o'yinlarni tushunadigan bo'ldi.

Oxir-oqibat, hamma bola jim o'tirib matn yozsa, misol ishlasa, uni chetdan kuzatgan "mutaxassislar" darsni zerikarli deb baholaydigan, o'qituvchi shundoq o'o'tiribdi bekor deb hisoblaydigan bo'ldi.

Vaholanki, bolalar sinfda jismoniy harakatlanib turishi (yurishi, turishi kabi), hamma dars ma'ruza tariqasida o'tmasligi kerakligini inkor qilmagan holda aytish kerakki, ayrim hollarda soatlab o'tirib dars qilish ko'nikmasini ham rivojlantirish zarur. Ayniqsa, yuqori sinflarda.

Va fan o'qituvchisining mehnati u oqitgan o'quvchilar qanday ko'nikmaga egaligi bilan o'lchanishi maqsadga muvofiq.

Ming allambalo "texnologiya" qo'llab bolalarni zeriktirmasak-u, bolalar o'qigan matnini tushunmasa, o'zi matn yarata olmasa, o'rganayotgani nega va qayerda kerak bo'lishini o'zi idrok qilmasa, zamonaviy pedagoglikka da'voyimiz bekor.
@suvaydo
03/20/2025, 16:04
t.me/psixolingvist/539
Repost
657
Vatan bizniki

@Hamid_Sodiq
03/20/2025, 11:02
t.me/psixolingvist/538
1.2 k
03/16/2025, 07:12
t.me/psixolingvist/534
1.2 k
03/16/2025, 07:12
t.me/psixolingvist/536
1.2 k
03/16/2025, 07:12
t.me/psixolingvist/535
1.2 k
Qizaldoq bargiday uchar dildan g‘am,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim.
Bahoring muborak bo‘lsin ushbu dam,
Mening O‘zbekiston, dilbar vatanim!

Abdulla Oripov

@psixolingvist
03/16/2025, 07:12
t.me/psixolingvist/537
1.0 k
#qadimzamon

Qizim: sizga o‘xshab universitetda o‘qituvchi bo‘lmoqchiman.
Men: uning uchun juda ko‘p kitob o‘qish kerak. Bilasanmi, sening yoshingda men faqat kitob o‘qirdim. Televizorda multfilm ham juda kam, bir kunda bitta yo ikkita bo‘lardi. O‘shani ko‘rardik, xolos, qolgan vaqt faqat kitob o‘qirdim.
Qizim: Ha, u QADIM ZAMON edi.

Bolaligi qadim zamonda o‘tganlar, kayfiyatlar yaxshimi 😊

@psixolingvis
t
03/14/2025, 19:25
t.me/psixolingvist/533
Repost
1.7 k
«Бугун тунда келармиш баҳор» шеъри муаллифи Зулфиями ёки Масъуд? (Бир баҳс баҳонасидаги суҳбат)

👉 https://xabar.uz/jh4j

📲 Саҳифаларимизга қўшилинг:
Telegr
am | Instagram | Youtube | Sport
03/10/2025, 09:16
t.me/psixolingvist/532
1.2 k
Shukuh - vayb

"Vayb" degan so‘zni hozir juda ko‘p ishlatamiz. U kirib kelmasidan oldin biz shu so‘z ishora qiladigan holatda nima derdik deb o‘ylab qoldim.

Ha, jonli muloqotda biz u so‘zni deyarli ishlatmaymiz. Chunki anʼanaga ko‘ra his-tuyg‘ular haqida gaplashmaydigan xalq bo‘lganimiz uchundir. Zamon o‘zgaryapti. Yoshlar hozir bu tushunchani muloqotda keng qo‘llashyapti.
Shu vaqtgacha ommaviy axborot vositalarida, badiiy matnlarda va insholarda bu so‘zni ishlatganmiz.
O‘lkamizda navro‘z shukuhi, hamma yoqda bayram shukuhi hukmron va hkz jumlalarni ko‘p uchratgansiz siz ham.
Shukuh ham o‘zi forsiy so‘z, adashmasam. Balki shevalarimizda turkiy muqobili bordir.
Siz vayb so‘zini ishlatasizmi? O‘rniga shukuh so‘zini ishlatish mumkin deb o‘ylaysizmi?

@psixolingvist
03/08/2025, 11:58
t.me/psixolingvist/531
4.7 k
#bayram

To‘g‘risini aytsam... shu bayramning mantig‘ini bolaligimdan boshlab tushunmas edim. Jins belgisiga ko‘ra bayram qilish menga mantiqsizlik bo‘lib tuyulardi doim.
Hozir ham "ayol borki, olam munavvar", "ayol - muqaddas" va hkz gaplarga hayron bo‘laveraman. Erkak va ayol bu dunyo uchun teng ravishda muhim, biri yo ikkinchisisiz odamzot mavjud bo‘lmaydi. Bu xuddi "o‘ng ko‘zim muqaddas" yoki "chap ko‘zimning ahamiyati katta" deyishga o‘xshaydi men uchun.

Ammo, lekin, biroq...(balki "va" deyish to‘g‘riroq hamdir).
Mana shu kanalda eng ko‘p dislike olgan postim er ayolini urganda ayb ayolning o‘zida deb qarash mantiqsizlikdir mazmunida bo‘lganiga qarasak... Balki aslida rostdan ham unchalik qadri bo‘lmagan narsalarni qadrlaydiganday ko‘rsatish odatimiz bordir, bu bayram ham shuning oqibatidir, deb o‘ylab qolaman...

Aslida hamma bayram ham ramziydir. Bahonada bir-birimizni eslaymiz... Doim yaxshilik tilashimizni yaqinlarimizga bildiramiz.

Jinsidan qatʼiy nazar, barcha kanal o‘quvchilariga salomatlik, tinchlik, baxt, muvaffaqiyat, xotirjamlik tilayman.

Xotin-qizlarga esa rosmana qadrlanishni, birinchi navbatda o‘zi o‘zini qadrlashga o‘rganishini tilayman.

@psixolingvist
03/08/2025, 09:00
t.me/psixolingvist/530
1.9 k
Agar doktoranturada o‘qish davomida yig‘lamagan bo‘lsang, demak, astoydil ishlamagansan.
Instagramdan.

Bu rasmni komil ishonch bilan ulashayotganimdan taxmin qilishingiz mumkinki, men yig‘laganman. Garchi ilmiy rahbarimning ishimning qoralamasini o‘qiganlarida "kalla bormi o‘zi?", "tipichniy kishlakskiy dissertatsiya bo‘pti" degan gaplarida yig‘lagim kelsa-da, g‘ururim yo‘l qo‘ymagani uchun o‘zimni tutgan bo‘lsam, ishimni uch yilda yozib, yana ikki yildavomida qayta ishlab, to‘qqizinchi marta tahrir qilib, mana oxirgi versiyasi deb domlamga beraman deb turganimda, ilmiy rahbarim yana bitta eʼtiroz bildirganlar. Bu shunday eʼtiroz ediki, u tufayli men boshqatdan tajriba o‘tkazishim kerak edi. O‘shanda yig‘lab yuborganman. Ustozim kutmagan ekanlar, shekilli, meni yupatishga tushib ketganlar.
O‘sha kuni hafsalalarim pir bo‘lib yig‘lab-yig‘lab uxlaganman. Ammo ertalab turiboq domlamga qo‘ng‘iroq qilib "Uzr, kecha ko‘ngli bo‘shlik qildim. Qayta ishlab topshiraman" deganman. Yana 2 oy ketgan.

@psixolingvist
03/06/2025, 20:27
t.me/psixolingvist/529
Repost
915
03/05/2025, 12:59
t.me/psixolingvist/528
889
Trasnportda bir yigit yukini biz uchun ajratilgan joyga qo‘ydi. "Bu bizning joy, yukingizni oling, o‘zimiz qo‘yamiz" degan gapga "Ana yuzta joy turibdiyu" deb javob berdi.
Bu gap shu qadar mantiqsiz eʼtiroz ediki, mening asabim buzildi. "Bizning joyimiz bu" dedik yana. Sherigi "Men senga o‘zingning joyingga qo‘y,  deb aytdim-ku",-dedi. Shundan so‘ng joyimizni bo‘shatdi. Oradan bir soatlar o‘tgach, videoning ovozi tinimsiz kelavergach, orqadagi o‘rindiqqa qaradim. O‘sha yigit telefonda quloqliksiz video ko‘rib ketyapti."Naushnigiz yo‘qmi? Menga eshitilyapti videongizning ovozi, men narsa o‘qiyapman, xalal beryapti",- dedim. Yigit "Kelinoyi, boshqa joyga o‘tvoling unda",-dedi. "Naushnigiz yo‘q bo‘lsa, men aybdor emasman. Men joyimni o‘zgartirmayman. Men sizga video qo‘yib xalal berayotganim yo‘q, nima qilsangiz ham boshqalarga xalal bermaslik yo‘lini toping",-dedim. Bir nechta gap talashishdan so‘ng, yigit oxiri xo‘p dedi.
Mening eʼtiborimni tortgan narsa yigitning ikkala eʼtirozga bir xil qolipdagi javobi bo‘ldi: aslida o‘zi sizning haqingizga daʼvogarlik qilayotgan bo‘lsa-da, siz haqingizni talab qilsangiz, tan olishning o‘rniga uning dastlabki javob reaksiyasi sizga boshqa variant taklif qilish bo‘lyapti.

To‘g‘risini aytsam, rosa qiziqdim: yana bir qancha shunaqa vaziyatlar shakllantirib, ularga nima deb javob berishini bilgim keldi.

Nima uchun?

Chunki bu bizning nutqiy xulqni taqlid o‘laroq o‘zlashtirishimizga misol edi.  Ikkala holatdagi javobi ham o‘ylab, tahlil qilib, xulosa chiqarib, so‘ng berilgan javob emas edi. Qarshi tomonga boshqa variant taklif qilish - u uchun vaziyatdan chiqish mexanizmi edi xolos. Psixolingvist sifatida tashxis qo‘yaman: juda katta ehtimol bilan onasi shu uslubda gapirgan. Yoki unga avtoritet bo‘la oladigan boshqa odam. Va yana katta ehtimol bilan, u odamning ham shu uslubdagi gaplari mantiqan ko‘p ham asoslanmagan bo‘lgan.

Shuning uchun agar mabodo sizda shunga o‘xshash ziddiyat ro‘y bersa, qarshi tomonning gapi asabingizni buzsa, his-tuyg‘uga berilmang, u o‘zi bergan javobning tom maʼnosini bilmasligi mumkin. Unda shunaqa vaziyatda shu kabi javob aytilishi kerak degan ko‘nikma shakllangan bo‘lishi mumkin.

@psixolingvist
03/03/2025, 22:08
t.me/psixolingvist/527
928
Yakshanba kechga fikr uchun ozuqa oladigan narsa tomosha qilishni istasangiz ushbu podkastni tavsiya qilaman.
Men maza qildim bu suhbatni eshitib.
Jamiyatimizdagi anʼanalar, muammolarni tushuntirish uchun ilmiy yondashuvlar tilga olingan.
Inkor qilish niyati bilan emas, fikrlash niyati bilan ko‘ring.

@psixolingvist
03/02/2025, 17:30
t.me/psixolingvist/526
588
Tarixdan chiqaradigan xulosamiz shuki, biz tarixdan xulosa chiqarmaymiz.

Gegel

Facebookdan

@psixolingvist
03/02/2025, 14:13
t.me/psixolingvist/525
866
O‘tkirbek Muhammadsobirni birinchi kursligida o‘qitganman. Juda aqlli, bilimli, qiziquvchan talaba edi.
Yaxshi sheʼr yozadi. Menga sheʼrlaridagi samimiyati yoqadi. Ramazonga bag‘ishlangan sheʼrini hozir o‘qib qoldim. Sizga ham ulashgim keldi.
02/28/2025, 20:06
t.me/psixolingvist/524
691
Azizlar, Ramazon muborak bo‘lsin!

Allohning bizga bergan eng buyuk neʼmati - borligini bizga bildirganidir. Zero, biz bu dunyoga o‘z xohishi bilan kelmagan, hatto umrining boshidagi 2-3 yilni eslay ham olmaydigan ojiz bandalarmiz.
Yaratganga duo qilib umidlanamiz, dardlarimizga taskin olamiz, tavba qilib o‘zimizni isloh qilamiz.

Bu kanalni ixlos bilan o‘qib, kuzatadiganlardan minnatdorman. Nimadir bilim ola olgan bo‘lsangiz, Alloh uni dunyo va oxiratingiz uchun manfaatli qilsin!
Meni ham duolaringizda eslab qo‘ying.

Ramazonda barchamizning iymonimiz mustahkamlanib, Allohga yaqinlik darajamizda o‘sish bo‘lishini tilayman. Alloh iymoni va aqli nafsidan ustun bo‘la oladiganlardan qilsin! Barchangiz uchun bu oy tani sihatlik, oilaviy xotirjamlik, ibodat huzuri bilan o‘tsin.

@psixolingvist
02/28/2025, 19:07
t.me/psixolingvist/523
830
#lirik_chekinish
#kayfiyat

Qarg‘alarning so‘nggi nidosi
Ufq qa'riga singib ketadi...
va chalajon qorning vidosi
Tomchilarda sinib bitadi.
Kecha billur bo‘lib parchalar
Yo‘laklarga sochilgan edi.
Bezangandi tomlar, darchalar
Tund chiroyi ochilgan edi...
Juda qisqa bo‘ldi tantana,
Tugab qoldi avj bermay kuyi,
Bulut etak yopdi rosmana,
Tashlab ketdi izg‘irin bo‘yin...

Daraxtlarda qunishar qushlar,
G‘uvillaydi ulovlar hissiz...
Qishning tongsiz shomlari tushar,
Hayotimdan ketadi izsiz...

(c) Iroda Azimova

@psixolingvist
02/27/2025, 18:28
t.me/psixolingvist/522
860
Mana bu xabarni ko‘rib, talabalarga ulashgim keldi. Kasallik sabab falaj bo‘lgan talabaning magistrlik ishini faqat ko‘z pirpiratish bilan yozgani haqida.

https://www.instagram.com/reel/DGj-QI7MtM4/?igsh=OTFnMHQ2MGRlZ3A=
02/27/2025, 09:44
t.me/psixolingvist/521
966
Qishning chiroyi qor bilan. Uning ustiga uch-to‘rt yildan beri havoni tozalashga yagona umidimiz ham qor-yomg‘ir bo‘lib qoldi.
Bugungi qor juda mayda qor eʼtibor qilgan bo‘lsangiz. Bunaqa qor daraxtlarga yaxshi o‘rnashadi. Yo‘lda ikki-uchta qulagan daraxtni ko‘rdim.
Hovlimizdagi bir daraxtning kattagina shoxi sinibdi. Kuchim yetganicha qorlarni qoqib, daraxtlarning yukini yengillatishga harakat qildim. Mahalla maʼmuriy binosi oldida ichki ishlar formasida bir kishi qor kurayotgan ekan, undan borib so‘radim "kimdir daraxtlardagi qorlarni yengillatish bilan shug‘ullanadimi?", desam nega mendan so‘rayapsan deganday ensasi qotibroq "shug‘ullansa kerak, bilmadim" dedi. Men obodonlashtirish xodimlarimi, kimdir masʼul bo‘lsa kerak-ku, siz bilmaysizmi, dedim. Xodimda bir oz xayrixohlik uyg‘ondi, "JEK" shug‘ullansa kerak, men aytaman. Rahmat", dedi.
O‘zi shundoq ham daraxtlarimiz kam. Yo‘lingizda uchragan daraxtlardagi qorlarni sal-pal qoqib qo‘ying, demoqchiman. Tabiatning bir bo‘lagimiz, befarq bo‘lmaylik.
02/26/2025, 08:58
t.me/psixolingvist/520
966
02/26/2025, 08:58
t.me/psixolingvist/519
966
02/26/2025, 08:58
t.me/psixolingvist/518
1.3 k
Umida Hikmatulla - pedagogika bo‘yicha xalqaro darajadagi tadqiqotchi, olima. Ko‘p yillardan beri AQSHning Indiana universitetida faoliyat yuritganlar.
Umida opaning ilmiy ishlari instructional design - taʼlim metodikasi bo‘yicha. Yaqinda kanal ochibdilar, kanal ingliz tilida. Qiziquvchilarga tavsiya etaman.

@psixolingvist
02/24/2025, 07:08
t.me/psixolingvist/517
929
Agar ilm bilan shug‘ullanish shunaqa bo‘lishini bilganimda, dissertatsiyamni bolalar bog‘chasidayoq yozishni boshlagan bo‘lar edim.

Instagramdan.

Hazil hazil bilanu, ilmiy ish qilishning masʼuliyatini his qilishga bir turtki.

@psixolingvist
02/21/2025, 13:48
t.me/psixolingvist/516
1.1 k
Mabodo universitetdagilardan kimdir xabari bo‘lmay qolgan bo‘lsa, deb ulashib qo‘yyapman.
Men "Psixolingvistik va neyrolingvistik tadqiqot asoslari" mavzusida maʼruza qilaman. Maʼruzam boshida ilmiy ish qilishga oid ayrim umumiy masalalarga ham to‘xtalib o‘taman.

@psixolingvist
02/18/2025, 19:39
t.me/psixolingvist/515
Repost
704
🟦🟦🟦🟦🟦
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy bo‘limi tomonidan doktorant va izlanuvchilar uchun an'anaviy ilmiy-metodologik seminar davom etadi.
🥅Bu galgi seminar oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitishning nazariy va amaliy muammolariga bagʻishlanadi.
Seminar mehmonlari: dotsent Iroda Azimova va dotsent Klaraxon Mavlonova. Ularning ilmiy tajribasi va ma'ruzalari tadqiqotchilarga yangi g‘oyalar hamda yondashuvlarni kashf qilishda ko‘maklashadi.
Seminar vaqti: Har hafta chorshanba kuni.
Moderator: ToshDO'TAU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova.
✅Mazkur seminar barcha tadqiqotchilar va izlanuvchilar uchun ochiq bo‘lib, filologiya sohasidagi ilmiy jarayonlarga yangicha yondashuvlarni tatbiq etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
📩Qo‘shimcha ma’lumot uchun ToshDO'TAU ilmiy bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
02/18/2025, 19:37
t.me/psixolingvist/514
932
Yaxshi o‘xshatish!

Rasm Facebookdan.

@psixolingvist
02/18/2025, 16:40
t.me/psixolingvist/513
1.0 k
Va... qochib bo‘lmaydigan jarayon: taassublarning parchalanishi shunday og‘riqli kechadi. Inson o‘zining bir qadriyati aslida qadrsizligini tushunganida dil og‘riydi.
Bu yaxshilikka.

@psixolingvist
02/18/2025, 10:56
t.me/psixolingvist/512
479
Bu kanalda yozadigan fikrlarim hodisalar tahlilidan iborat doim. Shaxsiyatga o‘tmayman.

Ammo baribir shunda ham tahlillarimdan nimanidir shaxsiy qabul qiladiganlar baribir topiladi. Bu taassubga berilish sababli sodir bo‘ladi.
Yaʼni kimdir o‘zi ishongan, rujuʼ qo‘ygan qarashiga teskari keladigan fikrni mening tahlillarimda uchratsa, uni shaxsiy qabul qiladi. O‘zini jabrlanuvchi sifatida ko‘radi va o‘sha pozitsiyadan turib izoh yozadi. Shaxsiy qabul qilish his-tuyg‘uni uyg‘otadi. His-tuyg‘u esa, hattoki ijobiy bo‘lsa ham, matnning to‘liq dekodlanishiga, yaʼni tushunilishiga to‘siq bo‘ladi. Bu vaziyatga "-berdisni aytguncha urib o‘ldirdi" iborasi nihoyatda mos tushadi. Rivoyatni eslataman: bir odamdan isming nima deb so‘rashdi, u Xudoyberdi demoqchi bo‘lib, Xudo deb boshlaganda, odamlar u o‘zini Xudo deyapti deb hissiyotlari junbushga kelib urib o‘ldirib qo‘yishibdi.
Mana shu taassubning tushunishni qanday cheklashiga juda yorqin misoldir.

Kechagi stereotip tahlilida ham men jamiyatimizda kuzatiladigan anʼanada mantiqsizlik borligini ko‘rsatdim xolos. U yerda hech qanday feminizm targ‘iboti yo‘q edi. Shunchaki, zo‘ravonlikda uni amalga oshirgan subyekt ayblanishi mantiqan to‘g‘ri ekanligini yetkazishga harakat qildim.

Biroq ayrimlar izohlarda boshqalarni haqorat qilishga o‘tdi. Shu bahona ogohlantirib qo‘yyapman. Garchi har bir o‘quvchining eʼtiborini qadrlayman, biroq izohlarda so‘kingan, birovning shaxsiyatiga o‘tib haqorat qilgan izohlar o‘chiriladi va unday izoh muallifi blokka tushadi.

@psixolingvist
02/18/2025, 10:38
t.me/psixolingvist/511
842
#taʼlim

Ikkinchi sinf o‘qish kitobida "Manguga muhrlanganlar yodi" degan matn berilibdi.
Shahidlar xotirasi xiyoboni haqida.

1. Bolaning yoshiga umuman mos bo‘lmagan mavzu.
2. Bola o‘zlashtirmagan so‘zlardan iborat sarlavha.
3. Sifatdoshli oborotlar qo‘llangan uzun gaplar.

Bunaqa matnni ikkinchi sinf uchun berish a) taʼlim uchun ajratilgan bebaho vaqtni bekorga sarflash; b) bolani uddalay olishi imkonsiz bo‘lgan vazifa bilan stressga tushirish; d) darslik uchun ajratilgan mablag‘ni havoga uchirish demak...

@psixolingvist
02/17/2025, 20:02
t.me/psixolingvist/510
904
Qoyil, uch minutda ikkita dislike oldi oldingi postim. Taassub naqadar kuchli ekanini ko‘rsatadi bu ham.

Aynan shu xotinini urgan erkaklarni aybdor sanamaslik sabab yiliga qanchadan-qancha yosh kelinlar, yosh bolali onalar o‘lib ketayotganini ko‘pchilik tushunmayapti shekilli. Afsus.
02/17/2025, 17:57
t.me/psixolingvist/509
1.4 k
#mantiqsizlik
#stereotiplar

Jamiyatimizdagi bir masalada katta mantiqsizlik bor. Eri xotinni ursa, ayb xotindan qidiriladi. Hozir instagramda bir aktrisaning intervyusiga ko‘zim tushdi. Savol beruvchi ham "Eringiz sizga qo‘l ko‘targan ekan, qars ikki qo‘ldan chiqadi, nima qilgansiz, chestiga (shaʼniga demoqchi tushunishimcha) tegib qo‘yganmisiz, deyapti. Javob beruvchi ham "Ha, ayb o‘zimda bo‘lgan, o‘zimni xatolarimni tushunib, to‘g‘rilashga uringanman" mazmunida javob bergan. Izohlar esa undan-da dahshat: avval ayollar eri ursa yashirardi, hozirgilar uyalmay ommaga aytadi...

Aksariyat jurnalist/teleboshlovchilar ham erning xotinini urishini norma deb o‘ylaydi va savol berayotganida xuddi odatiy holday urganmisiz jahlingizni chiqarganda deb qo‘yishadi. Shu bilan o‘zlari bilmasdan zo‘ravonlikni targ‘ib qilib qo‘yishadi.

Er xotinini ursa, xotinning o‘zi aybdor deyish bu stereotip, taassub, yaʼni jamiyatda mavjud bo‘lgan, tahlil qilinmasdan shundayicha qabul qilib olingan fikr.
Agar ayol shallaqilik qilsa, qarg‘asa er undan o‘tkazib shallaqilik qilsin yoki so‘ksin. Mana shu ikki tomonlama bir-biriga teng keladigan agressiyada ayolning aybi nima bo‘lganligi haqida gapirish o‘rinlidir.

Bir necha yillar avval taksiga chiqdim. Old o‘rindiqqa rusiyzabon ayol chiqdi. Haydovchi ayolning eri bilan bog‘liq nimadir so‘radi, ayol eri bilan ajrashganiga ancha yillar bo‘lganini, erining xiyonatini kechira olmaganini aytdi. Haydovchi esa yarim hazil, yarim chin qilib "o‘zingiz aybdor bo‘lsangiz kerak, ko‘nglini ololmagansiz" mazmunida gapirdi.
Bunday munosabatni hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham eshitgansiz. Buning ham mantiqsizligi shundaki, oilasiga xiyonat qilgan erkak emas, yaʼni nomaqbul ishning bevosita ijrochisida ayb yo‘q deb hisoblab, bilvosita taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan harakat balki qilgandir degan o‘yda ayol ayblanyapti.
Mantiqsizligini yaxshiroq tushunish uchun teksari holat haqida o‘ylab ko‘raylik: ayol xiyonat qilsa, erida ayb deydimi jamiyatimiz?! Yo‘q, yana baribir ayol ayblanadi.

Erkakning ayolga qo‘l ko‘tarishi, yoki begona ayolga shilqimlik qilib gap otishi, ayoliga xiyonat qilishi- bularning hammasida harakatni bajaruvchi subyekt erkak. Harakatning amalga oshishidagi masʼuliyat to‘lig‘icha harakatni bajarganning bo‘ynida bo‘lishi kerak.

Fikrlash kerak...

@psixolingvist
02/17/2025, 17:53
t.me/psixolingvist/508
Repost
986
Trenddagi Mirshakar

Mirshakar Fayzullayev ijodini yaxshi ko'raman. Uning hazillari anchagacha miyamda alyanib yurishi, ba'zan achchiq tabassum paydo qilsa, ba'zan qayg'uli hislarni tuyishga majbur qilishi bilan qadrdon bo'lsa kerak. Hazillari orqali shunaqa o'ylaydigan/fikrlaydigan odamning borligi bilish tushunilishga bo'lgan ehtiyojimni qondirsa kerak. Konsertiga tushmoqchidim. Lekin dadasi uning ijodiga qiziqmaydilar. Bolalarga ular qarab qolib, meni konsertga tushirish hashamatini ravo ko'ra olmadilar. 😄Xullas, gap bu haqida ham emas.

Mirshakarning konsertidagi sahna trendga chiqqanidan keyin standap-komikning hazillarini ko'pchilik salbiy ma'noda tushunishini sezib qoldim.
Keyin psixolog sifatida ushbu jarayonni tahlil qilib ko'rdim.

Nimaga Mirshakarning hazillarini odamlar noto'g'ri tushunadi? Yoki odamlarga aks ta'sir qiladi?

Sababi uning hazillarida bizning og'riqli nuqtalarimiz o'z aksini topadi. Tabiiyki, bu jarayon ko'pchilikning psixologik triggerlarini uyg'otib yuboradi.
(Psixologik triggerlar – bu odamning ichki hissiyotlarini yoki xatti-harakatlarini tezda qo‘zg‘atadigan, ular insonning ong ostidagi tajribalari, hissiyotlari/ idroki/ tafakkur tarziga ta’sir ko'rsatuvchi "tugma"lardir.)

Telegramda bir postdagi muhokamalarda a'lochi qizlarning tepasida ayol kishining vazifasi tug'ish deb turib oluvchi ikkichi erkaklar borasidagi achchiq hazilini tug'maslikka targ'ib sifatida baholashganini ko'rdim. O'zi avvalroq Mirsadikovaning podkastida jurnalist Mirshakar Fayzullayevga "Nega ayolingizni ishlatmaysiz?"degan savol berganini eshitib hayron bo'lgandim. Oliy ma'lumotli jurnalist yoki Mirshakar Fayzullayevning hazillarini eshitmagan yoki eshitgan bo'lsa ham fahmlamagan. Bo'lmasa bunaqa savol bermasdi deb o'ylagandim.

Aytmoqchi bo'lganim , menimcha, Mirshakar Fayzullayevning hazillarini tushunish uchun odamda o'zini anglash ko'nikmasi yaxshi rivojlangan bo'lishi lozim.

Jamiyatimizdagi ayollarga bo'lgan munosabat, tarbiya usullarimiz, o'z ona tilimizni servantga qo'yib boshqa tilini ishlatadigan odamlarimiz, kasbga nisbatan mas'uliyatimiz aks etgan hazillarining barida bizning hozirgi holatimiz/uyat va ojizliklarimizga ko'zgu tutilmoqda. Bu ko'zguga boqish esa har doim yoqimli bo'lmasligi mumkin.

@farzandruhiyat
i
02/17/2025, 14:22
t.me/psixolingvist/507
1.2 k
Xalq og‘zaki ijodi. 👏👍
02/16/2025, 17:23
t.me/psixolingvist/506
1.2 k
O‘qirkanman gap Mancityning kechagi o‘yinda Marmushning uchta gol urganiga ishora ekanligini tushundim. Ammo "g‘am-g‘ussaga ne hojat" o‘ta tanish ifoda.
Shunday bo‘lsa-da, u ishlatilgan kontekst bilan joriy gap konteksti bilanCh qanday aloqasi borligini anglashimga bir-ikki millisekund sal ko‘proq vaqt ketdi. Albatta, psixolingvist sifatida nima uchun degan savol paydo bo‘ldi.

Esladim, "Eh, Marfusha, g‘am-g‘ussaga ne hojat" edi originalida ( jumla "Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi" filmidan). Marmush va Marfusha shaklan, yaʼni tovush tomonlama bir-biriga juda yaqin. Biroq, originalida ism bir marta aytiladi. Shu sabab bu menda tushunib olish uchun ko‘proq vaqt talab qilgan. Endi nimaga rassom ismni ikki marta ishlatgan? Chunki Marmush bilan Marfushaning farqi Marfusha bir bo‘g‘in ortiq. Shuningdek, ochiq bo‘g‘in bilan tugagani uchun davomiylik bor unda. Marmush deb o‘zini ishlatsa original ifodaganing ohangini bermagan. Shuning o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta ishlatgan.

@psixolingvist
02/16/2025, 14:04
t.me/psixolingvist/505
1.2 k
"Orzu bilan orzu-havas boshqa-boshqa narsa ekan-a?! Orzularingiz orzu-havasning ichida yo‘q bo‘lib ketarkan"

(c) Mirshakar Fayzulloyev

Sezganingizdek, bugungi "Chempion" konsertidan. Mirshakar Fayzulloyev o‘zbek jamiyati uchun fenomen deb o‘ylayman. Yaxshi sanʼatkor xalq dardini topib gapiradi deyishadi-ku. Mirshakar aynan mening dardimni topib aytayotganday his qilaman. Balki bir avlod vakili bo‘lganimizgadir.
Konsertga tushmaganlar, youtube ga qo‘yilganda albatta ko‘ringlar.

@psixolingvist
02/15/2025, 19:34
t.me/psixolingvist/504
1.5 k
Talabalar, magistrlar, doktorantlarga yordam o‘laroq quyidagi savollarni qayta e’lon qilyapman. Agar siz ilmiy ish ustida ishlayotgan bo‘lsangiz, bundagi eng birinchi qadam sizgacha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganib chiqib, ularning obzorini berish bo‘ladi. Juda ko‘pchilik shu obzorni qanday yozishni bilmaydi. Tadqiqotning asosiy mohiyati qolib, boshida masala haqida aytilgan umumiy gaplarga urg‘u beradi.
Quyidagi savollarni har qanday ilmiy ishni o‘qiyotganda qo‘llab, ularga javobni yozib chiqsangiz bu sizga obzor uchun tayyor material bo‘ladi.

1. Maqola muallifi, sarlavhasi, qayerda chiqqani haqida aniq ma'lumot.
2. Maqolada qanday ilmiy masala ko‘tarilgan?
3. Bu masala qanday usulda hal qilingan, ya'ni muallif nimani qanday tahlil qilgan?
4. Maqolaning xulosasi nima?
5. Xulosa nima bilan asoslangan?
6. Maqolaning kamchiligi nimadan iborat?

@psixolingvist
02/15/2025, 06:20
t.me/psixolingvist/503
1.7 k
Chinakam taʼlim insonlarni to‘g‘ri savol qo‘yishga o‘rgatadi.

Noem Chomskiy

Rasm facebookdan.

@psixolingvist
02/14/2025, 13:48
t.me/psixolingvist/502
1.9 k
Bobur aqlli, irodali, kuchli shaxs sifatida qiziq menga. Biz haliyam uni yaxshi o‘rganmayotgandaymiz.
Men Boburni o‘sha "Yulduzli tunlar" asosida olingan videofilmdan taniganman, yaxshi ko‘rganman (5-sinfda o‘qirdim shekilli qo‘yilganida).
Kino, seriallar obtashasak bo‘ladi aslida Bobur haqida.
Filolog sifatida bugun Boburni eslamay o‘tkazib yubora olmadim.

Bir narsa esimga tushdi: hindistonlik kursdoshim "Boburni yomon ko‘raman. Bizni birinchi mustamlaka qilgan Bobur bo‘ladi", degan edi.

Boshqa pokistonlik kursdoshim o‘zini Bobur askarlarining avlodi hisoblardi va mo‘g‘ulman derdi, bundan faxrlanardi.

Rasm bugungi.

@psixolingvist
02/14/2025, 10:46
t.me/psixolingvist/501
2.0 k
#facebookdan

Yetti yil avvalgi post

Ekstremal o'qish degan fleshmob bo'layotgan ekan. Kimdir mashinada kitob o'qiyotganini, kimdir plyajda kitob o'qiyotganini rasmini qo'yibdi.
Eeeh! Haqiqiy ekstremal o'qish bu "Turon" kutubxonasida kurtkaning kapyushonini kiyib, qo'llarni yeng ichiga tiqib, oyoq muzlamasligi uchun og'irlikni etikning tovoniga tushirib, oyoq uchini bir oz ko'tarib o'tirgan holda 3-4 soat Hamid Olimjonning tanlangan asarlarini o'qish bo'ladi, men sizga aytsam. O'shanda 4-kurs edik. Uyga obketsam o'qiy olmayman, deb, kutubxonada o'qib tugatib ketardim. Kutubxonalar umuman isimasdi. Navoiy kutubxonasi qayta ochilganida yangi super-puper qulay sharoitlarni ko'rib, odam hayron qoluvdi hatto. Shu qadar issiqki, odam kitob o'qiganday bo'lmaysan, deb o'ylovdim.
Ekstremal o'qish bu chaqalog'ing yig'laganda uni kechasi bilan ko'tarib u yoq-bu yoqqa yurganingda miyangni band qilish uchun chaqalog'ingning bosh tomonini tutgan qo'ling kaftida androidni ushlab olib Y.Butaning "Sherlok. Na shag vperedi zriteley" kitobini online o'qish bo'ladi. Men sizga aytsam :)

@psixolingvist
02/11/2025, 05:44
t.me/psixolingvist/500
948
#navoiy

Mumtoz adabiyotimizda men uchun Navoiyga teng keladigan boshqa figura yo‘q.
Gap asarlarning hajmida yo sujetida emas, so‘z sanʼatidagi mahoratida.
Navoiyning har bir g‘azalining har bir satrida aqlni hayron qoldiradigan go‘zal tafakkur bor. G‘azallardagi lirik sujet (termin noto‘g‘ri bo‘lsa adabiyotchilardan uzr so‘rayman) har doim izchillik bilan rivojlanadi va nihoyasida chiroyli xotima beriladi.

Navoiy ijodidan eng yaxshi ko‘rganim quyidagi musamman:

Har taraf azm aylab ul shoʻxi sitamgor, ey koʻngul,
Tigʻi hajridin necha boʻlgʻaybiz afgor, ey koʻngul,
Chun safar aylab edi bir qatla dildor, ey koʻngul,
Dardi hajrigʻa boʻlub erduk giriftor, ey koʻngul,
Buylakim, ta’rif etib gʻurbatni bisyor, ey koʻngul,
Shahru kishvardin malolat aylab izhor, ey koʻngul,
Anglading yo yoʻqmukim, aylar safar yor, ey koʻngul,
Vahki, boʻlduq yana hajri ilgidin zor, ey koʻngul.
Ahli ishq ichra manga dardi firoq oʻlmish nasib,
Bu emas dardiki, ani daf’ eta olgʻay tabib,
Yorni gʻurbat sari targʻib etar har dam raqib,
Vahki, ul gul furqatidin oʻlgusi bu andalib,
Chun safar asbobini omoda aylabtur habib,
Bir taraf goʻyo azimat qilgʻudektur anqarib,
Ul xud aylar azm, men ham xastadurmen, ham gʻarib,
Goh-gohi boʻlgʻasen mendin xabardor, ey koʻngul.
Ey koʻngul, sen sevdung ul oyniyu boʻldi ulfatim
Kim, tamoshosigʻa kundin-kunga oshti hayratim,
Ul borur emdiyu oʻrtar jonni dogʻi hasratim,
Shu’la gardungʻa chekar har lahza soʻzi furqatim,
Gar desam hamrah boray, za’f ichra koʻptur shiddatim,
Yoʻq turargʻa toqatu muhliktur onsiz mehnatim,
Ne borurgʻa quvvatim bor, ne turargʻa toqatim,
Bizni bu holatqa sen qilding giriftor, ey koʻngul.
Yor chun aylab safar, paymonu ahdin snndurur,
Ming alam yuz zaxmliq jonimgʻa har dam yetkurur,
Gar desam hamrah boray, tab’ida shiddat bilgurur,
Bormasam, hajri balo oʻqi tanimgʻa yogʻdurur,
Har birida bir suubatdurki, jonni kuydurur,
Bormogʻim yoʻq mumkinu tursam, firoqi oʻlturur,
Bora xud olmon, turub ham, chun tirilgum yoʻqturur,
Bas vido’ing qildim, andin qolma zinhor, ey koʻngul.
Har qayon borsa, rafiqu hamqadamkim boʻlgʻasen,
Shodmoni aysh yo ranjuri gʻamkim boʻlgʻasen,
Noumid oʻlma, giriftori alamkim boʻlgʻasen,
Oʻzni gum qilma, azizu muhtaramkim boʻlgʻasen,
Bil gʻanimat, itlaridin necha kamkim boʻlgʻasen
Sen boʻlurgʻa mahrami rozi haramkim boʻlgʻasen,
Mahrame gar boʻlmasang, xushtur bu hamkim, boʻlgʻasen
Itlariga rozdoru sohib, asror, ey koʻngul.
Ul musofir xaylini itdek erishsang xoru zor,
Ranjdin joning nahifu toshdin jisming figor,
Qaysi mavzu’niki manzil aylasa ul shahsuvor,
Kecha tong otquncha qilsang posbonliq ixtiyor,
Solsang oʻzni ichkari, gar gʻoyib oʻlsa pardador,
Qovsa, chiqsang — qovmasa, dargah aro tutsang qaror,
Nogahoni gar boʻlub toli’ musoid baxtiyor,
Topsang ul oy birla soʻzlashguncha miqdor, ey koʻngul.
Hajru furqat anduhidin telbalardek chekma un,
Mastlardek soʻz adosin qilma, koʻp aytib uzun,
Avlo ulkim, oh oʻtidin qilmasang zohir tutun,
Etmasang sargashtalik dasht uzra andoqkim, quyun,
Borgohi ayshida bir goʻshada tutsang oʻrun,
Jannat oyin bazmigʻa el mast boʻlmastin burun,
Iltimosim budururkim, barcha eldin yoshurun,
Qilgʻasen miskin Navoiy dardin izhor, ey koʻngul.

http://kutubxona.com/Alisher_Navoiy._Favoid_ul-Kibar_(III-_qism)

@psixolingvist
02/09/2025, 15:09
t.me/psixolingvist/499
Repost
2.0 k
Olimlar oilada qaysi farzand halolroq boʻlishini aniqladi

Ular buni aniqlash uchun 2 ta guruh ustida tajriba oʻtkazgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26535

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegra
m | Instagram | X | YouTube
01/27/2025, 16:22
t.me/psixolingvist/498
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria