Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
39.85%
ERR (week)

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 84 results
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
Repost
117
#video

Til ham, adabiyot ham taʼlim bilan tirik!

🌐 Sayt ✈️ Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama
04/26/2025, 10:02
t.me/farrux_jabborbek/140
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
Repost
194
"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining taqdimot marosimi va O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuvdan toʻgʻridan-toʻgʻri yoyindan yozib olingan video.
04/24/2025, 19:32
t.me/farrux_jabborbek/139
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
Repost
248
“Biz ularning koloniyasi emasmiz!” – Qudratxoʻja va Qodirov Rossiya tashqi ishlar vaziriga munosabat bildirdi

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/27662

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegra
m | Instagram | X | YouTube
04/23/2025, 17:06
t.me/farrux_jabborbek/136
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
216
Jurnalistning professionalizmiga nechchi baho?

Istanbulda 3,9 va 6,2 magnitudali yer silkinishlari roʻy beribdi. Jonli efirda ko‘rsatuv olib borayotgan jurnalist juda bosiqlik bilan zilzila payti nimalar qilish kerakligini uqtirmoqda. Dod-voy solib, ko‘chaga qochib chiqib ketmagan.

Tangri turkni qo‘risin🤲

🗄Farrux Jabborbek
04/23/2025, 13:59
t.me/farrux_jabborbek/135
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
609
Toʻychilik, toʻgʻri tushunasizlar, kimga taklifnoma yubordik, kimga yoʻq, xafa boʻlib oʻtirmaysizlar, manzil va vaqtni bilasizlar, oʻtib boraverasizlar 🙏

Bizni til, adabiyot, taʼlim birlashtirmasa, nima birlashtiradi?

Keling. Kutamiz!

� Lokatsiya

🗄Farrux Jabbor
bek
04/22/2025, 15:26
t.me/farrux_jabborbek/134
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
268
Til bu - imkoniyat. Bir tilni bilgan bir imkonga, toʻrt tilni bilgan toʻrt imkonga ega boʻladi.

Oʻzbek tilini 50 million odam bilishi 50 million imkoniyat degani. 500 million inson bilishi 500 million imkon - millat uchun, davlat uchun, sarvat uchun!
04/22/2025, 07:02
t.me/farrux_jabborbek/133
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
266
#til #soʻz

Norin taomi bilan Norin daryosining bog‘liqligini tushunolmasdim. Bir paytlar krosvord gazetalar "ham ovqat, ham daryo" deb yozsa, bo‘sh kataklar "norin" deb to‘ldirilardi.

Moʻgʻulcha lugʻatni varaqlab oʻtirib koʻzim tushib qoldi: "narin" yupqa, ingichka degani ekan. Demak, taom nomiga xamirining qanday kesilishi asos boʻlgan. Sirdaryoning bir irmogʻi Norin atalganida oʻzanining shakli eʼtiborga olingan chiqar.

Tushlikka norin yeng endi)))

�Farrux Jabborbek
04/21/2025, 08:10
t.me/farrux_jabborbek/132
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
318
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali sohibi, shoir Yoʻldosh Eshbek uchun yigʻilgan xayriya mablagʻi 92 511 477 soʻmga yetdi. Kartalarga ehson pullari tushishda davom etmoqda.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)

👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Hammadan Olloh rozi boʻlsin 🤲
04/20/2025, 07:12
t.me/farrux_jabborbek/131
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
167
Odam katta maqsadlarga iyarib (ergashib) katta odam boʻladi. Mayda maqsadlar esa egasini ham maydalaydi.

Shuhrat Hayit "Oʻzbekiston tarixi" telekanalini yoʻqdan bor qildi. Direktorlikdan ketganida xafa boʻlgandim, rosti...

U hech tinch oʻtirmaydi, doim nimanidir boshlab qoʻygan boʻladi. Ikki yilcha ilgari 100 ta tarixiy hujjatli film qilaman, har biriga hechqursa 10 mln soʻmdan beringlar, deb eshikma-eshik sargʻayib yurgandi. Birov ma senga demagan chiqar. Desa ham, boshqacha maʼnoda degandir.

Bir aylanib, bu gʻoya mamlakatning oliy minbarlarida yangrab qoldi. Bundan tashabbus egasidan kam xursand boʻlmadim. Yana bir muddat oʻtib, maxsus qaror ham chiqdi, adashmasam. Esimda, hammasida "Oʻzbekiston tarixi" telekali tilga olingan edi. Biroq...

Hujjat ustiga hujjat. Xullas, turkum tarixiy filmlar ishlash loyihasi qamrovi kengaytirilib, mazmuni chuqurlashtirilib, Oʻzbekiston kinematografiya agentligi faoliyatiga oid qarorga kiritildi. Bir paytlar jami 100 ta filmga topilmagan mablagʻ endi 1 ta filmga ajratiladi, davlat budjetidan.

Toʻgʻri qaror, albatta. Lekin gʻoya muallifi charxi kajraftor ishlaridan hayron-u lol qolgandir. Bu haqda oʻzi bilan gaplashmaganman, qanday ahvolga tushganini bilmayman.

Oʻsha charxi kajraftorning ishi bilan telekanal rahbarligidan ham ketdi. Oʻsha charxi kajraftorning ishi bilan juda koʻplab issiqqina, yogʻliqqina lavozimlarga takliflar rad etildi. Yoki oʻxshamadi. Chunki Shuhrat Hayit oʻzining ishini qilishi kerak edi.

Ish qaynab yotgan joyga, tizimsizlik mashinasi tasmasini chaynab yotgan joyga huv oʻsha tashabbusini amalga oshirish uchun keldi. Boshqarma boshligʻi boʻlib. Boshogʻrima boshligʻi desayam boʻladi. Boshqotirma boshligʻi desayam boʻlovradi.

Shuhrat Hayitni kinoga "Tirik tarix" (loyiha maʼnosida emas, oʻz maʼnosida qoʻshtirnoqsiz yozish ham mumkin) boshlab keldi. Tarix oʻzining chindan ham tirikligini koʻrsatdi. Isbotladi.

Shuhrat Hayitni mendan yaxshi bilganlar, Shuhrat Hayitga mendan yaqin boʻlganlar yozganlarimni oʻqib, miyigʻida kulib qoʻygandir. Dozani sal oshirsam, oshirvorgandirman. Bari ezgulik yoʻlida. Tizimsizlik bilan toʻqnasha-toʻqnasha, axiri issiqqina va yogʻliqqina joylarga ravona boʻlvormasin deyapman. Gʻarazim shu!

Ogohlantirib qoʻyay, ikki adash bir boʻldi... degan bolalar folklori namunalari haqida yozish ham qoʻlimdan keladi)))

�Farrux Jabborbek
04/20/2025, 06:30
t.me/farrux_jabborbek/130
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
331
#hayot

Biz nega sodda, samimiy odamlarni ko‘rsak, beixtiyor xursand bo‘lib ketamiz?

Quvonchimizning tub-tubida bu bo‘sh-bayov odamlar biz bilan raqib bo‘lolmasligidan xotirjamlik hissi yotmasmikan?! Oziq-ovqat, mol-davlat, obro‘-e’tibor uchun kurashda...

Shu VIDEOni ko‘rib shu haqda o‘yladim.

�Farrux Jabborbek
04/18/2025, 18:20
t.me/farrux_jabborbek/129
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
372
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov davlat idoralari rahbar xodimlaridan diktant olgani tarmoqda tarqamoqda.

Qayd etilishicha, sogʻliqni saqlash boshqarmasida 9 nafardan 6 nafari, “Hududiy elektr tarmoqlari”da 5 nafardan 4 nafari, “Oʻztelekom” AJ Sirdaryo filialida 10 nafardan 7 nafari, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ viloyat filialida 8 nafardan 4 nafari qoniqarsiz baho olgan.

Eng qizig‘i, mana shu ko‘rsatkich sohalardagi umumiy ahvol haqida tasavvur beradi. Joylarda islohotlar samaradorligi ham bundan baland emasligi aniq. Yana, biz savod nima kerak, yozganimni tushunib olsa bo‘ldi-da, ona tili umuman foydasiz fan, deydigan savodsizlarni qahramon qilib yuramiz😭

🗄Farrux Jabborbek
04/18/2025, 11:11
t.me/farrux_jabborbek/128
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
557
#folklor
#tarix

Millatimiz genlarida hujumkorlik xislati o‘chirib qo‘yilgan. Biz himoyada o‘ynashga o‘rganib qolganmiz. Futbol misolida olsak, eng mashhur o‘yinchilarimiz Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov va hatto ancha yosh Abduqodir Husanov ham himoyachi, yarim himoyachi... (sportni uncha tushunmayman, yanglish istilohlarni ishlatib qo‘ysam, tuzatasizlar🙏).

Tarixga boqsak, Amir Temur zamonida, so‘ng Ubaydullaxon, Abdullaxon davrida hujumda o‘ynaganmiz. Asta-sekin toshbaqaga o‘xshab toshkosamizga biqinib boshladik. Abulfayzxon paytiga kelib, aytadilarki, poytaxtning markaziy maydoni tinch bo‘lsa kifoya, deyishgacha bordik. Keyin Nodirshoh bosqini ro‘y berdi.

Xudoyorxonga Oqmajitni o‘ris olibdi, degan xabar kelganda, bir oylik yo‘lda bo‘lsa, unaqa olis joylar kerak emas menga, degan ekan. Anglamadikki, hobgohing tinch bo‘lishi uchun borgohing, borgohing tinch bo‘lishi uchun dargohing, dargohing tinch bo‘lishi uchun esa poygohing tinch bo‘lishi kerak.

Eng yaxshi himoya – hujum, degan gap mashhur, kim aytganini bilmadim, harholda, o‘zbek xalq maqoli emasligi aniq. Bo‘lsin!

🗄Farrux Jabborbek
04/17/2025, 17:28
t.me/farrux_jabborbek/127
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
606
#folklor
#rivoyat

Odamlaridan itlari rostgo‘y mamlakat

Qadim zamonda bir erkak ikki guvoh va mulla chaqirib hufyona uylanibdi. Oradan vaqtlar o‘tib xotinini uydan haydab yuboribdi.

Ayol shahar qozisiga arz qilibdi. Er guvohlari bilan borib, bu mening xotinim emas, tanimayman, deya tonibdi.

Qozi uyda it bormi, deb so‘rabdi. Tasdiq javobini olgach, mulozimlariga buyuribdi:

– Bu ayol bilan uyiga boringlar, agar it hursa, u yolg‘on gapirayotgan, indamasa esa eri va guvohlari aldayotgan bo‘ladi, – debdi.

It xotinni ko‘rib dumini likillatib, hursand irg‘ishlay boshlabdi. Mulozimlar voqeani qoziga aytishibdi va yolg‘onchilar jazoga hukm qilinibdi.

– Itlari odamlaridan to‘g‘riroq yurtga balo kelur, – debdi qozi.

Suyarqul Ostonaqul'dan ijodiy ko‘chirma
04/16/2025, 06:07
t.me/farrux_jabborbek/125
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
5.0 k
04/15/2025, 10:38
t.me/farrux_jabborbek/123
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
5.0 k
Kecha hayotimdagi eng quvonchli voqealardan biri bo‘ldi. Turkiy dunyoning katta shoiri Yo‘ldosh Eshbekka ikki xonali uy sovg‘a qilindi.

Ramazon oyining so‘nggi kunlari "O‘zbek katta el...mi?" degan savol ostida yalpi xayriya harakati boshlanib ketgan edi. Beixtiyor, birdaniga... O‘zim ham shoshib qoldim, ochig‘i.

Ming so‘mdan bir necha million so‘mgacha mablag‘ kelib tushishda davom etmoqda. (Savob iqtisodiy mezonlarda o‘lchanmasligi, bir g‘isht qo‘ygan butun binoni qurgandan ham ziyoda ko‘rilishi mumkin.) “Akademnashr” nashriyoti Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi bilan chiqqan “Turk she’riyati antologiyasi”ning 690 donasini xayriya uchun ajratdi. Shu paytgacha misqollab yig‘ilgan summa 90 million so‘mga yaqinlashdi.

Yaxshi odamlar Yo‘ldosh akaning sog‘lig‘i bilan alohida shug‘ullanmoqda. Dori-darmon bilan ta’minlab turishibdi. Ba’zilar o‘z ota-onasiga ham bunday qaramaydi, rosti.

Xayrli ishga daxldor bo‘lish istagini bildirganlar, jonkuyar yurtdoshlarimizdan tortib yuqori doira vakillarigacha biz bilan bog‘landi. Bir necha yo‘nalishlarda katta marralarni ko‘zlab harakat boshlandi. Ular orasida tadbirkor Marat Hamdamov hammadan o‘zib ketdi (lekin boshqalar shu bilan bo‘ldi, deya qo‘l siltab ketmasligidan umidvorman).

Kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Yo‘ldosh Eshbekka “Sergeli city” majmuasidan ikki xonali uy hujjatlari topshirilibdi. Eshitib behad quvondim. Nasib etsa, sentabr oyida shoirni oilasi bilan birga yangi uyga ko‘chirib o‘tkazamiz. Shu ishga bosh qo‘shganlarning barchasini, xususan, Marat Hamdamov, Mahmud Namozovni olqishlayman. Siz ham duo qiling!

Aytgancha, shanba kuni “Til va adabiyot ta’limi” jurnali uchun Ernest Kurtveliyev, Akmal Murod, Orzu A’zam bilan birgalikda Yo‘ldosh Eshbekni maxsus fotosyomka qildik. Suratlar jurnal bisotidan.

�Farrux Jabborbek
04/15/2025, 10:38
t.me/farrux_jabborbek/124
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
5.0 k
04/15/2025, 10:38
t.me/farrux_jabborbek/122
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
941
#adabiyot
#Oybek
#hayot

Pandemiya payti karantin kunlarim asosan Oybekning faoliyatini o‘rganish bilan kechgan. Badiiy filmga senariy yozishim kerak edi.

Chiqargan xulosam #1: hasadgo‘ylar Oybekning ustidan shikoyat yozib umrini sovurgan. U esa o‘zini ozroq anoyi, beg‘am tutib, ijodini qilavergan. Masalan, 1937-yili Yozuvchilar uyushmasi a’zoligidan oʻchirilib, Til va adabiyot institutidan haydalganidan so‘ng "Qutlug‘ qon" romanini, urush yillari esa "Navoiy" romanini yozgan.

To‘g‘ri, avvaliga Oybek ham kurashib ko‘rgan, keyin esa zarbalarga chap berib turgan, ba’zida qarshi hujumga o‘tganday bo‘lgan. Lekin bu dunyoda missiyasi nima ekanini yaxshi anglagan va imkon qadar maqsaddan og‘ishmagan.

Oxirida kim yutdi? Siz ham Oybekday yo‘l tuting! Xitoy maqolida aytilganidek, baland qoyaga chiqib kutsang, dushmanlaring jasadi oyoqlaring ostidagi soydan oqib o‘tadi.

�Farrux Jabborbek
04/14/2025, 06:19
t.me/farrux_jabborbek/121
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
1.0 k
#adabiyot
#kino
#matbuot
#tarix

Murod Muhammad Doʻstning bu surati "JannatMakon" jurnali uchun olingan. Muqovaga ham bermoqchi boʻlganmiz (shu syomkadan boshqa fotoni). Faxriyor suhbat qilgan edi. Ammo-lekin-biroq Gulnora Karimovaning shotirlari taqiqlagan. Sababi Murod Muhammad Doʻst kinorahbar payti ularning xontaxta filmlarini qaytargan ekan. Mana, qora roʻyxatlar qanday paydo boʻladi. Suhbat biror yildan soʻng "Yoshlik" jurnalida chiqqan (2012-yilgi 2-soni). Koʻp oʻtmay, "JannatMakon" ham jannatmakon boʻlib ketdi. Taqiqchilar taqiqlandi, qamaldi yo qochdi.

Murod Muhammad Doʻstning kinoarboblik yillari haqida oʻzi bilan suhbat qilganman, “Kino san’ati” jurnalining 2019-yil 2-sonida chiqqan. Shu orada feysbukda okaxonning toʻrt enlik posti rosa shov-shuv boʻldi. Xoʻjakoʻrsin islohotlar pufagi tezda yorilishi bashorat qilingan edi. Bu paytda hali jahonda pandemiya boshlanmagan, Buxoroda namunali uy-joylardan iborat butun boshli mahallalarning tomini shamol uchirmagan, Sardoba suvombori yorilmagan, ...magan, ...magan edi.

Adib oʻsha posti uchun urkaltak-surkaltak qilindi. Ayni kunlarda "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gazetasi suhbatni "Kino sanʼati" jurnalidan koʻchirib bosdi va... bosh muharrir Oʻktam Mirzayor lavozimidan uchib ketdi. Bugun esa na jurnal bor, na bu nomdagi gazeta.

Mistik film uchun senariy toʻqimayapman. Oʻzim guvoh boʻlgan voqealarni tigʻizlashtirilgan surʼatda soʻzlab berdim. Yaqin tariximiz tovuq titib tashlagan tomorqaga oʻxshaydi(((.

Kinosuhbatni oʻqishni istasangiz👉 https://oyina.uz/uz/article/2553
04/13/2025, 06:47
t.me/farrux_jabborbek/120
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
419
Qayga borsam, kimni koʻrsam, telefon va telegramdan ham Yoʻldosh Eshbekni so‘rashyapti. Kunda-kunora shoirni muxlislari yoʻqlab turibdi.

Navroʻz doʻstimiz tibbiy ko‘rik xarajatlarini koʻtardi, dori-darmonni yetkazib bermoqda. Oybek oshnamiz esa adibni oʻz bobosiday ko‘rib doim xizmatida. Yana boshqa yaxshi harakatlar ham boshlangan, natijasi bilan suyuntirsin. Koʻpda baraka bor, deganlari rost ekan.

Fursati bilan elga hisob berib qo‘yay dedim:

"Akademnashr" ehson uchun ajratgan 690 ta kitobdan 58 tasi sotildi. Siz ham chetda turmang!

� Kitob sotib olish

Shu paytgacha jami 70 941 275 so‘m yigʻildi. Xayrli ishga bosh qo‘shing!

� Ehson qilish

Baqara surasi 273-oyatda aytilganidek, sadaqa va xayr-u ehsonlar ... bilmagan kishi ularni boy deb o‘ylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib so‘ramaslar. (... uyatlari kuchli bo‘lganidan o‘zlarining hojatmand ekanliklarini yashirib yuradilar. Asl holni bilmagan odam ularni sirtlaridan ko‘rib boy deb o‘ylaydi. Nafaqani xuddi ana o‘shalarga qilish kerak...)

🗄Farrux Jabbor
bek
04/11/2025, 20:13
t.me/farrux_jabborbek/119
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
419
04/11/2025, 20:13
t.me/farrux_jabborbek/118
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
419
04/11/2025, 20:13
t.me/farrux_jabborbek/116
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
419
04/11/2025, 20:13
t.me/farrux_jabborbek/117
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
257
Bu maqola qo’lyozmasi tagiga "28.04.2019. Soat 02:02" deb qayd etilgan ekan. "Abdulla Qodiriy" hujjatli filmiga asos bo‘lgan.

Tarixi bunday: hujjatli film loyihasi umuman boshqa senariy va boshqa rejissor bilan badiiy kengashdan o'tgan. Lekin ijodiy jamoa nimadir bo‘lib chetga chiqqach, rejissorlik Umid Hamdamovga topshirilgan. U menga qo‘ng‘iroq qildi. Qoralamam borligini, unga ma’qul kelsa, senariyga aylantirish osonligini aytdim. Chunki maqola kumilyativlikka qurilgan: to‘rt marta dor ostiga borish voqeasi filmni to‘rt ustunday ko‘tarib turadi...

Hujjatli film 2021-yili ekran yuzini ko‘rdi. Menimcha, yaxshi qabul qilindi. Lekin maqolani nashr ettirmay kelayotgandim. Shunchaki qoralama edi-da. Boyitish, ko‘p fakt va fikrlarni qo‘shishni mo‘ljallab yurardim. Qisqacha tezislar tashlab ketilgan. Ayrimlari filmda ochilgan. Kul tagidagi cho‘g‘day ko‘milib yotganlari ham ko‘p.

Xullas, Oyina.uz portalidan Feruza Xayrullayeva maqolaga xaridor bo‘lib, holi-jonimga qo‘ymay, axiyri iydirdi. Olloh qodir qilsa, hali qayta ishlayman...

�Farrux Jabborbek
04/10/2025, 20:16
t.me/farrux_jabborbek/115
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
Repost
244
Assalom alaykum, dorning ogʻochi! Qodiriyning oʻlim yoqasidan toʻrt marta qaytishi

Abdulla Qodiriy ikkinchi marta dor tagiga bir oʻzi bordi. Toʻgʻridan-toʻgʻri maʼnoda. Julqunboy boʻlib. Kalvak maxsum, Toshpoʻlat tajang obrazlari niqobini kiyib (xuddi yurtga qaytgan Alpomish choʻpon Qultoy qiyofasiga kirganday), achchiq-tiziq gaplarni xalqning qulogʻiga quya boshladi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3667

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegra
m | Facebook | YouTube | X
04/10/2025, 17:11
t.me/farrux_jabborbek/114
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
354
jilab-jilab ko‘ringlar 😭😭😭
04/10/2025, 11:19
t.me/farrux_jabborbek/113
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
502
#kino

ASSALOMU ALAYKUM, DORNING OG‘OChI

Abdulla Qodiriy: Otabekdan Obid ketmongacha...

Filmda o‘zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy (1894–1938) hayoti va ijodidan hikoya qilinadi. Didaktik she’rlari, felyeton va hajviyalaridan boshlab "O‘tkan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Obid ketmon" romanlarigacha biografik metod asosida o‘rganilgan.

Yozuvchining umri davomida to‘rt marta dorning tagiga borgani – kichik asarlari uchun qamalgani, Otabek va Anvar siymosida majozan o‘limga hukm qilingani va oxiri o‘zi qatag’onga uchragani hujjatli film sujetini tashkil etadi.

Senariy: Farrux Jabborov, Iqbol Qo‘shshayeva,
Rejissor: Umid Hamdamov,
Operator: Jahongir Ibrohimov,
Rollarda: Erkin Bozorov, Elyorbek Otaboyev, Po‘lat Normatov va b.
Hajmi: 355 MB.

�Farrux Jabborbek
04/10/2025, 11:16
t.me/farrux_jabborbek/112
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
343
#folklor

Va’da qilganimdek, "Malika Ayyor" dostoniga ("Zabarjad Media" nashriyoti, 2024-yil) yozilgan so‘ngso‘zni e’lon qilyapman. Asarni ming-ming yillik ildizlari bilan tushunish uchun kalitlar berilgan. Xalq dostonlarini qanday o‘qish kerak, degan savolga ham javob topish mumkin.

🗣️ ...Xalq dostonlarini tizimli o‘qigan bo‘lsangiz, bir savol tug‘ilgani aniq: nega qahramonlar har gal o‘zga yurt malikalarini olib qochaveradi, bundan bo‘lak tashvishi yo‘qmu ularning?! Yana deng, Go‘ro‘li yoki Avazxon necha-necha hurliqoga uylansa-da, keyingi dostonda ular eslab ham qo‘yilmaydi, doimgi xotinlari bilan yashayveradilar. Men Sizga aytsam, ilk sujetlarda muammo rang-barang bo‘lgan. Badiiy tafakkur ishqiy-romanik bosqichga o‘tish asnosida tinglovchilar talabidan kelib chiqib voqealar markaziga ichkin kechinmalar, his-tuyg‘ular, sevgi sarguzashtlari ko‘tarilgan...

� BATAFSIL

🗄Farrux Jabbor
bek
04/09/2025, 09:13
t.me/farrux_jabborbek/111
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
356
#folklor

"Ay Yola" guruhining "Homay" qo‘shig‘i tegrasidagi savollarga baholi qudrat javob berganman. TV o‘z maqsadi, formati va imkoniyatidan kelib chiqib bir necha daqiqasini efirga uzatgandi. To‘lig‘ini Youtube'ga joyladim.

Aslida judayam to’lig‘i deb bo’lmaydi. Kamera o’chgandan keyin ham gapirganman. Ayniqsa, toshbaqadan qo’rqish, ilik chaqib berish, shaftoli nimaning ramzi ekani haqidagi tushuntirishlardan jurnalist-ku mayli, operator ham mazza qivorgandi))). Bugun boshqa bir tadbirda ko’rishib qoldik, hammasini oqizmay-tomizmay esladi)).

▶️ VIDEO

P.S. Videoga tushmay qolgan gaplarni joyi kelganda Sizlarga ham aytib beraman.

�Farrux Jabborbek
04/08/2025, 18:41
t.me/farrux_jabborbek/110
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
747
#tahrir

❌ Prezident qarori bilan kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi.

Shunaqa sarlavhali xabarlar tarqaldi. Kulgili. Oilalar prezident qaroriga asosan kam ta’minlanganmi?

Gapda aniqlovchi sifatdosh bilan ifodalansa, undan oldingi to’ldiruvchiga bog’lanib qoladi.

Ayni holatda "Prezident qarori bilan" kerak emas. Juda ishlatgingiz kelsa, "oilalarga" so’zidan keyin qo’ygan yaxshi: Kam ta’minlangan oilalarga Prezident qarori bilan elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi. ✔️

�Farrux Jabborbek
04/08/2025, 06:08
t.me/farrux_jabborbek/109
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
282
Turk she’riyati antologiyasini sotib oldim, varaqlab o‘tiribman. She’r o‘qishdan chiqib qolibman. Qalbim qotibdi ancha ((. Lirika sig‘mayapti yurakka. Zudlik bilan sevishim kerak ))). Mana bunaqa ijtimoiy she’rlar yoqyapti 👇

Gilos po‘sti ostida gilos,
anor ichinda anor.
Mening qalbimda esa
butun mamlakatim bor...

Badri Rahmiy Ayyubo‘g‘li (1913–1975)

Tarjimon: Yo‘ldosh Eshbek
Nashriyot: "Akademnashr"

🛒 Sotib olish
04/07/2025, 17:44
t.me/farrux_jabborbek/108
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
263
04/07/2025, 13:13
t.me/farrux_jabborbek/105
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
263
💖💖💖

Yaxshi odamlar Yoʻldosh Eshbekning salomatligidan ko‘p-ko‘p qaygʻuryapti. Har kuni so‘rab-surishtirib telefon qilishyapti, telegramdan yozishyapti.

Bir tadbirkor dori-darmondan yordam taklif etdi. Hozircha ehtiyoj yo‘qligini aytib, bu ko‘makni zaxirada saqlab turibmiz. Ha, do‘stlar, yaxshiliklarni ham kerak paytda ishlatish uchun zahiraga qoldiradigan el ekanmiz 🇺🇿.

Bugun Oybek doʻstimiz ishxonasidan javob olib, shaxsiy tashvishlaridan ortib, alohida vaqt ajratib, shoir va ayolini shifoxonaga olib bordi.

🗄Farrux Jab
borbek
04/07/2025, 13:13
t.me/farrux_jabborbek/107
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
263
04/07/2025, 13:13
t.me/farrux_jabborbek/106
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
509
#folklor

Bizda xalq og‘zaki ijodi yoki mumtoz adabiyot durdonalari odatda davlat ko‘magida nashr etilib, tekin tarqatiladi. Buning yomon tomoni ham bor, kitob egasining qo‘liga yetib bormaydi hisob. Allaqanday tashkilotlar omborida mog‘or bosib yotgan xazinalarni ko‘rganmiz. Shuning uchun xususiy nashriyot – "Zabarjad Media" folklor namunalarini tijorat asosida chop etganini olqishlash mumkin. Kimga kerak bo‘lsa, sotib olaveradi.

O‘zbek xalqining doston, ertak, qo‘shiq, maqol, topishmoqlaridan iborat turkumlikda "Malika ayyor" dostoni ham bor. Mening achchiq ichakday cho‘zilgan dissertatsiyam mavzusi – "Malika Ayyor" dostoni variantlari va sujet tarkibi". Askiya qilib aytganda, umrimni ayyor malikalarni variantlari bilan o‘rganishga bag‘ishlavordim )))

"Zabarjad Media" nashriyotining folklor loyihasi uchun "Malika Ayyor" dostonini ixchamlashtirib nashrga tayyorlagan ham kamina. Kitobga so‘ngso‘z yozganman. Asarni ildizlari bilan tushunish uchun kalitlar berilgan. Kanalda e’lon qilaman.

�Farrux Jabborbek
04/07/2025, 05:58
t.me/farrux_jabborbek/104
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
519
Shu paytgacha yigʻilgan mablagʻ
64 018 724 soʻm boʻldi.

15 ta kitob sotildi.

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)
👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)
👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)
04/06/2025, 08:07
t.me/farrux_jabborbek/103
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
720
Yoʻldosh Eshbek bilan turli yillarda turli nashrlarda chiqqan suhbatlarni oʻqib, ishonchim mustahkamlandi: insonni dard ulgʻaytiradi.

Shoir faqat sheʼrlarida emas, kundalik suhbatlarda ham Til, Adabiyot, Vatan, Millat, Inson deb qaygʻuradi. Uni oʻzining roʻzgʻori butligidan koʻra xalqining qalbi toʻqligi koʻproq oʻylantiradi.

"XXI asr" gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalil buyurtmasi bilan Yoʻldosh Eshbek publitsistikasidan iqtiboslar saraladim.

Material “XXI asr” gazetasining 2025-yil 3-apreldagi 13-sonida “Xalqni adabiyot boshqaradi” sarlavhasi bilan nashr qilindi.

BATAFSIL ��https://oyina.uz/uz/article/3643

🗄Farrux Jabborbek
04/05/2025, 06:08
t.me/farrux_jabborbek/102
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
826
Shu paytgacha yigʻilgan mablagʻ
56 940 481 soʻm boʻldi.

8 ta kitob sotildi.

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)
👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)
👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)
04/04/2025, 07:24
t.me/farrux_jabborbek/101
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
4.3 k
💞💞💞

Katta elmiz(mi), deya boshlangan ishimiz yalpi harakatga aylanib borayotgandek... Ustoz Yo‘ldosh Eshbekka yordam berishga ko‘pchilik shoshilmoqda, tanish-notanishlar qo‘ldan kelgancha ko‘maklashmoqda.

O‘zbekistondagi 🚩🚩 nashriyot – “Akademnashr” doimgidek xayrli tashabbus bilan chiqdi. Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi bilan chop etilgan “Turk she’riyati antologiyasi”ning sotuvidan tushgan mablag‘ to‘lig‘icha tarjimonga beriladigan bo‘ldi.

📗 Kitobda Yunus Emro, Mehmed Akif Erso‘y, Yahyo Kamol Bayotli, Oshiq Vaysal Shotiro‘g‘li, Shukufa Nihol Bashar, Ali Mumtoz Oro‘lot kabi turk xalqining taniqli shoirlari ijodi bilan tanishishingiz mumkin.

Kitob: Turk she’riyati antologiyasi
Tarjimon: Yo‘ldosh Eshbek
Nashriyot: Akademnashr
Narx: 😇😅 😇😇😇 so‘m.

Shoshiling, kitobdan 690 dona qolgan.

Kitobni sotib olish uchun quyidagi kartalardan biriga pul o‘tkazib, chekini ushbu botga yuboring.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)
👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)
👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

🚀 Toshkent shahri bo‘ylab va viloyatlarga yetkazib berish xizmati bor.

🗣️ Men qozondagi toshlarning sholg‘omga aylanishiga chin dilimdan, qattiq ishonaman. Buning uchun qattiq istash, ojiz ko‘zdan yosh chiqishi kerak. © Yo‘ldosh Eshbek
04/03/2025, 13:06
t.me/farrux_jabborbek/100
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
Repost
689
O‘zbekning og‘ir sharoitda qolgan katta shoiri Yo‘ldosh Eshbek bilan suhbat


Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda taniqli shoir va tarjimon Yo‘ldosh Eshbekning ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgani haqida xabar va xayriya postlari e’lon qilindi. Bu haqda birinchi bo‘lib yozgan jurnalist Farrux Jabborovga ko‘ra, shoir ayni vaqtda Chilonzor tumanidagi sobiq yotoqxonaning bir xonali tor oshxonasida, ayoli, ikki nafar nogiron farzandi va nabiralari bilan yashamoqda. O‘zining esa ko‘zlari ko‘rmay qolgan.

“Bugun turkiy dunyoning katta shoirlaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yoʻldosh Eshbekni yoʻqladik. Koʻzlari koʻrmay qolibdi. Yostiqday kitobni koʻrsatib, yarmigacha tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi, deb oʻkindi. Yangi sheʼrlarini ham qogʻozga tushirishga qiynalyapti ekan.
Turnakoʻz buloq qaynab yigʻlashi haqida sheʼr oʻqib berdi. Oʻzi yarmini olib chin dunyoga ketishi, yarmini esa yolgʻon dunyoga qoldirishi haqidagi sheʼri...

Nima deyishga ham hayronman. Boringlar, xabar olinglar, desammi. Davolataylik, chogʻroq uy olib beraylik, desammi. Oʻzbek katta el...mikan?” – deb yozdi u o‘zining facebook sahifasida.

Vatandosh TV muxbiri shu kabi xabarlardan keyin holidan xabar olish maqsadida taniqli shoir yashayotgan uyda bo‘ldi va u bilan she’riyat, shoir ijodi va uning bugungi kunlari haqida qisqa suhbat qurdi.

Eslatib o‘tamiz, shoir Yo‘ldosh Eshbek uchun boshlangan xayriya davom etmoqda va unga yordam berishni xohlaganlar ushbu karta raqamlariga mablag‘ o‘tkazishlari mumkin:

UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)
👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)
👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

�👉 https://youtu.be/NVDaMn3R_7M

@haqiqatdaI
lyos
04/02/2025, 20:15
t.me/farrux_jabborbek/99
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
541
Мен қозондаги тошларнинг шолғомга айланишига чин дилимдан, қаттиқ ишонаман. Бунинг учун қаттиқ исташ, ожиз кўздан ёш чиқиши керак.

Йўлдош Эшбек

Суҳбатдош: Маҳмуд САЪДИЙ
“Йўқни йўндирмоқ керак!..” суҳбати. “Ҳуррият” газетаси, 1998 йил 4 март, № 9

�Farrux Jabborbek
04/02/2025, 15:27
t.me/farrux_jabborbek/98
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
201
O‘ylangan o‘ylar-la ko‘ngil yupanmas,
Ko‘ngilning istagi o‘y bilan qonmas,
Aytalar: bu tunda yoruq sham yonmas,
Chaqmasa gugurtni asil o‘g‘illar...

Cho‘lpon
"Uyg‘onish". Toshkent, 1922

�Farrux Jabborbek
04/02/2025, 11:46
t.me/farrux_jabborbek/97
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
339
Endi Andijon masjidlarida sovuq suvga tahorat olinsa kerak 🙃😥😃
04/01/2025, 20:50
t.me/farrux_jabborbek/96
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
433
46 726 515 soʻm tushdi.

Oy boshida maoshlar olinib, ehsonning ikkinchi toʻlqini boshlanyapti.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)
👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)
👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Biringizga ming bersin🤲
04/01/2025, 09:40
t.me/farrux_jabborbek/95
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
408
#folklor

Har gal kimdir nima bilandir muvaffaqiyat qozonsa, nega biz emas, axir oʻzimizda ham bor-ku, deb qolamiz. Masalan, koreys yoki turklarning tarixiy seriallarini koʻrganda buyuk oʻtmishimiz haqida bahslashib ketamiz. Bunaqa paytda "Uyda atlas ishtonim bor mening..." deya qochirim qilinadi.

Boshqird qardoshlarning "Ay Yola" guruhi "Oʻrol botir" dostoni motivlari asosida qoʻshiq aytib mashhurlikka erishgach, oʻzimizda ham folklor borligi koʻpchilikning esiga tushib qoldi.

Boʻlganda qandoq?! Jahonda folkloridan 100 jildli turkum chop etishga qodir xalqlar sanoqli. Bizda shu ulkan loyiha boshlangan, hozirgacha 40 jild - har biri yostiqday keladigan 40 kitob nashr qilindi. Bardavom boʻlsin🤲

Turkiya barcha qardoshlar folkloridan 200 jild chiqara boshlagan edi, shuning 44 jildi oʻzbek xalq ogʻzaki ijodidan iborat boʻlishi aytilgan. Yaʼni beshdan biri. Vaholanki, 30 dan oshiq turkiy el bor.

Xullas, folklorshunos Shomirza Turdimov yaxshi aytgan: biz qanday katta xazinaning ustida yalangʻoch oʻtirganimizni hali oʻzimiz bilmaymiz😃😥 (chunki bitta-yu bitta atlas ishtonimizni ham kiymasdan, uyda saqlaymiz).

Folklorga muzey eksponati deb qaramaslik kerak. Folklor tirik jarayon. Bugun ham yashashda davom etishi, buning uchun esa bugungi oʻquvchi, tomoshabin ehtiyojlariga javob beradigan tarzda rivojlantirilishi zarur.

Folklor bilan trendga chiqish oson. Chunki xalq ogʻzaki ijodida bir necha asrlik emas, ming-ming yillik kodlar yashirin. Bunday tilsimlar ohanglarda, ramz, obraz va motivlarda boʻlishi mumkin.

Bizda folklorni biladiganlar, ochigʻi, zamon karvonining ozgʻin tuyalarida kelmoqda. Ildamlarimiz esa karvondan uzab ketib, chet elning xoʻrozqandini yotvolib yalamoqda. Ikki toifa bir-biriga muhtoj, biroq oʻzaro hamkorlik ehtiyojini his qilmayaptilar.

Mustaqil davlati yoʻq boshqird qardoshlar bizga, oldidan oqqan suvning qadrini bilmaydigan oʻzbeklarga oyna tutdi. Biz bu koʻzguda oʻzimizni koʻra olamizmi?!

"Mening yurtim" (MY5) telekanali "Gapiring+" koʻrsatuvida shu haqda gapirdim.
03/31/2025, 22:39
t.me/farrux_jabborbek/94
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
Repost
1.3 k
DO'STIM TOJIDDINGA
(Xalq ohangida)

Yo'ldosh Eshbek she'ri

@erkinbozorovv
03/30/2025, 14:37
t.me/farrux_jabborbek/92
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
821
41 105 894 tushdi.
03/30/2025, 09:27
t.me/farrux_jabborbek/91
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
Repost
927
🌙 #qutlov

🌙 Ramazon hayiti qutlug‘ bolsin!

Shunday saodatli damlarga yetkazgani uchun Alloh taologa behisob shukronalar bo‘lsin!

Sidqidildan qilgan duo va niyatlarimiz, ehson va amallarimizni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul aylasin!

Ilohim, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!

Yaratganning o‘zi el-yurtimizni panohida asrasin!

🌐 Sayt ✈️ Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama
03/30/2025, 05:10
t.me/farrux_jabborbek/90
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
490
33 444 056 tushdi. +8$
03/29/2025, 17:54
t.me/farrux_jabborbek/89
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
1.1 k
26 124 618 tushdi.
03/29/2025, 11:07
t.me/farrux_jabborbek/87
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
762
19 182 117 soʻm tushdi.
03/29/2025, 06:51
t.me/farrux_jabborbek/86
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
1.2 k
8 487 365 tushdi.
03/28/2025, 22:13
t.me/farrux_jabborbek/84
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
688
2 608 000 tushdi.
03/28/2025, 20:31
t.me/farrux_jabborbek/83
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
5.6 k
Oxirgi postimga juda ko‘p munosabat bildirildi, qarab turmaymiz, yordam berishga shaymiz, degan izohlar yozildi. Elning daldasi umid bag‘ishlab, ulug‘ ayyom kunlari yana bir post qo‘yishga qaror qildim.

Yo‘ldosh Eshbek xalqimizni milliy ozodlikka boshlagan shoirlardan biri. Shunday shaxsning xor-u zorlikda yashashiga tomoshabinlik qilish bizga yarashmaydi. Eng yomoni, bu ahvol surunkali ravishda davom etmoqda. Shoir sovet davridayoq ta’qibga uchragan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ham ro‘shnolik ko‘rmagan, 10-15 yilcha uy qamog‘ida saqlangan. Bu, tabiiyki, oilani uch-quyruqsiz muammolar zanjiriga giriftor qilgan. Ko‘pchilik ziyolilar vaziyatni oldindan yaxshi biladi (sabablarini ham), imkon qadar ko‘mak berib keladi.

Yo‘ldosh Eshbek “Yig‘layotgan qiz” timsolida butun dunyodagi barcha ezilgan mazlumlarga, hayotda ko‘p aldangan soddadillarga hamdard, hasratdosh bo‘ldi. Ne tongki, o‘zining ham qismati “yig‘layotgan qiz”ga aylanib ketdi.

Bu dunyo aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo aslida yig‘layotgan qiz!

Biror yillar ilgari borganimda Yo‘ldosh Eshbek sobiq yotoqxonaning bir bo‘lmasida yashardi, har holda. Keyin oshxonaga ko‘chib chiqibdi. Oilaviy sharoit shuni taqozo qilgan. Kamida besh jon tiqilib kun kechirmoqda: ota, ona, o‘g‘il, qiz, nabira… Ustiga ustak, shoirni xastaliklar qiynayapti: qand kasali bor, ko‘z ko‘rmay qolgan, o‘t azob beradi… Shu holida ham ijoddan to‘xtagani yo‘q. Og‘riqlar orasida she’rlar bitadi, ulug‘ ulamolarimizdan tarjimalar qiladi (aytib turib yozdirsa kerak).

Avvalgi postim ijtimoy tarmoqda keng tarqalib, yaxshi odamlar amaliy yordam taklifi bilan chiqdi, manzilini surishtirgan ham ko‘p bo‘ldi. Menimcha, hamma uyiga borib, bezovta qilmagani durust. Xijolatli... Do‘stlar bilan kengashib, eng to‘g‘ri yo‘l plastik kartaga ko‘mak yig‘ish deb o‘yladik. Shoirning o‘zi bu haqda eshitishni ham istamadi. Shuning uchun shaxsiy karta ma’lumotlarimni e’lon qilyapman.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)

👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Olganing – birovniki, berganing – o‘zingniki, deganlar. Katta elmiz, bir g‘ishtdan qo‘yib, osmono‘par minorlar tiklaganmiz. Millatim deb yashagan shoirini millatimiz yolg‘iz qo‘ymasligiga ishonaman. Imkoningiz boricha yordam qilsangiz quvonaman, imkoningiz bo‘lmasa tushunaman. Postning ko‘proq odamga yetib borishiga hissa qo‘shing �

🗄Farrux Jabb
orbek
03/28/2025, 19:35
t.me/farrux_jabborbek/82
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
4.7 k
Bugun turkiy dunyoning katta shoirlaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, sobiq yotoqxonaning oshxonasida (бывший общежитиенинг кухнясида) yashayotgan Yoʻldosh Eshbekni yoʻqladik.

Koʻzlari koʻrmay qolibdi. Yostiqday kitobni koʻrsatib, yarmigacha tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi, deb oʻkindi. Yangi sheʼrlarini ham qogʻozga tushirishga qiynalyapti ekan.

Turnakoʻz buloq qaynab yigʻlashi haqida sheʼr oʻqib berdi. Oʻzi yarmini olib chin dunyoga ketishi, yarmini esa yolgʻon dunyoga qoldirishi haqidagi sheʼri...

Nima deyishga ham hayronman. Boringlar, xabar olinglar, desammi. Davolataylik, chogʻroq uy olib beraylik, desammi. Oʻzbek katta el...mikan?

�Farrux Jabborbek
03/27/2025, 21:43
t.me/farrux_jabborbek/79
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
4.7 k
03/27/2025, 21:43
t.me/farrux_jabborbek/78
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
4.7 k
03/27/2025, 21:43
t.me/farrux_jabborbek/77
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
997
Burnogʻi yili Andijon bozorlaridan birida pichoqbozlik boʻlganida ajoyib tadbir oʻylab topilgan: bozordagi barcha pichoqlarning uchi qirqib chiqilgan edi )).

Viloyat va shahar hokimlari antiqa qiliq koʻrsatganida xavotirlanib oʻtirdim, endi mutasaddilar qanday chora koʻrishar ekan, deb))).

Jiddiy gapga qaytsak, bizda muammoni hal qilishning tipik usuliga yaxshi namuna boʻlgan oʻsha pichoqlarni toʻmtoqlashtirish operatsiyasi.

Toʻrtta tirraqini deb toʻrt million aholini jazolaymiz. Kuch ishlatar tizimlarning kuchi yoppasiga taqiqlashga yetadi. Hamma yoq tambalab tashlansa, qorovulga na hojat?!

�Farrux Jabborbek
03/26/2025, 12:16
t.me/farrux_jabborbek/76
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
2.2 k
Ustoz Shomirza Turdimov bilan "Oyina podkast"da piyoda-gurung qildik ))

00:00 - Nima haqda gaplashamiz?
01:16 - Alpomish dostoni qaysi xalqniki?
15:12 - Alpomish va Odisseya dostoni o'xshashliklari
27:22 - Folklorning mohiyati
29:10 - Qo'rqoq ong boshqaruvi oqibatlari
44:26 - Merokratiya – munosiblar hokimiyati qanday bo'lishi kerak?
51:54 - Shomirza Turdimovning eng katta kashfiyoti
1:02:12 - Xalqning uyg'onish davri qachon boshlanadi?
1:08:05 - Alpomish dostonidagi qahramonlar siri
1:23:18 - Qultoy va Hasanalidagi o'xshashlik nimada?
1:30:21- O‘zbek ertaklar shunchaki oddiy cho‘pchak emas.

👉 VIDEO

🗄Farrux Jabborbek
03/24/2025, 19:27
t.me/farrux_jabborbek/75
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
Repost
91
#qutlov

Yilboshi – Navroʻz muborak boʻlsin!

Turkiy muchal boʻyicha
ilon (xazina) yili qutlugʻ kelsin!

Ilon folklorda donolik timsoli boʻlib, xazinani qoʻriqlab yotishi aytiladi. Yangi yilda barchamizning bilimimiz ham, bisotimiz ham, koʻnglimiz ham boyisin! 🤲

� Sayt ✈️ Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama
03/21/2025, 09:38
t.me/farrux_jabborbek/74
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
50
Testga izoh: 1) oʻn yillik doʻst, oʻn yillik dard; 2) XX asrning uchinchi oʻnyilligi (1930-yillar), kelgusi oʻnyillik rejasi; xuddi shunday qoida "miloddan avvalgi uchinchi mingyillik" yoki "oʻn beshinchi yuzyillik" kabi birikmalarda ham amal qiladi.

Bu juda oddiy narsa-ku, deyishingiz mumkin. Lekin 220 nafar ishtirokchining 70 foizi testni xato yechibdi 😥

🗄Farrux Jabborbek
03/20/2025, 22:30
t.me/farrux_jabborbek/73
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
Repost
49
03/20/2025, 18:49
t.me/farrux_jabborbek/72
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
89
#tahrir

Keyingi ikki oyda dunyoning eng mashhur sportchilaridan biri o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov bo‘ldi desak, mubolag‘a emas (gazetadan). ❌

Mana shunday holatda vergulni "desak"dan oldinga olgan yaxshi. To‘g‘ri, -sa qo‘shimchasidan keyin vergul qo‘yiladi, deb o‘rgatishgan. Shu bilan birga, boshqa qoidaga ko‘ra, "demoq"dan avval ham vergul talab etiladi. Ikki tarafidan tinish belgisini tirkaydiganlar ham topiladi. Yuqoridagi vaziyatda "desak mubolag‘a emas" ifodasini asosiy mazmunga qo‘shimcha ma’no beradigan yaxlit birikma deb olish kerak va vergulni mana shu chegaraga qo‘yish kerak.

Keyingi ikki oyda dunyoning eng mashhur sportchilaridan biri o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov bo‘ldi, desak mubolag‘a emas. ✅

�Farrux Jabborbek
03/19/2025, 12:41
t.me/farrux_jabborbek/71
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
106
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

Vatan haqidagi “kindik qoni to‘kilgan tuproq” singari iboralarimiz eskirdi, nazarimda. Bugungi insonga Vatanni ulkan korporatsiyaga qiyosan tushuntirgan ma’quldek: shirkat qancha ko‘p daromad topsa, har birimizning turmushimiz yaxshilanib boradi; aksincha, inqirozga yuz tutsa, xonavayron bo‘lamiz. Shunday talqin qilinsa, jamiyatdagi munosabatlar ochiq-ravshan, “o‘yin qoidalari” hammaga tushunarli bo‘larmidi? Ammo ikkilanib ham qolaman ba’zan, tashmachilik, talonchilik maynasiga urib ketgan olomonga “Vatan bu – korporatsiya!” desak, ochofat ishtahalarni qitiqlab, o‘mar-o‘marga ma’naviy huquq berib qo‘ymaymizmi? Axir, ayrimlar uchun ishxonasidan hechqursa bir poy paypoq o‘g‘irlab chiqish “milliy mafkura” darajasiga ko‘tarilgan-da!

Ustoz Mahmud Sa’diy bilan ana shunaqa chigal masalalarda ko‘p gaplashardik, bahslashardik. Har bir odam Vatanni sotishi mumkin: mansabiga qarab, kim ko‘proq, kimdir kamroq porsiyalarda (atayin taom o‘lchovini ishlatdim). Domla suhbatlarimizda yapon fantast yozuvchisi Sakyo Komatsuning (1931–2011) “Yaponiya sotuvga qo‘yiladi” hikoyasini bot-bot eslardi. Kunchiqar o‘lka adabiyotida belgili o‘rin egallagan adibning “Alvido, Yupiter”, “Ajdarho halokati”, “Virus” kabi romanlari tilga tushgan. Asarlari asosida suratga olingan filmlar muallifning shuhratiga shuhrat qo‘shgan. Tirikligidayoq, 1993-yili yangi kashf etilgan asteroidga Komatsu nomi berilgan.

“Yaponiya sotuvga qo‘yiladi” hikoyasida, qarangki, bir mayda firibgar butunboshli mamlakatni pullavoradi. Keyin osmondan tushgan to‘r Yaponiyani baliq kabi ildiradi-da, fazoga olib chiqib ketadi. Ustoz har gal shu joyini aytayotganda qo‘lini shalviratib, aniq harakatlar bilan ko‘rsatardi. Mening xayolimda esa bekatlar, daraxt-u ustunlarga yopishtirib tashlangan “продаётся...” qog‘ozchalari chappar urar, e’lonlarda uylar emas, turli davlatlar nomi yozilgani ko‘z o‘ngimga kelar edi.

“Do‘kon sotiladi”, “Hovli sotiladi”, “Yer sotiladi” – olaquroq chorlovlar orasida “Vatan sotiladi” degani ham bo‘lsa-ya!.. Bulturmidi, onlayn platformada Toshkenti azim sotuvga qo‘yilishi haqida e’lon tarqaldi. Darrov Mahmud Sa’diy yodimga tushdi. Agar hayot bo‘lganida, albatta, “xushxabar”ni yetkazardim. Ehtimol, huzuriga borardim. Telefondan ko‘rsatganimga qanoat qilmay, qog‘ozga chiqarib kelishimni tayinlardi. So‘ng qaltiroq barmoqlarida qalam tutgancha matnni tahrirlashga kirishardi – “kasb kasalligi”. Imlodagi ilk xatolarni tuzatayotib, hushyor tortar va niyatidan qaytar edi. E’lonni hijjalab o‘qib chiqqach, odatiga ko‘ra og‘zini kafti bilan bekitib, lekin xandon otib kulardi. “Adabiyotning hayotga ko‘chgani shu-da!” deya Komatsu hikoyasini tilga olardi. Bozirgon yigitcha jarimaga tortilganini eshitib, i-ya, bu faqat e’lon beribdi-ku, hayotda shu ishni qilib yurganlarni jazolamaysanmi oldin, deya jig‘ibiyron bo‘lishi ham aniq edi.

Domla vatanfurushlarga ayovsiz edi. Ayniqsa, o‘sha kezlar ancha-muncha ziyolilar ham mukkasidan ketgan o‘qishga kiritish “biznes”i bilan kelisholmasdi: “Bu millatga xiyonatdir! Bir ahmoqni boshingga chiqarib olasan! Shusiz ham urchib yotgan boshsiz boshliqlarni yana ko‘paytirasan”. “Men qilmaganim bilan, boshqa “hojatbaror” topiladi. Undan ko‘ra soqqasini olganim yaxshi-ku”. “Bugun sen harom yo‘ldan qaytsang, ertaga yana kimdir ortingdan ergashadi. Millat ana shunday bitta-bittadan tozarib borishi kerak!”

davomi ⤵️

�Farrux Jabborbek
03/18/2025, 23:29
t.me/farrux_jabborbek/69
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
118
boshi ⤴️

Yaqinda esladim o‘sha suhbatni. Ijtimoiy tarmoq faollari bilan gurungda “xalqning kuni kimlarga qolgani”dan yozg‘irdik. Tarixchi akamiz falonchi amaldor chalasavod ekani, shaxsan o‘zi uni universitetga kiritib qo‘yganidan gap ochdi. Argument tagida dahshatli argument bor edi. Ammo yuz-ko‘z issiq – indamadim. Oradan o‘n kun o‘tdimi-yo‘qmi, o‘sha rahbarning noqonuniy qilmishi ovozasi olamni tutdi. Mening o‘rnimda Mahmud Sa’diy bo‘lsa edi, boyagi olimga xalqning qarg‘ishlaridan sen ham benasib qolmaysan, o‘sha vallamatning jinoyatlaridan sening amal daftaringga ham gunoh yozilib turadi, deyishi tayin edi. Toma-toma ko‘l bo‘lur, deya kularmidi oxirida.

Sa’diy domla bilan bir gurungda, ehtimol, yuzinchi martadan so‘ng, namuncha ko‘p eslaysiz shu Komatsuni, deya gustohlik qilganim ham yodimda. Hali ko‘p eslaymiz, degan edi ustoz tagdor ohangda...

Rahmatli “Yaponiya sotuvga qo‘yiladi” hikoyasini o‘zbekchaga o‘girmoqchi bo‘lib yurardi. Bu ishni birgalikda qilishga ham kelishgan edik. 2009-yili taglama tarjima tayyorlashga unnab ko‘rdim, yarmidan oshdi-yu, chala qoldi. Bir tarafi, ustozdan o‘tgan yalqovlik, boshqa tomondan, asar milliy muhitda qayta yaratilmasa, ta’sirli chiqmaydigandek tuyuldi. Keyinchalik o‘zim shu mavzuda bir nima qoraladim. Nashr etadigan mard topilmay, g‘aladonga bandi etildi...

Mahmud Sa’diyning bul armonini ushaltirish mutarjim Shohsanam Ro‘zimat qiziga nasib qilgan ekan. “Tafakkur”da bosilayotgan hikoya tarjimasining ana shunday tarixi bor. Ustozning esa hali amalga oshmagan vasiyat-rejalari ko‘p. Ularni birma-bir ro‘yobga chiqarishning uddasidan chiqar shogirdlar. Ehtimol, o‘shanda yapon adibini eslashga hojat ham qolmas...

Hikoya “Tafakkur” jurnalining 2023-yilgi 3-sonida chiqqan.

�Farrux Jabborbek
03/18/2025, 23:29
t.me/farrux_jabborbek/70
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
241
Pandemiya payti Oybek haqidagi kitoblarni muk tushib oʻqidim. Senariy yozishim kerak edi. Ijodkor shaxsi koʻz oʻngimda bor boʻyi bilan gavdalandi. Oybekning bir tup naʼmatak quyoshga bir savat oq gul tutib turgan qoyasidan turib atrofga qaradim. Shunday yirik oʻljaning odam ovidan omon chiqqaniga hayron qoldim. Stalin jodisi qirqib oʻtmasligi uchun yo maydaroq boʻlish, yo eng qaltis vaziyatda tigʻ bilan parallel oʻrnashib olish kerak edi. Ikkinchisini eplaganlar boʻldi. Biroq xayolparast shoirni bu safga qoʻshib boʻlmasdi.

Savol mendan avval ham koʻpchilikni oʻylantirgan, turli versiyalar ilgari surilgan ekan. Emishki, roʻyxatda nomini koʻrib, moskvalik doʻstlari oʻchirib tashlagan (SSSR yozuvchilar uyushmasi raisi Fadeev najotkotga chiqariladi). 1950-yillar qirgʻini haqida gap ketganda, ehtimol, ushbu talqinda oz-moz ishonch uchqunlar. Lekin 1937-yil qatagʻoni boshqa vaziyat: shoir qizil boshkentda hali hech kim bilan qatiq yalashmagan edi.

Xullas, olimlar ilgari surgan barcha ehtimollar meni qanoatlantirmagan. Mana, oradan besh yil oʻtib, yana Oybek mavzusiga murojaat qilyapman. Bu gal endi davri bilan birga oʻrganishga intildim va... u 1937-yili chini bilan NKVD toʻri uchun mayda baliq boʻlganini angladim. Balki Oybek 1930-yil tegrasida adabiyotni emas, iqtisodiyotni tanlaganida "katta qirgʻin" uchun tayyorgina goʻsht boʻlardi.

Gap shundaki, biz qatagʻonda boy berilgan milliy salohiyat koʻlamini toʻla his etmaymiz. Mabodo 1937-yili Oybek qurbon boʻlganida bugun unga umummilliy eʼtirofning gʻarbona ramzi sifarida haykal qoʻyilmas edi. Chunki adabiyotga asosiy xizmatini keyin qildi: "Qutlugʻ qon", "Navoiy", "Bolalik", asr oshgan xastalik sheʼrlari. Avvalgi ijodini kamsitmaymiz, albatta. Ayniqsa, yoshlikdagi siyosiylashmagan sof lirikasi tahsinga loyiq.

Oybekka hali "egsa boʻladigan xom novda" tashxisi qoʻyilgan, shekilli. Sovet adabiyotini ham kimlar bilandir yaratish kerak edi-ku, yolgʻon siyosatga xalqni ishontirish uchun isteʼdodlarga nihoyatda katta ehtiyoj sezilardi. Osori atiqa boʻlaman degan oltindan axiyri tilla tish yasadilar.

Oybekni ayblamoqchi emasman. Zalolat botqogʻidan harna toza chiqishga, millat bolalarini maʼrifatsiz qoldirmaslikka, kurashni toʻxtatmaslikka tirishdi. Hozir oʻylanib qolganim, qancha oybeklarimiz juvonmarg ketgan: roʻyobga chiqmagan talantlar, ishga solinmagan salohiyatlar. Faqat adabiyotda emas, barcha sohada: ilm-fan, harbiy jabha, siyosat, iqtisod...

Toʻqsonning aldamchi iliq-miliq havosiga ishonib gullagan bogʻ misoli bor hosilidan ayrilib qolgan millatimiz 😭

🗄Farrux Jabborbek
03/16/2025, 21:47
t.me/farrux_jabborbek/68
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
24
Bir elning bir otadan tarqalgani haqidagi rivoyatlar to‘qima, lekin bu el ichida birdamlik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Aslida etnos tarixan ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar asnosida birlashib yashash ehtiyojidan tuziladi. Kuchli qabilalar tarkibiga kamsonli urug‘lar qo‘shilib ketadi.

�Farrux Jabborbek
03/12/2025, 23:13
t.me/farrux_jabborbek/67
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
10
⚙️ Butun dunyoda adolat oʻrnata olmasligimiz aniq. Butun jamiyatda ham adolat oʻrnatish imkonimizdan tashqari. Keling, qoʻlimiz yetgan joygacha adolat qilaylik.

Halim Said,
"Maʼrifat" gazetasining sobiq bosh muharriri

Halim Said oʻz soʻziga amal qilib, tahririyatda adolatli muhit yarata oldi. Natijada "Maʼrifat" gazetasi mamlakatda eng ilgʻor, eng oʻqishli, eng boy nashrlardan biriga aylandi.

Jahonning olis mamlakatlaridagi buyuklarning aforizmlarini aytib yurishni yoqtiramiz. Oʻz atrofimizdagi donolar fikrini yoyish ikki jihatdan muhim: 1) bizda ham aqlli va yaxshi odamlar koʻpligiga dalolat qilib, jamiyatda ishonch muhitini mustahkamlaydi; 2) ular oʻzimizdagi sharoitdan kelib chiqib fikr aytadi va shunisi bilan amaliy ahamiyati va kundalik hayotimizda qoʻllash zarurati yuqori boʻladi.

�Farrux Jabborbek
03/11/2025, 15:30
t.me/farrux_jabborbek/66
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
10
"Alpomish" va "Odesseya" dostonlari orasidagi parallellar, turli xalq ertaklaridagi o‘xshashliklar ko‘p bahslarga sabab bo‘ladi. Kim kimdan ko‘chirgan, degan savol ko‘ndalang qo‘yiladi.

Mifologiya maktabi vakillari ertak va dostonlar qadimgi mifik tafakkur mahsuli, proto-mifning talqinlari ekanini aytib chiqishgan (XIX asrning birinch yarmi, Germaniya). Qadimiy merosni ideallashtirish, milliy ruhni kuchaytirishga moyillik seziladi.

Migratsiya maktabi (sayyor sujetlar nazariyasi) holatni xalqlarning ko‘chishi, tarixiy-madaniy aloqalar asnosida ertaklar ham keng yoyilgani bilan bog‘lagan (XIX asrning o‘rtalari, Germaniya). Nisbatan kengroq masshtabga chiqilgan. Ammo baribir oriylik da'volariga qorishiq.

Antropologiya maktabi dunyoning turli burchaklarida yashab kelgan xalqlar folkloridagi mushtaraklikni odamzotning umumiy tabiati, ruhiyati va tafakkurining tarixiy darajasidagi o‘xshashligi bilan tushuntiradi (XIX asrning ikkinchi yarmi, Buyuk Britaniya). Bu nazariya sujetlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi nazariyasi deb ham ataladi.

Barcha xalqlar madaniy taraqqiyotning umumiy bosqichlarini bosib o‘tadi va oldingi davrlarning izlari saqlanib qoladi, degan xulosa keyingi folklorshunoslik tadqiqotlariga metodologik asos bo‘ldi. Shaxsiy fikrim, ushbu nazariya olamni birbutun anglash, umuminsoniy qadriyatlarni ustuvor qo‘yish, global dunyo sari qadam bosishga ham xizmat qilgan.

Folklorshunos Shomirza Turdimov badiiy matnni tadqiq etishda sujetning izini quvmasdan (zotan, xalq og‘zaki ijodida motivlar o‘xshash bo‘lishi bugun hecham hayratlanarli emas, ilmiy jihatdan yechilgan masala), qaysi xalq qanday holda saqlab va sayqallab kelayotganini o‘rganish tarafdori. Ustozning fikriga qo‘shilaman.

Ha, biz jahon ilm-fanida bir yarim asr avval hal qilingan jumboq atrofida bahslashayapmiz.

�Farrux Jabborbek
03/10/2025, 23:00
t.me/farrux_jabborbek/65
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
9
Yoki erkaklarimizni Rossiyaga, ayollarimizni Turkiya, Koreya, Xitoyga eksport qivorib, muammodan qutulib qo‘ya qolamizmi)))

�Farrux Jabborbek
03/10/2025, 21:42
t.me/farrux_jabborbek/64
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
9
Turkiya, Koreya va mana endi Xitoyga erga tegib ketayotgan qizlarimiz haqida o‘yladim. Milliy mentalitetimizdan kelib chiqsak, bu tendensiyani umuman oqlab bo‘lmaydi, albatta.

Modomiki kelin eksporti ortga qaytmas jarayon ekan, hechqursa o‘zlik masalasini qo‘ya olamizmi? Menimcha, o‘zbek bo‘lish moda emas, o‘zligimiz ham yengilsa keragov. Musulmonlik omili ish beradigan ko‘rinadi. Milliy va diniy o‘zlik ustida ishlash nihoyatda dolzarblashib bormoqda.

�Farrux Jabborbek
03/10/2025, 21:38
t.me/farrux_jabborbek/63
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
9
Xakasiyaga borganimizda biz ruslarni oqquloq deymiz, sizlar-chi, deb so‘radik hazilaralash. Dabdurustdan berilgan savolimiz javobsiz qoldi.

Bir muddat o‘tib, biz rus erkaklari bilan ishimiz yo‘q, lekin rus ayollarini ... deymiz, dedi yo‘ldoshimiz. Anglolmay qoldik va ma'nosini so‘radik. Bezotkaz degani ekan. Kulishdik.

Biroq uzoq vaqt "russkaya dusha"ning sirini o‘ylab yurdim. Bizda ayollarimizni boshqa millatlardan qizg‘onish qadriyati bor va bu o‘zlikni asrashga xizmat qiladi. Ruslarniki-chi?

Eslasangiz, sovet mustamlakachiligi instrumentlaridan biri slavyan ayollarga uylangan mahalliy kadrlarni qo‘llab-quvvatlash edi. Kimning xotini o‘ris bo‘lsa, tezda mansab-martabasi o‘sgan.

Natijani ko‘rib turibmiz, ularning bolalari o‘zbekka begona bo‘lib qoldi. Rus ayollari bolalarini rus qilib tarbiyaladi. Bugun ham kuchli, bilimli va boy rusparast elitamiz jabrini chekmoqdamiz.

O‘zaro suhbatlardan sezdimki, Ukraina urushiga otlangan xakas yigitlariga motivatsiya mo‘maygina puldan tashqari frontda "rus qizlarining bemalolligi" ham ekan. Yana, avtoritar rejimda yashayotgan jamiyatlarga xos umidsizlik, maqsadsizlik, hayotdan zerikish...

Rossiya imperialistlari qaysi asrdan boshlab ayollariga bu mafkurani singdirgan? Qachondan beri mustamlakachilikda armiyadan tashqari "russkaya dusha" quroli ham bapbaravar ishlatila boshlangan?

Demografik siyosatda katta millatga aylanish va bugun ham nufus orqali nufuzni asrab qolish uchun rus ayollari omili muhim. Qiziljar (Хызыл чар, Krasnoyarsk) shahrini kesib o‘tgan Enasoy bo‘yida o‘tirib kuzatdim. Tillaqizlarni asosan qoraqosh yigitlar iyartib yuribdi. Ularning bolalari albatta rus bo‘lib o‘sadi.

Gap faqat "russkaya dusha"da emas, shu bilan birga rus o‘zligining turkiy ellar o‘zligidan kuchliligida, aniqrog‘i, zamonaviyroq shart-sharoitda qayta ishlanganida bo‘lgan. Buning ortidan bir necha yuz million nufuslik imperiya qurildi.

Xakaslar 1926-yili 44 mingdan ko‘proq edi, aholining 50 foizga yaqinini tashkil qilardi. 2021-yilga kelib esa 55 mingdan oshibdi (12,7 foiz). Shularning ham ko‘pi ona tilini bilmaydi. Demografik inqirozda bezotkaz oyimtillalarning ham xizmati salmoqli bo‘lsa kerak.

�Farrux Jabborbek
03/10/2025, 21:37
t.me/farrux_jabborbek/62
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
8
Izdihom va shoir. Yo‘ldosh Eshbekning shu surati menga yoqadi. Xarakteri ko‘ringan. Obraz bor.

Tog‘ay Murodning 70 yilligi tadbirida olingan. Milliy kutubxona, 2018.

�Farrux Jabborbek
03/10/2025, 16:05
t.me/farrux_jabborbek/61
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
9
Millatning birligi va borligini bildiradigan – tili va adabiyotidir. Ta’lim esa bu borada bardavomlikni ta’min etadi.

Millat – qon emas, gen emas. Millat bu – g‘oya, mafkura. Xalq har qayerda yashashi mumkin. Millat esa til va adabiyotda yashaydi.

Til tarixni aks ettiradi. Tafakkurni ifodalaydi. Muloqot yaratadi: faqat tiriklar orasida emas, ajdodlar bilan ham. Kelajak avlodlarga eng muhim kodlarni qoldiradi.

Adabiyot – til obidalaridir, ko‘ngil obidalari. Arslonxonning Buxoroda qurgan Kalon minorasi har qancha baland bo‘lmasin, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni shuhrati yetgan joylardan ko‘rinmaydi.

�Farrux Jabborbek
03/09/2025, 18:16
t.me/farrux_jabborbek/60
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
3
Doʻrmonning ishkomli yoʻlagidan borar ekanman, katta archa tagidagi oʻrindiq yogʻochlari yangilanganiga uzoqdan koʻzim tushdi.

Doim Doʻrmon kelsak, shu yerda Nosir ogʻa va Muborak aya tin olib oʻtirganini koʻrar edik. Taomdan soʻng sayrga chiqib, archa soyasida oyoq ilardilar. Oʻtgan-qaytgan bilan hol-ahvollashib, oʻtgan-qaytgandan xotira soʻzlab oʻtirardilar. Doʻrmonning fayzi edi u odam.

Ikkilanish ichra qoldim. Jihozlar yangilangani yaxshi, zamonaviylik va qulaylikka intilish kerak. Chirib yotgan yogʻochlar rahbariyatga ham obroʻ keltirmasligi aniq. Biroq xotira, tarix degan tushunchalar bor.

Biz tengilar bu oʻrindiqni Nosir Fozilov bilan bogʻlab eslaymiz. Boshqa ulugʻlarimiz ham dam olgan, gurung qilgan boʻlishi tabiiy. Ijod uyi adabiy xotiralari bilan qadrli emasmi? Aks holda, shunchaki sanatoriydan qanday farqi qoladi...

Xayolan oʻzim bilan oʻzim kurashib archaga yaqinlashib borardim. Xarrak suyanchigʻiga nimadir deb yozib qoʻyishibdi. Odatda oʻmarib ketilmasligi uchun en solinadi, kimga tegishli ekani oʻchmaydigan qilib bitiladi. Shunaqa boʻlsa kerak.

Ancha yaqinlashib qolgach, yozuvni oʻqib koʻnglim yorishdi: "Ustoz Nosir Fozil oʻrindigʻi". Boʻlar ekan-ku! Shu ishni qilganlarning otasiga rahmat!

Kuniga ishkomli yoʻlakdan necha-necha kishi oʻtadi. Biri emas, birining nigohi yozuvga tushadi. Nosir Fozilovni, u kishi orqali boshqa ustozlarni eslaydi, haqqiga duo qiladi. Adabiy xotiralar uygʻonadi, adabiyot olamiga kirib boriladi...

�Farrux Jabborbek
03/09/2025, 09:30
t.me/farrux_jabborbek/59
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
6
Koshg‘ariy bobo ming yil avval yozib qoldirgan maqol: öldeçi sıçġan müş taşaḳı ḳaşır. Ustod Mahmud Sa’diy ko‘p ishlatardi. Maqolni to‘liq aytib o‘tirmas, 411-bet deya ishora qilardi.

Domlaning eslachicha, bu maqol Devonning o'zbekcha nashrida 411-betda berilgan ekan (kitob 3 jild bo‘lib chiqqan, 4-jild indeks va qo‘shimcha ma’lumotlardan iborat, qaysi jildda kelishiga izoh bermasdi).

Ustoz ushbu hazil ishora Akbar Nurmatov ikkisi o‘rtasida paydo bo‘lganini aytardi. Lekin boshqalar ham g‘ashiga tegsa, 411-bet deb gapni kalta qilardi.

Koshg‘ariy bobo davridagi biroz qo‘pol maqol bugun "Sichqonning o‘lgisi kelsa, mushuk bilan o‘ynashadi" tarzida sipolashtirilgan.

�Farrux Jabborbek
03/07/2025, 16:42
t.me/farrux_jabborbek/58
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
8
Mishmish numer uch. Bunisini yozsammi-yoʻqmi deb koʻp ikkilandim. Chunki hali amalga oshgani yoʻq. Eslatib oʻtay, bolaligimda eshitgan mishmishlarni yozyapman (1990-yillar). Xullas, bu prezident yoshini yashab, oshini oshab oʻtar emish. Keyin ayol prezident kelar emish, uning davrida xalq yaxshi yashar emish. Yoʻq, deb eʼtiroz qilardi ayrim roviylar, bundan keyin yana erkak prezident boʻladi, soʻng... Qizigʻi, oradan oʻn yilcha oʻtib Gulnora Karimova sahnaga chiqib keldi. Shunda bu narrativni atayin tarqatishgan degan xayolga bordim. Voqealar rivojini kuzatib, eʼtirozchi roviylar haqmikan, deya oʻylanib qoldim.

Nima deb izohlashga ham hayronman. Qandaydir konspirologiyami, kashmirilik yo bashoratchilik aralash-quralash bo‘lib ketgandek. Magik realizmning naq o‘zginasi! Realistik narrativlar sehrli-fantastik unsurlar bilan qorishiq keladi. Hayot asli shunday emasmi?.. Gapni mishmishlar bilan xalqni boshqarish mumkinligidan boshlagan edi. Men bugun ham uchrab turadigan shivir-shivirlarga ana shu nuqtayi nazardan qarayman.

�Farrux Jabborbek
03/07/2025, 11:54
t.me/farrux_jabborbek/57
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
9
Mishmish numer ikki: bir avtobus odam allaqayoqqa ketayotganida oldini to‘sishibdi. Kim(lar) to‘sgan? Aniq javob yo‘q. Allaqanday sehrli shaxslar... Hizr bobo bo‘lsamikan? Qayerda to‘sgan? Qayoqdan bilay, cho‘ldadir-da... Sinchkov bolakayning so‘roqlari ochiq qolgan.

Roviylarning bilgani shuki, avtobus yo‘lovchilariga bir qop un va bitta miltiqni ko‘rsatib, "Tanlanglar!" deyilgan. Un oltindan avlo vaqtlar edi, tanlov ham aniq. "Miltiqni olganlaringda O‘zbekistonda urush boshlanardi. Endi urush bo‘lmaydi-yu, qimmatchilik bo‘ladi", deyishibdi. Bola mantig‘im ishlamaydi, unni ham rad etish kerakmidi?! Adolatsizlik-ku! G‘irrom o‘yin bu!..

Ha, xalq tinchlik evaziga qimmatchilikka ko‘n(diril)gan edi. Ehtimol, jaydari roviylar biror siyosiy muzokaralarni dehqoncha qilib shu tarzda tushuntirib yurgandir. Bu narrativ odamlarni ikki yomondan birini, yaxshirog‘ini tanlashga va iqtisodiy qiyinchiliklarga tayyor turishga, chidashga undardi.

Yana aytaman, bunaqa go‘yoki bo‘lmag‘ur gaplar maqsadli ravishda tarqatilganmi yoki xalq og‘zaki ijodimi – kaminaga qorong‘i. Bugun bir folklor tadqiqotchisi sifatida meni mishmishlar jamiyatda muhim rol o‘ynagani va hozir ham qandaydir siyosiy targ‘ibot texnologiyasiga aylanishi mumkinligi ko‘proq qiziqtiradi.

�Farrux Jabborbek
03/05/2025, 21:34
t.me/farrux_jabborbek/56
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
9
Mishmishlar bilan ham xalq boshqariladi. 1991-yili davlat mustaqilligiga erishgan, biroq gʻalla mustaqilligiga hali erishmagan edik. Kun sayin, oy sayin unning narxi koʻtarilib borardi. Sovet payti bir qop un 12-18 soʻm (?) orasida boʻlganini eshitganmiz. U payti biz nonni nanna deb yurardik, narx-navo bilan ishimiz yoʻq edi.

Esimni taniganimda, qorin qaygʻusi boshga tushganida 9-10 yoshlar edim, 1994-95-yillari tegirmon unining bir qopi 250 soʻm, magazinniki 400 soʻm boʻlardi. Yarim kun navbat turib 4 soʻmga yarimta bulka non olganim ham esimda. 550 soʻmga bir sigir sotganimiz, bu pul bir roʻzgʻorning bir oylik uniga yetgani ham yodimda. Xullas, xalqning ahvoli juda tang paytlar. Shunda uch mishmish tarqalgan.

Mishmish numer bir: unning narxi 1000 gacha chiqib borar, keyin orqaga qaytar ekan. Yoshi kattalar shu haqda gaplashib, bir-birlarida umid uygʻotar edi. Ha, koʻp qolmabdi-ku, deya bir qop un 1000 soʻmga chiqishini kutishar edi. Mana, bugun bu pulga bitta non ham bermaydi. Mishmish maqsadli tarqatilganmi, xalqning oʻzi oʻylab topganmi - bilmayman. Har holda, jamiyatda bir qadar barqarorlikni taʼminlashga hissa qoʻshgani rost.

�Farrux Jabborbek
03/04/2025, 07:21
t.me/farrux_jabborbek/54
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
8
"Yaxshilik jazosiz qolmaydi" nima degani?

Saʼdiy domla oʻzi toʻqigan shu maqolni koʻp takrorlar edi. Butun umri ushbu jumlaga qurilgandek edi.

Ajabtovur maqolni eshitgan kishi borki, 99 foiz holatda zohiriy maʼnosini tushunadi va bu noqis koʻngillarimizga xush yoqadi: hech kimga yaxshilik qilmaslik kerak!

Ammo Saʼdiy domlaning hayot tutumini kuzatib anglaganmanki, yaxshilik jazosiz qolmaydi, degani -- odamlarga qilgan yaxshiliklaringga yomonlik qaytsa ham, yaxshilik qilishda davom etaver, degani.

Mana shunday yuksak insoniy daʼvat bu!

�Farrux Jabborbek
03/02/2025, 19:47
t.me/farrux_jabborbek/52
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
4
Menga oʻxshagan bir dehqonning bolasi sabzi jeb jurar ekan. Keyin shaharga borib, holva yeb koʻribdi. Yangi taʼm ogʻziga xush yoqibdi.

Qishloqqa qaytgach, holva yey desa, yoʻq emish. Sabzi bor emish-u, endi yegisi kelmasmish😆😥

Hov, bola, holvani koʻp yeb, qand kasali orttirib, shirintoy boʻp qolguncha, tinchgina sabzingni jeb juraber, deydigan aqlli kalla ham topilmasmish.

Rumiyning "Ichindagi ichindadir" kitobida keladigan shu naqlni negadir koʻp eslayman((
03/02/2025, 18:56
t.me/farrux_jabborbek/51
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
4
Oʻzbek xalq ertaklarida qiziq bir motiv bor: yalmogʻizning makonida otning oldiga suyak, itning oldiga xashak tashlab qoʻyiladi. Asir malikani qutqargani kelgan shahzodalar jumboqni yecha olmay halok boʻlaveradi.

Kenja botir esa choʻloq boʻri (ulugʻ pir) maslahati bilan otning oldiga xashakni, itning oldiga suyakni tashlab, ilohiy tartibotni joyiga keltiradi va murodiga yetadi.

Folklor tafsilotdan emas, mohiyatdan soʻylaydi. Qaysiki jamiyat inqirozga yuz tutgan boʻlsa, qaralsinki, tartibot buzilgan: otlari oldida suyak, itlari oldida xashak turibdi.

Ehtimol, yalmogʻiz shu yurtni oʻziga makon tutish uchun hammasini joʻrttaga teskari qilib qoʻygandir. Jaholatni, zalolatni urchitish usulidir bu!

Ertakda-ku kenja botirning bir oʻzi hammasini joy-joyiga qoʻyadi. Biroq hayotda millatni qutqarish uchun minglab, tumanlab kenja botirlar kerak. Yoʻl qarayapmiz!
03/02/2025, 12:45
t.me/farrux_jabborbek/50
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
16
Oʻzaro muomalada sezib qoldim. Xoʻp desangiz, narigi tarafni yuqori koʻtarib qoʻyasiz. Yaxshi desangiz, teng munosabat qilgan yoki oʻzingizni salgina baland olgan boʻlasiz. Maʼqul desangiz, Sizning mavqeyingiz sezilarli darajada yuqori turishini bildirasiz.

Muomalada soʻzlarning bunday tanlanishi oʻz-oʻzidan roʻy bermagan, balki xalqimiz asrlar boʻyi yashab kelgan tarixiy-madaniy sharoit bilan bogʻliq.

Xoʻp - forsiy, bu tilda gapirganlar bizga islom dinining yoyilishida vositachi boʻlgan. Saroyda ham, bozorda ham muomalani joyiga qoʻyganlar.

Yaxshi - turkiy, bu tilda soʻzlashganlar savash qilgan, saltanat qurgan. Odatda tikkama-tikka muomalada boʻlgan, gohida doʻngboʻyinlik ham qilgan.

Maʼqul - arabiy, bu tilda asosan din peshvolari, ilm ahli fikrlashgan. Ularga esa shoh-u gado oʻzini past olib, tavoze bilan munosabatda boʻlgan.

Bugun biz oʻzaro muomalada xoʻp soʻzini koʻp qoʻllaymiz.

🗄Farrux Jabborbek
02/25/2025, 09:21
t.me/farrux_jabborbek/49
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
92
😄 Chet elliklarni familiyasidagi qo‘shimchaga qarab qaysi millatga mansubligini bilib olamiz. Rivojlangan dunyoni qo‘ya turaylik, hatto biz bilan birga qizil tom ostida yashagan xalqlarda ham bunday o‘ziga xoslik bor: Shevchenko – ukrain, Grigoryan – arman, Jugashivili – gruzin va hokazo.

Imperiya qulaganidan so‘ng qo‘shni xalqlar ham milliy o‘zlikni izlashmi, anglashmi, yaratishmi – xullas, shu jarayonda turli variantlarni ko‘rib chiqishdi. Qozoqlar -uli, -qizi, -tegi kabi so‘zlarni qo‘shimchaga aylantirdi. Tojiklar -zoda, -yon kabi qo‘shimchalardan foydalandi. O'zimizda faqat otaismi ifodasi rasman o‘zgartirildi. Familiya borasida bir to‘xtamga kelolmadik.

Mavzuni vaqti-soati bilan yana davom ettiraman. Hozir bu haqda gap ochganim, kanal nomida familiyamni Jabborov emas, Jabborbek deb yozganimga qisqacha izoh bermoqchi edim. Xalqimiz nomidagi -bek qo‘shimchasi familiyalarimizga ham qo‘shilsa, uyg‘unlik hosil qilib, xalqaro maydonda milliy o‘ziga xosligimiz belgisiga aylanar edi.

Tushunaman, masalaning juda ko‘plab injaliklari bor, kanalda asta-sekin bayon etib boraman, nasib.

🗄Farrux Jabborbek
02/24/2025, 23:44
t.me/farrux_jabborbek/48
FA
Farrux Jabborbek
492 subscribers
10
⌛ Assalomu alaykum. Ushbu kanal tarixi bir necha bor o‘chirilgan. Vaqt o‘tgan sayin avvalgi yozganlaring o'zingga juda jo‘ndek ko‘rina boshlar ekan. Tundagi qoralamalar kunduzgi voqelik oldida erish tuyuladi ba’zan.

Qaniydi, barcha asarlarimni qayta boshdan yozib chiqsam, deya afsus chekkan Maqsud Shayxzoda ham. "Fikr – bola, bola – o‘suvchan..." (Usmon Nosir). Yaqinda to‘ng‘ichim Akbar (hozir 15 yosh, Alloh umrini ziyoda qilsin) go‘daklik rasmlarini ko‘rib, o‘zini tanimadi. To‘g‘rirog‘i, mana shu paxmoqcha o‘zi ekanini tan olgisi kelmadi.

Xullas, hayot tinim bilmaydi, fikr bir joyda turmaydi. Kechagi g‘o‘rgina mulohazalar ham sendan chiqqaniga ko‘nikish kerak ekan. Allaqaysi yozuvchi kabi barcha kitoblarini gulxanga otmaslikka kuch topish kerak ekan. Xato qilmay deb hech ish qilmagan odamning eng katta xatosi aslida shu emasmi? Axir komil inson bo‘lib tug‘ilish imkonsiz.

Umr – yo‘l: burilish va qayrilishlari ko‘p, uchish va qulashlari bor. Goh kuchayasan, goh pusayasan. Mayli, bu kanal tarini boshqa tozalamayman. Xuddi kardiogrammadagi singari egri-bugri chiziqlari bilan hayotogramma yoki xayolagrammam bo‘lsin.

�Farrux Jabborbek
02/24/2025, 23:00
t.me/farrux_jabborbek/47
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria