Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
FA
📚 Farg‘ona Kitobxonlar klubi - "Opa-singillar" va Kafka oyi
https://t.me/fargona_kitobxonlar_klubi
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
29.38%
ERR (week)

📚 Har oylik kitob suhbatlari 🎁 Tanlovlar va kitob sovg‘alari 🎤 Ilmli insonlar bilan suhbatlar 📍 Kanal xaritasi: t.me/Fargona_kitobxonlar_klubi/124 💰 Donatlar: @fkk_fondi 📝 Taasurotlar: @fkk_feedback 📩 Aloqa: @fkk_murojaat_bot

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Sinov (hikoya). Frans Kafka

Men xizmatkorman, lekin menga hech qanday ish buyurilmaydi. Tortinchoqman, oldinga intilmayman, hattoki boshqalar bilan bir safda turishga ham harakat qilmayman. Biroq bu – meni xizmatga chaqirishmayotganining faqat bir sababi, ehtimol umuman aloqasi yo‘qdir. Asosiysi – hech kim meni chaqirmaydi. Boshqalarni chaqirishgan, ular mendan ko'proq harakat qilishmagan va hattoki ularda chaqirilish istagi ham bo'lmagandir. Lekin men… hech bo'lmaganda ba'zida, bu istakni juda kuchli his qilaman.

Shu tariqa men xizmatkorlar xonasidagi to‘shagimda yotaman, shiftdagi yog‘och to‘sinlarga tikilib yotaman, uxlab qolaman, uyg‘onaman, yana ko‘zim ilinadi. Ba’zan achchiq va nordon pivo sotiladigan bir qahvaxonaga boraman. Ba’zida pivo shu qadar badta’m bo‘ladiki, jirkanganimdan stakanni to‘kib yuborgan paytlarim ham bo‘lgan, lekin ko'pincha ichib qo'ya qolaman. U yerda o'tirishni yoqtiraman, chunki kichkina yopiq derazadan, birov payqamasdan, uyimizning derazalariga qaray olaman. Ko'p narsa ko'rinmaydi - bilishimcha faqat shu bizni yo'laklarning derazalari ko'chaga qaragan va hattoki xo'jayinlarimning uylariga olib boradigan yo'laklar ham unday emas. Ammo yanglishayotgan bo‘lishim ham mumkin – buni bir kishi aytgan edi, men undan so‘ramasam ham, valekin bu binoning tashqi ko‘rinishi ham bunga mos tushadi. Derazalar juda kam ochiladi, ochilganda ham faqat biror xizmatkor chiqib, panjaraga suyanib bir oz pastga qarab turadi, xolos. Shundan kelib chiqadiki, bu yo‘laklar odamni kutilmaganda ushlab olish mumkin bo‘lmagan joylardir. Aslida, men bu xizmatkorlarni shaxsan tanimayman. Yuqorida doimiy ishlaydigan xizmatkorlar boshqa joyda tunashadi, mening xonamda emas.

Bir kuni qahvaxonaga borganimda, odatiy joyimda boshqa bir mehmon o‘tirgan edi. Men uni ko’ziga qarashga jur’at etolmadim, sekin eshikdan qaytib chiqib ketmoqchi bo‘ldim. Ammo u meni chaqirdi. Va ma’lum bo‘ldiki, u ham xizmatkor ekan. Uni ilgari bir joyda ko‘rganman, lekin hech qachon gaplashmaganmiz.

— Nega qochmoqchisan? O‘tir, bir narsa ich! Men to‘layman, — dedi u. Men ham o‘tirdim. U menga bir necha savol berdi, lekin javob bera olmadim, hatto savollarini to‘liq tushunmadim ham. Shunda dedim:

— Balki meni chaqirganingdan afsuslanayotgandirsan, yaxshisi, keta qolay.

O‘rnimdan turmoqchi bo‘ldim, lekin u stol ustidan qo‘lini cho‘zdi-da, meni joyimga o’tirg’izdi:

— Qol, — dedi u, — bu shunchaki sinov edi. Savollarga javob bermaydigan odam — sinovdan o‘tgan hisoblanadi.


Ingliz tilidan Samandar Erkinjonov o'girmasi

@fargona_kitobxonlar_klubi #oy_muallifi
04/24/2025, 09:03
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/723 Link
https://oyina.uz/uz/article/3706

Kafkani o'qish nega kerak, nima daxli bor bugunimizga, nega haliyam uni o'quvchisi bor kabi savollarga doim javob qidirib yurardim.

Ushbu esseda uni ikki romani - "Jarayon" va "Qal'a" bilan shu savollarga javob berishga harakat qilganman. Ilk esselarimdan birini o'qib fikrlaringizni bo'lishsangizlar, xursand bo'lardim.

#oy_muallifi
04/22/2025, 20:33
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/720 Link
Кафка ва унинг ўтмишдошлари

Хорхе Луис Борхес

Гап шундаки, ҳар бир ёзувчи ўз ўтмишдошларини яратади. Унинг асарлари бизнинг ўтмишга қарашимизни ўзгартиради — худди келажакни ўзгартиргани каби.

Ўқиш: https://telegra.ph/Kafka-va-uning-%D1%9Etmishdoshlari-04-18
04/18/2025, 13:54
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/717 Link
🔥 Fikrlaringizni charxlab asarning yozma muhokamasiga shay bo'lib turing) 20:30 da sizni shu manzilda kutamiz)
04/12/2025, 20:11
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/714 Link
Praga, Chexiya Respublikasi (2003)

David Černý tomonidan yaratilgan ushbu haykal — Kafka tug‘ilgan shahar markazida o‘rnatilgan. Haykal zamonaviy, dinamik, hatto ozgina “g‘aroyib” ko‘rinishga ega. 11 ta aylanuvchi qatlamlardan iborat bo‘lib, bu qatlamlar doimiy harakatda bo‘ladi va ular birlashganda Kafkaning yuzini hosil qiladi.

Bu dizayn Kafkaning murakkab ichki dunyosi va asarlaridagi psixologik, falsafiy qatlamlarni ramziy ravishda ifodalaydi. Uning ichki ziddiyatlari, doimiy axtarishlari — ushbu harakatlanuvchi shakl orqali tasvirlangan.

@fargona_kitobxonlar_klubi #oy_muallifi
04/10/2025, 20:33
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/706 Link
Vena, Avstriya (2004)

Jan Novotný tomonidan yaratilgan ushbu haykal Kafka yoshlik yillarini o‘tkazgan hududda joylashgan. Haykalda Kafka orqaga qarab yurgan bir odam yelkasiga chiqib olgan holatda tasvirlangan. Bu tasvir — Kafka asarlaridagi begonalik, o‘zini anglashga intilish va ichki tortishuvlarni ifodalaydi.

Yelkasiga chiqqan inson — ehtimol yozuvchining o‘zi yoki uning ongidagi “boshqa men” bo‘lishi mumkin. Bu esa inson ongining ko‘p qatlamli tabiati va Kafka yozuvlarida uchraydigan ruhiy noaniqlikni aks ettiradi.

@fargona_kitobxonlar_klubi #oy_muallifi
04/10/2025, 20:14
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/704 Link
Insoniyat tarixida o'zidan o'chmas iz qoldirgan insonlarga hurmat ko'rsatish — butun dunyoning vazifasi deb bilaman.

Biroq, qanday qilib hurmat ko'rsatish mumkin?

Aniq belgilab olingan tamoyillar yo'q. Masalan, o'sha inson nomini biror bog', inshoat, shaharga berib, unga haykal o'rnatib va hokazo.

Sevimli yozuvchimiz Frans Kafkaga ham hurmat ko'rsatilmadi desam, adashgan bo'laman. Kafkaga bag'ishlab dunyoning turli burchaklarida unga haykal o'rnatilgan.

Quyida ularning ikkitasini ko'rib chiqamiz:
04/10/2025, 20:12
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/702 Link
#xayriya

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda taniqli shoir, tarjimon va madaniyat arbobi Yo‘ldosh Eshbek haqida og‘ir xabar tarqaldi. U Chilonzordagi sobiq yotoqxonada, ayoli, nogiron farzandlari va nabiralari bilan bitta kichik oshxonada yashayapti ekan. Ko'zlari esa endi ko‘rmaydi. U tarjima qilgan kitoblar, yozgan she’rlar, yurt uchun qilgan xizmatlar endi unga chiroq bo‘la olmayapti. Yostiqday qalin kitobni ko‘rsatib: “Yarmini tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi”, – deya afsus qilgan uni ko'rishga borgan Farruh Jabborbekka.

Hozirda bu holatga bee'tibor bo'lmagan ziyoli qatlam vakillari, kitobxonlar u kishiga qo'ldan kelgancha yordam bermoqda.

Bu borada “Akademnashr” yana bir xayrli ishga qo‘l uribdi: “Turk she’riyati antologiyasi” — u kishining eng so‘nggi mehnatlaridan biri. Hozir bu kitob sotuvda va endilikda kitob sotuvidan tushgan pulning 100 foizi tarjimon Yo‘ldosh Eshbekka beriladigan bo'libdi. Eng kamida, uni sotib olish orqali tarjimonni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. Albatta, qurbi yetganlar bundanda ziyoda ishlar qila oladilar.

Kitobda quyidagi shoirlarning asarlari joy olgan:
Yunus Emro, Mehmed Akif Erso‘y, Yahyo Kamol Bayotli, Oshiq Vaysal, Shukufa Nihol Bashar, Ali Mumtoz Oro‘lot va boshqalar.

📙 Faqat 690 dona qolgan.
Narxi: 52.000 so‘m.

📥 Buyurtma uchun:

Pulni quyidagi kartalardan biriga o‘tkazing:
👉 UZCARD: 5614 6819 0845 2158
👉 HUMO: 9860 0601 0240 9871
👉 VISA: 4195 2500 4062 3413
(Farrukh Djabbarov)

Va Chekni @YaxshilikQil_bot ga yuboring.

🚚 Toshkent va viloyatlarga yetkazib berish xizmati bor.

"O‘zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimaiki nafaqa qilsangiz, albatta, Alloh uni o‘ta biluvchidir". (Oli Imron surasi, 92-oyat).

@panda
_books
04/08/2025, 09:16
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/699 Link
📍Bugun "Evrilish" hikoyasi yozma muhokamasi borligi esingizda-a?

⏳ 20:30 da barchangizni yozma muhokamada kutamiz!
04/05/2025, 20:31
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/698 Link
Lirika - Adabiyot hamma uchun

Fevral oyida vodiydagi ilk rosmana she'riy konsertni o'tkazishga jazm etgan va 100 kishiga yaqin adabiyotsevarni to'play olgan "Lirika" loyihasini eslaysizmi?

6-Aprel kuni, 19:30 da biz shu loyihani asoschilaridan biri va o'tkazilishida katta jonbozlik ko'rsatgan shoir - Humoyun Fattoh bilan guruhimizda yozma suhbat qilamiz.

Suhbatimizda loyiha g'oyasi, nega ochilganligi, birinchi konsert qanday o'tgani, kelajakdagi rejalar va Farg'ona adabiy muhiti haqida gaplashamiz.

P.S. 5-Aprel emas, 6-kuni edi rejamiz. Texnik xatolik ketibti.

@fargona_kitobxonlar_klubi
04/05/2025, 09:11
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/697 Link
Qaysi yozuvchini tanidingiz?

✳️ Topish uchun ularning yuzida mashhur asarlariga ishora yashiringan.

@fargona_kitobxonlar_klubi
04/04/2025, 21:31
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/696 Link
🫧 Yaqin yillar ichida Frans Kafkaning ''Evrilish'' asari o'zbek kitobxonlarining ham sevimlisiga aylanib ulgurdi.
Keling, men endi sizga ''Evrilish'' haqida bir-biridan qiziqarli faktlarni aytib o'taman.

🗓 Asar Kafkaning boshqa asarlariga nisbatan juda qisqa muddatda yozib tugatilgan, ya'ni 1912-yil noyabr oyida atigi bir necha hafta davomida yozilgan.

🐞 Asarda Zamzaning qanday hasharotga aylangani tushuntirilmaydi.

🎗Kafka asar yozilishida o'ziga xos aniq va sodda til uslubidan foydalanadi, bu esa asar voqealarni yanada ta'sirchan qiladi. Uning bu uslubi ko'pincha ''kafkachilik''(kafqaesk) deb ataladi.

🏷 Kafka o'zini oilasida keraksiz va tushunarsiz his qilganligi haqida yozgan. Shu sababli ham ko'pchilik adabiyotshunoslar "Evrilish''da Kafkaning o'z hayoti va ota-onasi bilan bo'lgan murakkab munosabatlarining aksini ko'rishadi.

✨ Asar XX asr adabiyotiga katta ta'sir ko'rsatdi va Albert Kamyu, Jan-Pol Sartr kabi yozuvchilar va faylasuflar uchun ilhom manbai bo'ldi.

🎥 Asar ko'plab teatr tomoshalari, opera va filmlarga moslashtirilgan. Bu esa uning dolzarbligi va turli xil san'at turlari orqali yangi talqinlarga ega bo'lishidan dalolat beradi.

Siz-chi, "Evrilish"ni o'qidingizmi?
Ertaga bo'ladigan yozma muhokamaga tayyormisiz?

@fargona_kitobxonlar
_klubi #oy_muallifi
04/04/2025, 15:56
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/695 Link
Aprelda sizlarni nima kutyapti?

Aprel — oxirgi oylar, balki yillar ichidagi eng faol oylarimizdan biri bo'lishi kutilyapti.

Bu shunchaki bir marta chaqnagan chaqmoq emas, aksincha, doimiy shamdek yonib qolishida sizning e'tiboringiz va klubimizni targ'ib qilishingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Biz shu paytgacha kuchli homiy topolmadik, davlat loyihasi bo'lishni ham tanlamadik.

Lekin aynan sizlar, faol kitobxonlar — bizni ushlab turdinglar.

Aynan bugun, har qachongidan ko'ra, sizning yordamingiz va qo'llovingiz zarur payt.

Aytgancha, tepadagi kunlardan aynan qaysi birini ko'proq kutyapsiz?
04/02/2025, 21:42
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/692 Link
🎉 282,000 so‘mga boyidik!

Olimjon akami
z ham bilim xazinamizni boyitishda o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Bugun ushbu kitoblarning onlayn do‘konlardagi umumiy bahosi 327,000 so‘m. Ammo bu kitoblar faqat qog‘oz emas, balki o‘qilgan satrlar, yuraklarga joylashgan hikmatlar bilan qadrli. Shunday ekan, har biridan 5 ming so‘m "tajriba" ayirgan holda, 282,000 so‘mlik kitoblar bor bu yerda.

Ertaga kattaroq loyihani e’lon qilamiz. Undan oldin mana shunday qo‘llovlar bizga yanada qo'llov bag‘ishlaydi albatta.

Sizning ham kitoblaringiz yoki moliyaviy hissangiz birovning hayotini o'zgartirishga xizmat qilishi mumkin. @fkk_murojaat_bot ga yozing murojaat qiling va siz ham bu loyihaning bir homiyiga aylaning.

#kitoblar
03/31/2025, 14:55
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/686 Link
Aprel oyida sizlarni nima kutayotganini bilasizlarmi?

😉 Taxmin qilish uchun 2 kun vaqtingiz bor.
03/30/2025, 08:52
t.me/fargona_kitobxonlar_klubi/683 Link
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria