#xayriya
Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda taniqli shoir, tarjimon va madaniyat arbobi Yo‘ldosh Eshbek haqida og‘ir xabar tarqaldi. U Chilonzordagi sobiq yotoqxonada, ayoli, nogiron farzandlari va nabiralari bilan bitta kichik oshxonada yashayapti ekan. Ko'zlari esa endi ko‘rmaydi. U tarjima qilgan kitoblar, yozgan she’rlar, yurt uchun qilgan xizmatlar endi unga chiroq bo‘la olmayapti. Yostiqday qalin kitobni ko‘rsatib: “Yarmini tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi”, – deya afsus qilgan uni ko'rishga borgan Farruh Jabborbekka.
Hozirda bu holatga bee'tibor bo'lmagan ziyoli qatlam vakillari, kitobxonlar u kishiga qo'ldan kelgancha yordam bermoqda.
Bu borada “Akademnashr” yana bir xayrli ishga qo‘l uribdi: “Turk she’riyati antologiyasi” — u kishining eng so‘nggi mehnatlaridan biri. Hozir bu kitob sotuvda va endilikda kitob sotuvidan tushgan pulning 100 foizi tarjimon Yo‘ldosh Eshbekka beriladigan bo'libdi. Eng kamida, uni sotib olish orqali tarjimonni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. Albatta, qurbi yetganlar bundanda ziyoda ishlar qila oladilar.
Kitobda quyidagi shoirlarning asarlari joy olgan:
Yunus Emro, Mehmed Akif Erso‘y, Yahyo Kamol Bayotli, Oshiq Vaysal, Shukufa Nihol Bashar, Ali Mumtoz Oro‘lot va boshqalar.
📙 Faqat 690 dona qolgan.
Narxi: 52.000 so‘m.
📥 Buyurtma uchun:
Pulni quyidagi kartalardan biriga o‘tkazing:
👉 UZCARD: 5614 6819 0845 2158
👉 HUMO: 9860 0601 0240 9871
👉 VISA: 4195 2500 4062 3413
(Farrukh Djabbarov)
Va Ch
ekni @YaxshilikQil_bot ga yuboring.
🚚 Toshkent va viloyatlarga yetkazib berish xizmati bor.
"O‘zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimaiki nafaqa qilsangiz, albatta, Alloh uni o‘ta biluvchidir". (Oli Imron surasi, 92-oy
at).
@panda_books