Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
UZ
Oʻzbekoyim
254 subscribers
100
#universitet
#iqtidorli_talabalar

“Yangi O’zbekiston” universitetida ko’plab iqtidorli talabalar tahsil olishadi. E’tiborga molik jihati shundaki, ular o’qiydigan sohalaridan farq qiladigan yo’nalishda ham o’zlarini sinab ko’rishmoqda va o’ylaymanki, buni uddalashyapti ham.
Xususan, bugun universitetimizda ochiq tabiat bag’rida talabamiz Nurmuhammad To’lqunov ishlagan “Egizaklar” mini-filmining namoyishi bo’lib o’tmoqda.
Nurmuhammad Kiberxavfsizlik yo’nalishining 2-kurs talabasi. Kinoda operator ham, ssenarist ham, rejissyor ham, montajyor ham, bosh qahramon ham o’zi.

Kinoning tizeriga o’zingiz baho berishingiz mumkin.


@Uzbekxonim
04/25/2025, 21:23
t.me/uzbekxonim/544 Link
UZ
Oʻzbekoyim
254 subscribers
Repost
212
“Yangi O‘zbekiston” universiteti yanada rivojlantirilib, zamonaviy laboratoriyalar ochiladi

Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev huzurida ta'lim sifatini oshirish bo'yicha taqdimot qilindi.

Unda "Yangi O'zbekiston" universitetida ulkan ilmiy salohiyat borligi ta'kidlanib, undan foydalangan holda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdim etildi.

Shuningdek, universitetimizda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida Germaniyaning ilg‘or tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalari davlatimiz rahbari tomonidan yuqori baholandi.

Universitetimiz yoshlarga sifatli bilim berish maqsadida ulkan imkoniyatlar taqdim etishda davom etadi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#Prezident #taqdimot #Mirziyoyev

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-say
t | Telegram | Instagram | Facebook
04/21/2025, 21:18
t.me/uzbekxonim/543 Link
UZ
Oʻzbekoyim
254 subscribers
Repost
212
04/21/2025, 21:18
t.me/uzbekxonim/542 Link
UZ
Oʻzbekoyim
254 subscribers
Repost
212
04/21/2025, 21:18
t.me/uzbekxonim/541 Link
UZ
Oʻzbekoyim
254 subscribers
Repost
197
Сизни юзлаб йиллардан кейин эслаб юришларини истасангиз, "Хамса" ёзгудек истеъдодингиз, Регистон қургудек давлатингиз ёки канал қазигудек қувватингиз бўлмаса – дарахт экинг.

Тарихчи-манбашунос Ҳилола Назированинг айтишича, Хоразмда Огаҳий эккан тут дарахти бор. Касби мироб (ирригатор) бўлган Огаҳий бир нечта тут дарахтлари эккан экан, улардан биридан ўзига тобут ясашган экан. Яна бири эса унга жонли ёдгорлик бўлиб ҳамон тирик яшнаб турибди.

Шундай ноёб ва ибратли маълумотларни улашаётган олимамизга алоҳида ташаккур айтаман. Унинг Инстаграм саҳифасига ўтсангиз, бундан ҳам ажойиб маълумотларни кузатишингиз мумкин.

Ҳилолахон, ҳавасдамиз, кузатяпмиз. Олға!

@shahnozxon
04/18/2025, 21:43
t.me/uzbekxonim/540 Link
UZ
Oʻzbekoyim
254 subscribers
119
#ilm

Ziyoli bo’lish ilmli bo’lish bilan birga zamonaviylikni ham talab qiladi. Bugungi davr ham shuni taqozo etadi.
Uzoq o’ylashlardan so’ng Instagram hisobimda ilmga doir foydali videolar tayyorlab, ulashishga qaror qildim.
Bu jarayon aslida mart oyidan boshlangandi. Ilk videoni ham kanalda ulashgandim. Orada tanaffuslar bilan yana videolarni ulashishni boshlayman.

Bu safargi video (instagram tilida aytadigan bo’lsam reels) o’tgan haftadagi Xorazmga xizmat safarim davomida olindi. Albatta, jarayonda Xorazm faxri – Sulton Jaloliddin Manguberdi siymosisiz bo’lmasdi.

Batafstil video orqali bilib olishingiz mumkin.

Instagram sahifamda yana bir qancha reels’lar bor, sizga foydali bo’lishiga ishonaman.


@Uzbekxonim
04/18/2025, 12:26
t.me/uzbekxonim/539 Link
UZ
Oʻzbekoyim
254 subscribers
Repost
360
✨ Navroʻz bayramiga bagʻishlab tashkil qilingan bayram tadbiri hamda Hancom akademiyasi ochilish marosimidan videolavaha.
➖➖➖➖➖➖➖➖
💥 The video highlight from the Navruz celebration and the opening ceremony of the Hancom Academy.

#festival #navruz

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-say
t | Telegram | Instagram | Facebook
04/04/2025, 22:03
t.me/uzbekxonim/538 Link
UZ
Oʻzbekoyim
254 subscribers
Repost
85
#1000kitob #1000kitobmaktabi

1000KITOB loyihasi Tarjimon va muharrirlar maktabini boshlamoqda

#1000kitobmaktabi tarjimonlik va muharrirlik maktablari va an’analarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Uning doirasida tarjimonlar va muharrirlar uchun ikki haftalik intensiv kurslar tashkil etiladi. Bu kurslarda ekspertlarimiz va murabbiylarimiz ilmiy va ilmiy-ommabop tarjima va tahrir bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beradi.

Bitiruvchilar 1000Kitob bilan hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Ishtirokchilarga yosh, jins va ish tajribasi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmaydi. Asosiy urg‘u inglizchadan o‘zbekchaga tarjimaga beriladi, lekin boshqa tillardan tarjima qiluvchi mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchiga aylanish uchun quyidagi havolaga kirib, so‘rovni to‘ldiring va kerakli hujjatlarni yuboring: https://forms.gle/hp6RAewTBa3f92976

Dedlayn – 14-aprel.

Murojaat uchun: @mingkitob_admin

O‘rinlar cheklangan, shoshiling!

Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube | X
04/04/2025, 21:58
t.me/uzbekxonim/537 Link
UZ
Oʻzbekoyim
254 subscribers
Repost
201
Oxirgi postimga juda ko‘p munosabat bildirildi, qarab turmaymiz, yordam berishga shaymiz, degan izohlar yozildi. Elning daldasi umid bag‘ishlab, ulug‘ ayyom kunlari yana bir post qo‘yishga qaror qildim.

Yo‘ldosh Eshbek xalqimizni milliy ozodlikka boshlagan shoirlardan biri. Shunday shaxsning xor-u zorlikda yashashiga tomoshabinlik qilish bizga yarashmaydi. Eng yomoni, bu ahvol surunkali ravishda davom etmoqda. Shoir sovet davridayoq ta’qibga uchragan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ham ro‘shnolik ko‘rmagan, 10-15 yilcha uy qamog‘ida saqlangan. Bu, tabiiyki, oilani uch-quyruqsiz muammolar zanjiriga giriftor qilgan. Ko‘pchilik ziyolilar vaziyatni oldindan yaxshi biladi (sabablarini ham), imkon qadar ko‘mak berib keladi.

Yo‘ldosh Eshbek “Yig‘layotgan qiz” timsolida butun dunyodagi barcha ezilgan mazlumlarga, hayotda ko‘p aldangan soddadillarga hamdard, hasratdosh bo‘ldi. Ne tongki, o‘zining ham qismati “yig‘layotgan qiz”ga aylanib ketdi.

Bu dunyo aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo aslida yig‘layotgan qiz!

Biror yillar ilgari borganimda Yo‘ldosh Eshbek sobiq yotoqxonaning bir bo‘lmasida yashardi, har holda. Keyin oshxonaga ko‘chib chiqibdi. Oilaviy sharoit shuni taqozo qilgan. Kamida besh jon tiqilib kun kechirmoqda: ota, ona, o‘g‘il, qiz, nabira… Ustiga ustak, shoirni xastaliklar qiynayapti: qand kasali bor, ko‘z ko‘rmay qolgan, o‘t azob beradi… Shu holida ham ijoddan to‘xtagani yo‘q. Og‘riqlar orasida she’rlar bitadi, ulug‘ ulamolarimizdan tarjimalar qiladi (aytib turib yozdirsa kerak).

Avvalgi postim ijtimoy tarmoqda keng tarqalib, yaxshi odamlar amaliy yordam taklifi bilan chiqdi, manzilini surishtirgan ham ko‘p bo‘ldi. Menimcha, hamma uyiga borib, bezovta qilmagani durust. Xijolatli... Do‘stlar bilan kengashib, eng to‘g‘ri yo‘l plastik kartaga ko‘mak yig‘ish deb o‘yladik. Shoirning o‘zi bu haqda eshitishni ham istamadi. Shuning uchun shaxsiy karta ma’lumotlarimni e’lon qilyapman.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)

👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Olganing – birovniki, berganing – o‘zingniki, deganlar. Katta elmiz, bir g‘ishtdan qo‘yib, osmono‘par minorlar tiklaganmiz. Millatim deb yashagan shoirini millatimiz yolg‘iz qo‘ymasligiga ishonaman. Imkoningiz boricha yordam qilsangiz quvonaman, imkoningiz bo‘lmasa tushunaman. Postning ko‘proq odamga yetib borishiga hissa qo‘shing �

🗄Farrux Jabb
orbek
03/29/2025, 23:00
t.me/uzbekxonim/536 Link
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria