Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
BI
Shokir Tursun qarashlari
https://t.me/birgap
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
19.1%
ERR (week)

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Reklama boʻyicha murojaat: @shtursunreklama_bot Tojik tilida oʻqing: @birgap_tj Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari Ta'lim

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 69 results
608
Iye, spetsifikatsiyada yana bitta jahon adabiyoti va oʻzbek adabiyoti bor ekan. Nega unday ikkiga boʻlishgan ekan-a?

Yana oʻsha koʻpnuqta...

@birgap
04/25/2025, 07:03
t.me/birgap/3014
630
Attestatsiya spetsifikatsiyasidan lavha.

Bu lavhada aytilishicha, ona tili va adabiyot oʻqituvchilarining jahon adabiyoti va XX asr oʻzbek adabiyoti boʻyicha bilimlari 3-ustundagi mazmun elementi bilan baholanadi.

Bu nima degani?
Sizga jahon adabiyoti yoki XX as oʻzbek adabiyotidan koʻrsatilgan mualliflardangina test tushishi kerak. Boshqasi tushsa, spetsifikatsiyadan chiqish hisoblanadi.

Meni qiziqtirgani 4.6.1 banddagi Shukur Xolmirzayevdan keyingi koʻpnuqta. U nimani anglatadi? Shu kabi hammani demoqchi boʻlishganmi? Ha, boʻlsa, bunday qilish xato.

@birgap
04/25/2025, 06:59
t.me/birgap/3013
670
04/25/2025, 06:39
t.me/birgap/3012
694
Oʻzi shu attestatsiyaning spetsifikatsiyasi bormi? Qayerdan olardik, hozir eslay olmay qoldim. Boʻlsa havolasini izohlarda qoldiringlar.

@birgap
04/25/2025, 06:31
t.me/birgap/3011
864
Attestatsiya testlarining validlik (xulosa chiqarishga yaroqlilik) dalillari bor yoki yoʻqligiga har doim qiziqqanman.

Bor boʻlsa, qayerda u? Nega ochiqlanmaydi?

Yoʻq boʻlsa, unda nega bu testlardan foydalanishyapti? Baholash ilmida bunday qilish yaramaydi-ku. Chunki bu testlar yuqori taʼsir kuchiga ega hisoblanadi.

@birgap
04/25/2025, 06:20
t.me/birgap/3010
1.5 k
Tut orqasiga berkinib olib, onasi chaqirganda kelmagan odam haqidagi testni toʻliqroq eslab qolganlar bormi?

@birgap
04/24/2025, 06:00
t.me/birgap/3009
2.9 k
Bu safar attestatsiyaga kirmadim. Ammo uning atrofidagi gaplarni kuzatyapman. Kuzatyapman-u barcha oʻqituvchilarni ahmoq qilayotgan vazirlik hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazidan nafratlanyapman.

Pedagogik mahoratni aniqlash nima?
Test tuzish nima?
Test oʻtkazish nima?

Yuqoridagi elementar masalalarni-da tushunmaydigan odamlar oʻtirib qolgandek tasavvur uygʻotyapti menda.

OAVlardan maydon soʻrayman, vazirlik xodimi va test tuzishga masʼullar kelsin, bahslashaylik, tushuntirib beraylik. Komil aka, siz nima deysiz? Ular koʻpchilik boʻlib kelishsin, biz ikkimiz chiqamiz.

Hozircha savollaringizni mana bu odamga berib turing, adashmasam, jarayonlarga shu odam masʼul.

P.S. izohlarda tushgan savollardan yozib ketinglar. Bittasi yozgan ekan, Mauglining onasini ismi soʻraldi deb.

@birgap
04/24/2025, 05:25
t.me/birgap/3008
Repost
1.6 k
Mahburlash kampaniyasining ortida vazirlik turibdimi?

O'qituvchilar "Mening fikrim" portalida yangi baholash tizimining bekor qilinishini talab qilib joylangan petitsiyaga qarshi ovoz berishga va petitsiya tagida tizimni yoqlab izohlar qoldirishga majburlanayotgani haqida yozgan edim. Aftidan, bu joylardagi o'rta yoki quyi bo'g'in rahbarlarining o'z tashabbusi emas, bevosita vazirlikdan kelayotgan ko'rinadi.

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi guruhidan yuborilgan skrinshotga e'tibor bering. "(Petitsiyaga) qarshi ovoz berib, shu namunadagidek skrinshot qilib tashlab berishingiz so'raladi" deya topshiriq berayotgan shaxsning ism-familiyasi, viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanaliga ishonilsa, boshqarmada sho'ba mudiri bo'lib ishlaydigan shaxsning ism-familiyasi bilan bir xil. "Yangi baholash tizimiga qarshi petitsiya joylanibdi, shunga qarshi ovoz beraylik" degan xabar muallifining ism-familiyasi esa, vazirlikning rasmiy saytiga ishonilsa, vazir Hilola Umarovaning maslahatchisining ism-familiyasi bilan bir xil. Bundan, yangi baholash tizimining bekor qilinishi talab qilingan petitsiyaga qarshi ovoz berishga majburlash kampaniyasining tepasida vazirlikning o'zi turibdi deya olamizmi yoki bu o'xshashliklar tasodifiymi? Vazirlik bunga qanday izoh beradi?
04/21/2025, 12:59
t.me/birgap/3007
Repost
1.6 k
04/21/2025, 12:59
t.me/birgap/3006
2.6 k
Oʻzi shu tushkilotning yolchitib test tuzganini eslay olmayman.

Adashayotgan boʻlsam, aytinglar!

@birgap
04/16/2025, 18:15
t.me/birgap/3005
769
Hayratlar davom etadi

Eʼtiborsizlikda ham chegara boʻlishi kerak-da!

Birinchi rasmdagi savol yakuniy davlat attestatsiyasi uchun berilgan tavsiya variantdan olingan.

Savol shunday: Ushbu xalq og‘zaki ijodi namunasining janrini aniqlang.

Bu asli askiya edi, ammo tuzuvchilar shunday qaychilashibdiki, askiyalik siyogʻi qolmabdi.

Buning askiya ekanini topish uchun soʻz oʻyini boʻlayotganini, Mamayunus kal, Erka qori koʻr ekanini bilishimiz; Mamayunus kurort emas, koʻrortga keldik degan boʻlishi kerak edi.

Endi ushbu matn askiya emas, oddiy publitsistik matn. Xalq ogʻzaki ijodining biror janrga mansub boʻla olmaydi.

Askiyaning asl matni ikkinchi (orqasi yashil) rasmda.

@birgap
04/16/2025, 18:08
t.me/birgap/3004
769
04/16/2025, 18:08
t.me/birgap/3003
1.1 k
Kelinglar, oʻylashib koʻramiz:

Ochiq va yopiq boʻgʻin nima ekanini bilish oʻquvchiga qanday amaliy foyda keltiradi?

P.S. DTM va yakuniy davlat attestatsiyasi testlarini yechishdan tashqari.

@birgap
04/15/2025, 07:27
t.me/birgap/3002
895
Yakuniy davlat attestatsiyasi uchun ishlab chiqilgan topshiriqlar toʻplami meni hayron qoldirishda davom etmoqda.

1. Tuzuvchi ham, taqrizchi ham bir oʻquv maskanidan ekan.

2. 9-sinf oʻquvchisiga u 6-sinf boʻlganda oʻqimagan darsligidan savollar tuzilgan (yaʼni 2022-yilda chiqqan darslikdan).

3. Bilish, qoʻllash, mulohaza kabi kognitiv darajalar oyogʻi osmondan boʻlib, aralashib yotibdi. Xotirani sinashga qaratilgan testlar qoʻllash deya berilgan.

4. Hozir oʻqitilmay qoʻyilgan mavzular, masalan, grammatik bogʻlanishni aniqlash boʻyicha anchagina koʻp savol tuzilgan.

5. Maktabda qoʻllanmaydigan, DTM testlari va abituriyentlar tayyorlashda urf boʻlgan atamalar uchraydi, masalan, yasalish asosi.

Hali hayratlarim tugamasa kerak.

Tuzuvchi va taqrizchilar oʻz ishiga ozroq masʼuliyat bilan yondashsa boʻlardi.

@birgap
04/15/2025, 07:21
t.me/birgap/3001
1.1 k
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.

Variantlarda savollar bilish, qoʻllash va mulohaza darajalariga ajratilgan.

Yuqoridagi savol qoʻllash darajasi uchun.

Ayting-chi, berilgan parchadan ajratilgan soʻzlarning maʼnosini anglab olish mumkinmi? Agar bunday qilib boʻlmasa, bu hech qanaqasiga qoʻllash boʻlmaydi. Agar bu darslikda berilgan maʼlumot boʻlsa, bilish ham boʻlolmaydi.

Bu hozircha boshlanishi, variantlar haqida aytarlarim bisyor.

@birgap
04/14/2025, 07:00
t.me/birgap/3000
1.3 k
Attestatsiya jarayonlarida quyidagi savol tushgandi.

Siz darsni oʻta boshladingiz, barcha oʻquvchilar tinchlanishdi, jimlik choʻkdi va birdan sinfda kimdir baland ovozda kulib yubordi. Siz hech narsa deyishga ulgurmay, kulayotgan oʻquvchiga savol va hayrat bilan qaraganingizda, u koʻzingizga tik qarab: “Menga har doim sizga qarash kulgili tuyuladi va siz dars boshlaganingizda kulgim keladi” – dedi. Bunga nisbatan oʻqituvchi “Kayfiyating yaxshi ekanligidan xursandman” – deb javob berdi va darsni davom ettirdi.

Bunda oʻqituvchi oʻquvchi bilan muloqotning modellashtirish bosqichda nimalarga eʼtibor berdi?

Xoʻsh, tahlil qilinglar-chi? Savolda nima muammo bor?
04/13/2025, 13:56
t.me/birgap/2999
10 k
5 kunlik taʼlimga oʻtish yaxshimi?

Ha, yaxshi. Oʻqituvchi ham, oʻquvchi ham yetarli dam olishi va yangi oʻquv haftasiga tetik holda kelishi mumkin. Oʻqituvchi hech boʻlmasa bir dam olish kunini oilasiga bagʻishlashi ortidan oilaviy baxt ham koʻpayadi. Natijada oʻqituvchining kayfiyati, ruhiy holati ancha yaxshilanadi.

Qanday oʻtamiz?
Hukumat oldida ikki yoʻl bor:

1. Shanba kuniklik dars soatlarini qolgan kunlarga sochib yuborish. Bu eng yomon yoʻl. Chunki bunday qilinsa, hozir kuniga oʻrtacha 6–7 soat oʻqiyotganlar endi 7–8 qaysidir kuni 9 soat oʻqishi kerak boʻlib qolishi mumkin. Shundoq ham samarasi past boʻlgan taʼlim yanada choʻkadi. Bundan tashqari 2 smenada oʻqiyotgan maktablarda katta muammolar boshlanadi. 3 smenali maktablar esa parokandalikka yuz tutadi.

2. Oʻquvchilar yuklamasini kamaytirish orqali bir kunga qisqartirish. Ayrim fanlarning umumiy soatlarini qisqartirish evaziga bir kun boʻshatiladi. Bu yoʻnalishda ikki xil usuli barobar qoʻllanishi kerak:

a) ayrim fanlarni fakultativ shaklga oʻtkazish (musiqa, tasviriy sanʼat, texnologiya kabi)

b) dars soatlarini qisqartirish, masalan, haftasiga 4 soat boʻlgan fanni oʻquv dasturini optimallashtirish evaziga 3 soatga tushirish.

Yuqoridagilar sabab oʻqituvchilar meni yomon koʻrishga shoshilmasin. Tan olaylik, maktablarimizda oʻquv yuklamalari koʻp, keraksiz mavzular ham topiladi. Ana shularni optimallashtirish evaziga shanbadan voz kechish mumkin.

Ammo hukumat gʻirrom oʻynamasligi lozim. Oʻquvchilar yuklamasi kamiyishi oʻqituvchilarning ish haqini kamaytirmasligi lozim.

Men oʻzim 2-yoʻl (ayrim fanlarni fakultativga oʻtkazish va dars soatlarini qisqartirish) tarafdoriman. Qachonki, hukumat ish haqlarini saqlab qolsa va doimiy oʻsib borishini taʼminlay olsa. Agar bunday qilinmasa, 5 kunlik taʼlim zararga ishlashi mumkin. Shundoq ham davlat maktablarini tark etayotgan yaxshi ustozlar soni karrasiga oshishi ehtimoli bor.

Xulosa. 5 kunlik taʼlimga oʻtishimiz kerak. Bunga ayrim fanlarni fakultativga oʻtkazish, ayrim fanlarning oʻquv dasturini optimallashtirib, dars soatlarini qisqartirish evaziga erishish lozim. Oʻqituvchilar maoshiga taʼsir qilmaydigan choralarni ham qoʻllash kerak (masalan, 1 stavka soatini kamaytirish).

@birgap
04/12/2025, 06:12
t.me/birgap/2998
1.8 k
Nomini oʻqib ishtaham boʻgʻildi.

@birgap
04/07/2025, 08:39
t.me/birgap/2997
1.7 k
Pichoqni avval oʻzimizga uryapmiz

9-10-sinflarga matnni qisqartirish, tozalash, maqsadga muvofiqlashtirish darslarini oʻtyapman. Bugun darsda maktabimiz kanallaridagi axborot postlarini tahlil qilyapmiz.

Oʻquvchilar 3 kishilik jamoalarga boʻlinib quyidagilarni bajarishi kerak:

🔍 4 ta postni tahlil qilish (xato va kamchiliklarini izohlash)

📝 har bir postni tahrir qilish (qayta yozish)

💡 postni yanada yaxshilash takliflarini ishlab chiqish (yana qanday maʼlumot boʻlganda, soz boʻlardi)

@bir
gap
04/04/2025, 07:35
t.me/birgap/2996
1.4 k
Adabiyot. 8-sinflar. "Qargʻalar uchsa qaraylik" qoʻshigʻi matni ustida ishlayapmiz.

Oʻquvchilar qoʻshiqning bir necha variantini koʻrib chiqib, qaysi usulda kuylanishi toʻgʻri boʻlishini aniqlashyapti.

Qoʻshiq tarixi haqidagi bir necha qarashlardan qaysi biri toʻgʻri ekani boʻyicha xulosa tayyorlashyapti.

@birgap
04/02/2025, 07:33
t.me/birgap/2995
1.2 k
#mutolaa_hisobot

Bu hafta ham minimum maqsadga erishildi.

@birgap
03/30/2025, 17:07
t.me/birgap/2994
713
Assalomu alaykum!

Azizlar, Ramazon hayiti qutlugʻ boʻlsin. Yaxshilar, yaxshiliklar yor boʻlsin!

@birgap
03/30/2025, 05:35
t.me/birgap/2993
Repost
593
🏆 HARVARD BIZNI TANLADI!
Sodiq School tarix yozdi!

🇺🇸 O‘zbekiston xususiy maktablari orasida ilk bor – Sodiq School o‘quvchisi Harvard’dan 360 000 AQSH dollarlik to‘liq grant qo‘lga kiritdi!

🎓 11-sinf o‘quvchimiz Jasurbek Umarov endi dunyoning eng nufuzli universiteti – Harvard University talabasi!

💰 Bu shunchaki qabul emas –
360 000 AQSH dollarlik to‘liq grant!

⚡ Jasurbek 9-sinfda Sodiq School’ning ilk o‘quvchilaridan biri sifatida ta’limni boshlagan.
U o’quv yillari davomida bilimga chanqoq, mehnatsevar va qat’iyatli o‘quvchi sifatida ajralib turdi. Har qanday qiyinchilikni imkoniyatga aylantirib, maqsad sari dadil intildi.

📚 Sodiq School unga mustahkam bilim, tajribali ustozlar va cheksiz qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratib berdi.
Jasurbek esa bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, Harvard sari yo‘l ochdi!

🚀 Bu hali boshlanishi!
Jasurbek ochgan eshik ortidan yana ko‘plab Sodiq School o‘quvchilari o‘tishiga ishonamiz!

👏 Barakalla, Jasurbek! Biz sen bilan faxrlanamiz!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
03/29/2025, 15:49
t.me/birgap/2992
1.1 k
Yigʻlayotgan qiz

Bu og‘ir bog‘ ichra og‘ir qadamlar
Tashlab ketayotgan og‘irgina qiz,
Dunyo ko‘zlaringdan dunyo alamlar
Tomchilar, har biri bir ulkan yulduz.

Tomchilar ko‘zingdan norasidalik,
So‘zga aylanmagan yonish tomchilar.
Beshafqat diydormi, og‘ir judolik,
Yo‘qotish tomchilar, topish tomchilar.

Yo‘q, seni aldagan, birov aldagan,
U seni sevgandir, yo‘q, yo‘q, sevmagan.
Ko‘ksingga chiroyli o‘qlar qadagan,
Birovlar aldagan, birov aldagan.

Tomchilar ko‘ksingdan kelayotgan kuz,
Og‘ular tomchilar, gullar tomchilar.
Yaqin xotiralar... idrok faromush,
Vijdoningni o‘yib urar tomchilar.

Vijdonsiz nomusli niqobin qo‘ymas,
Vijdonning har dami ruhiy iztirob.
Vijdonsiz xatosiz kunlardan to‘ymas,
Vijdon – bu xatodan ulg‘aygan azob.

Seni yupatmoqqa jurʼat yo‘q menda,
Sen mening kechmishim, umrim bo‘lagi.
Faqat men qayg‘ular tilarman senga,
Kattakon quvonchning unsiz o‘lanin!

Aldanmoq tilarman senga ko‘p marta,
Aldanmoq – dunyoga nazar, anglamoq.
Aldanmoq – ko‘z yoshi qilmoq, yo‘q, artmoq,
Aldanmoq – kurashga otlanmoq demak.

Yig‘lamoq tilarman, qaynab yig‘lagin,
Tishlaringni sekin qayrab yig‘lagin!
O’nta mard o‘g‘loning bo‘lguncha yig‘la!
Yuzta mard o‘g‘loning bo‘lguncha yig‘la!
Mingta mard o‘g‘loning bo‘lguncha yig‘la!
Paymonang to‘lguncha, to‘yguncha yig‘la!

Ular lazzatxo‘rlar, qaroqchilardir,
Umrlari uzun, sob bo‘lmas, esiz!
Bu dunyo – aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo – aslida yig‘layotgan qiz!

Men senga qo‘shilib yig‘lay olmasman,
Faqat bosh egaman qaygʻungga so‘zsiz.
Men senga talpinib, aslo tolmasman,
Men seni sevaman, yig‘layotgan qiz!

©️ Yoʻldosh Eshbek

@birgap
03/28/2025, 21:04
t.me/birgap/2990
1.0 k
Yoʻldosh Eshbek haqidagi postni koʻrib achindim, ichimda nimadir uzildi. Anglolmay qoldim. Savollar paydo boʻldi:
Nega? Qachon? Nima uchun? Qanday qilib?

1-kurslik paytim esga tushdi. Abdumurod Tilavov ustozimiz, kim sheʼr oʻqiydi dedi. U payt sheʼr oʻqishni suyardim, ustozlarimizga ham yoqardi oʻqishim. Chiqdim. Tilavov bir sheʼr berdi. "Yigʻlayotgan qiz". Yoʻldosh Eshbekniki. Bir koʻz yugurtirib oldim, keyin ovozimni baralla qoʻyib oʻqiy ketdim. Bir-ikki qator oʻqishim bilan ustoz telefonini oldimga qoʻydi, yozib olyaptilar shekilli deb oʻyladim. Oʻqiyverdim.

...Tomchilar ko‘zingdan norasidalik,
So‘zga aylanmagan yonish tomchilar.
Beshafqat diydormi, og‘ir judolik,
Yo‘qotish tomchilar, topish tomchilar...

...Men senga qo‘shilib yig‘lay olmasman,
Faqat bosh egaman qaygʻungga so‘zsiz...

Sheʼrni tugatishim bilan ustoz oldimdagi telefonni olib, Yoʻldosh ogʻa, eshitdingizmi, bizni talabalar bu dedi. Yoʻldosh Eshbek u tomondan eshitganini bildirdi. Ammo yana ozroq dard qoʻshish kerakligini, ovozni baland qoʻymaslik maʼqul boʻlishini aytdi.

Yordam bermoqchi boʻlsangiz, havolaga kirib bilaverasiz.

@birgap
03/28/2025, 20:54
t.me/birgap/2989
1.3 k
Sodiq Schooldan bir oʻquvchimiz Harvardga kiribdi. Eshityapsanmi, Karl, Harvardga!

@birgap
03/28/2025, 11:55
t.me/birgap/2988
1.1 k
Mana bu yerda esa sifatsiz / yaroqsiz dars ishlanmalari haqida yozdik.

Oʻqib koʻringlar, boshqalarga ham ulashinglar. Aldanib qolmanglar!

@birgap
03/27/2025, 16:28
t.me/birgap/2987
1.1 k
Toʻgʻrisi, ayrim kanallardagi pedagogik mahorat va kasb standartidan tuzilib sotilayotgan yoki tekin ulashilayotgan testlarni koʻrib tutayapman. Test tuzishni bilmasang, nima qilasan chiranib degim kelyapti.

Xuddi shu gapni attestatsiyada tushadigan pedagogika testlarigayam aytvoray deganman kirib yechganimda. Ammo ularniki sal evi bilan edi-da.

@birgap
03/27/2025, 16:26
t.me/birgap/2986
1.3 k
Hurmat soʻzini xurmat deb yozadiganlar qattiqroq hurmat qiladi degan gumonda boʻlaveramizmi?

@birgap
03/27/2025, 10:30
t.me/birgap/2985
2.0 k
#mutolaa_hisobot

Bu hafta 11 soat boʻlibdi.

@birgap
03/23/2025, 19:19
t.me/birgap/2984
2.3 k
Amaliy topshiriq.

Tahrirlab koʻringlar-chi.

@birgap
03/21/2025, 14:31
t.me/birgap/2983
1.1 k
Soʻz, musiqa, ovoz – hammasi goʻzal.

https://youtu.be/n3V7J-VcPmY?si=mkcz9an5uWh7brWK

@birgap
03/19/2025, 19:30
t.me/birgap/2982
2.2 k
Majburiy ovoz yigʻilgan maktablar "Openbyudjet" loyihasidan chetlatilar ekan.

Qiziq. Oʻzlaring maktablarni taʼmirlash uchun mablagʻni openbyudjet orqali olishni yaratdinglar. Bunda maktablarga qoʻshimcha imtiyoz bermadinglar.

Tasavvur qilaylik, bir maktabda 300 odam bor. Oʻquvchi-yu oʻqituvchini qoʻshsa shuncha. U esa qaysidir mahalla, qaysidir universitet bilan bellashishi kerak. Xodimlarini, ota-onalarni ovoz berishga majburlashdan boshqa yoʻli yoʻq-ku. Agar shunaqa choralar qoʻllamasa u maktab yuta olmaydi va bu qishni ham sovuqda oʻtkazishga majbur boʻladi-ku.

Shunaqa fikrlar qattan keladi kallalaringga silardi? (Elmurod Haqnazarov)

@birgap
03/18/2025, 12:18
t.me/birgap/2981
1.3 k
Bunday chorlovlarning yana bir sharti – boshqalarga ham eʼlon qilish va hisobot berib borish. Ana shunda masʼuliyat yanada ortadi. Men ham kanalimda yozish orqali sizlarga bildirmoqchi edim. Endi har hafta necha soat mutolaa qilganimni tashlab turaman. Ayrim holatlar borki (chet tilidagi maqola va kitoblar) ularni suratdagi statistikaga qoʻshish imkoni yoʻq. Yaʼni har doim mutolaa vaqti koʻrsatilgandan koʻp boʻladi.

Kimdir menga qoʻshilmoqchi boʻlsa, marhamat. Izohlarda hisobot yuritib borishingiz mumkin.

@birgap
03/18/2025, 06:30
t.me/birgap/2980
820
Odatlar shakllantirish hayotni tartibga solish uchun muhim.

"Mutolaa" ilovasida har hafta kamida 7 soat (kuniga bir soat) kitob oʻqishni marra qilib belgilaganman. Shu marra zabt etilmasa, uxlamaslik shartini qoʻyganman.

Shukrki, hali ogʻishmadim. Marra mudom zabt etilyapti.

Sizlarga ham nimanidir odat qilishni tavsiya qilaman. Kitob oʻqish boʻlsa yana yaxshi.

@birgap
03/17/2025, 06:55
t.me/birgap/2979
852
Ertalabdan ogʻriqli vaqtlarni eslatganim uchun uzr!

@birgap
03/17/2025, 04:53
t.me/birgap/2978
1.3 k
Birinchi marta rosmana dars oʻtganim esimdan chiqmaydi. U maktab oʻquvchilariga emas, oʻqituvchilariga boʻlgan. Oʻquv dasturi seminari edi.

Dars boshlanishi bilan atrofdagi hamma narsa unutilgan, men, doskadagi slayd va tinglovchilar qolgan. Atrof boʻshliq edi. Hech narsa yoʻq, oppoq.

Ana shundan keyin men dars berish uchun yaralganman deb oʻylaganman va kasbim borasida tugal qaror qilganman.

@birgap
03/14/2025, 13:06
t.me/birgap/2977
1.1 k
Qolgan umrimizning eng sovuq yili UNICEF tashkiloti 2022-yil oktyabrda shu nomdagi hisobotini eʼlon qilgan edi. Bu hisobot global isish va uning bolalarga taʼsiri haqida boʻlib unda UNICEF bolalarni ekstremal issiqdan asrash boʻyicha hukumatlarga tavsiyalar…
03/12/2025, 21:18
t.me/birgap/2976
275
Maktablardagi yozgi taʼtilni qisqartirish (6 hafta deb belgilash) evaziga choraklar orasidagi taʼtillarni uzaytirish taklif etilgani haqida gaplar urchib qoldi.

Havotir olmanglar, davlat bu taklifni qabul qilmaydi. 10 mingdan ortiq maktabni yoz mavsumida oʻqitish uchun sovitib bera olmasligini juda yaxshi biladi.

@birgap
03/12/2025, 21:16
t.me/birgap/2975
936
Ustozlar, bir masalada yordam kerak edi.

Dars ishlanmalarni, ochiq dars ishlanmalarini qayerdan topasizlar, sotib olasizlar.

Shunaqa narsalar bor sifatli kanal / guruh / saytlarni bilsangiz ulashib keting.

@birgap
03/12/2025, 07:44
t.me/birgap/2974
2.2 k
Bugun tunda kelarmish bahor...

Ushbu sheʼr muallifini Zulfiya deb oʻylashlar koʻp, bunga chin ishonadiganlar ham bor.

Ushbu maqolada sheʼrning asl muallifi bilan suhbat berilgan.

https://xabar.uz/uz/jh4j

@birgap
03/10/2025, 11:35
t.me/birgap/2973
1.6 k
Mahalla, koʻcha, qishloq, tuman, shahar davlat nomlari qoʻshtirnoqqa olinmaydi.

Mahalla va koʻcha nomlari qoʻshtirnoqqa olib yozilgan holatlarni koʻp koʻryapman.

"Bobur" mahallasi ❌
Bobur mahallasi ✅

@birgap
03/09/2025, 18:00
t.me/birgap/2972
674
"Twitter"da shashlikning oʻzbekchasi kabob deb qolishdi. Keyin unday emasligini, shashlik oʻzbekchaga yaqin ekanini aytdim.

Koʻpchilik shashlik forscha deb oʻylarkan. 7-sinf "Ona tili" darsligini oʻqimagansizlar-da deb qoʻya qoldim.

@birgap
03/09/2025, 17:31
t.me/birgap/2971
952
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❓
Mavzularni takrorlab chiqishga ulgurmadingizmi?

➡️ KELING, BIRGA TAKRORLAYMIZ!⬅️
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠
Haftaning 5 kuni:
– 2 kun #ona_tili
– 2 kun #adabiyot darsliklaridan savol-javob,
– 1 kun #pedagogik_mahorat va kasb standarti oʻtiladi.

Maʼlumotlar #oson_eslab_qolish uchun parollashtiriladi.

📍 Bizning manzil:
@ATTESTA
TSIYA_VA_MS

✈️ Murojaat uchun:
@ROBIYA_XATAMOVA

😀 5-SINFNI PA
ROL QILIB YODLASH

😀11-SINFNI PA
ROL QILIB YODLASH

😀10-SINFNI PAROL QILIB YODLAS
H

😀ONA TILI BEPUL
VIDEODARS (GRAMMATIK BOGʻLANISH)

😀 Ustozga murojaat
03/08/2025, 03:31
t.me/birgap/2970
615
Karl Chapekning "Salamandralar bilan jang" ("Samandarlar bilan jang" ham deyishadi) asaridagi salamandralarni sunʼiy idrokka almashtirib tasavvur qilsangiz juda koʻp narsa oʻzgaradi.

Chapek 1936-yilda yozgan asarida insoniyat yashab qolish uchun oʻzi "yaratgan" narsa bilan kurashishga majbur boʻlishini yaxshi ochib bergan.

Sunʼiy idrok rivojlanishi va buning fonida insoniyatning tanazzuli havotirimni oshiryapti. Bora-bora insonlar qadri tushib ketishidan qoʻrqyapman.

Sunʼiy idrok davrida insoniyat axloqi ham koʻp oʻylantiradi.

Chapekning asari "Mutolaa" ilovasida bor. Tavsiya qilaman.

Bu haqida batafsil yozaman.

@birgap
03/07/2025, 21:17
t.me/birgap/2969
1.1 k
Yangi maqola chiqdi.

Ichida ikkita oʻyin gʻoyasi ham bor, bittasi uchun tayyor ishlanma qilingan.

Postda esa sizni qiziq taklif kutib turibdi.

Xabarni boshqa fan ustozlariga ham yetkazing, ular uchun ham manfaatli boʻladi.

@birgap
03/06/2025, 17:49
t.me/birgap/2968
1.6 k
Endi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Shunday holatda ishdan boʻshatilgan pedagoglar navbatdan tashqari kasbiy sertifikat imtihonlarida qatnashib yana maktabda ishlash huquqini qoʻlga kiritishi mumkin.

Bundan tashqari, yuqoridagi holatda tashkilot rahbari pedagogni navbatdagi attestatsiyaga majburiy jalb qilish vaji bilan ishda olib qolishi ham mumkin (koʻpi bilan ikki marta). Pedagog oʻsha attestatsiyalarda ham yetarli ball toʻplay olmasa mehnat shartnomasi majburiy bekor qilinadi.

Diqqat qiling, siz birinchi toifasiz, oliy toifa uchun majburiy attestatsiyadan oʻtyapsiz. Mabodo yetarli ball toʻplay olmasangiz, siz bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi degani emas. Chunki qarorda oliy maʼlumotli boʻlmagan yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog deya taʼkidlangan.

@birgap
03/03/2025, 12:26
t.me/birgap/2967
1.5 k
Mana shu yerdagi soʻzlar kimlargadir yoqmayotgan ekan. Erish tuyulayotganmish, xunuk emish.

Bu vaqtincha xolos, bir necha marta shu soʻzlarni ishlatsangiz, bir necha marta eshitsangiz xunukligiyam, erishligiyam qolmaydi.

Men Atamalar tashkilotining tashabbusini qoʻllab-quvvatlayman.

Ularning ishini yoʻqqa chiqargandan koʻra takliflar berishni tavsiya qilaman. Mana shu soʻzni mana bunaqa desak boʻladi deb.

Yoqmagan bir necha soʻzni deb butun taklifni barbod qilish kerak emas. Masalan, yoʻlchiroq soʻzini darsliklarda ham ishlatyapmiz.

@birgap
03/03/2025, 05:43
t.me/birgap/2966
1.5 k
#RAMAZON_TUHFASI 🩷🩷🩷🩷🩷🩷
Siz, aziz ustozlar uchun Ramazon tuhfa!

Minglab ustozlar manfaatli darslardan bahramand bo'lishmoqda.

Barcha fan ustozlari uchun “Oliy toifa sari” Telegram kanalida bepul darslar, testlar va muhim qo‘llanmalar taqdim etib boriladi.

ℹ️ Ushbu xabarni attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha fan ustozlariga yuborishni unutmang.

😊https://t.me/oliytoifasari_attes
tatsiya
03/03/2025, 05:27
t.me/birgap/2965
2.5 k
#Ona_tilimiz_uchun

Sohalarga oid yangi atamalarni koʻrib chiqing!

Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va koʻrib chiqadi.

Tilimizga befarq boʻlmang!

Manba: OʻzR FA

@birgap
03/02/2025, 20:14
t.me/birgap/2964
2.9 k
Bir qiziq maʼlumot esimga tushib qoldi. Pedagog soʻzi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan. U παιδαγωγός (paidagogos) soʻzidan olingan bo‘lib, παῖς (pais) – "bola" yoki "yosh bola", ἄγω (ago) – "yetaklamoq", "boshqarmoq" yoki "yo‘l ko‘rsatmoq" deganidir.

Dastlabki davrlarda paidagogoslar qullar orasidan tanlab olingan shaxs bo‘lib, u badavlat oilalarning farzandlarini maktabga kuzatib borish va ularni nazorat qilish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik bu so‘z kengayib, "ta’lim beruvchi", "o‘qituvchi" ma’nosida ishlatiladigan bo‘ldi.

Xullas, pedagoglar qadimda qul hisoblangan.

@birgap
02/27/2025, 05:53
t.me/birgap/2963
1.1 k
Kun.uzda oʻqituvchilarning, maktabning xavfsizligi borasida suhbat qurgan edik.

Quyidagi havolada toʻliq koʻrishingiz mumkin:

https://youtu.be/SQcwpMMsFMk?si=qKCs7mECU8dyMifo

@birgap
02/26/2025, 15:00
t.me/birgap/2962
2.2 k
02/20/2025, 17:37
t.me/birgap/2961
Repost
690
#Bilasizmi

Bo'lajak erkak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun imtiyoz

Erkak boshlang'ich sinf o'qituvchilar safini kengaytirish maqsadida Profi University oliygohining “Boshlang‘ich ta’lim” yo'nalishiga o'qishga topshirgan o‘g‘il bolalarga kontrakt summasining 30 foizi chegirma qilib belgilangan.

➡️ Universitet haqida batafsil

0️⃣Profi University — eng to’g’ri tanlov!

Telegram I Facebook I YouTube
02/20/2025, 16:57
t.me/birgap/2960
1.3 k
Agar siz ota yoki ona boʻlsangiz, buni oʻqing. Quyidagi savollar ustida mulohaza yuriting:

1. Nega hikoyada ona bor yoʻgʻi ikki marta tilga olinadi? Otasi qani?

2. Nega qoʻli ogʻrib turgan bolaga ona oldiga emas, boshqasiga chopyapti? Nega darslarini onasi bilan emas, operator bilan tayyorlayapti?

3. Nega opasi bilan bor yoʻgʻi 15 daqiqa vaqt oʻtkazypati?

4. Mening farzandlarim ham uzoqdan mehr izlayotgani yoʻqmi?

Bundan tashqari, boshqa xulosalar ham olish mumkin, u xulosalar asarda ochiq ifodalangan.

Onlayn oʻqish uchun bu yerga bosing.

P.S. ota-onalarga yuborib qoʻyish esingizdan chiqmasin.

@birgap
02/20/2025, 13:09
t.me/birgap/2959
Repost
1.0 k
02/20/2025, 08:01
t.me/birgap/2958
1.6 k
Men munosabatdan noroziman

Xoʻsh, ruhiy nosogʻlom odamning dars oʻtilayotgan xonagacha kirib borishiga indamay tomoshabin boʻlib turganlarga nima chora koʻrildi?

Oʻsha aqli noqis ayol pichoq bilan kirib borib, oʻqituvchiga tiqib olganda nima boʻlardi?

Maktabda qorovul, navbatchi, Milliy gvardiya degan narsalar yoʻqmi?

Nega maktab maʼmuriyatiga nisbatan hech qanday chora koʻrilmayapti?

Nega bu ruhiy nosogʻlom ayolga javobgar boʻlganlarga chora koʻrilmayapti?

Oʻqituvchini istalgan jinni urib, soʻkib, sharmanda qilib, osongina davolanish uchun yoʻllanma olib ketaveradimi?

Qadrimiz shumi?

Duch kelganga xoʻrlatib qoʻyib, ortidan bir enli munosabat chiqarib qoʻyadigan vazirligimizdan aylanay?

@birgap
02/17/2025, 06:18
t.me/birgap/2957
Repost
1.2 k
02/15/2025, 15:47
t.me/birgap/2956
1.8 k
✅Pedagogik so‘rovnomada ishtirok eting va ta’lim rivojlanishiga hissa qo‘shing.

So‘rovnoma pedagog-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentikligini oshirishga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sizlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘rovnoma savollariga javob berasiz degan umiddamiz
🔹Zamonaviy metodik yondashuvlar
🔹Sun'iy intellekt – o‘qituvchi dastyori
🔹Auditoriyani boshqarish mahorati
🔹Pedagog etikasi va nutqi
🔹Raqamli savodxonlik
🔹Baholash savodxonligi
🔹Kontent tayyorlash mahorati
🔹Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish metodologiyasi
🔹Darsliklardan foydalanish metodikasi
🔹Ilmiy maqola yozish ko‘nikmalari
🔹Pedagogik keyslar muhokamasi

🟢 So‘rovnoma havolasi: https://forms.gle/gtvMTppkEpvAnVzd7

PS. Iltimos kimning kanali bo‘lsa, tarqatishda yordam beringizlar!
02/14/2025, 13:46
t.me/birgap/2955
2.2 k
Rost boʻlsin!

@birgap
02/10/2025, 15:55
t.me/birgap/2954
2.5 k
Meni eng koʻp azoblaydigan narsa – bolalar adabiyoti.

Bolalar adabiyoti deganda odatda juda tor doirada ertaklar, hikoyalar va sheʼrlarni tushunamiz. Aslida esa bu juda katta qora qozon. Shanba kuni Respublika bolalar kutubxonasiga bordim. Odam gavjum. Bir tomondan xursand boʻlasan kishi, ammo bir tomondan diling ranjiydi.

Oʻzbek tilidagi bolalar uchun kitoblarning asosiy qismi “Hurmacha polvon” ertaklaridan iborat. Sal nariroqda esa rus tilli bolalar uchun Rembrandni oʻrgatishayapti, Rim tarixi oʻqitilyapti, koinot va texnologik kashfiyotlarning asoslari tushuntirilyapti.

Boshqa millat bolalari kosmos, sayyoralar, sanʼat va maʼdaniyat, tarix, tabiiy fanlar, aniq fanlar, shaxslar haqida oʻqiyotgan bir paytda, bizning bolalarimiz arzon didaktikaga oʻrgatilyapti.

Oʻsha qaynotasining boyligi meros qolishini orzu qiladigan “Uch ogʻayni masheyniklar”u, birovning suhbatini tinglab, oʻzganing mehnatini oʻzlashtirgan “Toʻgʻrivoy”lar haqidagi ertaklar bilan rivojlana olamizmi? Kimdir qallob koʻpaydi, firibgar koʻpaydi dedi. Tabiiyki koʻpayadida, mustaqillikka erishibmizki bolalar uchun tayinli biror narsa yaratmadik. Oʻqitganimiz esa qalloblar, muttahamlar, ayyorlar toʻgʻrisidagi ertaklar boʻldi.

Biz shularni odob-ahloq normasi sifatida koʻrdik, shular bizga ibrat qilib koʻrsatildi. Hech kim bizga ilm-fan, adabiyot-sanʼat, koinot va falsafa nimaligini tushuntirmadi.

Maktab qurishga eringan xalq, qamoqxona qurishga erinmaydi deydilar. Bolalariga zamona ilmini oʻqitmagan xalq ham xuddi shunday, oʻrtoqlar.

©️ Oddiy yoʻlovchi

@birgap
02/09/2025, 22:44
t.me/birgap/2953
Repost
1.1 k
02/07/2025, 13:56
t.me/birgap/2952
2.0 k
Ushbu suhbat universitetda birga oʻqigan kursdoshlar guruhidan olingan.

Aytilishicha, Samarqand shahri maktablarida shu ahvol emish.

Sizning tumaningizda qanday ahvol? Sizlarda ustamalarni olib qoʻyish masalasi koʻtarildimi?

Bu masalani kengroq yoritish, oʻqituvchilar haqini olib qolish uchun vaziyat aniqroq koʻrib chiqilishi kerak.

Kimda shunday holatlar bor, @shtursunreklama_bot ga yozing. Shaxsingiz 1000% sir saqlanadi.

Sizdan soʻraladigani:
Nima boʻlyapti?
Nima deyishyapti?
Qaysi tumanning qaysi maktabi?

Bu juda ham absurd holat. Vaziyatni oʻrganish va ijobiy hal etish zarur.

Qoʻramasangiz izohlarga ham yozavering.

P.S. borib haqingizni tortib olib bera olmasam ham, kerakli manzillargacha shaxsan yetkazishga urinaman. Qoʻlimdan kelgancha yordam beraman. Bu masalada taʼlim boʻyicha yozadigan barchani yordamga chaqiraman.

@birgap
01/31/2025, 19:43
t.me/birgap/2951
1.0 k
eMaktab.uzʼga ota-ona nomidan kirib chiqishingiz maktab rahbariyatiga nima uchun kerak?

Ular bunga qanday asos keltirishadi?

Ularga kim shunaqa degan

@birgap
01/31/2025, 06:52
t.me/birgap/2950
1.0 k
Bizning maktabda bir ustoz bor. Tarix fanidan dars beradi. Qizigʻi shundaki, tarix fanini ingliz tilida oʻtadi (yuqori sinflarga). Nima uchun bunday ekanini mana bu yerda tushuntirib berganlar.

Ana shu ustoz, oʻz kanalida mana bunga oʻxshash hamma uchun foydali boʻlgan postlar va maʼlumotlar joylab boradi.

Tavsiya qilaman!

@birgap
01/31/2025, 06:48
t.me/birgap/2949
1.4 k
Oxirgi 5 yilda taʼlim ustida juda koʻp tajriba qilindi. Oʻqituvchilar hayotiga taʼsir qiladigan koʻplab qarorlar chiqdi.

Siz qaysi qarorni eslaysiz? Oʻsha qaror sizning hayotingizni qanday taʼsir qilgan?

Qaysi qaror sizning ustingizdan muzdek suv quygandek boʻlgan, seskantirgan? Sizning hayotingizni qiyinlashtirgan?

Agar izohlarda yozishga iymansangiz @shtursunreklama_bot ga yozing. Bu yerda shaxsingiz ochiqlanmaydi.

@birgap
01/30/2025, 14:19
t.me/birgap/2948
1.6 k
Maktab maʼmuriyatidagilar, iltimos, hech yoʻq ota-onaga xabar yozganda matnni savodli odamga yozdiring yoki tekshirtiring.

@birgap
01/30/2025, 14:11
t.me/birgap/2947
2.2 k
ChatGPT oʻqituvchilar uchun ajoyib yordamchi boʻla olishini bilarmidingiz?

Mana bu yerda uning oʻqituvchilar ishini yengillatadigan bir qator imkoniyatlari haqida soʻz boradi.

P.S. barcha fan ustozlari uchun foydali maqola

@birgap
01/28/2025, 07:12
t.me/birgap/2946
1.6 k
2025/2026-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lmagan chet tili oʻqituvchilari dars oʻtish huquqiga ega boʻlmaydi.

2025/2026-oʻquv yiliga qadar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʻlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim.

P.S. bu safar choʻzib berishmas ekan
@birgap
01/27/2025, 09:38
t.me/birgap/2945
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria