Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#kitobxonlik_haftaligi

“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali xodimlari uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali va Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memorandum imzolandi.

Ushbu kelishuvning asosiy maqsadi tomonlar o‘rtasida hamkorlik shartlari va yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat. Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar:

- Ilmiy va madaniy-ma’rifiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;

- kutubxona sohasidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha konsultativ maslahatlar berish;

- ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarda hamkorlik qilish va o‘tkazish;

- kutubxona xodimlarining malaka oshirishi va sertifikat olishlarida amaliy ko‘mak berish;

- axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga kutubxona fondidan foydalanishga amaliy ko‘mak berish;

- elektron kutubxonadan foydalanishga va o‘lka tarixiga bog‘liq ma’lumotlarni yig‘ishda amaliy ko‘mak berish;

- pedagogika, jismoniy tarbiya sohasidagi yo‘nalishlarga oid yangi kitoblarni muntazam ravishda tanishtirib borishga amaliy yordam berish.
04/24/2025, 18:46
t.me/fargona_akm/15864
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found