#kitobxonlik_haftaligi
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Farg‘ona shahar FVB 2 –YOQK harbiy xizmatchilari uchun ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida harbiy xizmatchilar kutubxona tarixi, fondi, yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, yangi loyihalar, o‘quv zallari va yangi adabiyotlar sharhi bilan yaqindan tanishdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.