Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot -kutubxona markazida Pensiya jamg‘armasi Fargʻona viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan "Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy" uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Pensiya jamg‘armasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Z.Akramov ishtirok etib, barcha ishtirokchi yoshlarni bugungi mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatidan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasi tomonidan ham yoshlar bilan ishlashda samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda yoshlarga katta ishonch bildirilgan holda ularning taklif-mulohazalari ham tinglanib, kelgusida amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida Pensiya jamg‘armasi xodimlari uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
04/25/2025, 18:14
t.me/fargona_akm/15903
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found