Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Bugun Farg‘ona shahar 9-maktabning 5-6 sinf o‘quvchilari ilm olamining sirli va sehrli dunyosiga sayohat qilishdi!

💫Yosh avlod uchun haqiqiy ma‘rifat manbai — Ahmad Farg'oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi! Bu yerda har bir kitob bir olam, har bir sahifa yangi imkoniyatlar bilan to‘ldirilgan!

Ekskursiya davomida o‘quvchilarimiz kutubxona resurslari bilan tanishib yangi kitoblar va xorijiy adabiyotlar orqali bilim olamiz degan kuchli ilhom olishdi. Kutubxona binosida yurish, yangi kitoblarni varaqlash va bilimga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish ularning fikrini o‘zgartirdi!

💬 “Kutubxona — bu nafaqat kitoblar to‘plami, balki fikrlar va orzularni amalga oshirish uchun manba!” — deya izoh qoldirishdi o‘quvchilarimiz.

Bugungi ekskursiya yosh avlodga kitob o'qishning ahamiyati, ilmiy izlanishlar va yangi bilimlarga bo‘lgan ehtiyoj haqida o‘ylash imkoniyati yaratdi.

Kutubxona — bu nafaqat o‘qish joyi, balki ilmga tayanib, yangi dunyo sari sayohat qilishning eshigi!
04/28/2025, 17:08
t.me/fargona_akm/15938
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found