Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
XU
Channel age
Created
Language
Uzbek
4.05%
ER (week)
11.79%
ERR (week)

Shoir, yozuvchi Xurshid Abdurashidning ijodiy sahifasi. Hammasi adabiyot va kitoblar haqida.

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 97 results
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
1
2
84
Mish-mish timsoli Ossa

Ossa — yunon mifologiyasida ovoza va mish-mishlarning timsoli hisoblanadi. Ossa Zevsning xabarchisi bo‘lib, uning amri bilan Troya ostidagi axeylarni harbiy kengashga yig‘ilishga va qo‘shin taqdirini hal qilishga undaydi.

Odatda, Ossa Zevsdan kelgan xabarlarni odamlarga tez yetkazadi; masalan, Telemaxga otasi Odissey haqida xabar beradi, Itaka bo‘ylab Penelopaning sovchilarining halokati haqidagi ovozani tarqatadi.

Sofoklning asarlarida “ilohiy ovoz” deb ta’riflangan Fama personaji ham shunday vazifani bajaradi.

👉 @xurshidabdurashid
04/28/2025, 10:57
t.me/xurshidabdurashid/5241
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
12
9
343
Badiiy asarga ochiq sahnalar, intim tasvirlar kerakmi? Ularsiz asar mukammal chiqmaydimi? Shu qabilidagi savollarga Alisher Navoiyning munosabati.

Ushbu parcha Alibek Rustamiyning kitobidan olingan.

👉 @xurshidabdurashid
04/26/2025, 15:02
t.me/xurshidabdurashid/5240
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
Repost
1
271
04/26/2025, 11:45
t.me/xurshidabdurashid/5239
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
Repost
24
1
267
Mansur Jumayevning “Biz kutgan fasl” kitobiga shoir imzosi va surati tushirilgan muhr bosildi. 5 nusxa. Xarid qilishga ulgurib qoling.

Suratdagi qizaloq — Orzu Mansur qizi.

📘 @akademnashr
04/26/2025, 11:45
t.me/xurshidabdurashid/5238
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
8
379
​​​​ЎША МЕН ЭДИМ

Деразанг ёнига қўнди кабутар
Илкида ўроғлиқ мактуб бор эди.
Сенга боқиб турган маъюс кўзлари,
Шу онда недандир умидвор эди.
Сен эса пардани ёпиб қўйдинг жим,
Ўша мен эдим-ку, ўша мен эдим.

Кўчага чиқдинг сен боғ айлангани,
Дайди шамоллардай хаёлинг тарқоқ.
Боғ кезиб юрардинг шунда ногаҳон
Оёғинг остига тушди бир япроқ.
Ўша япроқ каби сочилганди ким?
Ўша мен эдим-ку, ўша мен эдим.

Боғда гуллар тердинг авайлаб аста
Ногоҳ қўлларингга санчилди тикан.
Нозик қўлинг билан суғурдинг уни
Дединг “Шундай гулда тикан бор экан”.
Сенга талпинганди шу тикан , гулим,
Ўша мен эдим-ку, ўша мен эдим.

Сўнг қайтдинг уйингга ўй суриб сокин,
Дераза ёнига қўйдинг гулларни.
Тин олмоқ дардида чўкдинг тўшакка
Ва йиғлаб ўқидинг “Ўткан кунлар”ни.
Кимнидир ўйладинг, кўзлари сим-сим,
Ўша мен эдим-ку, ўша мен эдим.

👉 @xurshidabdurashid
04/25/2025, 21:19
t.me/xurshidabdurashid/5237
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
1
322
04/25/2025, 21:18
t.me/xurshidabdurashid/5236
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
9
322
04/25/2025, 21:17
t.me/xurshidabdurashid/5235
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
20
6
260
KULISHNI O‘RGANING

Nega siz ezilib, mahzun yashaysiz,
tikilib yashaysiz uzoq-uzoqqa?
yomg‘ir yog‘ib qolsa, yig‘lay boshlaysiz,
musicha tushgani kabi tuzoqqa.

Siz hech kulganmisiz hayotingizda,
do‘stlar davrasida yo yolg‘iz payti?
Biror kimning rahmi kelganmi sizga,
odam degan bunday baxtsiz bo‘lmaydi.

Kim u kulgingizni sug‘urib olgan,
ko‘zingiz – musaffo osmon bag‘ridan.
Kim u chehrangizga yopinchiq solgan,
sizni judo qilgan bari-baridan.

Javobning kimga ham bordir qizig‘i,
shu hayot ma’qulmi, yashang, marhamat.
Sizni baxtli qilar go‘yo shu yig‘i,
endi kulishni ham o‘rganing faqat...

👉 @xurshidabdurashid
04/24/2025, 06:27
t.me/xurshidabdurashid/5234
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
1
312
Boburdan bir ruboiy sharhi.

👉 @xurshidabdurashid
04/23/2025, 09:56
t.me/xurshidabdurashid/5233
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
13
3
365
Maxtumquli she’riyati – har bir o‘zbek uchun bir Ta’lim akademiyasi.

Ibrohim Haqqul

👉 @xurshidabdurashid
04/23/2025, 08:16
t.me/xurshidabdurashid/5232
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
9
1
336
Fikriy teranlikdan mahrum she’rlar bamisoli daryo yuzidagi “xas-u xoshok”...

Ibrohim Haqqul

👉 @xurshidabdurashid
04/23/2025, 08:12
t.me/xurshidabdurashid/5231
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
12
3
324
Assalomu alaykum!

Sizni jurnalimiz taqdimotida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Keling. Kutamiz!

📍 Lokatsiya
04/21/2025, 10:14
t.me/xurshidabdurashid/5230
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
8
323
Mashhur yozuvchilarning ijodiy ta’tillari

Lev Tolstoy Yasnaya Polyanadan chiqib, yashirin tarzda oddiy dehqon bo‘lib yashagan, pichan o‘rgan, polizda ishlagan, dehqonlar bilan hammomda cho‘milgan. Bu ta’tillardan u ruhan poklangan va ilhomlangan. Aynan shunday paytlarda u “Iqrornoma” va “Tirilish” asarlarining g‘oyalarini shakllantirgan.

Aleksandr Pushkin “majburiy ijodiy ta’til”ini Mixaylovskiyda, surgunda o‘tkazgan. U yerda, poytaxt shovqinidan uzoqda Pushkin “Boris Godunov” tragediyasini, “Yevgeniy Onegin” she’riy romanining ayrim qismlarini yozgan ekan.

Jeyms Joys Irlandiya haqida “uzoqdan va aniqroq” yozish uchun vatanini tark etgan. Syurixda u ko‘l bo‘ylab sayr qilgan, oqqushlarga don bergan va muhtasham “Uliss” romanining syujet va kompozitsiyasini miyasida pishitib olgan.

Gyote o‘zining Italiya safarini “hayotidagi eng baxtli ijodiy ta’til” deb atagan. U saroy xizmatini tashlab, antik xarobalarga yo‘l olgan. U yerda nafaqat she’rlar yozgan, balki o‘zligini va hayot mohiyatini teran anglab yetgan. Italiya quyoshi uning ruhi va tanasiga quvvat bergan.

Vladimir Nabokov faqat tabiat qo‘ynida (va kapalaklar bilan!) dam olgan. Uning ta’tillari ilmiy ekspedisiyalarga o‘xshardi: Alp tog‘lari, AQSH, Qrimda kapalak ovlash bilan o‘tkazgan. ”Kapalak ovi – ichimdagi xaosni tartibga solish usulidir", degan ekan Nabokov.
Uning romanlaridagi ba’zi qahramonlar (jumladan, “Lolita”dagi Gumbert ham) sayohatchi-tabiatshunos bo‘lgan.

👉 @xurshidabdurashid
04/19/2025, 11:34
t.me/xurshidabdurashid/5229
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
9
7
244
Oshiqma oy to‘lguncha,
Olam chaman bo‘lguncha.
Ochar bir kun gulg‘uncha,
Sog‘inch damlar vaqtincha.
04/17/2025, 08:40
t.me/xurshidabdurashid/5228
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
23
8
555
DUNYO. GRAFIKA

Gulni sovuq ursa kurtakka ne g‘am,
Ohular zamoni. Hurkakka ne g‘am?
Janob g‘oz, dunyoni bosishga suv yo‘q,
Bo‘lsa ham siz ila o‘rdakka ne g‘am?

Olam manzarasi: alog‘-jalog‘ tush,
Yarmi shodumonlik va yarmi noxush.
So‘nggi raqsi tomon uchmoqda oqqush,
Bu ko‘l qayg‘usidir. Ko‘lmakka ne g‘am?

Ro‘yoblar mag‘lubdir, ro‘yolar g‘olib,
Riyolar inqiroz vahmidan xoli.
Yetilmoq mavsumin boshida sholi,
Hosilning avjida kurmakka ne g‘am?

Tubi teshik bo‘lmish tarmoqlar ichra,
Kimni ovlamoqda ul instachehra?
Magar ochilmadi qaysi bir qirra?
Bu oroyish ichra turmakka ne g‘am?

Bu shoshqin zamonda, shovqin zamonda,
Sanoqda yo‘qmiz-u mavjudmiz sonda,
Ayting, chiqish yo‘li bormi insonda?
(Va lekin parvoyi falakka ne g‘am?)

Faqat sof holida saqlanar ko‘zyosh,
Hali bu tozalik etilmagan fosh.
Yuvosh tort, ey qalbim, yuvosh tort, yuvosh!
Vahm halakkadir, halokka ne g‘am?

👉 @xurshidabdurashid
04/16/2025, 19:43
t.me/xurshidabdurashid/5227
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
9
7
866
Epizod konsert ll Abbos Serobov

Hayotimiz epizodlardan tashkil topgan. O‘ziga xos satirasi va so‘z o‘yinlari bilan tanilib borayotgan stendap komik Abbos Serobov o'zining “Epizod” nomli ilk konsertida hayotning turli epizodlaridan qiziq kuzatuvlarni jamlagan. Konsertga keling va har bir epizoddan zavq oling.

🗓 Sana: 02.05.2025 19:00
🎫 Narx: 50 000 UZS

📍 Manzil: SAHNA stand-up club, Yunusobod, 4-kvartal, 28A
📍 Xaritada ko'rish
04/16/2025, 19:02
t.me/xurshidabdurashid/5226
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
1
Epizod konsert ll Abbos Serobov

Hayotimiz epizodlardan tashkil topgan. O‘ziga xos satirasi va so‘z o‘yinlari bilan tanilib borayotgan stendap komik Abbos Serobov o'zining “Epizod” nomli ilk konsertida hayotning turli epizodlaridan qiziq kuzatuvlarni jamlagan. Konsertga keling va har bir epizoddan zavq oling.

🗓 Sana: 02.05.2025 19:00
🎫 Narx: 50 000 UZS

📍 Manzil: SAHNA stand-up club, Yunusobod, 4-kvartal, 28A
📍 Xaritada ko'rish
04/16/2025, 18:57
t.me/xurshidabdurashid/5225
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
25
5
350
“Cho‘kish joy tanlamaydi. “Titanik”da cho‘ksang ham, oddiy anhorda cho‘ksang ham yakun bir xil. Cho‘kib ketgandan uchib ketgan yaxshiroq emasmi? Yaxshi. Lekin sen qush emassanki, ucha olsang. Bunchalar murakkab yashash tarzing, ey sutemizuvchi jonzot.

Cho‘kma, uch. Yurma, yugur. Harakatdan to‘xtagan kuning o‘zingga hukm o‘qiysan. Odam harakatdan to‘xtasa, yashashdan ma’no yo‘q. Orzular qilasan, ularga yetishish uchun intilasan. Biroq orzularga yeta olmaysan. Chunki orzular besarhad bo‘lur. Orzular ustiga orzular qo‘shilaveradi. Nima istashini bilmay o‘tib ketadigan sutemizuvchi jonzot bu – inson.

Hayot – orzu tug‘ilishidan orzu tugashigacha yo‘l. Ey yo‘lovchi, yuraver, qaytganning qadami sinsin. Yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra deb men emas, xalq aytgan.

So‘zlarni tizginidan tuta bilmasang, ma’nisizlik tubiga cho‘karsan. Cho‘kish joy tanlamas”.

“Dardisar”dan bir shingil.

👉 @xurshidabdurashid
04/10/2025, 05:54
t.me/xurshidabdurashid/5224
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
4
352
YOMGʻIRTUS XAYOL

Yomg‘ir sevalaydi...
Tomchilar daydib
Deraza qo‘yniga otadi o‘zin.
Ruhingda bahoriy tuyg‘ular qalqib,
Xafahol qalbingga tilaydi to‘zim.
Yomg‘ir sevalaydi...

Bir ezgin qo‘shiqqa tayyorlanar ruh,
Eng baland pardaga yetib bormaysan.
Yomg‘ir...
Baxt...
Bahorning mo‘jizalari,
Sen ularni tashlab darsga bormaysan.

Qaraysan: xayoling osmonlarida,
Bir qiz bulut yanglig‘ yuradi suzib.
Tasavvurdan nari o‘tib bilmaysan...
Yomg‘ir sevalaydi...
ezilib, ezib...

Go‘yo u yomg‘irda qolgan farishtang,
Ammo tutolmaysan unga soyabon.
U baxt yomg‘irida oqib ketmoqchi,
Sen baxt bo‘lolmaysan unga hech qachon.

Nega yomg‘irli kun baxt haqda o‘ylar
Shuuringda uchib, tinchlik bermaydi?
O‘zingga hukm ham topib qo‘ygansan
Yomg‘ir sevalaydi...
Yo‘q, u sevmaydi....

👉 @xurshidabdurashid
04/06/2025, 16:36
t.me/xurshidabdurashid/5223
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
12
2
363
Tahrir tajribalari

Rey Bredberi hikoya va romanlarini bir necha bor qayta yozib, ortiqcha so‘zlarni olib tashlashga intilgan. Uning fikricha, har bir so‘z "nafas olishi”, matn esa yengil va jonli bo‘lishi kerak edi.

Jorj Oruell aniq yozishning beshta qoidasiga amal qilib, qoliplardan, majhul nisbatdan va murakkab tuzilmalardan qochgan. U ortiqcha sifat va ravishlarni ehtiyotkorlik bilan olib tashlab, matnni nihoyatda aniq qilishga erishgan.

Lev Tolstoy qo‘lyozmalarini cheksiz tahrirlagan. Masalan, “Urush va tinchlik” asarini 7 marta qayta yozgan, xotini Sofya Andreevna esa asarni qo‘lda 50 martadan ortiq ko‘chirgan ekan.

👉 @xurshidabdurashid
04/01/2025, 18:10
t.me/xurshidabdurashid/5222
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
32
28
550
***

Seni sog‘inmayman. Qarorim qat’iy.
Sabrim hali yetar sensiz yashashga.
Senda ham zorlik yo‘q, ko‘zingdan sezdim
Men tomon bir bora kulib qarashga.

O‘rtada sevgi yo‘q.
Yuraklar bo‘m-bo‘sh.
Ko‘zlarim sendan ham boshqani ko‘rar.
Yurakmi...
Yurak ham emas bezovta,
Ismingni aytmay ham tinchgina urar.

Sening ham qalbingda menga o‘rin yo‘q
Yuragingdan o‘zga boshpanam bisyor.
Axir har tomoni huvullab yotgan
Qaqroq yuragingda menga nima bor?

Bitta gap tilimda...
Sukut aylagin
Osmonga bir zum sayr etdim-u, qaytdim.
Nega ko‘zlaringda halqalandi yosh
Yolg‘onni qanchalar chiroyli aytdim?...

👉 @xurshidabdurashid
03/31/2025, 22:40
t.me/xurshidabdurashid/5221
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
15
6
409
Stiven King “10 foiz qisqartirish” qoidasiga amal qiladi. U asarni yanada ta’sirli qilish uchun birinchi qoralamadan keyin kamida 10 foiz matnni olib tashlashni tavsiya etadi.

👉 @xurshidabdurashid
03/31/2025, 15:23
t.me/xurshidabdurashid/5220
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
16
4
436
Ernest Xeminguey o‘z asarlarini ko‘p marta qayta yozgan. Tahrir borasida juda talabchan bo‘lgan. “Alvido, qurol” romanining yakunini mukammal variantga erishguncha 47 marta qayta ishlagan ekan.

👉 @xurshidabdurashid
03/30/2025, 21:10
t.me/xurshidabdurashid/5219
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
5
382
SUKUNAT MALAGI

Oq-oq, — dedi afsonalar sultoni, —
Sening taxting, baxting unda kutadir.

Cho‘lpon

Begona qo‘llar ham negadir iliq,
Yot quchoq isitar muzday vujuding.
Bir senga yarashar bundayin qiliq,
Shunchalar kengdirki ko‘ngil hududing;

Talonchi kimsaday kirib olsalar,
Qilt etar yuzingda na hadik, na g‘am
Toroj qila turib ko‘nglingni olar,
Quchsa indamaysan,
Jimsan o‘psa ham.

Sukunat malagi, seni sevadi
Dunyoning bir baxtsiz odami hamon.
Sensan sog‘inari, sensan sevari,
Uning uchun faqat sen bor... Al’omon!

Begona qo‘llarda ezg‘in chechagim,
Iliq haroratdan ko‘zlaring basir.
Malol kelmasa bas senga sevmagim,
Faqat ko‘zlarimdan o‘zingni yashir.

Bugun sen omadli haykaltaroshsan,
O‘zingdan baxtli bir ayolni yasab.
Umring sahnasidan bo‘lmaydi qochsang,
Ketaver jim ko‘nib... va sokin yasha!

Qaroqchi qo‘llarda titrar yuraging,
Peshonang qismatga bo‘lmishdir qaram.
Lozimdir bariga rozi bo‘lmaging,
Quchsa indamaysan,
Jimsan o‘psa ham.

Shundanmi hayoting go‘yo to‘kisday,
Yarashar ne qilsang – bejirim qiliq.
Shundanmi baxt uchun hamma narsa shay,
Begona qo‘llar ham negadir iliq.

📚 “FAQAT U QOLDI” kitobidan

👉 @xurshidabdurashid
03/30/2025, 21:00
t.me/xurshidabdurashid/5218
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
13
3
282
Koreys rejissyori Pon Jun Xoning “Mikey 17” filmini ko‘rdim. Hamma rolni koreyslar o‘ynaganda zo‘r bo‘lardi. Yaxshi film ekan.

Inson ahmoqliklarining cheki yo‘q. Hatto Yer sayyorasidan ketib ham undagi telbaliklardan qochib qutulolmaysan. Inson genidagi illatlar har qanday sayyorada o‘zini namoyon qiladi. Hatto ultra darajada. 

Film hukmronlik hissini g‘ayrioddiy mintaqada, ulkan koinotning noma’lum bir nuqtasida ham mislsiz yovuzlikka boshlashini ko‘rsatib beradi. Ha, inson egosi vaqtida jilovlanmasa, uni eplab bo‘lmay qoladi.

Odatda, fantastik filmlar yoqmasa-da, bu film maʼqul bo‘ldi. 9/10.

👉 @xurshidabdurashid
03/28/2025, 20:20
t.me/xurshidabdurashid/5217
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
Repost
9
5
209
Oxirgi postimga juda ko‘p munosabat bildirildi, qarab turmaymiz, yordam berishga shaymiz, degan izohlar yozildi. Elning daldasi umid bag‘ishlab, ulug‘ ayyom kunlari yana bir post qo‘yishga qaror qildim.

Yo‘ldosh Eshbek xalqimizni milliy ozodlikka boshlagan shoirlardan biri. Shunday shaxsning xor-u zorlikda yashashiga tomoshabinlik qilish bizga yarashmaydi. Eng yomoni, bu ahvol surunkali ravishda davom etmoqda. Shoir sovet davridayoq ta’qibga uchragan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ham ro‘shnolik ko‘rmagan, 10-15 yilcha uy qamog‘ida saqlangan. Bu, tabiiyki, oilani uch-quyruqsiz muammolar zanjiriga giriftor qilgan. Ko‘pchilik ziyolilar vaziyatni oldindan yaxshi biladi (sabablarini ham), imkon qadar ko‘mak berib keladi.

Yo‘ldosh Eshbek “Yig‘layotgan qiz” timsolida butun dunyodagi barcha ezilgan mazlumlarga, hayotda ko‘p aldangan soddadillarga hamdard, hasratdosh bo‘ldi. Ne tongki, o‘zining ham qismati “yig‘layotgan qiz”ga aylanib ketdi.

Bu dunyo aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo aslida yig‘layotgan qiz!

Biror yillar ilgari borganimda Yo‘ldosh Eshbek sobiq yotoqxonaning bir bo‘lmasida yashardi, har holda. Keyin oshxonaga ko‘chib chiqibdi. Oilaviy sharoit shuni taqozo qilgan. Kamida besh jon tiqilib kun kechirmoqda: ota, ona, o‘g‘il, qiz, nabira… Ustiga ustak, shoirni xastaliklar qiynayapti: qand kasali bor, ko‘z ko‘rmay qolgan, o‘t azob beradi… Shu holida ham ijoddan to‘xtagani yo‘q. Og‘riqlar orasida she’rlar bitadi, ulug‘ ulamolarimizdan tarjimalar qiladi (aytib turib yozdirsa kerak).

Avvalgi postim ijtimoy tarmoqda keng tarqalib, yaxshi odamlar amaliy yordam taklifi bilan chiqdi, manzilini surishtirgan ham ko‘p bo‘ldi. Menimcha, hamma uyiga borib, bezovta qilmagani durust. Xijolatli... Do‘stlar bilan kengashib, eng to‘g‘ri yo‘l plastik kartaga ko‘mak yig‘ish deb o‘yladik. Shoirning o‘zi bu haqda eshitishni ham istamadi. Shuning uchun shaxsiy karta ma’lumotlarimni e’lon qilyapman.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)

👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Olganing – birovniki, berganing – o‘zingniki, deganlar. Katta elmiz, bir g‘ishtdan qo‘yib, osmono‘par minorlar tiklaganmiz. Millatim deb yashagan shoirini millatimiz yolg‘iz qo‘ymasligiga ishonaman. Imkoningiz boricha yordam qilsangiz quvonaman, imkoningiz bo‘lmasa tushunaman. Postning ko‘proq odamga yetib borishiga hissa qo‘shing 🙏

🗄Farrux Jabborbek
03/28/2025, 19:59
t.me/xurshidabdurashid/5216
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
17
4
610
Sharof Boshbekovning kitoblarini muntazam o‘qib turaman. Haqiqiy mahorat maktabi. Nafaqat dramaturglar, balki nosirlar uchun ham o‘rganish zarur bo‘lgan jihatlar ko‘p.

Bizda drama o‘qish odati unchalik shakllanmagan. Odatda, mashhur dramalargina badiiy asar sifatida o‘qiladi. Shakl boshqacharoq bo‘lgani va faqat dialoglardan iborat bo‘lgani uchun shunday bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Lekin dramada ham taqdirlar bor, kechinmalar bor. Ba’zi dramalardagi g‘oya va hissiy ta’sir katta-katta romanlarda ham yo‘q.

Rejissyor Asqar Xolmo‘minov aytgandi, “pyesani xuddi teatrga borishga qanday tayyorlansangiz, shunday tayyorgarlik bilan, hatto yangi kiyimlarni kiyib, bor diqqatingiz va vaqtingizni shunga qaratib, bir boshlaganda oxirigacha o‘qish kerak”.

Sharof Boshbekovning mavzu topishi, syujet qurishi, xarakter yaratishi va eng muhimi, jonli dialog yozish mahorati meni doim hayratga soladi. Buyuk talant. Dramaturg remarkalarni juda kam ishlatadi. O‘qirkansiz, voqeani xuddi sahnada ko‘rib turganday bo‘lasiz. Hamzadan keyingi eng kuchli dramaturg, shubhasiz.

👉 @xurshidabdurashid
03/22/2025, 22:38
t.me/xurshidabdurashid/5215
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
13
6
353
HAMMASI HAYOTDAN OLINADI

Markes yozuvchi hayotning har qanday ikir-chikirlarini ham nazardan qochirmasligi kerak, deb hisoblagan. “Meni ko‘pincha tasavvurim uchun maqtashgani ajablantirardi, aslida esa romanlarimda real hayotga asoslanmagan birorta ham satr bo‘lmagan”, deydi u intervyularidan birida.

Bunga ishonish qiyin, biroq Markes romanlarining syujetlari va qahramonlarining prototiplarini o‘zining boy xayolotidan emas, balki haqqoniy hayotdan olgan. Uning yozuvchilik vazifasi biror sehrli voqeani o‘ylab topish emas, balki sinchkov kuzatuvchi bo‘lib, ko‘rgan-eshitganlarining barchasini asarga ko‘chirish edi.

“Vabo davridagi muhabbat” romaniga Markes ota-onasining munosabatlari tarixini asos qilib olgan, ko‘plab asarlarida esa yozuvchining bolaligi o‘tgan, quyoshli Arakataka manzaralari aks etgan.

“Yolg‘izlikning yuz yili” asaridagi Buendialar oilasining kayvonisi — Ursulaga xos shtrixlar ko‘p jihatdan Gabrielning o‘z buvisidan olingan, deyishadi. Bobosining sevimli mashg‘uloti (u tilla baliqchalar yasagan) esa romanning yana bir qahramoni – polkovnik Aurelianoga “meros” bo‘lib o‘tgan.

Hatto qahramon Rebekkaning tuproq yeyish odati ham xayolot mahsuli emas, balki hayotdan olingan voqea edi. Markesning singlisi Margo kun bo‘yi tuz totmagan va faqat bog‘dagi nam tuproqdan yeyishni yoqtirgan.

Butun dunyo “Yolg‘izlikning yuz yili”ni “fusunkor realizm”ning etaloni deya ataydi, muallifning o‘zi esa bu kitobni “kundalik hayotning ulkan dostoni” deb hisoblagan.

👉 @xurshidabdurashid
03/20/2025, 22:10
t.me/xurshidabdurashid/5214
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
16
6
289
RAMAZON QO‘RIQCHISI

Cho‘ntak titkilama, vaqt taqsimi soz:
Avayla kunduzni, chopar u shovvoz.
“Qancha qoldi?” dema. O‘zim aytaman,
Marraga bor hali, iftorlikka oz.

👉 @xurshidabdurashid
03/19/2025, 23:53
t.me/xurshidabdurashid/5213
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
13
5
354
Xurmo ekishni joriy qilgan Anush

Navoiy yozadi:
“Ming yil dag‘i sursa erdi davronni Anush,
Ham aylagusi erdi ajal jomini no‘sh”.

Ushbu baytda Navoiy tilga olgan Anush obrazi diniy-mifologik qahramon bo‘lib, u Shis payg‘ambarning o‘g‘lidir. Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Anushning valiy zot bo‘lganini yozadi.

U xurmo daraxtini ekish, sadaqa berish kabi odatlarni joriy qilgan. Uning davrida xalq farovon yashagan. “Tarixi Ja’fariy” kitobida Anush davrida Suvod mulkida bir ajdaho paydo bo‘lib, odamlarga ko‘p zarar yetkazgani, shundan so‘ng Anush Odam Atodan meros qolgan hassa bilan uni urib o‘ldirgani yozilgan. Uch yuz oltmish yil umr ko‘rgan, deyiladi.

👉 @xurshidabdurashid
03/18/2025, 20:41
t.me/xurshidabdurashid/5212
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
18
7
431
HAMD

Qay yerda ziyo bor — sen borsan,
Qay yerda hurlik bor — borsan sen.
Har ko‘ngil Baytulloh, Baytulloh...
Yolg‘izga yorsan sen,
Ojizga yorsan sen.
Subhda saslangan azon tovushi
Seni yod etmoqqa chorlaydi.
Seni zikr etganning peshonasida
Rаbbim, 99 isming porlaydi...

👉 @xurshidabdurashid
03/18/2025, 19:50
t.me/xurshidabdurashid/5211
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
9
370
Mario Vargas Lyosa u haqida “Lotin Amerikasini afsonaga, afsonani esa voqelikka aylantirgan sehrgardir”, deb ta’rif berdi.

Salman Rushdiy “U moʻjiza kundalik hayotning bir qismi, tarix esa sehrning yana bir ko‘rinishi bo‘lgan butun bir olamni yaratdi”, dedi.

Karlos Fuentes “U bizga eng chuqur qo‘rquvlarimiz, umidlarimiz va istaklarimiz yashaydigan, maftunkor she’riyatga o‘ralgan koinotni in’om etdi”, dedi.

Eduardo Galeano esa hayratini “U bizga shunday bir hikoyani so‘zlab berdiki, unda har bir yomg‘ir tomchisi, har bir so‘z va har bir nigoh sehrli kuchga ega”, deya bayon etdi.

Mashhur yozuvchilarga ham yuksak ilhom bergan, sehrli realizmni shunchaki uslub emas, balki dunyoqarashga aylantirgan bu inson – Gabriel Garsiya Markes edi.

👉🏻 @xurshidabdurashid
03/14/2025, 23:37
t.me/xurshidabdurashid/5210
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
12
1
328
Bu olamga bir inson bering...

Adabiyotga bitta obraz berish ham katta baxt. Bu qahramonlar adabiy olamda muqim fuqaroga aylanadi, o‘quvchiga sevimli bo‘ladi, doim eslanadi.

O‘zbek adabiyotini olaylik. Asr boshida Qodiriy Otabek bilan Kumushni, Anvar-u Ra’noni, Solih Maxdumni, Sadriddin Ayniy Qori Ishkambani, Cho‘lpon Zebini, Oybek Yo‘lchi bilan Gulnorni, Gʻafur Gʻulom Qoravoyni adabiy olam fuqarolari safiga qo‘shdi.

Keyinroq Murod Muhammad Do‘st Nazar Yaxshiboyev bilan G‘aybarovni, Erkin A’zam anoyi Ramazonni, Tog‘ay Murod Bo‘ri polvonni.

Pirimqul Qodirov deganda Bobur, Odil Yoqubov deganda Ulug‘bek obrazi keladi-yu, lekin bular to‘qima obraz emas-da. Asqad Muxtorning Ochil buvasi ham u qadar nufuzli ko‘rinmaydi. Shukur Xolmirzayev deganda aniq bir obrazni tanlay olmadim. Agar bittasini aytishga to‘g‘ri kelsa, “O‘zbeklar” hikoyasidagi Ergash qadrliroq.

O‘tkir Hoshimov deganda xayolingizga birinchi qaysi obraz kelishini bilmadim-u, men komissar Soat Gʻaniyev obrazini eslayman.

Siz kimlarni adabiy olamning o‘z o‘rniga ega, zalvorli fuqarolari deb bilasiz?

👉🏻 @xurshidabdurashid
03/14/2025, 20:51
t.me/xurshidabdurashid/5209
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
6
3
360
SARVGA AYLANGAN KIPARIS

Keos orolining Karfey vodiysida nimfalarga baxshida etilgan ohu bo‘lardi. Ushbu jonivor bag‘oyat chiroyli edi. Uning ayri muguzlari zarhallangan, bo‘ynini marvarid munchoqlar bezab turar, quloqlarida esa qimmmatbaho taqinchoqlar osilgandi. Ohu odamlar oldida qo‘rquv bilmasdan yuraverardi. U kishilarning uylariga bemalol kirar, o‘zini siypalamoqchi bo‘lganlarga bo‘ynini cho‘zardi. Ushbu ohuni barcha odamlar birday sevishardi, lekin uni hammadan ko‘proq tirandoz Apollonning sevimli do‘sti, Keos podshosining yosh o‘g‘li Kiparis (Sarv) yaxshi ko‘rardi. Kiparis ohuni shirali maysalar o‘sib turgan sayhonlarga va suvlari jildirab oqayotgan jilg‘alarga yetaklar, uning shoxlarini muattar hid taratuvchi gullardan yasalgan gulchambarlar bilan bezardi. Yosh Kiparis ko‘pincha ohu bilan o‘ynashib, uning orqasiga irg‘ib minib olardi-da, gullab-yashnagan Karfey vodiysi bo‘ylab sayr qilardi.
Yoz kunlarining biri, ayni qiyom payti. Quyosh atrofni tandirdek qizitmoqda. Har yonda jazirama issiq. Ohu oftob taftiga dosh berolmay, soya tashlagan butalar orasida yotib oldi. Kiparis tasodi- fan ohu yotgan yerda ov qilib yurardi. U o‘z sevimli ohusini tanimay, u tomon nayza irg‘itdi, jonivor shu ondayoq til tortmay jon berdi. Suyukli ohusini o‘ldirganini ko‘rgan Kiparis dahshatga tushdi. Gʻam-g‘ussaga chiday olmay o‘limga rozi bo‘lib, ohu bilan birga o‘lsam deydi. Apollonning taskinlari unga kor qilmadi. Kiparisning g‘am-anduhiga hech narsa tasallo bo‘lolmasdi, u kumush yoyli ma’budga o‘zini mangu hasrat o‘tida yonishga mahkum etishini iltijo etib, yolvoradi. Apollon uning iltijosini ijobat ayladi. Yigit daraxtga evrildi (aylandi). Uning qo‘ng‘ir sochlari yam-yashil ignabarglarga aylandi, tanasi esa qobiqqa burkandi. U Apollonning ko‘z o‘ngida qaddi raso sarv daraxti bo‘lib turardi. Uning tepasi kamalak o‘qi yanglig‘ osmonga o‘rlagandi. Apollon hasrat ila oh tortarkan, shunday dedi:
– Hamisha senga hamdardman, ey sohibjamol yigit, sen ham begonalar g‘amiga hamdard bo‘lib qolasan. Hamisha alamzadalar bilan birga bo‘l!

“Qadimgi yunon afsona va rivoyatlari” kitobidan

👉🏻 @xurshidabdurashid
03/14/2025, 19:15
t.me/xurshidabdurashid/5208
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
18
3
642
Pahlavon Mahmuddan bir ruboiy:
Me’mor falak qasr ila ayvon etgay,
Naqshini tamom etgay-u, vayron etgay.
Peshtoqini bu kun o‘ziga teng etgach,
Ertasiga yer bilan yakson etgay.

Matnazar Abdulhakim tahlili: “Bu – kechgan umrdan mag‘rurlanmaslik falsafasi. Modomiki, Alloh abadiyati qoshida ushbu dunyo qasrining bizga azaliy va abadiydek tuyulgan umri bir kunlikkina ekan, nima uchun inson vaqtni, o‘tayotgan umrning bebaho lahzalarini bu darajada qadrlamasligi kerak? Xulosa shuki, shodon yashashga oshiqmoq zarur”.

Ulug‘lar shukr qilishga va xotirjam bo‘lishga da’vat qiladilar. Zotan, hayotning har lahzasi sevishga arziydi.

👉🏻 @xurshidabdurashid
03/08/2025, 20:57
t.me/xurshidabdurashid/5207
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
14
5
366
Ko‘k yulduzi izsiz edi, yer yulduzi kuchsiz,
Har ikkisi ketdi.
Ko‘nglimga yaqin narsani izlab kecha-kunduz,
Oy-yillarim o‘tdi.
Oy-yillarim o‘tdi.

Cho‘lpon

👉🏻 @xurshidabdurashid
03/08/2025, 20:47
t.me/xurshidabdurashid/5206
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
24
3
653
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz opa-singillar!
03/07/2025, 22:38
t.me/xurshidabdurashid/5205
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
12
5
445
Yozuvchilar qahramonini halok qilganida...

Yeremey Parnovning “Malta hassasi” romanidan parcha.
03/07/2025, 21:51
t.me/xurshidabdurashid/5204
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
17
7
438
Yozuvchi Stefan Sveyg “Zigmund Freyd” nomli essesida Freyd nazariyasini yaxshi tahlil qilib bergan ekan. Freydning fan oldidagi xizmati, yutuqlari-yu nuqsonlarini teran tadqiq etgan. Esseni o‘qish uchun pastda manba qoldiraman.

👉🏻 @xurshidabdurashid
03/05/2025, 20:51
t.me/xurshidabdurashid/5203
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
15
3
337
Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlarining “Tanqid saralamoqdur” degan muhtasham iqtibosi bugun biroz tahrirlanib, “Tanqid savalamoqdur” ko‘rinishiga keldi.

👉🏻 @xurshidabdurashid
03/05/2025, 20:41
t.me/xurshidabdurashid/5202
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
21
2
351
📚“Dardisar” kitobiga “Akademnashr” tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan 15 foiz chegirma e’lon qilinibdi. Kitob xarid qilmoqchi bo‘lganlar, @akademsavdo profiliga murojaat qilishingiz mumkin.
03/05/2025, 18:34
t.me/xurshidabdurashid/5201
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
Repost
9
321
Yozuvchilar uyushmasida Nasr kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Mavlon Boboxonov romanlar bo‘yicha maʼruza qildi. Munaqqid olim maʼruzasida Xurshid Abdurashidning “Dardisar” romani haqida ham mulohaza bildirdi.

📚 @akademnashr | 🎁 Chegirmadagi kitoblar
03/05/2025, 18:30
t.me/xurshidabdurashid/5200
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
33
1
473
Hozirgi “Saylanma”lar mohiyatan “Saylanma”dan ko‘ra “Jamlanma”ga o‘xshaydi.
03/05/2025, 08:05
t.me/xurshidabdurashid/5199
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
28
9
506
QOR SOCHING O‘PARDI

​​Yomg‘ir quyilardi, qor elanardi,
Shamol uvillardi – vahimang og‘ir.
Qor sening sochingni o‘pardi,
Ko‘zlaringni yomg‘ir.

Sen bekatda eding, kimsasiz bekat,
Yolg‘izlik yoningda tutardi qo‘ling.
Avtobuslar yurmas qadim tariqat
Bepoyon va keng.

Faqat intizorlik, faqat kutmoq bor,
Hayotning bu noyob lazzati senga.
“Umr – yo‘l”, ohori to‘kilgan shior.
Tugar, achinsa....

Bu – o‘rta asrlar bekati qariyb,
O‘tsa chopar o‘tar, hech kimsa bilmas.
Bir kun sevgilisin kimdir axtarib
Kelar, yo kelmas.

Ammo o‘sha kuni men o‘tar bo‘ldim,
Turarding ko‘zingda tutib yoshingni.
Yomg‘ir o‘par edi ko‘zlaringni jim
Qor esa sochingni...

👉 @xurshidabdurashid
03/03/2025, 03:57
t.me/xurshidabdurashid/5198
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
16
2
328
“Kitob — dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi”, degan edi Ozod Sharafiddinov. Shu mo‘jizaga yetish yo‘lida hamroh bo‘ling:

https://t.me/addlist/TMAqHjQgAABhODMy
03/01/2025, 18:39
t.me/xurshidabdurashid/5197
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
18
3
745
BAHOR YAQIN

Quchoq och bahorga, u — yashil kitob,
Dunyoda undan-da go‘zal asar yo‘q.
Kuzing ham, qishing ham faqat iztirob,
Bahorda g‘am-alam yozga qadar yo‘q.

Halovat kunjagin izlaydi qalbing,
Qildan noziklashgan hushing ham ta’bing.
Yo‘rig‘ingga ziddir shart-u talabing,
O‘zingga o‘zingdan ortiq xatar yo‘q.

Bolalik tushlari oqqan-u ketgan,
Havoyi hovurlar tugagan, bitgan.
Qaysi otgan o‘qing mo‘ljalga yetgan?
Bosilgan izlarga bir dam nazar yo‘q.

Zamon g‘alvasining shunqori bo‘lib,
Omma tomoshosin ilg‘ori bo‘lib,
Turmush aravasin tulpori bo‘lib,
Qalbing o‘lkasidan hol-u xabar yo‘q.

Hayot — kelajakka mudom ishtiboh,
Taningda tirilsin dovyurak sipoh.
Sen kabi qobil yo‘q, sen kabi sipo,
Ammo seningdayin hech dardisar yo‘q.

Bahor — yil izidan yil kelsa qaytib,
O‘zingni qaytadan dasturlash payti.
Ulkan orzularni endi ko‘paytir,
Tegsa tegar nafi, aslo zarar yo‘q.

Bahorga quchoq och. Bahorga shoshil.
Daraxt kurtagidan ibrat ol. Ochil.
Qara, poygadadir hayot muttasil,
Yurish bor, uchish bor, ammo to‘xtar yo‘q.

👉 @xurshidabdurashid
03/01/2025, 13:44
t.me/xurshidabdurashid/5196
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
10
2
248
Video muallifi: Booklover

Kitobni @akademsavdo manzilidan so‘rashingiz mumkin.

👉 @xurshidabdurashid
02/27/2025, 20:34
t.me/xurshidabdurashid/5195
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
18
328
Badiiy tarjima ham yangi asar yozishday gap. Tarjima ham ijod. Tarjimon vijdoni – ishning sifatiga hissador. Tarjimon vijdoni – gonorar-u shon-shuhratga uchmaydigan muhim unsur.

Tarjimon muallifga ham, o‘quvchiga ham xiyonat qilmasligi kerak.
Biroq negadir shu zahmatkash insonlar yetarlicha qadrlanmaydi.
Sovet davrida tarjima maktabi bor edi. Bu maktab tahrir maktabi bilan baqamti yuksalgan. O‘rtada mustahkam rishta bo‘lgan. Bugun esa badiiy tarjima texnik tarjimadan farq qilmaydigan, gugl xizmatidan sal nari-beri bir soha bo‘lib qoldi. Afsus.

Butkul yo‘qoldi deyish fikridan yiroqman. Masalan, Sharifjon Ahmedov tarjimalari — bugungi o‘zbek badiiy tarjimachiligining cho‘qqisi. Yosh tarjimonlardan Rafiq Saydullo va Mirzohid Muzaffarda shunday intilishni ko‘raman.

Asosiy muddaom boshqa. Adiblar va shoirlar haqida xrestomatiyalar, ma’lumotnoma-kitoblar yetarlicha. Biroq tarjimonlar hayoti va faoliyati haqida tuzukroq ma’lumot topish qiyin. O‘zbekcha vikipediya tarjimonlar biografiyasiga muhtoj. Ularning tarjimachilik uslublari haqida tahliliy maqolalar kam. Borlari ham tor doiradagi soha vakillari boxabar avtoreferatlar ichida qolib ketgan.

Nizom Komil, Miad Hakimov, Qodir Mirmuhammedov, Asil Rashidov va boshqa shu kabi atoqli tarjimonlar ijodi, ularning tarjimonlik mahorati nimalarda namoyon bo‘lishi kabi masalalarga javob bo‘ladigan maqolalarga ehtiyoj bor. Ularning faoliyati, mahorati haqida yozilgan tahlillar ayni davr tarjimonlari uchun tayyor qo‘llanma bo‘lardi.

Yozuvchi-shoirlarning xos uslubi va laboratoriyasi bo‘lganidek, tarjimonlarda ham ijodiy laboratoriya bor. Shu laboratoriyani tiklash zarurati haqida aytmoqchi edim. Hech yo‘qsa, Gugl-mutarjim darajasidan bir bosh balandlarmidik...

👉 @xurshidabdurashid
02/27/2025, 16:13
t.me/xurshidabdurashid/5194
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
16
343
“Pir” nashriyotidan hadya yuborishibdi. Mana shu ikki bejirim kitob. Kamina tekintomoq sovg‘ani cheksiz mamnuniyat ila qabul qildi.

Avval Zulfiya Qurolboy qizining hikoyalarini o‘qiganman. “Mashaqqatlar girdobi” romani bor edi. “Oyimtilla” muallifning yangi asari ekan. O‘qish lozim va lobud bo‘lgan kitoblar soni oshdi. Tez orada o‘qiyman. Sovg‘a uchun nashriyotga katta rahmat.

👉 @xurshidabdurashid
02/27/2025, 15:49
t.me/xurshidabdurashid/5193
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
19
4
475
Joys yoki Kafkaning dunyo adabiy tafakkuriga ta’sirini har bir odam o‘zi kashf eta olishi kerak. Maqolalarga ergashmasdan, tahlillar-u talqinlarga bo‘yin bermay. O‘zimizdan Navoiyni.

Nega ular bunchalik etalon deb bilinadi? Oz-ozdan bo‘lsayam, bu hukmi mutlaqning sirini ochib borish ozroq qunt va mehnat so‘raydi. Mutolaa — mehnat. O‘rganish — mehnat.

Parda ko‘tarilishi, sirlarning ochilishi birdan kechmas. Lekin ayni holat yuz bersa, mehnat bejiz ketmabdi. Mehnatga rag‘bat shu, mukofot shu.

Navoiy aytadi: “Tafakkur qil!”
Joys aytadi: “Tafakkur qil!”
Men: “Mayli, urinib ko‘raman”.

👉 @xurshidabdurashid
02/22/2025, 10:40
t.me/xurshidabdurashid/5192
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
26
1
343
XXI asrda chop etilgan kitoblar ichida har tomonlama eng mukammali shu. Men uchun, albatta.

Esimda. 2014-yil edi. “Yangi asr avlodi” nashriyotining kitob do‘konida (hozirgi Book.uz do‘koni) ko‘rgandim. Bir dona qolgan ekan. Narxi 33 ming so‘m. Stipendiya oxirlab qolgan, lekin plastik kartada 35 ming so‘m bor. Shu kitobni sotib olib, o‘zim uchun mayda qahramonlik ko‘rsatgandim. Bugun bu kitob ham tarixga aylandi. Yo‘q, auksion qilmoqchi emasman. Shunchaki bu kitob shonli asrimizdagi eng ko‘rkam, sahifalashdan tortib kichik detallarigacha yuksak san’atkorona ishlangani haqida aytmoqchiman. Maestro Bahriddin Bozorov va “Akademnashr” ijodiy jamoasining shoh asari.

👉 @xurshidabdurashid
02/21/2025, 21:59
t.me/xurshidabdurashid/5191
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
16
9
397
👼 Prust effekti

Yozuvchi Marsel Prust sharafiga nomlangan ushbu effekt hid yoki ta’m kabi sezgilar orqali o‘tmishdagi xotiralar va his-tuyg‘ularning qayta jonlanishini anglatadi. Bu Prustning “Yo‘qotilgan vaqtni qidirib” asaridagi epizod bilan bog‘liq bo‘lib, unda qahramon madlen pishirig‘ining ta’mi orqali yorqin xotiralarni boshdan kechiradi. Prustning “Svana bo‘ylab” romanida choyga bo‘ktirilgan madlen pechenyesining ta’mi qahramonga bolalikni eslatadi. Bu effekt orqali ta’m va hidlar xotiralarni uyg‘otuvchi xotira fenomeni ekani ta’kidlanadi.

👉 @xurshidabdurashid
02/21/2025, 14:23
t.me/xurshidabdurashid/5190
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
34
1
426
Jahongir Otajonovning yangi qo‘shiqlari haqida yozgan ijobiy fikrlarim xeytga uchradi.

👉 @xurshidabdurashid
02/21/2025, 07:04
t.me/xurshidabdurashid/5189
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
10
10
273
02/17/2025, 09:40
t.me/xurshidabdurashid/5188
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
26
10
708
USTOZ MANSUR JUMA XOTIRASIGA

Rahmatli Mansur aka bilan bir-birimizga Ustoz deb murojaat qilardik. Vafotidan so‘ng telegramdagi oxirgi yozishmalarga ko‘z tashladim. Sal avvalroq yozilgan yozishmani o‘qidim-u, ichim zil ketdi: 
“— Ustoz, har doimgi joyga borib o‘tirsak, ozroq gurunglashsak, nima deysiz? Boshim “azgincha” og‘rivotti.
— Uyda edim-de, Ustoz, futbol ko‘rvomman. Keyinroq, maylimi?
— Futbol qachon tugaydi?
— 6 yarimda.
— 6 yarimgacha men ham tugayman...”
O‘sha paytda bu gap jiddiy tuyulmagan, odatiy hazil deb qaraganman, ehtimol. Undan keyin ham ko‘p gurunglashdik. Lekin... Oxiratingiz obod bo‘lsin, Mansur aka!

Naqadar og‘irdir yozmoq xotira,
Aziz do‘st yo‘qligi undan og‘irroq.
Munosib ifoda topilmas sira,
Afsus, dunyo ishi g‘irrom.
Ko‘p g‘irrom.

Biroq so‘z oz emas. Garchi men nochor,
(Axir do‘st... Eslamay bo‘lurmi uni!)
Shafqatsiz sana bu. Bugun u ilk bor,
Tug‘ilgan kunini ko‘rmagan kuni.

Mazmuni chuqurdir qayg‘uning, demak,
Garchi qabul etmay bo‘lmas taqdirni.
Yozdi, yozdi, ketdi. Nahot xotima?
Yo‘qmidi chorasi axir tahrirning?

Bag‘irning ichida bir murg‘ak qush bor:
Iztirob kuyini eshitsa nogoh.
Ko‘krak qafasini tirnar telbavor,
Va unsiz, zabonsiz chekar oh-u voh.

Dargoh u eng yorug‘ xotiralarga,
Hech kimga so‘zlolmas ammo botinib.
Yana bir do‘st ketdi boqiy safarga,
Tanin yerga qo‘ydik, qalbga yodini.

Sog‘inib suhbatin... (o‘h, gurung qayda?)
Qo‘ng‘iroq qilsak ham ko‘tarmaydi, yo‘q.
Do‘stimiz sukunat saroyidadir,
Do‘stimiz jim endi.
Do‘stimiz — quduq.

Yo‘q edi-ku, ustoz, bisotingizda,
Axir hovliqmalik fe’lidan ulgu.
Bir bor shoshildingiz hayotingizda,
Shu birgina kasri nahotki mangu?!

Qayg‘u odamga dars bo‘lsaydi zora,
Turibman barchasin yaxshi tushunib.
Afsus, aziz do‘stning bugun ilk bora
Tug‘ilgan kunini ko‘rmagan kuni...

👉 @xurshidabdurashid
02/17/2025, 00:53
t.me/xurshidabdurashid/5187
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
1
454
XX asr adabiyotining durdonalari

Adabiyotshunos olim Umarali Normatov XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyot yo‘lidagi butun murakkabliklar, yo‘qotishlarga qaramay jahonga ko‘z-ko‘z qilsa arzigudek, zamonaviy jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bo‘ylasha oladigan durdonalar berganini yozadi. Xususan, ushbu fikriga isbot sifatida olim quyidagi asarlarni sanab o‘tadi:

Cho‘lpon she’rlari;
Oybek, Hamid Olimjon “sof” lirikasi;
Mirtemirning xalqona she’rlari;
Gʻafur Gʻulom, Maqsud Shayxzodaning falsafiy she’rlari;
Asqad Muxtor miniatyuralari;
Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi she’riyati;
Poemalar: “Zaynab va Omon” (Hamid Olimjon), “Surat” (Mirtemir), “Xotiram siniqlari” (Zulfiya), “Ruhlar isyoni” (Erkin Vohidov);
Dramalar: “Paranji sirlari”, “Maysaraning ishi” (Hamza), “Abulfayzxon” (Fitrat), “Alisher Navoiy” (Uyg‘un, Izzat Sulton), “Mirzo Ulug‘bek” (Maqsud Shayxzoda), “Kelinlar qo‘zg‘oloni” (Said Ahmad), “Qora kamar” (Shukur Xolmirzayev), “Temir xotin” (Sharof Boshbekov);
Hikoyalar: “Anor”, “O‘g‘ri”, “Adabiyot muallimi” (Abdulla Qahhor), “Mening o‘g‘rigina bolam” (Gʻafur Gʻulom);
Qissalar: “Shum bola” (Gʻafur Gʻulom), “Sinchalak” (Abdulla Qahhor), “Oydinda yurgan odamlar”, “Ot kishnagan oqshom” (Tog‘ay Murod);
Romanlar: “O‘tkan kunlar” (Abdulla Qodiriy), “Kecha va kunduz” (Cho‘lpon), “Sarob” (Abdulla Qahhor), “Qutlug‘ qon”, “Navoiy” (Oybek), “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov), “Ulug‘bek xazinasi” (Odil Yoqubov), “Lolazor” (Murod Muhammad Do‘st), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog‘ay Murod), “Tushda kechgan umrlar” (O‘tkir Hoshimov), “Ko‘zgu oldidagi odam” (Omon Muxtor).

Manba: “Jahon adabiyoti”, 1/1998.

👉 @xurshidabdurashid
02/16/2025, 09:19
t.me/xurshidabdurashid/5186
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
5
2
437
Sovetning qora siyohi

XX asr adabiyoti fikr elagidan o‘tkazilgan o‘sha turkumdan Ibrohim Gʻafurovning “Faoliyat me’yori” maqolasi ham o‘rin olgan. Maqoladagi asosiy tezislar:

1. Umrida bong nimaligini bilmagan xalqlarning shoirlari ham sho‘roning bongini tinimsiz chaladigan bo‘ldilar. Bong o‘rislarning cherkovlarida bo‘ladi. Musulmonlarning masjidlarida bong chalinmaydi.
2. Adabiyot yurak qoni bilan emas, sovetning qora siyohi bilan bitiladigan bo‘ldi. Sovetning bu qora siyohi tovlanaverib, tovlanaverib, dunyoda ilgari hech yerda ko‘rilmagan Ko‘zbo‘yamachilik fenomenini bino qildi.
3. “Sovet romani”ning bugun o‘quvchisi yo‘q hisobi. Yo‘q erkinlikni kuylagan, yo‘q ozodlikni ulug‘lagan, yo‘q tenglikka sig‘ingan she’rlarni bugun kim o‘qiydi?
4. Bugun XX asr milliy adabiyotimiz ahvolini, milliy tafakkurimiz qimmatini o‘sha yurak qoni bilan yozilgan so‘zlargina belgilaydi.
5. Agar sog‘lom milliy adabiyot va milliy badiiy tafakkur tarzi boshdayoq bo‘g‘ilmaganda, keyin muttasil tazyiqlar ostida qolmaganda, “O‘tkan kunlar” tramplinidan turib, ne cho‘qqilar ishg‘ol qilinmas edi?
6. Usti yaltiroq, ichi qaltiroq kitoblar qancha ko‘p chiqmasin, ular milliy adabiyot yo‘nalishi, ravnaq xususiyatlarini belgilay olmaydi. Ammo didlarni yemirish, farosatlarni o‘tmaslashtirishda “benazir” rol o‘ynashi mumkin.
Manba: “Jahon adabiyoti”, 1/1998.

👉 @xurshidabdurashid
02/16/2025, 09:01
t.me/xurshidabdurashid/5185
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
13
14
760
“Sarob” romani “Martin Iden”ga o‘xshaydimi?

Yuqoridagi turkumdan o‘rin olgan yana bir maqolada adabiyotshunos olim Dilmurod Quronov Abdulla Qahhorni “chin ma’noda buyuk iste’dod sohibi” ekanini, “Sarob”ni o‘qish davomida adibning alohida epizodlarida, detallashtirishda namoyon bo‘luvchi mahorati kishini beqiyos hayratga solishini e’tirof etadi. Biroq olimning fikricha, asarni butun holida – muallifning dunyo-yu davr haqidagi badiiy hukmi, badiiy falsafasi nuqtai nazaridan original deyish mushkul.

“Chunki romanda Abdulla Qahhor ongi-yu qalbida obdon pishgan o‘z fikrini emas, o‘zi-o‘ziniki deb bilgani – tayyor holicha qabul qilgani rasmiy nuqtai nazarni ifodalaydi”.

Quronov domla “Sarob”ning tashqi qurilishini “Martin Iden” romani strukturasi, g‘oyaviy-mazmuniy yo‘nalishini 30-yillardagi haybatli sud materiallari belgilaganini ta’kidlaydi. Yoki o‘z davri uchun chinakam voqea bo‘lmish “Uch ildiz” romanini misol qiladi va “asar konsepsiyasini shakllantirgan narsa XX asr syezd materiallari emasmidi?”, degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Xuddi shu holatni “Amu”, “Chodrali ayol”, “Jimjitlik” romanlarida ham ko‘rish mumkinligini yozadi.

Olim o‘z fikrini “ayni shu narsa adabiyotimizda realizm tamoyillari hali to‘la tatbiqini topmaganidan dalolat”, deya xulosalaydi.

👉 @xurshidabdurashid
02/15/2025, 13:16
t.me/xurshidabdurashid/5184
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
14
9
726
“Hamza jadid shoiri edi”

“Jahon adabiyoti” jurnalining 1998 yil 1-sonida “Yangi asr bo‘sag‘asidagi o‘ylar” nomli turkum maqolalar e’lon qilingan. Unda o‘tgan bir asrlik adabiyoti haqida juda teran, ayovsiz fikr-mulohazalar berilgani e’tiborimni tortdi. Taniqli adabiyotshunoslar bir asrlik adabiyotni elakdan o‘tkazganlar.

Xususan, Ozod Sharafiddinov sovet davri intiho topgach, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemirlar “eskirib qolgan yozuvchilar” degan tamg‘ani yopishtirmoqchi bo‘layotganlarni qoralaydi. Ularning ijodidagi mafkuraviy nuqsonlarni tan olgan holda ularning ijodini o‘rinsiz baholamaslik kerak, degan fikrni ilgari suradi. “Ular juda iste’dodli ijodkorlar edilar va shu iste’dodning quvvati bilan ko‘p hollarda sotsialistik realizm qafaslarini yorib chiqishga majbur bo‘lishgan”, deydi.

Sharafiddinov domla Hamzaga munosabat adolatsiz bo‘lganini ta’kidlab, “inqilob kuychisi bo‘lish Hamzaning yetti uxlab tushiga ham kirgan emasdi, Hamza XX asr o‘zbek adabiyotiga jadid shoiri sifatida kirib keldi va umrining oxirigacha bu sifatini yo‘qotgani yo‘q”, deb yozadi.

👉 @xurshidabdurashid
02/15/2025, 11:02
t.me/xurshidabdurashid/5183
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
12
1
378
— Gapning indallosi, uka, men sizga yorqin karyera va’da qilmoqchiman, – dedi u Hotamga muddaosini tushuntirib.

Hotam boshida bu gapning ma’nisini chaqmadi. U rahbarlikni biror kishiga sovg‘a qilinadigan buyum deb o‘ylamagandi. Bitta chiroqqa bitta kursi. U tanlov oldida o‘zini Buridan eshagi kabi his qildi. O‘sha mashhur Buridan eshagi bir paqir suv yo bir bog‘ pichandan bittasini tanlolmay halak bo‘ladi.

📚 “Dardisar”
02/14/2025, 23:04
t.me/xurshidabdurashid/5182
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
16
1
367
Shu bahor emasmidi qalblarga yorug‘lik olib kiradigan? Yo shoirona hayajonlar  yolg‘onmidi? Bu daf’a Hotamning hayotidagi bahor umidsizlik fasli bo‘ldi, yoronlar. “Keldi bahor, ishq faslidur, ma’shuqi gulruxsor qani?”

📚“Dardisar”
02/14/2025, 22:53
t.me/xurshidabdurashid/5181
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
17
1
382
Bugun @qamarbooks kitoblar do‘konidan sovg‘a keldi. Kitob juda bejirim chiqibdi. Ajoyib hadya uchun tashakkur. Zamonaviy turk adabiyoti namunasi ekan. O‘qib chiqishga arziydi.

👉 @xurshidabdurashid
02/14/2025, 22:02
t.me/xurshidabdurashid/5180
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
24
11
427
@santuagaraoflibrary ranglar shajarasini tuzibdi.
02/14/2025, 18:49
t.me/xurshidabdurashid/5179
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
2
246
Istiqlol davri dramalarida Navoiyning ulug‘vorligiga ortiqcha ta’kidlar, madhiyago‘ylik kayfiyati yetakchilik qiladi. Navoiy o‘quvchidan nihoyatda uzoq, “Yerdan osmonga ko‘tarilgan ilohiy inson” o‘laroq ko‘rsatiladi. Dramalardagi umumiy kamchiliklar: obrazlarda xarakter to‘laligicha ochilmagan, personajlarning bir-biridan ajralib turuvchi jihatlari ko‘rinmagan (“Amir Alisherning dardi”), pafos haddan ortiq ko‘p, personajlar tilidan Navoiyning ulug‘vorligi me’yordan ko‘p ta’kidlangan, dramadagi tarixiy shaxslarning o‘ylari, fikrlari, nutqlari bir xil, yaqqol xarakter sifatida ko‘zga tashlanmagan (“Navoiy va Boyqaro”), yoshlik yillari tasvirlanganda ham Navoiy obrazi yoshiga nisbatan keksaroq mo‘ysafidni eslatadi, navqiron Alisherda yoshlik shijoati ko‘rinmaydi (“Samarqand sayqali”), obrazlarning o‘zaro munosabati tadrijga ega emasligi kuzatiladi, Abu Said bilan Navoiy konflikti tasvirlanganda intriga zaifligi ko‘zga tashlanadi (“Dugohi Husayniy”), ba’zi o‘rinlarda mualliflarda haqiqiy dramaturgga xos badiiy mahorat yetishmaydi.

👉 @xurshidabdurashid
02/12/2025, 17:39
t.me/xurshidabdurashid/5178
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
Repost
3
328
САҲНАДАГИ МАЛИКУЛ КАЛОМ: ФАЗИЛАТ ВА КАМЧИЛИКЛАР
Хуршид АБДУРАШИД

Ўзбек драматургиясида Алишер Навоий образининг илк бадиий талқини яратилганига 85 йил бўлди. Шу оралиқда Навоий образининг ўндан зиёд талқинлари пайдо бўлди. Афсуски, саналганлар ичида бирор саҳна асарини Иззат Султон ва Уйғуннинг "Алишер Навоий" драмасига тенглаша олади, деб айтиш мушкул. Бунинг сабабларини қуйида изоҳлашга ҳаракат қиламиз.

Батафсил: jadid.uz/?p=8915

Тилда, фикрда, ишда бирлик!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
02/12/2025, 17:38
t.me/xurshidabdurashid/5177
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
Repost
167
She'riy Konsertga BEPUL CHIPTA 🎉

Vodiyda ilk bor o‘tkazilayotgan she'riy konsertga bepul chipta yutib olishni xohlarmidingiz? Balki, kitob yutgingiz bordir?

Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ishtirok etish juda oson:

✅ 1-qadam: Lirika kanaliga a’zo bo‘ling.
✅ 2-qadam: Pastdagi “Yashasin she'riyat” tugmasini bosing.

🎁 Telegram orqali 3 nafar g‘olib tasodifiy tanlanadi:

- 1 va 2-g'olibga: She'riy konsertga chipta + Aziz Saidning "Vaqt manzili" kitobi (muallif imzosi bilan).
- 3-g'olibga: "Yashamoq" va "Vaqt manzili" kitoblari sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

📅 G‘oliblar 16-fevral, soat 20:00 da e’lon qilinadi.

🎟 P.S. Chipta yutib olsangiz-u, kela olmasangiz xavotir olmang - uni Farg'onalik do'stingizga sovg'a qilishingiz mumkin!

@lirika_loyihasi
02/12/2025, 17:35
t.me/xurshidabdurashid/5176
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
13
11
386
Cho‘lpon bilan Gʻafur Gʻulom mushoirasi.

👉 @xurshidabdurashid
02/11/2025, 17:14
t.me/xurshidabdurashid/5175
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
1
320
“Jahon adabiyoti” jurnalining ilk soni 1997-yil nashr etilgan. Jurnalda bosilgan ilk asar Chingiz Aytmatov bilan Muxtor Shohonovning gurunglaridan tashkil topgan “Qoyada qolgan ko‘z yoshlar” asari bo‘lgan. Bu asar keyinchalik kitob holida “Cho‘qqida qolgan ovchining oh-u zori” nomi bilan chop qilingan.

👉 @xurshidabdurashid
02/11/2025, 17:10
t.me/xurshidabdurashid/5174
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
6
277
Turli yosh chegaralari bo‘yicha turkum kitoblar chop etish urfga aylandi. “Akademnashr” 35 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlarni “Izlam” turkumida, “Yangi asr avlodi” nashriyoti 35 yoshdan kattalarni “Aks” turkumida birlashtirdi. Endi Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”si formatida 50 dan o‘tganlarni bitta, 70 dan oshganlarni bitta turkum qilish kerak. Aytgancha, to‘rtinchi turkumni “Ikar” nomi bilan chiqarishuvdi avvalroq. 50-60 chegarasi bo‘sh turibdi hozircha.
02/10/2025, 14:38
t.me/xurshidabdurashid/5173
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
Repost
2
2
247
🔥Kitobxonlar talabiga binoan toʻplam sotuvda🔥

✍️ aks: jamiyatga ko‘zgu

📕«Tongotar» - 30 000 so'm
📕«Kungaboqar» - 28 000 so'm
📕«Ajdar sayyorasi» - 25 000 so'm
📕«Havo» - 21 000 soʻm
📕«Oqdan qizilga» - 21 000 soʻm
📕«Shakl» - 27 000 soʻm

Toʻplam xarid qilsangiz maxsus 10% chegirma!

Toʻplam narxi: 152 000 soʻm
✅Chegirmada: 136 800 soʻm

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
02/10/2025, 14:29
t.me/xurshidabdurashid/5172
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
Repost
8
3
315
ҚАНОАТ

... га

Икки шарпа ўтди ёнимдан жадал:
Йигит қизни қилиб ёмғирдан пана
Бир томчи теккизмай бекатга қадар
Пинжида узатди.
Мен эса яна...

... яна дуч келаман ул кўҳна ўйга,
Сенсиз чоғларимни сипқорар хаёл.
Автобус. Мен сенга кўрсатган жойга
Шошилиб ўтирар нотаниш аёл...

Ҳамма жим. Биз қилиб сукутни вайрон
пичирлашдик,
Сўнгра тўсат жилмайдик.
Балки, қарашгандир одамлар ҳайрон,
Биз ерда эмасдик, қайдан билайлик?...

"Қара, қандай сурат.
Телефонимдан
Сенга юбораман сўнгроқ ўшани".
Сен эса шошасан, ётоқхонада
Кеч саккиздан кейин қиз бола шаъни...

Мени ичдан тўкар ажралиш пайти.
Бўлди, қайтинг, дейсан қилиб қайсарлик.
Энтикиб сўрайман қайта ва қайта:
"Бугунги кунинга ачинмайсанми?"...

Ижара.
Қаршимда Толстой — оғир.
Хонангда бир китоб бўлар "Дардисар".
Ташқарини сўраб олганда ёмғир
Нигоҳлар учрашар икки асарда...

... мен учун ҳозирча ушбу кифоя,
Мен-ла бир вақтда китобни ёпсанг...
Ё ҳозир китобни очиб ниҳоят
Билмам қайси бетни варақлаяпсан?...

ноябр, 2024
Диёрбек Маҳмудов
@diyorbekmahmudoff
02/09/2025, 18:34
t.me/xurshidabdurashid/5171
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
22
7
522
Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining poytaxtidir.

Ibrohim Haqqul

👉 @xurshidabdurashid
02/09/2025, 14:04
t.me/xurshidabdurashid/5170
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
18
2
265
Bir kun yaqin do‘stim, akam – taniqli ijodkorlardan biri menga savol berib qoldi: “Xurshid, o‘zi maqsading nima?” Qanaqa maqsadni aytyapsiz, deb so‘radim. Oliy maqsad bitta bo‘ladi, deb gapdonlik qilish absurd, albatta. Harqalay bugungi hayot manzarasi kitobiy gap-so‘zlardan ancha yiroq. “Hech qanaqa maqsadim yo‘q”, dedim. “Unaqa bo‘lishi mumkinmas-ku”, dedi. “Qanday maqsadim borligini rostan bilmayman”, dedim. Va o‘shandan beri o‘ylayman. Rostan asl maqsadim nima? O‘ylaymanki, odamda baribir bitta maqsad bo‘lmaydi. Masalan, mening falon maqsadim bor, deb o‘zimga uqtirmaganman. O‘ylab ham ko‘rmagan ekanman. Uzog‘i bilan bir yillik reja tuzaman. Xayolimda. Lekin asosiy maqsad... Yo‘q, o‘zim bilmagan, o‘ylab ko‘rmagan narsa haqida biror gap aytishim mushkul edi.

Bilardim, uning savolida shunday ma’no mujassam edi: “Qara, she’r yozib yurarding, keyin nasrga o‘tding, ssenariy yozasan, ilmiy ish qilmoqchisan, sochilib ketgansan. Bittasini mahkam ushlasang bo‘lmaydimi?” Balki, e’tiroz o‘rinlidir. Lekin har bir inson – alohida mavjudot. Uning qarashlari, o‘y-xayollari, qiziqishlari turfa. Buni tushunish va qabul qilish kerak. U mendan g‘ozlikdan voz kechishni so‘ragandi, ehtimol. Gʻoz ham osmonda uchadi, ham yerda yuradi, ham suvda suzadi. Lekin hech birida ko‘rsichqonning ko‘zini o‘ymaydi.

“Hech qaysini uddalayolmagandan ko‘ra bittasini obod qilganing yaxshimasmi?” Mening xayolimda aylangan, lekin aytilmagan javob: “O‘sha bittani ham obod qilolmasam-chi?” O‘ylab ko‘rish kerak, dedim. O‘ylab ko‘rganman. Bu – xarakter. Men hayotdan zavq olib yashashni xohlayman. Ijod zavq beradi. Qanday janr, qanday tur bo‘lmasin, odam o‘sha ifoda shaklidan zavq tuyishi kerak. Mening shiorim shunday. U hatto oddiy komment bo‘lsin...

Bu bilan bemaqsad yashayapman, demayman. Maqsadlarim ko‘p. Lekin o‘sha menga berilgan savolning zamiridagi ma’no boshqa edi. “Gʻoz bo‘lib qolmayapsanmi?” degan savolning sinonimi edi u. Butun vujudim bilan shu gapni o‘zimga uqtiraman: “Men g‘oz emasman, g‘oz emasligimni isbotlayman”. Endi o‘sha kontekstda nazarda tutilgan maqsadim bor. Men balki g‘ozdirman, lekin Rimni ham g‘ozlar qutqarganini, Alpomishning ham xalos bo‘lishida g‘ozlar katta xizmat qilganini bot-bot eslab turaman.

👉 @xurshidabdurashid
02/08/2025, 00:44
t.me/xurshidabdurashid/5169
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
13
2
281
QALAMPIRTEPA TO‘RTLIKLARI
Hajviyot daftaridan

***

Hayot ne? Ma’nisin bilmoqqa keldik,
Behuda yugurib-yelmoqqa keldik.
Mahsharda uyotlig‘ bo‘lmaslik uchun
O‘zimizni PR qilmoqqa keldik.

***

Hayot ba’zan juda ozga o‘xshaydi,
Goh notekis, gohi sozga o‘xshaydi.
Yashashning xumori tutib turganda,
U xuddi bir otim nosga o‘xshaydi.

***

Ajab bir davronda tug‘ilib qoldik,
Teskariga do‘ndi haqiqat to‘ni.
Farosati butni poygakka oldik
Fahmi g‘ovlaganlar – olam ustuni.

***

To‘rtlik bitar bo‘lsang tongmi yoki shom,
Yolg‘on so‘zlamakda bo‘lma bardavom.
Yo‘qsa ul muborak hassasi birlan
Kallangga bir solgay Hazrati Xayyom.

***

Ustoz, men falsafa do‘xtiri bo‘ldim,
Olamga safsata uqtirib ko‘rdim.
Hech kimsa uqmadi, jahl ustinda
Xotinni to‘rt-beshta tug‘dirib qo‘ydim.

***

Bugun vijdon bizga kerak emasdur,
Manfaat bo‘lmag‘on ish xuddi xasdur.
Bizni ko‘rolmaslar ko‘zoynak taqsun –
Ishlamay ishlashni boplasak basdur.

2019

👉 @xurshidabdurashid
02/07/2025, 21:39
t.me/xurshidabdurashid/5168
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
14
1
305
“Hayotda birinchi o‘qigan kitobi o‘zining ilk kitobi bo‘lgan...”
02/07/2025, 15:47
t.me/xurshidabdurashid/5167
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
6
347
“Mayakovskiyning jami yaratgan so‘zlari orasidan faqat bittagina – “jir bitgan” iborasini tan olardi...”
Fozil Iskandar
02/07/2025, 14:20
t.me/xurshidabdurashid/5166
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
8
2
366
“Jadid” gazetasining bugungi sonida Alisher Navoiy obrazi aks ettirilgan o‘zbek dramalari haqida yozilgan maqolam chop qilindi. Bu mavzu ilmiy tadqiqot ishimga aloqador. Qisqacha tezis. Sarlavhada Navoiy o‘rniga “Malik ul-kalom” deb o‘zgartirilibdi. Aslida Navoiy bu rutbani Mavlono Lutfiyga bergan bo‘lsa ham, Hazratning o‘zi chin ma’noda So‘z podshosidir.

Batafsil o‘qish uchun havola: https://teletype.in/@xurshidserobov/j_h3aXlyciU
02/07/2025, 13:01
t.me/xurshidabdurashid/5165
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
12
375
“Joysning goh xayrixoh, goh jiddiy nigohi meni taʼqib qilib yurardi...”

Tomas Vulf
02/06/2025, 22:04
t.me/xurshidabdurashid/5164
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
2
433
Fozil Iskandar hikmatlaridan.
02/06/2025, 15:16
t.me/xurshidabdurashid/5163
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
11
1
332
TASHBEH REFORMASI

Kitobni qanday yozish kerak? Uzoq o‘ylaysan. Shiftga termilasan. Shift osmon emas, unda birorta yulduz yo‘qligi xayolingni chalg‘itmaydi. Senga yulduz emas, fikr kerak. U tomonga ag‘darilasan, javob yo‘q. Bu tomonga ag‘darilasan, shu hol. Gʻoya qanday paydo bo‘ladi? Uni qanday yozish kerak? Har qalay, g‘oya baliq emas – hovuzda yetishtirsang. Bisotingda hovuz ham yo‘q. Senda g‘aroyib asar yozish ishtiyoqi bor, xolos. Mayli, g‘oya ham topildi. Gap g‘oyada edimi? Yo‘q, quruq g‘oya o‘quvchini zeriktirib qo‘yishi mumkin, agar kalavaning uchi topilmasa.

Masalan, Borxesday yozish kerak. Yo‘q, masalan emas. Aniq Borxesday yozish kerak. Hammasi mutolaaning ichida paydo bo‘ladi. Obrazlarni istalgan kitobdan olasan. Har qanday kitobdagi g‘oya seniki bo‘ladi. Uni bemalol o‘zlashtirib olishing mumkin. Faqat uni shunchaki ko‘chirib qo‘yolmaysan. Borxes bunday qilmagandi. Fikrni ko‘chirish yomon, fikrdan oziqlanish mumkin. Bitta kitob senga bir dona fikr bermasa, bu mutolaaning pista chaqishdan nima farqi bor? Buyuklar g‘oya ulashadilar.

Borxes Averroes haqida o‘qigandi. Ammo o‘qiganlaridan ko‘ngli to‘lmagan. Unga voqelikni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, Averroes atrofidagi odamlar bilan muloqot qilish muhim edi. Bu sharoitni o‘zi uchun hozirlagan. U ko‘hna tashbehlarni yangilashi kerak edi, “zotan butunjahon tarixi bir necha tashbehlar tarixidan boshqa narsa emas”. Bombay dorilfununi huquqshunoslik kulliyoti talabasi nega ota-bobolari dinidan yuz o‘girdi-yu, yana baribir Al-Muhtasimga yaqinlashdi?

Borxes bu bitiklarni mushohada etishdan charchadi. Kalavaning uchi boshqa tomonda edi. U devorning orqa tomoniga o‘tdi. Ko‘rganlarini yozdi. Ko‘rmaganlarini yozish uchun ishoralar qoldirdi. Ishoralar tilsimini ochish uchun Alibobo bo‘lishing kerak. Sehrli g‘orning kaliti hamisha “sim-sim” bo‘lavermaydi. Har bir ishora yangi bir ilm so‘raydi.

Ishoraning hikmatiga yetolsang, zohir bu shunchaki yigirma sentavolik oddiy tanga emasligini tushunasan. Borxes buni bilish uchun butun boshli kutubxonani o‘zi uchun kundalik ozuqaga aylantirgandi. Uning maʼnaviy ratsioni o‘zgarib turardi.

Endi o‘sha zohirni 100 so‘mlik tangaga aylantirib, unga turli timsol yuklash bilan yangi asar paydo bo‘lib qolmaydi. Ammo o‘z zohiringni kashf etishing uchun Borxes qoldirgan ishora tilini topishing kerak.

Kitob qanday yoziladi? Tonggacha javobi chiqmaydigan savol va Borxes. Buyuklar g‘oya ulashadilar...

👉 @xurshidabdurashid
02/05/2025, 21:24
t.me/xurshidabdurashid/5162
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
14
3
263
Harbiylar va urush ko‘rgan yozuvchilar:
Mixail Lermontov – rus armiyasi zobiti.
Ernest Xeminguey – Birinchi jahon urushida tez yordam haydovchisi sifatida qatnashgan.
Erix Mariya Remark – Birinchi jahon urushida askar bo‘lgan.
Lev Tolstoy – armiyada xizmat qilgan, Qrim urushida ishtirok etgan.

Ruhoniylar va ilohiyotshunoslar:
Jonatan Svift – anglikan cherkovi ruhoniysi.
J.R.R.Tolkin – diniy matnlar va tilshunoslikni chuqur o‘rgangan.
Fransua Rable – fransiskanlar ordeni rohibi.

Ishchilar va muhandislar:
Jek London – oltin izlovchi, dengizchi, fabrika ishchisi.
Jyul Vern – huquqshunos, keyinchalik moliya sohasida ishlagan.
Aleksandr Grin – dengizchi va baliqchi bo‘lib ishlagan, bu uning dengiz sarguzashti bilan bog‘liq asarlariga ta’sir ko‘rsatgan.

Siyosatchilar va davlat xizmatchilari:
Gabriel Garsiya Markes – diplomat va jurnalist.
Lui Aragon – kommunistik siyosiy arbob, Qarshilik harakatida qatnashgan.
Viktor Gyugo – Fransiyaning siyosiy arbobi.

O‘qituvchilar va olimlar:
Vladimir Nabokov – AQSHda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi.
Fridrix Shiller – tarix va falsafani o‘qitgan.
Xorxe Luis Borxes – kutubxonachi, adabiyot bo‘yicha ma’ruzachi.

👉 @xurshidabdurashid
02/04/2025, 09:04
t.me/xurshidabdurashid/5161
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
14
2
356
Da Vinchi surati. Alomat kulgi,
Sen uni chehrangga sotib ol. Kerak!
Bu baxtli kelajak onidan ulgi,
Tabassumga sabab izlasin yurak.

Andak sipolik ol. Xotirjamlik ol,
Va o‘yla eng cho‘qqi – orzu haqida.
Barchasi yozilgan, ko‘chir bemalol,
Oqsuyak xonimlar tariqatidan.

Eng sara so‘zlarni g‘amla avaylab,
Noyob tuyg‘ularni unuta ko‘rma.
Sochlaring uchun ham topgin ataylab,
O‘rta asrlarga yarashiq turmak.

Sal qolsa yodimdan ko‘tarilardi,
Muhabbat xarid qil eng avval axir.
Inson shu his bilan qutqariladi,
Mehrning muhtasham qasridir bag‘ir.

Hammasi batartib. To‘ldi jomadon,
Qo‘llar aylanajak endi qanotga.
Faqat go‘zallikni sotma hech qachon,
Taqvimin soch kabi yulgan hayotga!

02.02.2025

👉 @xurshidabdurashid
02/03/2025, 23:02
t.me/xurshidabdurashid/5160
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
20
10
456
🤨 Sizni Zoshchenkoning hikoyalari davolaydi!

1926-yilda distrofiya darajasida charchagan, haddan ziyod ruhiy toliqqan bemor taniqli psixiatrning qabuliga kelib, o‘zining avvalgi xarakteri keskin ravishda o‘zgargani, sababsiz qayg‘uga tushish va hammaga narsaga nisbatan befarqlikdan shikoyat qiladi. Shu sababli u umuman ovqatlanmay qo‘ygan, kechasi uxlay olmaydi.

Bemorni yaxshilab tekshirgandan so‘ng, shifokor unga kulgili hikoyalarni ko‘proq o‘qishni buyurdi.

— Eng yaxshisi, do‘stim, Zoshchenkoning bir jildini oling. Ehtimol, u sizga juda oddiy, proletarcha ko‘rinishi mumkin. Lekin kulgili! Bu Zoshchenko deganlari juda quvnoq odam. Kayfiyatingizni bittada ko‘taradi, — dedi u bemorga.

— Doktor, — g‘amgin xo‘rsindi bemor, — meni tanimadingizmi? Axir men o‘sha Zoshchenkoman.

👉 @xurshidabdurashid
02/03/2025, 20:49
t.me/xurshidabdurashid/5159
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
22
3
364
O‘GʻRI MUSHUK KABI SOGʻINCH

Yurakka har oqshom o‘g‘ri mushukday,
uyalmay sog‘inching kirib keladi.
Haydab bo‘lmas uni,
ko‘chada sovuq.
aldab ham bo‘lmaydi,
zarra yolg‘on yo‘q.

Bu mushuk olis yo‘l bosganga o‘xshar,
biroz sovuq qotgan, biroz charchagan,
"manzilni hamisha to‘g‘ri top" deya,
egasi, ehtimol, uni qarg‘agan.

Eshikni qoqmasdan kirib kelar u,
aybdor kimsaday mung‘ayib boqmas,
tuzuk iltifot ham ko‘rsatolmayman,
axir mushuk menga azaldan yoqmas.

Devorni timdalar, suykalar biroz
xonaga to‘kilar achchiq bir qayg‘u,
so‘ngra nimanidir o‘marib mendan,
o‘g‘ri mushuk kabi chiqib ketar u.

👉 @xurshidabdurashid
02/02/2025, 22:44
t.me/xurshidabdurashid/5158
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
9
1
433
“Tennison aytgan ediki, mabodo biz loaqal birgina atirgulni tushuna olsak edi – shunda o‘zimizni ham, butun olamning ruxsorini ham anglay bilar edik”.

Borxes, “Zohir” hikoyasidan
02/02/2025, 14:08
t.me/xurshidabdurashid/5157
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
8
465
Sa’dullo akaning fikrlarida jon bor. Abadiy g‘oyalar o‘lmaydi, ular bir joyda qotib qolmaydi, doim harakatlanadi. Insoniyatni xalos qilish g‘oyasi hech qachon o‘zgarmaydi, lekin uning ko‘rinishi, shakli o‘zgarishi mumkin. Ezgulikning yovuzlik ustidan g‘olibligi ham u yoki bu ko‘rinishda adabiyotda aks etaveradi.

Gap hamisha g‘oyani qanday yetkazishda, ifoda qilishda. Oddiygina muhabbat mavzusining dunyoda millionlab badiiy talqini mavjud. Syujetlar esa sanoqli. Migratsion (sayyor) syujetlar asrdan asrga ko‘chib o‘tib yuraveradi. “Ilk syujet”, “oshiq-ma’shuqa-raqib” uchligi (ustoz Uzoq Jo‘raqulovning kitoblarida batafsil yoritilgan bu masalalar) kabi tushunchalar u yoki bu shaklda takrorlanib kelaveradi.

Bunday olib qaraganda, adabiyotda hamma gap aytib bo‘lingan. Yangilik qolmagan. Ammo har bir zamonni badiiy idrok etishga ehtiyoj bor. Shu ehtiyoj tufayli yangi asarlar paydo bo‘laveradi. Abadiy g‘oyalarni zamonga interpretatsiya qilish — adabiyotning vazifasi. Agar badiiyat, til (ifoda) muhim bo‘lmaganda, istalgan g‘oyani maqola qilib ham yozish mumkin edi. Unda adabiyot san’at bo‘lmay qolardi.

👉 @xurshidabdurashid
02/02/2025, 12:58
t.me/xurshidabdurashid/5156
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
26
8
422
Iloji topilsa, olib qo‘y menga
Ertaga kechagi baxtiyorlikdan.

👉 @xurshidabdurashid
02/02/2025, 10:22
t.me/xurshidabdurashid/5155
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
7
2
492
Gʻafur Gʻulomning "Shum bola"sidagi o‘xshatishlardan bir shingil:

"It quvgan tulkiday",
"selda qolgan chumoliday",
"mast bo‘lgan tuyaday",
"mo‘ylovlari arqon tishlagan itday",
"mosh yegan xo‘rozday qizil yuzlari”,
“palag‘da tuxum yutganday o‘qchib”, "halakaning itiday",
"hammomga tushgan bo‘taloqday”,
“ko‘knorining isiriq solgan dekchasiday badbo‘y shaharda men dimiqib ketaman",
"kitob ortilgan eshakday",
"chanada shuvganday tez”,
“kar qilingan bedanaday”,
“tushovi yechilgan toychoqlarday",
"oshqovoq polizning go‘ngqarg‘a tegishidan qo‘rqib o‘tkazilgan qo‘riqchisi kabi".

👉 @xurshidabdurashid
02/01/2025, 13:31
t.me/xurshidabdurashid/5154
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
Repost
18
1
404
Dardisarning "Dardisari".

Oʻqidinglarmi?

🎨 ZakovArt
02/01/2025, 13:26
t.me/xurshidabdurashid/5153
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
522
Jurnalistika sohasida, tahririyatda ishlagan yozuvchilar:

Ernest Xeminguey – harbiy muxbir.
Mark Tven – jurnalist va noshir.
Jorj Oruell – jurnalist, esse yozuvchisi, BBC radiosi boshlovchisi.
Aleksandr Dyuma – teatr tanqidchisi va gazeta muharriri.
Fyodor Dostoyevskiy – “Vaqt” jurnali muharriri.

Huquqshunoslar va advokatlar:

Fransua Rable – advokat va huquqshunos.
Frans Kafka – sugʻurta kompaniyasida kotib (huquqni o‘rgangan).
Onore de Balzak – huquqshunos yordamchisi boʻlib ishlagan.

Tibbiyot xodimlari:

Anton Chexov – shifokor.
Artur Konan Doyl – koʻz shifokori.
Mixail Bulgakov – shifokor (qishloq shifoxonasida ishlagan, bu uning “Yosh shifokorning kundaligi” asarida aks etgan).
Fransua Rable – huquqshunoslikdan tashqari tibbiyotni ham oʻrgangan va shifokor boʻlib ishlagan.

Moliya va iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritganlar:

Frans Kafka – sugʻurta kompaniyasi xodimi.
Nikolay Gogol – davlat xoʻjaligi departamentida amaldor.
Charlz Dikkens – yuridik idorada xizmatchi va parlamentda muxbir.

👉 @xurshidabdurashid
01/31/2025, 08:55
t.me/xurshidabdurashid/5152
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
329
TABASSUM HAQI

Shunchaki, tabassum qilsang bo‘lgani,
Tabassuming menga atalsin faqat.
Baxt shudir ko‘zlaring kulib turgani,
Oldida boshqa baxt bo‘lur bir chaqa.

Cho‘chima, bilaman baxt kelmas tekin,
To‘layman solig‘in bu tabassumning.

👉 @xurshidabdurashid
01/31/2025, 06:56
t.me/xurshidabdurashid/5151
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
371
PIYODA SARBOZ
M. Chovushga

1

Murod Chovush kitob yozadi –
Muqovadan kirib kitob ichiga,
Qog‘ozga bitila boradi o‘zi.
O‘zi qahramonga aylanar,
O‘zi – so‘z.

Har jumla so‘ngida kitobdan chiqib,
Deraza yonida chekar tamaki.

“Dunyoni kim qutqaradi, domla?
So‘zmi,
Yo tovushmi?
Sukut qutqarmaydi baribir”.

M.Ch. yana kitobga kirib,
So‘z bo‘lib to‘kila boshlar qog‘ozga.
Idrok tegirmoni xayolni yanchib,
tuyg‘ularni unga aylantirarkan,
u chiqib keladi yana kitobdan.

Kitob sekin-asta aylana boshlar
na oxir, na boshi bor labirintga.
Sukut qutqarmaydi baribir...

2

Oyxon parilarga bosh bo‘ldi,
Sirli ko‘zlariga yosh to‘ldi,
Bilmadim, na siri fosh bo‘ldi,
Oyxon ko‘zlari yoshli,
Yoshiday oqdi yoshligi.

Ertakka jon bitdi, chin bo‘ldi,
Shovqinga suq kirdi, jim bo‘ldi,
Oyxonni yig‘latgan kim bo‘ldi,
Oyxon qiz yum-yum yig‘lar,
Yuzinda yig‘ilar yig‘ilar.

Har tomchi dur kabi yarqiroq,
Farqlari fiqradan farqliroq,
Sochlari soy kabi sharqiroq,
O‘zi ham oqar-o, Oyxon,
Oh, kimga yoqar-o, Oyxon.

Bo‘ynida qismatning sirtmog‘i,
Zarilmi jonini sitmog‘i,
Bo‘lmasa bunchalar yig‘loqi,
Yoshli ko‘zlarini artadi,
Oyxon qiz hayotga qaytadi.

3

Yo‘lidan adashgan yo‘lovchi misol,
Birrov derazangga ko‘z tashlaydi tun.
Gʻaladon ichida uniqar visol,
Oh kabi chiqadi bo‘g‘zingdan tutun.

Daydigan shamollar xonaga kirib,
Xayolni quvadi shovqin bag‘riga.
Bu shiddat ichinda piyoda yurib,
Sen yetib borasan Hozir shahriga.

4

Bu kun keldim sening ziyoratingga,
O‘tkinchi dunyoning koridan horib.
Bir zum sherik bo‘lay saodatingga,
Hazrat Rauf Parfi mozori.

Qabring o‘tlarini yulaman shoshmay,
Suv quyib, tuprog‘ing uzra gullagan
gullarga, boqaman, xuddi quyoshday –
jannat iforini taratar gullar...

Hazrat Rauf Parfi mozori,
Tuproq ichindagi muqaddas ovoz.
Endi boray, xush qol, jang qilay borib,
Otim yo‘q, zotim yo‘q – piyoda sarboz.

5

Hech narsa haqida o‘yla.
O‘y paydo bo‘ladi.
Keyin bahaybat o‘y seni yeb boshlar,
Oziqqa aylanasan – badhazm ozuqa.
Ayovsiz kurashga sho‘ng‘iysan
Peshonang tegmagunicha,
Haqiqat atalmish muqaddas yozuqqa.

Tilsimlar g‘orida qiliching o‘qtalib,
O‘yingni chopishga shaylanib turasan.
Bu o‘ydan qutulib bo‘lmaydi,
Negadir kulasan.

Qahqaha nishoni – eng yovuz dushmaning,
O‘y esa yeb qo‘yar tabassum tugasa.
To‘xtaysan –
qarshingda ko‘rganing,
bilganing, sevganing – hech narsa.

👉 @xurshidabdurashid
01/30/2025, 09:58
t.me/xurshidabdurashid/5150
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
439
01/28/2025, 09:51
t.me/xurshidabdurashid/5149
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
322
01/28/2025, 08:37
t.me/xurshidabdurashid/5147
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
321
01/28/2025, 08:34
t.me/xurshidabdurashid/5146
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
330
Bu haftani Xorxe Luis Borxesga bag‘ishlaymiz.
01/28/2025, 08:21
t.me/xurshidabdurashid/5145
XU
Xurshid Abdurashid
1 737 subscribers
341
01/28/2025, 07:57
t.me/xurshidabdurashid/5144
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria