Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
BO
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

Yozuvchi, adabiyotshunos (DSc) Sa’dullo Quronovning fantastik qarashlari 😊 Bog’lanish: @yozuvchigaXat_bot squronov@gmail.com https://quronov.uz https://www.facebook.com/squronov/

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 85 results
171
Bilasiz, "Galaktikada bir kun" asarning audio kitobini dyublaj aktyori Muhammadjon Xo‘jayev o‘qigan. Shu kishining ovozi miyamga kirib qolibdi. Hozir asar yozar ekanman, xayolan o‘zimning ovozim emas, Muhammadjon akaning ovozi bilan muallif gapini yozyapman...

🥴🙄
04/25/2025, 07:39
t.me/bolalar_yozuvchisi/1115
259
Har kuni ishga soat 8 da kelib, ish vaqti boshlangunga qadar ijod qilyapman 💪

“Galaktikada bir kun – 3”ni kutyapsizlarmi?😎
04/23/2025, 07:32
t.me/bolalar_yozuvchisi/1114
468
04/17/2025, 10:37
t.me/bolalar_yozuvchisi/1112
468
04/17/2025, 10:37
t.me/bolalar_yozuvchisi/1108
468
04/17/2025, 10:37
t.me/bolalar_yozuvchisi/1107
468
04/17/2025, 10:37
t.me/bolalar_yozuvchisi/1110
468
04/17/2025, 10:37
t.me/bolalar_yozuvchisi/1109
468
04/17/2025, 10:37
t.me/bolalar_yozuvchisi/1111
468
04/17/2025, 10:37
t.me/bolalar_yozuvchisi/1113
243
Buxoro viloyati, Peshku tumani 1-maktab. Ijodiy uchrashuv!
04/17/2025, 09:06
t.me/bolalar_yozuvchisi/1106
234
04/17/2025, 09:05
t.me/bolalar_yozuvchisi/1105
242
Renessans TV kanalida bolalar adabiyoti yuzasidan suhbat qildik.
04/17/2025, 06:34
t.me/bolalar_yozuvchisi/1104
Repost
248
“Ismim Ahmad, yoshim 12 da” — qaysi kitobdan ekanligini sezib boʻldingiz-a?

— Sa’dullo Quronov kitobiga mansub Galaktikada bir kun asarini birinchi va ikkinchi qismlarini “Mutolaa” da oʻqing va tinglang!

Telegram | Instagram | Ilova
04/14/2025, 18:26
t.me/bolalar_yozuvchisi/1103
233
04/14/2025, 17:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1102
207
17-aprel kuni Buxoro viloyatining Peshkoʻ tumanida adabiy uchrashuvda boʻlaman.
04/14/2025, 15:33
t.me/bolalar_yozuvchisi/1101
230
Buxoro viloyatiga, adabiy uchrashuvga boryapman.
04/14/2025, 13:14
t.me/bolalar_yozuvchisi/1100
467
Florensiyadagi mashhur Museo Galileo (Galileo muzeyi).

Suratda ko‘rinib turgan ikkita uzun quvur shaklidagi jihozlar — bu Galileo Galiley tomonidan yasalgan teleskoplardir. Jahonda ilk bor Oydagi tog‘ va kraterlar, Yupiterning to‘rtta yirik yo‘ldoshi aynan shu teleskoplar bilan kuzatilgan.
04/05/2025, 11:00
t.me/bolalar_yozuvchisi/1099
467
04/05/2025, 11:00
t.me/bolalar_yozuvchisi/1097
467
04/05/2025, 11:00
t.me/bolalar_yozuvchisi/1098
3.9 k
04/02/2025, 12:49
t.me/bolalar_yozuvchisi/1095
3.9 k
Xalqaro bolalar kitoblari kuni bilan!

Bolonya bolalar kitob koʻrgazmasida ishtirok etib olgan xulosam shu boʻldiki, bolalar adabiyotini rivojlantirish uchun bizga avvalo yirik, sogʻlom raqobat muhitiga ega bolalar adabiyoti bozori kerak.

Bolonya kitob koʻrgazmasi madaniy tadbirdan koʻra koʻproq bozorga oʻxshaydi. Bunda noshirlar, agentliklar million dollarlik bitimlar tuzishadi. Oʻzaro raqobatlashadi. Raqobat boʻlgan joyda esa albatta sifat boʻladi, mualliflar yaxshi qalam haqi oladi, oʻz-oʻzidan kitobxonlik rivojlana boshlaydi.

Oʻylaymanki, hozirda bizning ayni shunday bozorga ehtiyojimiz bor. Sohani koʻp daromad olib keladigan, muallif, noshir va oʻquvchi mafaat topadigan maydonga aylantirish haqida oʻylashimiz kerak.

Yana bir bor bayram bilan!

P.S
Bugun albatta kitob sotib oling :)

@bolalar_yozuvchisi
04/02/2025, 12:49
t.me/bolalar_yozuvchisi/1096
3.9 k
04/02/2025, 12:49
t.me/bolalar_yozuvchisi/1094
334
04/02/2025, 12:00
t.me/bolalar_yozuvchisi/1093
312
04/02/2025, 11:58
t.me/bolalar_yozuvchisi/1092
384
04/01/2025, 10:29
t.me/bolalar_yozuvchisi/1085
384
04/01/2025, 10:29
t.me/bolalar_yozuvchisi/1086
384
Bolonya bolalar kitob yarmarkasida eng yirik yo‘nalishlardan biri illyustratsiya bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab eng yaxshi bolalar illyustratorlari jamlanadi. Yilning eng yaxshi illyustratorlari turli nominatsiyalarda aniqlanib taqdirlanadi. Hatto taniqli bo‘lmagan rassomlar uchun ham o‘zini ko‘rsatish imkoni berilgan. Ular o‘z ishlarini maxsus ko‘rgazma stendlariga joylab, vizitkalarini qoldirishi mumkin. Shu yo‘l bilan noshirlarning e’tiborini jalb etishadi.
04/01/2025, 10:29
t.me/bolalar_yozuvchisi/1091
384
04/01/2025, 10:29
t.me/bolalar_yozuvchisi/1090
384
04/01/2025, 10:29
t.me/bolalar_yozuvchisi/1089
384
04/01/2025, 10:29
t.me/bolalar_yozuvchisi/1087
384
04/01/2025, 10:29
t.me/bolalar_yozuvchisi/1088
413
Bolalar yozuvchilari poytaxtidaman!

Italiya — Bolonya bolalar kitob koʻrgazmasi dunyodagi eng yirik va nufuzli bolalar adabiyoti yarmarkasi hisoblanadi. Har yili ko‘rgazmada minglab bolalar adiblari, rassomlar, tarjimonlar va noshirlar yigʻiladi.
Bu yerga kelgan ijodkorda jahon bolalar adabiyotidagi muhim yangiliklar, adabiy tendensiyalar bilan yaqindan tanishish, ulkan tajriba yigʻish va mahoratini oshirish imkoni boʻladi. Hozircha taassurotlar bir olam, birma-bir yozib boraman. Menga ana shunday imkoniyatni yaratib bergan Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev hamda “Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimovlarga katta rahmat!
03/31/2025, 18:09
t.me/bolalar_yozuvchisi/1084
413
03/31/2025, 18:09
t.me/bolalar_yozuvchisi/1081
413
03/31/2025, 18:09
t.me/bolalar_yozuvchisi/1083
413
03/31/2025, 18:09
t.me/bolalar_yozuvchisi/1080
413
03/31/2025, 18:09
t.me/bolalar_yozuvchisi/1082
359
Assalomu alaykum!

Azizlar, Ramazon hayiti muborak!
03/30/2025, 04:55
t.me/bolalar_yozuvchisi/1079
Repost
474
03/25/2025, 18:33
t.me/bolalar_yozuvchisi/1076
Repost
474
03/25/2025, 18:33
t.me/bolalar_yozuvchisi/1077
Repost
474
⚡️Ilk kitobxon g‘oliblar aniqlandi

📚 Xabar berganimizdek, “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichi Andijon viloyatining Marhamat tumanida davom etmoqda!

Tanlovda 10-14 yosh toifasidagi bilimdonlar 5 ta shart bo‘yicha qizg‘in bahslarda bellashdilar. Har bir shartda qatnashchilar o‘z aql-idroki va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🏆Tanlovning ilk g‘oliblari bilan tanishing!

1-o‘rin: Dilbarxon Haydarova (Toshkent sh.) 356.7 ball — Prezident sovg‘asi “Chazor” elektromobili;

2-o‘rin: Gulmira Norpo’latova (Samarqand) -334.7 ball — 75 mln so‘m pul mukofoti;

3-o‘rin: Nastarin Ibrohimova (Navoiy) - 321 ball — 50 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishdi. Qolgan ishtirokchilarning barchasi 10 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

#Yoshkitobxon #Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Teleg
ram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
03/25/2025, 18:33
t.me/bolalar_yozuvchisi/1078
466
“Yosh kitobxon” tanlovining finalida bellashayotgan barcha doʻstlarimga omad tilayman. Siz shu yergacha yetib keldingiz, siz gʻolibsiz!
03/25/2025, 09:02
t.me/bolalar_yozuvchisi/1072
891
Bugun Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan ijodiy uchrashuvda bo‘ldim.
03/07/2025, 12:18
t.me/bolalar_yozuvchisi/1071
891
03/07/2025, 12:18
t.me/bolalar_yozuvchisi/1069
891
03/07/2025, 12:18
t.me/bolalar_yozuvchisi/1070
Repost
129
Tayyormisizlar? Jamoamiz bilan “ZUKKOTEST” loyihasiga start berdik!

Endi bilimdon yoshlar o‘z bilimini sinab ko‘rish bilan birga qimmatbaho sovg‘alar yutib olishlari ham mumkin. 13-mart kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi:

1. “Mutolaa” ilovasidan “Galaktikada bir kun” 1-2 kitob;
2. “Ibrat farzandlari” loyihasining “Present Simple Tense” 5-darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasining 5-sinf matematika darsligi;
4. “Uzchess” loyihasining “Shaxmat tarixi” darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari

Test qanday o‘tadi?
• 45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt.

⚡️Mukofotlar:
70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirma;
TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;
TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti.

Ishtirok etish uchun @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va hozirdan tayyorgarlikni boshlang!
03/06/2025, 11:58
t.me/bolalar_yozuvchisi/1068
335
“Ustoz” loyihasi mehmoni boʻldim.
03/04/2025, 07:05
t.me/bolalar_yozuvchisi/1067
Repost
150
⚡️"Bek va Lola" orqali yana bir muhim mavzuga qo'l urdik. Bu safar yo'l harakati qoidalarini asosiy mavzu sifatida olib chiqdik.

Farzandlarimiz hayoti xavfsizligi uchun kichik bo'lsa ham hissa qo'sha olsak, biz bundan olam-olam faxr olamiz.

Sizlardan katta madad, shu xabarni hech bo'lmasa tanish ota-onalaringizga, yaqin do'stlaringiz hamda tanish ota-onalar guruhlariga jo'natsangiz, ularning ham farzandlariga yetib borar edik.

https://youtu.be/If-I1ZSnTRk?feature=shared
03/02/2025, 12:15
t.me/bolalar_yozuvchisi/1065
Repost
139
⚡️Mahliyo O‘roqova bilim va kitobga bo‘lgan ishtiyoqi bilan hayotini o‘zgartira oldi. U 15 yoshida kitob o‘qib otasiga avtomobil sovg‘a qilgan! Bu uning tirishqoqligi va matonatining yorqin isbotidir.

Ayni damda kitobxonimiz O‘zbekistondagi eng katta mobil kutubxona “Mutolaa” jamoasida mehnat qilmoqda.

Jamoamiz nomidan Mahliyoga yanada yuksak zafarlar tilaymiz!

#prezident #yoshlar

@alisher_sadullaev
03/01/2025, 18:23
t.me/bolalar_yozuvchisi/1064
243
02/28/2025, 15:21
t.me/bolalar_yozuvchisi/1061
243
02/28/2025, 15:21
t.me/bolalar_yozuvchisi/1062
243
Ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalarning ayrim ertaklarning mazmuni, g‘oyasiga bildirgan e’tirozlarini ko‘p uchratamiz. Buning bosh sababi “soxta xalq ertaklari”ning urchib ketgani va ertaklarni saralamay taqdim etilishida. Zero hamma ertaklar ham bolalar uchun emas!

Ertak bola tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Biroq notoʻgʻri tanlangan ertak bolaning murgʻak qalbida yot gʻoyalarni paydo qilishi, notoʻgʻri tushunchalarni shakllantirishi ham mumkin.

Chunki baʼzi ertaklarda zoʻravonlik, yolgʻon, hiyla yoki qoʻrqinchli tasvirlar haddan tashqari koʻp boʻlib, bola psixologiyasiga salbiy taʼsir qilishi ehtimoli bor. Shuningdek, baʼzi ertaklar bolaning ongiga zararli stereotiplarni singdirishi mumkin.

Shu sababli “Mutolaa” loyihasiga ertaklarni saralash, yosh toifasiga ajratish va ilovani yangi ertaklar bilan boyitish uchun folklorshunos, professor Shomirza Turdimov hamda tadqiqotchi Abdukamol Abdujalilovni jalb etdik.

Endi ertaklar ruknimiz yanada qiziqarli va milliy qadriyatlarimizga mos ertaklar bilan boyiydi.
02/28/2025, 15:21
t.me/bolalar_yozuvchisi/1063
Repost
194
Сўнгги йилнинг энг яхши лойиҳаси Мутолаа жуда қиммат лойиҳа. Лойиҳа менежерларидан бири болалар ёзувчиси Садулло Қуронов лойиҳа ҳақида биз эшитмаган фактларни Қўштирноқ подкастда айтиб ўтибди.


Суҳбатни кўриш учун👉 https://youtu.be/6ujL6hWHdvo
02/27/2025, 19:03
t.me/bolalar_yozuvchisi/1060
200
Doʻstingizdan foydali taklif!

#jtio1sb promokodini kiritgan holda Mutolaa Premiumga obuna boʻling va 10% chegirmani qoʻlga kiriting.

Mutolaa Premium - 50 dan ortiq bestsellerlar hamda kitobxonlar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar.

Hoziroq obuna boʻling!

Mutolaa ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

https://qr.me-qr.com/AOXhXupG
02/26/2025, 13:12
t.me/bolalar_yozuvchisi/1059
226
02/26/2025, 12:41
t.me/bolalar_yozuvchisi/1057
226
02/26/2025, 12:41
t.me/bolalar_yozuvchisi/1056
226
Butun oilamiz bilan qorodamga aylandik :)
02/26/2025, 12:41
t.me/bolalar_yozuvchisi/1058
Repost
269
Bolalar uchun tavsiya qilingan kitoblar ro'yxati (1)

Ko'k yozuv ustiga bosib, kitob va uning xaridi haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

1. Erkin Malik. "Chumolilar saltanati" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
2. Antuan de-Sent Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda" — hamma uchun!
3. Anvar Obidjon. "Oltin yurakli avtobola" — 7+.
4. Janni Rodari. "Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida" — 7+.
5. Karlo Kallodi. "Pinokkioning boshdan kechirganlari" — 7+.
6. Anni Shmidt. "Mushuklar malikasi Minush" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
7. Sa'dulla Quronov. "Galaktikada bir kun" — 7+.
8. G'iyosiddin Yusuf. "Go'zal xulqlar" — 8+.
9. "Oyning orqasidagi sir" — 8+.
10. Qobiljon Shermatov. "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — 7+.

Davomi bor

#tavsiya #kitob

@GiyosiddinYusuf
02/20/2025, 16:03
t.me/bolalar_yozuvchisi/1054
Repost
178
"Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — gap oshqozon haqida emas!

Qobiljon Shermatov yosh bo'lishiga qaramay, bolalar adabiyoti yo'nalishida juda samarali ijod qilib kelmoqda. U kishining asarlari tili ravon, sodda, bolalar uchun tushunarli, o'ziga xos shiraga ega bo'lishi bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.

Yozuvchining "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asari ham zohiran bir insonning ichida kechgan voqealarni bayon qilgani bilan, aslida, jajji o'quvchilarni halollik, to'g'rilik, rostgo'ylikka undaydi.

Bahodir va Baxtiyor ismli ikki bola maktabdan kelib, chanqab ketganidan muzlatkichdan sharbatga o'xshash ichimlik olib ichishadi. Lekin bu ichimlik akasining tajriba uchun tayyorlagan suyuqligi bo'lib, u kichraytiruvchi xususiyatga ega edi. Shunday qilib, ikki bolakay ko'z ilg'amas darajada kichrayib, buvasining oshqozoniga tushib ketdi.

U yerda dastlab Oshqozon shahrida bo'lishdi. Maktabda ko'chirgani uchun ko'zi ojiz bo'lib, yolg'on gapirgani uchun tili soqov bo'lib, ko'p sinovlarni boshdan kechirishdi. So'ngra Yurak shahriga yo'l olishdi. Bu yerdagi sarguzashtlar ham o'ziga xos bo'ldi...

▪️ Kitob 2022-yilda “Bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlangan eng yaxshi kitob” deb topilgan;
▪️ Asarning bir nechta bobi maktab darsligiga kiritilgan;
▪️ “Yosh kitobxon” tanlovida o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar qatoridan o‘rin egallagan.

Ushbu havola orqali kitobdan qisqacha o'qib ko'rishingiz, mundarijasi bilan tanishishingiz hamda xarid qilish uchun bog'lanishingiz mumkin.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
02/20/2025, 08:41
t.me/bolalar_yozuvchisi/1053
Repost
245
“Pinokkioning boshdan kechirganlari” — yog'och bolaga "es kirishi"

Karlo Kollodining “Pinokkioning boshdan kechirganlari” asari bir necha tillarga tarjima qilingan va u asosida multfilm va videofilmlar ishlangan. Bu asar faqatgina yog‘ochdan yasalgan o‘yinchoq bola haqidagi oddiy ertak emas, balki insoniylik, halollik va mehnatsevarlik mavzularini o‘rgatuvchi asar hamdir.

Asarning bosh qahramoni – Pinokkio, u mohir duradgor Jepetto tomonidan yasalgan qo‘g‘irchoq bo‘lib, kutilmaganda u jonlanadi. Biroq u hali aqlli va odobli bola emas edi – o'qishni yoqtirmas, o‘jar va yolg‘on gapiradi. Uning burni har safar yolg‘on gapirganda o‘sib ketishi esa asarning eng mashhur timsollaridan biridir. Pinokkio turli sarguzashtlarga duch keladi, lekin oxir-oqibat o‘z xatolaridan saboq olib, haqiqiy, mehribon va aqlli bolaga aylanadi.

Asar bolalarga halollik, mehnatsevarlik va mas’uliyat hissini o‘rgatadi, bolalar tasavvurini boyitib, ularni rostgo‘ylik va ezgulik sari yo‘naltiradi. Shuning uchun bu ertakni har qanday yoshdagi o‘quvchi uchun foydali va qiziqarli deyish mumkin.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
02/18/2025, 18:28
t.me/bolalar_yozuvchisi/1052
711
“Sa’dulla, ishlaringga muvaffaqiyat, charchamagin”.
02/15/2025, 15:46
t.me/bolalar_yozuvchisi/1051
4.1 k
Prezident bilan uchrashish katta masʼuliyat, ayni vaqtda, katta imkoniyat.
02/15/2025, 09:02
t.me/bolalar_yozuvchisi/1050
782
3-kitobda qahramonlarnimning biriga Satoshi deb ot qo‘ydim.
02/11/2025, 06:51
t.me/bolalar_yozuvchisi/1049
286
Maktablarga ijodiy uchrashuvga borsam savollardan biri, albatta:
- Ronaldo yoki Messi? 😁
02/09/2025, 18:35
t.me/bolalar_yozuvchisi/1048
229
Bitkoin haqida yaxshi hujjatli film koʻrdim.
02/09/2025, 15:37
t.me/bolalar_yozuvchisi/1047
438
02/06/2025, 07:05
t.me/bolalar_yozuvchisi/1044
438
Vaqtida ingliz tilini o‘rganib olmaganimdan afsuslanaman. Ayniqsa, so‘ngi 4-5 yilda ingliz tili shaxsiy rivojlanishda naqadar muhim ekanini tanamda his qildim. Afsuski, endi til o‘rganishga na vaqt, na qunt topa olyapman...

Kuni kecha “Ibrat Academy” ilovasida yangi “Super Start” moduli e’lon qilingandan so‘ng ichimga yorug‘lik kirdi. Ingliz tilini noldan, qulay va o‘yinlashtirilgan tizimda o‘rgansa bo‘larkan. Kuniga 10-15 daqiqa “telefon o‘ynasangiz” kifoya. Hech bo‘lmasa, boshlang‘ich darajani o‘rganib olay deb ilovaning premium versiyasini sotib oldim. Puli ketsa odamning ko‘zi qiymaydi, o‘qishga majbur bo‘ladi-da. Sizlarga ham tavsiya qilaman. Ayniqsa, bolalar va yoshlar uchun juda foydali bo‘ladi.

Loyihaga mehnati singgan doʻstlarga esa alohida tashakkurlar!
02/06/2025, 07:05
t.me/bolalar_yozuvchisi/1046
438
02/06/2025, 07:05
t.me/bolalar_yozuvchisi/1045
410
02/03/2025, 13:22
t.me/bolalar_yozuvchisi/1040
321
Asar yozishda gʻoya birlamchi emas. Negaki millionlab gʻoyalar mavjud va ular odatda oʻzgarmas, sayyor!

Qiyini, shu gʻoyaga oʻquvchini ishontirishda, gʻoyagacha bosib oʻtiladigan adabiy yoʻlda.
02/02/2025, 12:28
t.me/bolalar_yozuvchisi/1039
271
Koʻpchilik Eynshteyn nisbiylik nazariyasini yaratgani uchun Nobel olgan deb oʻylaydi. Aslida u hayotining soʻngi kunlariga qadar tan olmagan kvant mexanikasi sohasida qilgan kashfiyoti uchun taqdirlangan.

Taqdir oʻyini :))
02/02/2025, 09:34
t.me/bolalar_yozuvchisi/1038
1.7 k
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1032
1.7 k
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1036
1.7 k
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1033
1.7 k
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1028
1.7 k
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1031
1.7 k
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1029
1.7 k
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1030
1.7 k
Kitobdan yaxshiroq do'st yo'q jahonda!

Farg'ona shahridagi 2-ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabida "Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda" mavzusida kitobxonlik haftaligi boshlandi.

Bugungi tadbir bolalar yozuvchisi Sa'dullo Quronovning "Galaktikada bir kun" ilmiy-fantastik qissasi asosida tashkillanib, 8-sinf o'quvchilari ishtirok etdilar. O'quvchilar yozuvchi va asar haqidagi videoroliklar orqali qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Viktorina asosida tashkil etilgan o'yinda eng faol kitobxon o'quvchilar aniqlandi, shuningdek asar mavzusiga oid chizilgan rasmlar namoyish etildi va o'quvchilar o'zlarining xulosalarini aytib o'tdilar. Faol o'quvchilarga tashkilotchilar tomonidan eng sara kitoblar topshirildi.

Kitobxonlik bayrami oʻquvchi yoshlar qalbi va ongida kitobga boʻlgan qiziqishni oshirish, ularning isteʼdodlarini namoyon qilishda dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1037
1.7 k
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1034
1.7 k
01/31/2025, 11:43
t.me/bolalar_yozuvchisi/1035
243
01/31/2025, 10:22
t.me/bolalar_yozuvchisi/1027
Repost
251
Туркияда болалар учун одоб-ахлоқ, динимизни ўргатувчи китоблар жуда кўп. Бу ерда исталган ёшдаги бола учун китоб топиш имкони бор. Алҳамдулиллаҳ, бизда ҳам шундай китоблар кўпаяётгани қувонарли ҳолат.

Ёш ижодкорлардан Ғиёсиддин Юсуф болалар учун тарбиявий аҳамиятга эга китоблари билан танилиб қолган. У кишининг яқинда нашр қилинган «Гўзал хулқлар» номли китоби болалар учун муҳим бўлган хулқлар: илм ўрганиш, ростгўйлик, омонатдорлик, меҳнатсеварлик каби фазилатларни содда ва қизиқарли тарзда тушунтиради. Ҳар бир мавзу ҳикоялар ва расмлар билан бойитилган, сўнггида эса болалар билимларини мустаҳкамлаши учун саволлар берилган.

Бу китоб болалар қалбига эзгулик уруғларини экади ва улар учун муҳим қўлланма бўлади. Муаллифга ташаккур! Аллоҳ бу хайрли ишингизга барака берсин!

@MubashshirAhmad
01/30/2025, 11:03
t.me/bolalar_yozuvchisi/1026
129
Xaos nazariyasi – fanning olamni tushunish va tushuntirish yoʻlidagi eng muhim nazariyalaridan biri hisoblanadi. Unga koʻra olam xaos – tartibsiz, ayni damda, bu tartibsizlik juda murakkab, aniq qonuniyatlarga boʻysunuvchi tizimdir. Yaʼni bir qarashda, olam tartibsiz – xaos. Biroq yillar va asrlarga teng oraliqdan qaralsa, yashirin qonuniyat, Ulugʻvor muvozanat alomatlari koʻzga tashlanadi. Uni isbotlovchi omillar tabiatda ham, jamiyatda ham bisyor.

Ulkan portlashdan soʻng yuzaga kelgan xaosda eng kichik zarralarning “tasodifiy” toʻqnashuvi avvaliga atomni, milliard yillar oʻtib esa yulduz va sayyoralarning vujudga kelishiga sabab boʻldi.
Kunlik ob-havo ham tartibsiz. Kapalakning bir qanot qoqishi barini algʻov-dalgʻov qilib yuborishi mumkin. Shu bilan birga, mana shu “tartibsizlik” million yillar davomida Yer tabiati moʻtadilligini taʼminlab kelmoqda.
Hayvonot va nabotot olamining populyatsiyasi ham xuddi shunday – xaos.

Insoniyat chinakam tartibot va adolatni anglashga, hatto, kuzatishga ojizlik qiladi. Biroq bunga imon keltirish yo inkor qilish uning oʻz qoʻlida.

@bolalar_yozuvchisi
01/30/2025, 09:07
t.me/bolalar_yozuvchisi/1025
255
Olamning yaralishi – Ulkan portlash vaqtidagi fotonlar hali ham bizning tevaragimizda aylanib yuribdi.

Tasavvur qilayapsizmi, 13,7 milliard yil oldin, olam qanday yaralganini "ko‘rgan" zarralar hozir ham mavjud. Balki u hozirgina, soniyaning milliondan bir ulushicha vaqtda, tanangizni teshib kirib, boshqa tarafdan chiqib ketib ulgurgandir!

Sizlarni bilmadim-ku, lekin shunaqa ma’lumotlar meni kuchli hayratga soladi!
01/29/2025, 07:56
t.me/bolalar_yozuvchisi/1024
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria