Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
KA
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
15.12%
ERR (week)

Biroz telbaman va biroz qimorbozman. Dostoyevskiyni oʻqib shunaqa boʻlib qolganman. Aybga buyurmanglar)

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 78 results
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
442
04/26/2025, 08:20
t.me/karamazovlar/804
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
620
Oʻzingni odamlarga baxtli koʻrsatishdan nima naf? Kimga foydasi bor buni? Oʻzinggami yoki oʻzgalargami?

Oʻzingni odamlarga aqlli koʻrsatishdan nima naf? Kimga nima foydasi bor buni? Oʻzinggami yoki oʻzgalargami?

Oʻzingni odamlarga … koʻrsatishdan nima naf? Kimga nima foydasi bor buni? Oʻzinggami yoki oʻzgalarga?


Bir umr nimagadir ishonib, kurashib yonib-kuyib yashashing mumkin ammo bir kuni oʻsha ishongan doim sen toʻgʻri deb hisoblagan xatti-harakatlar aslida puch, yolgʻon va puflab shishirilgan sharday narsa ekanligini anglaganingda balki oʻzingni bunday tutmasding. Balki oʻzing yoki kimdir oʻzi uchun yaratib olgan yolgʻonga sen ham unga taqlid qilib yolgʻonni haqiqat deb qabul qilib yashayotgandirsan.

PS: uchta nuqta oʻrniga xohlagan narsangizni qoʻyib oʻqishlaringiz mumkin.
04/25/2025, 20:47
t.me/karamazovlar/803
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.0 k
Usmonip, Nurmuhammadzoir va men uchalamiz yangi video olgandik. Shuni bugun montajini qilib joylavordik. Kirib koʻringlar yoqsa layk, komment yozib qoldiringlar obuna boʻlib qoʻyinglar. Buyogʻiga endi men ham instagramimni faol yuritishga kirishdim.

https://www.instagram.com/reel/DI1lxkmoXYi/?igsh=anZ3eWlpZmVoazJw
04/24/2025, 21:38
t.me/karamazovlar/802
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
747
Dostoyevskiyning Qimorbozini menchalik his qilgan odam boʻlmasa kerak…
04/23/2025, 21:08
t.me/karamazovlar/801
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
979
Yomon odamman. Hatto she’r oʻqimaydigan odamdanda yomonroq.
04/22/2025, 21:50
t.me/karamazovlar/800
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
703
Ertaga Jeyms Joys deb instagramda Joysdan qandaydir sitata aytib video ishlab chiqsalar ham ajablanmayman.
04/21/2025, 17:57
t.me/karamazovlar/799
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
841
Bilaman sizlarniyam koʻzlarizdan yosh chiqib ketdi. Xuddi meningdek)
04/20/2025, 20:16
t.me/karamazovlar/798
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
953
Sizlardan yasharib yurgan sirimni ochishni istayman. Xullas man kelajakdan oʻzim bilan jurnal olib kelganman.

Yani man kelajakdan kelganman. Buni men bilan birga yashaydigan ikkita odam tasdiqlashi mumkin.
04/19/2025, 23:56
t.me/karamazovlar/797
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.6 k
МУМКИН ЭМАС

Сиз бетобсиз, бетобсиз, ошна
Мумкин эмас, кўчага чиқиш.
Мумкин эмас дунёқарашни
Бузадиган китоблар ўқиш.

Мумкин эмас, номаълум томон,
Олис томонларни соғинмоқ,
Мумкин эмас, соғликка ёмон,
Севмоқ, чўкка тушиб сиғинмоқ.

Мумкин эмас, кийинмоқ қишда,
Мумкин эмас, оч бўлсанг, емоқ,
Мумкин эмас, ҳатто оҳиста,
Қўрқа-писа «мумкинми?» демоқ!...
04/15/2025, 08:45
t.me/karamazovlar/796
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.4 k
Gender tanglik

Xotin akam, gender, deydi,
Huquqimiz tengdir, deydi.
Koʻngilni sal kengroq tuting,
Kengga dunyo kengdir deydi.

Men gʻijinib, gender, deyman,
Oʻylab topgan sendir, deyman.
Mana, senga qora oʻchoq,
Mana, senga tandir, deyman.

Xotin kulib, gender, deydi,
Kimdadir bet – chandir, deydi.
Aravani teng tortamiz,
Siz yoqa, men yengdir, deydi.

Men boʻgʻilib, gender, deyman,
Uyda erkak mendir, deyman.
Supurgini xoʻllab supir,
Toshkoʻmirni sindir, deyman.

Xotin yana gender, deydi,
Xotin – boʻy, er endir deydi.
Qizingiz bor, oʻylang birrov,
Yomon erkak “sen” der, deydi.

Men boʻshashib, gendir, deyman,
Qizim – jonim, chindir, deyman.
Jon joyimdan ushlading-ku,
Ha, enangni emgir, deyman.

Iqbol Mirzo
04/11/2025, 21:10
t.me/karamazovlar/795
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
876
Farosat va did shunday narsaki u bor boʻlsa oʻzingga, yoʻq boʻlsa oʻzgalarga qiyinchilik tugʻdiradi…
04/08/2025, 21:44
t.me/karamazovlar/794
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
525
04/08/2025, 16:38
t.me/karamazovlar/793
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
550
Muqovani qara Karl? Bunaqa rasmni muqova sifatida tanlagandan koʻra tanlamaganlari yaxshi edi. Shunchaki muqovaga “Jinoyat va Jazo” deb yozib qoʻyishsayam boʻlaverardi.

Menimcha Aybukdagilar bu avom xalqqa boʻlaveradi deb suniy intellekt tomonidan shunaqa qilib chizdirishsa kerak.

“Muqaddima”ni oy aks etgan muqovasiga chidadishdi. Quyoshli qildik chidashdi. Keyin yer qilamiz dedik chidashdi. Kulayotgan odam”ga ham chidashdi endi “Jinoyat va Jazo”gayam chidashsa kerak deyishgan boʻlishsa kerak.
04/08/2025, 16:32
t.me/karamazovlar/792
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
550
04/08/2025, 16:32
t.me/karamazovlar/791
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
673
04/08/2025, 09:14
t.me/karamazovlar/790
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
683
ular sevgi neligin bilmas
ayolni soʻkish bu sevgi emas
04/08/2025, 08:32
t.me/karamazovlar/789
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
670
Shaka aka aytgan joyi top haqattan
04/08/2025, 08:30
t.me/karamazovlar/788
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
786
Qanaqa kitoblar maslahat berasiz degichlar uchun maxsus:

Oma oʻzim hali oʻqib koʻrmaganman bu kitoblarni. Sizlar oʻqinglarchi agar sizlarda natija zoʻr boʻlsa keyin manam oʻqiyman kelishdikmi?
04/07/2025, 23:44
t.me/karamazovlar/787
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
924
Qishloqqa qaytgim kelmaydi, dada.

Qishloqda odamlar yashaydi!
04/06/2025, 01:08
t.me/karamazovlar/786
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
813
She’riy kechaniyam oʻtkazib oldik. Oʻylaganimizdan koʻproq odam kelibdi. Kechadan oldin Nurmuhammad aka bilan gaplashganimizda bunaqa joy yetmay qolib odamlar tik oyoqda turib she’r eshitishi haqida oʻylab ham koʻrmagandik.

Ochigʻi hozirgi kunda she’riyatga odamlar orasida buncha qiziqish borligini bilmasdim.

She’riy kecha haqida gapiradigan boʻlsam eng asosiysi samimiy kecha boʻldi. Soʻzlarda, she’rlarda tabiiylik alohida oʻrin egallab turdi.

Hech qanaqa talabalarni, oʻquvchilarni majburlamasdan muhimi havoyi gaplardan qochib mana shunaqa chiroyli va samimiy kechalar tashkil qilsa boʻlishidan quvondim.

Yosh ijodkorni qoʻllab-quvvatlagan kechani tashkil qilinishiga sababchi Gyote instutiga rahmat.
04/04/2025, 21:42
t.me/karamazovlar/785
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
610
04/04/2025, 21:06
t.me/karamazovlar/784
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
838
Oʻzbek va rus tili haqida

Shu kunlarda instagram va twitterda oʻzbek tilimiz haqida gaplar ketyapti. Kimdir oʻzbek tili yoʻqolib ketyapti desa yana kimdir yoʻq undaymas deyapti.

Xullas Oʻzbekistonni poytaxtida oʻzbek tilidan koʻra rus tili juda afzal koʻrilishi bu hech kimga ajablanarli holat emas. Misol uchun oʻzimda juda koʻp boʻlgan umuman rus tiliga ehtiyoj boʻlmaydigan joyga ishga suhbat boʻyicha borganimda rus tilini bilasizmi deb soʻrashgan. Yoʻq deganimda unda ishga ololmaymiz deyishgan. Qayer ekanligi yoki qaysi brendlar ekanligini aytmayman mayli. Ammo juda yaxshi taniysizlar u brendlarni.

Rus tili bizda qachondan oliy qatlam deylik shunaqa insonlar gaplashadigan til boʻlib qoldi? Yaqin-yaqingacha ruslarni oʻzlarini ona tilisi oʻzlaridayam bunaqa maqomga ega emasdi. Ana boring Tolstoyni oʻqing boring ana Dostoyevskiyni oʻqing ana boring Turgenevni oʻqing hammasida oliy qatlam yoki zadagonlar gaplashadigan til bu ularda fransuz tili edi. Misol uchun Tolstoyda fransuzcha jumlalar juda koʻp uchraydi. Sababi u boy inson boʻlgan va u ham zadogonlar gaplashadigan til deb fransuz tiliga juda koʻp murojaat qilgan. Yani rus tili yaqin-yaqingacha ham unaqa zadogonlar gaplashadigan til boʻlmagan.

Keyin Rossiyadagi holatlarni menimcha hamma koʻryapti yoki oʻqiyapti. Rossiyaliklar oʻzbeklar rus tilini bilmaydi deb arz qilishmoqda. Boya bitta xabar oʻqidim u yerda aytilishicha bitta rus qariya qoʻshnilari rus tilini bilmagani uchun davlatdan uy berilishini soʻrabdi. Yani bu holat Oʻzbekistonda boʻlgan. Endi bitta savol tugʻiladi nima uchun tolerant boʻlmaydigan davlatga, insonlarga biz tolerant yoki bagʻrikeng boʻlishimiz kerak? Nima uchun bizda ham Turkiyadek oʻzimizni tilimizni qadrlamasligimiz kerak? Men yuz foiz oʻzbek tilida gapiringlar demoqchimasman. Shunchaki Oʻzbekistonda birinchi til bu oʻzbek tili boʻlishi shart. Ha toʻgʻri bunga putinparast, rusparast insonlar yoqlamaydi. Ular bu narsani oddiy narsa deb qaraydi. Ammo oʻzingni yurtingda biror kafega kirsangda u yerda senga ruscha gapirsa va sen oʻzbekcha gapirishing qandaydir uyatli deb qaralsa bu normal holat emas.

Oʻzbek tili rivojlanyapti oʻzbek tili yoʻqolib ketmaydi deyotgan publikaga oʻynaydigan ayrim blogerlar bor. Albatta oʻzbek tili yoʻqolib ketmaydi. Ammo har bitta Oʻzbekiston fuqarosi oʻzini yurtida erkin biror joyga kirib oʻzbekcha gapira olishi kerak. Oʻzi umuman biz uchun ikkinchi til rus tili emas ingliz tili boʻlishi kerak. Chunki ingliz tili bu dunyo tili. Ayrimlar oʻzicha "krutoy" insonlarga gaplashadigan til sifatida koʻradigan rus tili shu markaziy osiyogacha gaplashishi mumkin ammo siz bu til ayniqsa hozirgi kunda dunyoni istalgan nuqtasida borib gaplasha olmaysiz.

Mayli oʻzingiz uchun tilni ortiqchasi hech zarar qilmasligi mumkin. Ammo har bitta davlatni oʻzini ona tilisi ustun turishi bor gap.
04/04/2025, 15:49
t.me/karamazovlar/783
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
786
Boʻsa

Gunoh kular edi ikki koʻzida,
yuzida oy nuri kulib turardi.
Kular edi ikki koʻzida gunoh.
Ul sokin lablarning guzargohida
kulib turar edi shula bepanoh.

Uyatchan va gung bir istakka lim-lim
nigohin qatida mastlik yashirin.
Boqib uning ikki koʻzida dedim:
Koʻtarish kerakdir ishqning hosilin.

Soyaning ustiga egildi soya,
tunning sir asragan xilvati – qora.
Bir nafas sirgʻandi gunoh yuzida,
bir boʻsa porladi ikki lab ora.

Furugʻ Farruxzod
04/04/2025, 09:39
t.me/karamazovlar/782
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
858
Kitoblar va boshqa jiddiy mavzular haqida yozib boruvchi kanal: @soul_rebels

Obuna boʻlishlarizni tavsiya etaman. Yaxshi postlar joylashyapti.
04/02/2025, 11:58
t.me/karamazovlar/781
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
574
Kelinglar. Bunaqa she’riy kecha doim ham boʻlavermaydi. Vaqti ham qulay. Manam shu yerda boʻlaman. Nurmuhammad akani oʻzidan jonli she’r eshitamiz. Bu aka uchun ham ancha qoʻllov boʻladi.

Bitta akani oʻzi emas boshqa yana bir nechta shoirlar ham keladi. Kimlar ekanligini mayli aytmayman. Oma kelinglar. Ertaga you tubega chiqqanida vay borsam boʻlarkan zoʻr boʻlgan ekan deb yurmaslik uchun ham kelinglar.
04/02/2025, 08:26
t.me/karamazovlar/780
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
Repost
460
Sheʼriy kecha...

Shu kunlarda sheʼr eshitishga vaqtingiz qanday?

Istasangiz: 4-aprel kuni soat 19:30 da "Gyote" Institutiga keling...

Balki, mazza qilib tinglarsiz, balki unday boʻlmas, bahonada diydorlashamiz, shu!

Kecha davomida boshqa mehmonlar ham boʻladi...
Qoʻldan kelgancha, bir narsa qilib koʻramiz, oʻxshasa davom etadi...

Kirish mutlaqo tekin,
faqat kechikmay kelish kerak.

Moʻljal: "Abdulla Qodiriy" metro bekati...

Postni yaqinlaringizga ulashsangiz ham boʻlaveradi.

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/02/2025, 08:22
t.me/karamazovlar/779
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.1 k
☆ ☆ ☆

Менким,
Минбар шоири ― Маяковский,
Қатл этаман ўзим ўзимни.
Жирканч одамият, сен учун
Қолдирмадим асил сўзимни.

Лек барибир исмим тилингда,
Ҳар қадамим сен учун қутлуғ.
Бир фоҳишанинг бағрида ёзган,
Шеърларимни санайсан улуғ.

Сен маймунсан ҳозирга қадар,
Чангалзорлар ичра урчиган.
Мен-чи, она сути ўрнига
Бўри қонин ичиб ўсганман.

Шу сабаб ҳам мағрурман, сармаст,
Бино қўйдим ортиқ ўзимга.
Подшоларнинг кетига эмас,
Ғарч ёпишдим жирканч бўғзига.

Мен уларга бўлмадим муте,
Товон ялаб эгмадим ҳеч бош.
Амалдорга қараб шунчаки
Роҳат эди қаҳ-қаҳа отиш.

Илма-тешик танни қолдириб,
Кетарканман мангу йўқликка.
Фақат таъзим қилиб қоламан
Малла ранг соч лўли йигитга.

Дафн куним ҳорғин тўпланиб,
Ёлғон йиғлаб чекманг азият.
Менга олтин рус далалари
Йўлласа, бас, сокин марсия.

Сўнги сўзим тингла, оломон,
Ҳавас эмас менга ўлмоқлик:
Шунчаки ор, сизлар билан тенг
Бир ҳаводан нафас олмоқлик!

Мен, Владимир Маяковский,
Қатл этдим ўзим ўзимни...

@valfajr_01
03/29/2025, 20:36
t.me/karamazovlar/778
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
596
Kechadan beri ovqatlangandim yoʻq. Kecha Deniz bilan shirinlik yeganimni eslayman. Agar uni ovqat deb olmasak ikki yarim kundan beri tomogʻimdan ovqat oʻtmagan boʻladi. Hozir metrodaman. Qornim juda och edi. Bilmadim menda qornim ochligida vaqt oʻtmay ketadi. Vaqtni oʻtkazish uchun papkamni ochdim. Asosan u yerda doim kitob boʻladi. Ohirgi marta Tuzkonga ketishda ham papkamni bir burchida kitob bor edi. Xullas papkamga qoʻlimni tiqsam Kunut Hamsunni Ochlik romani chiqib keldi. Reja boʻyicha Bu yerda hamma narsa boʻlishi mumkin kitobi chiqishi kerak edi. Oʻylashimcha uydan shoshilib chiqayotganimda kitoblarni alishtirib solib olganman. Bir paytlar pulsiz yurganimda Dostoyevskiyning Kambagʻallar va Telba asarlarini oʻqib chiqqandim. Oʻshanda Dostoyevskiyni Telba kitobini pulsiz qiynalib yurganda oʻqish kerak degan edim. Hozir Knut Hamsumni kitobini ozgina oʻqib tushundimki Ochlikni qorin ochligida oʻqish kerak ekan. Boshqacha ta’sir qilarkan.

Doʻstlar Hamsunni oʻzbek tilida Viktoriya, Edvarda, Ochlik romanlari bor. Undan tashqari Ibrohim Gʻofurovni Ayub nidosi kitobida Knut Hamsunni kichkina hikoyasi ham bor albatta bu yozuvchiniyam oʻqinglar. Yozuvchiga bekorga Nobel berilmaganini his qilasizlar.
03/29/2025, 14:33
t.me/karamazovlar/777
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
Repost
292
Oxirgi postimga juda ko‘p munosabat bildirildi, qarab turmaymiz, yordam berishga shaymiz, degan izohlar yozildi. Elning daldasi umid bag‘ishlab, ulug‘ ayyom kunlari yana bir post qo‘yishga qaror qildim.

Yo‘ldosh Eshbek xalqimizni milliy ozodlikka boshlagan shoirlardan biri. Shunday shaxsning xor-u zorlikda yashashiga tomoshabinlik qilish bizga yarashmaydi. Eng yomoni, bu ahvol surunkali ravishda davom etmoqda. Shoir sovet davridayoq ta’qibga uchragan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ham ro‘shnolik ko‘rmagan, 10-15 yilcha uy qamog‘ida saqlangan. Bu, tabiiyki, oilani uch-quyruqsiz muammolar zanjiriga giriftor qilgan. Ko‘pchilik ziyolilar vaziyatni oldindan yaxshi biladi (sabablarini ham), imkon qadar ko‘mak berib keladi.

Yo‘ldosh Eshbek “Yig‘layotgan qiz” timsolida butun dunyodagi barcha ezilgan mazlumlarga, hayotda ko‘p aldangan soddadillarga hamdard, hasratdosh bo‘ldi. Ne tongki, o‘zining ham qismati “yig‘layotgan qiz”ga aylanib ketdi.

Bu dunyo aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo aslida yig‘layotgan qiz!

Biror yillar ilgari borganimda Yo‘ldosh Eshbek sobiq yotoqxonaning bir bo‘lmasida yashardi, har holda. Keyin oshxonaga ko‘chib chiqibdi. Oilaviy sharoit shuni taqozo qilgan. Kamida besh jon tiqilib kun kechirmoqda: ota, ona, o‘g‘il, qiz, nabira… Ustiga ustak, shoirni xastaliklar qiynayapti: qand kasali bor, ko‘z ko‘rmay qolgan, o‘t azob beradi… Shu holida ham ijoddan to‘xtagani yo‘q. Og‘riqlar orasida she’rlar bitadi, ulug‘ ulamolarimizdan tarjimalar qiladi (aytib turib yozdirsa kerak).

Avvalgi postim ijtimoy tarmoqda keng tarqalib, yaxshi odamlar amaliy yordam taklifi bilan chiqdi, manzilini surishtirgan ham ko‘p bo‘ldi. Menimcha, hamma uyiga borib, bezovta qilmagani durust. Xijolatli... Do‘stlar bilan kengashib, eng to‘g‘ri yo‘l plastik kartaga ko‘mak yig‘ish deb o‘yladik. Shoirning o‘zi bu haqda eshitishni ham istamadi. Shuning uchun shaxsiy karta ma’lumotlarimni e’lon qilyapman.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)

👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Olganing – birovniki, berganing – o‘zingniki, deganlar. Katta elmiz, bir g‘ishtdan qo‘yib, osmono‘par minorlar tiklaganmiz. Millatim deb yashagan shoirini millatimiz yolg‘iz qo‘ymasligiga ishonaman. Imkoningiz boricha yordam qilsangiz quvonaman, imkoningiz bo‘lmasa tushunaman. Postning ko‘proq odamga yetib borishiga hissa qo‘shing �

🗄Farrux Jabb
orbek
03/29/2025, 12:38
t.me/karamazovlar/776
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
756
03/28/2025, 19:50
t.me/karamazovlar/775
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
779
Balki toʻyizi sarposiniyam koʻtararmiz)
03/28/2025, 19:36
t.me/karamazovlar/774
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
863
Bilaman hammalariz Ivan Karamazovga hayitlik sifatida kitob sovgʻa qilsakmikin deb yuribsizlar. Ammo menda hozir oʻqiyman deb qoʻygan bir yillik kitoblarim uyda taxlanib turibdi. Shu bois mana shu rasmdagi jemperdan olib bera qolinglar. Buyogʻi bahor. Bahorda maza qilib kiyib yuraman. Kim olib berdi deyishsa qoʻli ochiq obunachilarim deyman.

Mayli zakovat quizni lotoreyasiga ham obunachilarim jemper sovgʻa qilishdi deb yozaman. Besh yuzta odam menga lotoreya chiqqanida eshitishadi. Odatda lotoreyada doimiy yutib keladigan kam sonli odamlardanman.

Xullas men hisoblab chiqdim 2.614ta odam ekanmiz. Bu degani katta kuchmiz degani. Bu degani arzimagan ming sumdan tashlasak ham bunaqa jemperdan 5tasini olish mumkin degani.

Oldinroq kichkina 100talik kanalimda mana shu postni joylaganimda umumiy 50ming yigʻilgandi.

Men uchun hayitlikka eng zoʻr sovgʻa shu boʻladi)

Karta raqam: 9860600401394611
03/28/2025, 14:53
t.me/karamazovlar/773
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
891
03/27/2025, 16:58
t.me/karamazovlar/772
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
947
03/27/2025, 16:23
t.me/karamazovlar/770
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
947
Afgʻon boʻlib tugʻilganimda nima boʻlardi baribir Dostoyevskiyni oʻqib yurardim.

Ikkita rasmdan farqni topinglar)
03/27/2025, 16:23
t.me/karamazovlar/771
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.0 k
Gʻoya muallifi kamina. Endi Nurmuhammad ogʻaga she’r boʻyicha idealar yozib berishni boshlayapman. Yaqinda yana goʻzal she’rlar chiqadi. Hozircha mana shu videoni koʻrib chiqinglar.

She’riyatga aloqador kanallar adminlari boʻlsa repost qilib tarqatsangizlar ham boʻlaveradi)

https://www.instagram.com/reel/DHqBEHrNBry/?igsh=c2U3eHMzemI3anZ5
03/27/2025, 12:01
t.me/karamazovlar/769
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.4 k
Hamma oʻqishi kerak boʻlgan uchta kitob haqida soʻrashganda:
1-Muqaddima pro
2-Muqaddima pro maks
3-Muqaddima ultra
03/24/2025, 21:38
t.me/karamazovlar/768
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.2 k
Uchalasi ham bitta kitob. Bitta nashriyot chiqazgan. Hali tarjima boʻlganiga koʻp ham boʻlmadi.

Keyingi qismlarida mars sayyorasini yoki somon yoʻliga qarab turgan odam boʻlsa ham ajablanmayman😆

Hammaga xayrli tun
03/24/2025, 21:32
t.me/karamazovlar/767
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.2 k
03/24/2025, 21:32
t.me/karamazovlar/766
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.2 k
03/24/2025, 21:32
t.me/karamazovlar/765
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.3 k
2012-yilgacha Xorazm estradasi zoʻr edi. Odam eshitgan sari eshitgisi kelardi. Nima boʻlsayam ijod qilishardi. 2012-yildan keyin Xorazm estradasi buzilishni boshladi. Hozir eshitsam Komiljon koʻrgan edi bularni deb qoʻyaman. Hozir estradagilarda ritm yoʻq musiqiy savodi menikidan past. Falj aytayotganini tushunmaydi. Mana shu qoʻshiq ham 2012-yillarga toʻgʻri keladi.

Qoʻshiqni soʻzlari, musiqasi, ijro mahorati odamni oʻziga tortadi. Odamni eshitgan sari eshitgisi kelaveradi.

She’r muallifi: Oshiq Erkin
Bastakor: Ogʻabek Sobirov (adashmasam)
03/22/2025, 13:37
t.me/karamazovlar/764
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
820
***
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.
Jami tiriklikka tanish shu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do'stim, alam qilar, arslon bexabar,
Yem bo'lib ketsak shu qumursqalarga!..

Abdulla Oripov

Bugun shoirni tugʻilgan kuni)
03/21/2025, 10:45
t.me/karamazovlar/762
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.2 k
Mana shu kitobni oʻqishni boshladim. Kitobni muqovasi negadir oʻziga tortishi yoqadi. Shunga boshlavordim. Ertaga tugatib qoʻysam kerak.

Sizlar nima oʻqiyapsizlar?
03/18/2025, 15:10
t.me/karamazovlar/761
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.5 k
Lazgi haqida

Lazgining qadim tarixi olovning kashf qilinishi bilan bog‘liq degan qarash bor va lazgi Zardushtiylik diniga borib taqaladi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lmish Avestoda bu haqida yagona ma’lumotlarning borligi olimlar tomonidan ta’kidlangan. Xorazm xalq og‘zaki ijodida lazgining yaratilishi haqida turli xil afsona va rivoyatlar bor. Misol uchun jonning tanaga kirish jarayonini ifodalishi haqida. Iqlimning sovuq bo‘lganligi va olov yoqib isinish uchun turli harakatlar orqali raqsning paydo bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlarni lazgining yaratilishiga bog‘lashadi.

Qadimgi lazgi to‘g‘risida shunday afsona bor. Inson tanasi dastlab loydan yasalib, alohida-alohida bo‘lgan ekan. Jonga tanaga kir deb buyurilganda jon tanaga kirib birdan qo‘rqib qaytib chiqadi. Kir tanaga deb qayta buyuradilar. Tana qo‘rqishini aytadi. Shunda ilohiydan bir kuy taraladi. Bu kuyga maftun bo‘lgan jon tanaga qanday kirganini o‘zi bilmay qoladi. Oldin barmoqlariga, panjalariga, bilaklariga, yelkalariga jon kirib, inson tiriladi. Bu ilohiydan kelgan “Lazgi” kuyi deb qaraladi. Shu bois lazgi oʻyinini boshlanishi qoʻlni tepaga silkitish bilan boshlanadi.
03/14/2025, 19:49
t.me/karamazovlar/760
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.3 k
​​Agar hayot shu boʻlsa...

Restoranlar...
Barlar...
Musiqa...
Sassiq uryon boldirlar...
Toslar...
irkanch lablar...
Sigaretalar...
Harom-harish oʻpishlar...
Nahslar...
Shu hayotmi!..
Xiyonatlar...
Hasadlar...
Kinlar...
Siyosatlar...
Fitnalar...
Qonlar...
Gʻijimlangan tund qosh-qabogʻlar...
Tirsillagan siynalar...
Raqslar...
Bu nokaslar...
Bu baland-pastlar...
Shu hayotmi!..
Yiltillagan yuzlar...
Hovuzlar...
Shir yalangʻoch shahvoniy qizlar...
“Valet”, “Dama”, “Korol”lar, “Tuz”lar...
Mulozimlar...
Harom jiz-bizlar
Shu hayotmi!..
Dangʻillagan saroylar, koʻshklar,
oʻrkach-oʻrkach yelkalar toʻshlar,
oʻrgatilgan koʻppaklar qushlar,
it yotishlar, mirzaturishlar...
Shu hayotmi?!
Bir qoʻshnisi ochidan oʻlgan,
bir qoʻshnisin tomi toʻkilgan,
birin qaddi yetmish bukilgan,
oʻzi qonlar ichib quturgan...
Shu hayotmi?!
Bir koʻchada gadolar lak-lak...
Bir koʻchada “Toʻylar muborak!”
Birin oshi - ushogʻu turshak...
Birida yoʻq na nonu namak...
Shu hayotmi?!
Birovining xotini ajdar...
Birovi xas-xashakdan battar...
Birovi bu dunyoni qargʻar...
Birovi bu dunyoni yamlar...
Shu hayotmi?!
Bilolmadim, ey gʻarib boshim,
Bilmam, qirqqa kirdiyu yoshim...
Agar hayot shu boʻlsa tikka
tupurdim men uning betiga...

Asqar Mahkam
03/11/2025, 13:32
t.me/karamazovlar/759
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
Repost
575
Yozuvchi Nazar Eshonqul AQSHning "Mundus Artium Press" nashriyoti tomonidan 2024-yilning "Yil yozuvchisi" deb e'tirof etilibdi.

Xalqaro mukofot muborak bo'lsin!


#mukofot
@allaevuzb
03/10/2025, 11:08
t.me/karamazovlar/758
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
552
Ikki uch kundan beri Xitoylik biznesmenlar Oʻzbekistonga yoppasiga kelishyotgani haqida instagramda videolar aylanishni boshladi. Kimdir Xitoyliklar Alayiskiy bozorni Xitoyliklar sotvolib desa yana kimdirlar Abu Saxiy ham endi ularga qararkan degan xabarlar tarqatishni boshladi. Bu xabarlar rostmi yolgʻonmi bilmadim. Ammo agar rost boʻlsa ham u daraja tashvishga tushmaslik kerak. Sabab oddiy. Bizni bozor ular uchun deyarli boʻshdek gap. Mayli kelishsin oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyishsin. Oʻzimizni mahalliy brendlarimiz ham ular bilan raqobat qilishsin. Bu narsani ijobiy tomoni bozorda rang baranglik oshadi. Misol uchun Xitoy ishlab chiqarish va savdo sotiq boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinlarda turadi. Agar ular kelib ertaga biz egnimizga kiyayotgan kiyimlarimizni oʻzimizni brendlarimizdan arzon sotishni boshlasa xalq yoppasiga ularni narsalarini xarid qilishga oʻtadi va oʻzimizni mahalliy (koʻpchilik brendlarimiz Xitoydan mol olib kelib sotadi) brendlar ham narx-navoni tushurishga majbur boʻladi. Bozorimizda rang-baranglik boʻlgani yaxshi aslida. Shunday ekan instagramdagi ayrim vahimachi blogerlarni gapirga kirib Xitoylik biznesmenlar chiqib ketishi kerak degan fikrga ergashib qolish notoʻgʻri boʻladi.

Bitta savolda misol uchun nimaga bizda faqat Korzinka yoki Makro boʻlishi kerak? Chet el supermarketlaridan Toshkentda bor boʻlgan men bilgan supermarket brendi bu Magnum. Uyam qoʻshni Qozogʻiston brendi. Endi tasavvur qilinglar bizda faqat oʻzimizni brend boʻlgan Makro va Korzinkadan tashqari Xitoyni Chang Chun Yatay ( oʻzim oʻylab topdim) degan supermarket brendi ham kirib ish boshlasa yaxshimasmi?

Xitoy bizni bosvoladi degan qarash ham uncha mantiqli emas. Bosvolish kerak boʻlsa bizdan oldinda Qozogʻiston bor. Yana qaytaraman Xitoylik biznesmenlar shunchaki bizda bozor boʻshligini bu yerda chet el brendlari ommalashmaganini yaxshi bilishadi. Shu bois ham bizda oʻz brendlarini ochishi normal holat. Yopilib olib hech kimni kirgʻizmasdan yashashimiz uje nonormal hisoblanadi. Lekin bu yerga kevolib oʻzlarini milliyligini bizni qonunlardan ustun qoʻyishmasligi kerak. Oʻzbek tilini hurmatini joyiga qoʻyishlari shart va buni hukumat talab qilishi ham kerak. Sababi ayrim brendlarida Xitoycha yozuvlar yozilganini ammo u yerda oʻzbek tilida yozuvlar yoʻqligini koʻryapmiz. Hukumat mana shu narsa bilan jiddiy kirishishi kerak. Xuddi bir yil oldin Chorsudagi kitob doʻkonlarida arabcha yozuvlarni oldirib oʻrniga oʻzbek tilida yozishni talab qilishganidek. Xullas shunaqa.
03/10/2025, 10:31
t.me/karamazovlar/757
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
763
03/09/2025, 22:07
t.me/karamazovlar/756
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.1 k
Qizlar nega doim Jek Londonni yoqtirishlarini uncha tushunmayman. Jek London asarlarida qizlarga oid narsa yoʻq. Uni asarlarida ayol qalbi haqida umuman gap ketmaydi. Misol uchun Martin Iden u yerda asosiy qahramon boyib ketish istagida yashaydigan Martindir. Ruf shunchaki kibor bir ayol sifatida tasvirlangan. Uni oʻy-hayollari juda kam yoritiladi.

Shu kungacha oʻqiganlarim ichida men uchun ayollarni koʻnglini ularni istaklarini yaxshi ochib bera olgan yozuvchi Stefan Sveyg hisoblanadi. Ammo Sveyg asarlari haqida juda kam gapiriladi. Balki uncha ommalashmagandir bizda. Yanayam bilmadim.

Ammo

Har ikkita jins vakillarigayam Sveygni asarlarini oʻqishni tavsiya etaman. Ayollar balki uni asarlaridan oʻzlaringizni ichki hissiyotlaringizni topsangiz ajabmas. Yigitlar esa ayollar qay darajadagi qalbga ega ekanligini ular kimnidir sevib qolsa nimalarga tayyor boʻlishini Stefan Sveygni yozganlari orqali koʻp narsani anglashlari mumkin.

Yozuvchini Noma’lum ayol maktubi, Murabbiya, Bir ayol hayotidan 24 soat kabi novellalarini oʻqishni tavsiya qilaman.

P/S: Jek Londonni oʻqimaganlar uniyam albatta oʻqinglar. Ammo faqat Jek London bilan cheklanib qolmanglar. Sveygni ham oʻqinglar)

Hayrli tun
03/09/2025, 00:25
t.me/karamazovlar/755
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
640
Amaldorga millat yoʻq
Amaldordir millati

Rauf Parfi
03/07/2025, 19:39
t.me/karamazovlar/754
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
840
03/06/2025, 12:44
t.me/karamazovlar/753
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
834
Shunchaki yaxshi inson boʻlishni oʻzi yetarli emas ekan
03/05/2025, 22:01
t.me/karamazovlar/752
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.1 k
Manetta yangi video olgandik. Birinchi odam oʻzim boʻldim. Oʻzimdan chiqqan ideaga oʻzimni chiqarishdi. Borib koʻrib qoʻllab-quvvatlab keyingi bukbloger kim boʻlishini yozib kelinglar)

https://www.instagram.com/reel/DGvpZ4DKg2v/?igsh=MTg4Ymtmc28xMHg4Mg==
03/03/2025, 20:02
t.me/karamazovlar/751
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.2 k
Sizni kitob oʻqiydigan insonlar bilan tanishtiraman. Hayot faqat shunday insonlar bilangina yashashga arzirli boʻladi.

https://t.me/addlist/TMAqHjQgAABhODMy
03/01/2025, 19:04
t.me/karamazovlar/750
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
725
bilib turib kechdim men
eng chiroyli olamdan
arosatga tushdim men
na shoirman na odamman
03/01/2025, 11:58
t.me/karamazovlar/749
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
912
Bu hayotda ikki rangdir
Biri sevinch biri gʻam
02/28/2025, 00:06
t.me/karamazovlar/748
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
552
Yoshim oʻtgan sari mana shunaqa klassikalar eshitadigan boʻlyapman
02/27/2025, 23:59
t.me/karamazovlar/747
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
948
Shoira Anna Axmatovaning farzandi Lev Nikolayevich Gumilyov qatagʻonga uchraganida, Nimaga? deb bergan savoliga javob shunday boʻlgan ekan: Siz xavflisiz, chunki oʻqimishlisiz. Bundan tashqari fikrlaysiz ham!
02/27/2025, 15:10
t.me/karamazovlar/746
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
857
klassika she’r kimniki ekanligini bilasizlar menimcha)
02/26/2025, 21:56
t.me/karamazovlar/745
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
260
Xorazm bulbuli

Bir safar Komiljon Otaniyozov (Xorazm bulbuli) Hindistonga ijodiy safar bilan borib qoʻshiq kuylaydi. Gandilar ham oʻsha davrada boʻlgan deyishadi. Xullas oʻsha joyda Komiljonni ovozini eshitib hamma hayron qoladi. Qanaqasiga bunaqa ham kuchli hamda shirali ovoz boʻlishi mumkin deb rosa ajablanishadi. Uncha ishonqiramagan hindlar har xil yoʻllar bilan Komiljon Otaniyozovni ovozini sinab koʻrishadi va ohirida tabiiy ovozi shunaqa ekanligiga tan berishadi.

Safar soʻnggida hindlar Komiljonga sovgʻamiz bor deyishadi va safar soʻnggida unga bahaybat filni sovgʻa qilishadi. Komiljon Otaniyozov bu sovgʻani ololmasligini olgandayam Oʻzbekistonga olib ketishi juda mushkul ish ekanligini aytib filni rad etmoqchi boʻladi. Ammo hindlar unamaydi va filni orqangizdan oʻzimiz yuboramiz deyishadi. Vadaga vafo qilib hindlar haqattan filni yuborishadi. Komiljon Otaniyozov esa bu filni Moskvadagi hayvonot bogʻiga topshiradi.

Komiljon Otaniyozov umri davomida 1000tadan ortiq qoʻshiqlar yozishga erishgan kam sonli ijodkorlardan. Asosan Maqtumquli, Mashrab she’rlarini kuygan solgan ijodkorimiz Mashrabni gʻazalidan ilhomlanib Lazgini yaratadi. Lazgini soʻzlari Mashrabni gʻazaliga muhammas sanaladi.

Agar qaysidir qoʻshiqdan tarbiyani oʻrganish kerak boʻlsa albatta Komiljon Otaniyozovni qoʻshiqlaridan boshqa variant yoʻq. Yoshligimda Xorazm telekanallaridan (ha Xorazmda xususiy 7-8ta telekanallar bor) Komiljon Otaniyozovni Xivada mikrafonsiz xalqqa konsert bergan videolarini qoʻyib turishardi. Oʻshanda men juda yosh edim va koʻrinmas mikrafonlar borligiga ishonardim…

Bundoq oʻylab qarasam Xorazmdan qaysidir sohada legenda odam chiqibdiki undan nimagadir farzand qolishi mushkul ish boʻlgan. Oʻsha hamma biladigan Jaloliddin Manguberdidan ham Paxlavon Mahmuddan ham Komiljon Otaniyozovdan ham zurriyot qolmagan.
02/26/2025, 21:54
t.me/karamazovlar/744
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
811
Qor – aldamchi ozodalikdir
02/26/2025, 10:40
t.me/karamazovlar/741
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.5 k
Bu yerda Asaxiyda ayb yoʻq. Ayb kitobni chiqargan nashriyotda. Sababi kitobni orqasiga mana shu gaplarni yozib qoʻyishibdi.Men kitobni olib endi oʻqiyman degan paytim kitobni muqovasini orqa tomoniga koʻzim tushdi.U yerda hali boshlashga ulgurmagan kitobimdan spoyler yozib qoʻyilgan ekan.Rasmdan foydalanib Yashamoq asari haqida fikrlarim haqida gapirsam kitob juda sodda yozilgan.Balki menga shunga tuyilgandir.Ammo omma yotvolib oʻqiyotgan kitoblarni bari shunaqa.Keyin qaysidir kitob sizni yigʻlatsa bu eng zoʻr kitob deganimas.Yana qoʻshimcha mana shu kitobdan nimani tushunding deb kimdandir soʻrasanglar katta ehtimol qimor yomon narsaligini inson umrini barbod qilishi mumkinligini deb aytishlari mumkin.Ammo bir narsani tushunish kerak qimor yomon oʻyinligi va u yerda gʻirrom aralashishini tushunish va anglash uchun sakson mingga kitob sotvolib oʻqish shart emas.Undan koʻra you tubedan qimor haqida videolarni koʻrib tanishib chiqqan ming marta afzal.

Aslida qimor yomon oʻyinligini hamma bilsa kerak.
02/23/2025, 14:37
t.me/karamazovlar/740
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.4 k
Stendal sindromi – bu sanʼatning insonga taʼsiri natijasida tez yurak urishi, bosh aylanishi, yurak urishining tartibsizlanishi va hatto gallyutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin boʻlgan psixosomatik kasallik hisoblanadi. Ayniqsa, sanʼat asari nihoyatda gʻoʻzal boʻlganda yoki koʻplab asarlar yaratilganda yuzaga kelishi mumkin. Qolaversa, bu atama boshqa sharoitlarda moʻl-koʻl goʻzallikni koʻrishga munosabatni aks ettirishi mumkin.
02/23/2025, 09:14
t.me/karamazovlar/739
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
2.0 k
Biz hammani tanib-bilguncha,
Chumolilar koʻpayib ketdi…

Usmon Azim

@valfajr_01
02/18/2025, 17:11
t.me/karamazovlar/738
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
734
02/18/2025, 10:57
t.me/karamazovlar/737
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
929
O'qigan eng yaxshi top 3 kitoblaringiz?

Yolgʻizlikning yuz yili
Begona
Evrilish
(Dostoyevskiyni atay qoʻshmadim)
02/16/2025, 19:52
t.me/karamazovlar/734
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
942
Yozinglarchi bir gaplasheyk

t.me/anonaskbot?start=KrW9hfPau8JO_uZ
02/16/2025, 19:48
t.me/karamazovlar/733
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.3 k
Odamlar koʻp xafa qilar edilar kitoblarga qochdim degandi Najib Fozil
02/15/2025, 22:52
t.me/karamazovlar/732
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
2.3 k
Ha oʻrtoqlar. Hammaniyam bittadan kitob olib beruvchisi boʻlsin)

(3-noyabr Deniz bilan ahdlashgan kunimiz)
02/09/2025, 16:24
t.me/karamazovlar/719
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
826
Oʻzbekni izlaganlar Navoiydan toparkan…
02/09/2025, 10:05
t.me/karamazovlar/718
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.0 k
Oʻzimiznikilar ishlagan filmlar ichida eng top film qaysi siz uchun?

Men uchun eng top film “Ajoyib xayolparast”
02/07/2025, 13:33
t.me/karamazovlar/717
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
939
Ba’zida inson oʻqiyotgan kitoblari yoki u koʻryotgan filmlari uning saviyasi qay darajada ekanligini ochib qoʻyadi.
02/06/2025, 22:36
t.me/karamazovlar/716
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
587
Umuman she’r oʻqimaydigan odamdan qoʻrqish kerak
02/06/2025, 22:19
t.me/karamazovlar/715
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
995
Bunda loyqa emas sukunat –
Saslar choʻkib yotar qaʼrida.
Bunda mutlaq shaffof tabiat,
Men ham sofman uning bagʻrida.

Yerlar toza, osmonlar toza,
Yomgʻir yuvgan changli maysani.
Qurtlar toza, ilonlar toza –
Oʻpish mumkin hamma narsani…

M.Solih
02/04/2025, 20:21
t.me/karamazovlar/714
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
495
Men bunga oʻzimni koʻrishga keldim,
Ammo men yoʻq edim jiyda tagida.
U payt ertaklarga ishonar edim,
Uchib ketdimmikin ertakdagiday?

Balki men hali ham oʻsha bahorda
Yuribman qushlarga yegulik tashib.
Balki “halok” boʻldim qorongʻi gʻorda
Oʻn boshli ajdaho bilan olishib?...

Oh, uchgim keladi
Bolalik tomon,
Lekin na koʻroldim, na unga toʻydim.
Uchmoqqa qanot ham yoʻqdir bu zamon,
Chunki men ertakka ishonmay qoʻydim

Muhammad Solih
02/04/2025, 20:18
t.me/karamazovlar/713
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
922
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
1.9 k
01/27/2025, 20:27
t.me/karamazovlar/711
KA
Ivan Karamazov
2 462 subscribers
797
01/26/2025, 23:57
t.me/karamazovlar/710
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria