Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
3.31%
ER (week)
12.78%
ERR (week)

www.asaxiy.uz internet-do'koni ( @asaxiyuz ) va Asaxiy Books nashriyoti ( @asaxiybooks ) asoschisi, tadbirkor.

Bog'lanish: firuzallayev@gmail.com

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 291 results
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
13
9
336
Odatda dangasalik, charchoq, uygʻonish qiyinligi sabab yoki boshqa biror bahona bilan muhim ishni qoldirgimiz keladi. Kimdir til kursini, kimdir muhim loyihani, kimdir sportni, yana kimdir muhim uchrashuvni qoldiradi.


Mana shu holatda kelajakdagi ehtimoliy natijalarni koʻrish kerak.

1. Qoldirish zanjir boʻlib boshqa qoldirishlarga sabab boʻlishi mumkin. Odamda aybdorlik hissi shakllanadi. Natijada odamning oʻziga boʻlgan ishonchi sinadi. Aybdorlik hissi boshqa psixologik muammolarni olib keladi.


2. Odam komfort zonadan chiqib oʻsha ishni qiladi. Qilingan qadam keyingi qadamga undaydi. Yigʻilib borish effekti ishlab, natijalar koʻrinib boshlaydi. Zanjir qancha choʻzilsa, natija shuncha yaxshilanadi. Muhimi odamda oʻzidan qoniqish, uddaladim degan hissiyot boʻladi.

Shu uchun ham uzoq kelajakda natijaga qarash, uni baholash, shundan kelib chiqib xulosa qilish zarur. Sizda tanlov bor, hozir qilmaslik va aybdorlik hissi, hozir qilish va oʻzidan qoniqish (faxr).


Siz bunaqa holatda qanaqa yoʻl tutasiz?

#motivatsiya
@allaevuzb
04/26/2025, 07:20
t.me/allaevuzb/6291
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
36
5
1.4 k
Agar hozir boʻlmasa, unda qachon?
04/25/2025, 19:58
t.me/allaevuzb/6290
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
23
20
2.1 k
Муносабатдаги доимий ҳазиллар – илиқлик ва яқинликни мустаҳкамловчи қувватдир. Улар оғир вазиятларда ҳам кулгу орқали тарангликни юмшатади. Аммо ҳазил ҳурматсизликка айланмаслиги муҳим – нозик чегарани билиш керак. Асосийси, иккала томон учун ҳам ҳазиллар қувонч манбаи бўлиб қолиши лозим.

Тўлиқ видеога ҳавола:
https://youtu.be/0Vr9jr0Zaq4
04/25/2025, 14:07
t.me/allaevuzb/6289
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
21
13
2.7 k
Agar ish joyingizda bitta narsani yaxshilash imkoni boʻlsa, siz nimani yaxshilagan boʻlardingiz?
04/24/2025, 22:04
t.me/allaevuzb/6288
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
1
04/22/2025, 20:12
t.me/allaevuzb/6287
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
117
17
2.4 k
Asaxiy 10 yilligida top menejment jamoasiga sayohat eʼlon qilgandik. Bugun rahbariyatdan 10 kishi Vyetnamga yoʻlga chiqdik. Bizni 14 kunlik sayohat kutmoqda.


Odamlarning dunyoqarashini oʻzgartirish kompaniya missiyamizning muhim bir qismi. Sayohat boʻlsa bu uchun yaxshi imkoniyat. Kompaniyani ochganda nafaqat oʻzimiz, balki xodimlarimiz ham dunyo koʻrishadi deb orzu qilgandik. Oldingi yillarda ham xodimlar kompaniya hisobidan sayohat olishgan edi.

Oldinda qizlarimiz uchun alohida sayohat, munosiblarga alohida sayohatlar, sadoqat uchun alohida sayohatlar ham bor.

#asaxiy #missiya #sayohat

@allaevuzb
04/22/2025, 20:09
t.me/allaevuzb/6286
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
65
2
2.7 k
Qanday qilib hayotni qiziqarli qilish mumkin?
04/22/2025, 09:14
t.me/allaevuzb/6285
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
7
5
2.8 k
Kiber Uz'даги видеода 4-ўринда Lost Judgment'даги Дзин Кувананинг қасоси турибди. Мактабдаги буллинг учун қандай мураккаб ва ахлоқан ноаниқ йўл тутганини айтиб берди. 😟 У нафақат айбдорларни, балки бутун тизимни жазоламоқчи бўлади, лекин ўзи ҳам...


Тўлиқ видео: https://www.youtube.com/watch?v=FFhWl6V5XQo&t
04/21/2025, 21:13
t.me/allaevuzb/6284
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
138
30
2.2 k
Parij shahri 17 yil ichida havoni sezilarli darajada tozalabdi. Bu davr mobaynida Parijda zararli zarrachalar 55%, azot dioksidi 50% ga kamaygan bo'lsa havoning ifloslanishi bilan bog‘liq o‘limlar 30% ga qisqargan.

Bu natijaga erishish uchun shahar ma’muriyati 500 ta ko‘chada avtomobillar harakatini taqiqladi, yirik mashinalar uchun parkovka narxini oshirdi, Sena daryosi bo‘yidagi yo‘llarni piyodalar hududiga aylantirdi. Shuningdek, veloyo‘laklar va yashil zonalar ko‘paytirildi, 50 mingta parkovka joyi olib tashlandi.

Natijada, 2007-yillarda butun shahar bo‘ylab havodagi azot dioksidi me’yordan yuqori bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ifloslanish faqat ayrim joylarda qolgan.

Parij misolida ko‘rish mumkinki, toza havo — bu aniq siyosiy qarorlar va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi evaziga erishiladigan natijadir.

@lazizhamidov
04/21/2025, 15:01
t.me/allaevuzb/6283
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
72
39
2.5 k
Жуфтлик ажрашган кунидан бошлаб, қаерда уйқуга кетса ҳам чимилдиқ ичида уйғонаверади. Чимилдиқ эса музейда...

Бир кинода жамиятдаги ўнлаб муаммолар комедияга ўраб олиб чиқилган. Ўринсиз рашк, крьера деб бола туғишни истамаслик, оилада эркакнинг роли, никоҳдан моддий манфаат кўзлаш, ким ўзарга дабдаба қилиш, ношукурлик, ёшларнинг оилага тайёрлиги каби кўплаб саволларни қўйган ижодкорлар. Бошидан охригача ўз ҳолимизга қаҳ қаҳ отиб кулиб ўтирдик...

Кино жуда ёшларбоп. Ақл ўргатмайди, фалсафа сўқмайди. Кўрсатади, хулосани ўзингизга қолдиради.

Қозоқлар ва қирғизларнинг охирги киноларини кўриб анча олдинга кетиб қолишибди, деб ўйлагандим. "Чимилдиқ" билан биз уларга етиб олганимиздан қувондим. Фильмни Қозоғистон, Озарбайжон катта экранларида минглаб одамлар томоша қилишяпти. Ўзбек кинематографиясида янги босқич бу. Режиссура, операторлик иши, диалоглар, либослар... Бари янгича форматда.

... Биз эса ю тубда чиқишини кутиб ўтирмасдан кинозалларда бу фильмни кўришимиз керак. Айниқса, оила қурмоқчи бўлган ёшлар ҳақиқий чимилдиқдан олдин киносини кўриши керак.

Фильмни бир марта кўриб тўймадим. Қайта кўраман яна. Миллий кино саройи (Панорама) да ҳар куни бир неча марта қўйиляпти.

@hamzajumayev
04/20/2025, 14:14
t.me/allaevuzb/6282
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
21
12
2.4 k
Mana bu yerda hujjatni o'qiganda bir detalga e'tibor berdim.

Limitlar oldingidek kvartalga emas, kalendar oyiga belgilanibdi. Masalan, oldin bir chorakka 1000 dollarlik xalqaro marketpleyslardan buyurtma olishga ruhsat berilgan bo'lsa, endi oyiga 200 $dan limit qo'yilgan. Demak, boshida anglaganimezdek, pasayish 80 foizga emas, aksincha 40 foizga. Faqat bir martada endi 600 dollargacha bo'lgan mahsulot ololmaysiz. Har oy limit 200 dollar.

#soliq #bojxona
@allaevuzb
04/20/2025, 13:58
t.me/allaevuzb/6281
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
79
30
2.5 k
Bir do'stimiz argument berdi: iPhone olaman, ochib qo'lda ushlab kiraveraman, shu bilan o'tib ketaman deb.

Bu juda sodda argument.

Aslida vaziyat qanaqa bo'ladi? Siz chegaradan o'tganda iPhoneni deklaratsiya qilishingiz kerak. Aksar iPhonelar 1000 USDdan qimmat turadi. Natijada sizga o'sha joyda bojxona to'lovi chiqadi. Deklaratsiya qilmasamchi desangiz, IMEI ro'yxatdan o'tkazish uchun borganda, UzImei sizdan deklaratsiya yoki bojni to'lab qo'yishni talab qiladi.

Natijada, birinchi yaxshilab so'kinasiz, keyin pulim kuymasin deb 30 foiz atrofida bojni to'lab qo'yasiz.

Aytgancha, iPhoneni chekka arzon yozdirib kiraman deb o'ylamang, bojxona o'zidagi narx baza bo'yicha hisoblaydi.

Yana nimadir yo'l topilmasa, iPhone 30 %ga oshdi deyavering.

#bojxona #soliq #iphone
@allaevuzb
04/20/2025, 13:25
t.me/allaevuzb/6280
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
115
42
2.6 k
iPhone narxi oshadimi?

Kecha vazirlar mahkamasining 244-sonli qarorida aholi tovarlarni bojsiz olib kirish normalari keskin qisqartirildi.


1-maydan boshlab

➖havo transportida - 1000 dollar (amalda 2000 dollar);

➖temir yo‘l va daryo transportida - 500 dollar (amalda 1000 dollar);

➖avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali - 300 dollar;

➖xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali - 200 dollar (amalda bir chorakda 1000 dollar);

➖xalqaro pochta jo‘natmalari orqali - 100 dollar (o‘zgarmagan).

Bundan tashqari, bojsiz tovar olib kirish limitidan foydalanish uchun fuqaro kamida 2 kun, samolyotda kelayotganida esa kamida 3 kun O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lishi kerak.

Oldin aeroportdan 2000 dollargacha mahsulotni, internetdan buyurtma qilib bo‘lsa bir chorakda 1000 dollargacha mahsulotni olib kirsa bo‘lardi.

Endi aeroport orqali deylik narxi 1000 dollardan oshadigan iPhone olib kirsangiz, deklaratsiya qilib, bojxona boji to‘lanadi. Yoki Temu va boshqa xalqaro marketpleyslardan bir chorakda 200 dollarlik mahsulot buyurtma qilishingiz mumkin. Qolganiga bojxona to‘lovi to‘langan rasmiy mahsulotlarni O‘zbekistonda olasiz yoki o‘zingiz olib kelsangiz, biznes kabi bojxona boji to‘laysiz.


#bojxona #soliq
@allaevuzb
04/20/2025, 11:56
t.me/allaevuzb/6279
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
24
8
2.2 k
Bizda yangi chegirma.

Siyosiy-iqtisodiy mavzuda uchta foydali kitob 199 000 Soʻm! Oʻqigan insonning qarashlari oʻzgarmasdan qolmaydi.

https://asaxiy.uz/product/birgalikda-arzon-siyosiy-iqtisodiy-mavzudagi-3-muhim-kitob

Menda bu kitoblar bor deganlar, @asaxiybot ga yozib Asaxiy Books chiqargan xohlagan kitobga shu narx ichida alishtirishsa boʻladi.


#chegirma #asaxiy
@allaevuzb
04/20/2025, 09:39
t.me/allaevuzb/6278
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
139
4
2.5 k
Siz bugungi holatingizdan qoniqasizmi? Baxtliman deb oʻylaysizmi?
04/19/2025, 22:19
t.me/allaevuzb/6277
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
79
24
2.6 k
Xalqaro moliya va biznes bilan bogʻliq bugunning yana ikkita yangiligi:

- Paynet appda yaqin oylarda USDT olib sotish imkoni paydo boʻlarkan.


- Burger King Oʻzbekiston bozoriga kirar ekan. KFC, EVOS, Feed Up va Oqtepa Lavash bozorida raqobat yanada kuchayadi.


#biznes
@allaevuzb
04/19/2025, 19:07
t.me/allaevuzb/6276
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
21
7
2.5 k
Kompyuter o‘yinlarida, strimda qizlar ham hozir juda aktiv deyishmoqda. Lekin ular kam va yo‘nalish tanlolmay qiynalishadi. UPG rahbari va "Tanka" nomi bilan tanilgan Shahzod Kasimov Qo‘shtirnoq podkastida strimer qizlarga murojaat bilan chiqibdi.
Game sohasiga qiziqmayman uchun strimer qizlar borligi manga yangilik boʻldi.


Qo’shtirnoq podkastda Fezot, Kiberuz, UPG egasi Shaxzod Kasimovlar bilan birga Strimerlar, geymerlar, PUBG va dunyoning boshqa mashhur o’yinlari haqida suhbat.

▶️ https://youtu.be/t7eh8zzuqMw

#podcast
@allaevuzb
04/19/2025, 18:41
t.me/allaevuzb/6275
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
58
11
2.5 k
Bloomberg O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tibdi.

Bu man uchun yangilik bo'ldi.

Bu nimani anglatadi?
Bloomberg dunyodagi eng yirik moliyaviy-tahliliy platformalardan biri hisoblanadi. Endilikda u O‘zbekistonda QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) to‘lovchisi sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Uning O'zbekistonda nima xizmatlar taqdim etib, nimadan daromad qilishini hozircha bilmayman.

Lekin, bu Bloomberg o‘z xizmatlarini O‘zbekiston rezidentlariga taqdim etayotganda QQS hisoblashini va to‘lashini anglatadi.

O‘zbekiston bozori xalqaro gigantlar nigohida ekani quvonarli, albatta.

Bu — moliyaviy axborot, investorlar va regulyatorlar uchun yangi bosqich bo'lishi mumkin.

Sizda Bloombergning O'zbekistonda ko'rsatadigan xizmatlari haqida ma'lumot bormi?


#biznes #axborot #soliq
@allaevuzb
04/19/2025, 17:35
t.me/allaevuzb/6274
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
46
9
2.4 k
Президентимиз бизнес учун тенг шароитлар яратиш масалаларига алоҳида эътибор қаратди.

“Маҳаллий корхоналаримизга йўл очиб, ишлаб чиқаришни кўпайтириш, қиммат бозорларга янги-янги маҳсулотлар билан киришига шароит яратишимиз зарур”,
- деди давлат раҳбари.

Лекин айрим товарлар бозорларимизга сунъий пасайган нархда кириб келаётгани маҳаллий ишлаб чиқарувчиларнинг ўрнини заифлаштираётгани кўрсатиб ўтилди.

Масалан, ўзимизда чиқаётган таннархи 220 долларлик кичик музлатгич бозорда ўртача 250 доллардан сотилаётгани учун 30 доллар ҚҚС тўланади.

Худди шундай музлатгичнинг импорт нархи сунъий пасайтирилиб, 25 доллар кўрсатилгани учун бор-йўғи 3 доллар ҚҚС олинаяпти. Яъни, ишлаб чиқарувчи импортга нисбатан 10 карра кўп солиқ тўлаяпти.

Янги фармон билан эндиликда четдан олиб келинаётган товарларни божхона қийматини аниқлаш тартиби тўлиқ халқаро қоидаларга мослаштирилади.

Facebook|Instagram|X
04/18/2025, 14:42
t.me/allaevuzb/6272
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
53
2
2.0 k
Шавкат Мирзиёев:

– Ҳозирги дунё аввалгидек эмас. Гап тариф ёки уларни миқдорида ҳам эмас. Узоқ йиллар давомида давлатлар ўртасида барқарор муносабатлар ва ўзаро ишончни таъминлаган халқаро институтлар, улар ишлаб чиққан қоида ва нормалар бугун самарасиз бўлиб бораяпти.

Манба
04/18/2025, 14:05
t.me/allaevuzb/6271
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
34
10
3.0 k
O'tgan yili iyulda Honor Magic V3 smartfoni eng ingichka smartfon sifatida e'lon qilinganda, qiziqib bitta test uchun buyurtma berdim. Galaxy Fold seriyasi hech ko'nglimdagidek chiqmagan, ishlatishga noqulay uchun Fold smartfonga juda skeptik edim. Odatda 10-15 kun smartfonlarni test qilib, keyin olxda sotib yuboraman. Lekin, Magic V3 telefon shunchalik yoqdiki, yakunda uni emas, iPhone 15 Pro Maxni sotib yubordim. Bugun qo'rqmasdan aytaman, bu man ishlatgan eng zo'r smartfonlardan biri, agar eng zo'ri bo'lmasa. Bunaqa yaxshi xotira bilan faqat 3-4ta smartfonni eslayman. Huwei P30 Pro, iPhone 14 Pro Max, Samsung Galaxy S23 Ultra, va oldingi LG G3 seriya.

Oxirgi yillarda birinchi marta 9 oy smartfon alishtirmadim, alishtirish xayolga ham kelmadi. Nihoyat, hamkorlar bilan Honor Magic V3 smartfonlarini rasman O'zbekistonga olib kirdik.

Ekslyuziv tarzda Asaxiyda global versiyasi sotuvda:
https://asaxiy.uz/product/smartfon-honor-magic-v3-512-gb-chernyy
04/18/2025, 09:59
t.me/allaevuzb/6270
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
31
4
2.5 k
Qanday qilib bolani kitob oʻqishga qiziqtirish, oʻqish jarayonini boʻlsa jozibali qilish mumkin?
04/17/2025, 21:11
t.me/allaevuzb/6269
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
27
30
2.6 k
Соғлом севги- сенсиз ҳам бахтлиман, сен билан ҳам бахтлиман, лекин иккаламиз бирга бўлганда 2 карра бахтлимиз.

Парда Подкастнинг янги сонида эркак ва аёл қандай мезонлар асосида бир-бирини танлаши, танловига хиёнат қилиши каби мавзуларда суҳбат бўлибди.

Кўриш: https://youtu.be/xYb9l4Q2J3c?si=fZkrilBSZfO6LXqQ
04/17/2025, 18:44
t.me/allaevuzb/6268
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
70
29
2.7 k
Biznesni ko‘pchilik noto‘g‘ri boshlamaydi. Aksincha, yetarlicha davom ettirmaydi.

Daromad kam chiqsa, reklama ish bermasa, mijoz kam bo‘lsa — darrov boshqa ishga o‘tib ketishadi.

Aslida ko‘p bizneslar yomon emas.
Ular shunchaki meva berishga ulgurmaydi.

Doim ko‘chat ekib, hali ildiz otmasidan boshqa joyga ko‘chiraversang — hech qachon daraxt ko‘rmaysan.

Xuddi shunaqa, aksar bizneslar shakllanib, mijoz to'lab, foyda keltirishi uchun muddat kerak bo'ladi.

Davomiylik juda muhim.

#biznes
@allaevuzb
04/17/2025, 15:29
t.me/allaevuzb/6267
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
24
10
2.9 k
Yana bir yangilikka qo'l urdik. Kolleksionerlar uchun kitoblarning noyob yoki ekslyuziv nashrlarini sotishni yo'lga qo'ydik. Albatta, sotilishi qonuniy bo'lgan kitoblarni.

Hozirda qidirish va bo'limni boyitish bilan bandmiz:

https://asaxiy.uz/product/knigi/dlya-kollekcionerov

#yangilik
@allaevuzb
04/17/2025, 12:13
t.me/allaevuzb/6266
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
251
22
3.6 k
Tramp Xitoy hukumatiga qarab:

- Hamma kartalar bizning qoʻlimizda.

Xitoyliklar:
- Kartalarni ham biz ishlab chiqarganmiz.


#hazil
@allaevuzb
04/16/2025, 21:16
t.me/allaevuzb/6265
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
32
5
3.0 k
Hayotingizda eng noqulay vaziyat qanaqa boʻlgan?
04/16/2025, 19:49
t.me/allaevuzb/6264
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
32
61
3.1 k
Бир умрга жуфти ҳалол топиш – бу ҳаётдаги энг катта бахтлардан бири. У инсоннинг энг яқин сирдоши, суянч тоғи ва ҳамдардига айланади. Ҳар қандай қувонч ва қийинчиликда ёнингда бўладиган, сени борлигингча қабул қиладиган инсонни топиш – чинакам саодатдир. Бундай одам билан ҳаёт оддий эмас, мазмунли бўлади.

Тўлиқ видеога ҳавола:
https://youtu.be/0Vr9jr0Zaq4

#foydali
@allaevuzb
04/16/2025, 17:09
t.me/allaevuzb/6263
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
34
24
4.0 k
Mahsulot yoki xizmat zo‘r, lekin bu sotuv uchun yetarli emas.

Ko‘p tadbirkorlar mahsulotga keragidan koʻp eʼtibor beradiyu, uni xaridorga yetkazish ustida ishlamaydi.
"Mahsulotim sifatli, endi o‘zini o‘zi sotadi" deb o‘ylashadi.

Lekin bu bozorda faqat yaxshi mahsulot yetarli emas.
Asosiy farq — uni qanday tushuntirayotganingizda.

Mijozga: – Bu mahsulot nimasi bilan boshqalardan yaxshiroq?
– Nega aynan hozir aynan sizdan sotib olishi kerak?
– Undan nima yutadi?

Shularni aniq qilib bera olmasangiz, eng yaxshi mahsulot ham e’tiborsiz qoladi.

Yaxshi mahsulot — shart.
Lekin tushuntira olish — yutuqni belgilaydi.

"Asaxiy Books" da chop etilgan yangi "Alifbo" kitobini soddaligini, uni bola bir koʻrishda oʻqituvchisiz ham qiziqib tushunib ketishini qanday qilib auditoriyaga yetkazish ustida bosh qotirib shu xayollar keldi.


Siz mahsulot yoki xizmatingizni qanday tushuntiryapsiz — texnik ma’lumotlar bilanmi, yoki odamning muammosini hal qilayotganini ko‘rsatibmi? Qaysi yoʻllar bilan yetkazyapsiz?


#biznes #marketing
@allaevuzb
04/16/2025, 15:35
t.me/allaevuzb/6262
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
103
31
3.0 k
Альберт Эйнштейн бир куни ўзининг битирувчи талабаларидан имтиҳон олди. Бу саволлар ўтган йилги саволларнинг айни ўзи бўлиб чиқди. Бундан хабар топган ассистент ўқитувчи профессорнинг паришонхотирлиги сабабли юз берган бўлса керак, дарҳол бунинг олдини олиш керак деб хавотир олди ва профессор олдига бориб:

— Кечирасиз, сер, — деди улуғ одамга хато қилиб қўйганини айтишга ийманиб.

— Ҳа? — дея жавоб берди Эйнштейн

— Сиз талабаларга берган тест ҳақида айтмоқчи эдим.

Эйнштейн сабр билан тинглади.

— Сиз буни сезганингизга ишончим комил эмас, лекин бу тестлар ўтган йили берилган тестларнинг айни ўзи экан. Умуман олганда улар бир хил.

Эйнштейн бироз ўйланиб туриб:

— Ҳа, саволлар ўша-ўша, лекин жавоблар ўзгарган, — деб жавоб берган.

Янги ихтиролар қилингани сабаб физикада ҳам жавоблар ўзгариб тургани каби бизнес ва маркетингда ҳам жавоблар тез-тез ўзгариб туради.

📔 Аллан Дибнинг "Бир варақли маркетинг режа" китобидан

#kitob #mulohaza
@allaevuzb
04/16/2025, 10:20
t.me/allaevuzb/6261
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
41
7
2.8 k
Sizningcha kamera va radarlarni oʻqqa tutib chiqqan inson qahramonmi yoki xavfli jinoyatchi?
04/15/2025, 21:33
t.me/allaevuzb/6260
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
9
2
2.8 k
Savollarga ochiqdan ochiq javob berish muammo bo'lsa, iltimos firuzallayev@gmail.com ga javob yozing. Anonimlikni kafolatlayman.

Oilaviy zoʻravonlik, jinsiy tajovuz, spirtli ichimliklar bilan bogʻliq yoki umuman kanalda e'lon qilingan xohlagan savolga javob biz uchun zarur.
04/15/2025, 18:41
t.me/allaevuzb/6259
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
24
14
2.4 k
Bugunning syurpriz chegirmasi!

Tungi 23-59ga qadar: https://asaxiy.uz/uz/product/teodor-draizer-sarmoyador


@asaxiybooks
04/15/2025, 15:29
t.me/allaevuzb/6258
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
186
68
2.4 k
Замона қаҳрамони ким?

Саволнинг жавоби -- расмдаги одам. Абажан аканинг 4 қизи бор. Қорақалпоғистоннинг Тўрткўл туманидан. Касби -- деҳқон.

Унинг ёнида турган қизига кейингиси ўғил бўлсин деган ниятда Оғулжерен (Ўғилжайрон) деб исм қўяди. Кейингисига эса Майя...

Хуллас, Абажан ака деҳқон ҳолидан нолимай, кеча кундуз меҳнат қилади ва қизларининг илм олишига бор-будини сарфлайди. Бугун унинг 3 қизи пойтахтда ўқийди.

Оғулжерен "Ёш китобхон" танловида бир нечa бор иштирок этади. Баъзан вилоятдан, баъзан республикадан қайтади. Бироқ чекинмайди. Ўқийверади, ўқийверади. Охири 2024 йилги мавсумда биринчи ўринни эгаллайди ва қаҳрамонига президент совғаси "BYD- Chazor" автомашинасини ҳадя қилади.

Ота эса шу даражагача қандай келганини ўзи билади, худо билади. Бандасига ошкор қилмайди. Азобларини қандай ичига ютган бўлса, қувончини ҳам сездирмай бир зайлда тураверади.

Гап сўрасангиз, ўзим 200 тача китоб ўқидим, қизларимга ўрнак бўлдим, ... яна бир нарсалардан воз кечишимга тўғри келди, дейди ва ўша нарсалар нималигини айтмай қўяверади...

Кафтлари меҳнатдан тошдек қотган ота автомобилни қизидан қабул қилишга қилади-ю, энди уни Тўрткўлга олиб кетиш ташвишига тушади. Чунки, ўзи ҳайдаб кетиши учун ҳайдовчилик гувоҳномаси олмаган бўлади...

Ишониш қийин а? Ҳайдовчиликка ўқиб гувоҳнома олишни ўзига эп кўрмай қизларини ўқитган ота қаҳрамон бўлмаса, айтинг чи, ким қаҳрамон?

Мен эса Абажан ака воз кечган "бир нималар" нинг биттасини билгандайман. У ҳам бўлса, ошна оғайнилари қатори ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб, машинани ялтиллатиб учириб юриш ҳаваси... Бугун эса унинг тагида ҳамманикидан зўр машина. Бўлибам, Президент берган машина!

... Ўтган куни Жайрондан отаси ҳақида сўрадим. Ерга қараб, мийиғида кулди ва "ҳайдовчиликка ўқияптилар" деди...

@hamzajumayev
04/15/2025, 13:54
t.me/allaevuzb/6257
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
5
2.4 k
O'zingiz yoki yaqinlaringizdan kimdir oilada maishiy zo'ravonlikka uchraganmi? Unda ruhiy holatingiz qanaqa bo'lgan?
Muammoni qanday qilib yechsa bo'ladi deb o'ylaysiz?

PS: Maishiy zo'ravonlik - juftini yoki oila a'zolaridan biriini urish, itarish, musht tushurish, yoqadan olish, bo‘g‘ish, kuydirish, qurol bilan qo‘rqitish va h.k.
04/15/2025, 13:34
t.me/allaevuzb/6256
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
66
15
2.6 k
Yaxshi yangiliklardan, agar ajrimga maishiy zo'ravonlik sabab bo'lsa, shu zahoti ajrashish qarori beriladigan bo'libdi.

Shu vaqtgacha ajrimga ariza berilganda, sudlar ajrimni rad etib, yarashish uchun muhlat berar edi. Ko'pincha allaqachon ajrashib ketgan oilalar qonunan ajrasholmay yurishadi.

Qonunchilikda kuchga kirgan o'zgarishga ko'ra, endi ajrimga zo'ravonlik sabab bo'lsa, sudlar yarashish uchun muhlatsiz ajrimga qaror beradi.


Bu muhim va zarur bo'lgan qadam bo'ldi deb o'ylayman.

#qonun #pozitiv
@allaevuzb
04/15/2025, 12:29
t.me/allaevuzb/6255
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
23
4
2.7 k
Hayotda eng koʻp nimadan qoʻrqasiz?
04/15/2025, 07:53
t.me/allaevuzb/6254
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
17
4
2.6 k
Бобур – унинг буюклиги ҳаммага маълум. Унинг адабий мероси ва сиёсий ҳаракатлари албатта тақдирга лойиқ. Бироқ Шайбонийхон ҳақида нима дейиш мумкин? Унинг тарихга қўшган ҳиссаси арзигуликми? Баъзи олимлар уни сиёсатда Бобурдан ҳам кучлироқ деб ҳисоблашади. Шайбонийхоннинг давлат ташкил этишдаги роли жуда катта. Лекин у Бобур билан солиштирганда, ҳақиқатан ҳам тарихга бошқача таъсир кўрсатганми?

Подкастда туркшунос Ғайбулла Бобоёров ва бобуршунос Ботирали Йўлдошев ўртасидаги жиддий бахсни тингладингизми?
👉🏻https://youtu.be/Je8topetVDY

#podcast
@allaevuzb
04/14/2025, 16:52
t.me/allaevuzb/6253
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
72
26
2.1 k
Ҳаётимни ўзгартирган 1 соат...

(ҳаётини ўзгартиришни истамаганлар ўқимасин)

Тўрт йилча бўлди. Кун тартибимга янги бир соатни қўшганимга. Бу-- телефонсиз 1 соат...

Бу пайтда ё китоб ўқийман, ё нимадир ёзаман, ё оилам билан бирор ўйин ўйнайман, ё сузаман, ё югураман, ё қизиқ бир фильм кўраман. Асосий шарти, шу 1 соатда телефонни умуман қўлга олмаслик.

Ишонинг, ҳаммамизни боғлаб олган шу матоҳсиз ўтказган соатларим анча қизиқ, самарали ва фойдали бўляпти менга. Парадоксни қаранг ки, касбим шу буюм билан ҳар жиҳатдан боғлиқ. Лекин уни рад этганим сайин ҳаётимга барака, мазмун кирмоқда.

Кунига бор йўғи 1 соат. (уйқу вақтидан ташқари албатта) Бу вақтда баъзан ҳеч нима қилмай хаёл ҳам сураман, бир нималар ўйлайман. Ўзим учун муваффақиятли ғоялар, келажак учун муҳим қарорлар, молиявий барқарорлик омилларини айнан мана шу 1 соатда топганман.

Шунинг учун ҳам энди уни кўпайтирмоқчиман. 1-2-3... соатга. Биламан, телефондан узоқлашсам осмон узилиб ерга тушмайди, қиёмат қўпмайди, қайтага ҳаётим янада гўзаллашади. Ўзим бўлиб, ўз ҳаётимни яшайман.

Сиз ўқиётган ушбу постни ҳам айнан ўша "телефонсиз 1 соат"да, лекин телефондан фойдаланган ҳолда ёздим. 😄

Эфирда "Тағо тайм"

@hamzajumayev
04/14/2025, 14:06
t.me/allaevuzb/6252
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
8
22
2.3 k
Market Yandex Go маркетплейсида савдони қандай бошлаш мумкин?

15 апрель куни соат 16:00да хизмат жамоаси сотувчилар учун жонли эфир ўтказади.

Учрашувда қуйидаги мавзулар ёритилади:
✅Пештахтага қандай чиқиш ва биринчи етказиб беришни қандай амалга ошириш?
✅ FBS ва FBY моделлари бўйича қандай ишлаш керак?
✅ Қайтаришлар ва сотилмаган буюртмалар билан қандай иш олиб борилади?
✅Ҳужжат айланмаси қандай йўлга қўйилган?
Иштирок этиш — бепул.

📲Рўйхатдан ўтиш учун ҳавола орқали мурожаат қилинг.

Эфир YouTube ва Telegram орқали эфирга узатилади, ёзув сақланиб қолади ва кейинчалик унга ўзбек тилидаги субтитрлар ҳам қўшилади. Саволларингизни олдиндан рўйхатдан ўтиш шакли орқали юборишингиз мумкин.
04/14/2025, 13:27
t.me/allaevuzb/6251
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
37
25
3.7 k
Ниманингдир ҳақиқий қиймати унга эришиш учун нимадан воз кечишингиз билан белгиланади. Ҳар доим фақат пулдан эмас, кўп нарсалардан воз кечилади. Агар олти соат ёмғирда тик оёқда навбат кутган ва концертга текин чипта олган бўлсангиз, бу вазиятда “текин” деган тушунча ҳақида ҳеч қандай гап бўлиши мумкин эмас.

Бошқа мисол: дейлик, инжиқ мижозингиз билан учрашувга кеч қоляпсиз. Уни куттириб қўйсангиз, у эллик минг долларлик транзакцияни бекор қилиши мумкин. Бундай вазиятда учрашувга бориш учун 15 долларлик такси ўрнига 2.75 долларлик автобусдан фойдаланиш сизга арзонга тушади, деб бўлмайди.

Дўконга бориб, чегирмага савдо қилиш арзонга тушади, аммо кўпроқ вақтингизни олади. Мен ёзувчиман, асарларим учун қалам ҳақи оламан. Янги оёқ кийим олишда эллик доллар тежаб қолиш учун машинамда 144 километр юриб, Висконсин штати Кеноша шаҳридаги дўконга боришим мумкин. Ёки тушлик учун ажратилган вақтда Мичиган шоҳкўчасидаги “Nordstrom" дўконига кириб, оёқ кийим сотиб олишим мумкин. Мен одатда иккинчисини танлайман, умумий харажатим 225 доллар бўлади. Шунингдек, кетган ўн беш дақиқа вақтим ва онамнинг: “Нега Кеношага бориб келмадинг?” ‒ дея муқаррар койишларини ҳам бу ҳисобга қўшиб қўйиш лозим.

© Чарльз Уиланнинг "Яланғоч иқтисодиёт: мураккаб соҳанинг содда қиёфаси" китобидан

#iqtisod
@allaevuzb
04/14/2025, 12:20
t.me/allaevuzb/6250
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
8
1.9 k
04/14/2025, 12:15
t.me/allaevuzb/6248
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
8
1.9 k
04/14/2025, 12:15
t.me/allaevuzb/6249
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
8
1.9 k
04/14/2025, 12:15
t.me/allaevuzb/6247
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
9
1.8 k
04/14/2025, 12:15
t.me/allaevuzb/6246
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
39
8
1.7 k
Hozir yana o'rganish jarayonida qiziqarli narsaga duch keldim. Bu kabi loyihalar turli mamlakatlarda yana o'nlab kelib chiqdi. Qidirsa, yuzlab chiqsa ham hayron bo'lmas edim.

Eng qizig'i O'zbekistonda ham bo'lgan ekan. Mana bu kitoblar O'zbekistonning eng yirik nashriyotlaridan biri "Yangi Asr avlodi"ga tegishli "Yoshlar nashriyoti" tomonidan tayyorlangan ekan.

Kitob ko'paysin, hammaga yaxshi. Bu kitoblarni ham yaqin orada Asaxiyda sotuvga qo'yamiz.

#kitob
@allaevuzb
04/14/2025, 12:15
t.me/allaevuzb/6245
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
39
5
2.0 k
Hozir buyurtma qilaman deb o'rganayotgan joyda e'tibor berdim, "Little people, big dreams" loyihasida 32 betlik kitoblar ekan. Bizdagi "Dunyo daholari" seriyasi 127 betlik standart kitoblar.

O'rtada 4 marotabalik farq.

#kitob
@allaevuzb
04/14/2025, 11:21
t.me/allaevuzb/6243
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
5
2.0 k
04/14/2025, 11:21
t.me/allaevuzb/6244
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
1
04/14/2025, 11:20
t.me/allaevuzb/6242
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
1
1
Hozir buyurtma qilaman deb o'rganayotgan joyda e'tibor berdim, "Little people, bid dreams" loyihasida 32 betlik kitoblar ekan. Bizdagi "Dunyo daholari" seriyasi 127 betlik standart kitoblar.

O'rtada 4 marotabalik farq.

#kitob
@allaevuzb
04/14/2025, 11:20
t.me/allaevuzb/6241
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
44
4
2.0 k
Aytib o'tish kerak.

Kitoblarni tayyorlash jarayonida o'sha daholar hayotiga doir turli xil kitoblar o'rganib chiqilgan. Undan tashqari maqolalar, internet manbalari o'qilgan, alohida holatda olimlardan ham ilmiy tomoni so'rab, to'g'ri noto'g'riligini tahlil qilingan.

Matnni tayyorlagandan keyin, bolalar redaktoridan tashqari, kitob tili bolaga mos bo'lishi uchun bolalar psixologi nazoratidan ham o'tkazganmiz.

Foydalanilgan yoki ma'lumot olingan kitoblar ro'yxatida kitobga kiritganmiz.

Kitoblarni chop etishda ham qog'oz, rang, muqova tanlovigacha yuqori sifatda bo'lishi ustida ishlangan.

#manbaa
@allaevuzb
04/14/2025, 10:42
t.me/allaevuzb/6240
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
47
14
2.0 k
Mana bu podcastda bizni plagiatda ayblashibdi.

Mana bu kanal bo'lsa bu haqida axborot tarqatgan.

"Dunyo daholari" seriyasi haqida ma'lumot berib o'tmasam bo'lmaydi.

Bu seriya g'oyasini bizga Navro'z Ergash o'g'li olib kelgan va aynan shu seriyada 15ta kitob chiqishi ko'zlangan. Dastlab o'zimizdagi allomalar va jadidlar bilan shunaqa loyiha fikri bor edi. Lekin, "Mutolaa" loyihasida ular tayyorlanganligi sababli Navro'z aka bilan shartnoma qilib olganmiz va ular ishga kirishishgan.

G'oya ko'proq o'zimizni mahalliy loyihadan ilhomlangan desak ham bo'ladi.

Podcastda aytilgan "Little people, big dreams" loyihasi bilan tanishib chiqdim. Loyiha 5 kishining emas, yuzlab insonlarning hayotini kitob qilgan ekan. Man havas qildim. Oldin bu loyiha haqida eshitmagan ekanman. Manga juda qiziqarli, seriyadan buyurtma qilib solishtirib ham ko'rmoqchiman.

"Dunyo daholari" kitoblarini ichidagi kontentni muallif tayyorlagan, u keyin redaktorlar bilan qayta va qayta ishlashgan. Muallif bilan albatta mualliflik huquqi asosida shartnoma qilingan.

Rasmlarni bo'lsa mahalliy rassomlar Mohina Raimova va Sarvar Farmonovlar qo'lda bittalab chizishgan. Butun jarayon isboti bilan bor. Biror rasm programma yoki sun'iy intellekt bilan tayyorlanmagan.

Shuningdek podcastda bizga bog'lamagan holatda, lekin umumiy kontekstda xato tushunilishi mumkin bo'lgan ko'p loyihalar O'zbekistonda agentlikdan pul undirib olish maqsadida qilinadi degan iddao yangradi. Bizga bog'lashmasligi uchun ma'lumot berib o'taman.

Asaxiy qaysidir loyihalarda ishtirok etgan bo'lsa, bularning hammasi ochiq ma'lumot. Kimdan qancha pul olganimiz ham ochiq ma'lumot. Yoshlar ishlari agentligi bilan shu vaqtgacha ikkita loyihada hamkorlik qilganmiz. Birinchisi agentlik buyurtmasi bilan "Tadbirkor" kitobi tayyorlangan. Kitobni agentlik bilan taqdim qilganmiz, kitobning o'zida ham agentlik buyurtmasi ekanligi ko'rsatilgan, agentlik logotiplarigacha turibdi. Har doim bu uchun agentlikka minnatdorlik bildirganmiz.

Ikkinchi holatda, 1000 kitob loyihasi doirasida 5ta kitobga shartnoma qilingan va boshqa o'zbek nashriyotlari kabi kitoblarni tayyorlab berganmiz. U yerda ham bizga qaysi kitoblar berilishi va boshqa detallarni loyiha rahbarlari va eskpertlari hal qilishgan. 1000 kitobda adashmasam o'nlab o'zbek nashriyoti qatnashgan.

"Dunyo daholari" kitobiga AOKA grant ajratgan va grant puliga kitobdan 1000 donadan "Jurnalistlar uyushmasi" bilan birgalikda xarid qilib (bozor narxlarida), undan kutubxona va mehribonlik uylariga tarqatishgan.


"Asaxiy Books"da shu vaqtgacha 62 xil kitob chiqdi. Loyigaga 36 milliard so'mdan ortiq o'z hisobimizdan pul ajratdik va hali ham investitsiya qilishda davom etmoqdamiz. Davlat yordami to'g'ridan to'g'ri 1ta kitobga "Tadbirkor" tekkan, "1000 kitob" loyihasida davlat bizga buyurtmachi. Kitoblarni tayyorlab berganimiz uchun pul olganmiz. Ularni chop etib sotganimiz yo'q.

"Dunyo daholari" kitoblari 1000tasi xaridiga grand ajratilgani kitoblar tan narxi pasayishiga sabab bo'lgan va shu sabab kitoblar narxi hech qachon 50 000 so'mdan oshmadi.

Loyiha 2023-yildan beri Xalq banki bilan hamkorlik qiladi va Xalq banki yordami kitoblar xarajatlarining bir qismini oqlaydi.

Loyihaga turli xil bosqichda yordamga kelayotgan har bir rahbar yoki tashkilotlar jonkuyar xodimlariga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Podcastda bilib bilmay aytilgan takliflar biz uchun xavotirli va munosabat bildirmaslik xato bo'lardi.

#kitob
@allaevuzb
04/14/2025, 10:32
t.me/allaevuzb/6239
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
37
23
2.4 k
Бугунги фаровонлик ҳақида берилган саволга ҳамма ҳар хил жавоб берди.

Идеал ҳолатда биз йилдан-йилга мамлакатда ҳаёт фаровонроқ бўлишини таъминлашимиз керак. Ҳар бир ҳукумат ўзидан кейин янада фаровонроқ мамлакат қолдириши керак.

Келинг, ўзи фаровонлик нима билан баҳоланишини билиб олайлик. Бу ҳақида дастлаб "Фаровонлик парадокси. Қандай қилиб инновациялар халқларни қашшоқликдан қутқара олади" китобида танишганим эдим. Бу биз ўзбек тилига таржима қилганимиздан фархланадиган ТОП 3 китобдан бири.

Фаровонликни аниқлаш учун махсус The legatum prosperity index деган халқаро рейтинг бор. Бу рейтинг мамлакатларда фаровонликни ўлчайди. Фаровонликни ўлчаш учун бир нечта мезонлар аниқлаб олинган. Фаровонлик фақат даромад билан ўлчанмайди. Шу учун ҳам аҳоли оладиган ойлиги баланд бўлган АҚШ рейтингда 19-ўринни олган.

Қайси мезонлар билан баҳоланади:

1. Хавфсизлик. Бунга сиёсий хавфсизликдан ташқари жиноятчилик кўрсатгичлари ҳам киради.

2. Шахсий эркинлик даражаси. Бунда инсон ҳуқуқлари, ижтимоий толерантлик, шахсий ҳуқуқлар киради.

3. Бошқарув. Бунда аҳолини текшириш ва чеклашлар даражаси, ҳамда ҳукумат қанчалик самарали ва коррупциясиз ишлаётганлигини ўлчанади.

4. Ижтимоий ишонч. Бунда давлат ва фуқаролик институтларига ишонч, ижтимоий алоқалар, ижтимоий нормалар ва фуқароларнинг ижтимоий ҳаётда фаоллиги ўлчанади.

5. Инвестиция муҳити. Бу мамлакатда инвестициялар имконияти осонлиги ва ҳимояланганлиги билан ўлчанади.

6. Бизнес эркинлиги. Мамлакатда бизнес очиш ва фаолият юритиш эркинлиги, корхоналарга нисбатан ҳуқуқлар ва тақиқлар даражаси билан ўлчанади.

7. Бозор инфраструктураси. Фуқаролар хизмат ва маҳсулотларини қанчалик эркин сотиб билиши ва бунга шароит борлиги.

8. Иқтисод. Мамлакатда иқтисодиёт қиймат яратиш учун қанчалик яхши аҳволда эканлиги ва ўзида бор имкониятлардан қанчалик унумли фойдаланаётганлигини баҳолайди.

9. Яшаш шароитлар. Бунда яшаш учун зарур шароитлар қанчалик мавжудлиги. Йўл, коммунал хизматлар, сув, бирламчи манбалар, хуллас ҳаммаси шу рейтингда ўлчанади.

10. Тиббиёт.

11. Таълим.

12. Экология.

Рейтинг тузувчилари аҳоли фаровонлиги учун мана шу 12та мезоннинг ҳаммаси аҳамиятли деб ҳисоблашади. Демакки, идеал ҳолатда мамлакат шу 12 йўналишда бирма-бир вазиятни яхшилаб бориши керак.

Энди рейтингга қарайдиган бўлсак, 2023 йил рейтинги энг сўнггиси бўлади. Унга кўра ҳозир дунёда энг фаровон давлатлар Шимолий Европада жойлашган. Дастлабки 5 ўринни Дания, Швеция, Норвегия, Финландия ва Швейтсария эгаллаган. Аҳоли учун энг оғир вазият бўлса Жанубий Судан, Яман, Марказий Африка Республикаси, Афғонистон ва Сомалида. Булар бугун дунёда аҳволига ачинса бўладиган энг оғир аҳволдаги мамлакатлардир.

Ўзбекистон ҳозир рейтингда 162 мамлакат ичида 100-ўринда турибди. Яхши янгилик, ҳар йили рейтингда 1 ёки 2та ўриб кўтарилмоқдамиз. Рейтингимизни энг пастга тортадиган мезон экологиядир. Бу борада дунёда 162 ўриндамиз. Рейтингда тиббиёт ва ижтимоий ишонч мезонлари яхши баҳо олган.

Умумий олганда, шахсан ман ҳудудимиз тарихида энг фаровон даврда яшаяпмиз деб ҳисоблайман. Ҳеч қачон тўлиқ 12та мезон бўйича олганда бу ҳудудда ҳозиргидек фаровон давр бўлмаган. Қайсидир алоҳида мезон қайсидир даврда яхшироқ бўлган булиши мумкин. Лекин, индексда фаровонлик учун ҳамма мезонлар умумийлиги зарур демоқда.

Рейтинг билан қуйидаги хаволада танишишингиз мумкин:
https://index.prosperity.com/rankings

Якунда, “Фаровонлик парадокси” китобини ўқинг. Агар китоб ёқмаса, қайтариб олишга тайёрмиз.


#mulohaza
@allaevuzb
04/13/2025, 15:23
t.me/allaevuzb/6238
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
67
26
2.5 k
Doim biznes haqida oʻylab yuradigan tadbirkor😁!


#hazil #biznes
@allaevuzb
04/13/2025, 13:14
t.me/allaevuzb/6237
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
53
2
2.6 k
Biz hududimiz tariximida eng farovon davrni yashamoqdamiz. Bu fikrga qanday qaraysiz? Bizning hududda hozirgidan farovonroq davr bo'lganmi?
04/13/2025, 12:04
t.me/allaevuzb/6236
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
54
17
2.7 k
Zamonaviy ish o‘rinlari va jamiyat fuqarolardan qanaqa ko'nikmalarni talab qiladi? Jamiyatga foyda keltirish va shaxsiy farovonlikka erishish uchun qanday ko‘nikma, bilim va qobiliyatlar zarur?

Mutolaa qilayotgan kitobimda bu haqida ijtimoiy tadqiqotlar natijasini keltirilibdi. Yangi dunyoda kadrlardan koʻproq mustaqil o‘rganish qobiliyati, ijodkorlik, ixtirochilik va doimiy o‘zgarishlarga moslasha olish koʻnikmalari talab qilinadi degan xulosaga kelishibdi.


#mulohaza
@allaevuzb
04/13/2025, 07:18
t.me/allaevuzb/6235
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
34
5
2.5 k
Siz ish joyingizda yoki oʻqishda jinsiy tajovuzga duch kelganmisiz?
04/12/2025, 20:11
t.me/allaevuzb/6234
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
23
5
2.7 k
Навбатдаги Қурултой: Илмий Баҳс

Навбатдаги Қурултой подкастида тарих ва илм-фан соҳасидаги иккита машҳур олим, профессор Ғайбулла Бобоёров ва Бобуршунос Ботирали Йўлдошев, Шайбонийхон мероси ва Бобур сиймоси масаласида илмий бахс олиб боришди.

Бу баҳсда олимлар ўз нуқтаи назарларини асослаб, тарихий масалаларга ёндашувларидаги фарқларни очиб бердилар. Уларнинг ўзаро мулоқоти, илмий тарзда ёритилган мавзу, ўтмиш ҳақидаги янги қарашларни кўришга имкон яратди.

Агар тарих ва илм-фан ҳақидаги муҳим баҳсларга қизиқсангиз, ушбу подкастни тинглаб, ўзингиз учун янги маълумотлар олишингиз мумкин.
👉🏻https://youtu.be/Je8topetVDY


#podcast
@allaevuzb
04/12/2025, 18:28
t.me/allaevuzb/6233
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
67
10
2.6 k
Donald Tramp smartfonlar, kompyuterlar va boshqa elektronika jihozlariga yaqinda joriy qilingan bojxona toʻlovlarini bekor qilibdi.
Bu AQShda shu kategoriya mahsulotlar, ayniqsa Apple mahsulotlari narxi oshib ketishi va uning ortidan keladigan norozilik xavotiridan qilingan.

Bugungi kunda bu mahsulotlar asosan Xitoyda ishlab chiqariladi.

Appledan tashqari bu yoʻnalishda oʻrni katta boʻlgan Samsung, Google, Motorola va boshqa kompaniya mahsulotlari ham aksar hollarda Xitoy yoki Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ishlab chiqariladi.


#tramp #siyosat
@allaevuzb
04/12/2025, 17:48
t.me/allaevuzb/6232
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
122
21
2.8 k
04/12/2025, 14:44
t.me/allaevuzb/6231
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
112
10
3.0 k
Agar toʻy va u bilan bogʻliq marosim va urf-odatlarni ikki marotabaga qisqartirsak nima oʻzgaradi?
04/12/2025, 08:25
t.me/allaevuzb/6230
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
113
76
4.2 k
Birma bir dunyoning aksar mamlakatlarida smartfonlarning bolalarga chalgʻituvchi ta'siri masalasida koʻproq qaygʻurishmoqda. Fransiya milliy talim vaziri Elizabet Born yangi oʻquv yilidan kollejlarda (11-16 yosh) ham telefonlar taqiqlanishini eʼlon qilibdi.
Telefonlarni oʻqishga kirishdan oldin topshirish va chiqqanda olish majburiy boʻladi.


#talim #dolzarb
@allaevuzb
04/11/2025, 10:19
t.me/allaevuzb/6229
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
92
13
2.7 k
Xitoy va Yevropa Ittifoqi Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillarga bojxona toʻlovlarini bekor qilish boʻyicha muzokaralar boshlashibdi.

Yevropa Ittifoqi shu vaqtgacha Xitoy bilan munosabatlarda juda ehtiyotkor edi. Huawei kabi kompaniyalarga ham AQSh ortidan sanksiya qoʻygandi. Trampning ahmoqona siyosati Yevropa Ittifoqini oʻzining tashqi siyosatini toʻliq qayta koʻrib chiqishda undamoqda.
Xitoy uchun bu hali boshlanishi.

#siyosat
@allaevuzb
04/10/2025, 21:01
t.me/allaevuzb/6227
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
13
2.8 k
04/10/2025, 21:01
t.me/allaevuzb/6228
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
34
4
2.6 k
Kanalda berib borilayotgan savollarga ochiqdan ochiq javob berish muammo bo'lsa, iltimos firuzallayev@gmail.com ga javob yozing. Anonimlikni kafolatlayman.
04/10/2025, 17:37
t.me/allaevuzb/6226
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
27
14
2.8 k
Фарзандингиз учун энг яхши онасиз!

Парда Подкаст - хотин-қизлар муаммоларини ёритиш, жамоат фаоллари, экспертлар билан биргаликда уларга ечим топиш бўйича эркин суҳбат.

https://youtu.be/Kx5-D4SxC_w?si=ksml0wSRhLzDEnpW

#podcast
@allaevuzb
04/10/2025, 14:21
t.me/allaevuzb/6225
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
50
12
2.7 k
Har qanday soliqni yakunda iste'molchi to'laydi. Undan ham soddaroq qilib aytaman, biznes qiladigan har qanday xarajat yakunda mahsulot narxida aks etadi, shu jumladan soliqlar ham.

Biznesda narx mahsulot tan narxi + operatsion xarajatlar + soliqlar va boshqa xarajatlar + biznes foydasi shaklida shakllanadi. Demakki, biznesni xarajatini yakunda mijoz to'laydi.

AWS (Amazon Web Service)dan xat keldi, kompaniya O'zbekistonda soliq rezidenti bo'lganligi uchun endi tariflarga VAT (QQS) ni qo'shib to'laymiz. O'zbekistonda QQS 12 foiz.

Kimdir Amazonga o'xshab xolis yo'ldan borib QQSni alohida ko'rsatadi. Kimdir shunchaki 12 foizga narxni oshirib qo'yadi va gapirmaydi.

Lekin, qoida joyida qoladi, biznesning har qanday xarajati, shu jumladan soliqlar ham yakunda mahsulot narxida aks etadi.

#narx #soliq
@allaevuzb
04/10/2025, 11:48
t.me/allaevuzb/6224
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
19
1
2.7 k
Zamonaviy texnologiyalar nimasi bilan sizni xavotirga soladi?
04/10/2025, 06:53
t.me/allaevuzb/6223
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
132
15
2.8 k
Oʻzbekistonda kitob sohasida oʻrni katta Ziyouz loyihasi 21 yoshga kiribdi.

Asoschisi Davron aka shaxs sifatida doim qoil qoldiradi. Oʻziga hech aytmagan boʻlsamda, juda hurmat qilaman.

Loyihani biz kabi butun boshli avlod kitob oʻqishida oʻrni katta boʻlgan.
Ziyouz uchun rahmat Davron aka!


#kitob
@allaevuzb
04/09/2025, 20:30
t.me/allaevuzb/6222
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
32
2
2.6 k
Bugunning syurpriz chegirmasi!

Tungi 23-59ga qadar:
https://asaxiy.uz/product/abdulla-kodirij-utgan-kunlar

@asaxiybooks
04/09/2025, 16:10
t.me/allaevuzb/6221
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
45
6
2.8 k
Oʻzbekistonda kimni haqiqatdan foydali ishlar qilmoqda deb oʻylaysiz va zimdan hurmat qilasiz?
04/09/2025, 11:08
t.me/allaevuzb/6220
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
83
35
5.4 k
Chat GPT O'zbekistonda soliq to'laydigan bo'libdi.

Open AI kompaniya soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tgan. Bu endi O'zbekistondan qilinadigan daromaddan QQS va boshqa soliqlar to'lanishini anglatadi.
Endi qo'rqmasdan ChatGPT O'zbekistonda rasmiy va qonuniy xizmat deyishimiz mumkin.

Hozirda Chat GPTning bepul, 20 $lik Plus va 200 $lik Pro versiyalari mavjud.

Soliq to'lash narxlarga ta'sir qilishi yoki yo'qligi haqida ma'lumot berilmagan.

#soliq #chatgpt
@allaevuzb
04/09/2025, 08:57
t.me/allaevuzb/6219
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
54
18
3.0 k
Siz uchun aqlli (munosib) erkakning birinchi belgisi nima?
04/08/2025, 21:29
t.me/allaevuzb/6218
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
67
37
2.9 k
Мана бу видеода Хитойликлар фабрикада ишлаётган Америкаликларни мем қилишмоқда.

Жиддий айтадиган бўлсак, вазият шу даражада абсурдки, Трамп администрацияси қилаётган ишларни иқтисодни чуқурроқ тушунган одам соғлом ақл билан ҳазм қилиши қийин.

Энди савдо уруши асосан Хитойга қарши бораётганлигини ҳисобга олса, иқтисодий томондан вазият янада абсурд бўлиб кўринади.

Рақамларга қараса, АҚШнинг турли органлари берган маълумотлар бўйича 2024 йилда Хитой АҚШга 439 млрд долларлик маҳсулот экспорт қилган. АҚШ бўлса Хитойга 143.5 млрд $ маҳсулот экспорт қилган.

Рақам катта, АҚШ бозори ёпилса гўёки Хитойга қийин бўладигандек. Лекин, замонавий Хитой шу даражада гигант мамлакатга айланганки, унинг бугунги умумий йиллик экспорти 3.6 трлн $га тенг. Демак, Трамп жамоаси даъво қилаётганидек, АҚШ Хитой экспортининг 40 фоизига эмас, тахминан 12.20 %ига тўғри келади.

Вазият шунақаки, АҚШ Хитой маҳсулотлари ўрнини босишидан Хитой АҚШ маҳсулотларига аналог топиши осонроқ бўлади. Яна ўша АҚШ манбалари айтмоқдаки, 2024 йилда АҚШ экспортининг энг катта қисмини (33 млрд $) қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ташкил этган. Унинг ҳам 16.4 миллиарди соя экспортига тўғри келади. Кейинги Хитойга энг кўп экспорт қилинган маҳсулотлар маккажўхори, буғдой ва гўштдир.

Ундан кейинги асосий категория энергетик маҳсулотларга тўғри келади.

Google дан қайта ва қайта текширдим, юқори технологиялар умумий экспорти 20 миллиард долларга бормайди. Ундан Хитой учун энг қийин бўлган процессорларга тўғри келадигани 6 млрд АҚШ доллари.

Энди янги тарифлар бунга қанақа таъсир қилиши мумкин? Иқтисодий назария томонидан қараса, АҚШ фақат Хитойга эмас, бутун дунёга бож урушлари очганлиги сабабли АҚШда маҳсулотлар импорти камаяди. Яқин келажакда 439 млрд $ тенг ярмига пасайган тақдирда ҳам (реалликдан жуда узоқ сценарий), 220 млрд атрофида бўлади. АҚШ бутун дунё билан "божхона уруши" очганлиги сабабли, қарама-қарши тарифлар сабаб АҚШ маҳсулот экспорт қиладиган кўплаб мамлакатлар бошқа экспорт қилувчи манбаларни қидириб бошлайди.

АҚШ маҳсулотлари ўрнини эгаллашда Хитойдан устунман деб замонавий дунёда ҳеч ким айтолмайди. На Европа Иттифоқи, на Япония ва на бошқаси. Эҳтимолдан келиб чиқса, Хитой ҳатто АҚШ йўқотган бозорлар эвазига 439 млрд $лик рақамни ошириши ҳам мумкин.

Трамп кетгач, АҚШда ўзгаришлар бўлгач, америкаликларнинг олдида Хитой эгаллаган бозорларни қайта эгаллаш каби мураккаб вазифа пайдо бўлади.

Хитойнинг ўзи бўлса АҚШдан импорт қилинадиган аксар маҳсулотларни осон алиштириши мумкин. Бу учун партиянинг ёки ҳукуматнинг махсус қарори ҳам шарт эмас. АҚШ маҳсулотлари қиммат бўлиб қолгач, Хитойда ҳам, бошқа жойда ҳам импорт қилувчилар бошқа арзон маҳсулотларни қидириб, уларга алиштиришади. Эркин иқтисодиёт шундай ишлайди.

Якунда, бугун АҚШ бозорида ўз бренди томонидан 99 $га сотиладиган оддий футболкани ишлаб чиқариш нархи Хитойда 3-4 $ туради. Нархда қолган қиймат АҚШликларга тегишли. Бу бренд, маркетинг, дизайн, сотув билан боғлиқ инфратузилма, инвесторлар пуллари ва ҳоказо. Тарифлар ишлаган тақдирда энди АҚШ бренди маҳсулотни қимматроққа олишга мажбур бўлади. Ўзида ишлаб чиқариш бўлса вариант эмас. Биринчидан, ишчи кучи қиммат, иккинчидан, миллионлаб маҳсулот ишлаб чиқарадиган инфратузилма қуриш 10 йиллаб вақт олади. Инфратузилма ҳам барибир бошқа маҳсулотлар импортига қарам бўлади.

Хуллас, XXI асрда эркин савдосиз, глобализмсиз кучли иқтисодиёт қуриб бўлмайди. АҚШ ҳукумати қандай қилиб АҚШнинг иқтисодий манфаатларига зарар етказаётганини кўриш қизиқарли ва ачинарлидир.

#iqtisodiyot #aqsh #xitoy #siyosat
@allaevuzb
04/08/2025, 19:41
t.me/allaevuzb/6217
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
15
6
2.7 k
Bugunning syurpriz chegirmasi biznes bo'yicha eng yaxshi kitoblardan biri "Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet-do'kon tarixi" kitobiga bo'ldi.

Asaxiyda ancha ilhomlanganmiz bu kitobdan. Kitob "Zappos" internet-do'koni ochilishi va keyinchalik Amazon marketpleysiga 1 mlrd AQSH dollariga sotilishi haqida.

Xullas, tadbirkor do'stlarga #tavsuyu!

https://asaxiy.uz/uz/product/toni-shej-baht-etkazish-milliard-dollarlik-internet-dukon-tarihi-buyurtma-asosida

#chegirma #biznes #marketpleys
@allaevuzb
04/08/2025, 17:04
t.me/allaevuzb/6216
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
21
4
2.7 k
Markaziy Bank 9-aprelga dollar kursini e'lon qildi. Kurs 12 960 So'm.

E'tiborni tortgan narsa, 2025-yilda kursning stabilligi bo'ldi.
Bank saytidan tekshirdim, 9-yanvar kuni rasmiy kurs 12 962 So'm bo'lgan.

2024-yil bilan solishtirganda, o'tgan yili kurs 9-yanvardagi 12 390 So'mdan 9-aprelda 12 675 So'mga chiqqan edi.

#kurs
@allaevuzb
04/08/2025, 16:57
t.me/allaevuzb/6215
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
24
18
2.5 k
Asaxiydan navbatdagi PREMYERA - qardosh qozoq tadbirkori Marg‘ulan Seysemboy kitobi sotuvda!

Uddalasa bo‘ladigan vazifa: Baxtli hayot texnologiyasi

Marg‘ulan Seysemboy "Uddalasa bo‘ladigan vazifa" kitobida o‘zining hayotiy tajribasi, muvaffaqiyat sari yo‘li va hayotdagi missiyani topish jarayonini samimiy va ochiq tarzda o‘rtoqlashadi.

Kitob tadbirkorlar va biznesga qiziqqanlar uchun foydali mavzularni ko‘taradi:
✅ Katta maqsadlarni oddiy vazifalarga ajratish texnikalari;
✅ Samarali menejment va moliyaviy boshqaruv sirlari;
✅ Rejalashtirish va unumdorlikni oshirish usullari;
✅ Tadbirkor sifatida shaxsiy va professional o‘sish yo‘llari haqida.

Kitob "Xalq banki" bilan hamkorlikda chop etildi. Kitobxonlikka qo‘shayotgan hissasi uchun bank rahbariyatidan minnatdormiz.

Tarjimon: Muhabbat Yo‘ldosheva
Muqova: qattiq
Sahifa: 496 bet
Narxi: 99 000 so‘m
Premyera chegirmasida: 80 000 so‘m

Buyurtma bering va hayotiy vazifangizni topishga kirishing: asaxiy.uz/u/margulan_seysemboy

@asaxiybooks
04/08/2025, 13:30
t.me/allaevuzb/6214
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
58
13
2.9 k
Yaxshi yangiliklardan Vyetnam bilan vizasiz rejim joriy qilinishi mumkin ekan. Bu haqida muzokara bo'libdi.

Turizmda Tayland, Indoneziya va Malayziyaga yaxshi analog. Oxirgi yilda Nyachang eng ommabop yo'nalishlardan biriga aylangan edi. Hozirda viza turistik kompaniyalar tomonidan registratsiya qilinadi.

Qishda Toshkentdan Fukuok shahriga, yozgi mavsumda Nyachangga reyslar uchadi. Bu yil may oyidan Da Nang ham qo'shildi.

Viza bekor bo'lishi O'zbekistonliklar uchun yaxshi yengillik bo'ladi.

PS: Vyetnam haqiqatdan juda go'zal mamlakat. Rasmda Vyetnamdagi Ha Long ko'rfazi.

#viza
@allaevuzb
04/08/2025, 10:55
t.me/allaevuzb/6213
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
66
38
2.9 k
Har kuni 500 bet kitob o‘qiyman. Bilim shunday ishlaydi. U murakkab foizlar singari yig‘ilib boradi. Hammangiz uddalay olasiz, lekin ko‘pchiligingiz uddalay olmasligingizga kafolat beraman.

- Uorren Baffet.

P.s. Dunyodagi eng boy odamlardan biri.
04/08/2025, 09:57
t.me/allaevuzb/6212
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
6
13
3.0 k
Акмал Икромов – халқ душмани ёки халқ фарзанди?

"Коммунист! Халқни қириб битираётганлардан бири!" – асрда Акмал Икромовга ана шундай мазмунда хатлар келиб турарди. Ундан шубҳаланганлар ҳам, очиқчасига айблаганлар ҳам етарлича эди. Кимдир уни СССРнинг итоаткор одами деб билди, кимдир эса аслида у халқни ҳимоя қилишга уринаётганини англаб етди.

Бугун биз Икромов ким бўлгани ҳақида аниқроқ гапира оламизми? Тарихчи олим Баҳром Ирзаев Қурултой подкастининг махсус сонида бу мураккаб шахсни бошқача нуқтаи назардан очиб беришга ҳаракат қилган.

Видео ҳаволаси🔽
https://youtu.be/BvcbU1a1cz4?si=Xy7bU_HEto8Hh0Ua


#podcast
@allaevuzb
04/08/2025, 09:14
t.me/allaevuzb/6211
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
54
2
3.1 k
Ayni vaqtda sizga uxlashga nima halaqit bermoqda?
04/07/2025, 21:34
t.me/allaevuzb/6210
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
28
10
3.4 k
Agar 17 yoshli oʻzingizga bitta nasihat qilish imkoni boʻlsa, nima nasihat bergan boʻlar edingiz?
04/07/2025, 19:01
t.me/allaevuzb/6209
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
83
9
3.3 k
Oila aʼzolaridan birining spirtli ichimliklar ichishi oilangizga va bolaligingizga taʼsir koʻrsatganmi? Ha boʻlsa, qanaqa taʼsir?
04/07/2025, 14:48
t.me/allaevuzb/6208
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
26
24
3.4 k
Yandex Go ilovasida Market marketpleysi ishga tushdi

Muxim jihatlar:
✅Faoliyat modeli tanlovi (FBY yoki FBS);
✅ Platforma tomonidan startda qo‘llab-quvvatlash: ayrim chegirmalar market tomonidan qoplanadi;
✅ Omborda elektron navbat
✅ Xaraidorlar uchun — Yandex Split orqali muddatli to‘lov;
✅ Daromad kalkulyatori.

Yangi marketpleysning bozorga chiqishi katta reklama kampaniyasiga qo‘shimcha trafik boshlanishi bilan birga keladi.

📲Ro‘yxatdan o‘tish.



#marketpleys #biznes
@allaevuzb
04/07/2025, 13:29
t.me/allaevuzb/6207
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
182
39
3.7 k
#facebook
@allaevuzb
04/07/2025, 11:39
t.me/allaevuzb/6206
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
23
12
3.1 k
Дезинформация — бу кимдир учун фойда келтирадиган, бошқа биров учун хатарли бўлган қурол. У шунчаки нотўғри маълумот эмас, балки сизга таъсир ўтказишга қаратилган восита. Ушбу жараён ортида кимлар турибди?


Бу ҳақда қуйидаги видео орқали билиб олинг: https://youtu.be/8ApBqBncyog?si=htEF0vRodKtaTv6g
04/06/2025, 20:05
t.me/allaevuzb/6205
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
23
16
2.9 k
Oʻz ichingizdagi gaplarni turmush oʻrtogʻingizga erkin aytib bilasizmi? Aytolmasangiz nima toʻsqinlik qiladi?
04/06/2025, 19:00
t.me/allaevuzb/6204
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
23
7
3.0 k
Qanday malaka yoki ko‘nikmaga ega bo‘lish hayotingiz sifatini oʻzgartirgan boʻlardi?
04/06/2025, 17:15
t.me/allaevuzb/6203
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
22
6
2.6 k
Bugunning syurpriz chegirmasi.

Tungi 23-59ga qadar:
asaxiy.uz/u/ajibyangi

@asaxiybooks
04/06/2025, 17:08
t.me/allaevuzb/6202
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
50
11
3.0 k
Oxirgi bir yilda qilgan harakatlaringiz evaziga nimaga erishdingiz?
04/06/2025, 14:16
t.me/allaevuzb/6201
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
65
54
2.6 k
Феруз Аллаев ажойиб савол қўйди, ростан ҳам охирги кунларда Машҳурбекнинг “Сиқилма” қўшиғи анча оммалашди. Қўшиқ ўзига хос қурбон психологиясини тарғиб қилмоқда, бизда бу каби қўшиқлар, кино ва китоблар оммалашувининг бир неча сабаблари бор:



1. Тарихий мерос: тоталитар тизимнинг излари

Совет иттифоқи даврида одамлар мустақил фикрлашга ўргатилмаган. Доимий назорат, репрессия, ва “ютуқлар учун раҳмат айтиш керак, лекин норозилик билдириш мумкин эмас” деган қараш шаклланган. Бу туфайли одам ўз муаммолари учун ўзини масъул деб билмасдан, “тақдир шундай, давлат шундай, одамлар шундай” деб ўзини оқлашга ўрганган.

Бу қараш ҳали ҳам ижтимоий маданиятимизда яшаб турибди. Шунинг учун ҳам:
• Қўшиқларда “мен севдим, лекин у кетди”, “мен бахтсизман, чунки ҳаёт шундай”
• Китобларда эса қаҳрамон ҳар доим жабр чекувчи, у ўзгариш қилмайди, фақат интизорликда яшайди.



2. Қурбон психологияси одамга таскин беради

Агар одам муаммоси учун ўзини айбдор деб билса, у ҳолда ўзгариш қилиш керак бўлади. Бу эса оғриқли жараён.

Лекин:

“Мен қурбонман, менга ёмон қилишди, мен бахтсизман, чунки ҳаёт шундай” — дейиш анча осон.

Бундай ёндашув одамни ўзгаришдан сақлайди, лекин шу билан бирга ўша оғриқли ҳолида сақлаб туради. Афсуски, кўпчилик учун бу кўпроқ руҳий таскин беради, шунинг учун ҳам бу турдаги контент машҳур.



3. Миллиий эстрадамизда қурбонлик романтика сифатида кўрсатилади

Қарийб ҳар иккинчи қўшиқда:
• Йигит: “у кетди, мен ҳали ҳам уни кутаман…”
• Қиз: “мен севдим, лекин тақдир қўшмади…”

Эътибор беринг — ҳаракат йўқ, фақат кутув, азоб, интизорлик. Бу пассив ҳолат, ва у романтик сифатида кўрсатилади. Бу эса томошабиннинг ҳиссиётини уйғотади, лекин унда фаолият уйғотмайди.



4. Қурбонлик – маркетинг жиҳатидан яхши сотилади

Тадқиқотлар шуни кўрсатадики, одамлар қайғули контентни кўпроқ эслаб қолишади. Шунинг учун ҳам продюсерлар, нашриётлар ва муаллифлар одамнинг кўнглини ўйғотадиган, лекин уни фаол ҳаракатга ундамайдиган нарсаларни кўпроқ яратишади.



5. Умумий саводхонлик ва шахсий ривожланиш пастлиги

Ўз-ўзини ривожлантириш, масъулият, танлов ва психологик етуклик каби тушунчалар ҳали кенг тарқалмаган. Аксарият аудитория ҳали ҳам “ташқи омиллар менинг тақдиримни ҳал қилади” деб ўйлайди. Шунинг учун ҳам илҳомлантирувчи, фаолликка ундовчи китоблардан кўра, “азоб, дард, интизорлик” ҳақидаги романлар кенг тарқалади.

@bektoshkhatamov
04/06/2025, 13:34
t.me/allaevuzb/6200
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
36
12
2.8 k
✅ Men ham shuni doim o’ylayman va hayron qolaman.

Ba’zida televizorda yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda biror bir qo’shiqning klipini yoki qo’shiq so’zlariga yaxshilab e’tibor bersangiz mavzu deyarli bir hil.

Yigit kishi doim muommoda bo’ladi yoki puli yo’q, omadi yurishmagan, qizi yoki ayoli boshqasi bilan yurib ketgan, do’sti hiyonat qilgan va hokazo.

Nega bunday?, nega erkak kishini muvaffaqiyatli hayoti deyarli olib chiqilmaydi?, axir ham moliyaviy tomonlama yaxshi holatda, oilasi bilan yaxshi yashayotgan obrazlarni ko’proq targ’ib qilsa o’sha yaxshi emasmi?, qolganlar ham shunga qarab havas qilmaydimi?

Balki shunaqa mavzular tezroq ommalashar, balki jamiyatda shunaqa odamlar ko’p deb o’ylashar.

Bilmadim…..

https://t.me/javokhirbek_salesblog
04/06/2025, 13:26
t.me/allaevuzb/6199
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
58
32
3.3 k
Nima uchun bizda noliydigan, qurbon psixologiyasini targ'ib qiladigan qo'shiq, kino va kitoblar ko'proq ommalashadi?
04/06/2025, 12:40
t.me/allaevuzb/6198
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
24
15
3.0 k
Agar sizda jamiyatdan bitta illatni yoʻq qilish imkoni boʻlsa, u qaysi illat boʻlardi?
04/06/2025, 11:41
t.me/allaevuzb/6197
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
52
17
2.8 k
Agar pul topish muammo boʻlmaganda, aynan hozir qaysi ish bilan shugʻullanayotgan boʻlardingiz?
04/06/2025, 07:17
t.me/allaevuzb/6196
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
89
32
3.2 k
Agar hamma siz kabi yashasa, dunyo yaxshiroq joy boʻlardimi yoki yomonroq?


#savol
@allaevuzb
04/05/2025, 22:35
t.me/allaevuzb/6195
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
61
22
3.1 k
Tonggi mutolaa jarayonida kelgan mulohazalar.
Koʻpchilik kitoblar va treninglarda, intervyularda buyuk tadbirkorlarni, menejerlarni tavakkalchiligi, liderligi, strategligi va innovatorligini aytadi. Lekin, ularni muvaffaqiyatga undaydigan boshqa bir muhim faktorni kamdan kam aytishadi. Bu stressga chidamlilik. Miyada chiroq yonib, ajoyib biznes gʻoya kelishi yaxshi, uni amalga oshirish uchun pul ham topilishi yaxshi. Lekin, uni amalga oshirish va keyinchalik ushlab qolish uchun kuchli shaxsiyat, stressga chidamlilik kerak. Stressga chiday olmasa, bosimga, tanqidga, haqoratlarga chiday olmasa u muvaffaqiyatli biznes qura olmaydi.

Biznesni katta va kichik muammosini koʻrib, mushtni stolga yoki mashina ro'liga bir urib, ichidan oʻtganini oʻzi bilib, keyin oʻzini qoʻlga olib yechim izlagan tadbirkorlar mani yaxshi tushunishdi. Yillab umringni sarflab, bolangdek oʻstirgan biznesdan ayrilib qolishga yaqin qolgan tadbirkorlar ham buni juda yaxshi bilishadi.

Yaqinda bir tadbirkor akamiz, joynamoz ustida turib oʻzini tiyolmasdan yigʻlab yuborganini, keyin yengil tortib yechim izlab davom etganini aytib berdi.

Stress yoqimsiz holat, lekin unga chidamlilik hayotda katta narsalarga erishish uchun muhim shart.


05.04.2023

#biznes #mulohazalarim
@allaevuzb
04/05/2025, 14:46
t.me/allaevuzb/6194
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
12
5
2.7 k
Ислом цивилизацияси марказининг музейида "Манара" маркази тажрибаси асосида халқаро стандартда хизмат кўрсатилади.

Ислом цивилизацияси маркази шу йилнинг сентябрь ойида очилади.

Музейга ташриф буюрадиган меҳмонларга юқори савияда хизмат кўрсатиш мақсадида марказнинг бир гуруҳ илмий ходимлари БААда малака ошириш учун юборилади. Бу жараён “Манара” маркази раҳбарияти таклифи асосида амалга оширилади.



Бу учун Ислом цивилизацияси маркази ва БААнинг “Манара” маркази ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланган. Унга кўра, Ўзбекистондаги марказ биносида “Манара” марказининг филиали фаолияти йўлга қўйилади.

Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказида Абу-Дабидаги “Манара” Ҳамжиҳатликда яшаш ва минтақавий мулоқот маркази билан ҳамкорликда “Мулоқот, ҳамжиҳатлик ва истиқбол” мавзусида давра суҳбати ўтказилган.

Давра суҳбатида "Манара" маркази раҳбари доктор Али Рошид ал-Нуаймий ҳам сўзга чиққан:

"Икки давлат ўртасидаги истиқболли режалар амалга оширилмоқда. Бу мамлакатлар ўртасидаги дўстлик, ҳамжиҳатлик ва ҳамкорлик алоқалари равнақ топишига ўз ҳиссасини қўшади. Муҳтарам Президент Шавкат Мирзиёевнинг ташаббуси билан барпо этилаётган Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази ислом олами учун жуда катта воқелик бўлди. Бу муҳим ташаббус Ўзбекистонни янада дунёга танитади, кўплаб олимлар, меҳмонлар ва илм аҳлини бир ерга тўплайди. Марказнинг очилиши мамлакат тараққиёти ва янада барқарор ривожланиши учун тамал тош вазифасини ўтайди, деб ўйлайман."
04/05/2025, 14:37
t.me/allaevuzb/6193
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
Repost
82
28
2.4 k
Oʻzbek tilini talab qilish huquqimiz haqida:

1. Davlat tili haqida qonunning 1-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.

Qonunning 8-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.

Qonuning 9-moddasi, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.

Qonunning 10-moddasi, Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.

2. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida qonunning 5-moddasi, Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.

3. Mehnat kodeksining 4-moddasi, Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Bular ichida til ham sanab oʻtilgan. Boshqa tilga imtiyoz berish ham kamsitish hisoblanadi.

4. Reklama toʻgʻrisida qonuning 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.
04/05/2025, 11:53
t.me/allaevuzb/6192
AL
Allaev Uz
14 434 subscribers
23
6
2.6 k
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchi huquqlarini himoya qilish qo'mitasi eksklyuziv huquqlar berilgan kompaniyalar ro'yxatini e'lon qildi.

Ro'yxatdan 67ta kompaniya joy olgan.

Ro'yxatda kimga nima ekslyuziv huquq berilgani aks etgan. Huquqlar konfedensial qilib berilgan kompaniyalar ro'yxatdan tushib qolgan. Masalan, Gazeta Uz UzImei ro'yxatga kirmaganini ta'kidlab o'tmoqda.


E'tiborli tomoni, ro'yxatda mahsulotlar markirovkasi masalasida ekslyuziv huquqqa ega "Asl belgisi" operatori ham bor. Operator xususiy CRPT Turon kompaniyasiga tegishli.

Ro'yxat e'lon qilinganligining o'zi ham yaxshi yangilik.

PS: Yuridik rasmiy tilni bir chetga surib qo'ysak, kompaniyaga davlat tomonidan eksklyuziv huquqni "monopoliya huquqi" desak bo'ladi. Bu o‘sha biznesga yoki kompaniyaga ma’lum bir faoliyatni yolg‘iz o‘zi amalga oshirishga hukumat tomonidan ruxsat berilishi yoki qonuniy imtiyozlar taqdim etilishi degani.

#biznes #monopoliya
@allaevuzb
04/05/2025, 10:14
t.me/allaevuzb/6191
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria