Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
TR
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
https://t.me/training_institute_for_lawyers
Channel age
Created
Language
Uzbek
1.3%
ER (week)
18.88%
ERR (week)

🏢 Toshkent sh. Mirzo Ulug'bek tumani, Katta Darxon 6

🌐 https://uzmarkaz.uz/

☎️ (71) 200-02-35

📥 uzmarkaz@exat.uz

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 829 results
#ilmiy_kengash_faoliyati

✅ Bugun 21-aprel kuni Toshkent davlat yuridik universiteti tadqiqotchisi To‘rayev Sardor Abdiuxakim o‘g‘lining “Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan ayrim turdagi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusidagi, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” hamda “12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar)” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi yetakchi tashkilotda muhokamaga bag‘ishlangan ilmiy-uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/21/2025, 17:02
t.me/training_institute_for_lawyers/10570
#oʻquv_jarayoni

⚡Sug‘urta tashkilotlari yuqori boshqaruv organlari xodimlarining sug‘urta ishi bo‘yicha malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv kursdan video lavha

📞 Ma’lumot uchun telefon:
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/21/2025, 16:03
t.me/training_institute_for_lawyers/10569
🤝 Hamkorlik kelishuvi imzolandi

🔷 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi

Ushbu hamkorlik kelishuvining asosiy maqsadi ilmiy va madaniy-ma’rifiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarni o‘tkazish, axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tinglovchi-talabalarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan foydalanishda amaliy ko‘mak berish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan iborat.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/21/2025, 14:01
t.me/training_institute_for_lawyers/10566
⚡"Meditorlikka tayyorlash" nomli maxsus kursning o‘quv jarayoni

📢Ushbu o‘quv kursi keng jamoatchilik va turli soha vakillari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 40 soatlik dars mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.

📞 Ma’lumot uchun telefon:
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/21/2025, 11:03
t.me/training_institute_for_lawyers/10565
🧷 6 oylik kurslarga qabul boshlandi!

➡️ Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

✅Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

⏰Hujjatlarni qabul qilish 20-apreldan 20-mayga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 150 nafar (o'zbek guruhi - 125 nafar, rus guruhi - 25 nafar); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 216 165 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ 71 233 22 14
☎️ 71 233-66-36 (1018)

👉@Training_institute_for_lawyers
👉@centertsul
04/21/2025, 10:03
t.me/training_institute_for_lawyers/10563
📢 DIQQAT! Yangi ish imkoniyati!

👨‍👧‍👧 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘qituvchi lavozimi uchun bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini e’lon qiladi.

📚 Sizda yuridik sohaga oid chuqur bilim, pedagogik salohiyat va tajriba bormi?
Unda biz sizni institut jamoasining bir qismiga aylanishga taklif etamiz!

🔍 Taklif qilinayotgan lavozim:
Professor-oʻqituvchilar tarkibiga

📌 Ariza topshirish:
E’lon haqida batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting:
🔗 https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1543#

⏰ Arizalar qabul qilinadigan muddat bilan o‘z vaqtida tanishing va imkoniyatni boy bermang!
04/21/2025, 09:33
t.me/training_institute_for_lawyers/10562
#yangilik

Abituriyentlar uchun yangi imkoniyat!🎉

📲“Huquq maktabi” mobil ilovasida yangi “Abituriyentlar uchun testlar” bo‘limi ishga tushirildi.

📝Ushbu bo‘limdagi testlarni bajarish orqali foydalanuvchilar huquqiy bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

✅Barcha testlar huquqiy manbalarga tayangan holda soha mutaxassislari tomonidan shakllantirilgan.

📲 Ilovani IOS va Android orqali yuklab oling va yangi imkoniyatlardan foydalanib bilimingizni mustahkamlang!

Kanalga ulanish:
👉@huquq_talimi
04/21/2025, 08:59
t.me/training_institute_for_lawyers/10561
#bilasizmi

❓ 3 yoshga to‘lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/21/2025, 08:34
t.me/training_institute_for_lawyers/10560
#Bilasizmi

Geografik koʻrsatkich nima?

Batafsil javob videoda…

✅ kanalga a’zo bo’lish
04/20/2025, 07:07
t.me/training_institute_for_lawyers/10558
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko'ra, bosqinchilik, ya'ni o'zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🔍 Agar bosqinchilik qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo'lgan boshqa narsalarni ishlatib sodir etilgan bo'lsa 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
04/19/2025, 06:18
t.me/training_institute_for_lawyers/10556
#tinglovchidan_savol

Tinglovchi: Tashkilotimizga juda ko‘p marotabalab anonim murojaatlar tushmoqda. Bunday toifadagi murojaatlar bilan qanday ish yuritish lozim?

Javob: “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasiga asosan, anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi. Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi hamda u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
(Mutaxassis: Sh. Jumayev)

Asos: (O‘RQ–445, 29-modda)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/18/2025, 16:33
t.me/training_institute_for_lawyers/10555
📚 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi hamda uning hududiy shoʻbalarining notariat sohasiga mas’ul xodimlari uchun tashkillashtirilgan o'quv kursi yakunlandi hamda kurs bitiruvchilariga SERTIFIKATLAR topshirildi.

👥 Mazkur o‘quv kursimizda yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan Institut professor-o'qituvchilari bilan birga amaliyotchilar dars olib bordilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/18/2025, 13:47
t.me/training_institute_for_lawyers/10554
📚 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi hamda uning hududiy shoʻbalarining notariat sohasiga mas’ul xodimlari uchun tashkillashtirilgan o'quv kursi yakunlandi hamda kurs bitiruvchilariga SERTIFIKATLAR topshirildi.

👥 Mazkur o‘quv kursimizda yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan Institut professor-o'qituvchilari bilan birga amaliyotchilar dars olib bordilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/18/2025, 13:36
t.me/training_institute_for_lawyers/10548
#Bilasizmi #Mehnat_huquqlari

⚠️Qonunchilikka ko'ra, yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so'mgacha maxsus oylik ustamalar to'lash ko'zda tutilgan.

📃Ustamalar ularning birinchi 3 yillik mehnat faoliyati uchun belgilanadi.

✔️Bunda maxsus oylik ustamalar har oyda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

🔹birinchi yil uchun — 1 million so'mdan;

🔹ikkinchi yil uchun — 750 ming so'mdan.

🔹uchinchi yil uchun — 500 ming so'mdan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
04/18/2025, 12:29
t.me/training_institute_for_lawyers/10547
❗️Shartnomalarga ishonchingizni oshiring, xatolardan himoyalaning!

📉 Biznesdagi yuridik xatolar va moliyaviy xavflarni kamaytirishni istaysizmi?

📞 Unda kursimiz aynan siz uchun!
Hoziroq biz bilan bog‘laning:
+998 71 234 53 46
+998 91 191 47 84

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/18/2025, 12:05
t.me/training_institute_for_lawyers/10546
#bilasizmi

✅ Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilar suhbat shaklida o‘tkaziladigan kirish imtihonlariga ko‘ra qabul qilinadi.

⚡ Kirish imtihonlari yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi, huquq sohasidagi tayanch bilimlar va tahliliy fikrlashni aniqlash nuqtai nazaridan o‘tkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/18/2025, 11:05
t.me/training_institute_for_lawyers/10545
#oʻquv_jarayoni

✅ Kasbiy psixologik rivojlanish

➡️ Instituti tomonidan Jizzax viloyatida advokatlar guruhi tinglovchilari uchun "Advokatning kasbiy faoliyatida psixologik kompetensiyalar ko‘nikmalarini rivojlanishi" mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🔘 Mashg‘ulotlar amaliy psixolog, tajribali o‘qituvchi Dilbar Xojimuhamedova tomonidan olib borildi. Dars jarayonlari “case study”, “aqliy hujum”, “esse” kabi innovatsion texnologiyalar asosida interaktiv uslubda o‘tkazildi.

⚡ Tinglovchilar shaxs psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, shaxsning stressga chidamlilik ko‘nikmalari, turli xil muammoli, nizoli va stressli vaziyatlarda advokatlar salomatligini saqlash maqsadida sog‘lom coping strategiyalari hamda frustratsion bag‘rikenglik usullaridan foydalanish masalalari o‘rganildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/18/2025, 08:31
t.me/training_institute_for_lawyers/10542
#keys_tahlili

➡️ Savol: Ommaviy qabul vaqtida fuqaroning og‘zaki bergan murojaati joyida hal etildi. Tegishli tashkilotning mas‘ul xodimi esa bu murojaatni alohida ro‘yxatga olmadi. Keyinchalik ushbu tashkilot rahbari bundan xabar topib, murojaatlar bo‘yicha noto‘g‘ri ish yuritilganini bildirib, har qanday murojaat albatta ro‘yxatga olinishi shart ekanini, mazkur holat bo'yicha esa xodim intizomiy javobgarlikka tortilishini ma'lum qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering

➡️ Javob: Birinchidan, davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan mansabdor shaxsiga ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal etilgan og‘zaki murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi. Shu bois, keysda keltirilgan tashkilot rahbari mas’ul xodimga nisbatan intizomiy ta’sir chora qo‘llashi to‘g‘ri bo‘lmaydi.
ASOS: O‘RQ–445, 23-modda, VMQ–341, 38-bandi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/17/2025, 16:04
t.me/training_institute_for_lawyers/10540
📢Butunrossiya Davlat Adliya Universiteti delegatsiyasi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi

➡️ 2025-yil 17-aprel kuni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga Butunrossiya Davlat Adliya Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekistonda notariat tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va natijalari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, ilg‘or milliy tajribani o‘rganishdan iborat.

💭 Institut direktori Y. Kanyazov mehmonlarga institut faoliyati, xususan, notariuslar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslari, dars mashg‘ulotlarining o‘quv-uslubiy asoslari, tajribali professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida olib borilayotgan darslar haqida batafsil ma’lumot berdi.

✅ Ushbu uchrashuv do‘stona hamkorlikni mustahkamlash, yuridik kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirish va ikki tomonlama ilmiy-amaliy aloqalarni yanada chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/17/2025, 15:25
t.me/training_institute_for_lawyers/10537

04/17/2025, 14:11
t.me/training_institute_for_lawyers/10534
🟢Soha vakilidan eksklyuziv dars – tinglovchilarimiz uchun!

🔘Bizning kursda sizni nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyot kutmoqda. Bugungi dars soha ichidan bo‘lgan mutaxassis Notarial palatasi boʻlim boshligʻi Z.Musayeva bilan!

📞Kursga yozilish uchun biz bilan bog‘laning:
+998 71 234 53 46
+998 91 191 47 84

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/17/2025, 12:03
t.me/training_institute_for_lawyers/10533
📢 DIQQAT! Yangi ish imkoniyati!

👨‍👧‍👧 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘qituvchi lavozimi uchun bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini e’lon qiladi.

📚 Sizda yuridik sohaga oid chuqur bilim, pedagogik salohiyat va tajriba bormi?
Unda biz sizni institut jamoasining bir qismiga aylanishga taklif etamiz!

🔍 Taklif qilinayotgan lavozim:
Professor-oʻqituvchilar tarkibiga

Dars berish yo‘nalishi: yuridik fanlar (an’anaviy va zamonaviy yondashuv asosida)

🏛 Biz sizga taklif qilamiz:
✅ Barqaror va nufuzli ish joyi
✅ Yuqori malakali jamoa bilan ishlash imkoniyati
✅ Ilmiy va amaliy faoliyatni uyg‘unlashtirish
✅ Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan dars auditoriyalari
✅ Karyera o‘sishi va o‘z ustida ishlashga keng imkoniyatlar

📌 Ariza topshirish:
E’lon haqida batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting:
🔗 https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1543#

⏰ Arizalar qabul qilinadigan muddat bilan o‘z vaqtida tanishing va imkoniyatni boy bermang!
04/17/2025, 10:02
t.me/training_institute_for_lawyers/10532
Ayni damda Butunrossiya Davlat Adliya Universiteti delegatsiyasi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/17/2025, 09:21
t.me/training_institute_for_lawyers/10531
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari belgilandi

📌 2025-yil 19-mart kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 171-son qaroriga muvofiq, Institut faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilab berildi.

✅ Ushbu qaror, malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/17/2025, 09:03
t.me/training_institute_for_lawyers/10530
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasi jadallashtiriladi

“Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizasiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ-142-son, 15.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan banklarga va ular huzuridagi investisiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so'ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to'g'ridan-to'g'ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo'lib-bo'lib to'lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etiladi.

✅Tijorat banklariga qarzdorliklarni so'ndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investisiya kompaniyalari orqali to'xtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi beriladi.

📝2025-yil 1-sentabrdan da'vo arizasi bo'yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish uchun da'voning maksimal bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravarigacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 100 baravarigacha, jismoniy shaxslarga nisbatan 50 baravarigacha oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
04/17/2025, 07:25
t.me/training_institute_for_lawyers/10527
#ilmiy_kengash_faoliyati

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tadqiqotchisi Xamdamova Feruza O‘razaliyevnaning “Raqamli davrda xalqaro huquqning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi 12.00.10 – “Xalqaro huquq” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi yetakchi tashkilotda muhokamadan o‘tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | Facebook | Instagram | Telegram|
04/16/2025, 18:06
t.me/training_institute_for_lawyers/10526
⚡️6 oylik kurslarga qabul boshlanmoqda!

❗️Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanmoqda.

🎓Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

⏰Hujjatlarni qabul qilish 20-apreldan 20-mayga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 150 nafar (o'zbek guruhi - 125 nafar, rus guruhi - 25 nafar); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 216 165 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ 71 200 02 35
☎️ 71 233-66-36 (1018)

👉@Training_institute_for_lawyers
👉@centertsul
04/16/2025, 16:30
t.me/training_institute_for_lawyers/10525
#ilmiy_kengash_faoliyati

🇺🇿Bugun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining katta o'qituvchisi, Bosh prokuratura Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tadqiqotchisi Jumayev Shohjahon Begimqul o'g'li O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining navbatdagi Kengash yig'ilishida ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | Facebook | Instagram | Telegram|
04/16/2025, 15:33
t.me/training_institute_for_lawyers/10524
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari belgilandi

📌 2025-yil 19-mart kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 171-son qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/7437170) muvofiq, Institut faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilab berildi.

✅ Ushbu qaror, malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/16/2025, 15:05
t.me/training_institute_for_lawyers/10523
❗️Tajribali yuristlardan bepul huquqiy maslahat oling

O‘zingizni qiynayotgan va qiziqtirgan har qanday huquqiy sohadagi savollarga malakali yuristlardan bepul maslahat oling.

Savol berish uchun https://advice.uz/uz/offices saytidagi "Huquqiy yordam kerakmi?" panelidan (tugmasidan) foydalaning.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
04/16/2025, 14:33
t.me/training_institute_for_lawyers/10522
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari belgilandi

📌 2025-yil 19-mart kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 171-son qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/7437170) muvofiq, Institut faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilab berildi.

✅ Ushbu qaror, yuridik sohada malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
04/16/2025, 11:02
t.me/training_institute_for_lawyers/10521
#oʻquv_jarayoni

🔘Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan Adliya vazirligi notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi hamda uning hududiy shoʻbalarining notariat sohasiga mas’ul xodimlari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi.

🔘Mazkur o‘quv kursi sohalar faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda dolzarb qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan.

🔘O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilib, turli holatlar bo‘yicha muhokamalar tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/16/2025, 10:38
t.me/training_institute_for_lawyers/10520
#bilasizmi?

❓Bolalar nafaqasi necha yoshgacha beriladi?

➡️Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

➡️Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi. Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.

👉 Batafsil bu yerda

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/16/2025, 10:38
t.me/training_institute_for_lawyers/10518
#Diqqat ❗️

❗️HURMATLI ADVOKATLAR!

⌛ Biz sizni "Uy-joy ijarasi bo'yicha nizolarda advokat ishtiroki o‘quv kursi"da kutib olishga tayyormiz.

▫️Bu kurs sizning professional rivojlanishingizga yangi yo'nalishlar ochadi, va sizni ushbu muhim sohada yetakchi mutaxassisga aylantiradi.

Ma'lumot uchun:
+998 71 234 53 46
+998 91 191 47 84

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/16/2025, 08:03
t.me/training_institute_for_lawyers/10517
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qishloq xo'jaligi tavakkalchiliklarini sug'urta qilish tartibga solinadi

“Qishloq xo'jaligi tavakkalchiliklarini sug'urta qilish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1056-son, 14.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qonun qishloq xo'jaligi tavakkalchiliklarini sug'urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

📝Qishloq xo'jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar qishloq xo'jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda quyidagi bir yoki bir necha tavakkalchiliklar bo'yicha qishloq xo'jaligi sug'urtasi shartnomalarini tuzadi:

▪️tabiiy va texnogen ofatlar;
▪️yong'in;
▪️o'simliklarning zararkunandalar va kasalliklardan zararlanishi;
▪️qishloq xo'jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari tarqalishi va zaharlanishi;
▪️yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarning payhon qilinishi yoki qishloq xo'jaligi hayvonlariga zarar yetkazilishi;
▪️uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari.

✔️Qishloq xo'jaligi vazirligi ushbu sohada muvofiqlashtiruvchi davlat organidir.

❇️Qishloq xo'jaligi sug'urtasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash sug'urta mukofotlarining bir qismini hamda yetkazilgan zararning sug'urta mukofotlari va qayta sug'urta qilish mablag'lari hisobidan kompensasiya qilinmagan qismini qoplash uchun byudjet subsidiyalari ajratish orqali amalga oshiriladi.

📃Hukumat tomonidan qishloq xo'jaligi sug'urtalovchisi sifatida Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi tashkil etiladi.

📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
04/16/2025, 07:25
t.me/training_institute_for_lawyers/10516
#kun_tarixi

Bugun 16-aprel – Butunjahon ovoz kuni

Xalqaro ovoz kunini tashkil etishdan maqsad tibbiyot mutaxassislarining, shuningdek yer yuzidagi barcha odamlarning e’tiborini inson ovozi fenomeniga jalb qilishdir - bu odamlar bilan muloqot qilish, his-tuyg’ularini ifoda etish, ovozning go‘zalligidan zavqlanish va hokazo.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/16/2025, 07:13
t.me/training_institute_for_lawyers/10515
✅ Kasaba uyushmasining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi

🟢2025-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2024–2026 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining 2024-yil 21-dekabrdagi IX-3-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

➡️Bunda 2020–2024 yillar davomida bajarilgan ishlar yuzasidan Institut kasaba uyushmasi raisi O‘.Jalolovning hisoboti tinglandi. Muzokaralarda qo‘mitaning ish faoliyati qoniqarli deb baholandi.

⚡ Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari qayta saylandi, hamda kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/15/2025, 16:03
t.me/training_institute_for_lawyers/10512
#oʻquv_jarayoni
#sayyor_mashgʻulotlar

Sayyor dars mashg'ulotlari tashkil etildi

✅ Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan Jizzax viloyatida advokatlar guruhi tinglovchilari uchun sayyor dars mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

Unda dars mashg'ulotlari malakali professor-o'qituvchilar tomonidan olib borilib, tinglovchilar nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/15/2025, 14:02
t.me/training_institute_for_lawyers/10509
#oʻquv_jarayoni

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) Londondagi Vestminster universiteti bilan hamkorlikda 2002-yil 16-yanvarda tashkil etilgan. Universitet Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya mamlakatlari bo‘yicha g‘arbiy uslubda ta’lim beradigan birinchi xalqaro universitetdir.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan Vestminster universiteti talabalari hamda magistrlariga 2024-yil 18-oktabrdan 1-semestr mashg‘ulotlari tashkil etilib, 2025-yil 17-yanvardan 2-semestr darslari malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda.

Xususan, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Pedagoglar markazi professori v.b. S.Maripova tomonidan fuqarolik va fuqarolik protsessual huquqi bo‘yicha darslar interfaol hamda zamonaviy usullardan foydalangan holda tashkil etilib kelinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/15/2025, 12:02
t.me/training_institute_for_lawyers/10506
#oʻquv_jarayoni
#sayyor_mashgʻulotlar

Ish o‘rganish amaliyoti Intellektual mulk departamentida boshlandi

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirayotgan patent vakilligiga nomzodlar uchun Adliya vazirligining Intellektual mulk departamentida ish o‘rganish amaliyoti boshlandi.

Amaliyotga o‘qitish jarayonida tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, metodik yordam ko‘rsatish hamda ularning o‘qish va bilimini nazorat qilish maqsadida pedagog maslahatchi sifatida professor v.b. Maripova Sevarxon Aribjanovna boshchilik qilmoqda.

📍Tinglovchilar Intellektual mulk departamenti faoliyati bilan tanishdilar, hamda intellektual mulk huquqiga amal qilish, kontrafakt mahsulotlarga murosasiz munosabatni shakllantirishga oid bilimlarni yanada mustahkamlashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/15/2025, 10:03
t.me/training_institute_for_lawyers/10501
✅✅✅

❓Mehnat qonunchiligi bo‘yicha siz bilgan va bilmagan huquqiy bilimlar faqatgina bizning kurslarda

✅ Kurs davomida siz quyidagilarni o‘rganasiz:

🔘Mehnat shartnomasining to‘g‘ri tuzilishi
🔘Ishdan bo‘shatish va ishdan olishning qonuniy tartibi
🔘Mehnat nizolarini oldini olish va hal qilish yo‘llari
🔘Dam olish, mehnat ta’tili, ish vaqti, ortiqcha ish masalalari
🔘Amaldagi qonunchilikdagi eng so‘nggi o‘zgarishlar

🖊 Nazariy + amaliy mashg‘ulotlar
🎓 Kurs yakunida RASMIY sertifikat beriladi
👨‍🏫 Tajribali mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi

📲Ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘ng‘iroq qiling:
📞+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/15/2025, 09:00
t.me/training_institute_for_lawyers/10500
#oʻquv_jarayoni

✅ Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o'quv kurslarida tahsil olayotgan “Hamkorbank” ATB yuridik xizmat xodimlari uchun malakali professor-o'qituvchilar tomonidan dars mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

Xususan, Institut katta o'qituvchisi Shohjahon Jumayev tomonidan dars mashg'ulotlari zamonaviy interfaol usullar, "keys-stadi", "aqliy hujum" hamda "bumerang" metodlaridan foydalanib qiziqarli tarzda olib borildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/15/2025, 08:35
t.me/training_institute_for_lawyers/10498
#bilasizmi❓

✅Advokatning xatti-harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, sud va prokuratura organlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/15/2025, 08:04
t.me/training_institute_for_lawyers/10497
#kun_tarixi

15-aprel – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/15/2025, 07:00
t.me/training_institute_for_lawyers/10496
Institutning kengash majlisi o‘tkazildi

🔹 Bugun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Kengashining 1-majlisi bo‘lib o‘tdi.

▫️ Yig‘ilishda xodimlar lavozimlar kesimida tanishtirildi, Vazirlar Mahkamasining 171-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati va belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/14/2025, 19:06
t.me/training_institute_for_lawyers/10493
#oʻquv_jarayoni

✅ Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan navbatdagi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati yuridik xizmati xodimlari uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kursiga start berildi.

🔘 Kurs yakunida tinglovchilar qonun ustuvorligini ta’minlashda yuridik xizmatlarning roli va yuridik xizmat xodimlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga oid nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/14/2025, 14:29
t.me/training_institute_for_lawyers/10489
#qabul

❗️Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablardan habardormisiz?
❗️Sug‘urta munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda muammolarga duch kelasizmi?

📣 "Sug'urta huquqi" nomli qisqa muddatli o'quv kursiga taklif etamiz!

▪️Oʻquv dasturi I ▪️ Shartnoma olish

Murojaat uchun:
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84
04/14/2025, 13:36
t.me/training_institute_for_lawyers/10488
#qabul

❗️Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablardan habardormisiz?
❗️Sug‘urta munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda muammolarga duch kelasizmi?

📣 Yuristlar malakasini oshirish markazi "Sug'urta huquqi" nomli qisqa muddatli o'quv kursiga taklif etadi!

▪️Oʻquv dasturi I ▪️ Shartnoma olish

Murojaat uchun:
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84
04/14/2025, 13:01
t.me/training_institute_for_lawyers/10487
#jarayon

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan sug'urta tashkilotlari yuqori boshqaruv organlari xodimlarining sug'urta ishi bo'yicha malakasini oshirishga mo'ljallangan o'quv kursiga strat berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/14/2025, 12:44
t.me/training_institute_for_lawyers/10486
#bilasizmi❓

❗️Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:

🔢 aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
🔢 yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
🔢 og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
🔢 majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
🔢 jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
🔢 zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
🔢 voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
🔢 homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
🔢 jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/14/2025, 10:03
t.me/training_institute_for_lawyers/10485
#oʻquv_jarayoni

Interaktiv usullar yordamida dars mashg'ulotlari tashkil etildi

✅ Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o'quv kurslarida tahsil olayotgan navbatdagi advokatlar guruhi tinglovchilari uchun dotsent Sevarxon Maripova tomonidan "O‘zbekistonda gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari" mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

🔘 Dars mashg‘uloti turli xil interaktiv usullar orqali tashkil etilib, tinglovchilarning mavzu yuzasidan chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Mashg‘ulot davomida tinglovchilar ushbu mavzudagi dolzarb savollarga batafsil javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/14/2025, 08:53
t.me/training_institute_for_lawyers/10482
#iqtibos

Eng yaxshi qonunlar ham, agar ular bajarilmasa, hech narsa emas

Sitseron

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/14/2025, 07:59
t.me/training_institute_for_lawyers/10481
#qabul

📣 MEHNAT HUQUQI BO'YICHA KURSLARGA TAKLIF QILAMIZ!

1️⃣ HR menejment. Mehnat qonunchiligi va mehnat munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari Batafsil

2️⃣ Tashkilotlarning kadrlar bo‘yicha mutaxassislari uchun “Mehnat huquqi” o‘quv kursi Batafsil

3️⃣ Mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzishning amaliy jihatlari Batafsil

Yuristlar malakasini oshirish markazi yuridik sohada yetakchi kadrlar malakasini oshirish va ular salohiyatini yanada mustahkamlashda davom etadi!

Murojaat uchun:
+998 71 234-53-46
+998 91 191 47 84
04/14/2025, 06:59
t.me/training_institute_for_lawyers/10480
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Орол маданият саммити ўтказилади

Манба: ПҚ-130-сон, 28.03.2025 йил.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
04/12/2025, 16:16
t.me/training_institute_for_lawyers/10479
🔹 Huquqiy savolingizga tez va bepul javob👇

https://t.me/advice_uz

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/12/2025, 06:40
t.me/training_institute_for_lawyers/10478
#Adliya_xabari

⚡️ Huquq ta'limi kanali — huquqshunoslik fanlari o'qituvchilari hamda huquq sohasidagi bilimlarni o'zlashtirishga qiziquvchilar uchun kerakli platforma.

✅ Kanaldagi turli o'quv materiallaridan o'qituvchilar darslarda foydalanishi, shuningdek, o'quvchilar esa o'z bilimlarini kengaytirishi va mustahkamlashi mumkin.

📕 Kanalda quyidagilarni topish mumkin:

▪️Video darslar;
▪️Taqdimotlar;
▪️Testlar;
▪️Infografikalar.

📢 Bundan tashqari kanaldan foydalanish orqali huquq ta'limiga oid eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquq_talimi
04/11/2025, 15:21
t.me/training_institute_for_lawyers/10477
#oʻquv_jarayoni

"Agrobank" ATB xodimlari uchun psixologik amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirayotgan "Agrobank" ATB xodimlari uchun o‘qituvchi, amaliy psixolog Dilbar Xojimuhamedova tomonidan "Inson ongi, tafakkuri va dunyoqarashini rivojlantirishda psixologiyaning o‘rni" mavzusida dars mashg'ulotlari olib borildi.

Ochiq muloqot va interaktiv uslublarda olib borilgan dars xodimlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/11/2025, 14:36
t.me/training_institute_for_lawyers/10475
#oʻquv_jarayoni

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan “Halollik vaksinasi tamoyili asosida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi va odob-axloq, davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, Mehnat kodeksi va ijro intizomi masalalari” nomli oʻquv kursi tashkil etildi.

Mazkur kurs doirasida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Boʻka pedagogika texnikumi, Fargʻona davlat universiteti, Jizzax politexnika instituti, Jizzax pedagogika universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Samarqand viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining rahbar va boshqa mas’ul xodimlarining malakalari oshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/11/2025, 14:04
t.me/training_institute_for_lawyers/10473
#seminar_intensiv

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti xodimlari uchun navbatdagi psixologik seminar intensiv o‘tkazildi

Davlat xizmatlari departamentida Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘qituvchisi, amaliy psixolog Dilbar Xojimuhamedova ishtirokida Departament xodimlari uchun "Davlat xizmatlari departamenti xodimlarining psixologik kompetensiyasi ko‘nikmalarini rivojlantirish" mavzusida amaliy psixologik seminar intensiv tashkil etildi.

Tadbir davomida shaxs psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, shaxsning stressga chidamlilik ko‘nikmalari, turli xil muammoli, nizoli, stressli vaziyatlarda xodimning sog‘ligi sifatini saqlash maqsadida sog‘lom koping strategiyalarni, frustratsion bag‘rikenglik usullarni qo‘llash masalalari o‘rganildi.

Seminarda ishtirokchilar samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan psixologik kompetensiya ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha foydali bilim va tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

Bunaqangi davomli psixologik seminar intensivlar xodimlarning ruhiy farovonligini ta’minlash, hissiy barqaror va g‘ayratli jamoani shakllantirish yo‘lida o‘z samarasini berib kelmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/11/2025, 12:26
t.me/training_institute_for_lawyers/10471
#e'tirof

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularga qonunchilikdagi yangiliklar va o‘zgartirishlarni yetkazish, Institutda tashkil etilayotgan o‘quv kurslarining zamonaviy talab darajasida olib borilishi hamda uni amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlashda qo‘shgan hissasi uchun:

— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud sudyasi TIRKASHEV JAMSHID O‘KTAMOVICH "Tashakkurnoma" bilan taqdirlandilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/11/2025, 11:00
t.me/training_institute_for_lawyers/10468
#xalqaro_hamkorlik

Aloysius Goh — Singapur "SAGE MEDIATION" markazi prezidenti

Bizga yuborilgan samimiy tabriklar uchun barcha xalqaro hamkorlarimizga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/11/2025, 09:00
t.me/training_institute_for_lawyers/10467
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkin

Farmon (PF-65-son, 10.04.2025 y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

🔰Unga ko‘ra, Ichki ishlar vaziriga quyidagi rag‘batlantirish choralarini qo‘llash huquqlari berildi:

🔹probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan davlat organlarining, muassasalarining va tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni hamda fuqarolarni rag‘batlantirish;

🔹jamoat xavfsizligini taʼminlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozim maoshining 1 baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik mukofot bilan rag‘batlantirish.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/11/2025, 08:33
t.me/training_institute_for_lawyers/10466
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Transport vositalarini piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun (O‘RQ-1055-son, 10.04.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

⚠️Qonunga muvofiq, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

🔰Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno):

➖ BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;

🔸xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish:

➖ BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram | kurslar
04/11/2025, 07:23
t.me/training_institute_for_lawyers/10465
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria