Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
DA
Davlat xizmatlari yangiliklari
https://t.me/davxizmat
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.15%
ER (week)
6.61%
ERR (week)

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 163 results
4
3.8 k
Hurmatli kanalimiz obunachilari

Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy ma’lumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz.

📌 Kanalga ulanish
04/21/2025, 13:38
t.me/davxizmat/14442
23
9
6.7 k
Davlat xizmatlari markazlarining asosiy tamoyillaridan biri:

Mamnuniyat va sharaf bilan insonlarga yordam berish.

✅Davlat xizmatlari markazlarining har bir xodimi “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug'vor g'oyani so'zsiz amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

🔹Shu sababli, davlat xizmatlarini ko'rsatish – ular uchun nafaqat kasb, balki sharaf hamdir.

🌟 Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Facebook | Bot
04/18/2025, 10:36
t.me/davxizmat/14441
16
16
6.9 k
✅Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’i nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori.

Telegram | Facebook | Bot
04/16/2025, 13:21
t.me/davxizmat/14440
21
5
6.8 k
#Adliya_xabari

Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani davlat xizmatlari markazining Qorasuv filiali yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida, O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov va Qo'rg'ontepa tuman hokimi ishtirok etdilar. 

Adliya vaziri mazkur marosimda nutq soʻzlab, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar fuqarolarimizning huquqlarini taʼminlashga, ularga tez, oson va qulay davlat xizmatlarini koʻrsatishga, vaqtlarini tejashga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida M.Normatovning tug'ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi muddati o'tkazilib qayd etilgan holda  fuqaroga shaxsan vazir  tomonidan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Telegram | Facebook | Bot
04/16/2025, 08:49
t.me/davxizmat/14434
5
8.3 k
04/16/2025, 08:49
t.me/davxizmat/14438
6
8.3 k
04/16/2025, 08:49
t.me/davxizmat/14439
6
7.0 k
04/16/2025, 08:49
t.me/davxizmat/14436
6
8.3 k
04/16/2025, 08:49
t.me/davxizmat/14437
5
7.0 k
04/16/2025, 08:49
t.me/davxizmat/14435
3
7.3 k
04/16/2025, 07:50
t.me/davxizmat/14433
14
4
5.9 k
#Adliya_xabari

Anqara shahrida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasini takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova va Turkiya davlatlari Adliya vazirliklarining mas’ul vakillari ishtirok etib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan imkoniyatlar muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakilining taqdimoti o'tkazilib, sohadagi raqamlashtirish hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar borasida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xorijiy tomon vakillari tanishtirildi.

Sohani yanada takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida 10 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan Adliya vazirliklari va FHDY organlari vakillari o‘zaro ish tajribalarini almashishmoqda.

Telegram | Facebook | Bot
04/16/2025, 07:50
t.me/davxizmat/14430
3
7.1 k
04/16/2025, 07:50
t.me/davxizmat/14431
3
7.3 k
04/16/2025, 07:50
t.me/davxizmat/14432
17
19
7.6 k
✨ Kompozit xizmatlar doirasi kengaymoqda!

📢 Endilikda hunarmandlar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish bilan bir vaqtda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga ham a’zo bo'lishlari mumkin.

🛠 Bitta ariza bilan ikkita davlat xizmatidan foydalaning:
🔹 YTT sifatida ro‘yxatdan o‘ting;
🔹 “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo'ling.

📌 Eslatma: 2023-yildan boshlab, “Hunarmand” uyushmasiga a’zolikni ham ayni tartibda kompozit tarzda amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-son qarori.

Telegram | Facebook | Bot
04/15/2025, 15:18
t.me/davxizmat/14429
10
28
7.5 k
#Adliya_davlat_xizmatlari

📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

📌 Kanalga ulanish
04/15/2025, 14:22
t.me/davxizmat/14428
14
3
7.6 k
#International_Legal_Forum

The Age of Digital Technologies: A Legal Perspective on the Future
May 29-30, 2025
IV International Legal Forum “Tashkent Law Spring”

This opportunity comes only once in 2 years.
Do not miss it.

BECOME PART OF THE FUTURE OF LAW!
Register now on the official website:

Telegram | Facebook | Bot
04/15/2025, 10:11
t.me/davxizmat/14427
20
13
8.9 k
#Yangi_xizmat

📌 Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladi.

✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgorlar - arxiv xodimi, arxivlarda fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida ishlovchilar yoki tashkilotlarning arxiv ishiga mas'ul shaxslari Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛 Vakolatli organ: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "O'zarxiv" agentligi.

💰 Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 1 baravari.

📋 Xizmat natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.

⏳ Guvohnoma 3 yil muddatga amal qiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 208-son qarori.

Telegram | Facebook | Bot
04/14/2025, 13:26
t.me/davxizmat/14426
17
20
5.9 k
#bilasizmi

🚘 Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?

✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🧑‍💻Tegishli reklama va axborotning eskizi hamda ishonchnoma (uchinchi shaxs tomonidan murojaat qilinganda) arizaga ilova qilinadi.

💰Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHM 1 baravari miqdorida yig'im undiriladi.

⏰ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni.

📆 Reklama joyining pasporti 1 yil muddatga beriladi.

‼️ Eslatma: reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquq uchun miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lash lozim.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori.

✨ Raqamli davlat xizmatlari sizning qulayligingiz uchun!

Telegram | Facebook | Bot
04/11/2025, 15:43
t.me/davxizmat/14425
16
10
7.3 k
#Ziyo_ulash

Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!

“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!

📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
📎Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring.

Qisqa vaqtda ushbu tashabbus orqali koʻngillilar tomonidan 23 mingdan ortiq kitob yigʻildi va ularning 14 ming donasi yangi egalarini topdi.

💡 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!

Telegram | Facebook | Bot
04/11/2025, 09:30
t.me/davxizmat/14424
12
16
8.0 k
#Bilasizmi

❓Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari (shahodatnoma, sertifikat) dublikatini olish tartibidan xabardormisiz?

Quyidagi hollarda dublikat beriladi:

🔹shahodatnoma (sertifikat) yo‘qotilganda;

🔹shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilganda;

🔹shahodatnoma (sertifikat) yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda.

✅Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

🏛Vakolatli organ: Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari.

💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.

⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori.

Telegram | Facebook | Bot
04/10/2025, 16:06
t.me/davxizmat/14423
18
12
6.9 k
Tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazishda qonunchilikka muvofiq nom tanlashda muammo yo'q.

"Ishonch" nashrida Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazishda O', Q, G', H harflari qatnashgan nomlarni tanlash imkoni yo'qligi haqida maqola e'lon qilingan.

Adliya vazirligi ushbu maqola yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.

“Firma nomlari to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq firma nomida adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi belgilangan.

Davlat xizmatlari markazlarida mazkur qonun va boshqa qonunchilik talablarini buzmagan holda xizmat ko'rsatib kelinmoqda va O', Q, G', H harflari qatnashgan nomlarni tanlashda muammo yo'q.

Misol tariqasida joriy yilning aprel oyining o'zida “MO‘JIZA MED SENTR”, “BOG‘OT MEBEL N-1” va “XO‘JAQO‘RG‘ON YAYLOVI” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarni keltirishimiz mumkin.

Ma’lumot uchun: O‘ harfidagi belgidan foydalanish uchun ALT+0145 kombinatsiyasidan foydalanish tavsiya etiladi.

📌 Kanalga ulanish
04/10/2025, 12:43
t.me/davxizmat/14422
6
3
6.0 k
#Xalqaro_yuridik_forum.

2025-yil 29-30-may
Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.

❗️Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”

Huquqning zamonaviy tendensiyalari yuristlar, IT va biznes vakillari, olim va ekspertlar birlashgan xalqaro muhokama maydonida.

Bunday imkoniyat har 2-yilda 1 marotaba boʻlishi mumkin.
Qoʻldan chiqarmang.

Ro'yxatdan o'tish uchun 👉🏻 https://reg.tashkentlawspring.uz

📌 Kanalga ulanish
04/10/2025, 12:14
t.me/davxizmat/14421
Repost
12
7.1 k
#Adliya_xabari

❗️Hurmatli fuqarolar!

2025-yil 10-aprel kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar Marg'ilon shahridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotidagi nosozliklar tufayli ta'minot vaqtincha o‘chirilganligi ma'lum bo'ldi.

Shu sababli Marg'ilon shahar Davlat xizmatlari markazi hamda shahar FHDY bo'limida ham elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan.

Fuqarolardan yaqin hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlarini yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini so‘raymiz.

Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook 📱Youtube
04/10/2025, 08:32
t.me/davxizmat/14420
18
43
9.2 k
🔰Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish

1️⃣ Arizalar murojaatchi 16 yoshga to‘lgach istalgan FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

🧍‍♂️Murojaatchi voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi talab qilinadi.

2️⃣ Ushbu turdagi arizalar 1 oy davomida ko'rib chiqiladi.

3️⃣ Arizani ko'rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik orqali ichki ishlar organlarining xulosasi olinadi.

4️⃣ Fuqaroning familiyasi, ismi yoki ota ismi o'zgarganda tug'ilganlik haqida yangi guvohnoma beriladi.

‼️Unutmang, yangi familiya, ism yoki ota ismi yangi hujjatlar demakdir.

⏳ Familiyasi, ismi, ota ismi o‘zgartirilgan shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni bir oy ichida almashtirishi zarur.

✅ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Bot
04/09/2025, 08:57
t.me/davxizmat/14419
17
17
7.3 k
#Bilasizmi

💰Quyidagi shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi:

✅“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga;

✅I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.

❗️Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlarda ushbu chegirma qo'llanilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni

Telegram | Facebook | Bot
04/08/2025, 14:36
t.me/davxizmat/14418
24
13
8.2 k
📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan hududlar:
1. Farg'ona viloyati – 99,24 %
2. Xorazm viloyati – 99,22 %
3. Buxoro va Samarqand viloyatlari – 99,19 %
4. Andijon viloyati – 99,17 %

🔼Ko‘rsatilgan xizmatlar o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Chust, Yakkasaroy, Bo'ka tumanlari va Ohangaron shahri – 99,44 %
2. Bulung'ur, Izboskan, Nukus tumanlari – 99,42 %
3. Bog'ot, Termiz va Buxoro tumanlari - 99,41 %

📉 Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi quyi bo'lgan hududlar:
1. Qashqadaryo viloyati – 94,71 %
2. Toshkent shahar – 98,11 %

🔽Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi quyi bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Quva tumani - 85,86 %
2. Yuqorichirchiq tumani - 88,10 %
3. Mirobod tumani - 89,72 %

Telegram | Facebook | Bot
04/08/2025, 09:33
t.me/davxizmat/14417
1
168
📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan hududlar:
1. Farg'ona viloyati – 99%
2. Xorazm viloyati – 99%
3. Buxoro viloyati – 99%
4. Samarqand viloyati – 99%
5. Andijon viloyati – 98%

🔼Ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Chust tuman davlat xizmatlari markazi – 98 %
2. Yakkasaroy tumani davlat xizmatlari markazi – 97 %
3. Bo'ka tumani davlat xizmatlari markazi – 97 %

📉 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan hududlar:
1. Qashqadaryo viloyati – 64 %
2. Toshkent shahar – 68 %
3. Namangan viloyati – 72 %

🔽Ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Quva tumani davlat xizmatlari markazi
2. Yuqorichirchiq tumani davlat xizmatlari markazi
3. Mirobod tuman davlat xizmatlari markazi

Telegram | Facebook | Bot
04/08/2025, 08:28
t.me/davxizmat/14416
📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan hududlar:
1. Buxoro viloyati – 99%
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi – 99 %
3. Samarqand viloyati – 99%
4. Farg'ona viloyati – 98 %
5. Toshkent viloyati – 98 %

🔼Ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Beruniy tuman davlat xizmatlari markazi – 98 %
2. Olmali shahri davlat xizmatlari markazi – 97 %
3. Guliston shahri davlat xizmatlari markazi – 97 %

📉 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan hududlar:
1. Toshkent shahar – 60 %
2. Jizzax viloyati – 64 %
3. Namangan viloyati – 70 %

🔽Ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Sherobod tumani davlat xizmatlari markazi
2. Samarqand tumani davlat xizmatlari markazi
3. Karmana tuman davlat xizmatlari markazi

Telegram | Facebook | Bot
04/08/2025, 07:45
t.me/davxizmat/14415
23
36
8.2 k
💼 O'z-o'zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish tartibini bilasizmi?

👉 Siz o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tishingiz mumkin, agar:

🔹 jismoniy va yuridik shaxslarga daromad olishga yo'naltirilgan xizmatlar ko'rsatsangiz;
🔹 ishlarni mustaqil amalga oshirsangiz;
🔹 mehnat shartnomasi bo'yicha ishlamasangiz;
🔹 YTT sifatida ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz.

✅ Ro'yxatdan o'tish YIDXP (my.gov.uz), soliq mobil ilovasi yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.

🧾 Ariza to'ldirish jarayonida faoliyat turi, uni amalga oshirish hududi va telefon raqamingizni kiritsangiz kifoya.

👉 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari

❌ O‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olingan daromadlar daromad solig'iga tortilmaydi.
💰Soliq davrida 100 million so‘mdan oshgan daromadlar YTT uchun belgilangan tartib asosida soliqqa tortiladi.

‼️Mehnat staji hisoblanishi uchun yiliga BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to'lash lozim.

Telegram | Facebook | Bot
04/07/2025, 09:26
t.me/davxizmat/14414
9
15
8.1 k
#Yuridik_lokatsiya

Yuridik lokatsiya bu gal Davlat xizmatlari markazida.

Videoni koʻrish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=ezw9z3hB_Rw

Telegram | Facebook | Bot
04/07/2025, 08:36
t.me/davxizmat/14413
13
6
6.3 k
#infografika

"Litsensizya" axborot tizimi haqida yuqoridagi infografikada batafsil tanishishingiz mumkin

Telegram | Facebook | Bot
04/04/2025, 14:25
t.me/davxizmat/14412
Repost
17
22
7.2 k
#Adliya_xabari

❗️Tadbirkorlar diqqatiga!!!

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan hamda Soliq qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan ro'yxatga asosan bir yildan ortiq faoliyat ko'rsatmay kelayotganligi sababli tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

O'z faoliyatini tiklash istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Adliya vazirligining 1008 yoki 1148 qisqa raqamlari orqali murojaat qoldirishlari mumkin.

📌 Kanalga ulanish
04/04/2025, 09:49
t.me/davxizmat/14411
Repost
19
1
7.2 k
🔹 Hurmatli fuqarolar! 🔹

📢 2025-yil 3-aprel kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha Nurafshon shahrida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilishi rejalashtirilgan. Shu sababli Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi!

✅ Fuqarolardan yaqin hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlarini yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini so‘raymiz.

⚡️ Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | ✅Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
04/03/2025, 12:16
t.me/davxizmat/14410
11
20
7.2 k
#bilasizmi

📢 Qonunchilikka muvofiq 2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrida haydovchidan tashqari 4 dan ortiq va 8 tadan ko'p bo'lmagan o'rindiqlarga va yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o'zini o'zi band qilgan shaxslar yo'nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

❗️Unutmang, quyidagi talablarga javob beradigan shaxslargina yo'nalishsiz taksilarni boshqarish huquqiga ega:

🪪 haydovchilik guvohnomasida "V" toifasi bo'lgan;

📆 21 yoshga to'lgan;

🧾 tibbiy ko'rikdan o'tgan;

⏳ kamida 3 yillik haydovchi stajiga ega bo'lgan.

🚘 Eslatma: haydovchi faoliyatini litsenziya varaqasida ko'rsatilgan hududda yoki unga tutash hududda amalga oshiradi.

✅ Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashishga litsenziya olish uchun arizalar davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🌟 Bir markaz, bir nuqtada biz sizga xizmat ko'rsatamiz!

Telegram | Facebook | Bot
04/03/2025, 09:35
t.me/davxizmat/14409
11
9
6.7 k
#Bilasizmi

📃Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

🔹Litsenziya nomi:
Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi.


💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.

📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 kun.

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
3 yil

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 86-son qarori

Telegram | Facebook | Bot
04/03/2025, 08:40
t.me/davxizmat/14408
18
5
8.3 k
#Bilasizmi

Nodavlat arxivlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibidan xabardormisiz?

Xabardor qiluvchilar faoliyatni amalga oshirishni boshlashi uchun vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali xabarnoma yuboradi.

🏢 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi.

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

Telegram | Facebook | Bot
04/02/2025, 10:59
t.me/davxizmat/14407
12
9
8.5 k
#Bilasizmi

Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish tartibidan xabardormisiz?

Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etadi yoki Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidagi shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

💰Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi miqdorida.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

Ariza beruvchi tanlagan firma nomi Tizimda 60 kun davomida zaxiraga olinadi va ushbu muddat tugagandan so‘ng firma nomining zaxirasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori.

Telegram | Facebook | Bot
04/02/2025, 08:09
t.me/davxizmat/14406
13
7
7.9 k
#Ziyo_ulash

Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!

“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!

📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.

Telegram | Facebook | Bot
04/02/2025, 07:40
t.me/davxizmat/14405
8
8
7.5 k
#Bilasizmi

🚜Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz?

👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛Vakolatli organ: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.

💰Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi.

⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.

Telegram | Facebook | Bot
04/01/2025, 17:28
t.me/davxizmat/14404
13
11
7.5 k
#tez_kunda

📢 Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari hisobga qo'yiladi.

✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (e-ngo.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏢 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

📆 Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

💰 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

📋 Xizmat natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-fevraldagi 72-son qarori.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Facebook | Bot
04/01/2025, 16:15
t.me/davxizmat/14403
18
13
6.0 k
#Bilasizmi

📄Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv ma’lumotnomalarini berish tartibidan xabardormisiz?

👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar.

💰Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

🔹notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;

🔹notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;

🔹arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun — BHMning 2 foizi miqdorida;

🔹arxiv ma’lumotnomalari berish uchun — BHMning 1 foizi miqdorida.

⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1-5 ish kuni.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.

Telegram | Facebook | Bot
03/28/2025, 15:38
t.me/davxizmat/14402
10
12
7.8 k
Munisipial, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida joylashgan xizmat uylarini foydalanishga berish tartibi

📌 Kanalga ulanish
03/28/2025, 11:13
t.me/davxizmat/14401
03/28/2025, 07:41
t.me/davxizmat/14400
03/28/2025, 07:41
t.me/davxizmat/14398
#Adliya_xabari

Hududiy adliya boshqarmalari hamda FHDY organlari xodimlari uchun onlayn seminar tashkil qilindi.

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan FHDY organlari xodimlari ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va metodik yordam ko‘rsatib borish yuzasidan manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda o‘quv seminari o'tkazildi.

"Zoom" platformasi orqali tashkil qilingan seminar mashg'ulotida Ichki ishlar vazirligi, Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat muassasasi va boshqa tashkilotlar vakillari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya organlari hamda FHDY organlarining mas'ullari ishtirok etdi.

Yig'ilishda FHDY organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari, ijro intizomi hamda fuqarolar bilan muomala madaniyatiga rioya qilish, ish faoliyati davomida vakolatli tashkilotlar bilan muntazam aloqalar o'rnatish kabi masalalar tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi.

Shuningdek, yig'ilish so'nggida FHDY organlari xodimlarining taklif va mulohazalari eshitilib, vazirlik xodimlari hamda rahbariyat tomonidan zaruriy ko'rsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
03/28/2025, 07:41
t.me/davxizmat/14397
03/28/2025, 07:41
t.me/davxizmat/14399
16
23
8.5 k
#Bilasizmi

Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkinligidan xabardormisiz?

👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.

⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.

📌 Kanalga ulanish Telegram | Facebook | Bot
03/27/2025, 17:47
t.me/davxizmat/14396
18
9.0 k
03/26/2025, 14:13
t.me/davxizmat/14395
18
9.0 k
03/26/2025, 14:13
t.me/davxizmat/14394
36
16
8.0 k
Adliya vazirligining ishchi guruhi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahridagi tumanlarda bo'lib FHDY bo'limlari faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vazirligi mas'ul boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan FHDY bo'limlarida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarga xizmat ko'rsatish jarayonida joriy qilingan qulayliklar, bo'limda mavjud arxivlar, ularda hujjatlarni saqlash holati hamda sohada mavjud boshqa muammo va kamchiliklar o'rganildi.

Bunda FHDY bo'limlari tomonidan fuqarolarga ko'rsatiladigan har bir xizmat bosqichma-bosqich kuzatilib, jarayonlarni soddalashtirish hamda raqamlashtirish yuzasidan xodimlarning taklif va mulohazalari eshitildi.

Shunigdek, vazirlik xodimlari tomonidan fuqarolarni uzoq muddatdan buyon qiynab kelayotgan muammolar o'rganilib, joyida hal qilish choralari ko'rildi. Kelgusida FHDY bo'limlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish bo'yicha fuqarolarning takliflari tinglandi.

Yakunda bugungi kunda sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan fikr almashilib, sifatli va tezkor xizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
03/26/2025, 14:13
t.me/davxizmat/14392
16
8.9 k
03/26/2025, 14:13
t.me/davxizmat/14393
15
12
8.5 k
#Bilasizmi

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida amalga oshiriladigan ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha xulosa berish

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: Jismoniy va yuridik shaxslar.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 baravari.

Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
▫️moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish uchun — loyiha-smeta hujjatidagi miqdorning 1 foizi;
▫️moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari; mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari;
▫️alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — yuridik shaxslar uchun — BHMning 20 baravari; jismoniy shaxslar uchun — BHMning 1 baravari.

🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 30 ish kuni.

⏳Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
03/25/2025, 14:37
t.me/davxizmat/14391
14
15
8.3 k
🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun yangi qulayliklar!

2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹 Xizmat sifatini baholash;
🔹 Ariza natijalarini yuklab olish;
🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

✅ Bu yangilik quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.

Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz!

📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
03/25/2025, 12:31
t.me/davxizmat/14390
8
12
8.4 k
#Bilasizmi

🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi?

👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.

🏢Litsenziyalovchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.

⏰Arizani ko‘rib chiqish muddati: hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida.

⏳Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori. |

📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
03/25/2025, 08:59
t.me/davxizmat/14389
8
56
10 k
#muddatlar

🪪 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi qancha muddatga beriladi?

📆 Fuqarolarga ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:

🔹 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga — 2 yil muddatga;

🔹 1 yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;

🔹 16 yoshdan — 10 yil muddatga.

✅ Bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar ID-karta ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra beriladi.

⏳Eslatma: fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng bir oy muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoni.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
03/25/2025, 07:35
t.me/davxizmat/14388
374
18 k
03/24/2025, 09:33
t.me/davxizmat/14386
376
18 k
03/24/2025, 09:33
t.me/davxizmat/14387
66
375
16 k
Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish vakolatli organlar tashabbusi asosida (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko‘rsatilishi belgilandi.

Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi hamda hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddati kelgan hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish ta'minotchi korxonalar zimmasiga yuklandi.

Ma'lumot uchun: proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko'rsatiladigan xizmatlar.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi vakolatli organlarning mas'ul xodimlariga davra suhbati o‘tkazilib, unda proaktiv shaklda davlat xizmati koʻrsatish tartibi va muddatlari hamda ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
03/24/2025, 09:33
t.me/davxizmat/14385
14
27
6.0 k
📢 DIQQAT! MUHIM E’LON


📌 21-23 mart kunlari Soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligining axborot tizimlarida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚠️ Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

📌 Kanalga ulanish
03/20/2025, 15:37
t.me/davxizmat/14384
8
8
5.4 k
#Bilasizmi

🏬Bo‘sh turgan davlat obyektlari to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkinligidan xabardormisiz?

👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

🏛Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi.

💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.

⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/20/2025, 15:36
t.me/davxizmat/14383
1
6.1 k
03/20/2025, 13:35
t.me/davxizmat/14382
15
1
5.9 k
#adliya_xabari_qashqadaryo

Kitob ulashing ziyo ko'pyadi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ziyo ulash loyihasiga start berildi.

Unda adliya tizimida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar, xususan, adliya bo'limlari, Markazlar, FHDY bo'limlari, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, "Madad" byurolari xodimlari, shuningdek ushbu tashkilotlarga kelgan aholi tomonidan Markazlarga ixtiyoriylik asosida kitoblar taqdim etiladi.

Ushbu loyihaga viloyat qo'g'irchoq teatri jamoasi ham o'z hissasini qo'shib, badiiy adabiyotlar taqdim etishdi.

Siz ham ziyo ulashishda o'z hissangizni qo'shing!

📌 Kanalga ulanish
03/20/2025, 13:35
t.me/davxizmat/14380
1
6.0 k
03/20/2025, 13:35
t.me/davxizmat/14381
4
5.3 k
✅ Хabar berganimizdek, Biologik va kimyoviy mahsulotlar uchun ruxsatnoma olish xizmati ishga tushdi!

📲 Endilikda bu xizmatdan foydalanishingiz mumkin!

📌 Kanalga ulanish
03/20/2025, 13:00
t.me/davxizmat/14379
📃Ruxsatnoma olish

🔹Xizmat nomi:
Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma olish

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)

🏢Vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
BHMning 1 baravari

💰 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 2 baravari

📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
15 ish kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.12.2024 yildagi 847-son

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi "Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida"gi 86-son qarori

📌 Kanalga ulanish
03/20/2025, 12:49
t.me/davxizmat/14378
10
7
6.6 k
📃Transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish

🔹Xizmat nomi:
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston texnik jihatidan tartibga solish agentligi

🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
BHMning 30 baravari

📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
6 ish kuni.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 127-son qarori

📌 Kanalga ulanish
03/20/2025, 10:53
t.me/davxizmat/14377
9
15
7.8 k
#Bilasizmi

💍 Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi.

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

❗️Eslatma: har bir faoliyat yuritish turi va manziliga (filialiga) alohida xabarnoma yuboriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/19/2025, 15:35
t.me/davxizmat/14376
10
10
7.7 k
#muddatlar

💼 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni qayta davlat ro'yxatidan o'tkazish muddatlarini bilasizmi?

⏳ Qayta davlat ro'yxatidan o'tkazish muddatlari amalga oshirilgan o'zgartirishlarga bog'liqdir:

🚶‍♂️‍➡️ yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti ishtirokchilari tarkibidagi o‘zgarishlar — 10 kun;

🏘 YTT faoliyatini amalga oshirish joyining o‘zgarishi — 10 kun;

🔷 oilaviy tadbirkorlik subyekti faoliyati turidagi o‘zgarishlar — 30 kun;

🧾 YTT ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlaridagi, shu jumladan faoliyat turidagi, yo‘nalishidagi o‘zgarishlar — 30 kun mobaynida ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.

🌐 YTTni qayta davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori.

🌟 Bizni kuzatishda davom eting!

📌 Kanalga ulanish
03/19/2025, 14:21
t.me/davxizmat/14375
14
7
7.4 k
#Bilasizmi

🐈 Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik va jismoniy shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari.

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
03/18/2025, 15:29
t.me/davxizmat/14374
48
82
8.2 k
#Tayinlov

Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Nuʼmon Usmonovich Muxammadiyev adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nuʼmon Muxammadiyev 1982-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 2004-yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada yetakchi va bosh maslahatchi boʻlgan. 2009–2013-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.

2016–2023-yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Tayinlovga qadar (2023-yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

📌 Kanalga ulanish
03/18/2025, 13:44
t.me/davxizmat/14373
13
31
7.5 k
#qulaylik

🎊 Nikohdan o'tish davlat xizmatlari orqali yanada oson!

👉 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'ting va nikohni qayd etish uchun FHDY organiga ariza yuborish xizmatidan foydalaning.

🧑‍💻 O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni kiriting hamda arizani davom ettirish uchun invoys raqamini arizaning boshqa ishtirokchisiga taqdim eting.

👩‍💻 Ikkinchi taraf arizani tasdiqlagan holda invoys raqamini kiritib, xizmatdan foydalanishda davom etadi.

🏛 Keyingi bosqichlarda ariza beruvchilar uchun qulay bo'lgan FHDY bo'limi, nikoh marosimi qanday tartibda o'tkazilishi tanlanadi.

✅ Tegishli ma'lumotlar to'ldirilgandan so'ng ariza FHDY bo'limiga yuboriladi.

⏰ Bir ish kuni ichida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'llanma olishingiz, bir oydan so'ng esa nikohni qayd etish uchun FHDY bo'limiga borishingiz mumkin.

🎉 To'ylar muborak bo'lsin!

📌 Kanalga ulanish
03/18/2025, 13:37
t.me/davxizmat/14372
15
15
7.9 k
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirishning oldini olish imkoniyatlari mustahkamlanmoqda!

📑 “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga asosan:

🔰 jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlashi mumkin;

✅ arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali qabul qilinadi;

🔷 kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash ixtiyoriy ravishda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi.

⏰ Eslatma: ushbu tartib 2025-yil 6-iyundan boshlab kuchga kiradi.

🌟 Foydali ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

📌 Kanalga ulanish
03/17/2025, 15:33
t.me/davxizmat/14371
11
12
7.9 k
#Ziyo_ulash

Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!

“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!

📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
📎Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring.

Qisqa vaqtda ushbu tashabbus orqali koʻngillilar tomonidan 20 mingdan ortiq kitob yigʻildi va ularning 11,3 ming donasi yangi egalarini topdi.

💡 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!

📌 Kanalga ulanish
03/17/2025, 13:32
t.me/davxizmat/14370
11
12
7.9 k
#Bilasizmi

❓Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

✅ Xabarnoma yuborish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/17/2025, 12:25
t.me/davxizmat/14369
12
30
6.6 k
#Davlat_xizmatlari

Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga! Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli davom etmoqda!

Arizani qayerga topshirish mumkin?
➖Davlat xizmatlari markaziga borib;
➖ Yoki my.gov.uz orqali onlayn jo‘natish mumkin.

⚠️ Muhim! Davlat xizmatlari markazalari faqat arizalarni qabul qilishda vakolatli hisoblanib, ularni ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.

🔎 Arizangizda ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqlik bo‘yicha barcha ma’lumotlar belgilangan tartibda tekshiriladi. Bunda, arizalar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan navbat asosida ularning taqdim etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

👉 Qo‘shimcha ma’lumot va tartib haqida quyidagi havolada.

📌 Kanalga ulanish
03/15/2025, 11:55
t.me/davxizmat/14368
9
7
6.9 k
👨‍💻 Davlat xizmatlari markazlari faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri: davlat xizmatini ko‘rsatish uchun shaxsan javobgarlik.

✅ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish talab etilgan ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda murojaatchiga taqdim etilgandagina yakunlanadi.

🔹 Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda har bir fuqaroning murojaati alohida e’tibor va yondashuvga loyiq.

🌟 Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

📌 Kanalga ulanish
03/14/2025, 19:05
t.me/davxizmat/14367
4
5
6.4 k
#Bilasizmi

❓Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Unutmang, madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda:
1️⃣ madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish uchun maxsus sertifikatga ega bo'lishingiz;
2️⃣ 50 yil muqaddam va undan oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emasligi haqida xaridorni ogohlantirishingiz;
3️⃣ madaniy boyliklarni asrash choralarini ko‘rishingiz lozim.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/14/2025, 17:01
t.me/davxizmat/14366
12
20
6.8 k
🆕 Ovchililik guvohnomasini olish yanada oson!

✅ Endilikda murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

📑 Xizmat ko'rsatish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

🏢 Vakolatli organ: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti.

💰 Guvohnoma rasmiylashtirganlik uchun 675 000 so‘m to‘lov undiriladi.

⏳Guvohnoma 2 yil davomida amal qiladi.

‼️ Eslatma: ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, o‘quv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-105-son Farmoni.

🌐 Raqamli davlat xizmatlari sizning qulayligingiz uchun!

📌 Kanalga ulanish
03/14/2025, 15:54
t.me/davxizmat/14365
18
13
8.7 k
#Bilasizmi

🎤Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

✅ Murojaatlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

👫Ariza beruvchilar toifasi: ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni tashkil qilish va o‘tkazish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs.

🏬Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar bo‘limlari

💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.

📆 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

🧾 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/13/2025, 15:36
t.me/davxizmat/14364
11
9
7.6 k
🔔Davlat xizmatlari yagona reyestrining (ro‘yxat raqami 3467, 2023-yil 27-oktabr) dolzarbligi ta'minlanmoqda!

🔸Reyestrga kirtilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan:

✅ 29 ta yangi davlat xizmati qo‘shildi;
❌ 12 ta davlat xizmati chiqarildi.

📈 Shunga ko‘ra, jami davlat xizmatlari soni 1001 tani tashkil etmoqda.

🌟 Reyestrga kiritilgan yangi davlat xizmatlari:

1️⃣ ovchilik guvohnomasi berish;
2️⃣ mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash;
3️⃣ xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va boshqalar.

‼️ Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga asosan Reyestga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

📌 Kanalga ulanish
03/13/2025, 15:03
t.me/davxizmat/14363
4
7
6.8 k
#Bilasizmi

🔎Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?

Xabardornoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.

🏬Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy bo‘linmalari.

💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/13/2025, 14:20
t.me/davxizmat/14362
9
10
7.2 k
#Bilasizmi

Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari.

💰 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi.

💵 Xulosa berganlik uchun yig'im undirilmaydi.

📆 Arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

⏳ Xulosaning amal qilish muddati: cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/13/2025, 14:19
t.me/davxizmat/14361
11
3
8.5 k
#Ziyo_ulash

✅Vatanimiz sharafini dunyo arenalarida munosib tarzda himoya qilib kelayotgan 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada o'yinlari sovrindori, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibasi Svetlana Osipova hamda sportchilar Jasur Jaysunov va Ozoda Sobirjonova “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatladi.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
03/12/2025, 12:13
t.me/davxizmat/14360
9
11
8.4 k
🔔Davlat xizmatlari yagona reyestrining (ro‘yxat raqami 3467, 2023-yil 27-oktabr) dolzarbligi ta'minlanmoqda!

🔸Reyestrga kirtilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan:

✅ 29 ta yangi davlat xizmati qo‘shildi;
❌ 12 ta davlat xizmati chiqarildi.

📈 Shunga ko‘ra, jami davlat xizmatlari soni 1001 tani tashkil etmoqda.

🌟 Reyestrga kiritilgan yangi davlat xizmatlari:

1️⃣ ovchilik guvohnomasi berish;
2️⃣ mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash;
3️⃣ xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va boshqalar.

‼️ Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga asosan Reyestga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

📌 Kanalga ulanish
03/12/2025, 10:34
t.me/davxizmat/14359
🔔Davlat xizmatlari yagona reyestrining (ro‘yxat raqami 3467, 2023-yil 27-oktabr) dolzarbligi ta'minlanmoqda!

🔸Reyestrga kirtilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan:

✅ 29 ta yangi davlat xizmati qo‘shildi;
❌ 12 ta davlat xizmati chiqarildi.

📈 Shunga ko‘ra, jami davlat xizmatlari soni 1001 tani tashkil etmoqda.

🌟 Reyestrga kiritilgan yangi davlat xizmatlari:

1️⃣ ovchilik guvohnomasi berish;
2️⃣ mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash;
3️⃣ xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va boshqalar.

‼️ Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga asosan Reyestga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

📌 Kanalga ulanish
03/12/2025, 10:34
t.me/davxizmat/14358
5
6
8.5 k
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri – ochiqlik va qulaylik. Shu bois Davlat xizmatlari markazlari zamonaviy arxitektura talablariga mos ravishda tashkil etilib, fuqarolar uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan.

Har bir fuqaro o‘ziga kerakli davlat xizmatlarini olish uchun ushbu markazlarga bemalol tashrif buyurishi va tezkor hamda sifatli xizmatlardan foydalanishi mumkin. ✅

📌 Kanalga ulanish
03/12/2025, 08:58
t.me/davxizmat/14357
17
17
6.7 k
📄 Yana ikki yangi xizmat joriy etiladi!
Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali quyidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin bo'ladi:

1️⃣ Nomoddiy madaniy meros obyekti ro‘yxatga kiritilgan yoki kiritilmaganligi haqida ma’lumotnoma

2️⃣ Bo‘sh turgan davlat obyekti haqida ma’lumotnoma

📌 Mazkur xizmatlar bepul taqdim etiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/08/2025, 08:36
t.me/davxizmat/14356
Repost
16
15
7.7 k
Adliya ayoli...

✨U oʻzidan ortib odamlarni eshitadi, muammolariga yechim beradi.

✨U hech qachon izlashdan, oʻrganishdan, muhokamalardan tolmaydi.

✨U ziyo ulashadi, katta maydonlarda bilimi, tafakkuri bilan bellashadi.

Adliya ayolning shuncha vazifalari, shuncha masʼuliyati bor. Ammo ular hamma ayollar qatori mehrga oshno, ezgulik ulashuvchi, qalbi sanʼatga oshufta oddiygina ayol.

Tuygʻularini qogʻozlarda tasvirlaydigan, gʻayratini sportda koʻrsatadigan, mehnatkash, mashaqqatni pisand etmaydigan, doimo eʼzozli adliya ayoli.

📌 Kanalga ulanish
03/07/2025, 08:30
t.me/davxizmat/14355
16
6
6.7 k
🌦 Gidrometeorologik ma’lumotnoma — endi onlayn!
Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali gidrometeorologik ma’lumotnoma оlish mumkin bo'ladi.

✅ Bu hujjat belgilangan hudud bo‘yicha ob-havo holati, harorat, yog‘ingarchilik miqdori, shamol tezligi kabi meteorologik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan rasmiy ma’lumotdir.

💡 Gidrometeorologik ma’lumotnoma quyidagilarda kerak bo‘lishi mumkin: qurilish loyihalari uchun asos sifatida; sud ishlari va nizolarida dalil tariqasida; sug‘urta hodisalari bo‘yicha zarar sabablarini aniqlashda; ilmiy tadqiqotlarda va boshqalarda.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/07/2025, 07:10
t.me/davxizmat/14354
6
4
7.2 k
✅ Avval xabar berganimizdek, xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish faoliyatini boshlash yoki tugatish bo‘yicha xabarnoma yuborish xizmati ishga tushdi!

📲 Endilikda bu xizmatdan bemalol foydalanishingiz mumkin!

📌 Kanalga ulanish
03/06/2025, 15:54
t.me/davxizmat/14353
6
2
6.7 k
✅ Хabar berganimizdek, bojxona brokeri faoliyatini boshlash yoki tugatish bo‘yicha xabarnoma yuborish xizmati ishga tushdi!

📲 Endilikda bu xizmatdan foydalanishingiz mumkin!

📌 Kanalga ulanish
03/06/2025, 15:54
t.me/davxizmat/14352
15
26
9.0 k
🚗 Аvtomobilingiz haqida ma’lumotnoma — endi uyda o‘tirib olish mumkin!

Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtotransport vositasi haqida ma’lumotnomani оlish mumkin bo'ladi.

✅ Ushbu hujjat fuqaroning nomida ro‘yxatdan o‘tgan transport vositasi bo‘yicha: ro‘yxatdan o‘tganligi, texnik ko‘rsatkichlari, mulkdorligi va boshqa muhim ma’lumotlar to‘g‘risida rasmiy tasdiqni taqdim etadi.

❗️Ma’lumotnoma faqat transport egasiga taqdim etiladi.
🖥 Xizmat avtomatik va bepul.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/06/2025, 07:36
t.me/davxizmat/14351
12
20
8.3 k
📣 Yangi imkoniyat!
Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali to‘langan ijtimoiy soliq to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkin bo'ladi.

✅ Mazkur hujjat yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘g‘risidagi rasmiy tasdiqdir.

❓ Ijtimoiy soliq nima?
Ijtimoiy soliq — bu yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliq bo‘lib, u pensiya ta’minoti va boshqa ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori

📌 Kanalga ulanish
03/05/2025, 15:05
t.me/davxizmat/14350
6
5
7.8 k
🌍 Xalqaro brendlar bilan ishlashda yangi tartib va imkoniyatlar!
🔸Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestri bilan bog'liq tartiblar endilikda:

✅ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va
✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori

🔥 Endi import qilish ham oson, ham qonuniy himoyada!

📌 Kanalga ulanish
03/05/2025, 12:02
t.me/davxizmat/14349
15
38
7.8 k
🚀 TADBIRKOR VA FERMERLAR UCHUN SUPER YANGILIK!

🔔 Davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali bir qator davlat xizmatlari YANADA OSON bo‘ladi!

✅ Yer ijaraga olganingizdayoq — dehqon xo‘jaligingiz avtomatik ro‘yxatdan o‘tadi!

✅ Fermer xo‘jaligingizni reyestrga kiritish, o‘zgartirish yoki chiqarish — hammasi bir tugma orqali! (DXM va my.gov.uz orqali)

✅ Fermer xo‘jaligingiz tugatilsa, uni reyestrdan chiqarish uchun alohida murojaat qilish shart emas — bu ham avtomatik bo‘ladi.

✅ Tashkilot tugatilganda soliq, statistika va Xalq bankiga siz emas, tizimning o‘zi xabar beradi! (ilgari uch ish kuni ichida edi)

✅ Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish jarayoni ham to‘liq raqamlashtiriladi — barcha organlar 1 ish kunida xabardor qilinadi.

✅ Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda tugatuvchi oʻzining tugatuvchi etib belgilanganligini elektron tarzda kelishadi.

✅ "Kredit tarixi" endi yuridik shaxslarga ham beriladi. Narxi esa arzonroq: BHMning 5% o‘rniga 4% bo‘ldi!

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori

📌 Kanalga ulanish
03/05/2025, 08:57
t.me/davxizmat/14348
🚀 TADBIRKOR VA FERMERLAR UCHUN SUPER YANGILIK!

🔔 Davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali bir qator davlat xizmatlari YANADA OSON bo‘ladi!

✅ Yer ijaraga olganingizdayoq — dehqon xo‘jaligingiz avtomatik ro‘yxatdan o‘tadi!

✅ Fermer xo‘jaligingizni reyestrga kiritish, o‘zgartirish yoki chiqarish — hammasi bir tugma orqali! (DXM va my.gov.uz orqali)

✅ Fermer xo‘jaligingiz tugatilsa, uni reyestrdan chiqarish uchun alohida murojaat qilish shart emas — bu ham avtomatik bo‘ladi.

✅ Tashkilot tugatilganda soliq, statistika va Xalq bankiga siz emas, tizimning o‘zi xabar beradi! (ilgari uch ish kuni ichida edi)

✅ Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish jarayoni ham to‘liq raqamlashtiriladi — barcha organlar 1 ish kunida xabardor qilinadi.

✅ Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda tugatuvchi oʻzining tugatuvchi etib belgilanganligini elektron tarzda kelishadi.

✅ "Kredit tarixi" endi yuridik shaxslarga ham beriladi. Narxi esa arzonroq: BHMning 5% o‘rniga 4% bo‘ldi!

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori

📌 Kanalga ulanish
03/05/2025, 08:51
t.me/davxizmat/14347
12
4
9.1 k
#Bilasizmi

Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/04/2025, 07:05
t.me/davxizmat/14346
8
23
8.8 k
#Bilasizmi

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qa’ridan foydalanish markazi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 10 baravari miqdorida yig‘im
undiriladi
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 8 ish kuni.
⏳Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 5 yil.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
03/03/2025, 16:05
t.me/davxizmat/14345
6
10
8.6 k
⚓️ Kichik hajmli kemalarga oid yangi qulaylik!

🚤 Endi kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish va ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha davlat xizmatlari:

✅ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va
✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

📅 Muhim eslatma:
Kema xarid qilingandan so‘ng, ariza beruvchi 30 ish kuni ichida kemani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirishi shart!

⚠️ Quyidagi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish rad etiladi:
❌ Kema kichik hajmli kemalar tarkibiga kirmasa;
❌ Hujjatlar noto‘g‘ri yoki to‘liq taqdim etilmasa;
❌ Texnik ko‘rikdan o‘ta olmasa;
❌ Kema konstruktsiyasi yoki o‘zgartirishlar kema biletiga mos kelmasa;
❌ Qutqaruv vositalari to‘liq bo‘lmasa;
❌ Identifikatsiya tamg‘asi soxtalashtirilgan yoki o‘chirilgan bo‘lsa.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-son qarori

📌 Kanalga ulanish
03/03/2025, 14:03
t.me/davxizmat/14344
10
21
7.6 k
🚗💥 Transport ishlab chiqaruvchilari uchun yangi xizmat!

⚡️ Transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yurdik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini (VIN kod) shakllantirish uchun davlat xizmati joriy qilinadi!

📑 Arizalar:
✅ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali;
✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.

💰 VIN kod olishda WMI kodini shakllantirish va taqdim etish xizmatlari uchun BHMning 30 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 127-son qarori

📌 Kanalga ulanish
03/03/2025, 12:28
t.me/davxizmat/14343
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria