📣❤️🔥❤️🔥❤️🔥
Elektr ta’minotidagi uzilish haqida ma’lumot!
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!
2025-yil 16-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha, F.To‘ytepa 6 kV 102-transformator punktida yangi SIP turidagi elektr kabellarini tortish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur texnik ishlar sababli quyidagi hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi:
📍 Oybek, Obod, Ma’rifat, Bobur, Dehqonobod, To‘ytepa, Uchqun, Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari
📍 Navro‘z MFY – A.Sahoba ko‘chasi
⚠️ Elektr ta’minoti to‘xtatilishi munosabati bilan, Nurafshon shahar adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazida ham elektr energiyasi bo‘lmaydi.
🔹 Elektr uzilishi davrida
Sizga my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni yoki yaqin atrofdagi boshqa Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
Keltirilayotgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘l
ing 👇
✅Tel
egram | ✅Fac
ebook | 🌐Ve
b sayt | 🌐
Instagram|📹Youtube