Yordam qoʻlingizni choʻzing, azizlar!
Jizzaxlik Ona nomidan murojaat...
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!
Oʻgʻlim Muxammadjon 2021-yil 17-yanvarda tugʻilgan. 2024-yilga qadar sogʻlom, quvnoq bolaligini yashab keldi. Afsuski, 2024-yil noyabr oyida isitma va holsizlik sabab shifokorlarga murojaat qildik. Tekshiruvlar natijasida unga “neyroblastoma” turidagi ogʻir onkologik kasallik tashxisi qoʻyildi. Muxammadjon Toshkent bolalar milliy tibbiyot markazida davolanmoqda.
Bugunga qadar 6 kurs kimyoterapiya oldi, zarur operatsiyalar o‘tkazildi. Endilikda esa uni Turkiyaning “Medical Park” kasalxonasida chuqurroq tekshiruvlar va davolanish uchun olib borishimiz kerak. U yerda professorlar ko‘rigidan o‘tib, zarur PET-tahlillar va boshqa muhim muolajalar amalga oshiriladi.
Ammo bu davolanish xarajatlari juda katta. Shu sababli ushbu sahifani ochib, siz azizlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Har bir so‘mingiz, har bir duoyingiz Muxammadjonning sog‘ayib ketishida katta umid va tayanch bo‘ladi.
Yordam qo‘llaringizni uzating:
UZCARD: 6262 9101 2382 4997
HUMO: 9860 0825 6428 1044
Karta egasi: Toshmatova Manzura (onasi)
Bog‘lanish uchun tel: +998 88 688 61 68
Iltimos, ushbu postni iloji boricha koʻproq insonlarga yetkazishda yordam bering. Ulashish — bu ham katta yordamdir.
Alloh saxovatli insonlarni doimo asrasin!
Telegram 🔨
Instagram
Facebook
🔨YouTube