2025 – 2027-yillarda energiya sarfi yuqori bo‘lgan 34 ta korxonada 303,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi va 7,3 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi belgilangan
AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ishtirokidagi
brifingda energiya audit tahlili bo‘yicha ma’lumot berildi:
⚫️Energetika vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda energiya sarfi yuqori bo‘lgan 34 ta korxonada energiya auditi o‘tkazilishi belgilandi. Shuningdek, energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan energiya resurslari iste’molini qisqartirish dasturi ishlab chiqildi.
⚫️Unga ko‘ra, 2025 – 2027-yillarda 303,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi va 7,3 mln kub metr tabiiy gazni iqtisod qilinishi belgilandi.
⚫️Xususan, belgilangan choralarni amalga oshirish natijasida 2025-yilda 43,5 mln kVt⋅soat elektr energiyasi va 6,7 mln kub metr tabiiy gaz, 2026-yilda 121,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasi va 659 ming kub metr tabiiy gaz va 2027-yilda esa 138,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi iqtisod qilinadi.
⚫️Joriy yilning yanvar – mart oylarida 33,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi va 10,9 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilindi.
⚫️Shuningdek, boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga yanvar-mart oylarida 606 ming kVt⋅soat elektr energiyasi sarfi kamaydi.
⚫️Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar, elektr uskunalarni kapital ta’mirlash hisobiga 10 ming kVt⋅soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.
⚫️Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi “Bekobodsement” AJda ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tishi natijasida joriy yilning I-choragida 10,9 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilindi.
Telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube |
X |
Veb-sayt