Telegramʻdagi “Kusherboyevga murojaat” kanalida Namangan davlat texnika universiteti talabasining 3-sonli talabalar turar-joyidagi mavjud sharoitlardan qoniqmaganligi bildirilgan murojaati berilgan.
Qayd etish joizki, ushbu yotoqxona “Temiryoʻlchilar shifo maskani” korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida faoliyat yuritadi. Bu yerdagi holatni chuqur oʻrganish maqsadida universitet moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori Payzulla Qorayev boshchiligida ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh tomonidan talabalar turar-joyida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi va mavjud kamchiliklar TTJ masʼullari va talabalar ishtirokida muhokama etildi.
Muhokama davomida murojaatda keltirilgan va talabalar tomonidan bildirilgan barcha holatlar tanqidiy va tahliliy koʻrib chiqildi.
TTJ masʼullariga kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi. Bu boradagi vaziyat universitet prorektori P.Qorayev tomonidan shaxsan nazoratga olindi.
Universitet magistranti Para badminton bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etdi
Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injineringi fakulteti Dizayn kafedrasi 2M-24 guruh magistranti Robiya Yusupova Para badminton sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etdi.
Robiya chempionatda yuqori natija ko‘rsatib, ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlandi va universitet sha'nini yuksaltirdi!
Biz Robiyaga kelgusi sport musobaqalarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!
NamDTU talabalari uchun Andijon viloyatiga sayohat tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har oyning bitta shanba va yakshanbasi "Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni" deb eʼlon qilingan.
Namangan davlat texnika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faollari tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Andijon viloyatiga sayohat tashkil etildi.
Faol yoshlar sayohat davomida viloyatda qad rostlagan va Prezident tashrif buyurgan Yangi Andijon shaharchasi, "Vatanparvarlar" va "Bogʻi Boburiy" bogʻlarida boʻldi.
🎨 "NamDTU dizaynerlari: Jas-O'rken 2025 sari ilk qadamlar!"
Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injineringi fakulteti Dizayn kafedrasi ijodkor talabalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning professional o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida 🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasining Olmaota Texnika Universitetida o‘tkaziladigan "JAS-O'RKEN 2025" xalqaro moda haftaligida ishtirok etish uchun ichki saralash bosqichi tashkil etildi.
🔹 Saralash bosqichida 1-2-3-kurs talabalari bo'lgan 14 nafar yosh dizayner o‘z kolleksiyalari bilan ishtirok etdi.
🏆 Saralash natijalari quyidagicha:
- Pret-a-porte uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Moviy marvarid"* - Pret-a-porte De Lux uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Moviy nafas"* - Etno-Fyujn uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Sharq nuri"* - Creative ART uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Ipak izlari"* - ART Dizayn uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Sharq yog'dusi"*
✨Yosh dizaynerlarimizning mahorati va ijodkorligi хalqaro miqyosda ham e'tirof etilishiga ishonamiz!
“Odobimiz millatimiz ko‘zgusi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Davlatobod tumanidagi Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskanida “Kitobxon haftaligi” va “Milliy qadriyatlar kuni” doirasida Rahmonjon Egamberdiyevning “Odobimiz millatimiz ko‘zgusi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasini bir qator a’zolari, keng jamoatchilik vakillari va Namangan davlat texnika universiteti iqtidorli talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqganlar kitobning mazmun va mohiyati, unda o‘rin olgan mavzular barchaga birdek ma’qul kelishi haqida fikr bildirdi.
NamDTU media markazi fotogalereyasi: Universitetda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag'ishlangan “Adabiyot olamida porlagan yulduz” shiori ostidagi tadbir o‘tkazildi.
Universitetda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag'ishlangan “Adabiyot olamida porlagan yulduz” shiori ostidagi tadbir o‘tkazildi
Tadbirda Energetika fakulteti talabalari tomonidan yod olingan Muhammad Yusufning qalamiga mansub she’rlarni ifodali aytish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Energetika fakulteti dekani, professor Rustamjon Soliyev, O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi mutaxassisi Ruqiya Gʻoziyeva, axborot-resurs markazi direktori Ozoda Mamadaliyeva, o‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Akbarova ishtirok etdi.
Tanlov g‘oliblari darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
NamDTU yoshlari Yoshlar parlamenti aʼzoligiga boʻlib oʻtayotgan saylovlarning respublika bosqichida ishtirok etdi
Avval xabar qilinganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzoligi uchun boʻlib oʻtayotgan saylov jarayonlarida universitetning bir guruh faol talabalari ishtirok etmoqda.
Bugun Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashida saylovning respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Nizom talablariga rioya qilingan holda, kuchli raqobat ostida adolatli va shaffof tarzda boʻlib oʻtgan saylovda universitet talabalari: Diyorbek Soataliyev, Axmadjon Muxtorjonov, Osimxon Sayfiddinov, Islomjon Ikromovlar faol ishtirok etdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi AOKA reytingida birinchi oʻrinni egalladi!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi natijalarini eʼlon qildi.
Bunda 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotiblari ish samaradorligi baholandi. Bu Ochiqlik indeksining birinchi indikatori hisoblanadi.
Baholash natijalariga koʻra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida 91,0 ball bilan 1-oʻrin, respublika davlat organlari va tashkilotlari orasida 2-oʻringa sazovor boʻldi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oʻzbekiston delegatsiyasi Lodz shahridagi oliy taʼlim tizimi tajribalari bilan tanishdi
Oʻzbekiston-Polsha rektorlari ikkinchi forumi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Lodz shahrida joylashgan yetakchi oliy taʼlim muassasalari – Lodz universiteti, Lodz meditsina universiteti, Musiqa akademiyasi, Kino va televideniye milliy oliygohi hamda Nafis sanʼat va dizayn akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu taʼlim maskanlari nafaqat Polshada, balki jahon miqyosida ham oʻz nufuziga ega.
Delegatsiya aʼzolari xalqaro talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, grant dasturlari, ilmiy markazlar hamda zamonaviy laboratoriyalarni koʻzdan kechirdilar. Taʼlim muassasalaridagi zamonaviy infratuzilma, innovatsion yondashuvlar, taʼlim va ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuqori baholandi.
Yoshlar turizm haftaligi doirasida Namangan viloyati Yosh turizm elchilari Kengashi tashabbusi bilan Namangan davlat texnika universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda yoshlar o‘z bilimi, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash salohiyatini namoyon etishdi. Bahsli va qiziqarli bellashuvlar yakuniga ko‘ra:
I-o‘rinni “Evrika” jamoasi II-o‘rinni “Google” jamoasi III-o‘rinni “Ibrat” jamoasi
Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar Turizm boshqarmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur intellektual musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, turizmga oid bilimlarni oshirish va yoshlarning ushbu sohadagi qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Сбросить фильтры
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло
Продолжая пользоваться нашим сервисом, вы соглашаетесь на использование файлов cookie.
О том, как мы используем файлы cookie, ознакомьтесь в разделе
Политика конфиденциальности