💚💚💚💙💙💙
Yoshlar masalalari bo‘yicha Buxorodagi OTM bilan o‘zaro tajriba almashinuvi
🇺🇿 Yoshlar bilan ishlashda o‘zaro hamkorlik va tajriba almashish maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti vakillari – Yoshlar masalalari va axborot siyosati bo‘yicha mas’ul xodimlardan iborat jamoa Navoiy davlat universitetida bo‘lishdi.
🏆 Uchrashuv doirasida mehmonlar universitetning yoshlar bilan ishlash tizimi, talabalar ijtimoiy faolligi, ularning tashabbuslari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
⚡️Uchrashuv chog‘ida universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Tavakkal Choriyev bilan samimiy muloqot tashkil etildi. Unda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar ishtirokida seminar va treninglar o‘tkazish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy-amaliy konferensiyalar va forumlar tashkil etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Tashrif doirasida universitetning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning tajribasi hamda yoshlar bilan ishlashdagi yondashuvlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
🔝Shuningdek, mehmonlar universitet tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Axborot-resurs markazi, “Registrator ofisi”, Talabalar turar joyi, oliygoh kampusi bo‘ylab sayohat tashkil etilib, bu maskanlarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yoshlar masalalari bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikka zamin yaratdi. Tomonlar yaqin kelajakda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting!
🚀
telegram|📷
instagram|🎬
youtube