26 aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun
Andijon shahridagi Muhammad Yusuf maydonida el suygan ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlanib, “Inson aziz, xotirasi muqaddas” deb nomlangan adabiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyot muxlislari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi, o‘quvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkor yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Muhammad Yusuf byusti poyiga gulchambarlar qo‘yilib, marhum shoirga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.
Muhammad Yusuf o‘z ona xalqining yuksak orzu-intilishlari, armonlari, ertangi kunga bo‘lgan umid va ishonchini o‘z ovozi, o‘z sozi bilan jo‘shib kuylagan. U shu xalq bilan kuldi, shu xalq bilan yig‘ladi, u bilan yondi, faqat unga topindi. Bir jo‘mard o‘g‘lidan e’zoz topgan ona yurt ham uni boshiga ko‘tardi, bag‘rida ardoqladi, yozganlarini vatanparvarlik va millatsevarlik yo‘lida bayroq qildi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov shoir hayoti va ijodi, ayniqsa, uning yurtni, yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi betakror satrlari xalqimiz qalbidan mustahkam joy olganligi, shoir she’rlari xalqimiz, yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, yurtga fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Mahoratli aktyor va aktrisalar tomonidan shoir hayotidagi yodda qolarli voqealar gavdalantirildi.
Tadbir haqiqiy adabiyot, she’riyat bayramiga aylanib ketdi.
Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligida institut jamoasi faol qatnashdi.
Tadbirda ijodkor va havaskor yoshlar shoir she’rlaridan namunalar, shuningdek, shoirga atab yozilgan she’rlar o‘qildi, san’atkorlar tomonidan shoir she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar yangradi.
❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇
🌎
sayt | ✈️
Telegram |📷
Instagram | 🔵
Facebook |🎬
You Tube |🐤
Twitter