У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
XU
Возраст канала
Создан
Язык
Узбекский
0.3%
Вовлеченность по реакциям средняя за неделю
22.83%
Вовлеченность по просмотрам средняя за неделю

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

Сообщения Статистика
Репосты и цитирования
Сети публикаций
Сателлиты
Контакты
История
Топ категорий
Здесь будут отображены главные категории публикаций.
Топ упоминаний
Здесь будут отображены наиболее частые упоминания людей, организаций и мест.
Найдено 858 результатов
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1
❗️O‘zbek tomoni “Chashma” bulog‘ining uchdan ikki qismidan foydalanishi ta’minlanadi

Muzokaralar davomida O‘zbekiston Hukumati va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi  o‘rtasidagi “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish 
to‘g‘risidagi Bitim loyihasining asosiy shartlari tasdiqlandi.

Tomonlar “Chashma” bulog‘i O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining umumiy boyligi ekanini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston fuqarolarining ushbu buloqdan erkin va to‘siqsiz foydalanishi, o‘zbek tomoni buloqning uchdan ikki qismidan foydalanishini ta’minlash hamda manbaning suv resurslari hajmi va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarni o‘zbek tomoni bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, tomonlar do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida ikki mamlakat fuqarolarining “Chashma” bulog‘idan to‘laqonli foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday chora-tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi.

Tomonlar O‘zbekiston Hukumati va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida qisqa muddat ichida “Chashma” bulog‘idan birgalikda  foydalanish to‘g‘risida bitim hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Davlat chegarasi uchastkasi to‘g‘risida shartnomani  muvofiqlashtirish va imzolashga kelishib oldi.


👉 @xushnudbek 👈
25.04.2025, 19:33
t.me/xushnudbek/27704
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1
25.04.2025, 19:18
t.me/xushnudbek/27703
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1
Toshkent shahrida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev raisligida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


👉 @xushnudbek 👈
25.04.2025, 19:18
t.me/xushnudbek/27702
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1
❓O‘zbekistonliklar 9-may munosabati bilan necha kun dam oladi?

Joriy yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni juma kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Qo’shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan, shu sababli juma kuni hamma dam oladi, qolgan kunlari odatiy rejim qo’llanadi.

✅✅ 9-may, juma — barcha uchun dam olish kuni;

✅❌ 10-may, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;

✅✅ 11-may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni.


👉 @xushnudbek 👈
25.04.2025, 16:01
t.me/xushnudbek/27701
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1
📣 Ucell abonentlari uchun yangi tariflar tizimi

“Bor” TTga ulaning va quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ling:

✅ 45 GBdan 350 GBgacha internet-trafik;
✅ Tarifga kiritilgan “Yandex Plus” hamda “Ucell TV” obunalari;
✅ Dam olish kunlari (shanba-yakshanba) hamda tunda cheksiz internet!
✅ O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz daqiqalar;
✅ 500 MBdan 2 GBgacha rouming.

Batafsil
Reklama
25.04.2025, 15:31
t.me/xushnudbek/27700
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
192
63 k
Ikki yadroviy davlat — 🇵🇰Pokiston va 🇮🇳Hindiston o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda

Kashmirning Hindiston nazorati ostidagi hududida bir guruh sayyohlarning o‘qqa tutilishi nizolarni yana olovlantirdi.

Voqealar xronologiyasi quyidagicha:

▪️ 22-aprel kuni Kashmirning Pahalgam hududida bir guruh qurollangan jangarilar yaqin masofadan sayyohlarni o‘qqa tutdi. Oqibatda 26 kishi (25 nafari Hindiston, 1 nafari Nepal fuqarosi) halok bo‘ldi.

▪️ Hujumni Qarshilik fronti qurolli guruhi o‘z zimmasiga oldi. Ular mintaqaga joylashib olgan "begonalar" demografik o‘zgarishlarga "sabab bo‘layotgani"ni da'vo qildi.

Ma'lumot uchun, Qarshilik fronti Kashmirni mustaqil davlatga aylantirish yoki 🇵🇰Pokiston tarkibiga qo‘shilishni talab qiladi.

▪️ Hindiston bosh vaziri Narendra Modi sayyohlarga hujum qilganlar "dunyoning narigi chekkasidan bo‘lsa ham" topilishi haqida bayonot berdi.

▪️Hindiston tomoni Pokistonni jangarilarni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblab, ushbu mamlakat fuqarolariga vizalarni bekor qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi Attari-Vagah chegara o‘tish punkti yopildi. O‘zaro diplomatik aloqalar minimal darajaga tushirildi.

▪️Hindiston 1960-yildan buyon amalda bo‘lgan Hind daryosining suvidan foydalanish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi va Pokistonga o‘tadigan daryo suvini bo‘g‘ib qo‘ydi.

Pokiston suvni to‘xtatish yoki uning yo‘nalishini o‘zgartirishga har qanday urinishni urush harakati, deb hisoblashini ma'lum qildi.

▪️ Shundan so‘ng, Pokiston Hindiston bilan savdo-sotiqni to‘xtatayotgani, havo hududini yopayotgani hamda hind diplomatlari mamlakatdan chiqarib yuborilayotganini e'lon qildi.

▪️Kashmirdagi nazorat chizig‘ida Pokiston va Hindiston harbiylari bir-birlariga qarata o‘t ochishdi.

▪️ Pokiston mudofaa vaziri Xavoja Asif Hindiston bilan keskinlik to‘liq masshtabli urushga aylanishi mumkinligi hamda Pokiston Hindistonning ehtimoliy hujumiga qarshi bor kuchi bilan javob berishini ma'lum qildi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev Kashmir hududida sodir bo‘lgan terrorchilik harakati  oqibatida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘llagan edi.


👉 @xushnudbek 👈
25.04.2025, 13:00
t.me/xushnudbek/27699
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
268
87 k
❗️O’zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko’paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibining ma'lum qilishicha, Dubay shahrida O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida bo’lgan pichoqvozlik holatiga aniqlik kiritish maqsadida mamlakatimiz diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan.

BAA tomoni mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

❗️Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

“O‘zbekiston fuqarolarini xorijda yurtdoshlarimiz sha’niga dog‘ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqiramiz”, - deyiladi xabarda.


👉 @xushnudbek 👈
25.04.2025, 12:09
t.me/xushnudbek/27698
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
73
107 k
❗️Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston rasmiylari bilan maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha bayonot e'lon qildi

XVJ bayonotidan bir qancha tavsiya va xulosalar o‘rin olgan. Jumladan:

🔹 amaldorlar daromadlarini deklaratsiyalash qonunini qabul qilishni tezlashtirish;

🔹 korxonalar foydasi va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarni isloh qilish, daromadga qarab soliq imtiyozlarini qisqartirish;

🔹 samarasiz bojxona imtiyozlarini bekor qilish va yangilarini taqdim etishdan voz kechish;

🔹 davlat qarzini boshqarish strategiyasini takomillashtirilgan hisobot va e’lon qilish orqali shaffoflikni oshirish;

🔹 DXSh bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni byudjetga kiritish, DXSh loyihalarini davlat investisiyalarini boshqarishning keng qamrovli tizimiga singdirish hamda mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha real imkoniyatlarni hisobga olgan holda DXSh uchun yillik chegarani kamaytirish;

🔹 oltin narxi o‘zgarishining davlat xarajatlariga ta’sirini minimallashtirishga intilish;

🔹 valyuta kursi o‘zgarishining keng doirasiga bosqichma-bosqich o‘tish;

🔹 shaffof tartib-qoidalar, investorlar huquqlarining qonuniy kafolatlari va aktivlarni sotishdagi raqobat bilan xususiylashtirishni jadallashtirish;

🔹 tizimli ahamiyatga ega banklarni ixtisoslashtirilgan davlat banklari sifatida saqlab qolish bo‘yicha joriy rejalarni amalga oshirmaslik;

🔹 korporativ qarzdorlarga xorijiy valyutada kredit berish, rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar va to‘lovga layoqatsizlik yoki likvidlik xavfi yuqori bo‘lgan korporatsiyalarga kredit berish bilan bog‘liq risklarni bartaraf etish;

🔹 imtiyozli va yo‘naltirilgan kreditlashdan voz kechish.


👉 @xushnudbek 👈
25.04.2025, 09:50
t.me/xushnudbek/27697
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
675
120 k
UBS fan olimpiadasida ishtirokchilarni ro‘yxatga olish boshlandi

🏆“University of Business and Science” tomonidan Fan olimpiadalari markazi bilan hamkorlikda sovrin jamg‘armasi 4 milliard soʻmlik respublika miqyosidagi UBS fan olimpiadasiga start berildi.

Olimpiada 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot, matematika, tarix, biologiya hamda ingliz tili fanlaridan ikki bosqichda tashkil etilmoqda:

1-bosqich:
6-, 7-, 8-, 9-, 10- va 11-may kunlari onlayn tarzda, ubs.eduolimp.uz maxsus platformasi orqali;

2-bosqich (yakuniy bosqich):
16-, 17- va 18-may kunlari oflayn tarzda tashkil etiladi.

✅️ Gʻoliblar UBS’da oʻqish uchun grantlar va qimmatbaho sovgʻalar bilan, ularning maktab ma’muriyati va ustozlari esa turli nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

❗️Barcha o'quvchilar BEPUL ishtirok etishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish: 21-apreldan boshlanib, @eduolimpbot orqali amalga oshiriladi.

Batafsil maʼlumot uchun:
📞 +998781132626
🤖 @ubsuzbekistan_bot

Litsenziya (№ 564024, 10.01.2025)

Reklama
25.04.2025, 09:08
t.me/xushnudbek/27696
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1.3 k
177 k
Zo’r qaror! Ta’lim o’zbek tilida bo‘lmagan maktab bitiruvchilari endi davlat tili fanidan majburiy imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning 9-aprel kungi buyrug‘iga ko‘ra, barcha maktab bitiruvchilari uchun davlat tili (o‘zbek tili) imtihoni majburiy bo‘ldi.

Bu yangilik ta’limi o‘zbek tili bo‘lmagan (masalan, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman, qirg‘iz tillaridagi) sinflarga ham taalluqlidir.

Boshqacha aytganda, o’zbek tilida o’qiyotganlar ona tili va adabiyot fanidan imtihon topshiradi, boshqa tilda o’qiyotgan bitiruvchilar davlat tili fanidan imtihon topshiradi.

Attestatsiya fanlari va shakllari:

9-sinf bitiruvchilari:

➖ ona tili va adabiyoti (taʼlim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan — yozma;
➖ davlat tili (taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) fanidan — yozma;
➖ matematika fanidan — yozma;
➖ O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
➖ jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o‘tkaziladi.

11-sinf bitiruvchilari:

➖ ona tili va adabiyoti (taʼlim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan — yozma;
➖ davlat tili (taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan — yozma;
➖ matematika (asosiy) / matematika (chuqurlashtirilgan) fanidan — yozma;
➖ tarix fanidan — yozma.

Xorijiy tillar yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar, ushbu fandan imtihon topshirishdan ozod etiladi. Sertifikatlar ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Imtihon jarayonida kuzatuv kengashi va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
24.04.2025, 18:05
t.me/xushnudbek/27695
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
163
149 k
SQBdan Mastercard World Elite kartasi — bu oddiy karta emas, balki zamonaviy to‘lov vositasi

Mastercard World Elite — bu chegirmalar, keshbek, bepul rouming va 24/7 yordamni birlashtirgan premium karta. LoungeKey zallari, sayohat sug‘urtasi va chet eldagi OTMlarga kirish bo‘yicha maslahatlar esa sizni yanada erkin va qulay hayot sari yetaklaydi. Kartani bugunoq sinab ko‘ring!

Kartaga buyurtma berish

Reklama
24.04.2025, 17:35
t.me/xushnudbek/27694
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
222
158 k
❗️O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada zilzila vaqtidagi qo‘rquv oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasining ma'lum qilishicha, kecha, 23-aprel kuni sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda bo‘lgan fuqaro kuchli qo‘rquv holatiga tushishi oqibatida yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bosh konsulxona marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
24.04.2025, 16:15
t.me/xushnudbek/27693
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
91
167 k
🏅Shavkat Mirziyoyev turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.


👉 @xushnudbek 👈
24.04.2025, 13:45
t.me/xushnudbek/27692
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
80
174 k
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈
24.04.2025, 09:18
t.me/xushnudbek/27691
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
218
179 k
WeChat Pay O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilinishi mumkin

Markaziy bank va Tencent Cloud International delegatsiyasi o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda Xitoydagi eng ommabop bo’lgan WeChat Pay to‘lov tizimini O‘zbekistonning mahalliy to‘lov tizimlariga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Endilikda QR-kod orqali tez va qulay to‘lovlar qilish imkoniyati kengayishi kutilmoqda. Tomonlar raqamli texnologiyalar va bulutli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.


👉 @xushnudbek 👈
24.04.2025, 09:03
t.me/xushnudbek/27690
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1.5 k
180 k
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 18:24
t.me/xushnudbek/27689
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
3.7 k
199 k
❓Hozir o’qiyotgan talabalar nima qiladi?

✅ JAVOB: 2025/2026-o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi.

Joriy yilda bitiruvchi kurs talabalariga esa Universitet diplomi beriladi (akademiya yoki institut diplomi emas).


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 17:34
t.me/xushnudbek/27688
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
5.4 k
208 k
❗️Prezident qaroriga ko’ra:

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 17:26
t.me/xushnudbek/27687
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
721
176 k
Endi bir kami senga hisob berishimiz qoluvdi. Rus tilidagi yozuvni borib Rossiyangdan qidirasan.

Rossiya mulozimining gaplarini men diplomatik bezbetlik, deb qabul qildim. Hech bo‘lmasa, taklif sifatida “rus tilida ham matn bo‘lsa, xursand bo‘lardik” desa ham mayli ekan. Xuddi “yuqoridan” tekshiruvchi kelgandek, “qani ruschasi?” deb so‘roqqa tutishiga o‘laymi.

Ishqilib, biznikilar shosha-pisha ruscha matn qo‘yishmaydi, degan umiddaman. O‘zbekcha va inglizcha matn juda to‘g‘ri qaror bo‘lgan. O‘zgartirish shart emas, menimcha.

So‘zim so‘nggida Sherzodxon Qudratxo‘jadan iqtibos keltirmoqchiman:

Har bir mamlakat o‘zining hududidagi tarixiy obida yoki haykali atrofida qaysi tilda yozishini faqat o‘zi hal qiladi. Chetdan kelib, boshqa davlatning Tashqi ishlar vaziri bizni tanqid qilishi noto‘g‘ri. Zero, biz ularning koloniyasi emasmiz!


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 16:39
t.me/xushnudbek/27686
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
774
164 k
❗️Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bugun Turkiyada mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da 6,2 ball kuchidagi kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Anadolu agentligining ma’lumotiga ko‘ra, zilzila markaziy nuqtasi Istanbulning Silivri tumanida joylashgan.

Soat 13:02 da 4,9 ball kuchidagi yana bir zilzila sodir bo‘ldi. Uning markaziy nuqtasi Marmara dengizidagi Buyukchekmeche sohili yaqinida joylashgan.

Qurbonlar va jiddiy vayronagarchiliklar haqida ma‘lumotlar yo‘q.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi esa barcha vatandoshlarimizni osoyishta bo‘lishga, rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarni kuzatib borishga hamda xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi.


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 14:20
t.me/xushnudbek/27685
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
202
157 k
#40 BOJLAR BO‘YICHA YANGI NORMALAR, AVIACHIPTALAR MUAMMOSI, PULLIK PARKOVKALAR — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/iuSfDXe7coo

Mundarija:

00:00 Tizer
01:02 Intro
01:32 Mehmonimiz — Behzod Hoshimov
02:52 Tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirish normalari kuchaytirilmoqda
20:05 AQSHda ko‘p narsalar qonunlar bilan emas, tvitlar bilan boshqarilyapti
23:03 Bojlar qaroridan asl maqsad nima?
32:17 Endi narxlar qimmatlashadimi?
33:10 AQSH JST’dan chiqsa nima bo‘ladi?
46:45 Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilindi
57:00 Tramp ziyoli qatlamga urush ochdi
1:08:12 Avia soha to‘g‘risida
1:13:44 Loukosterlar umuman tinmasligi kerak
1:20:11 Chipta olishdagi muammolar
1:25:00 Teskari reaksiya yo‘q
1:31:36 Toshkentdagi o‘zgarishlar
1:32:53 Toshkentda piyoda yurish juda xavfli
1:37:50 Parkovka yo'qligi kimning muammosi?
1:48:27 Tezlikni +5 km/soatga oshirish
1:51:09 Viza hamda migratsiya masalasi
2:10:30 Otabek Bakirovdan kutilmagan bayonot

📻 Podcastni eshitish uchun:

Yandex Music
Spotify
Apple Podcasts
23.04.2025, 13:07
t.me/xushnudbek/27684
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
752
157 k
Qamchiq dovonida qor yog‘ayotgan ekan.

Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanish so’ralmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 12:10
t.me/xushnudbek/27683
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
73
151 k
“Lolazor” podkastining navbatdagi sonini bugun soat 15:00 da YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 10:54
t.me/xushnudbek/27682
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
108
160 k
🌳 “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi

Joriy yilgi mavsumda hududlardan jami 570 ta loyiha kelib tushgan.

Ovoz berish bosqichi 30-aprelga qadar davom etadi.

Loyihalarga quyidagi usullardan biri orqali ovoz berish mumkin:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ Telegram'dagi rasmiy bot yordamida.


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 10:05
t.me/xushnudbek/27681
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
391
149 k
Davlat ishtirokida korxona tashkil etishga 2030-yilgacha moratoriy joriy qilindi

Prezident farmoniga muvofiq, 2030-yilgacha (mudofaa va xavfsizlik bilan bog‘liq korxonalar hamda prezident qarorlari asosida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) yangi davlat ishtirokidagi korxonalar tashkil etish taqiqlanadi. Maqsad — xususiy sektor ulushini oshirish va davlat korxonalari sonini kamaytirish.

Hujjatda qayd etilishicha, 2030-yilgacha nodavlat sektor ulushi 85 foizga yetkaziladi va davlat korxonalari soni 6 baravarga kamaytiriladi.

Bozorlar va savdo majmualarida davlat ishtiroki majburiyligi ham bekor qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 09:05
t.me/xushnudbek/27680
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1.8 k
171 k
UzAutoMotors kompaniyasi sotiladi

Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to’g’risida Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketi ommaviy savdolarga chiqariladi.

Masalan, UzAuto Motors, UMS, Uzbekistan GTL, Uzbekinvest, Uzmetkombinat, Navoiyazot, Texnopark, issiqlik elektr stansiyalari shular jumlasidan.

Shuningdek, qaror bilan 12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o’tkaziladi.

Masalan, Navoiy KMK, Olmaliq KMK, Uzbekistan Airways, Navoiyuran, Uzbektelecom, Uztransgaz shular jumlasidan.


👉 @xushnudbek 👈
23.04.2025, 08:33
t.me/xushnudbek/27679
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
289
153 k
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida qabul boshlandi

✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi – o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi – o‘qish muddati 5 yil.

DIQQAT!

Tibbiyot texnikumlari va kollejlari bitiruvchilari
✅ Farmatsiya
✅ Sanoat farmatsiyasi
yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilinadi.

⌛ Hujjatlar onlayn (https://admission.ftti.uz/) va offlayn qabul qilinadi.

👉 Hujjat topshirish
https://admission.ftti.uz/)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: “UzMal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Sayram Korzinka

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma’lumot — http://ftti.uz/

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Reklama
23.04.2025, 08:03
t.me/xushnudbek/27678
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
397
154 k
🇺🇿🇹🇲Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24-aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
22.04.2025, 18:20
t.me/xushnudbek/27677
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
472
166 k
Ertaga, 23-aprel — “Avtomobilsiz kun”

Hukumat topshirig’iga binoan, har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

Ertaga ham Toshkent, Nukus shaharlari va respublikaning barcha viloyatlari markazlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi boʻlib oʻtadi.

❗️ "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilangan.


👉@xushnudbek👈
22.04.2025, 15:40
t.me/xushnudbek/27676
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
294
135 k
🇺🇸🇺🇿Amerika texnologiya universiteti (AUT) 2025-yil 31-maygacha ariza topshirgan abituriyentlar uchun 35% grant ajratilishini e’lon qiladi.

🎓Nega AUT?

- Arizona davlat universiteti (ASU) ning jahon talablariga mos dasturlari bo‘yicha o‘qitish;
- AUT va ASU'dan ikkita diplom olish imkoniyati;
- Tajribali xalqaro professorlar;
- Yetakchi universitetlar bilan hamkorlik.

✅Web sahifamizda hoziroq ariza yuboring.

📄Litsenziya (№ 522863, 16.09.2024-y)

Reklama
22.04.2025, 15:07
t.me/xushnudbek/27675
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
137
138 k
Mashhur haykaltarosh Zurab Sereteli 91 yoshida vafot etdi

Asosan Sovet davrida va Rossiyada ijod qilgan haykaltarosh o‘zining monumental asarlari bilan mashhur. Jumladan:

🇷🇺 Moskvadagi Pyotr I haykali (98 metr);
🇷🇺 Moskvadagi “G'alaba” monumenti (141,8 metr);
🇵🇷 Puerto Rikodagi “Yangi dunyoning tug‘ilishi” — Xristofor Kolumb haykali (126 metr);
🇺🇸 Nyu-Yorkdagi BMT qarorgohi yaqinida o‘rnatilgan “Ezgulik yovuzlikni yengadi” nomli haykal;
🇺🇸 Nyu-Jersidagi “Qayg‘u ko‘z yoshlari” — AQShda 11-sentyabr voqealari qurbonlarining xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan monument (30 metr);
🇪🇸 Ispaniyaning Sevilya shahridagi “Yangi insonning tug‘ilishi” — Xristofor Kolumb haykali (45 metr) va boshqalar Sereteli tomonidan yaratilgan.


👉 @xushnudbek 👈
22.04.2025, 13:59
t.me/xushnudbek/27673
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
136
135 k
22.04.2025, 13:59
t.me/xushnudbek/27674
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
455
136 k
Yuz martadan ortiq qoidalarni buzgan Namangan shahar hokimligiga yaxshi javob qaytarilibdi

Namangan shahar hokimi o‘zidan zamonaviy Robin Gud yasamoqchi edi. Nima emish, ayrim fotoradarlar Nizomga zid o‘rnatilgani uchun yo‘l qoidalarini buzgan Namangan shahar aholisi moddiy va ma’naviy zarar ko‘rayotgan emish. Ya’ni hokim janobi oliylari huquqbuzar haydovchilarni o‘zicha himoya qilib, radarlarni o‘chirishni so‘ragandi.

Ushbu xatga javoban Namangan viloyati YHXB boshlig‘i podpolkovnik M.Gaziyev juda chiroyli javob qaytaribdi, baraka topsin.

Birinchidan, fotoradarlar o‘rnatilishi natijasida og‘ir oqibatlar kamayayotganini aytgan. Masalan, Davlatobod hamda Yangi Namangan yo‘nalishida o‘tgan yili 13 ta o‘lim holati qayd etilgan ekan. Joriy yilda hozircha bironta o‘lim holati qayd etilmabdi. Ilohim, qayd etilmasin ham.

Balki hokim janobi oliylariga o‘lib ketgan odamlarning qadri yo‘qdir, balki shuning uchun huquqbuzar haydovchilarni himoya qilayotgandir, bunisi menga qorong‘u.

Ikkinchidan, xatda hokimning o‘ziga bir qancha savollar berilgan. Masalan, Namangan shahar hokimligiga tegishli 50 020 DAV raqamli Kaptiva 2024-yildan hozirgacha 47 marta huquqbuzarlik sodir etibdi. Shundan 11 tasining jarimasini (8 mln so‘mdan ortiq) haligacha to‘lashmabdi.

Va yana hokimliklarga tegishli boshqa avtomobillarning 87 ta to‘lanmagan jarimasi (35 mln so‘mlik) bor ekan.

Shunda savol tug‘iladi. Hokim janobi oliylari balki xalqni emas, ko‘proq o‘zining qo‘l ostidagi qoidabuzar xodimlarning manfaatini ko‘zlab radarlarni o‘chirmoqchi bo‘lgandir? Oldin o‘zingiz hokim sifatida xodimlaringizni to‘g‘ri yurishga o‘rgatsangiz bo‘lmaydimi? Yoki hokimlik amaldorlariga hamma narsa mumkinmi? Qoida buzish ham, jarimasini to‘lamaslik ham sizlarga yarashaveradi-da, a?

Namangan shaharda radardan boshqa hokim shug‘ullanadigan jiddiyroq muammo qolmadimi? Ishsizlik, jinoyatchilik, moliya-iqtisod, yoshlar bilan bog‘liq masalalarda hokim janobi oliylarining qiladigan ishlari yo‘qmi?

Men bitta narsadan xavotirdaman. Sharmanda bo‘lganidan achchig‘i chiqqan hokim janobi oliylari viloyat YHXB boshlig‘i M.Gaziyevga tish qayrab, uning ustidan “yuqoriga” shikoyat qilishi va unga zarar yetkazishga harakat qilishi mumkin. Bunaqa vaziyatda Ichki ishlar vazirligi o‘z xodimini himoya qiladi, degan umiddaman.


👉 @xushnudbek 👈
22.04.2025, 12:16
t.me/xushnudbek/27672
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
44
142 k
22.04.2025, 11:57
t.me/xushnudbek/27670
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
44
139 k
22.04.2025, 11:57
t.me/xushnudbek/27671
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
47
128 k
22.04.2025, 11:57
t.me/xushnudbek/27669
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
45
117 k
Prezident quyidagi musobaqalarda g‘alaba qozongan sportchilarimizga ham tabrik yo‘lladi:

🏒 Armanistonda o‘tgan xokkey bo‘yicha Jahon chempionatida o‘z divizionida g‘olib bo‘lgan hamda kelgusi mavsumda uchinchi divizonda qatnashadigan milliy terma jamoamiz;

🏒 Tailandda o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilardan iborat terma jamoamiz;

🏃‍♂ Saudiya Arabistonida yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 🥇3 ta oltin, 🥈5 ta kumush va 🥉4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan vakillarimiz.

Davlatimiz rahbari xokkeychi va yengil atletikachilarimizni yuksak zafarlari bilan tabriklab, ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etdi.


👉 @xushnudbek 👈
22.04.2025, 11:57
t.me/xushnudbek/27668
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
85
121 k
🚧 Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oyga yopiladi

❓Qaysi ko’cha?

Mirzo Ulug‘bek tumani O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan, Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

❓Qancha muddatga?

24-aprel soat 07:00 dan 30-mayga qadar.

❓Nima sababdan?

Ko‘cha 24/7 rejimida faoliyat yuritishga tayyorlanib, uning infratuzilmasi o‘zgartirilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
22.04.2025, 11:02
t.me/xushnudbek/27667
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
195
134 k
O’zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi chempioni bo’lgani munosabati bilan kanalimizda tanlov (giveaway) tashkil qildim.

Obunachilarimiz orasidan 25 kishiga 3 oylik Telegram Premium hamda uning yoniga har bir g‘olibga 1 yillik Mutolaa Premium obunasi sovg‘a qilinadi.

Mutolaa — audio va elektron kitoblar jamlangan ilova! Hozirda ilovada 3 mingdan ortiq audio va elektron kitoblar mavjud. Bundan tashqari "Asaxiy" va "Hilol nashr"ning bestseller kitoblaridan va qo'shimcha qulayliklardan Mutolaa Premium obunasi orqali foydalanishingiz mumkin.
📲 Yuklab olish

⏳G’olib nomi 27-aprel kuni soat 21:00 da ma’lum bo’ladi.

‼️ Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.

Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.

❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
22.04.2025, 08:49
t.me/xushnudbek/27666
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
140
127 k
🎓 Renessans ta’lim universitetida 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Universitet sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🔹 30 dan ortiq yo‘nalishlardan birini tanlash;
🔹 Davlat standartidagi diplom;
🔹 Grant asosida o‘qish va nomli stipendiyalarga ega bo‘lish;
🔹 Xitoy, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida xalqaro talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish;
🔹 Kontrakt summasidan 25% chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
🔹 9 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib to‘lash imkoniyati;
🔹 Xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish;
🔹 Talaba bo‘lgan er-xotin va yaqin qarindoshlarning har biriga kontrakt narxidan 10% chegirma;
🔹 O‘quv yili yakunida fanlarni a’lo baholarga o‘qib, qo‘shimcha “Iqtidorli talabalar granti”ni qo‘lga kiritish imkoniyati.

Ariza topshirish: 👉 www.renessans-edu.uz

📄 Litsenziya: №331657; 18.11.2022

📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin

📍 Manzil: Toshkent, Charxnovza 17

Telegram | Instagram | Veb-sayt

Reklama
22.04.2025, 08:09
t.me/xushnudbek/27663
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
238
126 k
Korrupsion holatlar:

➖ Toshkentdagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fanidan saboq beruvchi o‘qituvchini mazkur tumandagi maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlash evaziga o‘z xizmat xonasida 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

***

➖ Toshkent viloyatidagi “Yangiyo‘l” TIF bojxona posti inspektori Qozog‘istondan bug‘doy olib kelib, qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tomonidan qo‘shni davlatdan temir yo‘l orqali olib kirilayotgan bug‘doy mahsulotlari ortilgan vagonlarni bojxona ko‘rigi hamda rasmiylashtiruvidan muommosiz o‘tkazib berish evaziga uchinchi shaxs orqali 2700 dollar olgan vaqtida ushlandi.

***

➖ Samarqand viloyati Jomboy tumani FVB boshlig‘i fuqaroga yashash xonadonida xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi ochishi uchun uning turar-joyini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish va kelgusida rahnamolik qilish evaziga 200 dollar olgan vaqtida ushlandi.

***

➖ Samarqand viloyati Paxtachi tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i mahalliy MChJga tumanda karyer faoliyatini amalga oshirishi uchun ekologik xulosa berish, Qarnab qishlog‘idagi “Nakvoysoy” hududidan tosh-shag‘al qazib olishiga ruxsat berish hamda kelgusida MCHJ faoliyatiga rahnamolik qilish uchun 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
22.04.2025, 07:19
t.me/xushnudbek/27662
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
167
151 k
21.04.2025, 19:05
t.me/xushnudbek/27660
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
170
150 k
21.04.2025, 19:05
t.me/xushnudbek/27661
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
169
132 k
🏆 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi

Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat jamoasi;

🥈2-o‘rin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi;

🥉3-o‘rin: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi.

Mazkur jamoalar diplom, medallar hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 100 mln so‘m;
2-o‘rin: 60 mln so‘m;
3-o‘rin: 40 mln so‘m.

Shuningdek, respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
21.04.2025, 19:05
t.me/xushnudbek/27659
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
734
146 k
Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
21.04.2025, 18:17
t.me/xushnudbek/27658
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
315
144 k
🎓 Mentalaba.uz — abituriyentlar uchun yanada ko'proq imkoniyatlar

🎯 Yana bir ajoyib yangilik: Mentalaba.uz platformasiga bir nechta OTMlar qo‘shildi! 🔥

🤔 Tasavvur qiling: bir platforma, bir necha universitet — va siz ularni bir joyda o‘rganib, hujjat topshirib, talaba bo'lishingiz mumkin.

🔗 Qaysi universitetlar deysizmi?
🎓 International School of Finance Technology and Science
🎓 EMU universiteti
🎓 Tashkent International University of Education
🎓 Turin Polytechnic University in Tashkent
🎓 Millat Umidi University
🎓 OXUS UNIVERSITETI

💡 Quvonarlisi, Mentalaba.uz platformasi orqali 40 dan ortiq OTMlarga hujjat topshirish imkoniyati mavjud!

HOZIROQ OTMLAR RO'YXATI BILAN TANISHING!

🎓 Mentalaba.uz - universitetlarga hujjat topshirishning oson va tezkor yo'li

Sayt | Telegram | Instagram

Reklama
21.04.2025, 17:32
t.me/xushnudbek/27657
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1.2 k
180 k
Chempionlarni kutib olishga tayyorgarlik ko’rilmoqda. O’zbekiston delegatsiyasi o’tirgan samolyot soat 19:30 da qo’nishi rejalashtirilgan.

Terma jamoa bosh murabbiyiga “Equinox” avtomobili, 23 nafar futbolchilarga esa “Cobalt” avtomobili sovg’a qilinadi. Avtomobillar aeroport hududiga keltirib qo’yilgan.

🏫 Video: O’zA


👉 @xushnudbek 👈
21.04.2025, 16:54
t.me/xushnudbek/27656
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
487
175 k
Shavkat Mirziyoyev Osiyo kubogi o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra:

➖ terma jamoa bosh murabbiysi Ismoilov Islombek Murodbek o‘g‘li «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan;

➖ 23 nafar futbolchilar «Kelajak bunyodkori» medali bilan;

➖ «Sport» telekanali sharhlovchilari Djurayev Otabek Rustamovich hamda Tolipov Orifjon Boxodirovich «Shuhrat» medali bilan taqdirlanishdi.


👉 @xushnudbek 👈
21.04.2025, 15:19
t.me/xushnudbek/27655
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
356
167 k
Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi.

U 2013-yildan buyon rim-katolik cherkovining rahbari edi.


👉 @xushnudbek 👈
21.04.2025, 11:45
t.me/xushnudbek/27654
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
270
165 k
Karimov Elyorbek Rahmatillayevich Andijon shahar hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Izboskan tumani hokimi edi.


👉 @xushnudbek 👈
21.04.2025, 11:06
t.me/xushnudbek/27653
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
316
181 k
Shavkat Mirziyoyev:

Aziz farzandlarim!

O‘n yetti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Saudiya Arabistoni maydonlarida bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak sovrin – Osiyo kubogini qo‘lga kiritganingiz bilan xalqimiz nomidan, o‘z nomimdan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
...
Ayniqsa, finalda musobaqa mezboni – Saudiya Arabistoni kabi g‘oyat kuchli jamoaga qarshi keskin bellashuvda turli bosimlarga qaramasdan, o‘n bir o‘yinchiga qarshi to‘qqiz futbolchi shiddatli kurash olib borganingiz chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘ldi.

... Mana shunday tarixiy g‘alaba uchun sizlarga, sizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalaringiz va ustoz-murabbiylaringizga chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlar ushbu g‘alabadan ruhlanib, shu yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham Osiyoning g‘olib jamoasi sifatida munosib ishtirok etasiz, deb ishonaman.


👉 @xushnudbek 👈
21.04.2025, 10:02
t.me/xushnudbek/27652
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
156
159 k
Qayumov Asadulla Urolovich “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” boshqaruv raisi etib tayinlandi.

U bunga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
21.04.2025, 08:42
t.me/xushnudbek/27651
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
74
173 k
21.04.2025, 08:09
t.me/xushnudbek/27650
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
74
157 k
📌 "Profi University" iqtidorli talabalarga stipendiya ajratdi!

"Profi University" 2024-2025 o‘quv yilining 2-semestri uchun talabalarga stipendiya taqdim etdi.

Universitetning eng bilimli talabalaridan 286 nafari universitet stipendiyasini olishga erishdi.

Yangi o‘quv yilida Siz ham grant hamda stipendiya asosida o‘qishni xohlaysizmi?

Unda "Profi University" Sizni kutmoqda!

📲 Ro‘yxatdan o‘tish: profiuniversity.uz

📞 Murojaat uchun: +998787771111 yoki @profiqabul

📄 Litsenziya (№ 676806, 10.11.2022 y.)


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Reklama
21.04.2025, 08:09
t.me/xushnudbek/27648
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
82
176 k
21.04.2025, 08:09
t.me/xushnudbek/27649
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
634
184 k
20.04.2025, 22:20
t.me/xushnudbek/27647
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
646
189 k
20.04.2025, 22:20
t.me/xushnudbek/27646
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
657
183 k
G’alaba quvonchi.

OFK rasmiy sahifasidagi videolar.


👉 @xushnudbek 👈
20.04.2025, 22:20
t.me/xushnudbek/27645
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
709
193 k
Eng yaxshilar ham o’zbeklar

🌟 Sadriddin Hasanov – Turnirning eng yaxshi futbolchisi

🧤 Ne’matulloh Rustamjonov – Turnirning eng yaxshi darvozaboni

⚽️ Asilbek Aliyev – Turnirning eng yaxshi to‘purari


👉 @xushnudbek 👈
20.04.2025, 20:43
t.me/xushnudbek/27642
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
689
206 k
20.04.2025, 20:43
t.me/xushnudbek/27644
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
697
206 k
20.04.2025, 20:43
t.me/xushnudbek/27643
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
745
209 k
Shu yigitlarga mashinaning istalganidan beringlar, soliq to’lovchi sifatida roziman.

Gap faqat yutuqda yoki chempionlikda emas, gap xarakterda. Yengilmas, irodasi sinmaydigan va oxirigacha kurashuvchan o’zbek xarakterida. Mana shuning uchun ham bersa arziydi.


👉 @xushnudbek 👈
20.04.2025, 20:35
t.me/xushnudbek/27641
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
2.3 k
245 k
O’ZBEKISTON — CHEMPIOOOON!!!!


👉 @xushnudbek 👈
20.04.2025, 20:31
t.me/xushnudbek/27640
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
4.6 k
271 k
Qosh qoqishga nechchi? 😂


👉 @xushnudbek 👈
20.04.2025, 20:21
t.me/xushnudbek/27639
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1.5 k
241 k
AAAAA!!!! O’zbekiston chempion!!!

Bu shunchaki chempionlik emas, bu — QAHRAMONLIK!!!!

Katta harflar bilan yoziladigan QAHRAMONLIK!!!

1-bo’limda hakamlar bizning 2 nafar futbolchimizga qizil kartochka ko’rsatdi. Lekin yigitlarimiz 9 kishi bo’lib, 2:0 hisobida g’alaba qozonishdi!!! Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin SINMAYDI!!!

BARAKALLAAAAA!!!!


👉 @xushnudbek 👈
20.04.2025, 20:08
t.me/xushnudbek/27638
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
741
198 k
⚽ Bugun — final!

Futbol bo‘yicha U-17 terma jamoamiz Osiyo kubogi finalida mezbon 🇸🇦 Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

⏰ O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿


👉 @xushnudbek 👈
20.04.2025, 14:04
t.me/xushnudbek/27637
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
644
202 k
2025-yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirishning quyidagi normalari belgilandi:

➖havo transportida — 1000 dollar (amalda 2 ming dollar edi);

➖temir yo‘l va daryo transportida — 500 dollar (amalda 1000 dollar edi);

➖avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali — 300 dollar;

➖xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali — oyiga 200 dollar (amalda bir chorakda 1000 dollar edi);

➖xalqaro pochta jo‘natmalari orqali — 100 dollar (o‘zgarmagan).

Bundan tashqari, bojsiz tovar olib kirish limitidan foydalanish uchun fuqaro piyoda yoki avtomobilda kirib kelayotgan paytda kamida 2 kun, samolyotda kelayotganida esa kamida 3 kun O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lishi kerak. Yo’qsa, tovarning to’liq qiymatidan yagona bojxona to’lovi undiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
20.04.2025, 07:28
t.me/xushnudbek/27636
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
162
169 k
🚆 Toshkent metrosi kuniga 780 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida Toshkent metropoliteni orqali 70,2 million yo‘lovchi tashilgan.

🔹 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 7,2 million nafarga ko‘p.

🔹 Shu yilning 1-choragida kunlik o‘rtacha tashilgan yo‘lovchilar soni 780 ming nafarga yetgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 12,6 foizga oshgan.


👉 @xushnudbek 👈
19.04.2025, 15:20
t.me/xushnudbek/27635
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
118
162 k
📚 Asaxiy Books’dan navbatdagi premyera — qardosh qozoq tadbirkori Marg‘ulan Seysemboyning “Uddalasa bo‘ladigan vazifa” kitobi oʻzbek tilida!

Marg‘ulan Seysemboy kitobda o‘z hayotiy tajribasi, muvaffaqiyat sari yo‘li va hayotdagi missiyani topish jarayonini samimiy va ochiq tarzda o‘rtoqlashadi:

✅ Katta maqsadlarni oddiy vazifalarga ajratish texnikalari;
✅ Samarali menejment va moliyaviy boshqaruv sirlari;
✅ Rejalashtirish va unumdorlikni oshirish usullari;
✅ Tadbirkor sifatida shaxsiy va professional o‘sish yo‘llari.

Kitob “Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etilgan.

Tarjimon: Muhabbat Yo‘ldosheva
Muqova: qattiq
Sahifa: 496 bet
Narxi: 99 000 so‘m
Premyera chegirmasida: 80 000 so‘m

Xarid qilish: asaxiy.uz/u/margulan_seysemboy

Reklama
19.04.2025, 14:50
t.me/xushnudbek/27634
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
700
170 k
Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekistonda 5 yillik yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda berilishi belgilandi.

Talab etiladigan to‘lov miqdorlari:

— Asosiy arizachiga - 200 000 AQSH dollari;

— Har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi, ota-onasi) - 100 000 AQSH dollari.


👉 @xushnudbek 👈
19.04.2025, 09:56
t.me/xushnudbek/27633
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
164
152 k
🏆 Bugun soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat”ning bahorgi mavsum ikkinchi o‘yinida Farrux Rafiqov jamoasi ishtirok etadi.

🎉 Yubiley mavsumda yilning eng yaxshi savoli egasi 🚗AVTOMOBIL yutib olishi mumkin!!! Bir-biridan qiziqarli savollar yuborishni kanda qilmang.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 18:00
t.me/xushnudbek/27632
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
147
148 k
Baxriddinov Zuhriddin Baxriddin o'g'li Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish departamenti direktori edi.

👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 17:33
t.me/xushnudbek/27631
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
121
140 k
🚆 “Toshkent — Buxoro — Toshkent” va “Samargand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Sayyohlar uchun qulaylik yaratish, ularning harakati uchun sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida 24, 25, 26, 27-aprel kunlari “Samargand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

🔹775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi:

Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15.

🔹776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:

Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.

Shuningdek, 21, 22, 28, 29, 30-aprel va 1-may kunlari “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida ham qo‘shimcha qatnovlar bo‘ladi va quyidagi jadval asosida harakatlaniladi:

🔸778-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi.

Toshkent 06:10 — Buxoro 10:14

🔸777-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi

Buxoro 17:55 — Toshkent 22:03.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 15:45
t.me/xushnudbek/27630
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
741
121 k
Uzum Tezkor’da 65 000 soʻmdan oshgan birinchi uchta buyurtma uchun 21 000 soʻmlik chegirma!

Chegirmani qoʻlga kiritish uchun buyurtma payti:
PTP1KN4FZ
promokodini kiriting!

Yoqimli ishtaha.

Reklama
18.04.2025, 15:01
t.me/xushnudbek/27629
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
41
115 k
Soliq va bojxona sohalaridagi kamchiliklar bu tizimlarda navbatdagi islohotlarni talab qilmoqda.

Prezident mutasaddilarga malakali ekspertlar, olimlar va tadbirkorlar jamoatchilik kengashini jalb qilib, soliq-bojxona siyosati va ma’murchiligini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosli takliflar kiritishni topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 14:41
t.me/xushnudbek/27628
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
88
114 k
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi.

Buning hisobiga qariyb 40 ming odam ishlaydigan 5,5 ming qandolat va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion so‘mga yetadi.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 14:37
t.me/xushnudbek/27627
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
83
119 k
1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi. Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

Bu tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyat ekani ta’kidlandi.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 14:32
t.me/xushnudbek/27626
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
62
121 k
Salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar chetdan keladigan vitrinali sovutkichlarni sertifikatsiyalash jarayoni 3 oygacha cho‘zilayotganini aytmoqda.

Kurerlik xizmati korxonalari moped olib kelib, odamlarni ishli qilayotgani, lekin mopedning o‘zi 300 dollar tursa, uni standartdan o‘tkazib, sertifikat olishga yana shuncha mablag‘ ketayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Xususiy klinikalar “O‘zbekistonga ilk bor olib kelinayotgan ayrim tibbiy uskunalarni Farmqo‘mitada ro‘yxatdan o‘tkazish xarajati ularning narxidan 10 karra qimmat”, demoqda. Shuningdek, qo‘mitada oddiy termometrni ham, MRT uskunasini ham ro‘yxatdan o‘tkazishga 4-5 oy vaqt ketmoqda.

Davlatimiz rahbari bunday to‘lov va tartibotlar mutasaddilar tomonidan naqadar chuqur o‘ylanganini savol ostiga qo‘ydi.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 14:18
t.me/xushnudbek/27625
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
133
115 k
❗️Prezidentning alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqo‘m, Veterinariya qo‘mitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.

Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:

— oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanepidqo‘m shug‘ullanadi;

— oziq-ovqat uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;

— qo‘mita asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro talablarga – Kodeks Alimentariusga muvofiqlashtiradi.

Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 13:57
t.me/xushnudbek/27624
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
146
113 k
Standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning “qo‘lini bog‘lamoqda”, sohada korrupsiyani keltirib chiqaryapti.

Xususan, investorlar mamlakatimizdagi ko‘p laboratoriyalar talabga javob bermasligi, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytmoqda.

Hozirgi tizimda sertifikatlash organlari bir paytning o‘zida bozor nazoratini ham olib borayotgani, bu esa manfaatlar to‘qnashuviga olib kelayotgani qayd etildi.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 13:38
t.me/xushnudbek/27623
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
95
116 k
Shavkat Mirziyoyev:

“Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar o‘rtasida barqaror munosabatlar va o‘zaro ishonchni ta’minlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar bugun samarasiz bo‘lib borayapti.

Uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yo‘qotgani biz uchun qattiq “signal” bo‘lishi kerak”.

O‘ziga nisbatan eng katta import bojlari qo‘yilgan davlatlar endilikda O‘zbekiston eksport qilayotgan yo‘nalishlarga o‘zining mahsuloti bilan kirish uchun agressiv savdo siyosatini yuritishi mumkinligi qayd etildi. Ya’ni, mamlakatimiz kirib borgan ip-kalava, mato, gazlama, tayyor tekstil va maishiy texnika bozorlarida ham ayovsiz raqobat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev raisligida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining O‘zbekistonga ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 12:51
t.me/xushnudbek/27622
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
111
119 k
Yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi

DXX ma’lumotiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimligi mas’ul xodimi 15 gektar yer maydonini 3 yilga ijaraga berish evaziga 360 mln so‘m talab qilgan. Shuningdek, ushbu yerning toifasini kovrak ekishga o‘zgartirib berish uchun fuqarodan 30 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga olingan.

***

Toshkent shahrida esa bank xodimlari va yana ikki fuqaro 5,99 gektar yer maydonini 455 ming dollar evaziga sotishga kelishgan. Ular avans sifatida 85 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

***

Xorazm viloyatida 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro singlisi bilan birga 2500 m² ekin yer maydonini rasmiylashtirib berish uchun 66 ming dollar so‘ragan. U oldindan 45 ming dollar va 130 mln so‘m olayotganida ushlandi. Viloyatning Yangibozor tumanida investitsiya bo‘limi mutaxassisi e-auksiondagi 1 gektar yer maydonini olib berish evaziga 300 mln so‘m so‘rab, 243 mln so‘m va 4300 dollar olganida qo‘lga tushdi.

***

Andijonda esa uch nafar fuqaro 30 sotix yer maydonini 27 ming dollarga sotishga va uning toifasini qurilishga moslashtirish uchun qo‘shimcha 11 600 dollar olayotganda ushlangan.

***

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi shaxs soxta hujjatlar asosida 26 sotix yer maydonini turar joyga o‘zgartirib berish uchun 26 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 12:04
t.me/xushnudbek/27621
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
897
132 k
💡Toshkentning ikkita tumani ayrim mahallalarida 5 kun davomida elektr ta'minoti o‘chiriladi

❓Qaysi tumanlar?

Olmazor tumanining quyidagi mahallalarida:

▪️Ahil;
▪️Elparvar;
▪️Ibrohim ota;
▪️Gulzor;
▪️Qorasaroy;
▪️Oltinsoy;
▪️Moyariq;
▪️Miskin.

Yunusobod tumanining quyidagi mahallalarida:

▪️Astrabod;
▪️Turkiston;
▪️Ming chinor;
▪️Nurmakon;
▪️Sobirobod;
▪️Hamkorobod;
▪️Katta Hasanboy;
▪️Sharq haqiqati;
▪️Registon;
▪️Yoʻlariq;
▪️Uch qahramon.

❓Qancha muddatga?

18-22-aprel kunlari 08:00 dan 18:00 gacha.

❓Nima sababdan?

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari modernizatsiya qilinishi munosabati bilan.

* Poliklinika, maktab, bogʻcha kabi ijtimoiy soha muassasalari koʻchma dizel generatorlari orqali barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
18.04.2025, 08:33
t.me/xushnudbek/27620
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
144
129 k
UBS talabalari uchun vodiy va Toshkentda mehnat yarmarkalari tashkil etiladi

“University of Business and Scinece” tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda talabalar uchun yirik “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.

Yarmarkada talabalar:

— O‘z rezyumesini taqdim etishi;
— Intervyu ko‘nikmalarini sinab koʻrishi;
— Amaliyot va ish takliflariga ega bo‘lishlari mumkin.

🔰 Tadbirda ishtirok etuvchi tashkilotlar:

• Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
• “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
• Turizm qoʻmitasi
• Oʻzbekiston milliy banki
• “UzAuto motors Powertrain”
• “Uztelecom”
• “UzCard”
• “Korzinka”
• “Click”
• “Ucell”
• “City farm”

Karyera kunlari:

▪️ 7-may — UBSning Toshkent filiali;
▪️ 13-may — UBSning ikkinchi binosi (Namangan);
▪️ 14-may — Andijon shahri;
▪️ 15-may — Farg‘ona shahri.

Universitet kanali: @ubsuzbekistan

📞 +998781132626
@ubsuzbekistan_bot

Litsenziya (№ 564024, 10.01.2025)

Reklama
18.04.2025, 08:02
t.me/xushnudbek/27619
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
327
150 k
O’zbekiston U-17 terma jamoasi finalda!

Endi yigitlarimiz 20-aprel, yakshanba kuni finalda mezbon 🇸🇦Saudiya Arabistoni bilan yana bir bor kuch sinashadi.

Eslatib o’tamiz, guruh bosqichidagi o’zaro bahsda o’smirlarimiz 3:0 hisobida g’alaba qozongan edi.

Omad, biz sizlarga ishonamiz💪🤲


👉 @xushnudbek 👈
17.04.2025, 22:17
t.me/xushnudbek/27618
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
143
155 k
17.04.2025, 18:41
t.me/xushnudbek/27615
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
160
137 k
🇺🇿🇯🇵 O‘zbekiston Yaponiyada o‘tkazilayotgan “Expo 2025 Osaka” ko‘rgazmasida o‘z pavilyoni bilan ishtirok etmoqda

Expo ko‘rgazmasi 1851-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlari oʻz yutuqlari, ilmiy-texnik innovatsiyalari, madaniyati, arxitekturasi va kelajakka oid gʻoyalarini namoyish etadi.

Bu galgi ko‘rgazma “Hayotimiz uchun kelajak jamiyatlarini loyihalash” shiori ostida o‘tmoqda. Unda 170 dan ortiq davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham 184 kun davomida o‘z pavilyoni bilan qatnashadi.

Pavilyonimiz mavzusi – “Bilimlar bog‘i” bo‘lib, uning qurilishida Xiva Ichan qal'asidagi Juma masjididan andoza olingan.

Juma masjidida g‘ujum daraxti to‘sinlaridan yog‘och o‘ymakorligi usulida tayyorlangan 213 ta ustun bo‘lsa, Osakadagi O‘zbekiston pavilyoni qurilishida yapon sugi qarag‘ayidan qilingan 286 ta ustun hamda o‘zbek sopoli kabi ekologik yechimlardan foydalanilgan.


👉 @xushnudbek 👈
17.04.2025, 18:41
t.me/xushnudbek/27614
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
142
160 k
17.04.2025, 18:41
t.me/xushnudbek/27616
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
143
157 k
17.04.2025, 18:41
t.me/xushnudbek/27617
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
203
149 k
✈ Farg‘onadan Urumchiga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Ayni paytda 🇨🇳Xitoyda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.

Parvozlar ertaga, 18-apreldan boshlab amalga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
17.04.2025, 15:40
t.me/xushnudbek/27613
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
1.1 k
154 k
Toshkentda uy-joy ijarasi arzonlashdi

Toshkent shahrida 1, 2 va 3 xonali turar joylar ijara narxi o‘tgan yilga nisbatan pasaydi, faqat 4 xonali uylar narxi ayrim tumanlarda biroz oshgan. Bu holat Shayxontohur tumanidagi “lyuks” toifadagi uylarga bo‘lgan talab bilan izohlanmoqda.

🔹 O‘rtacha ta’mirlangan uylarning ijara narxlari (mart oyidagi o‘zgarish):

— 1 xonali: $296 (−16,6%)
— 2 xonali: $379 (−4,6%)
— 3 xonali: $454 (−2,9%)
— 4 xonali: $521 (−4,7%)

Arzonroq tumanlar:

— Sergeli: 1 xonali – $297, 2 xonali – $373
— Olmazor: 1 xonali – $287, 2 xonali – $347

Qimmat tumanlar:

— Shayxontohur: 1 xonali – $345, 4 xonali – $617
— Yakkasaroy: 1 xonali – $381, 4 xonali – $700

🔹 To‘liq ta’mirlangan uylarning o'rtacha ijara narxi (mart oyi):

— 1 xonali: $411 (−13,1%)
— 2 xonali: $547 (−15%)
— 3 xonali: $728 (−8,5%)
— 4 xonali: $957 (+3,1%)


👉 @xushnudbek 👈
17.04.2025, 12:44
t.me/xushnudbek/27612
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
500
143 k
Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari sammiti 5-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi

Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Kecha Kuvaytda “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi”ning tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalardan biri — 5-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari sammiti bo‘lgan.


👉 @xushnudbek 👈
17.04.2025, 10:01
t.me/xushnudbek/27611
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
453
143 k
⚽ Bugun — o‘yin kuni!

Futbol bo‘yicha U-17 terma jamoamiz bugun Osiyo kubogi yarim finali doirasida 🇰🇵Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga chiqadi.

⏰ O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
17.04.2025, 09:00
t.me/xushnudbek/27610
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
847
140 k
🇮🇹 Italiyada o‘qimoqchimisiz?

❌ An’anaviy agentlik orqali ariza topshirish va millionlab sarf-xarajatlarga chek qoʻyish vaqti keldi!

🎓 Endi bu orzu iApply.org mentorlari bilan yanada oson va arzon!

🔹 Orzungizdagi Italiya universiteti va yo‘nalishni tanlaysiz;
🔹 Sizga yordam beradigan tajribali mentor Italiyada yashayotgan, o‘qiyotgan va stipendiya gʻolibiga aylangan talaba boʻlishi mumkin.
🔹 Mentor sizga ariza topshirish, hujjatlar tayyorlash, stipendiya olish va boshqa bosqichlarda yordam beradi;
🔹 Universitet reytingi, diplom tan olinishi va o‘qishni tugatgandan keyin ish topish imkoniyatlari haqida aniq ma’lumot olasiz;
🔹 Bularning barchasi – foydalanuvchi uchun qulay va mutlaqo bepul platformada.

📅 Italiya universitetlariga ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 10-may
👇 Ro‘yxatdan o‘ting va biz sizga tez orada aloqaga chiqamiz!

🔗👉 ROʻYXATDAN OʻTISH UCHUN

📞 +998 78 113-14-80
💬 Telegram: @iapplyhelp

Website | Telegram | Instagram | Reklama
17.04.2025, 08:02
t.me/xushnudbek/27609
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
331
139 k
🏆 Yevropa Chempionlar ligasining yarim finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

🇬🇧 Arsenal — 🇫🇷 PSJ

🇪🇸 Barselona — 🇮🇹 Inter Milan

Turnirning amaldagi g‘olibi Real Madrid hamda g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biri bo‘lgan Bavariya o‘z ishtirokini chorak finaldayoq yakunlashga majbur bo‘ldi.

Yarim final o‘yinlari 29-30-aprel hamda 6-7-may kuni bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈
17.04.2025, 06:09
t.me/xushnudbek/27608
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
179
165 k
16.04.2025, 20:04
t.me/xushnudbek/27607
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
179
142 k
“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalari har yili dekabrda Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladi

Bu haqda Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi davomidagi taqdimotda ma’lum qilindi.

Hududlardagi 254 ta sport maktabi, olimpiya yo‘nalishlariga ixtisoslashgan 56 ta sport maktabi milliy terma jamoalarga asosiy zaxira bo‘ladi.

Ularni pishitib borish uchun yiliga ikki marta “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalar tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Viloyat bosqichi g‘oliblari har yili dekabr oyida “Prezident Olimpiadasi”da ishtirok etadi.

Musobaqa g‘oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
16.04.2025, 20:04
t.me/xushnudbek/27605
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
176
166 k
16.04.2025, 20:04
t.me/xushnudbek/27606
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
125
142 k
Toshkentdagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi restavratsiya qilinadi

Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi tarkibiga kiruvchi bir qator tarixiy obidalarni restavratsiya qilish loyihalari ma’qullandi.

Qayd etilishicha, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Abu Bakr Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Mo‘yi Muborak madrasalari, Namozgoh va Tillashayx masjidlarini ta’mirlash loyihalari ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullangan.

Loyihalarda yodgorliklarga ziyon yetkazilmasligi kafolatlanishi va devor tagi to‘shamasi maxsus obi g‘isht — 250×250×50 o‘lchamdagi xumdonda pishirilgan musulmon g‘ishtidan foydalanish sharti bilan tasdiqlandi.


👉 @xushnudbek 👈
16.04.2025, 15:50
t.me/xushnudbek/27604
XU
Xushnudbek.uz
641.0K подписчиков
44
128 k
“Yashil iqtisodiyotga oʻtish: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

“Oʻzsanoatqurilishbank” va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamkorligida o‘tkazilgan konferensiya Oʻzbekistonda 2025-yil – “Atrof-muhitni muhofaza qilish va Yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasida tashkil etildi.

Unda dunyoning turli mamlakatlaridan ekspertlar, moliyaviy tashkilotlar, jumladan:

🔹 Jahon banki;
🔹 Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki;
🔹 Osiyo taraqqiyot banki;
🔹 Fransiya taraqqiyot agentligi;
🔹 GGGI (Global yashil rivojlanish instituti);
🔹 Fitch Ratings;
🔹 PwC;
🔹 Bureau Veritas kabilardan vakillari ishtirok etdi.

Batafsil maʼlumot | Reklama
16.04.2025, 15:20
t.me/xushnudbek/27603
Результаты поиска ограничены до 100 публикаций.
Некоторые возможности доступны только премиум пользователям.
Необходимо оплатить подписку, чтобы пользоваться этим функционалом.
Фильтр
Тип публикаций
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены
Сообщения
Найти похожие аватары
Каналы 0
Высокий
Название
Подписчики
По вашему запросу ничего не подошло