#KUN TARIXI
28-aprel bilan bog‘liq ayrim tarixiy hodisalar
1686-yil — Isaak Nyuton o‘zining “Tabiiy falsafaning matematik tamoyillari” monumental asarining birinchi tomini qirollik jamiyatiga taqdim etdi.
1784-yil — Fransiyada ixtirochilar va yu birinchi vertolyotning modelini namoyish qildilar.
1788-yil — Merilend AQShning 7-shtatiga aylandi.
1879-yil — Tarnovodagi Ta'sis majlisi tomonidan Bolgariya Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1908-yil — Butunjahon esperanto assotsiatsiyasi (UEA) tashkil topdi.
1914-yil — AQShda havoli konditsionerga patent berildi.
1969-yil — Leonid Gaydayning “Brilliant qo‘l” komediyasi ekranlarga chiqdi.
1995-yil — Toshkentda ma'rifatparvar adib, shoir va davlat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2000-yil — Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya Kaspiy neftini tashish uchun neft quvurlarini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
2001-yil — birinchi kosmik sayyoh - amerikalik Dennis Titoning parvozi amalga oshirildi.
2014-yil — amerikalik talabalar tomonidan yaratilgan, elektr yordamida harakatlanadigan Electric Blue avtomobili elektromobillar o‘rtasidagi dunyo rekordini yangiladi.
Shuningdek, 28-aprel BMT tomonidan “Butunjahon mehnatni himoya qilish kuni” deb belgilangan.
😎
Telegram |🌐
Websayt 😎
Facebook |😎
YouTube |😎
Instagram