#BUGUN TUG’ILGAN KUN
☄️ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdikulova 1973-yil 28-aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan.
✔️ 1995 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. 2024-yil aprel oyidan Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
❗️ «Do‘stlik» ordeni sohibasi. Ilmiy faoliyati davomida 160 tadan ortiq ilmiy ishlari, jumladan 2 ta o‘quv darslik va 2 monografiya chop etilgan.
Shahlo Utkurovnani bugungi tug’ilgan kuni munosabati bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog’liq, kuch-g’ayrat, o’zbek ilm-fani rivoji yo’lida, Fanlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirishda sobitqadamlik tilaymiz!
😎
Telegram |🌐
Websayt 😎
Facebook |😎
YouTube |😎
Instagram