ILIMIY_MAQOLA
SCOPUS_2024
"Population dynamics analysis of small mammal species in anthropogenic pollution zones of Southern Aral Region"
✍️Qoraqalpoq tabiyiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professor Svetlana Mambetullaeva.
Ushbu maqola Janubiy Orolbo‘yi hududidagi texnogen ifloslanish zonalarida mayda sut emizuvchi hayvonlar populyatsiyasining dinamikasini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, populyatsiyadagi o‘zgarishlar hayvon turlarining ekologik xususiyatlariga bog‘liq. Ayniqsa, Qo'ng'irot soda zavodi va Ustyurt gaz-kimyo majmuasi atrofida antropogen ta’sirlar kuchli bo‘lib, o‘simlik qoplamisiz yerlar va harakatchan qumlar maydoni kengaygan.
Ushbu tadqiqot natijalari ekotizimlar holatini baholash hamda hayvonlarning o‘zgarayotgan muhitga adaptatsiya mexanizmlarini o‘rganishda nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.