Akademik Qahramon Allayev hamda Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi o'rtasida uchrashuv
⚡️Bugun Toshkent davlat texnika universitetining professor-o'qituvchisi, akademik, texnika fanlari doktori Allayev Qahramon hamda Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi o'rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ilm-fan, ta'lim va texnika sohalaridagi zamonaviy yutuqlar, innovatsion texnologiyalar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.
✅Uchrashuvda talabalarga texnik fanlar sohasida yuksalish, yangi ilmiy izlanishlar va professional rivojlanish yo'llari haqida foydali ma'lumotlar berildi. Professor Allayev Qahramon o‘zining boy ilmiy tajribasidan baham ko‘rdi va yosh avlodni ilm-fan va ta'lim yo‘lida ilgari surishning muhimligini ta'kidladi.
✅Bu uchrashuv talabalarga yangi bilimlar olish, ilmiy ishlarda faol ishtirok etish va o‘zlarini sohadagi yetakchi mutaxassislar sifatida rivojlantirish uchun katta motivatsiya berdi.
😎
Telegram |🌐
Websayt 😎
Facebook |😎
YouTube |😎
Instagram