У вас закончился пробный период!
Для полного доступа к функционалу, пожалуйста, оплатите премиум подписку
Сообщение
🇺🇿🤝 🇹🇯 FA Tarix institutida direktor, akademik Azamat Ziyo va Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samimiy suhbat davomida so‘nggi yillarda xalqlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yangi sifat bosqichiga ko‘tarilgani, bu borada Prezidentlarimiz Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonch barchamizga o‘rnak bo‘layotgani alohida ta’kidlanib, olimlarimiz, ayniqsa, tarixchlarimiz aro hamkorlikni ham munosib yo‘lga qo‘yish zaruratiga urg‘u berildi. Uchrashuvda
✓ O‘zbekiston FA Tarix instituti va Tojikiston MFA Ahmad Donish nomidagi Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti o‘rtasida izchil va tizimli ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan kelishuv va "yo‘l xaritasi"ni imzolash;
✓ ikki yurt jamg‘arma, kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan manbalardan unumli foydalanish;
✓ o‘zbek-tojik qo‘shma ilmiy loyihalarini amalga oshirish;
✓ birgalikda ikki va ko‘p tomonlama ilmiy yig‘inlar o‘tkazish;
✓ ikki davlat tarixchi yoshlari uchun yozgi o‘qishlarni tashkil qilish;
✓ umumiy tariximizga oid mavzularda ilmiy asarlar yozish;
✓ Markaziy Osiyo tarixchilarini birlashtirish kabi masalalar bo‘yicha kelishib olindi.

https://t.me/tarixchivijdoni
26.04.2025, 18:18
t.me/anruz/22742
Хронология похожих публикаций:
Сначала новые
Похожие публикации не найдены