Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
MU
Teachnology with Murod
https://t.me/murods_teaching
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

Murod Normuminov | ELT Specialist & Teacher Trainer • 9+ years of teaching experience • International educator & university lecturer • MA TESOL | TEFL | CELTA certified Student Community: @murods_students Contact: @murodnormuminov

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
1.0 k
Oldinroq aytganimdek, bu hafta DRLFL (Digital Resources for Learning Foreign Languages) kursida AR texnologiyalarini o‘rganmoqdamiz.

O‘tgan darsda 3DBear ilovasini sinab ko‘rgandik — natijalar ko‘pchilikka yoqdi. Bugun esa yanada interaktiv, ko‘proq imkoniyatlarga ega vositani sinab ko‘rdik.

⚡️Yuqoridagi videoda interaktiv AR texnologiyasining imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘taman.

Darslarda qanday qoʻllash mumkinligi haqida videoni ko‘rib o‘zingiz baho bering.

📃 @murods_teaching
04/25/2025, 19:12
t.me/murods_teaching/24 Link
310
Darsda Toj Mahal, Iron Man va hayvonlar fermasi: bu qanaqasi?

Bugungi DRLFL (Digital Resources for Learning Foreign Languages) mashg‘ulotimizda biz talabalar bilan ta’lim jarayonida hali keng qo‘llanilmayotgan, ammo katta imkoniyatlarga ega texnologiya — AR texnologiyasiga asoslangan 3DBear ilovasini sinab ko‘rdik.

AR (Augmented Reality) — kengaytirilgan reallik boʻlib, real muhitga virtual obyektlarni joylashtirish imkonini beradigan texnologiya. Oddiy qilib aytganda, telefon kamerasi orqali atrof-muhitga 3D obyektlarni “joylash” mumkin.

Talabalar bugun AR orqali:
– Toj Mahalni kampusimizga olib kelishdi;
– Gandini gavdalantirishdi;
– Iron Man (Temir odam) bilan suratga tushishdi;
– 3D hayvonlar yordamida kichik ferma yaratishdi.

Bu texnologiya bilan ular birinchi bor tanishib, qanday ishlashini tushundilar (umid qilaman 😄) va uni kelajakdagi darslarda qanday ijodiy tarzda qo‘llash mumkinligi haqida tasavvur hosil qilishdi.

Xo‘sh, AR dan ta’limda qanday foydalanish mumkin? Quyidagi keyslar bunga misol bo‘la oladi:
– Tarix darsida — qadimiy inshootlarni 3D formatda jonlantirish;
– Biologiyada — inson tanasi yoki hayvonot olamini modellashtirish;
– Fizika va kimyoda — murakkab jarayonlarni vizualizatsiya qilish;
– Ona tili va adabiyotda — hikoyalarni va obrazlarni jonlantirish;
– Ingliz tili va boshqa chet tillari darsida esa — so‘z boyligini oshirish, og‘zaki nutqni rivojlantirish, hikoya yaratish, hatto role-play orqali mavzularni jonlantirish.

Shuningdek, biz bu AR ilovani ochiq havoda sinab ko‘rdik — talabalar 3D obyektlar bilan ishladilar, surat va videolar oldilar hamda texnologiyaning imkoniyatlarini amaliy tarzda his qildilar.

📸 Quyidagi videolarda bugungi mashg‘ulot orqali “boʻlajak o‘qituvchi”larimizning bu texnologiyadan qanday ilhomlanayotganini ko‘rishingiz mumkin.

Tasavvur qiling, agar bu texnologiya universitet muhitida shuncha ijodkorlik va ishtiyoq uyg‘otayotgan bo‘lsa —maktab o‘quvchilariga qanday ta’sir qilishi mumkin.

AR texnologiyasini o‘z darslaringizda qanday tasavvur qilasiz? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring!

📃 @murods_teaching
04/23/2025, 19:50
t.me/murods_teaching/22 Link
310
04/23/2025, 19:50
t.me/murods_teaching/21 Link
310
04/23/2025, 19:50
t.me/murods_teaching/17 Link
310
04/23/2025, 19:50
t.me/murods_teaching/18 Link
310
04/23/2025, 19:50
t.me/murods_teaching/19 Link
310
04/23/2025, 19:50
t.me/murods_teaching/20 Link
406
04/18/2025, 21:06
t.me/murods_teaching/14 Link
418
Barchaga katta rahmat!

Kecha Mamura Yuldasheva olib borgan trening haqida yozilgan postimni o‘qigan, ulashgan va fikr bildirgan barchaga chin dildan minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizning yordamingiz bilan post keng auditoriyaga yetdi va ko‘plab ijobiy fikrlar oldi.

Post oxirida bergan taklifimga ko‘ra, eng ko‘p qiziqish aynan Mentimeter’ga bildirildi — izoh yozganlarning aksariyati shu vosita bo‘yicha birinchi video darslikni ko‘rishni istashmoqda. Juda yaxshi! Mentimeter bo‘yicha o‘zbek tilidagi video qo‘llanma tez orada tayyor bo‘ladi.

Shu o‘rinda yana bir savol:
Hurmatli hamkasblar, siz darslaringizni odatda qanday warm-up mashq bilan boshlaysiz?

Reaksiyalar orqali ovoz bering:

🔥 — Tongue twisterlar bilan boshlaymiz, nutq apparatini “qizitamiz”
👏 — Word chain, yes/no kabi tezkor o‘yinlar o‘ynaymiz
🙂 — Savol-javob yoki erkin muloqot orqali suhbatga kirishamiz
🤓 — Quizizz, Kahoot, Quizlet orqali mini-viktorina o‘tkazamiz
🎉 — Rasm, video yoki audio asosida darsga kirishamiz
😎 — Men bu yerga shunchaki qarab turaman (o‘qituvchi emasman!)

📃 @murods_t
eaching
04/15/2025, 21:53
t.me/murods_teaching/13 Link
3.0 k
04/14/2025, 21:05
t.me/murods_teaching/11 Link
648
Assalomu alaykum.

Kanalimga xush kelibsiz!

👋 Men — Murod Normuminov, xalqaro toifadagi ingliz tili o‘qituvchisi, 9 yillik tajribaga ega pedagogman. Nihoyat, to‘plagan bilimim, yutuqlarim va o‘rganishlarimni siz — o‘quvchi-yoshlar, talabalar, ustozlar va bo‘lajak o‘qituvchilar bilan baham ko‘rishga qaror qildim.

Ushbu kanalda siz bilan quyidagi yo‘nalishlarda tajriba almashaman:

– Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va metodikalar
– Turli kurslar, treninglar va xalqaro dasturlarda o‘rganilgan amaliy uslublar
– Darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion texnologiyalar
– Sun’iy intellekt yordamida dars jarayonini boyitish usullari
– Universitetda o‘qitish bo‘yicha foydali maslahatlar
– Xalqaro tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish yondashuvlari
– Onlayn o‘qitish bo‘yicha ko‘nikmalar va resurslar
– Yaxshiroq ustoz bo‘lish sari kichik, ammo muhim qadamlar

Sizni muntazam ravishda foydali kontent, video darslar va amaliy maslahatlar bilan xursand qilaman degan umiddaman.

Savollar, fikrlar yoki takliflaringiz bo‘lsa — doim muloqotga tayyorman!

� @murods_teaching
04/13/2025, 16:08
t.me/murods_teaching/7 Link
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria