Assalomu alaykum.
Kanalimga xush kelibsiz!
👋 Men — Murod Normuminov, xalqaro toifadagi ingliz tili o‘qituvchisi, 9 yillik tajribaga ega pedagogman. Nihoyat, to‘plagan bilimim, yutuqlarim va o‘rganishlarimni siz — o‘quvchi-yoshlar, talabalar, ustozlar va bo‘lajak o‘qituvchilar bilan baham ko‘rishga qaror qildim.
Ushbu kanalda siz bilan quyidagi yo‘nalishlarda tajriba almashaman:
– Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va metodikalar
– Turli kurslar, treninglar va xalqaro dasturlarda o‘rganilgan amaliy uslublar
– Darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion texnologiyalar
– Sun’iy intellekt yordamida dars jarayonini boyitish usullari
– Universitetda o‘qitish bo‘yicha foydali maslahatlar
– Xalqaro tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish yondashuvlari
– Onlayn o‘qitish bo‘yicha ko‘nikmalar va resurslar
– Yaxshiroq ustoz bo‘lish sari kichik, ammo muhim qadamlar
Sizni muntazam ravishda foydali kontent, video darslar va amaliy maslahatlar bilan xursand qilaman degan umiddaman.
Savollar, fikrlar yoki takliflaringiz bo‘lsa — doim muloqotga tayyorman!
�
� @murods_teaching