Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
TA
Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar
https://t.me/talim24uz
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
12.15%
ERR (week)

🎓 Talim24.uz — O'zbekiston va jahon ta'lim sferasidagi eng dolzarb rasmiy yangiliklar! Hamkorlik: @UnitedAgency

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 62 results
6.5 k
❗️Buxoroda 20 yoshli talaba o‘z joniga qasd qildi

2005-yil Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan, Buxoro davlat texnika universitetida yangi qurilgan yotoqxonaning 1-qavatida yashab turgan birinchi kurs talabasi (erkak) o‘zini osib, joniga qasd qilgan

O‘limidan oldin talaba xat qoldirgan. Unda marhum o‘limi uchun hech kimni ayblamasligini yozib, ota-onasidan kechirim so‘ragan.

Ayni paytda prokuratura tekshirish harakatlarini olib bormoqda

✅️@Talim24uz
04/27/2025, 12:47
t.me/talim24uz/79
8.1 k
❗️Xotin-qizlar o'qishga kirish uchun tavsiyanoma olishi mumkin. Kimlarga beriladi?

Ma'lumki, bunday tavsiyanomalarga qabul may oyi oxiridan boshlanadi. Mahallalar orqali kerakli toifaga tushadigan cheklanmagan xotin-qizlar tavsiyanoma ololadi, lekin grant cheklangan — 2 mingta.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

➖ Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
➖ Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
➖ Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
➖ 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
➖ Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
➖ Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

✅️@Talim24uz
04/26/2025, 17:02
t.me/talim24uz/78
7.2 k
❓O‘zbekistonliklar 9-may munosabati bilan necha kun dam oladi?

Joriy yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni juma kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Qo’shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan, shu sababli juma kuni hamma dam oladi, qolgan kunlari odatiy rejim qo’llanadi.

✅✅ 9-may, juma — barcha uchun dam olish kuni;

✅❌ 10-may, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;

✅✅ 11-may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni.

✅️@Talim24uz
04/25/2025, 16:02
t.me/talim24uz/77
7.5 k
⚡️5 yil staji mehnat bor ayol-qizlar 1-maydan boshlab tavsiyanoma uchun ariza berishlari mumkin!

Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan.

Shunga ko‘ra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qilish boshlanadi.

✅️@Talim24uz
04/24/2025, 14:57
t.me/talim24uz/76
6.6 k
04/24/2025, 09:35
t.me/talim24uz/75
6.6 k
IRN Republic Mathematics and English Olympiad 2025

IRN Respublika Matematika va Ingliz tili Olimpiadasi 2025 ga START berildi

🟢 Olimpiada Matematika va Ingliz tili fanlaridan bo'lib o'tadi
🟢 Olimpiadada Davlat va Nodavlat maktablarining 1-11-sinf o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin
🟢 Olimpiada 2 bosqich: SARALASH va FINAL Bosqichlaridan iborat
✅ Saralash bosqichida 70 va undan yuqori ballni qo’lga kiritgan o’quvchilar FINAL Bosqichiga yo’l olishadi
🟢 FINAL Bosqichida g’olib bo’lgan o’quvchilar Oltin 🥇, Kumush 🥈 va Bronza 🥉 medallari, Sertifikatlar bilan taqdirlanishadi
🟢 G’olib o’quvchilarga Kompyuter 💻, Televizor 🖥, Smartfon 📱, Pedagoglarga Pul mukofotlari 💵 topshiriladi
🏆🏆🏆 Oliy Sovrin “NEXIA 3” Avtomobili 🚘 🏆🏆🏆

Olimpiadada ishtirok etish:
Ingliz tili: 210 000 UZS
Matematika: 220 000 UZS

Registratsiya 2025-yil 25-Aprelgacha davom etadi

Saralash Bosqichi: 2025-yil 1-10-May kunlari bo'lib o'tadi

Telegra
m: @IRN_Coordinator
Telefon: +998 90 099 57 22

@IRN_Olympiads
04/24/2025, 09:05
t.me/talim24uz/74
5.2 k
❗️Prezident qaroriga ko’ra:

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

✅️@Talim24uz
04/23/2025, 17:27
t.me/talim24uz/73
7.3 k
❗️Endi davlat - o‘zbek tilini bilmaganlar maktabni bitira olmaydi!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻiga (№2mh 09.04.2025) asosan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yangi tartibga muvofiq, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflarning bitiruvchilari ham oʻzbek tili fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi (imtihon) topshirishi majburiy hisoblanadi.

✅️@Talim24uz
04/23/2025, 08:15
t.me/talim24uz/72
7.6 k
❗️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi

Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda o‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi.

Institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari yo‘nalishlarida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga mas’ul muassasa hisoblanadi.

✅️@Talim24uz
04/22/2025, 08:19
t.me/talim24uz/71
7.1 k
❗️Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi.

"Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi." - Prezident

✅️@Talim24uz
04/21/2025, 17:55
t.me/talim24uz/70
6.9 k
❗️Ishsiz fuqarolarga subsidiya (qaytarilmaydigan mablagʻ) va ssuda (foizsiz qarz) ajratish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda!

Subsidiya va ssuda arizalari jismoniy shaxslardan test rejimda quyidagi 3 ta yoʻnalishda qabul qilinmoqda.

1. Urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya (1 125 000).
2. Migratsiyadan kelgan shaxslarga qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ustav fondi kiritish uchun subsidiya (3 750 000).
3. Kambagʻal oila aʼzolariga zarur asbob uskunalar uchun ssuda (18 750 000).

Mazkur mablagʻlardan foydalanish uchun asosiy talablar:
- Ijtimoiy himoya reyestri yoki kambagʻal oila reyestriga kiritilgan oila egasi yoki aʼzosi boʻlish;
- "Ishsizlar reyestrida" ishsiz deb eʼtirof etilgan boʻlish.

👉 Onlayn ariza berish

️@Talim24uz
04/21/2025, 12:50
t.me/talim24uz/69
7.4 k
04/19/2025, 12:03
t.me/talim24uz/68
7.0 k
04/18/2025, 21:07
t.me/talim24uz/67
8.2 k
04/17/2025, 15:52
t.me/talim24uz/64
8.2 k
04/17/2025, 15:52
t.me/talim24uz/61
8.2 k
04/17/2025, 15:52
t.me/talim24uz/63
8.2 k
04/17/2025, 15:52
t.me/talim24uz/62
8.2 k
❗️Navoiylik oʻquvchi qiz muddatidan avval kirish imtihonlarida maksimal 189 ballni yigʻdi

Navoiy viloyati Navoiy shahridagi akademik litsey oʻquvchisi Shuxratova Zarina tibbiyot yoʼnalishi boʻyicha 5 ta fandan milliy sertifikatni qoʻlga kiritib, maksimal 189 ball toʻplashga muvaffaq boʻldi va muddatidan oldin talabalikni qo’lga kiritdi.

O’quvchi 5 ta fandan quyidagi natijalarni qayd etgan:

✅️@Talim24uz
04/17/2025, 15:52
t.me/talim24uz/65
8.8 k
❗️Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sanalari tasdiqlandi

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar:

➖Ona tili va adabiyot
28-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)
28-may, 2025 (yozma shaklda)
150 daqiqa

➖ Matematika (Asosiy)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

➖ Matematika (Chuqurlashtirilgan)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
240 daqiqa

➖O‘zbekiston tarixi
4-iyun, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

➖ Tanlov fanlari
7–10-iyun, 2025 (yozma yoki yozma va ogʻzaki shaklda)
Imtihon davomiyligi tanlangan fanga qarab belgilanadi.

✅️@Talim24uz
04/16/2025, 17:52
t.me/talim24uz/60
7.3 k
❗️Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Namangan davlat universitetidagi tibbiyot fakulteti Andijon tibbiyot instituti filialiga aylanadi. Bu filial keyinchalik mustaqil oliygoh darajasiga olib chiqiladi.

Maktablardagidek o‘z ustida ishlab, salohiyati va ko‘nikmasini oshirgan direktorlarni rag‘batlantiradigan tizimi endilikda texnikumlarda ham joriy qilinishi belgilandi - Prezident

✅️@Talim24uz
04/16/2025, 11:51
t.me/talim24uz/59
7.8 k
❗️Maktablarning 9-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar:

➖ Ona tili va adabiyot / Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)
27-may, 2025 (yozma shaklda)
Imtihon uchun 120 daqiqa vaqt ajratilgan.

➖ Matematika
30-may, 2025 (yozma shaklda)
Imtihon uchun 180 daqiqa vaqt ajratilgan.

➖O‘zbekiston tarixi
3-iyun, 2025 (yozma va og‘zaki shaklda)
Imtihon uchun 120 daqiqa vaqt ajratilgan.

➖ Jismoniy tarbiya
1–6-may, 2025 (amaliy shaklda)
Amaliy topshiriqlar (yengil atletika, gimnastika va sport o‘yinlari).

✅️@Talim24uz
04/16/2025, 10:17
t.me/talim24uz/58
7.7 k
04/14/2025, 20:50
t.me/talim24uz/57
7.6 k
04/14/2025, 08:21
t.me/talim24uz/56
7.7 k
❗️Mana shuning uchun ham xususiy ta'limni qo'llab-quvvatlash kerak

Navoiy innovatsiyalar universiteti 120 ta talabaga grant va stipendiyalar ulashibdi. Yozishlaricha, oliygoh har semestr yuzlab talabalarni rag'batlantirib bormoqda.

Haqiqatdan ham iqtidorlarni qadrlaydigan ta'lim dargohining yo'li uzoq bo'ladi.

✅️@Talim24uz
04/11/2025, 14:30
t.me/talim24uz/54
7.3 k
04/11/2025, 13:13
t.me/talim24uz/53
8.1 k
04/08/2025, 16:01
t.me/talim24uz/52
8.9 k
❗️Jizzaxlik oʻquvchi AQShning 5 ta nufuzli oliygohidan grant yutib oldi

Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi oʻquvchisi Gulmira Sagʻdullayeva AQShning 5 ta nufuzli universitetidan katta miqdordagi grant yutib oldi.

Qayd etilishicha, Gulmira oʻzining bilimi bilan:
➖ "The University of Arizona" – 50 000 AQSH dollari;
➖ "The University of Saint Louis" – 26 400 AQSH dollari;
➖ "Arizona State University" – 44 000 AQSH dollari;
➖ "University of Kentucky" – 40 000 AQSH dollari;
➖ "Colorado State University" – 40 000 AQSH dollari miqdorda grant yutib oldi.

Bundan tashqari, yana 6 ta xalqaro universitet ham Gulmirani talabalikka qabul qilishga tayyor.

✅️@Talim24uz
04/05/2025, 08:20
t.me/talim24uz/51
5.9 k
TOP-100 OTMda PhD olgan yoshlarga uy-joy uchun 800 mln so‘m ssuda beriladi

2025-yil 1-iyundan boshlab, Prezident farmoniga muvofiq, nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining TOP-100 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (PhD yoki unga teng) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar uy-joy sotib olish uchun foizsiz ssuda olishi mumkin.

Asosiy shartlar:
✅ 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
✅ Ilmiy daraja TOP-100 OTMdan olingan bo‘lishi lozim.
✅ Ssuda miqdori uy joylashgan hududga bog‘liq.
✅ 806,25 mln so‘m (BHMning 2 150 baravari) 10 yilga foizsiz ajratiladi.

Ushbu qaror ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga qaytarish uchun qabul qilingan.

✅️@Talim24uz
04/02/2025, 11:44
t.me/talim24uz/49
6.0 k
03/31/2025, 14:41
t.me/talim24uz/48
5.5 k
❗️Samarqanddagi ayrim oliygohlarga ta’til beriladi

Samarqand shahrida xalqaro sammit o‘tkazilishi munosabati bilan shaharda harakatlanish cheklanadi (ayrim yo’llar yopiladi).

Shu sababli 2025-yil 1-5-aprel kunlari quyidagi oliy ta’lim muassasalariga yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi:

1. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
2. Samarqand davlat chet tillar instituti
3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
4. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
5. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
6. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
7. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

O’quv jarayonlari 7-aprel, dushanba kundan boshlanadi.

Eslatma: ushbu oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashg’ulotlari yozgi ta’tilning ilk kunlari hisobidan o’tkaziladi. Jaydari tilda aytganda, hozir 5 kun dam olishadi, evaziga yozgi ta’tilga 5 kun kechroq chiqishadi.

✅️@Talim24uz
03/31/2025, 08:40
t.me/talim24uz/47
5.9 k
03/29/2025, 23:16
t.me/talim24uz/46
5.7 k
⚡️Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);

🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);

🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).

✅️@Talim2
4uz
03/28/2025, 15:42
t.me/talim24uz/45
7.6 k
⚡️Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart – yakshanba kuniga toʻgʻri keldi

Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha belgilandi:

➖ 29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
➖ 30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
➖ 31-mart (dushanba) — Ramazon hayiti munosabati bilan 30 mart kunidan koʻchirilgan barcha uchun dam olish kuni.

✅️@Talim24uz
03/26/2025, 15:16
t.me/talim24uz/44
6.1 k
03/26/2025, 14:40
t.me/talim24uz/43
8.7 k
Navro’z bayramida dam olish kunlari

✅✅ 21-mart (juma) — bayram, barcha uchun dam olish kuni;
✅❌22-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish.
✅✅ 23-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni.

Qo’shimcha dam olish kuni berilmadi.

✅️@Talim24uz
03/20/2025, 20:12
t.me/talim24uz/42
5.9 k
03/20/2025, 12:19
t.me/talim24uz/41
⚡️Akademik qarzdorligi boʻlgan talabalarni oʻqishdan chetlatish taklif qilinyapti

Hukumatning “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaroriga tegishlicha oʻzgartirish kiritish taklif qilinyapti.

Batafsil: https://t.me/nodavlattalim/2718

✅️@Talim24uz
03/16/2025, 19:16
t.me/talim24uz/40
6.4 k
Grantdagi talabalarni kontraktga, kontraktdagilarni grantga o’tkazish tartibi

1. Bu tartib qanday ishlaydi?
2. Nechanchi kurslarga taalluqli?
3. Magistrlarga taalluqlimi?
4. Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?
5. Maqsadli qabul bilan kirganlargachi?

📹 Batafsil videoda bilib oling!

️@Talim24uz
03/16/2025, 15:28
t.me/talim24uz/39
6.7 k
Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.

Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:

3.3- 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
3.4- 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
3.5- 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
3.6- 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
3.7- 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
3.8- 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
3.9- 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: bunday qo‘shimcha grant beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

✅️ @Talim24uz
03/15/2025, 14:16
t.me/talim24uz/38
6.5 k
❗️O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

✅️@Talim24uz
03/14/2025, 15:40
t.me/talim24uz/37
6.5 k
03/14/2025, 15:40
t.me/talim24uz/36
7.7 k
#Abituriyent2025

⚡️2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬 Unga ko‘ra:

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

➖ Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
➖ Matematika x 10 ta;
➖ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✅ 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

➡️ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➖ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➖ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✅ 60 ta savoldan jami 156,0 ball.

■ 2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

❗️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda

✅️@Talim2
4uz
03/13/2025, 07:52
t.me/talim24uz/35
6.4 k
Hurmatli o‘qituvchilar, mabodo sizni ovoz yig‘ishga yoki ovoz sotib olishga majburlashsa, hurmatli vazir Hilola Umarovaning ushbu tvitini ko‘rsatinglar.

✅️@Talim24uz
03/12/2025, 22:57
t.me/talim24uz/34
8.7 k
03/11/2025, 16:20
t.me/talim24uz/33
8.3 k
#Ishsizlarga_yordam

⚡️Bo'sh ish o'rinlarini o'zida jamlagan platforma yaratildi!

O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ochiq ma'lumotlari asosida respublika miqyosida mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot beruvchi telegram boti ishga tushirildi.

📌 Ushbu bot orqali respublika miqyosida turli sohalar bo'yicha real vaqt rejimida yangilanib turuvchi bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar olishingiz mumkin.

➡️ Bundan tashqari, platforma (@mehnatuz_bot) orqali talabalar ham o'zlari uchun bo'sh ish o'rinlari topishlari mumkin.

� @mehnatuz_bot
👉 @mehnatuz_bot
👉 @mehnatuz
_bot

Barcha ishsizlarga ulashing ♻️

✅️@Talim
24uz
03/10/2025, 12:13
t.me/talim24uz/32
03/09/2025, 09:06
t.me/talim24uz/31
💐 Aziz opa-singillar, ustoz va talaba qizlar!

@Talim24uz jamoasi barchangizni 8 mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Yuzingizdan tabassum, labingizdan kulgu, qalbingizdan ezgulik, xonadoningizdan fayzu-baraka hech qachon arimasin.

Umringiz uzoq, istiqbolingiz ziyoda bo‘lsin!

️@Talim24uz
03/08/2025, 09:28
t.me/talim24uz/30
❗️10-mart kuni maktablarda barcha uchun dars va ish vaqti bo’ladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2025-yil uchun ish vaqti taqvimini e’lon qilgan edi. Unga ko’ra, mart oyida 5 kunlik ish haftasiga egalar umumiy hisobda 13 kun, 6 kunlik ish haftasiga ega xodimlar esa 9 kun davomida dam oladi.

Shuningdek, 8-mart sanasi shanba kuniga to’g’ri kelganligi uchun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlarga 10-mart (dushanba) kuni qo’shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

Maktablar 6 kunlik ish haftasida ishlaganligi uchun, 10-mart kuni maktablarda barcha uchun dars va ish vaqti bo’ladi.

✅️@Talim24uz
03/07/2025, 10:25
t.me/talim24uz/29
Gapirilmaydigan mavzu – maktab xojatxonalarining ahvoli haqida

Bu video aslida ayrim oliy ta'lim muassasalariga ham tegishli. Uyatlidir lekin dolzabr mavzu.

✅️@Talim24uz
03/06/2025, 11:21
t.me/talim24uz/28
03/04/2025, 23:03
t.me/talim24uz/27
⚡️Rasman: Subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi

📑 Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlari doirasida arizalarni bugun 3-mart kuni soat 09:00 dan boshlab joʻnatish imkoniyati yaratildi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

➖ Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin. Bunda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.

➖ Shuningdek, arizachi yoki uning turmush oʻrtogʻining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) oʻrtacha daromadi quyidagicha boʻlishi kerak:

➖ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (hozirda 3,11 mln — 9,24 mln soʻm);

➖ Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7−9,2 baravari (hozirda 3,11 mln soʻm — 10,62 mln soʻm).

Eslatma PF–26-sonli Farmoni bilan joriy yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda.

Ariza topshirish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/325

️@Talim24uz
03/03/2025, 07:30
t.me/talim24uz/26
Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

✅ Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2025-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin.

➖ Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.

❗️O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

✅️@Talim24uz
03/02/2025, 10:36
t.me/talim24uz/25
5.4 k
02/28/2025, 12:28
t.me/talim24uz/23
5.3 k
⚡️Rasman: Oʻzbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarorini imzoladi.

✅️@Talim24uz
02/27/2025, 18:11
t.me/talim24uz/22
7.4 k
❗️Talabalarga eslatma!

Oliy ta'lim muassasalarining to'lov-kontrakt pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan:

➖ 25% – 15-sentyabrgacha (1-kurs);
➖ 25% – 1-oktyabrgacha (2-3-4-5-6-kurs);
➖ 50% – 1-yanvargacha;
➖ 75% – 1-aprelgacha;
➖ 100% – 1-iyulgacha.

✅️@Talim24uz
02/26/2025, 21:44
t.me/talim24uz/21
7.8 k
❗️Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida dam olish kunlari qanday boʻladi?

Bu yil 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning shanba kuniga toʻgʻri keladi.

Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.

Shunga koʻra, bayram arafasida besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:

➖ 8-mart, shanba – bayram kuni, dam olish kuni;
➖ 9-mart, yakshanba – dam olish kuni;
➖ 10-mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.

✅️@Talim24uz
02/25/2025, 14:48
t.me/talim24uz/20
3.6 k
02/25/2025, 11:05
t.me/talim24uz/18
3.6 k
⚡️Yangi xususiy universitetga litsenziya berildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 25.02.2025 sanasida "Sharq-University" MCHJga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya taqdim etildi. Yangi oliygoh 4 ta binoda faoliyat ko'rsatish uchun ruxsat olgan.

Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, "Sharq university" ta'sischisi sifatida 100% "Sharq qurilish servis" egalik qilishi ko'rsatilgan.

@Talim24uz
02/25/2025, 11:05
t.me/talim24uz/19
4.3 k
02/24/2025, 15:57
t.me/talim24uz/13
5.4 k
"3-4 yildan keyin jamiyatda "massoviy" diplomli ishsizlar paydo bo'la boshlaydi" – Axtam Yakubov

@Talim24uz
02/21/2025, 23:20
t.me/talim24uz/12
2.7 k
⚡️O'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar ko‘rib chiqildi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Bugundan boshlab talabalar OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari mumkin.

@Talim24uz
02/21/2025, 08:02
t.me/talim24uz/4
3.3 k
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasidagi eng dolzarb rasmiy yangiliklar!

@Talim24uz
02/21/2025, 07:47
t.me/talim24uz/2
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria