Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
https://t.me/uzauz
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.26%
ER (week)
16.81%
ERR (week)

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 909 results
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
21
3.7 k
Bugun final!

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/20/2025, 06:38
t.me/uzauz/15331
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
12
5.6 k
Buxoro viloyatining Qorovulbozor, Olot, Shofirkon, Peshko‘ tumanlari hamda Kogon shahri hududida daraxt ko‘chatlari yetarlicha parvarish qilinmagani va sug‘orilmagani bo‘yicha 14 ta huquqbuzarlik aniqlanib, mas’ullarga 52 million so‘m jarima qo‘llanildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/19/2025, 15:14
t.me/uzauz/15330
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
23
6.4 k
04/19/2025, 12:45
t.me/uzauz/15329
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
24
5.8 k
O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Pokistonda bo‘lib o‘tgan VIII Xalqaro "Jamoa ruhi" musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 95% natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Xitoy jamoasi (74% natija) ikkinchi, Bahrayn jamoasi (65% natija) uchinchi o‘rinni olgan.

Musobaqada 14 davlat — O‘zbekiston, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, AQSH, Marokash, Xitoy, Iordaniya, Iroq, Turkiya, Maldiv orollari, Shri-Lanka, Belarus, Qozog‘iston va Qatar va Pokistondan jami 31 jamoa ishtirok etgan.

Xalqaro musobaqaning yopilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi oltin medal bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/19/2025, 12:45
t.me/uzauz/15326
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
23
6.4 k
04/19/2025, 12:45
t.me/uzauz/15328
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
23
6.4 k
04/19/2025, 12:45
t.me/uzauz/15327
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
30
6.0 k
1-iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 200 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 100 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘lovlar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5-yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/19/2025, 09:21
t.me/uzauz/15325
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
5.7 k
Ayrim tadbirkorlarga soliq ma’murchiligida yengilliklar beriladi

Farmonga koʻra:
▫️1-oktyabrdan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinadi.

▫️20 va undan ortiq ishchisi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarga mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalarini 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishiga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/19/2025, 09:19
t.me/uzauz/15324
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
16
5.8 k
Ichki bozorda raqobat muhiti rivojlantiriladi

Kecha imzolangan Prezident farmoni (PF-67-son)ga ko‘ra, ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish sohasida quyidagilar belgilandi, jumladan:

▫️olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi 1994-yildagi Tariflar va savdo bo‘yicha General kelishuv (GATT) va 1994-yildagi mazkur kelishuvning VII-moddasini qo‘llash to‘g‘risidagi Kelishuvda belgilangan umumiy tamoyil va qoidalarga to‘liq muvofiq keltiriladi;

▫️tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda imtiyozlar yoki maxsus bojxona rasmiylashtiruvi tartiblari, jumladan, muayyan aniqlash usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, ularga muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

2025-yil 1-maydan boshlab muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi hamda ularni shakllantirish va hisobga olish Texnik tartibga solish axborot tizimi (TRIS) orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/19/2025, 09:08
t.me/uzauz/15323
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
24
6.4 k
Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/19/2025, 07:00
t.me/uzauz/15322
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
12
6.2 k
Tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak — Prezident

Joylarda yer solig‘i va ijara to‘lovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga ta’sirini o‘rganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

"Tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum ko‘payadi, tadbirkorlar ham rozi bo‘ladi",
— dedi davlatimiz rahbari.

Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 14:35
t.me/uzauz/15321
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
9
5.5 k
Soliq qo‘mitasiga "keshbek" bo‘yicha adolatli tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi

Hozirda 2,5 mingga yaqin restoran va kafe QQS to‘lamoqda. Yil boshidan ularga QQSning 20 foizdan 40 foizgacha qismini "keshbek" sifatida qaytarish tizimi joriy qilingan edi. Lekin, hozirgacha bu imtiyozdan bor-yo‘g‘i 69 ta umumiy ovqatlanish korxonasi foydalangani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, salqin ichimlik, tort, muzqaymoq kabi 200 dan ziyod mahsulot alohida-alohida sotilsa, "keshbek" berilmayapti. Vaholanki, ularga ham QQS to‘langan.

Soliq qo‘mitasiga bu boradagi tushunmovchiliklarni tartibga solib, adolatli tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 14:31
t.me/uzauz/15320
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
25
5.0 k
⚡Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinishi belgilandi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi.

Buning hisobiga qariyb 40 ming odam ishlaydigan 5,5 ming qandolat va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion so‘mga yetadi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 14:27
t.me/uzauz/15319
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
14
4.6 k
⚡1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi

Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

Bu tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyat ekani ta’kidlandi.

"Bir narsani aniq tushunish kerak. Agar tadbirkorlar qimmat bozorlarga ishlasa, ularda mahsulotni ko‘paytirish, sifatni yaxshilashga intilish, ishtiyoq ortadi, manfaat bo‘ladi",
— dedi Prezident.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 14:24
t.me/uzauz/15318
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
20
4.1 k
Chetdan olib kelinayotgan tovarlarni bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘liq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi

Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

"Mahalliy korxonalarimizga yo‘l ochib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur",
— dedi davlat rahbari.

Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sun’iy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘rnini zaiflashtirayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, o‘zimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzlatgich bozorda o‘rtacha 250 dollardan sotilayotgani uchun 30 dollar QQS to‘lanadi.

Xuddi shunday muzlatgichning import narxi sun’iy pasaytirilib, 25 dollar ko‘rsatilgani uchun bor-yo‘g‘i 3 dollar QQS olinayapti. Ya’ni, ishlab chiqaruvchi importga nisbatan 10 karra ko‘p soliq to‘layapti.

Yangi farmon bilan endilikda chetdan olib kelinayotgan tovarlarni bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘liq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 14:16
t.me/uzauz/15317
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
4.2 k
Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 21-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 938,20 soʻm (– 26,23)
1 EUR 14 710,73 soʻm (– 33,72)
1 RUB 159,51 soʻm (+ 1,23)

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/18/2025, 14:09
t.me/uzauz/15316
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
16
4.4 k
Xavf darajasi yuqori bo‘lgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi

Sertifikat olish majburiy bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini keskin qisqartirib, mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash amaliyoti joriy qilinadi.

Asbob-uskuna, xomashyo, maxsus texnika, transport importida mamlakatimizda tan olinadigan xorijiy yuqori sifat va nazorat tizimlari mezonlari ishlab chiqiladi, ular import qilinayotganda milliy sertifikat olish talab qilinmaydi.

"Bir so‘z bilan aytganda, biz mahsulotlarning bozorga kirishini yengillashtirib, uni realizatsiyasidagi nazoratni kuchaytiramiz. Bu xalqaro amaliyotda o‘zini oqlagan",
— dedi prezident.

Mutasaddilarga "Bozor nazorati to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Umuman, sinov va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat laboratoriyalari xususiy sektorga investitsiya kiritish sharti bilan berilsa, sohada sifat va raqobat bo‘lishi, xizmat narxi tushishi ko‘rsatib o‘tildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 14:05
t.me/uzauz/15315
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
13
4.4 k
⚡Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi

Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqo‘m, Veterinariya qo‘mitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.

Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:

— oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanepidqo‘m shug‘ullanadi;

— oziq-ovqat uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;

— qo‘mita asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro talablarga – Kodeks Alimentariusga muvofiqlashtiradi.

Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 13:52
t.me/uzauz/15314
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
20
4.5 k
Standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning "qo‘lini bog‘layotgani", sohada korrupsiyani keltirib chiqarayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi. Hozirda 13 mingga yaqin turdagi tovarning 6,5 mingi majburiy sertifikatlanadi, bu esa tannarxni oshiradi.

"Vazirlar, hokimlar qachon tadbirkorlarni eshitib, qaysi standartni yangilash, qaysi birini bekor qilish, nima mahsulotni majburiy sertifikatsiya ro‘yxatidan chiqarishni o‘ylab ko‘rdi? Afsuski, bunga ijobiy javob yo‘q",
— deya qat’iy e’tiroz bildirdi Prezident.

Xususan, investorlar mamlakatimizdagi ko‘p laboratoriyalar talabga javob bermasligi, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytmoqda.

Hozirgi tizimda sertifikatlash organlari bir paytning o‘zida bozor nazoratini ham olib borayotgani, bu esa manfaatlar to‘qnashuviga olib kelayotgani qayd etildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 13:27
t.me/uzauz/15313
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
14
4.9 k
Ayrim rahbarlar tadbirkorlarga to‘siq bo‘layotgani tanqid qilindi

"Takror va takror aytaman – "hozirgi dunyodagi vaziyat bizga ta’sir qilmaydi" deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat o‘z kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak",
— dedi davlatimiz rahbari.

Lekin ko‘p rahbarlar hali masalaning jiddiyligini, 2 karra ko‘p ishlash kerakligini bilmayotgani, har bir vazirlik, tarmoq va hududlarni birinchi rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan o‘zi shaxsan shug‘ullanishi shart va zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bir hafta davomida mutasaddilar 3 mingdan ziyod tajribali tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishbilarmonlar xalqaro bozorlardagi tebranishlarga moslashish uchun tezda hal qilish kerak bo‘lgan yangi-yangi masalalarni qo‘ymoqda. Vazirlar, hokimlar, bank va tarmoq rahbarlariga savollar ko‘p.

Ayrim rahbarlar tendensiyalarni o‘rganib, xatarlarni to‘g‘ri baholab, tadbirkorlarga yo‘l ochish o‘rniga o‘zlari to‘siq bo‘layotgani tanqid qilindi.

Bundaylarga nisbatan qattiq chora ko‘rilishi qayd etildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 13:06
t.me/uzauz/15312
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
4
4.4 k
O‘zbekiston Iqtisodiy murakkablik indeksida sezilarli darajada ko‘tarildi

Garvard universiteti tahliliga ko‘ra, o‘tgan besh yilda Iqtisodiy murakkablik indeksida O‘zbekistonning o‘rni 25 pog‘ona yaxshilanib, 105-o‘rindan 80-o‘ringa ko‘tarildi.

Bugungi kunda 162 turdagi milliy mahsulotlarimiz "dunyo bozorlarida raqobat ustunligiga ega" deb e’tirof etilayapti.

Natijada oxirgi yillarda eksport 2,2 barobar oshdi. Tashqi savdo aylanmasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi.

"Bu – iqtisodiyotimiz tashqi bozorlarga qanchalik bog‘liq ekanini ko‘rsatadigan juda katta raqam",
— dedi Prezident.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 12:56
t.me/uzauz/15311
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
7
4.5 k
Uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yo‘qotgani biz uchun qattiq "signal" bo‘lishi kerak — Prezident

Birgina yuqori tariflar oqibatida xalqaro savdo hajmi 3,5 trillion dollarga qisqarib, dunyodagi inflyatsiya darajasi 7,5-8 foizga ko‘tarilishi haqida prognozlar berilmoqda.

"Uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yo‘qotgani biz uchun qattiq "signal" bo‘lishi kerak.

Eng katta xavf – pandemiya davrida bo‘lgani kabi dunyo bo‘ylab ta’minot va qiymat yaratish zanjirlarida uzilishlar paydo bo‘lishidadir.

Ayniqsa, bunday holat jahon eksportida yuqori ulushga ega to‘qimachilik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi "drayver" tarmoqlarga katta zarba berishi mumkin",
— dedi davlatimiz rahbari.

O‘ziga nisbatan eng katta import bojlari qo‘yilgan davlatlar endilikda O‘zbekiston eksport qilayotgan yo‘nalishlarga o‘zining mahsuloti bilan kirish uchun agressiv savdo siyosatini yuritishi mumkinligi qayd etildi. Ya’ni, mamlakatimiz kirib borgan ip-kalava, mato, gazlama, tayyor tekstil va maishiy texnika bozorlarida ham ayovsiz raqobat bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 12:50
t.me/uzauz/15310
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
4.3 k
04/18/2025, 12:44
t.me/uzauz/15309
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
4.4 k
Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm va radikallashuv, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish, mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish, shuningdek transport xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar kabi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan ustuvor sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Markaziy Osiyo davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari ikkinchi yig‘ilishi Bayonnomasi qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 12:44
t.me/uzauz/15308
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
7
5.0 k
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Davlatimiz rahbari global iqtisodiy holatga to‘xtaldi.

"Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar o‘rtasida barqaror munosabatlar va o‘zaro ishonchni ta’minlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar bugun samarasiz bo‘lib borayapti.

Albatta, bu jarayonlar zanjirli ta’sir ko‘rsatib, jahon iqtisodiyotini sekinlashuvi va xalqaro savdoni kamayishiga olib kelishi mumkin",
– dedi Prezident.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 12:34
t.me/uzauz/15307
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
7
5.5 k
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga ta’sirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 11:56
t.me/uzauz/15306
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
69
8.1 k
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

19–22-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli, respublikaning quyidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

▫️Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
▫️Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
▫️Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
▫️Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
▫️Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
▫️Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
▫️Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
▫️Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

❗️Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi hamda harakatlanuvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 10:28
t.me/uzauz/15305
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
30
6.6 k
⚡DXX: Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida
yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani hokimligi mas’ul xodimi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 15 gektar yer maydonini 3-yil muddatga ijaraga berish uchun 360 mln. so‘m talab qilib, shuningdek, o‘z mansab mavqeidan foydalanib, mazkur yer maydonining toifasini kovrak o‘simligini ekishga o‘zgartirish bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga fuqarodan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi banklardan birining Kredit operatsiyalari va axborot almashinuvi bo‘limi boshlig‘i hamda Biznes mijozlarini kreditlash bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, 1992 va 1999-yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro o‘zaro kelishgan holda, O‘rtachirchiq tumani hokimligi tomonidan mahalliy MCHJlardan biriga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish maqsadida ajratib berilgan 5,99 gektar yer maydonini xaridorga 455 ming AQSH dollariga sotishga kelishishadi.
Ular avans sifatida 70 ming AQSH dollari va mazkur yer maydonining toifasini mansabdor tanishlari orqali issiqxona faoliyatiga o‘zgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari, jami 85 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi, 1984 y.t. fuqaro o‘zining 1989 y.t. singlisi bilan kelishgan holda, tuman hokimligi zaxirasidagi 2500 m2 ekin yer maydonini kadastr idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 66 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 45 ming AQSH dollari va 130 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Xorazm viloyati Yangibozor tumani investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalangan holda, “e-auksion” savdolariga qo‘yilgan 1 gektar yer maydonini mahalliy fuqaroga olib berish evaziga 300 mln. so‘m talab qilib, shundan 243 mln. so‘m hamda 4300 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Andijon shahrida yashovchi, 1986 y.t. shaxs Xo‘jaobod tumani hokimligi tomonidan 2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun 30-yil muddatga ijara asosida ajratib berilgan 30 sotix yer maydonini 1987 va 1988-yillarda tug‘ilgan 2 nafar sherigi bilan kelishgan holda, 27 ming AQSH dollariga sotishini, shuningdek, mansabdor tanishlari orqali yer maydonining toifasini o‘zgartirib, kelgusida qurilish ishlarini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma olib berish evaziga 11 ming 600 AQSH dollari talab qilib, jami, 38 ming 600 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi, 1959 y.t. shaxs soxta hujjatlar asosida o‘zlashtirib olgan, tuman hokimligi zaxirasidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan 26 sotix yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali turar-joy toifasiga o‘zgartirib, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 26 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/18/2025, 08:36
t.me/uzauz/15304
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
19
6.9 k
Kosovo respublikasida boʻlib oʻtgan Yevropa qizlar matematika olimpiadasida terma jamoamiz aʼzolari 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etgan.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/17/2025, 17:24
t.me/uzauz/15303
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
16
7.4 k
Prezidentning Andijonga tashrifi: Yangi O‘zbekiston nafasi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib bormoqda, xalqimizni baland-baland marralarga undamoqda.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/17/2025, 10:36
t.me/uzauz/15302
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
9
6.6 k
Umra litsenziyasini boshqa turdagi litsenziyalardan qanday farqlab olish mumkin?

Batafsil Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmatining videorolikida.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/17/2025, 10:36
t.me/uzauz/15301
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
7
5.7 k
Prezident xorijiy investorlar bilan muloqot qildi

Bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo‘lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1-yil davomida bepul servis xizmati ko‘rsatiladi.

Ko‘plab sarmoyadorlar Bobur shahri qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda. Jumladan, xitoylik investor 250 million dollar investitsiya hisobiga zamonaviy majmua qurmoqchi. Loyihaga muvofiq, 55 gektar hududda biznes markazi, mehmonxona, savdo markazlari va 3 ming xonadonga mo‘ljallangan uy-joy quriladi.

Uchrashuvda shu va boshqa loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shu bilan Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 19:07
t.me/uzauz/15299
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
6.4 k
04/16/2025, 19:07
t.me/uzauz/15300
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
16
6.3 k
⚡️Dollarning rasmiy kursi 13 ming soʻmga yaqinlashdi

Markaziy bank 17-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 994,59 soʻm (+ 13,70)
1 EUR 14 761,85 soʻm (+ 38,92)
1 RUB 157,68 soʻm (– 0,99)

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 15:27
t.me/uzauz/15298
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
38
6.4 k
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yig‘ilish o‘tkazganidan so‘ng yo‘lda keta turib, ta’ziyali xonadonga ko‘zi tushdi.

Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni – Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim bo‘layotgan edi.

Davlatimiz rahbari ta’ziyada qatnashib, xonadon egalaridan ko‘ngil so‘radi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 13:18
t.me/uzauz/15295
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
38
6.5 k
04/16/2025, 13:18
t.me/uzauz/15297
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
38
6.4 k
04/16/2025, 13:18
t.me/uzauz/15296
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
6
5.7 k
Andijondagi 400 dan ziyod mahallada aholiga tun-u kun xizmat ko‘rsatadigan xususiy tibbiyot punktlari tashkil qilindi. Bu yerda qon bosimini o‘lchash, ukol qilish, fizioterapiya kabi birlamchi oddiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Prezidentimiz bu tajribani ma’qullab, mutasaddilarga bu yil ushbu tizimni qolgan viloyatlardagi kamida 100 tadan mahallada yo‘lga qo‘yishga topshiriq berdi.

Andijonda zamonaviy xususiy klinikalar tashkil etish uchun olti oy davomida sotilmagan davlat obyektlari tadbirkorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 5-yil muddatga ijaraga beriladi, keyinchalik bu obyektlar ularning o‘ziga xususiylashtirib beriladi.

So‘nggi yillarda texnikumlar bo‘yicha ham katta islohotlar bo‘ldi. Lekin Andijondagi 56 ta texnikumning barchasida ham ishlar yangicha tashkil etilmayapti.

Masalan, Andijon 4-son texnikumi va Paxtaobod 2-son texnikumida talabalarning bir vaqtning o‘zida o‘qishi va ishlab, daromad topishi bo‘yicha ijobiy tajriba yaratilgan.

Maktablardagidek o‘z ustida ishlab, salohiyati va ko‘nikmasini oshirgan direktorlarni rag‘batlantiradigan tizim endilikda texnikumlarda ham joriy qilinishi belgilandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:56
t.me/uzauz/15294
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
5
4.2 k
Yig‘ilishda ijtimoiy soha masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Prezident tibbiyotda Andijon brendini yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.

Bu borada o‘tgan yili 650 o‘rinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga o‘tkazilib, uni ta’mirlash va jihozlashga 180 milliard so‘m berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni o‘zida ham o‘qish, ham amaliyot o‘tash imkonini beradi.

Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yo‘lga qo‘yish, klinika yoniga travmatologiya, pediatriya va jarrohlik, ginekologiya bo‘limini qurib, klasterga aylantirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Bunga yana 100 milliard so‘m ajratilishi ma’qullandi.

Simulyatsion markazda sinovdan o‘tgan tibbiy xodimlarga qo‘shimcha 100 foiz ustama berilishi belgilandi.

Hozir 2 ming nafar namanganlik yoshlar Andijonga qatnab o‘qiyotganini hisobga olib, Namangan davlat universitetidagi tibbiyot fakulteti Andijon tibbiyot instituti filialiga aylanadi. Bu filial keyinchalik mustaqil oliygoh darajasiga olib chiqiladi, Andijon tibbiyot institutiga esa universitet maqomi beriladi.

Umuman, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy va Hindistondan kelib o‘qimoqchi bo‘lganlar hisobiga, viloyatda tibbiy ta’lim eksportini yiliga 20 million dollardan oshirish mumkinligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga xorijdan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun "talaba vizasi" joriy qilish bo‘yicha bir oyda taklif kiritish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:44
t.me/uzauz/15293
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
3
4.2 k
Andijon shahrini viloyatning 8 ta hududi bilan bog‘lovchi jamoat transporti mavjud emasligi oqibatida kuniga 80 ming aholi viloyat markaziga 20 mingga yaqin yengil transportda kelishga majbur.

Tig‘iz paytda Andijon shahridagi tirbandlik 7-8 ballga chiqib ketmoqda. Vaholanki, 1 ta kichik avtobus kuniga kamida 400 nafar aholiga xizmat ko‘rsatib, 25 ta yengil mashinani o‘rnini bosadi.

Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yangi marshrutlar va viloyat sharoitiga mos avtobus rusumlarini aniqlab, taklif berish topshirildi.

Davlatimiz rahbari Andijon shahri bo‘yicha muhim bir tashabbusni aytdi. Shahar markazida "Andijon turmasi" nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi joylashgan. Kundan-kunga shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilib turgan vaqtda 100-yil oldin qurilgan bunday "sovuq" binoning markazda bo‘lishi noto‘g‘ri ekani qayd etildi.

Shu bois bu obyekt shahar chekkasiga ko‘chirilishi, o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:42
t.me/uzauz/15292
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
5
4.2 k
Yig‘ilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmog‘idan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmog‘ini qurish zarurligi ta’kidlandi va mutasaddilarga tegishli ishlarni tezroq boshlash topshirildi. Andijon suv ta’minoti korxonasi hududida 18 megavattli quyosh panellari va 98 ta energiya tejamkor nasoslar o‘rnatiladi.

"Xonobod" chegara o‘tkazish punkti tiklangani hisobiga, "Bishkek – Dushanbe – Termiz" xalqaro yo‘lidagi transport oqimi 2-3 karra ko‘paydi. Lekin Xonoboddan o‘tuvchi Qoradaryo ustidagi 150 metrli ko‘prik nosozligi uchun mashinalar uning bir qismidan harakatlanmoqda, tirbandliklar hosil bo‘layapti.

Mutasaddilarga bir oyda ushbu ko‘prikni rekonstruksiya qilish dasturini tasdiqlash va 25 milliard so‘m ajratish topshirildi. Mazkur ko‘prik kelgusi yilda to‘liq ishga tushishi shartligi qayd etildi.

Yangi Andijon massivini Andijon shahri va boshqa hududlar bilan bog‘lash uchun 56 kilometrlik halqa yo‘li qurish zarurligi qayd etildi. Bu yil ushbu yo‘lning 5 kilometrini bitkazish hisobiga Andijon shahriga kelish ancha qisqaradi. Bu yo‘lda 200 ta savdo va servis obyekti barpo etilib, 1 ming nafar aholi ishli bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:25
t.me/uzauz/15291
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
11
3.4 k
Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi iste’molining 20 foizi degani.

Prezident bu namunali loyihani ma’qullab, viloyatning suv oqimi yuqori bo‘lgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati borligini aytdi.

Andijondagi bunday loyihalarga 40 million dollar ajratilishi belgilandi. Bu mablag‘lar tadbirkorlarga 3-yil imtiyozli davr bilan 7-yilga 12 foiz stavkada beriladi.

Mahalliy komponentni rivojlantirish uchun avgust oyida xitoylik investorlar bilan mikro GES agregatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. E’tiborli jihati, bu investor qurilgan GESlarga 1-yil bepul servis ko‘rsatadi, keyingi 9-yilda kafolatli pulli xizmatni yo‘lga qo‘yadi.

Viloyat hokimligiga bu yil quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo‘lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish choralarini ko‘rish topshirildi. Bu loyihalar ishga tushsa, 38 ming xonadon uzluksiz elektr bilan ta’minlanadi, viloyatning elektr importi 10 foizga qisqaradi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:23
t.me/uzauz/15290
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
2
3.5 k
Bir hafta ichida Andijonda 360 ta bo‘sh va samarasiz ko‘chmas mulk aniqlandi. Shuningdek, 96 ta bino-inshootlar ochiq auksionda yillab sotilmayapti.

Bu obyektlar qulay shart asosida sotilsa, tadbirkorlar loyiha qilib, ish o‘rni yaratadi.

Masalan, Andijon shahri endokrinologiya markazidagi 20 sotix, yonidagi 1-son poliklinikaning 30 sotix bo‘sh yeri auksionga chiqsa, tadbirkor 20 million dollarlik 600 o‘rinli xususiy tibbiyot markazi qurmoqchi. Yoki, Andijon tumani O‘rikzor mahallasidagi ta’mirtalab "O‘quvchi yoshlar markazi" auksionga qo‘yilsa, bu yerga 35 million dollar investitsiya kiritib, jami 6 ming o‘rinli bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohdan iborat ta’lim klasteri qilaman, degan tadbirkorlar ham bor.

Mutasaddilarga bo‘sh yotgan barcha yer va binolarni auksionga chiqarish topshirildi.

"Hammani qattiq ogohlantiraman – tibbiyot va ta’lim tashkilotlariga tegishli bo‘sh binolar faqat "profili"ni o‘zgartirmaslik sharti bilan beriladi",
- dedi Prezident.

Bosh prokuraturaga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:21
t.me/uzauz/15289
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
3
3.4 k
Har yili Andijondan Qirg‘izistonga 200 million dollarlik eksport amalga oshirilmoqda.

Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobodda ham xuddi Afg‘oniston chegarasidagi kabi erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan maslahatlashgan holda ushbu ikkita hududdan bittasini tanlab, master-reja ishlab chiqish topshirildi.

Xo‘jaoboddagi "Do‘stlik" postidagi katta tirbandlikdan aholi ham, tashuvchilar ham norozi ekaniga e’tibor qaratildi. Mas’ul vazirlik va idoralar oldiga tirbandlik sababini o‘rganib, tez fursatda buning yechimi bo‘yicha taklif berish vazifasi qo‘yildi.

"O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy" temir yo‘lini qurish bo‘yicha yirik loyiha ishga tushishi natijasida tashish muddati 1 haftaga, masofasi 1 ming kilometrga qisqaradi, yuk tashish 10 barobar oshadi.

"Lekin, ichki temir yo‘l tarmoqlarimiz, bojxona punktlari, stansiyalar bu yukni qabul qilish va o‘tkazishga qanchalik tayyor?",
- deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilarga bu boradagi hisob-kitoblarni qilib, amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:20
t.me/uzauz/15288
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
3
3.8 k
Yig‘ilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘tgan uch yilda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.

O‘tgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan ko‘pi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga to‘g‘ri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.

Mutasaddilarga elektron platforma yaratib, xorijiy investorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar ro‘yxatini yuritish, ular ko‘targan har bir masala bo‘yicha aniq ijrochilarni belgilab, kunlik nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:18
t.me/uzauz/15287
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
3
3.6 k
Viloyatning turizm salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Xonoboddagi Kampirovot mahallasida 92 gektar hududda turizm markazi tashkil qilinadi. Bunday turizm maskanlari Buloqboshidagi Shirmonbuloq, Xo‘jaoboddagi Tosh ota mahallalarida ham tashkil qilinsa, qo‘shimcha 1 million turist jalb qilish uchun barcha imkoniyatlar bor.

Mutasaddilarga ushbu mahallalarning master-rejasini ishlab chiqib, zarur infratuzilma xarajatlarini hal qilib berish topshirildi.

Viloyat va tuman hokimliklari bu yil 125 million dollarlik 25 ta loyihani yakuniga yetkazish, 3,5 million xorijiy va mahalliy sayyohni jalb qilib, turizm eksportini 200 million dollardan oshirishga mas’ul etib belgilandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:15
t.me/uzauz/15286
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
5
3.8 k
Viloyatdagi 5,7 ming gektar sun’iy suv havzalarining atigi 23 foizida intensiv usulda baliq yetishtirilayapti.

Andijon tumanidagi tadbirkor 15 million dollar hisobiga 320 gektarda intensiv usulda baliq yetishtirish, 500 ta xonadon bilan kooperatsiya qilish tashabbusini bildirgan. Loyiha doirasida 27 turdagi karp balig‘idan mahalliy sharoitga mos baliq nasli yaratish reja qilingan.

Ushbu loyihaga Osiyo taraqqiyot banki ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri 15 million dollar berishga rozi. Buning uchun viloyat hokimligi huzurida loyiha ofisi tashkil qilinadi, tadbirkor va Osiyo taraqqiyot banki bilan uch tomonlama shartnoma imzolanadi.

Mutsaddilarga xorijdan 100 million dollar jalb qilib, yil yakunigacha 1,2 ming gektarda kamida 5-6 ta shunday loyihani yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Umuman, respublikada baliqchilikni rivojlantirishga 150 million dollar resurs beriladi. Shundan 50 million dollari Andijonga ajratiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 11:14
t.me/uzauz/15285
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
6
4.3 k
Joriy yildan boshlab tomorqadan foydalanish bo‘yicha yangi tizim ishlamoqda. Masalan, Asaka tumani Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona bor, ularda yiliga 3 marta hosil olinayapti. Xuddi shunday, Obod mahallasidagi 922 ta xonadon egalari issiqxonalardan samarali foydalanyapti.

Viloyatdagi qolgan 907 ta mahallada ham bu tajribadan unumli foydalanish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga Asakadagi mahallalarga arzon urug‘ va mineral o‘g‘it yetkazib berish tizimini butun respublikada joriy qilish topshirildi. Bu tizim orqali urug‘ va o‘g‘it 15 foizgacha arzon sotilmoqda.

O‘tgan yilda Andijonda kambag‘allik 11,9 foizdan 9,5 foizga tushgani bilan respublikada 9-o‘rinda turibdi.

Baliqchi va Oltinko‘lda 5 gektardan issiqxona tashkil qilinib, 100 ta ehtiyojmand oila daromadli qilindi. Issiqxona kambag‘al oilalarga 10 sotixdan ikki yilga ijaraga berilgan. Yiliga 3 marta hosil olish hisobiga har bir oila 150-200 million so‘mdan daromad topadi. Tadbirkor ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va yoqilg‘ini yetkazib berib, hosilni o‘zi sotib oladi.

Bu ishlar kambag‘allik yuqori Ulug‘nor, Paxtaobod, Xo‘jaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bunday zamonaviy issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi.

Yoshlarni tadbirkorlik, yerdan samarali foydalanishga o‘rgatish uchun avvalo ularda kasbiy ko‘nikmani rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Hudud ixtisoslashuvi asosida maktablarda mehnat darslari va kasbiy to‘garakalar tashkil etiladi. Ushbu to‘garaklarga sanoat savdo va servis korxonalari, klasterlar mutaxassislari kelib dars o‘tadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 10:29
t.me/uzauz/15284
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
9
4.2 k
Oltinko‘ldagi tadbirkor zovurni yopiq tizimga o‘tkazib, 1,1 gektarda 20 ta savdo va servis obyekti qurgan. Tuman hokimlari hech bo‘lmaganda 30 kilometr zovurni shu tizimga o‘tkazsa, 1 mingta savdo-servis obyekti, 10 ming ish o‘rni yaratish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga butun respublika bo‘yicha trassa bo‘yidagi kamida 300 kilometr zovurlarni belgilab, tadbirkorlarga taklif qilish topshirildi. Yil yakunigacha Oltinko‘l tajribasi asosida 10 mingta savdo-servis joyi va 100 mingta ish o‘rni yaratilishi belgilandi.

Shuningdek, viloyatdagi 21 ming gektar adirni 13 ming gektariga suv chiqarib, ekin ekish mumkin. Mutasaddilarga respublikadagi barcha qir va adirlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Bunday yerlarga suv chiqarishda nasos ishlatish uchun elektr energiyasi narxi dehqonlarga og‘irlik qilishini inobatga olib, quyosh paneli o‘rnatish uchun moliyaviy instrumentlarni tezroq ishlatish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 10:28
t.me/uzauz/15283
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
5
4.0 k
So‘nggi sakkiz yilda Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra o‘sgani qayd etildi.

"Kecha yarmarkada ko‘rdim. Viloyatda bu borada katta maktab shakllanib ulgurdi, yangi korxona qilaman, degan tadbirkorlar ham ko‘p. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Ularni ishlab chiqarishni qancha tez o‘zlashtirsak, iqtisodiyotni yangi texnologik bosqichga o‘tkazishda eng muhim qadam bo‘ladi",
- dedi davlatimiz rahbari.

Masalan, Buloqboshidagi "Molekulyar kimyo" korxonasi respublikada yagona bo‘lgan bo‘yash dastgohlarini ishlab chiqarishni boshlagan. Mutasaddilar yana 10-15 ta shunday tadbirkorni topib, ularga sharoit qilib bersa, vaziyat mutlaqo o‘zgarishi ta’kidlandi.

Afsuski, bunday tadbirkorlarga uskunasi uchun sertifikat olish, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni qiyinligi, uzoq vaqt talab qilgani sababli ular loyihalarga pul tikishdan xavfsirayapti. Mas’ullarga ular bilan yaqin muloqot o‘rnatish va loyihalariga ko‘maklashish topshirildi.

Bundan tashqari, mashinasozlik-konstruktorlik ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish Andijondan boshlanishi belgilandi.

Jumladan, tarmoqlar rahbarlari to‘qimachilik, charm-poyabzal, mebel, avtomobilsozlik kabi "drayver" sohalarda talab yuqori bo‘lgan kamida 5 turdagi import uskunasining texnik ko‘rsatkichini o‘rganadi. Ularning konstruktorlik yechimlarini mahalliy korxonalarga taklif qiladi. Bunday uskunalarni mahalliylashtirish istagidagi tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 10:27
t.me/uzauz/15282
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
5
4.4 k
Andijon hamma sohada islohotlar ijrosiga astoydil kirishib, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o‘zgarishlarni tez olib kirayotgan hududlardan biri ekani ta’kidlandi.

O‘tgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshladi, 51 ta korxona kichikdan o‘rta toifaga o‘tdi, 13 tasi yiriklashdi. Bir yilda 450 ming aholi ishli bo‘ldi.

Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar obyektlar qad ko‘tardi. Buning hisobiga o‘tgan yili savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshdi.

"Lekin hayot bir joyda to‘xtab qolmaydi. Odamlar har kuni izlanib, yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqayapti, oldimizga katta-katta masalalarni qo‘ymoqda",
- dedi Prezident.

Shuni hisobga olib, viloyatga qo‘shimcha 1 trillion so‘m yo‘naltirilishi aytildi.
 
Viloyat hokimligi, viloyat tashkilotlari rahbarlari, 16 ta shahar va tuman hokimlari aholi va tadbirkorlarni har kuni eshitib, hozirgi sur’atni saqlab qolishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

"Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda mas’uliyat olishi lozim",
- dedi davlatimiz rahbari.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 10:25
t.me/uzauz/15281
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
7
5.5 k
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi.

"Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi O‘zbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.
 
Bu – islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi",
- dedi davlatimiz rahbari.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 10:23
t.me/uzauz/15280
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
48
11 k
O‘zbekistonda moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 2025-yil 1-oktyabrga qadar uzaytirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/16/2025, 09:15
t.me/uzauz/15279
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
17
8.1 k
No comment: Andijon viloyatining sanoat yarmarkasiga tashrif.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/15/2025, 18:17
t.me/uzauz/15278
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
20
7.9 k
No comment: "WBM Fabrics" korxonasi bilan tanishuv.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/15/2025, 16:45
t.me/uzauz/15277
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
6
6.9 k
No comment: Prezident Andijon xalqaro aeroportida

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/15/2025, 16:45
t.me/uzauz/15276
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
27
7.0 k
#tayinlov

Tavboyev Suxrob To‘rabek o‘g‘li Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Tavboyev mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/15/2025, 16:40
t.me/uzauz/15275
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
12
7.1 k
AQSh dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 16-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 980,89 soʻm (+ 11,33)
1 EUR 14 722,93 soʻm (– 45,51)
1 RUB 158,67 soʻm (+ 1,58)

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/15/2025, 14:43
t.me/uzauz/15274
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
28
9.1 k
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga keldi. Andijon xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish ishlari yuzasidan axborot berildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/15/2025, 10:18
t.me/uzauz/15273
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
18
8.0 k
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif davomida yangi korxonalar faoliyati, sanoat, energetika, shaharsozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, joylardagi qurilish va bunyodkorlikni ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz
04/15/2025, 09:01
t.me/uzauz/15272
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
110
9.1 k
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Boboyev Faxriddin Atoyevich Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Faxriddin Boboyev
Vazirlar Mahkamasi mutaxassisi, "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi va boshqa bir qator mas’ul vazifalarda ishlagan.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/13/2025, 10:48
t.me/uzauz/15271
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
24
7.3 k
❗️Ertaga va indinga Toshkent shahrida keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

Ko‘p qavatli uylar atrofi va jamoat hududlarini tozalash, obodonlashtirish va yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha umumshahar tadbiri boʻlib oʻtadi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/11/2025, 20:03
t.me/uzauz/15270
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
14
6.6 k
⚡Huquq tartibot idoralari tomonidan giyohvandlik
vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1991 y.t. shaxs Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgan 1 kg. 524 gr. “gashish” giyohvandlik vositasini 240 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Yozyovon tumanida qayd etilgan holatda, “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan — Toshloq tumanida yashovchi, 1986 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, transport vositasi saloniga yashirib qo‘yilgan 799 dona “Zardeks” va 40 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 1 ming 679 dona “Zardeks” va 48 dona “Tropikamid” hujjatlashtirib olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yaqin aloqasi, Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t. shaxsning Farg‘ona shahridagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 2 ming 239 dona “Lirika” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi. O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida, ushbu dori vositalarini Farg‘ona tumanida yashovchi, 2001 y.t. fuqaro Qirg‘iz Respublikasidagi noma’lum shaxslardan qabul qilib olganligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

Xizmatning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Samarqand-Xorazm” yo‘nalishida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi — Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1960 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro hamda uning 1980 y.t. sherigi o‘zaro til biriktirib, Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 802 gr. “opiy” moddasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Urganch shahrida kuzatilgan holatda, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs va Urganch shahrida yashovchi, 1987 y.t. fuqaro o‘zaro kelishgan holda 499 gr. “opiy” va 12 gr. “geroin” giyohvandlik vositalarini 11 500 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Shuningdek, ulardan birining yashash xonadoni yerto‘lasi ko‘zdan kechirilganda, unda 351 gr. “opiy” moddasi borligi ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositasi Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Xazorasp tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1962 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotgan 989 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/11/2025, 08:33
t.me/uzauz/15269
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
75
7.8 k
Toshkent xalqaro aeroportida turli noqonuniy firmalar orqali "Umra" safariga ketayotgan fuqarolarimiz to‘xtatib qolindi va ularning musofir yurtlarda sarson bo‘lishlarining oldi olindi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/10/2025, 15:04
t.me/uzauz/15268
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
9
6.4 k
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon banki guruhining operatsiyalar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekistonning Jahon banki bilan keng ko‘lamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish, eng avvalo, ushbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston bankning eng yirik hamkorlaridan biridir. Loyihalar portfeli 12 milliard dollardan oshdi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/10/2025, 14:13
t.me/uzauz/15266
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
9
6.8 k
04/10/2025, 14:13
t.me/uzauz/15267
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
17
6.7 k
Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

1—7-aprel kunlari DXX, IIV, Bosh prokuratura va O‘zenergoinspeksiya xodimlari hamkorligida respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan reyd tadbirlarida jami 2 ming 776 ta holat aniqlanib, shundan elektr energiyasidan 1 ming 807 ta, tabiiy gazdan 969 ta holatda jami 19,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganlik holatlari bo‘yicha dalolatnomalar tuzildi.

Shuningdek, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi.

Respublika bo‘yicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu davrda 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va 263 ta ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Mazkur yo‘nalishda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/10/2025, 05:04
t.me/uzauz/15265
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
7
6.3 k
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari ko‘rib chiqildi

Joriy yilda Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga tashriflarda 39 milliard dollarlik 178 ta loyiha bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

O‘tgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini ma’lum qildi.

Shularni hisobga olib, 2025-yilda:

– 42 milliard dollarlik xorijiy investitsiyani ta’minlash, shu jumladan xorijiy moliya institutlari ishtirokida 5,3 milliard dollarlik ishlarni bajarish;

– 81 ta yirik loyihani ishga tushirish, 8 mingdan ortiq o‘rta va kichik loyihani amalga oshirish;

– donor tashkilotlar bilan faol ishlab, 2 milliard dollar grant olib kelish;

– banklar bilan 6 milliard dollar resurs jalb qilish asosiy maqsad bo‘lishi belgilandi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/09/2025, 15:25
t.me/uzauz/15264
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
37
6.5 k
⚡⚡Fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi.

Konsert-tomosha tadbirlari reklamalarida tegishlicha "Jonli ijro", "Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz" yoki "Fonogrammali konsert dasturi" deb aniq ko‘rsatilishi lozim.

❗Madaniyat vazirligi tomonidan ijodkorlarni "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti", "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" va "O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi" davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijro eta olish qobiliyati inobatga olinadi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/09/2025, 15:07
t.me/uzauz/15263
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
93
7.2 k
Har oyning bitta shanba va yakshanbasi – "oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish" kuni, deb e’lon qilinadi.

Yoshlar o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat" yo‘llanmasini sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Har yili ichki turizm targ‘ibotini kengaytirishga 20 milliard so‘m ajratiladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/09/2025, 14:44
t.me/uzauz/15262
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
6
5.8 k
AQSh dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 10-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 973,31 soʻm (+ 12,93)
1 EUR 14 329,02 soʻm (+ 176,29)
1 RUB 151,19 soʻm (– 0,73)

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/09/2025, 14:22
t.me/uzauz/15261
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
12
5.8 k
"Turizm halqasi"ga kirgan yo‘llar ta’mirlanadi

Yig‘ilishda sayyohlar Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodan o‘tgan magistral va ichki yo‘llar ahvolidan noroziligi qayd etildi.

Mutasaddilarga "turizm halqasi"ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha hisob-kitob qilib, ishlarni boshlash topshirildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/09/2025, 13:50
t.me/uzauz/15260
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
12
6.3 k
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Davlatimiz rahbari dunyo iqtisodiyotida hozir favqulodda vaziyat kuzatilayotganini, uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlarida 10 trillion dollar mablag‘ yo‘qotilganini ko‘rsatib o‘tdi.

"Bu tebranishlar bizga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylaganlar adashadi. Axir, bu mablag‘larni bir qismi bizga investitsiya, kredit, yevrobond orqali kirib kelishi mumkin edi-ku!",
– dedi Prezident.

Bu sharoitda barcha hokimlar, iqtisodiy kompleks hududlar iqtisodiyotini kunlik tahlil qilishi, ishlab chiqarish hajmlari, ish o‘rinlari va eksportni saqlab qolish masalalari bilan tizimli shug‘ullanishi kerakligi qayd etildi.

Iqtisodiy kompleks mas’ullariga har hafta tarmoqma-tarmoq muammolarni tahlil qilish va yangi takliflar kiritish, tuman va viloyat hokimlariga o‘z hududida tadbirkorlar masalalariga yechim topib borish topshirildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/09/2025, 13:33
t.me/uzauz/15259
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
6.6 k
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/09/2025, 12:45
t.me/uzauz/15258
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
59
9.2 k
⚡️Elektr uchun arzonroq me’yor joriy etildi

Hukumat qaroriga ko‘ra, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1-apreldan 1-mayga ko‘chirildi.

Shuningdek, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritildi. Ya’ni 2025-yil 1-maydan iste’molchilar 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi. Avvalgi tartibga ko‘ra, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib boriladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/09/2025, 08:48
t.me/uzauz/15257
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
28
8.6 k
❗️"Haj" va "Umra" tadbirlarini noqonuniy tashkil etayotganlarga choralar ko‘rilmoqda

Qonuniy vakolatga ega bo‘lgan O‘zbekiston musulmonlar idorasi Haj-Umra markazi hamda 12 ta tadbirkorlik subyektlari orqali ishonchli va kafolatlangan umra xizmatlaridan foydalaning.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/08/2025, 12:50
t.me/uzauz/15256
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
12
7.3 k
Toshkent Markaziy Osiyo vikianjumaniga mezbonlik qiladi

Anjuman 19—20-aprel kunlari Vikimedia jamgʻarmasi homiyligi ostida oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/08/2025, 08:10
t.me/uzauz/15255
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
7.3 k
Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani – yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, parlamentarizm va vakillik hokimiyatini rivojlantirish borasida erishilayotgan katta natijalarning e’tirofi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/08/2025, 07:05
t.me/uzauz/15254
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
34
7.7 k
#TAYINLOV

Yakubov Jamoliddin Mirqobilovich — “O‘zbekenergota’mir” AJ bosh direktori etib tayinlandi.

J.Yakubov bunga qadar “Yangi-Angren IES” AJ bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/07/2025, 18:45
t.me/uzauz/15253
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
9
7.5 k
04/07/2025, 17:56
t.me/uzauz/15250
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
11
7.0 k
O‘zbekiston Prezidenti hamkorlikni rivojlantirish va parlament diplomatiyasini samarali ilgari surishga qo‘shgan katta hissasi uchun Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/07/2025, 17:56
t.me/uzauz/15249
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
7.5 k
04/07/2025, 17:56
t.me/uzauz/15252
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
9
7.5 k
04/07/2025, 17:56
t.me/uzauz/15251
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
148
7.7 k
Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Do‘stbekov Shuhrat Begimqulovich yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/07/2025, 15:08
t.me/uzauz/15246
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
145
8.2 k
04/07/2025, 15:08
t.me/uzauz/15248
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
148
8.2 k
04/07/2025, 15:08
t.me/uzauz/15247
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
7
6.5 k
AQSh dollarining rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank 8-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 966,38 soʻm (+ 19,18)
1 EUR 14 213,75 soʻm (– 8,75)
1 RUB 150,23 soʻm (– 3,15)

Kanalga ulanish:
@uzauz
04/07/2025, 14:49
t.me/uzauz/15245
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
4
6.4 k
O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi

Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/07/2025, 13:38
t.me/uzauz/15244
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
5
6.1 k
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/07/2025, 11:04
t.me/uzauz/15243
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
11
5.8 k
04/07/2025, 10:56
t.me/uzauz/15240
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
11
6.2 k
04/07/2025, 10:56
t.me/uzauz/15241
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
11
6.1 k
04/07/2025, 10:56
t.me/uzauz/15242
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
13
5.3 k
Qoraqalpog‘iston zaminida ilk bor ochiq osmon ostida tashkil etilgan konsertda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

"Simfonik musiqa, Sharq she’riyati va xalqona ohanglar uyg‘unlashgan ushbu noodatiy tadbirni Nukus bilan jahon musiqa sahnasi o‘rtasidagi madaniy ko‘prik, deb atash mumkin.

"The Sands of Time" ("Vaqt qumlari") konserti – Sharqning ulug‘ shoirlari Bobur, Navoiy, Umar Xayyom va Nodirabegim ijodidan ilhomlangan g‘oya mahsuli. Bu – abadiylikka daxldor va ayni paytda yangi nafas baxsh etuvchi, dunyoni maftun etishga qodir loyiha, desak mubolag‘a bo‘lmaydi!"
– Saida Mirziyoyeva.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/07/2025, 10:56
t.me/uzauz/15239
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
4
5.6 k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqidan iqtiboslar

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/07/2025, 09:24
t.me/uzauz/15235
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
4
5.7 k
04/07/2025, 09:24
t.me/uzauz/15236
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
4
6.2 k
04/07/2025, 09:24
t.me/uzauz/15237
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
4
5.8 k
04/07/2025, 09:24
t.me/uzauz/15238
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
11
7.2 k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqidan iqtiboslar

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
04/07/2025, 09:12
t.me/uzauz/15231
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
7.1 k
04/07/2025, 09:12
t.me/uzauz/15234
UZ
UzA | Tezkor xabarlar
29 213 subscribers
10
7.7 k
04/07/2025, 09:12
t.me/uzauz/15233
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria