Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
CH
CHDPU Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etish
https://t.me/chdpu_ilmiy
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
54.54%
ERR (week)

Chirchiq davlat pedagogika universiteti: - Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash @Toyirovna ; - Xalqaro hamkorlik @feytima ; - Ishlanmalarni tijoratlashtirish @fazlidd1n23 ; - boshqa @Dissertant_2029

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 87 results
Yaponiyada 6 oy davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda tadqiqot olib borish imkoniyati — MIF Research Fellowship Program

Talablar
— Dasturda PhD darajasiga ega va 45 yoshdan kichik bo'lganlar qatnasha oladi. Ariza berishdan oldin Yaponiyadagi qabul qiluvchi muassasadan taklifnoma (qabul) xatini olish kerak.

Foydali tomonlari
— Oylik stipendiya - JPY 220,000. Yaponiyada tadqiqot faoliyati va yashash xarajatlarini qoplash uchun beriladi;
— Yaponiyada yashash uchun dastlabki xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablag’ beriladi.
— Borish-kelish uchun ikki tomonlama ekonom klass aviachiptalari bilan ta’minlanadi.

Oxirgi muddat
30.06.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/94871
04/26/2025, 08:14
t.me/chdpu_ilmiy/129
"Ilm va yashash muhitining uyg‘unligi – muvaffaqiyat garovi"

👍 Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.X.Eshchanov talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad – talaba yoshlarning yashash sharoitlari bilan bevosita tanishish, ularning fikr va takliflarini tinglash, kelajakdagi imkoniyatlar eshigini ochish edi.

✅Tashrif davomida nimalar kuzatildi?
💬talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, xonalar holati, gigiyena va xavfsizlik talablari;
💬o‘quvdan bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
💬 talabalarning real ehtiyojlari, hayotiy takliflari va chin dildan aytilgan mulohazalari.

🔥Prorektorimiz har bir detalga e’tibor qaratib, talabalar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi. Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etishga qaratilgan choralar bilan yakun topdi.

🌀 Bu tashrif oddiy tashrif emas. Bu – talabalar hayotiga befarq bo‘lmagan yondashuv, ular bilan bir safda bo‘lishga intilish, TTJ faqat tunash joyi emas, balki rivojlanish maydoni ekanini tan olishdir.

CHDPU Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil
etish
04/24/2025, 10:38
t.me/chdpu_ilmiy/128
👨‍🎓🧑‍🎓Илм-фан соҳасини ривожлантиришга доир норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати:

📎ПФ-6198-сон-02.04.
2021
📎ПҚ-5047-сон-01.04
.2021
📎ПФ-6097-сон-29.1
0.2020
📎ПФ-5847-сон-08.
10.2019
📎ВМ-545-сон-27
.08.2021
📎ВМ-606-сон-1
9.07.2019
📎ВМ-304-сон-
22.05.2017
📎ВМ-226-со
н-13.10.2008
04/24/2025, 07:26
t.me/chdpu_ilmiy/123
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

🤒 Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari tomonidan ishlab chiqiladigan “Eko-innovation - 2025” innovatsion ishlanma va loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

🎚️ Ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan loyihalaringizni Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bo‘limiga 30.04.2025 gacha taqdim etishingiz so‘raladi.

📣 Murojaat uchun: @CHDPU_muhandis

👍 CHDPU Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tas
hkil etish
04/23/2025, 14:44
t.me/chdpu_ilmiy/122
#seminar

✅✅✅✅✅✅

📣Pivot-RP platformasi bo‘yicha amaliy seminar-treningga taklif etamiz!

📌 2025-yil 23-aprel kuni Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasidan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.

Sana: 23.04.2025.
Vaqti: 11:30.
Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)

✅ Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Batafsil ma'lumot uchun: @csti_murojaat_bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/23/2025, 07:37
t.me/chdpu_ilmiy/121
Izlanayotganlar uchun 3 oltin maslahat

Bitta mavzuni 3 manbada o‘qing.
Bir manba – tushuncha beradi. Ikkinchisi – tanqid qiladi. Uchinchi manba – sizga pozitsiya beradi.
Shunda siz yozgan har bir jumla ishonchli bo‘ladi.

Ilmiy savol berishni o‘rganing.
“Sarlavha” emas, “muammo” ustida o‘ylang.
Agar siz shunday deyishingiz mumkin bo‘lsa:
“Men bu muammoni mana bunday yondashuv asosida o‘rganmoqdaman.” — siz yo‘ldasiz.

Internetda “yo‘q” deb o‘ylagan mavzuni yana bir bor qidiring.
Google faqat kalit so‘zga ishlaydi.
Agar siz “tadbirkorlik va maktab” deb yozsangiz chiqmasa, “ta’limda tadbirkorlik”, “entrepreneurship in education” deb yozing — siz kutmagan manbalar ochiladi.

Izlanish bu – o‘rganish, o‘zgarish va qayta o‘rganish san’ati.
04/21/2025, 13:06
t.me/chdpu_ilmiy/117
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

🤒 “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning 22-aprel kuni soat 09:00 da taʼlim muassasalari professor- oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari uchun “AQSHning Syracuse universitetida taʼlim olish imkoniyatlari” mavzusida zoom platformasi orqali onlayn vebinar tashkil etiladi.

🎚️ Mazkur vebinarda ishtirok etish uchun ilmiy xodimlar va
professor-oʻqituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya identifikatori: 514 919 3330
Kirish kodi: 1346154

📱📱📱
CHDPU Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni ta
shkil etish
04/21/2025, 08:39
t.me/chdpu_ilmiy/116
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi

https://loyiha.ilmiy.uz/tour/view?id=202
04/19/2025, 08:56
t.me/chdpu_ilmiy/114
Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshiruvchi talabgorlar uchun video qo'llanma.

Tizimdagi oxirgi o'zgartirishlar inobatga olingan holda tayyorlangan.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
04/18/2025, 07:10
t.me/chdpu_ilmiy/104
👍 Rektor topshiriqlarining ijrosi yuzasidan navbatdagi yigʻilish Jismoniy madaniyat, Matematika va informatika, Sanʼatshunoslik fakultetlari professor-oʻqituvchilari uchun oʻtkazildi.
#rektor #topshiriq #ijro

✅ Yigʻilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor B.X.Eshchanov kun tartibidagi masalalar yuzasidan maʼlumot berdi.

✅ Turli yo‘nalishlar kesimida dolzarb masalalar muhokama qilinib, professor-o‘qituvchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar tinglandi. Ularning amaliy ahamiyati va joriy etish imkoniyatlari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

CHDPU Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etis
h
04/16/2025, 05:29
t.me/chdpu_ilmiy/100
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga belgilangan tartibda tayanch doktorantura, doktoranturaga qabul qilingan shaxslar doktorant sifatida, mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan shaxslar esa mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi shart.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qarorida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida bajariladigan barcha jarayonlar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Yagona elektron tizimdan ro'yxatdan o'tmasdan doktorlik dissertatsiyasi himoyasiga harakat qilmang.

P.S. "Erkin tadqiqotchi" degan huquqiy tushuncha mavjud emas.

�@ilmiy_darajali_kadrlar
04/15/2025, 08:57
t.me/chdpu_ilmiy/85
👍 Rektor topshiriqlarining ijrosi yuzasidan navbatdagi yigʻilish Tabiiy fanlar fakulteti va Fizika va kimyo fakultetlarida oʻtkazildi.

✅ Yigʻilish davomida fakultetlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, mavjud muammolar va ularni hal etish yoʻllari muhokama qilindi. Professor-oʻqituvchilar taʼlim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini kuchaytirish, talabalar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirishdi. Rektor topshiriqlari ijrosini ta’minlash, belgilangan maqsadlarga erishish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlim
i
04/14/2025, 21:18
t.me/chdpu_ilmiy/83
Mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga topshirishda talabgorlardan quyidagi hujjatlar:

1. - oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi (Elektron tizim orqali diplom ma'lumotlari integratsiya qilingan taqdirda majburiy emas);

- kamida 1 ta maqola va 2 ta tezisning nusxalari havolasi bilan;

- qisqacha biografik maʼlumotnoma;

- ish joyidan tavsifnoma talab etiladi

2. 📌Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) boshqa axborot tizimlariga integratsiya qilinganligi sababli

ariza, mehnat daftarchasining nusxasi, nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, pasport nusxasi, (Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun talab etilmaydi.

@doktorantlarofficia
l
@doktorantlarofficial_grou
p
04/13/2025, 09:10
t.me/chdpu_ilmiy/80
2025-yil navbatdagi chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda.

✅Hujjatlar 2025-yil 15-apreldan 15-mayga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

📌Talabgor hujjatlari ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etilad
04/12/2025, 08:05
t.me/chdpu_ilmiy/79
👍 Rahbariyat va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi ochiq muloqot — samaradorlik garovi!

✅ Rektor topshiriqlarining samarali ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.X.Eshchanov kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan atroflicha fikr bildirdi.

✅ Ushbu uchrashuv Turizm fakulteti hamda Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tdi. Yig‘ilish davomida ilmiy faoliyatdagi ustuvor yo‘nalishlar, ta’lim sifati va innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.

🎚️Yangilanish – birgalikda!

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi rasmiy telegram sahifa
si
04/11/2025, 16:20
t.me/chdpu_ilmiy/78
SAVOL: Erkin tadqiqotchilik bu nima?
Uning huquqiy asoslari qanday?

JAVOB: Oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda “erkin tadqiqotchilik” tushunchasi mavjud emas.

Izlanuvchi dissertatsiya himoyasini quyidagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidan birida, jumladan tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shaklida ro‘yxatdan o‘tgan holda amalga oshirishi mumkin.
04/10/2025, 07:32
t.me/chdpu_ilmiy/74
04/03/2025, 20:49
t.me/chdpu_ilmiy/67
#DIQQAT
#Elon

⚡️Ilmiy tadqiqot ishingiz uchun zamonaviy laboratoriya va noyob ilmiy obyektlardan bepul foydalanishni istaysizmi? Unda ushbu dastur aynan siz uchun!

2025-yil 1-apreldan "Akademik harakatchanlik" dasturi tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabuli boshlanadi.

Hujjatlar 👉 https://akadem.ilmiy.uz/  platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Ushbu dastur 40 yoshgacha bo'lgan yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy ob’yektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini beradi.

Dasturda ishtirok etish uchun qoʻyiladigan shartlar:

- Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
- Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha boʻlishi.

Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.💰


👉“Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha batafsil ushbu havolada tanishib chiqishingiz mumkin.

📥Hujjatlar 1-apreldan 30-aprelgacha platforma orqali qabul qilinadi.

👉@ilmiy_darajali_ka
drlar
03/27/2025, 11:05
t.me/chdpu_ilmiy/66
❗️Rasman: Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuni nishonlanadi.

❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, hozircha Ramazon hayitida 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari mumkin:

1️⃣29-mart– shanba.
2️⃣30-mart – yakshanba.
3️⃣31-mart – dushanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa hozircha ketma-ket 2 kun dam olishlari mumkin:

1️⃣30-mart – yakshanba.
2️⃣31-mart – dushanba.
03/26/2025, 18:19
t.me/chdpu_ilmiy/65
✅ Сифатли журналлар нашр жарёнида муаллиф учун тегишли бўлган рақам ORCID рақами берилишини сўрайди?

✅ ORCID – инглизча Open Researcher and Contributor Identifier сўзларининг бош ҳарфларидан ясалган қисқартма. Ўзбекчага сўзма-сўз таржима қилганда «Тадқиқотчи ва муаллифнинг очиқ идентификатори» деб таржима қилинади. Бу илмий ишлар муаллифларини идентификациялашнинг халқаро тизимидир. Orcid 16 та рақамдан иборат код бўлиб, унинг жойлашуви маълум бир муаллифни аниқ кўрсатади.

➡️ Унинг ёрдамида сиз ушбу муаллифнинг барча матнларини маълумотлар базалари бўйича индексланган ҳолда топишингиз мумкин.

✅ Агар Сизда ORCID рақами мавжуд бўлмаса, қуйидаги видеоларда жуда осон тушунтирилган

🇺🇿 Ўзбек тилида- 🔍ORCID рақамини олиш (рўйхатдан ўтиш)

🇷🇺Рус тилида- 🔍orcid регистрация на русском

🇺🇸 инглиз тилида-🔍 How To Create Orcid Account

✅ Батафсил:✅©️@ILMIYHIMOYA каналида кузатиб боринг
03/26/2025, 03:21
t.me/chdpu_ilmiy/64
❇️ Диссертация тайёрламасдан PhD илмий даражасини олишга рухсат берилиши мумкин. Президентнинг бу борадаги тегишли қарори лойиҳаси эълон қилинди.

⚡️ Ҳужжатга кўра, қуйидаги таклифларга рухсат берилмоқда:
- диссертация тайёрламасдан олий таълим ва илмий ташкилотлар кенгашлари қарори билан нашр этилган якка муаллифликдаги монография тақдимномаси муҳокамаси асосида илмий даражалар берувчи илмий кенгаш қарорига кўра фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини бериш;

- диссертация тайёрламасдан аниқ вазифаларни ҳал этиш бўйича илмий ишланмалар, ички ва ташқи бозорларда талаб юқори бўлган илғор технологик ишланмалар муаллифига тақдимномани Ёшлар академияси Кенгашнинг тавсияси асосида фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини бериш (тиббиёт фанлари бундан мустасно);

- диссертация тайёрламасдан муайян тарихий, сиёсий, архитектура ва санъатшунослик йўналишидаги тадқиқот натижалари бўйича камида тўртта илмий янгилиги тақдимоти «O‘zbekiston tarixi» телеканалида ўтказилган ва илмий янгиликлари бадиий ёки ҳужжатли фильмлар сценарийларида фойдаланилганлиги бўйича тақдимнома ва илмий даражалар берувчи илмий кенгаш қарори асосида тадқиқот муаллифига ўрнатилган тартибда тарих, сиёсий, архитектура ва санъатшунослик фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини бериш;

- фан доктори (DSc) илмий даражасини берувчи илмий кенгаш таркибига Хирш индекси камида икки бўлган юқори малакали ва тажрибали профессор илмий унвонига эга бўлган фан номзоди, фалсафа докторини (PhD) киритиш;

- диссертацияларни етакчи ташкилотда қўшимча муҳокамадан ўтказиш тартибини бекор қилиш;

- илмий даражалар берувчи илмий кенгашда талабгорларни илмий даражада тасдиқлашни «очиқ» овоз бериш йўли билан тасдиқлаш амалиётини йўлга қўйган ҳолда илмий кенгашда овоз бериш жараёнини ўтказувчи ҳисоб комиссиясини тузиш ва «ёпиқ» овоз бериш тартибини бекор қилиш;

- барча фанлар бўйича диссертацияларнинг илмий семинарлардаги муҳокамаси ва очиқ ҳимоясини ўтказиш жараёнини интернет тармоғи орқали реал вақт режимида кузатиш амалиётини жорий этиш.

Қайд этилишича, 2023 йил 1 январдан бошлаб,
- фалсафа доктори (PhD) ва фан доктори (DSc) илмий даражаларига талабгорлар томонидан «Scopus» ва «Web of Science» халқаро илмий-техник базалар рўйхатидаги нуфузли ихтисослашган илмий нашрларда мақолалар чоп этиш талаби босқичма-босқич жорий қилинади;
- олий таълимдан кейинги таълим институтларига талабгорларни қабул қилишда уларнинг тайёргарлик даржасини баҳолаш сифатини ошириш ва уларнинг мазкур институтларга қабул қилинганидан кейинги даврини тўлалигича тадқиқот сифатига қаратиш мақсадида малакавий имтиҳонларни қабул қилиш амалиёти бекор қилинади.

Шунингдек, синов тариқасида уч йил муддатга 2023 йил 1 январдан бошлаб:
жамиятни маънавий юксалтириш ва таълим-тарбия жараёни сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этган тарих, фалсафа, филология, юридик, архитектура, санъатшунослик, педагогика ва психология фанлари бўйича талабгорларни фалсафа доктори (PhD) ва фан доктори (DSc) илмий даражалари мустақил тасдиқлаш ваколати олий таълим ва илмий ташкилотлар ҳузуридаги илмий даражалар берувчи илмий кенгашларга;
илмий унвонларда мустақил тасдиқлаш ваколати академик ва молиявий мустақиллик берилган олий таълим ташкилотлари ҳамда Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси тизимидаги илмий ташкилотлар кенгашларига берилади.
03/23/2025, 09:37
t.me/chdpu_ilmiy/63
🌐 III Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga barchangizni taklif etamiz!

📌Konferensiyada quyidagi shaklda
ishtirok etishingiz mumkin:
📥Maqola bilan (muallif);
📚Maqolasiz (kuzatuvchi).

📆Anjuman 2025-yil 15-may
kuni bo'lib o'tadi. Maqolalar
2025-yil 1-maygacha
qabul qilinadi.

⚡️ 15 nafar maqola mualliflari "Eng yaxshi maqola" nominatsiyasi bo'yicha diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi. Konferensiyaning barcha ishtirokchilariga sertifikat beriladi.

➡️Anjuman axborot
xati
➡️Ro'yxatdan o
'tish

👉Rasmiy sahifamiz: @STTP_UZ
03/15/2025, 20:03
t.me/chdpu_ilmiy/60
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

✍️ Hurmatli professor-o'qituvchilar hamda, tadqiqotchilar, talaba-yoshlar sizlarni 2025-yilning 21-22-aprel kunlari “ZAMONAVIY TA`LIM VA TARBIYA TENDENSIYALARIDA PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINING STRATEGIYASI VA YONDASHUVLARI” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif qilamiz.



📑 Konferensiya quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:
1. Ta'lim va tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan kreativ yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar
2. Ta'lim va tarbiya transformatsiyasiga psixologiya fanlarining integratsiyasi
3. Inklyuziv ta'limning nazariy va amaliy asoslari
4. "Yashil pedagogika" ekologik va iqtisodiy ongni shakllantirish usullari


✅ Maqola va tezislar quyidagi telegram manzilga yuborilishi lozim: 1. https://t.me/+1M_GMCcfhBZiZjVi

📆 Maqola topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 10-aprel

👤 Murojaat uchun tel: +99899 972 93 13


🏛 Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi https://t.me/+1M_GMCcfhBZiZjVi
03/14/2025, 17:33
t.me/chdpu_ilmiy/59
#Doktorantura_byulleten_2024_4_son
#PhD || #DSc

Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil, 4-son byulleteni

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
03/13/2025, 15:05
t.me/chdpu_ilmiy/58
#Ilm_innovatsiya
🌐Ilmiy-tadqiqot loyihalari qanday tayyorlanadi...

#CHDPU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Baxodir Eshchanov rahbarligida “Ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovida ishtirok etishning dolzarb vazifalari, imkoniyatlar va istiqbolli yo‘nalishlar” mavzusida videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan ushbu muloqotda Universitet kafedra mudirlari, ilmiy loyiha rahbar va ishtirokchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda Biologiya fanlari doktori, professor Vohid Fayziyev tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga buyurtmani shakllantirish va amalga oshirishga qo‘yiladigan umumiy talablar, xalqaro ilmiy loyiha tanlovlari va ularni qo'lga kiritish yo'llari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar va ushbu mazmunli muloqot tizimli davom etish istagini bildirdilar.
➿➿➿➿➿➿➿

🌐 Как готовятся научно-исследовательские проекты

Под руководством проректора ЧДПУ по научной работе и инновациям Баходира Эшчанова прошел видеомост на тему «Актуальные задачи, возможности и перспективные направления участия в конкурсе научно-исследовательских проектов».

В этом онлайн-мероприятии приняли участие заведующие кафедрами университета, руководители и участники научных проектов, докторанты и самостоятельные исследователи.

На данном мероприятии доктор биологических наук, профессор Вохид Файзиев подробно рассказал о требованиях к формированию и реализации научно-исследовательских заказов, международных конкурсах научных проектов и путях их получения.

Мероприятие прошло в формате обсуждений, в ходе которых участники получили ответы на интересующие их вопросы и выразили желание, чтобы такие содержательные встречи продолжались и в будущем.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sa
yt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
03/05/2025, 21:51
t.me/chdpu_ilmiy/50
Hozirgi davrda dunyoda kitoblar, ilm-fan va boshqa foydali ma'lumotlarni o'zida jamlagan ko'plab qidiruv tizimlari mavjud.
Siz ilm-fan bilan shug'ullanish jarayonida asqatadigan qidiruv tizimlarini o'zingizga saqlab qo'ying va ulardan unumli foydalaning.

www.refseek.com -akademik resurslar bo'yicha qidiruv tizimi.Ushbu sayt bir milliarddan ortiq manbalar: ensiklopediyalar, monografiyalar, jurnallarni o'ziga jamlagan.

www.worldcat.org - jahon kutubxonalarida mavjud bo'lgan 20 ming kerakli kitobning elektron variantdagi jamlanmasi. Sizga kerak bo'lgan eng noyob kitoblar aynan shu yerda.

https://link.springer.com - 10 milliondan ortiq ilmiy adabiyotlar: kitoblar, maqolalar, tadqiqot natijalari joylashtirilgan sayt.

www.bioline.org.br - rivojlanayotgan mamlakatlarda chop etilgan biologiya faniga oid ilmiy jurnallar kutubxonasi.

http://repec.org -102 ta turli mamlakatdan kelgan ko'ngillilar tomonidan iqtisodiyot va tegishli fanlar bo'yicha to'plagan 4 million qimmatli kitoblar manbasi.

www.science.gov -2200+ ilmiy saytlar bo'yicha Amerika davlat qidiruv tizimi, unda 200 milliondan ortiq maqolalarni o'qishingiz mumkin.

www.pdfdrive.com -PDF formatidagi 225 milliondan ortiq kitoblarni bepul yuklab olish uchun eng yirik sayt.

www.base-search.net - ilmiy tadqiqotlar matnlari bo'yicha eng yaxshi qidiruv tizimlaridan biri. 100 milliondan ortiq ilmiy hujjatlar ushbu saytda mavjud bo'lib, ularning 70 foizini bepul yuklab olishingiz mumkin.
03/03/2025, 14:29
t.me/chdpu_ilmiy/47
#Dissertatsiya_yozish

Dissertatsiya ustida amalish ishlash bo'yicha "Akademnashr" dan qo'llanma chiqibdi.
Yaqinlaringizga yuborib qoʻying.

📱📱📱
@CHDPU_il
miy
03/02/2025, 03:52
t.me/chdpu_ilmiy/45
2025-yil 2-chorak uchun suhbat kunlari.
Hurmatli talabgorlar o'zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib keling
02/24/2025, 08:48
t.me/chdpu_ilmiy/40
⚡️2025-yil mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan anjumanlar ro'yxati

Joriy yilning mart oyida jami 80 ta ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, shundan 51 ta xalqaro va 29 ta respublika miqyosidagi anjumanlarni tashkil qiladi.

www.anjumanlar.uz platformasi orqali anjumanlar axborot xatlari bilan tanishish va tezis yuborish imkoniyati mavjud.

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
02/22/2025, 09:01
t.me/chdpu_ilmiy/39
‼️ ЖУДА МУҲИМ!!!

ФЕВРАЛ ОЙИГА КЎРА

‼️ УШБУ 6 ЖУРНАЛ WEB OF SCEIENCE дан ЧИҚАРИЛДИ

1-QUALITY-ACCESS TO SUCCESS
2-ASEAN JOURNAL OF PSYCHIATRY
3-AD ALTA-JOURNAL OF INTERDISCIPLINARY RESEARCH
4-HTS TEOLOGIESE STUDIES-THEOLOGICAL STUDIES
5-INFINI
6-ARCHIVES ITALIENNES DE BIOLOGI

https://mjl.clarivate.com/collection-list-downloads

‼️ Мақола нашр этишда ҳар доим журналнинг жорий ҳолатини текшириб, барча параметрлар бўйича текширгандан сўнг мақола юборинг

🔍🔍Журнал активлигини текшириш учун: https://mjl.clarivate.com/search-results (Журнал номи ёки ISSN Орқали излаш мумкин)

✅Постни барча тадқиқотчилар ва илмий гуруҳларга улашинг

💻 Мурожаат учун: @article_oak

✅ БАТАФСИЛ: ©️ @SCOPUS_WOS_UZ каналида
02/21/2025, 17:34
t.me/chdpu_ilmiy/38
Диссертация мавзуси бўйича эълон қилинган илмий ишларга қўйиладиган талаблар (PhD)

Эълон қилинган илмий ишлар диссертациянинг илмий янгилигини акс эттириши керак. Диссертация натижалари халқаро ва республика доирасида ўтказилган илмий конференцияларда ва семинарларда апробациядан (муҳокамадан) ўтказилиши шарт.

Диссертациянинг асосий илмий натижалари даврий илмий нашрларда эълон қилиниши лозим. Ижтимоий-гуманитар фанлар соҳасида эълон қилинган асосий илмий ишлар якка муаллифликда бажарилган бўлиши керак (археология ихтисослиги бундан мустасно).

Фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертация бўйича эълон қилинган илмий ишларнинг умумий сони 7 тадан кам бўлмаслиги керак. Улардан камида 3 та илмий мақола (жумладан нуфузли хорижий илмий журналларда 1 та мақола) илмий нашрларда чоп этилиши лозим.

Диссертация натижаларининг халқаро ва республика илмий ва илмий-амалий конференцияларида кенг муҳокамаси асосида камида 2 та материал (мақола, маъруза ёки маъруза тезиси) халқаро конференция материаллари тўпламида эълон қилинган бўлиши шарт.
02/18/2025, 06:44
t.me/chdpu_ilmiy/37
✅Dissertatsiyaning asosiy natijalarini aks ettiruvchi ilmiy maqolalarni jurnallarda nashr etish bir qancha muammolarni hal qilishni talab qiladi.

🌍Ilmiy maqola nashr etishdan oldin, mualliflar ko'pincha jurnalni tanlash muammosiga duch kelishadi.

🚫Ba'zida, mualliflar soxta impakt faktorli jurnallarda yoki OAK ro’yxatiga kiritilmagan nashrlarda maqolalar chop qilishadi. Bu albatta dissertatsiyangiz himoyasi paytida juda katta muammolarni keltirib chiqaradi.

✅Jurnal tanlashning eng asosiy mezonlaridan biri bu jurnalni OAK ro'yxatiga kiritilganligidir.

✅OAK ro'yxatidagi jurnallarda chop qilingan ilmiy maqolalar dissertatsiyangiz himoyasi paytida ilmiy kengashlar va Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tan olinadi.

🌍Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida OAK ro'yxatidagi ayrim jurnallar ro'yxatini keltirmoqdamiz:

✅Fizika-matematika fanlari
✅Kimyo fanlari
✅Biologiya fanlari
✅Geologiya-mineralogiya fanlari
✅Texnika fanlari
✅Qishloq xoʼjaligi fanlari
✅Tarix fanlari
✅Iqtisodiyot fanlari
✅Falsafa fanlari
✅Filologiya fanlari
✅Geografiya fanlari
✅Pedagogika fanlari
✅Tibbiyot fanlari
✅Sanʼatshunoslik fanlari
✅Psixologiya fanlari
✅Yuridik fan
lar

✅Kafolatli natijaga ega bo'lish uchun maqolalaringizni faqat OAK ro'yxatidagi jurnallarda chop qilishni tavsiya qilamiz.

👨‍💼Ishonchli OAK jurnallari haqida ma'lumotlar kerak bo'lsa, biz bilan bog'laning.

✅Ps: Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying.

📞Murojaat uchun:
@Science_technic
al_PhD

✅Guruhga  qo'shilish⤵️
https://t.me/OAK_jurnall
ari_N1
02/12/2025, 07:04
t.me/chdpu_ilmiy/36
#oav_biz_haqimizda

Nurafshon TV | #CHDPUda Ilmiy faoliyatga oid navbatdagi loyiha ishga tushdi

👍 ❤️ �� @tvchdpi2017 #oav #сми #media
02/11/2025, 10:22
t.me/chdpu_ilmiy/35
⚡️Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar qanday nomlanishini bilasizmi?

⁃ bakalavr va magistr – bu akademik daraja;
⁃ PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;
⁃ dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.

Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.

@CHDPU_Oquv_uslubiy_boshqarma
02/05/2025, 06:29
t.me/chdpu_ilmiy/34
⚡️Диссертация ва авторефератлар
cайтлари

✅www.scholar.ru — научная электронная библиотека: диссертации, авторефераты и научные статьи
http://dibase.ru — поиск авторефератов на DiBase.ru
http://www.disszakaz.ru и ✅www.prorector.org — заказ авторефератов и диссертаций с помощью ООО «Проректор»
✅www.dslib.net — электронная библиотека диссертаций
✅www.lib.ua-ru.net/disser/ru.html — библиотечный каталог российских диссертаций
✅www.dissercat.com — научная электронная библиотека диссертаций и авторефератов
http://www.dissforall.com — платная электронная библиотека диссертаций 2000-2015 гг.
✅www.childpsy.ru/dissertations/ — Диссертации и авторефераты на сайте «Детская психология»
✅www.dissertation.com — Dissertation Publishers & Free Abstract Database
✅www.collectionscanada.gc.ca/thesescanada — Theses Canada Portal Library and archives Canada: открытый ресурс по канадским полнотекстовым диссертациям
✅www.ndltd.org — Networked Digital Library of Theses and Dissertations
http://adt.caul.edu.au — Australasian Digital Theses Program
✅www.dissertations.se — база диссертаций шведских ученых на английском языке.
02/04/2025, 19:10
t.me/chdpu_ilmiy/33
‼️Quyidagi 14 ta jurnal ancha avval SCOPUSDAN OLIB TASHLANGAN

1-Arhiv za Farmaciju
2-Bali Medical Journal
3-Educational Administration: Theory and Practice
4-Genetical Research
5-International Journal of Information Technologies and Systems Approach
6-ISVS E Journal
7-Journal of Global Business and Trade
8-Journal of Higher Education Theory and Practice
9-Journal of Liberty and International Affairs
10-Journal of Public Health in Africa
11-Journal of System and Management Sciences
12-NanoWorld Journal
13-Review of Economics and Finance
14-Revista De Gestao Social e Ambiental

‼️Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020
02/04/2025, 09:38
t.me/chdpu_ilmiy/32
Anjuman uchun materiallar 2025-yil 20-fevral sanasigacha qabul qilinadi. Ishtirok etish bepul.

🔻🔻🔻🔻🔻

Axborot xatida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

📱 Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish boʻlimi rasmiy telegram sahifasi
@CHDPU_tijoratlash
tirish
02/03/2025, 20:15
t.me/chdpu_ilmiy/31
Sun'iy Intellekt saytlar katalogi

Manzil: 👉 www.si-saytlar.uz
02/01/2025, 19:28
t.me/chdpu_ilmiy/30
👍👍👍 👍👍👍

Assalomu alaykum!

👍 Bugundan boshlab Chirchiq davlat pedagogika universitetining Xalqaro hamkorlik boʻlimi rasmiy ravishda oʻz telegram sahifasidan foydalanishni boshlaydi! 🚀

✅ Biz bilan birga qoling. Manfaatli takliflar yuzasidan maʼlumotlar berishni boshlaymiz.

😎 Bizning kanal:
@CHDP
U_xalqaro
01/31/2025, 19:35
t.me/chdpu_ilmiy/29
👍👍👍 👍👍👍

Talabalar, magistrlar va tayanch doktorantlar diqqatiga!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yilning 28-yanvardagi 04/04-209-son xatiga muvofiq Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan shartnoma asosida "Milliy hub" startap-akseleratsiya dasturi orqali Oliy taʼlim muassasasi talabalarining bakalavr va magistr, tayanch doktorantura tadqiqotchilari orasidan loyiha egalarini oʻquv-treningga jalb qilish rejalashtirilgan.

🟦🟦🟦
Mazkur treningda qatnashish uchun ishtirokchilar maʼlumotlarini 3-fevral kunigacha (@x_magistrant_2025 Husniddin Irgashov - qoʻshimcha maʼlumotlar uchun ham) yuborishlari kerak.

✅ Ishtirokchi ismi, familiyasi va otasining ismi.
✅ Ish / oʻqish joyi.
✅ Telefon raqami.

📱 Bizga qo'shiling:
@CHDPU_iqtidorli_
talabalari
01/30/2025, 20:19
t.me/chdpu_ilmiy/28
#ZARUR MASLAHATLAR
liy ta'limdan keyingi ta'lim institutining qaysidir shakliga o'qishga qabul qilindingizmi, unda keyingi bosqich nimalar qilish kerak:

🌟1. Dissertatsiyaning dastlabki mavzusini tanlash zarur (Tanlangan ixtisoslik bo'yicha shu paytgacha olib borgan tadqiqotingiz, chop etgan nashrlaringiz asosida), mavzu ixtisoslik shifriga mos bo'lishi shart.

🌟2. Tanlangan mavzu doirasida dissertatsiya himoya qilganlardan ilmiy rahbar yoki konsultant topish. Aynan siz topshirgan oliygohdan bo'lishi shart emas ilmiy rahbar (Asos: https://lex.uz/docs/3213410)

Ushbu sayt orqali Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidan dissertatsiyalarni online shaklda qidirish va oʻqish mumkin. (https://diss.natlib.uz/ shu sayt orqali imkoni bor).
01/29/2025, 09:45
t.me/chdpu_ilmiy/27
‼️Диссертацияни ҳимояга тақдим этиш ва Кенгашда ҳимоя қилиш

Диссертация бажарилган муассасада диссертация дастлабки экспертизадан муваффақиятли ўтганидан сўнг уни кўриб чиқиш учун муассаса раҳбарининг кузатув хати билан тегишли Илмий кенгашга юборилади.

Диссертация ихтисослиги ёки тегишли фан тармоғи бўйича Илмий кенгаш бўлмаган тақдирда, диссертация бажарилган муассаса диссертацияни дастлабки экспертизадан ўтказиб, диссертация ихтисослигига яқин келувчи Илмий кенгашга, бундай Илмий кенгаш бўлмаганда эса, тўғридан-тўғри ОАКга Бир марталик илмий кенгаш тузишни сўраб мурожаат қилади.

Илмий ва таълим ташкилотларининг раҳбарлари ва уларнинг ўринбосарларига ўзлари ишлаётган жойда тузилган Илмий кенгашларда, вазирлик, идораларнинг раҳбарларига ўз ташкилотларига қарашли муассасаларда тузилган Илмий кенгашларда диссертация ҳимоя қилишига рухсат берилмайди. Бунда уларнинг диссертация ҳимоя қилиши билан боғлиқ масалалар ОАК томонидан ҳал этилади.

ОАK аппарати ходимлари ОАК раҳбарияти рухсати билан диссертацияларини ҳимоя қилишлари мумкин.(шу жойи маззами)

Диссертацияни Илмий кенгашда дастлабки кўриб чиқиш, ҳимояга қабул қилиш ва диссертациянинг ошкора ҳимоясини ўтказиш ҳамда диссертация ва аттестация ишини ОАКга тақдим этиш Илмий даражалар берувчи илмий кенгаш тўғрисидаги низомга (рўйхат рақами 2893, 2017 йил 23 июнь) мувофиқ амалга оширилади.
01/29/2025, 09:43
t.me/chdpu_ilmiy/26
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
01/28/2025, 13:17
t.me/chdpu_ilmiy/25
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria