Universitetimizda Ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, ishlanmalarni tijoratlashtirish yoʻnalishlari boʻyicha yagona maʼlumotlar kanali shakllantirilganligi sababli ushbu kanal oʻz faoliyatini yakunladi.
Xalqaro hamkorlik boʻlimiga oid yangiliklarni endi @CHDPU_ilmiy kanalidan olishingiz mumkin.
👍 Rahbariyat va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi ochiq muloqot — samaradorlik garovi!
✅ Rektor topshiriqlarining samarali ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.X.Eshchanov kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan atroflicha fikr bildirdi.
✅ Ushbu uchrashuv Turizm fakulteti hamda Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tdi. Yig‘ilish davomida ilmiy faoliyatdagi ustuvor yo‘nalishlar, ta’lim sifati va innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyaning Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar bo‘yicha boshqarmasi (YTB) hamda Sabancı universiteti hamkorligida “Yozgi tadqiqotlar stipendiyasi” dasturi e’lon qilingan.
🔍Mazkur dastur 2025-yil 7-iyuldan 28-avgustgacha (8 hafta) davom etadi. Dasturda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin.
🧾Arizalar 2025-yil 26-martdan 11-aprelga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.