Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

This is funny world we live in.

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 14 results
94
Hammamizga kerakli bo'ladigan narsa haqida bo'lishib ketmoqchiman,
Praktikant tanlayotganda uning bu ish uchun mosmi yokida mos emasmi, eplab ketadimi yokida eplab keta olmaydimi, shuni matematik formula bilan aniqlash mumkin ekan:

S = (C + P + A + I) × D / 5 / 3

Bu yerda:
S — sotuvchi samaradorligi
C — kommunikativlik
P — prezentatsiya qobiliyati
A — aktiv eshitish
I — ishga yondashuv (ishtiyoq)
D — davomiylik (barqaror ishlash kunlari)

Faraz qilib ko'radigan bo'lsak:
C = 3 (gapiradi, lekin dovdiraydi)
P = 3 (ishontirishda qiynaladi)
A = 4 (faol, harakatda)
I = 5 (qiziqish yuqori)
D = 4 (intizomli)

Endi buni hisoblab ko'radigan bo'lsak:
S = (3 + 3 + 4 + 5) × 4 / 5 / 3
S = 60 / 5
S = 4.0

shu tartibda chiqgan javobga kora:
Natija (S) Baholash
4.5 – 5 Juda mos, darhol ishga olish mumkin
3.5 – 4.4 Yaxshi potentsial, sinov muddati bilan
2.5 – 3.4 Rivojlanish kerak, qisqa muddatli internship tavsiya
< 2.5 Hozircha mos emas, boshqa joyga yo‘naltirish mumkin
04/17/2025, 09:19
t.me/kuchsizlarningkuchi/122
297
The Dark Knight: Qahramonlar niqobi ortidagi falsafa
Klassik superqahramon filmlarida biz odatda “yaxshi” va “yomon” o‘rtasidagi kurashni kuzatamiz. Yaxshi yutadi, yomon yengiladi. Lekin Christopher Nolan’ning The Dark Knight filmi bunday soddalikdan butunlay uzoq. Bu filmda "yaxshi" ham, "yomon" ham qat’iy chegaralarga sig‘maydi. Aslida, bu film falsafiy konfliktlar, ichki ziddiyatlar, va axloqiy dilemmalar bilan to‘la.

Joker: Xaos falsafasi
Joker filmda oddiy yovuz obraz emas — u mutlaq xaosning timsoli. U hech qanday foyda yoki g‘alabaga intilmaydi. Uning yagona maqsadi — insoniyatning qanday zaif ekanligini ko‘rsatish. Joker o‘zini shunday ta’riflaydi: “I’m not a monster, I’m just ahead of the curve.” U odamlarning eng nozik nuqtalarini topadi va ular qanday “buziq” ekanini isbotlashga urinadi.

Bu yondashuv Nietzschening axloqiy qadriyatlarga qarshi chiqishiga o‘xshaydi, lekin Joker o‘sha idealistik übermensch emas. U nihilist. Dostoyevskiyning “Iblis” obrazlariga yaqinroq. U nafaqat jinoyat qiladi, balki odamlarni ichidan buzadi. Uning fikricha, odamlar halokat yoqasida turibdi, va ozgina turtki — yetarli.

Batman: Printsiplar va abadiy kurash
Batman esa Jokerning to‘liq aksi. U printsiplarga tayanadi. O‘zi tanlagan yo‘l og‘ir, yolg‘iz, va ko‘pincha tan olinmaydigan yo‘ldir. U adolat uchun kurashadi, lekin bu kurashda doimiy g‘alaba bo‘lmaydi. Chunki jinoyat qayta-qayta tug‘iladi. Shunday bo‘lsa-da, u taslim bo‘lmaydi.

Bu pozitsiya Albert Camusning “Sisyphus” haqidagi esselarini eslatadi. Sisyphus toshni tepalikka chiqaradi, lekin tosh yana pastga tushadi. Va shunday qilib, u yana urinishda davom etadi. Batman ham — kurashning o‘zi ma’noga ega degan g‘oyaning timsoli. Bu — absurd hayotdagi iroda va sabr.

Harvey Dent: Inson ichidagi ikki yuz
Harvey Dent — film boshida umid timsoli. “Gotham” shahri uchun u qonuniy yo‘l bilan adolat olib keladigan lider. Lekin tragediya uni buzadi. U sevgisini yo‘qotadi, ishonchini yo‘qotadi, va oxir-oqibat “Two-Face”ga aylanadi. U tasodifga ishonadi, tangani qaror qildirishga ruxsat beradi.

Bu obraz Dostoyevskiyning Raskolnikoviga o‘xshaydi. Inson o‘z ichida ezgulik va yovuzlikni bir vaqtning o‘zida olib yuradi. Harvey Dent bu paradoksni bardosh bera olmaydi. Adolatga ishongan inson, adolatsizlik qurboniga aylanadi. Bu — fojeaviy iroda.

Parom sahnasi: Umid va insoniyat
Filmning eng zo‘r falsafiy sahnalaridan biri — ikki paromga bomba o‘rnatilgan vaziyat. Har bir paromdagi yo‘lovchilar boshqasini portlatmasa, ikkalasi ham yo‘q bo‘ladi. Joker sinov qo‘yadi: odamlar o‘z jonini saqlab qolish uchun boshqani o‘ldirishga tayyormi?
Hech kim tugmani bosmaydi.
Bu — insoniyatda hali ham ezgulik borligini ko‘rsatadi. Nolan bu orqali Thomas Hobbesning “inson — inson uchun yovuz” degan fikriga qarshi chiqadi va Rousseauning odam tabiatan ezgu degan g‘oyasini tasdiqlaydi. Bu Batmanning pozitsiyasi ham — ishonch va umid.

The Dark Knight — bu superqahramonlik filmining niqobi ostida yashiringan falsafiy esse. Bu filmda faqat janglar emas, balki chuqur savollar mavjud: printsiplar natijadan muhimmi? Axloqiy tanlov bosim ostida o‘z kuchini yo‘qotadimi? Inson aslida kim?

Bu filmni yana bir bor ko‘rishga arziydi. Faqat bu safar — qahramonlar qanday urishayotganini emas, nima uchun urishayotganini ko‘rish uchun.
04/08/2025, 07:53
t.me/kuchsizlarningkuchi/121
Repost
80
Ёлғизлик бу - якка ўзинг бир хонада ўтириш эмас. Ёлғизлик бу - жамиятнинг сенга бўлган эҳтиёжларидан ва сенинг жамиятга бўлган эҳтиёжларингдан кесилишдир.

Агар ушбу ёлғизлик сенга боғлиқ бўлмаган холда вужудга келса - азоблайди, беҳаловат бўласан ва типирчилаб "жамиятга" мени қабул қилинглар дейсан ва тирқишлар излайсан.

Агар юқорида таърифи келтирилган ёлғизликни ўзинг бошқарсанг, яъни муносабатлар муҳимлигига қараб, қайта тиклаш имконини сақлаган холда - кесиб, ёлғиз қола билсанг - бу ёлғизлик қадриятга айланади.

Ёлғизликдан кучли бўлиб чиқиш - муҳим!

@Hamid_Sodiq
03/31/2025, 20:28
t.me/kuchsizlarningkuchi/120
Repost
52
#Art
#chess

Siz ham Napoleonni yenga olasiz

San'at inson tasavvuri bilan kengayib boraveradi. Asarlarni yaratishda turli xo'jalik buyumlari, toshlar, yog'och, elektr, qum va boshqa narsalar ishlatilishi mumkin. Shuningdek, shaxmat ham.

Aleksandr Petrov (1794–1867) Rossiya shaxmat maktabining asoschilaridan biri bo‘lib, Petrov himoyasi (1.e4 e5 2.Kf3 Kf6) bilan tanilgan. U shaxmat kompozitsiyalarida ham ijod qilib, tarixiy voqealarni shaxmat taxtasida aks ettirishga uringan.

Quyidagi partiya 1812-yilgi Napoleonning Rossiyadagi yurishlari ( Patriotic War of 1812) ni ifoda etadi. Napoleon dastlab muvaffaqiyatli yurishlar bilan g'alaba qozona boradi, biroq noqulay ob-havo va boshqa faktorlar sabab Moskva ostonasidan chekinishga majbur bo'ladi. Urushda Aleksandr I ning otliq kazak qo'shinlari katta ustunlik olib keladi.

Shaxmat kompozitsiyasida ham Qora qirol (Napoleon) Moskva (b1) dan chekinishni boshlaydi va oq otlar (rus kazaklari) uni qadam-baqadam quvib, oxir-oqibat Parij (h8) da 'mot' qiladi. Uzun oq diagonal - Berezina daryosi bo'lib, fransuzlarning katta yo'qotishlari aynan shu yerda yuz beradi

Garchi partiya tarixiy reallikni mutlaq aks ettirmasada, u o'ziga xos san'at durdonasidir. Hozirgi kunda Etnografiya muzeyida saqlanmoqda.

Siz ham Napoleonni yutishingiz mumkin - link

@Fan_choyxonasi
03/30/2025, 17:56
t.me/kuchsizlarningkuchi/119
73
Jinoyatchining O‘zini Haqli Deb Bilishi: Raskolnikov Sindromi

Jinoyat va jazo o'rtasidagi murakkab bog'liqlik asrlar davomida insoniyat ongini o'ylantirib kelgan. F.M. Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" asaridagi asosiy qahramon Rodion Raskolnikov misolida ko'rish mumkinki, ba'zan jinoyatchilar o'z harakatlarini nafaqat oqlashga, balki o'zlarini haqli deb bilishga ham moyil bo'lishadi. Bu holat psixologiya va falsafada keng muhokama qilinadigan hodisalardan biri hisoblanadi.

Jinoyatni Oqlash Mexanizmi

Ko'plab jinoyatchilar o'z qilmishlarini oqlash uchun turli mantiqiy va hissiy asoslar keltirishadi. Masalan, Raskolnikov o'z jinoyatini jamiyatning adolatsiz tuzilishi bilan izohlashga harakat qiladi. U o'zini odamlarga nisbatan yuqoriroq turuvchi shaxs deb bilib, "Favqulloda shaxslar" ba'zan qonunni buzishi mumkin degan g'oyaga ishongan. Bu fikr falsafada "maqsad vositani oqlaydi" tamoyiliga yaqin.

Haqli Deb Bilishning Sabablari

Jinoyatchilar o‘z harakatlarini haqli deb bilishlarining bir necha sabablari bor:

1. Axloqiy Relativizm — Ba'zi insonlar uchun axloq nisbiy tushuncha bo‘lib, ular o‘z harakatlarini "sharoitga qarab to‘g‘ri" deb hisoblashadi.
2. Hissiy o‘zini oqlash — Jinoyatchilar o‘zlarini qurbon sifatida ko‘rsatib, o‘z qilmishlarini adolatli deb bilishi mumkin.
3. Kuchli mafkuraviy asos — Ba'zan ideologik yoki mafkuraviy sabablar jinoyatchiga o‘z harakatlarini "oqlash" imkonini beradi.
4. Psixologik bosim va majburiyat hissi — Ba'zi shaxslar o‘zlarini ijtimoiy sharoit yoki og‘ir hayotiy vaziyatlar tufayli jinoyatga majbur bo‘lgan deb hisoblaydi.

Falsafiy Yondashuvlar

John Stuart Mill va Immanuel Kant kabi faylasuflar bu masalaga turlicha yondashishgan. Mill utilitarizm nuqtayi nazaridan, harakatlarni natijalariga qarab baholaydi. Kant esa, axloqiy tamoyillar mutlaq bo‘lishi kerak deb hisoblaydi va hech qanday holatda jinoyat oqlanmasligi kerakligini ta'kidlaydi. Raskolnikov esa o‘ziga xos "favqulodda shaxs" nazariyasiga tayanib, jamiyatda adolat o‘rnatish uchun jinoyat qilish mumkin degan xulosaga keladi.

Raskolnikov Sindromi va Uning Jamiyatga Ta'siri

Raskolnikov sindromi — bu shaxs o‘z jinoyatini yuqori maqsadlar bilan oqlashiga ishora qiladi. Ushbu sindrom real hayotda ham uchrab, ayrim jinoyatchilar o‘z qilmishlarini "zaruriy yovuzlik" deb hisoblaydi. Bu tushuncha siyosiy jinoyatlar, firibgarlik yoki ekstremistik harakatlar bilan bog‘liq holatlarda ko‘p kuzatiladi.

Xulosa shundaki: Jinoyatchining o‘zini haqli deb bilishi inson ongi va axloqiy tamoyillar murakkabligidan darak beradi. Ushbu fenomen jamiyat tomonidan chuqur tahlil qilinishi, ta’lim va tarbiya orqali oldi olinishi kerak. "Jinoyat va jazo" asari bizga shuni ko‘rsatadiki, insonning o‘zini oqlashga intilishi ko‘pincha halokatga olib keladi. Axloqiy me'yorlar va qonun oldida hamma teng bo‘lishi, jinoyat har qanday sharoitda ham oqlanmasligi kerakligini unutmasligimiz lozim.
03/28/2025, 20:44
t.me/kuchsizlarningkuchi/118
Repost
113
Jurnalning yangi soni chiqdi. Oʻqing, fiklaringizni yozing va doʻstlaringiz bilan ulashing.

“Martin Eden” — iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan jurnal bo‘lib, erkin bozor, shaffof boshqaruv va mantiqiy tahlil tamoyillariga asoslanadi. Tafakkur va g‘oyalar olamidagi muhim asarlarning tarjimalari hamda mustaqil tadqiqotlar orqali ilmiy va falsafiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi degan umiddaman.


Jurnalni oʻqib, undagi maqola va tarjima asarlar toʻgʻrisidagi fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozishingiz mumkin. Agar loyiha davom etishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, quyidagi link orqali donat qiling va jurnal ijodkorlarini qoʻllab quvvatlang!

https://tirikchilik.uz/martineden
_______________________
@economist_Martin
03/20/2025, 07:41
t.me/kuchsizlarningkuchi/116
Repost
128
O‘zbekiston bozori shafoflashmoqda, lekin hali to‘liqligicha emas.

O’zbekiston uchun investitsiya jalb etishdagi eng katta qiyinchilik – mamlakat bozori haqida to‘laqonli ma’lumotlarning yetishmasligi va bozorining to‘liq tsikl kartinasi hali shakllanmaganligi bo’lib kelmoqda.
Biroq, so‘nggi yillarda bozor ancha jonlanib, mamlakatdagi kapital muhit chuqurroq o‘rganila boshlanayapti. Misol uchun, BCG va KPMG kabi yirik xalqaro audit va konsalting kompaniyalarining O‘zbekistonda faoliyat yurita boshlashi va investitsion banklar tomonidan yirik operatsiyalarga oid tahlillar olib borilayotgani, juda ham ijobiy signal.

Lekin bozordagi yirik tranzaksiyalar hanuz-hamon asosan davlat tashkilotlari yoki davlat ulushi katta bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilinmoqda. Bu esa O‘zbekistonda to‘laqonli xususiylashtirish (privatization) o‘tkazilmaganligiga ishora beradi. Yirik sektorlardagi asosiy kapital hali hamon davlatning qo‘lidaligi, iqtisodiy o’sish tempiga juda salbiy ta’sir qiladi.

Sotsialistik elementlar ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda, markazlashuv kuchli bo‘lgani sababli resurslar samarasiz boshqarilinadi. Qo‘shimchasiga, davlat ulushining kattaligi korruptsiya uchun imkoniyatlarining ortishiga va davlatda “Tiranik Ruhiyat” yanada ko‘proq shakllanishiga olib keladi.

@req404
03/02/2025, 11:42
t.me/kuchsizlarningkuchi/115
Repost
141
Коррупцияга қарши кураш: иқтисодий ёндашув

“Мансабдор ер сотди”, “давлат маблағлари талон-торож қилинди” – кунора шунақа хабар ўқиймиз. Лекин бу коррупционерларнинг қўлга тушгани, тушмаганлари қанча? Ҳаммасини аниқлаш қийин, мураккаб. Лекин жиноятчиларнинг хулқ-атворига қандай омиллар таъсир қилишини аввалдан билиш мумкин.

👉 https://kun.uz/kr/82652113

Kun.uz расмий канал
и
02/20/2025, 15:22
t.me/kuchsizlarningkuchi/114
151
02/19/2025, 19:05
t.me/kuchsizlarningkuchi/113
214
Og’ir ish kunidan keyin Soft Jazz eshitmoqlik lozim va lobud!
02/17/2025, 16:19
t.me/kuchsizlarningkuchi/112
268
Jurnalda, hali o’zbek tilida mavjud bo’lmagan Isiah Berlinning “Erkinlikning ikki tamoyili” nomli maqolasining ixchamlashtilgan versiyasi bor. Isaiah Berlinning “Erkinlikning ikki tamoyili” (Two Concepts of Liberty) maqolasi 1958-yilda o‘qilgan ma’ruzaga asoslangan bo‘lib, siyosiy falsafadagi eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. U erkinlik tushunchasini ikkiga ajratadi:
1. Salbiy erkinlik (Negative liberty) – bu tashqi to‘siqlarning yo‘qligi, ya’ni shaxsning davlat yoki boshqa kuchlar tomonidan cheklanmagan holda harakat qilish erkinligi. Bu nuqtai nazarga ko‘ra, erkinlik shaxsga aralashmaslik, unga cheklov qo‘ymaslik bilan bog‘liq. Misol uchun, agar inson o‘z tanlovlarini mustaqil ravishda amalga oshira olsa va davlat yoki jamiyat uni majburlamasa, u salbiy erkinlikka ega bo‘ladi.
2. Ijobiy erkinlik (Positive liberty) – bu insonning o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zini boshqarish imkoniyati. Bu tushuncha insonning o‘z ehtiroslari yoki jamiyat tomonidan yo‘naltirilgan bosimlarga berilmasdan, ongli ravishda qaror qabul qilish qobiliyatini anglatadi. Bunday yondashuv ba’zan davlat yoki ijtimoiy tuzilmalarning shaxsni “chinakam erkin” qilish uchun aralashuvi zarurligini oqlash uchun ishlatiladi.

Berlin bu ikki tushuncha orasidagi ziddiyatga e’tibor qaratib, ijobiy erkinlik ba’zan avtoritarizm yoki totalitarizmni oqlash vositasiga aylanishi mumkinligini ta’kidlaydi. Chunki ba’zi hokimiyatlar “odamlar o‘z manfaatlarini tushunmaydi, biz ularni haqiqiy erkinlikka yetaklashimiz kerak” degan bahona bilan shaxsiy huquqlarni cheklashlari mumkin. Shu sababli u salbiy erkinlikni demokratik jamiyatlar uchun ustunroq deb hisoblaydi.

Bu maqola erkinlik haqidagi falsafiy va siyosiy bahslarda haligacha katta ta’sirga ega.
02/14/2025, 18:22
t.me/kuchsizlarningkuchi/111
Repost
209
“Martin Eden” — iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan jurnal bo‘lib, erkin bozor, shaffof boshqaruv va mantiqiy tahlil tamoyillariga asoslanadi. Tafakkur va g‘oyalar olamidagi muhim asarlarning tarjimalari hamda mustaqil tadqiqotlar orqali ilmiy va falsafiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi degan umiddaman.


Jurnalni oʻqib, undagi maqola va tarjima asarlar toʻgʻrisidagi fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozishingiz mumkin. Agar loyiha davom etishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, quyidagi link orqali donat qiling va jurnal ijodkorlarini qoʻllab quvvatlang!

https://tirikchilik.uz/martineden
_______________________
@economist_Martin
02/14/2025, 18:19
t.me/kuchsizlarningkuchi/110
335
I was ashamed of myself when i realized life was a consume party and I attended with my really face
02/01/2025, 19:07
t.me/kuchsizlarningkuchi/109
327
02/01/2025, 16:43
t.me/kuchsizlarningkuchi/108
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria