#Bugun
Ishtixonlik yoshlar Xitoyga malaka oshirish uchun yo‘l olishdi
Ishtixon tuman hokimi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bilim va kasb-hunar sohasidagi hamkorlik dasturlari doirasida muhim qadamlar qo‘yilmoqda.
Bugun Ishtixon tumanidagi 1-son Politexnikumning 20 nafar iqtidorli va faol o‘quvchisi Xitoy Xalq Respublikasiga malaka oshirish uchun yo‘l oldi.
Ular u yerda zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or ishlab chiqarish usullari va kasbiy mahorat yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib, xalqaro tajribaga ega bo‘lishadi.
Yoshlarning xorijda tajriba orttirishi ularning kelgusida malakali mutaxassis sifatida shakllanishiga, shuningdek, tumanda iqtisodiy rivojlanish va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga muhim hissa qo‘shadi.
Mazkur tashabbus yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va malakasini oshirish, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar doirasida amalga oshirilmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook