Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
6
2
3.1 k
“Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichini targ‘ib qilish, tijoratlashtirish hamda uning huquqiy muhofazasini ta’minlash maqsadida 21-aprel - 10-may kunlari “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichi uchun eng yaxshi belgi tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama sohasida yoki ushbu faoliyatning turdosh sohalarida bilim va professional tajribaga ega barcha xohlovchi fuqarolar va ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov g‘olibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlov hujjatlari 2025-yil 10-may kuni soat 23:59 gacha samarqandnoni2025@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

“Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichi uchun eng yaxshi belgi tanlovini o‘tkazish tartibi va belgini ishlab chiqish bo‘yicha shartlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
04/25/2025, 10:34
t.me/ishtixontumanhokimligi/26527
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found