Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
DE
Demokrat.Uz | Rasmiy kanal
https://t.me/demokrat_uz
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.26%
ER (week)
8.11%
ERR (week)

Demokrat.uz internet nashrining rasmiy telegram kanali

Murojaat uchun: @demokratuz_aloqabot

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 1 209 results
🇵🇰 Pokiston armiyasining harbiy texnikasi va shaxsiy tarkibi kolonnalari shimolga, Kashmir tomonga ko‘chirilmoqda — OAV

Kadrlarda Ravalpindi shahri bo‘ylab harakatlanayotgan kolonnalar aks etgan.

Instagram | YouTube | Facebook
04/25/2025, 11:37
t.me/demokrat_uz/15603
Samarqandda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan bir guruh fuqarolarni urib yubordi

Videoda ayollar yosh bolasini olib o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Samarqand IIBga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi qamoqqa olingan.

Lacetti haydovchisi 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Jinoyat ishi 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan. Unda aybdor deb topilgan shaxs muayyan huquqdan mahrum qilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/25/2025, 10:45
t.me/demokrat_uz/15602
1
107
🇺🇿🇹🇲 O‘zbekiston va Turkmaniston hamkorligi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/25/2025, 10:31
t.me/demokrat_uz/15601
2
277
“Dubay shokoladi”da salomatlik uchun xavfli miqdorda bakteriyalar borligi aniqlandi

Toshkentda sotilayotgan Fix dessert chocolatier brendi ostidagi “Dubay shokoladi” Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi sinovlaridan o‘tkazilganida inson salomatligi uchun xavfli miqdordagi bakteriyalar borligi aniqlandi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/25/2025, 08:30
t.me/demokrat_uz/15600
336
☀️ Bugun harorat 30 darajagacha ko’tariladi. Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin — “O‘zgidromet”

Instagram | YouTube | Facebook
04/25/2025, 07:46
t.me/demokrat_uz/15599
2
502
Ruxsatsiz rul, javobsiz o‘lim

Bolalarga nisbatan nazorat susaydimi

Videoni ko'rish!

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 18:54
t.me/demokrat_uz/15598
1
534
Istanbulda o‘zbekistonlik fuqaro zilziladan qo‘rqib, vafot etdi

Turkiyadagi bosh konsulxonaning ma’lum qilishicha, marhumda yurak yetishmovchiligi holati kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Silivri tumani (Istanbul viloyati)da 6,2 ballli yer qimirlashi qayd etilgandi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 17:18
t.me/demokrat_uz/15597
2
574
❗️Pokiston Hindiston uchun havo hududini yopdi. Bu haqda mamlakat Xavfsizlik kengashi xabar berdi.

Hindiston pokistonliklarga viza berishni to‘xtatdi va 27-apreldan avval berilgan vizalarni bekor qiladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 15:04
t.me/demokrat_uz/15596
3
690
“Tanzilandiya” bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi. Apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmadi

14-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari tomonidan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Kichik avtomobil halqa yo‘li va Buyuk ipak yo‘li yo‘li ko‘chalari kesishmasida joylashgan “YUKSALISH CONSTRUCTION” (“Tanzilandiya”) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish o‘tkazildi.

Natijada aniqlangan qo‘pol kamchiliklar asosida “YUKSALISH CONSTRUCTION” xususiy bog‘chasining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

Joriy yilning 19 mart kuni sudning hal qiluv qarori bilan “YUKSALISH CONSTRUCTION” xususiy bog‘chasi 2019-yil 27 dekabr kunidagi MT-1104-son litsenziyasi bekor qilindi.

Sudning qaroridan norozi bo‘lib, javobgar “YUKSALISH CONSTRUCTION” xususiy bog‘chasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati kiritildi.

23-aprel kuni soat 12:00 da Toshkent shahar sudida sudya Usmanov Anvar Akramovich raisligida mazkur ish ko‘rib chiqildi. Sud hay’ati tomonidan javobgar “YUKSALISH CONSTRUCTION” ning apellyatsiya shikoyati qanoatlantirishni rad etdi va birinchi instansiya hal qiluv qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 14:39
t.me/demokrat_uz/15595
2
497
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘rinbosarlarini oyligini «halollab” olishga chaqirdi

"Investitsiya bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga o‘tirganiga 3 yil bo‘ldi. Nima qilding 3 yil davomida? Hecha vaqo qilmagan. Vaholang-ki, oyma-oy oyligini olyapti", deydi hokim.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 13:43
t.me/demokrat_uz/15594
1
519
Istanbulda yanada kuchli, 7–7,2 magnitudali zilzila yuz berishi mumkin

Bu haqda turk seysmologi Ahmad Erjon RIA Novostiga ma’lum qildi.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, halokatli zilzilagacha hali vaqt bor: seysmolog bu kuchli zilzila 2045–2075 yillar oralig‘ida yuz berishini taxmin qilmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 12:42
t.me/demokrat_uz/15593
511
Toshkent shahri hamda uch viloyatda haj va umraga yuborishini aytib, firibgarlik qilganlar ushlandi

Ular orasida turizm firmasi rahbari, aviakassa xodimi hamda ilgari sudlangan shaxs bor.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 11:42
t.me/demokrat_uz/15592
4
544
“Gulnora Karimova o’g’irlagan pullar o’zbek xalqiga tegishli” — BMTning O’zbekistondagi doimiy koordinatori Sabiha Mahl

“Shu bois, musodara qilingan mablag’lar birinchi navbatda sog’liqni saqlash va ta’limga yo’naltirilmoqda”, dedi u.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 10:24
t.me/demokrat_uz/15591
529
AQSHning 12 ta shtati Tramp bojlariga qarshi sudga murojaat qildi

Da’voga Nyu-York, Arizona, Kolorado, Konnektikut, Delaver, Illinoys, Men, Minnesota, Nevada, Nyu-Meksiko, Oregon va Vermontdan demokrat bosh prokurorlar qo‘shildi.

Ular “noqonuniy tariflar”ga qarshi chiqqan va “prezident konstitutsiyaviy tartibga putur yetkazdi va Amerika iqtisodiyotiga tartibsizlik olib keldi”, deb hisoblaydi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 10:03
t.me/demokrat_uz/15590
4
522
“Gulnora Karimova noqonuniy o’zlashtirgan mablag’lardan Belgiyadagi 108 mln dollar O’zbekistonga qaytarilishi kutilmoqda. Bu bo’yicha muzokaralar olib borilyapti”—Iqtisodiyot va moliya vaziri o’rinbosari Otabek Fozilkarimov

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 09:25
t.me/demokrat_uz/15589
5
556
🇷🇺 Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi bo‘ldi – bu Adamning uchinchi lavozimi.

O‘zining birinchi lavozimini 15 yoshida, respublika rahbarining xavfsizlik xizmatini boshqargan - buning uchun u hatto eng yosh boshliq sifatida Rossiya rekordlar kitobiga ham kirgan. Bir oy oldin Adam ham viloyat Ichki ishlar vazirligiga kurator etib tayinlangan edi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 08:43
t.me/demokrat_uz/15588
1
570
Tramp Zelenskiyni Qrimni Rossiyaga tegishli ekanini tan olishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi

Zelenskiyning Qrim yarimorolini Rossiyaga tegishli deb tan olishdan Kiyevning bosh tortishi haqidagi bayonotlari mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarni qiyinlashtirmoqda. Bu haqda Oq uy rahbari Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 07:50
t.me/demokrat_uz/15587
570
☀️ Bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 25-30 daraja iliq bo‘ladi — “O‘zgidromet”

Instagram | YouTube | Facebook
04/24/2025, 07:17
t.me/demokrat_uz/15586
614
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqanddagi “Boqiy shahar”da madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 19:47
t.me/demokrat_uz/15585
«Birlashgan Turkiston xalqining bo‘linishiga o‘zimiz sabab bo‘lmasak bo‘ldi!»



👉 demokrat.uz/34858

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
04/23/2025, 19:34
t.me/demokrat_uz/15584
«Birlashgan Turkiston xalqining bo‘linishiga o‘zimiz sabab bo‘lmasak bo‘ldi!»



👉 demokrat.uz/34856

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
04/23/2025, 19:31
t.me/demokrat_uz/15583
«Birlashgan Turkiston xalqining bo‘linishiga o‘zimiz sabab bo‘lmasak bo‘ldi!»



👉 demokrat.uz/34847

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
04/23/2025, 19:14
t.me/demokrat_uz/15582
2
612
«Birlashgan Turkiston xalqining bo‘linishiga o‘zimiz sabab bo‘lmasak bo‘ldi!»

“Alkashning ham gapiga munosabat bildirish mumkin, lekin haqiqiy itga munosabat qilish kerak emas, garchi u o‘zini huquqshunos deb hisoblasa ham”— deya Kushirbayev o‘zining Instagram sahifasiga yozgan edi.

Batafsil - demokrat.uz/34858

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 17:59
t.me/demokrat_uz/15581
2
591
O‘zbekistonda birinchi marta yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasi amaliyotga joriy etildi.

Navoiy viloyatining Konimex tumanida atmosferada bulut hosil qilib, sun’iy yomg‘ir yog‘dirish imkonini beradigan innovatsion loyiha tatbiq etildi. Bu qurg‘oqchilik va suv tanqisligiga qarshi samarali yechim sifatida ko‘rilmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 17:44
t.me/demokrat_uz/15580
1
587
Istanbuldagi zilzilalarda 151 kishi jarohat oldi

Istanbul shahar gubernatori boshqarmasining xabar berishicha, sarosimaga tushib balandlikdan sakraganligi oqibatida jarohat olgan 151 nafar fuqaroning davolanishi davom etmoqda. Ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘q. Halok bo‘lganlar yo‘q. Shahar bo‘ylab yashash binolariga umuman zarar yetmagan. Faqatgina Fotih tumanida tashlandiq bino qulab tushgan.

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 17:06
t.me/demokrat_uz/15579
597
Putinning mart oyida Trampga sovg‘a qilgan portreti suratini e’lon qildi - CNN

Putin, shuningdek, Trampga suiqasddan keyin u uchun duo qilganini aytgandi. Uitkoffning aytishicha, AQSH prezidenti sovg‘adan juda ta’sirlangan.

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 15:46
t.me/demokrat_uz/15578
1
628
Zilzila vaqti Marmar dengizining holati aks etgan kadr

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 13:39
t.me/demokrat_uz/15577
1
673
Gulnora Karimovaning qamoqdan ozod qilingani rad etildi

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning qamoqdan ozod qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov buni rad etdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 12:29
t.me/demokrat_uz/15576
1
658
Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga keldi

Prezident Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va bugun tashrif bilan keladigan turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 11:12
t.me/demokrat_uz/15575
672
Qirg‘izistonga polietilen paketlarni olib kirish yarim yilga taqiqlanishi mumkin

Mamlakat iqtisodiyot va savdo vazirligi tegishli taklifni berdi. Hozirda u jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Taqiq aholi salomatligini saqlashga va ekologik toza muqobillarni ishlab chiqishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 10:05
t.me/demokrat_uz/15574
1
641
Rossiya tashqi ishlar vaziri Samarqandga keldi

Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibimizdagi keng ko‘lamli masalalarni qamrab olgan mazmunli muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz.

Biz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada rivojlantirishga intilamiz, dedi TIV rahbari Baxtiyor Saidov.

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 08:46
t.me/demokrat_uz/15573
2
616
Ta’lim davlat tilida bo‘lmagan sinflar bitiruvchilari endi o‘zbek tilida majburiy imtihon topshiradi

O‘zbekistonda endi taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi. Bu haqda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova 22-aprel kuni tegishli buyruq chiqardi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 08:35
t.me/demokrat_uz/15572
649
🗣 Putin Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatishni taklif qildi

Buning evaziga Moskva Qrim anneksiyasining AQSH tomonidan tan olinishi va Rossiyaning bosib olingan qolgan hududlar ustidan amalda nazorat o‘rnatishiga umid qilmoqda.

Hozirda Kiyevga Tramp g‘alabani e’lon qilishi uchun ba’zi pozitsiyalardan voz kechish bo‘yicha katta bosim o‘tkazilmoqda, dedi Financial Times suhbatdoshlaridan biri.

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 07:20
t.me/demokrat_uz/15571
3
628
Samarqandda bir qancha ballonlariga bir vaqtda gaz quydirgan Labo haydovchisiga chora ko‘rildi.

Unga nisbatan BHMning 5 baravari — 1 875 000 so‘m jarima belgilandi.

Instagram
| YouTube | Facebook
04/23/2025, 06:50
t.me/demokrat_uz/15570
611
🌦 Bugun kunduzi Farg‘ona vodiysidа va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va shahrida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-28 daraja bo‘ladi

Instagram | YouTube | Facebook
04/23/2025, 06:32
t.me/demokrat_uz/15569
5
660
❗️O‘zbekistonda to‘ylar tartibga solinadi

O‘zbekistonda prezident farmoni bilan tasdiqlangan loyihaga asosan to‘ylar tartibga solinadi.

Bu prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatida keltirilgan.

Unda joriy yilning avgust oyigacha to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament palatalari kengashlarining qo‘shma qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar nazarda tutilgan.

Instagram
| YouTube | Facebook
04/22/2025, 19:56
t.me/demokrat_uz/15568
1
694
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24-aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 18:50
t.me/demokrat_uz/15567
3
776
O‘zbekistonliklar may oyida necha kun dam oladi?

Bu oyda 5 ta shanba, 4 ta yakshanba va bitta 9 may — xotira va qadrlash kuni bor. Shunga ko‘ra, 5 kunlik ish rejimida ishlaydiganlar oy davomida 10 kun, 6 kunlik ish rejimida ishlaydiganlar 5 kun dam oladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 17:25
t.me/demokrat_uz/15566
1
934
⛳️ Toshkent viloyatida 100 gektar maydonga yirik golf majmuasi quriladi

Zoyir Mirzayev ushbu masala yuzasidan “The Mines Resort and Golf Club” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Majmua Bo‘stonliq, Parkent yoki Ohangaron tumanlaridan birida qurilishi mumkin.
Shuningdek, delegatsiya tabiiy shakar va vegeterian mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham muzokaralar olib bormoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 15:51
t.me/demokrat_uz/15565
42
33 k
Demokratiyasiz yashayotgan DEMOKRAT.UZ

• So’z erkinligi
04/22/2025, 15:28
t.me/demokrat_uz/15563
4
848
Oltin narxi bir unsiya uchun 3500 dollardan oshdi

Nyu-Yorkdagi Comex birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, oltinning iyun fyucherslari narxi tarixda birinchi marta 3500 dollardan oshgan. Savdolar chog‘ida 22-aprel kuni ertalab oltin narxi 3509 dollarga yetgan. Keyinchalik narx biroz pasaygan.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 14:54
t.me/demokrat_uz/15562
4
777
❗️🇹🇷 Turk seriallarini Turkiyada ham taqiqlash taklif qilindi

Turkiya parlamenti deputati Mahmud Arikan tonggi tok-shou va turk seriallarini taqiqlashni taklif qildi. Deputatning fikricha, ular an’anaviy oilaviy qadriyatlarga tahdid solmoqda.

«Tongi tok-shou va seriallar ssenariylari bugun an’anaviy oilaviy qadriyatlarimiz ostiga dinamit qo‘ymoqda. Bunday dasturlar efirdan olib tashlanishini istaymiz. Bunga qarshi kurashishning yagona yo‘li — taqiqlash”, — dedi deputat.

Avvalroq Rossiyada ham xuddi shunday taklif ilgari surilgandi.

Instagram
| YouTube | Facebook
04/22/2025, 14:19
t.me/demokrat_uz/15561
652
“O‘zgidromet” 6 ta viloyatda sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” 23—24-aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 13:48
t.me/demokrat_uz/15560
Toshkentda YPXdan qochganlar Gentra’da 5 ta avtomobilni shikastlagan

Poytaxt IIBBga ko'ra, bular Damas, 2 ta Gentra va Matiz.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 13:46
t.me/demokrat_uz/15559
3
695
Prezident O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionati IV divizionida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionati IV divizionida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 12:10
t.me/demokrat_uz/15558
1
581
Toshkentda YPXdan qochganlar Gentra’da nechta avtomobilni shikastlagani ma’lum qilindi

Toshkentda YPXdan qochib, bir necha avtomobillarga shikast yetkazgan Gentra’da bo‘lganlarning 3 nafari 7 sutkaga qamalgani xabar qilingandi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 11:07
t.me/demokrat_uz/15557
2
595
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30-maygacha yopiladi

Ushbu ko‘chaning Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan Shaxrisabz ko‘chasigacha qismi 24-aprel soat 7:00 dan boshlab 30-maygacha yopiladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 09:25
t.me/demokrat_uz/15556
1
702
Tramp Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi tafsilotlarini ochiqladi

New York Post nashriga ko‘ra, Tramp uch kundan keyin tinchlik rejasini taqdim etishga tayyor. Ukraina Rossiyaga hududining 20 foizini “de-fakto” berishi mumkin

Reja loyihasida o‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish uchun xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish ko‘zda tutilgan. Monitoring neytral davlat vakillaridan iborat qo‘shma komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 08:45
t.me/demokrat_uz/15555
535
Rim papasining o‘lim sababi ma’lum qilindi

O‘lim sababi sifatida insult, uning ortidan koma va yurak yetishmovchiligi ko‘rsatilgan. Vatikan shifokori tomonidan berilgan o‘lim guvohnomasiga ko‘ra, Fransisk 21-aprel kuni soat 7:35 da, o‘zi yashagan Casa Santa Marta qarorgohida vafot etgan.

Pontifik o‘z vasiyatiga ko‘ra, Rimdagi Avliyo Mariya Majora bazilikasida tuproqda dafn etiladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 08:10
t.me/demokrat_uz/15554
3
511
O‘zbekistonda haj va umra yagona portali ishga tushadi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 1-sentyabrgacha “Haj va umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqadi. Bu prezidentning “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/22/2025, 07:30
t.me/demokrat_uz/15553
617
FVV qutqaruvchilari tomonidan Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina olib chiqildi

Instagram | YouTube | Facebook
04/21/2025, 17:32
t.me/demokrat_uz/15552
1
694
Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zolariga sovg‘a qilinadigan avtomobillar tayyor

Instagram | YouTube | Facebook
04/21/2025, 17:00
t.me/demokrat_uz/15551
1
583
AQSH Ukrainaga urushni to‘xtatish bo‘yicha takliflar berdi. Ular orasida Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olish va NATOga a’zolikdan voz kechish ham bor — WSJ

Instagram | YouTube | Facebook
04/21/2025, 14:48
t.me/demokrat_uz/15550
2
599
❗️Xitoyda dunyodagi birinchi 10 internet tarmog‘i ishga tushdi

Yuklab olish — 9834 Mbit/s,
Uzatish — 1008 Mbit/s,
Kechikish esa atigi 3 millisekundni tashkil etadi.

Ikki soatlik 8K filmni 72 soniyada yuklab olish mumkin!

Instagram | YouTube | Facebook
04/21/2025, 10:11
t.me/demokrat_uz/15549
1
563
🇰🇿 Olmaota aeroportida aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

Avia va avtotransport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar bo‘lmaydi.

Poytaxt aholisi va mehmonlaridan tushunish, xavfsizlik choralariga rioya qilish, mashg‘ulotlarga jalb qilinganlarning talablarini bajarish va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/21/2025, 09:51
t.me/demokrat_uz/15548
2
522
Janubiy Koreyada noma’lum erkak ko‘p qavatli uyga o‘t qo‘ydi

Seuldagi hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlangan. Yong‘in sodir etishda gumonlangan shaxs o‘lik holda topilgani aytilmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
04/21/2025, 09:21
t.me/demokrat_uz/15545
1
568
04/21/2025, 09:21
t.me/demokrat_uz/15546
1
562
04/21/2025, 09:21
t.me/demokrat_uz/15547
3
562
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan:
▪️Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i,
▪️Buxoro viloyati IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob ma’lumotlar markazi boshlig‘i,
▪️Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i,
▪️Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i
▪️yana bir o‘rinbosari — Tergov bo‘limi boshlig‘i,
▪️Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/21/2025, 08:50
t.me/demokrat_uz/15544
3
714
Osiyo chempionligi muborak boʻlsin!..

Tarix yaratildi. O'smirlarimiz 2 kishi kam bo'lib finalda g'alaba qozonib, chempionga aylanishdi

🏆 Osiyo kubogi U-17 | Final

🇺🇿 O'zbekiston 2:0 S. Arabistoni 🇸🇦

⚽️ Gollar: Hakimov 51, Hasanov 70

🔴 Qizil kartochka: Sarsenbayev 40', Abukarimov 45'

Instagram | YouTube | Facebook
04/20/2025, 20:16
t.me/demokrat_uz/15543
7
1.2 k
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushdi

Yuklab olish — 9834 Mbit/s, uzatish— 1008 Mbit/s, kechikish esa atigi 3 millisekundni tashkil etadi.

Ikki soatlik 8K filmni 72 soniyada yuklab olish mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
04/20/2025, 14:16
t.me/demokrat_uz/15542
2
580
O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatilishi sabab 15 mln metr kub gaz tejaldi

Bunga 2025-yilning 1-choragida 10 mingdan ortiq obyektga umumiy quvvati 197,9 MVtga teng kichik quvvatli quyosh panellari o‘rnatilishi natijasida etishildi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/20/2025, 08:59
t.me/demokrat_uz/15541
5
615
❄️ Qashqadaryoning tog‘li hududlarida yog‘gan qor

Kitob tumani Aspiduxtar qishlog‘ida yog‘gan qor qalinligi 15 santimetrga yetgan.

Instagram | YouTube | Facebook
04/20/2025, 07:37
t.me/demokrat_uz/15540
2
548
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi

Xonanda Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Intellektual mulk departamenti xabar berdi. 

Instagram | YouTube | Facebook
04/20/2025, 06:18
t.me/demokrat_uz/15538
527
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° bo‘ladi.

To‘g oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° bo‘ladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/20/2025, 06:15
t.me/demokrat_uz/15537
570
Tataristonda ogʻir kasallikka chalingan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Instagram | YouTube | Facebook
04/19/2025, 14:06
t.me/demokrat_uz/15536
1
620
Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Instagram | YouTube | Facebook
04/19/2025, 07:42
t.me/demokrat_uz/15535
1
637
Janubiy Koreya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirishi kutilmoqda

O‘zbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratilishi mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
04/19/2025, 06:04
t.me/demokrat_uz/15534
3
531
Joriy yilning 19–22-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

Instagram | YouTube | Facebook
04/19/2025, 05:34
t.me/demokrat_uz/15533
1
553
Prezident: Soliqni oshirish emas, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash kerak

Prezident yer solig‘i va ijara to‘lovlariga koeffitsiyent belgilashda tadbirkorning moliyaviy ahvoli va biznesga ta’siri inobatga olinishi shartligini ta’kidladi.
“Soliqni oshirish hisobiga emas, tadbirkorni qo‘llab, soliq bazasini kengaytirish orqali tushumni ko‘paytirish kerak”, — dedi davlat rahbari.

Endilikda tadbirkorlar yer solig‘i va ijara to‘lovlarini yilda ikkiga bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 18:06
t.me/demokrat_uz/15532
1
512
Zuxriddin Baxriddinov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

U tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish departamenti direktori lavozimida ishlayotgandi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 17:17
t.me/demokrat_uz/15531
1
524
Jamoat transportida yo‘l haqini elektron to‘lash tizimining qamrovi kengaymoqda

Bugungi kunda elektron to‘lov tizimi Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Guliston, Olmaliq, Yangiyo‘l, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Zarafshon, Navoiy, Qarshi, Termiz, Urganch, Xiva va Nukus kabi shaharlarda muvaffaqiyatli tatbiq etilgan

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 16:00
t.me/demokrat_uz/15530
3
493
⚡️ Toshkentda bank bo‘lim boshliqlari 85 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

DXX ma’lumotiga ko‘ra, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.

Sirdaroda Sardoba tumani hokimligi xodimi fermerga 15 ga yerni 3 yilga ijaraga berish va toifasini o‘zgartirish uchun 360 mln so‘m va 30 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlandi.

Toshkentda bankning ikki bo‘lim boshliqlari va 2 nafar fuqaro 5,99 gektar yerni 455 ming dollarga sotishga kelishib, fuqarodan 85 ming dollar olgan paytda qo‘lga olindi.

Xorazm, Shovot tumanida 2 nafar fuqaro tuman hokimlik zaxirasidagi 2500 m² yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilib 66 ming dollar so‘rab, 45 ming dollar va 130 mln so‘m olgan paytda ushlandi.

Yangibozor tumani investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi mutaxassisi "Ye-auksion" orqali yer olib berish maqsadida fuqarodan 243 mln so‘m va 4300 dollar olgan.

Andijonda shaxslar 30 sotix yerni 27 ming dollarga sotish va toifasini o‘zgartirish uchun 11 600 dollar talab qilib, jami 38 600 dollar olgan vaqtda qo‘lga tushdi.

Farg‘onada Rishtonlik shaxs soxta hujjatlar bilan yerni o‘zlashtirib, toifasini o‘zgartirib berish uchun 26 ming dollar olgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 14:41
t.me/demokrat_uz/15529
1
472
🇺🇿 Ba’zi davlatlar O‘zbekistonga qarshi agressiv savdo siyosatini yuritishi mumkin

Prezident uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yo‘qotgani biz uchun qattiq “signal” bo‘lishi kerak ekanini aytdi.

Bildirilishicha, birgina yuqori tariflar oqibatida xalqaro savdo hajmi 3,5 trillion dollarga qisqarib, dunyodagi inflyatsiya darajasi 7,5-8 foizga ko‘tarilishi haqida prognozlar berilmoqda.

O‘ziga nisbatan eng katta import bojlari qo‘yilgan davlatlar endilikda O‘zbekiston eksport qilayotgan yo‘nalishlarga o‘zining mahsuloti bilan kirish uchun agressiv savdo siyosatini yuritishi mumkinligi qayd etildi.

Ya’ni, O‘zbekiston kirib borgan ip-kalava, mato, gazlama, tayyor tekstil va maishiy texnika bozorlarida ham ayovsiz raqobat bo‘ladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 14:02
t.me/demokrat_uz/15528
1
460
🇺🇿 Prezident jahonda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlari, oshirilayotgan tariflarning O‘zbekistonga ta’siri haqida so‘z ochdi

Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yig‘ilishida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining O‘zbekistonga ta’sirini yumshatish masalalari muhokama qilinmoqda.

“Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar o‘rtasida barqaror munosabatlar va o‘zaro ishonchni ta’minlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar bugun samarasiz bo‘lib borapti”, dedi Prezident.

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 13:35
t.me/demokrat_uz/15527
481
Urganch aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi va boshqaradi

Urganch xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tenderda Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 13:01
t.me/demokrat_uz/15526
2
516
04/18/2025, 11:21
t.me/demokrat_uz/15525
2
518
04/18/2025, 11:21
t.me/demokrat_uz/15524
2
469
“Rossiyaning Xarkovga hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 74 kishi jarohatlandi” — mer Igor Terexov

Ukraina shahridagi turar joy binolariga kassetali raketalar bilan zarba berilgani aytilmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 11:21
t.me/demokrat_uz/15523
1
540
“G’arbni yana buyuk qil”: Italiya bosh vaziri Trampning shiorini o‘zgartirdi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, shuningdek, Trampni Rimga taklif qildi. Mazkur tashrif doirasida Yevropa Ittifoqi bilan sammit ham o‘tkazilishi mumkin.

Make America Great Again (“Amerikani yana buyuk qil”) Trampning saylovoldi shiori hisoblanadi. Aslida uni birinchi bo‘lib 1979-yilda AQSH prezidenti Ronald Reygan qo‘llagan. Tramp shiorni savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan va Make America Great Again printlari ortidan pul ishlagan.

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 10:08
t.me/demokrat_uz/15522
2
681
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotganda qo‘lga tushdi

Xorazm viloyatida 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Instagram | YouTube | Facebook
04/18/2025, 09:11
t.me/demokrat_uz/15521
4
580
⚡️ Telegram butun Rossiya bo‘ylab ishlamay qolgani aytilmoqda.

Ilova komputerda ham, smartfonda ham ochilmaydi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/17/2025, 19:46
t.me/demokrat_uz/15520
588
Yevropa qizlar matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi qizlari 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/17/2025, 17:41
t.me/demokrat_uz/15519
567
Jizzaxda 9,4 ming tonna chiqindidan mahsulot ishlab chiqarildi

Jizzax viloyatida yil boshidan beri 9,4 ming tonna chiqindidan mahsulot ishlab chiqarildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hududida jami 13 ta maishiy chiqindilarni to‘plash poligonlari faoliyat yuritmoqda. Hozirda viloyat miqyosida maishiy chiqindilarni saralab, qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 24 ta korxona tomonidan 10,2 ming tonna chiqindi ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlandi.

Instagram
| YouTube | Facebook
04/17/2025, 17:17
t.me/demokrat_uz/15518
1
604
“Bugun Farg‘ona vodiysi ‘porox bochkasi’ emas”

O‘zbekiston prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov uch davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari va do‘stligi tufayli bugun Farg‘ona vodiysi imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylanganini aytdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/17/2025, 14:23
t.me/demokrat_uz/15517
1
595
Litva Markaziy Osiyo fuqarolari uchun migratsiya siyosatini kuchaytiradi

Markaziy Osiyo davlatlarining o‘nga yaqin fuqarosiga terrorchilik tashkilotlari bilan aloqasi va radikallashuvi ehtimoli tufayli Litvaga kirish taqiqlangan.

Litva bosh vaziri viza berish jarayonida endi madaniy yaqinlikka ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini aytdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/17/2025, 12:37
t.me/demokrat_uz/15516
2
593
Rossiyadagi ijara kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlik jasadi topildi

Rossiyaning Kaliningrad shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi. Bu haqda Kaliningrad viloyati prokuraturasi xabar qildi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/17/2025, 09:35
t.me/demokrat_uz/15515
554
04/17/2025, 07:40
t.me/demokrat_uz/15514
558
AQSHdan Kanadaga uchayotgan samolyot dvigateli quyon sababli yonib ketdi

Hodisa payti bortda 153 nafar yo‘lovchi bo’lgan. UA2325 reysi uchuvchilari 75 daqiqalik parvozdan so‘ng samolyotni favqulodda qo‘ndirishga majbur bo‘lgan. Bu haqda ABC NEWS xabar berdi.

Hayvon qanday qilib dvigatel ichiga tushib qolgani aniq emas. AQSH Federal aviatsiya boshqarmasiga ko‘ra, 2024-yilda hayvonlar bilan bog‘liq 20 mingga yaqin holatdan atigi to‘rttasi quyonlarga to‘g‘ri kelgan.

Instagram | YouTube | Facebook
04/17/2025, 07:40
t.me/demokrat_uz/15513
514
O‘zbekistonda aliment haqidagi tushuntirishlardan so‘ng 3,8 mingdan ortiq oilalar yarashtirildi

O‘zbekistonda yil boshidan beri bolalarning moddiy ta’minoti uchun jami 597 mlrd so‘mga yaqin aliment pullari undirilgani ma’lum bo‘ldi. 

Instagram | YouTube | Facebook
04/17/2025, 06:55
t.me/demokrat_uz/15512
O‘zbekistonda aliment haqidagi tushuntirishlardan so‘ng 3,8 mingdan ortiq oilalar yarashtirildi

O‘zbekistonda yil boshidan beri bolalarning moddiy ta’minoti uchun jami 597 mlrd so‘mga yaqin aliment pullari undirilgani ma’lum bo‘ldi. 
04/17/2025, 06:42
t.me/demokrat_uz/15511
2
505
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yogadi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-24° bo‘ladi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/17/2025, 06:39
t.me/demokrat_uz/15510
1
543
Yiliga ikki marta “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalar tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Viloyat bosqichi gʻoliblari har yili dekabrda Olimpiya shaharchasida oʻtkaziladigan “Prezident Olimpiadasi”da ishtirok etadi. Musobaqa gʻoliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi oʻrinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/16/2025, 19:25
t.me/demokrat_uz/15509
3
596
🇺🇿🇹🇯Xivada O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari uchrashdi

Abdulla Aripov va Qohir Rasulzoda hamraisligida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik aloqalari, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalar ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki mamlakat Bosh vazirlari birgalikda Xivadagi Ichan qal’aga tashrif buyurishdi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/16/2025, 17:39
t.me/demokrat_uz/15508
566
“Gazprom” kir yuvish mashinasi va muzlatgich ishlab chiqarishni boshlaydi

Rossiya gaz monopoliyasi mamlakatdan chiqib ketgan Bosch zavodini qayta ishga tushirmoqchi.

Instagram | YouTube | Facebook
04/16/2025, 14:42
t.me/demokrat_uz/15507
1
605
04/16/2025, 14:22
t.me/demokrat_uz/15505
1
572
04/16/2025, 14:22
t.me/demokrat_uz/15506
1
548
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yig‘ilish o‘tkazganidan so‘ng yo‘lda keta turib, ta’ziyali xonadonga ko‘zi tushdi.

Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni – Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim bo‘layotgan edi.

Davlatimiz rahbari ta’ziyada qatnashib, xonadon egalaridan ko‘ngil so‘radi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz
04/16/2025, 14:22
t.me/demokrat_uz/15504
521
Andijonda bo‘sh yotgan barcha yer va binolar auksionga chiqariladi

“Hammani qattiq ogohlantiraman — tibbiyot va ta’lim tashkilotlariga tegishli bo‘sh binolar faqat ‘profili’ni o‘zgartirmaslik sharti bilan beriladi”, dedi prezident.

Instagram | YouTube | Facebook
04/16/2025, 12:19
t.me/demokrat_uz/15503
1
494
❗️Moped va skuter haydovchilaridan haydovchilik guvohnomaga ega bo‘lish talabi 1 oktabrga qadar cho‘zildi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8 iyuldagi 393-son qaroriga o‘zgartirish kiritilib, moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 2025-yil 1 oktabrga qadar uzaytirildi.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 8 iyuldagi 393-sonli qarorga asosan, 2025-yil 1 martdan moped va skuter boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab qilinishi belgilangan edi.

Instagram
| YouTube | Facebook
04/16/2025, 11:39
t.me/demokrat_uz/15502
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria