Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
AB
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

tahlil, taqriz, tanqid, taqlid, tahdid… San’at, adabiyot va donat ortidan kun ko‘raman Tirikchilik.uz/abubakr_fozilov

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 30 results
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
664
Montajdayam kulgi qo‘yiladigan joylarini topisholmabdi, afsuski
03/14/2025, 11:22
t.me/abubakr_fozilov/643
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
841
Asosiy daromadi erkatoy monopollarni reklama qilish bo‘lgan odamdan shunaqa videoni kutmaslik qoq peshinda quyoshni ilg‘amaslik bilan teng.

Agar sizda tanishlar judayam ko‘p-u, lekin ular ichidan yaqin odamlaringizni aniqlab olish niyati bo‘lsa, avvalo shu bratga obuna bo‘lganlarni bloklashdan boshlang.

Kitob o‘qigan yoki til o‘rgangan hammayam aqllilashib ketmagani kabi, yiliga 365 ta sayohat ham o‘z dunyosi va tirikchilik dardiga biqinib olgan odamning dunyoqarashi va tolerantligiga hissa qo‘sholmaydi.

iwash'dan oldinroq cancel bo‘lib ketishi kerak edi bunaqa bloger akalar. Lekin afsuski, biz hatto iwash'ni o‘ziniyam cancel qilolmadik.

“O‘zim nimagayam erishdim” nomli heyt albomimdan bir parcha edi bu.

@phaziloff
03/13/2025, 22:15
t.me/abubakr_fozilov/641
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
931
Aqlli odamlar turli ish, soha, mahorat va ko‘nikmalar bo‘yicha aqlli bo‘lishadi. Kimdir matematikani oson o‘rganolsa, kimdir gitara chalishni tez o‘rganib ketadi. Har bir aqli sog‘ odamda o‘ziga yarasha, noodatiy ustunliklar bor.

Lekin ahmoq odam har jabhada ahmoqdir! Klipga g‘oya topishdayam, suratga olishdayam, voyaga yetmagan qizni rulga o‘tkazishdayam, tuppa-tuzuk qizni nogiron qilib qo‘yib, uni e’tiborsiz qoldirishidayam va oxirida shuncha yegan axlati uchun o‘zini oqlashdayam! Ha, ahmoq odam hech birini ahmoqliksiz amalga oshirolmaydi. U ketma-ket noto‘g‘ri harakatlar qiladi. Uning xatolariga ko‘z yumishlari uchun orqasidan kattaroq xatolar qiladi. Miyasi bo‘lmaydi. Videomurojaatida baqirib gapiradi.

San’atni xor qilganlik uchun qonunda jazo belgilanmagan. Bemalol o‘z bo‘qlaringga qorishib yuraveringlar. Mayli, jamiyatga yetkazgan va yetkazayotgan shuncha ma’naviy zararlaringga ko‘z yumaylik. Lekin uje moddiy zarar berishgayam o‘tyapsanlar! Yoshlarni miyasini yuvib, zaharlab, soqqani bosyapsanlar. Bu kamlik qilgandek, bittasini yosh qiz umrini zaharlaganinglar uchun qulluq qilishimiz kerakmi? Qiz uchun qayg‘urayotganlarni heyterga chiqaribam qo‘yishadi yana.

Ozoda opalari syomkada bo‘lmagan ekan. Omadini bersin. Lekin “konsertoldi manga qarshi kampaniya boshlashdi”ga balo bormi? Ahmoq odamning yana bir belgisi — u atrofiga ham ahmoqlarni yig‘adi yoki ahmoqlar aynan uning atrofiga yig‘iladi.

2 yarim kundan beri shu masala deyarli hammani ezyapti. O‘tirgan-turgannimizda halovat yo‘q, g‘alati tushkunlikdamiz. Lekin bu vaziyatni yuzaga keltirgan va “ijobiy hal qilgan” bir to‘da ahmoqlar sal kam yarim yildan beri qanaqasiga bemalol yashab yurishibdi? Qayerdan javob topsa bo‘ladi shunga. Yozishni o‘zida miyam og‘rib qoldi. Bu ahmoqlarga qoyilman, agar haliyam farovon yashab yurgan bo‘lishsa.

“Foydang-ku tegmayapti, zararing ham tegmasa-da”, derdi dadam. Hech bo‘lmasa zararlaring tegmasing, hurmatli ahmoqlar!

@phaziloff
03/13/2025, 15:14
t.me/abubakr_fozilov/640
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
1.0 k
Nima yozishni bilmayapman. Million'ni yangi konsertini haliyam ko‘rmaganim bilan maqtansammikan...
03/11/2025, 20:20
t.me/abubakr_fozilov/639
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
1.4 k
Sarkazmni qoʻya tur, jiddiy aytyapman “Muhimi e’tibor” deb
03/08/2025, 19:13
t.me/abubakr_fozilov/638
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
2.1 k
Mana bu ajoyib rasm esa yuqoridagi longread'ga sig‘madi
03/03/2025, 14:25
t.me/abubakr_fozilov/637
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
1.8 k
Omon-omon zamonlarda tug‘ilding, bolam)

Bor-yo‘g‘i 2-3 yil oldin bizda bolalar adabiyoti sezilarli muammo hisoblanardi. U paytlarda bolalar adabiyotiga ishim tushmagan, do‘konma-do‘kon ertak kitob qidirmaganman. Faqat “qachondir farzandli bo‘lsam, shu masala bilan to‘qnash kelaman”, degan o‘yda yurardim.

Biroq, omadni qarangki, ota bo‘lish baxtiga erishishim bilan atrofda bolalar adabiyotiga doir materiallar ko‘paygandek tuyulishni boshladi. Aslida, bu faqat manga shunaqa tuyulmayapti. Chunki rostanam nashriyotlar birin-ketin bolajonlar uchun qattiqroq qayg‘urishni boshlashdi. Bu borada “Zabarjad Media” ayniqsa faol.

O‘tgan kuni ish bilan borganimda “Meri Poppins” bilan “Terabitiya ko‘prigi”ni qo‘limga tutqazishdi. Man bir bola-chaqa tashvishidagi odam bo‘lsam, “tekin-ku” deb tutqazilgan qo‘llardan yaltirab turgan kitoblarni shartta yulqib olib, sumkamga bosdim. “Quyoshim” to‘plami ustida ishlashyapti ekan. To‘plam doirasida 100 ta bolalar adabiyoti nashr qilisharkan. Rosa quvondim va chin dildan omad tiladim. Bu ishlari uchun boqiy duo qilishni dilimga tugdim. Mana, deyarli bir haftadan beri uyda mazza qilib o‘qib yotibmiz kitoblarni.

Lekin quvonish va omad tilash bilan osh pisharmidi. Kanalgayam u-bu narsa yozib qo‘yay, dedim. Birovni eplab maqtash ham bir san’at. Man esa shu san’atni jar yoqasiga olib borgan fonogrammachiga o‘xshayman. Eplab maqtolmayman. Kitoblarni olganimga bir haftadan o‘tdi. Axiyri, ortiqcha baqir-chaqirlarsiz, samimiy tashakkur bildirish va maqtov aytishga jazm etdim.

Kimningdir miyasining bir chetida oniy lahzaga paydo bo‘lgan bir savolga oydinlik kiritib o‘tay: reklamaga jaraq-jaraq pul olib, “soqqani bosayotganim” yo‘q. Aksincha, sovg‘a qilingan kitoblarni yuzda tabassam bilan quchoq ochib qabul qilaman, rohatlanib o‘qiyman-u, lekin kezi kelganda bir e’tirof yoki taqriz yozib qo‘yishga kelganda erinib o‘tiraman. Shu bezbetligim ba’zida yoqib ham turadi, faqat o‘zimga.

“Zabarjad” va undagi barchani qattiq hurmat qilaman. Umid qilamanki, ular ham manga beparvo emas. Aks holda “Taxtlar o‘yini”, “Tirilish”, “Dorian Greyning portreti”, “Rangin qushcha”, “Bir kunlik qo‘nolg‘a”dan tortib, jadid adabiyoti namoyondalari, “Alixonto‘ra Sog‘uniy”gacha sovg‘a qilishmasdi. O‘ylab qarasam, shu yoshgacha qarindoshim bo‘lmaganlar ichida eng ko‘p sovg‘ani shu nashriyotdan olgan ekanman. Bu borada yaqin orada faqat xotinim raqobat qilolishi mumkin shekilli)

Shunday qilib, murod-maqsadimizga yetib, qizim bilan bolalar adabiyotini o‘qib yotibmiz uyda. Orqasidan uyimizga, ketini uzmasdan, shunaqa kitoblar sovg‘aga kelib turibdi. Shularni o‘ylab ba’zida sekin pichirlab qo‘yaman: “Omon-omon zamonlarda tug‘ilding, bolam”)

@phaziloff
03/03/2025, 14:24
t.me/abubakr_fozilov/636
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
1.7 k
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
2.1 k
Bugun tunda kelarmish bahor

©️Kvartirani egasi
02/28/2025, 18:57
t.me/abubakr_fozilov/634
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
2.3 k
Ishxonada magazinga chiqib hammaga narsa olib kelganizda sizga pulini tashlab berishadi, lekin o’zizni baribir ozgina uxlaganday his qilasiza.
02/24/2025, 18:51
t.me/abubakr_fozilov/633
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
2.6 k
Bugun
02/22/2025, 09:28
t.me/abubakr_fozilov/630
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
3.1 k
Eslatib qoʻyishni lozim deb topdim:

Ertaga “Undanam yomoni…” boʻladi

Qiziqarli va maroqli oʻtadi, deb umid qilyapman. Siz ham albatta keling! Shunchaki erkin suhbat. Gapirishga majburlamaymiz)

Yuqoridagi postni doʻstlaringiz bilan yoki oʻz sahifangizda boʻlishsangiz xursand boʻlardim! Chunki koʻproq odam qatnashgani koʻzni koʻproq quvnatadi)

Barchangizni kutib qolaman!

Manzil joylashuvi izoh qismida

@phaziloff
02/21/2025, 17:13
t.me/abubakr_fozilov/629
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
2.4 k
02/21/2025, 00:45
t.me/abubakr_fozilov/628
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
2.8 k
Bir oy oldin Husanov City darajasida emasdek tuyulgandi. Hozir esa City Husanov darajasida emasdek tuyulyapti
02/20/2025, 00:53
t.me/abubakr_fozilov/627
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
727
Ro‘yxatdan o‘tdim.
Nasib, ishim chiqib qolmasa, boraman.
Sizga tavsiya qilyotganim, odamlarni tinglash uchun ham boringlar.

Men Gyote institutida ‘‘Yozarlar kursi‘‘ da o‘qigan vaqtlarim aynan shu bo‘yicha bir dars bo‘lgan edi.
Bu dars yozishimda boshqa ufqni ochgan. Dardsiz odam kessak degan narsa. Dard va travma hammamizda bor. Ulģayish o‘sha oģriqni qabul qilishdan, tik qarashdan, tahlil qilishdan keyin boshlanadi.
02/17/2025, 20:15
t.me/abubakr_fozilov/626
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
12 k
Dekabrda “The child who raised as a dog”ni tarjima qilib tugatgandim. Bryus Perri degan bolalar psixoterapevtining kundalik shaklida yozilgan uzoq yillik izlanishlari. Brat kitobda aytuvdiki, ko‘pchilikda katta-kichik bolalik travmalar bor.

Albatta, o‘tmishdagi qiyinchiliklarni eslab, yig‘lab, alamzada bo‘lib yurish tarafdori emasman. Shunday ekan, shouga kelinglar, shu mavzuda gaplashamiz. Kulishamiz, ozroq ko‘ngil yozamiz. Barchani kutaman!

22-fevral, soat 19:00da
Kirish tekin, shu link orqali oldindan joy band qilsangiz bo‘ldi.

Eslatma: Shou to‘liq improvizatsiyaga qurilgan muloqot shaklida bo‘ladi. Sizda ham qiziqarli yoki g‘alati hikoya yoki travma bo‘lsa, eshitamiz)

@phaziloff
02/17/2025, 19:27
t.me/abubakr_fozilov/625
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
2.9 k
San uchun kanal ochdim. A san “yetarlicha romantik emassiz” deysan…
02/14/2025, 15:53
t.me/abubakr_fozilov/624
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
3.1 k
14-fevral kuni gul izlovchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Shu bois Tanga.uz jamoasi O'zbekiston shaharlaridagi eng ommabop va yetkazib berish xizmati mavjud gul do'konlarini bir joyga to'pladi. Mazkur ro'yxatda onlayn gul buyurtma qilish mumkin bo'lgan do'konlar va ularning sahifalariga havola qoldirilgan.

https://tanganews.uz/news/62

Telegram | Instagram | YouTube | X
02/14/2025, 13:52
t.me/abubakr_fozilov/623
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
2.1 k
“Martin Eden” — iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan jurnal bo‘lib, erkin bozor, shaffof boshqaruv va mantiqiy tahlil tamoyillariga asoslanadi. Tafakkur va g‘oyalar olamidagi muhim asarlarning tarjimalari hamda mustaqil tadqiqotlar orqali ilmiy va falsafiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi degan umiddaman.


Jurnalni oʻqib, undagi maqola va tarjima asarlar toʻgʻrisidagi fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozishingiz mumkin. Agar loyiha davom etishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, quyidagi link orqali donat qiling va jurnal ijodkorlarini qoʻllab quvvatlang!

https://tirikchilik.uz/martineden
_______________________
@economist_Martin
02/14/2025, 13:46
t.me/abubakr_fozilov/622
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
2.5 k
Xullas, bachala, kvartira pulini toʻlash muddati oʻtib ketayotgani munosabati bilan aksiya!

Faqat bugun “Oʻzim”ni 14 ming soʻmga sotib olishinglar mumkin. Oʻylaymanki, sizlarga yoqadi.

Va yana kimgadir qiziq boʻlsa, 6 oydan beri deyarli muntazam yozib borayotgan yopiq kanalimga qoʻshilinglar. (Ortiqcha gap yoʻq, shunchaki kichik jamiyat. Qoʻllab-quvvatlash xizmati)). Konsert ham birinchi oʻsha yerga tashlangan. Narxi 44 ming soʻm.

Karta: 6262730053313948
Skrinshotlar @abubakrfozilov’ga

Doʻstlaringizni xabardor qiling)

@phaziloff
02/07/2025, 15:01
t.me/abubakr_fozilov/619
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
2.5 k
Covidning 5 yilligi munosabati bilan maskaga qaytardi Toshkent
02/04/2025, 14:32
t.me/abubakr_fozilov/618
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
559
Shu krinj toʻla drablni 4.5 yil oldin yozgan ekanman. Esimga tushib ketdi)
02/04/2025, 13:30
t.me/abubakr_fozilov/617
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
567
#9

U yana yiqildi. Bu safar umuman qaytib tura olmaydigan darajada yiqildi. Umuman kuchi qolmagan, faqat og'riqlarni sezardi. Lekin boshini biroz ko'tararkan, uning ko'zlaridagi olov kamera tasvirida yaqqol ko'rinardi. Hozir o'rnidan turib, oldinga qadam bosa olsa, uni orzusidagi hayot, sovg'a-salomlar va eng asosiysi ancha vaqtdan beri orzu qilib yurgan mashinasi kutib turardi. Ustiga-ustak bularning barchasi ota-onasining ko'z o'ngida, ular muvaffaqiyatni kutishardi. U shularni ko'z oldiga keltirgancha, ming mashaqqat bilan o'rnidan turdi. Atigi 3-4 qadam va u barchasiga, ayniqsa, orzusidagi mashinaga erishdi... Bularni tasvirga muhrlayotgan ota-ona esa o'zida yo'q xursand, cheksiz baxt, faxr tuyg'usini his qilib, farzandlarini quchgancha, takrorlashardi: "O'g'limiz birinchi qadamlarini tashlayapti".

Abubakir Fozilov
02/04/2025, 13:29
t.me/abubakr_fozilov/616
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
731
Erkakxona

P.S: Gender tengligi masalalariga hurmat saqlagan holda)
02/03/2025, 19:54
t.me/abubakr_fozilov/615
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
1.0 k
Ijarada yashashni boshlaganingda Fevral sen uchun eng sevimli oy bo‘lmay qoladi

@phaziloff
02/01/2025, 08:50
t.me/abubakr_fozilov/614
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
461
Fevral keldi seni soʻroqlab

©️Kvartirani egasi
02/01/2025, 08:30
t.me/abubakr_fozilov/613
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
568
Yanvar yakunlariga koʻra, mashnaqa natijani qayd etdik.

Fikrlar?)
01/31/2025, 14:27
t.me/abubakr_fozilov/612
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
628
Mana shu odam mana shu kanalni ochib, mana shu videoni joylashini 1.5 yil kutdim)

https://youtu.be/sxfOM3Xf6KE

@kitobhouse
01/31/2025, 04:22
t.me/abubakr_fozilov/611
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
Repost
825
Oʻzbekistonda ekologiya bilan bogʻliq muammolar koʻpaysa-koʻpaymoqdaki, aslo kamaymayapti.

Kimlarningdir kimlardandir tili qisiqligi, energetikadagi muammolar haqida gapirsangiz, deputatlar yoki senatorlar shu masalani kun tartibidan tushirmasligi zarurligi haqida yozishdan biror natija koʻrmayapman.

Yana oʻzimizga oʻxshagan oddiy odamlardan yordam soʻrayman. Shu heshtegni oʻpkalarimiz chirib bitmasligi, salomatligimiz qurbon berilmasligi uchun kanalingiz, blogingiz mavzusidan qat’i nazar ommalashtirishga yordam bering.

Zora ayrim havo tozalagich oʻrnatilgan kabinetlar va toza havoli joylarda havo almashtirib keladigan egalarigacha yetib borsa.

Oʻzbekistonliklar koʻp narsa soʻrashga odatlanmagan, bilganingizni baribir qilib yuribsiz, endi hech boʻlmasa, toza havodan nafas olishga boʻlgan huquqimizni ta’minlab qoʻyinglar.

#BizgaTozaHavoKerak

@mirzo_zominiy
01/28/2025, 19:11
t.me/abubakr_fozilov/610
AB
Abu Bakr Fozilov
1 876 subscribers
527
01/28/2025, 02:48
t.me/abubakr_fozilov/609
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria