“Rektor kubogi – 2025” finalidan bir sahna…
Bugun Namangan davlat universitetida sport ruhi, jamoaviylik va iroda yana bir bor o‘z so‘zini aytdi.
🏀 24-25 aprel kunlari o’tkazilgan Voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasida barcha fakultet jamoalari kuch sinashdi. Musobaqaning har bir lahzasi – harakat, g‘alabaga ishtiyoq va do‘stona raqobat bilan to‘ldi.
🌎 Fakultetimiz yigitlari dastlab Tibbiyot, keyin esa Iqtisodiyot fakulteti jamoalarini mag‘lub etib, final sari dadil qadam tashlashdi.
➡️ Finalda esa ular Pedagogika fakulteti jamoasi bilan yuzma-yuz keldi. Dastlab ustunlik raqib jamoa tomonda bo‘ldi, o`yin o`rtasida – jamoamiz har bir zarbada g‘alaba uchun kurashdi va sport ustalarini shoshirib qo`ydi. Ammo o`yin yakunida raqiblar tajriba va mahoratni ishga soldi, o‘yin taqdiri keskin burildi.
👦 Yakunda Pedagogika fakulteti g‘olib bo‘ldi, biz esa faxrli 2-o‘rinni egalladik.
Bu natija – mashaqqatli mehnat, jipslik va sadoqatning yorqin ifodasidir.
Jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!
Fakultetimiz nomini baland tutgan, kurashuvchanlik va jasorat na`munasi bo‘lgan yigitlarimizga rahmat aytamiz!
Oldinda yana ko‘plab marralar, va biz albatta ularga yetamiz!
🌟Bizni kuzatishda davom eti
ng!
https://t.me/+OXcPbYjaLtM5ZWUy